Qaysi hollarda bir vaqtli ekonometrik modellar tuziladi va buning sababi nimada?


- endogen, tizim ichida aniqlanuvchi, bogʼliqli u oʼzgaruvchilar



Yüklə 45,99 Kb.
səhifə3/9
tarix14.04.2022
ölçüsü45,99 Kb.
#85458
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Qaysi hollarda bir vaqtli ekonometrik modellar tuziladi va bunin

- endogen, tizim ichida aniqlanuvchi, bogʼliqli u oʼzgaruvchilar;

- ekzogen, qiymati tashqaridan beriladigan, boshqariladigan, bashoratlanuvchi, taʼsir etuvchi x oʼzgaruvchilar;

- oldindan belgilangan oʼzgaruvchilar, xam joriy vaqtdagi ekzogen oʼzgaruvchilarni, xam lag oʼzgaruvchilar (oʼtgan davrlar uchun ekzogen va endogen oʼzgaruvchilar)ni oʼz ichiga oladigan.

3. Ekonometrikaning tadqiqot ob’ektlaridan biri bo‘lib, murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar hisoblanadi. O’zgaruvchilar o‘rtasida bog‘liqliklar zichligini o‘lchash, bir-biridan ajratilgan regressiya tenglamalarini tuzish orqali bunday murakkab tizimlarni ifodalash va ular faoliyat ko‘rsatish mexanizmini tushuntirib berish uchun yetarli emas. Masalan, iqtisodiy hisob-kitoblar uchun ayrim regressiya tenglamalaridan foydalanishda, ko‘p hollarda argumentlarni (omillar) bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘zgartirish mumkin deb faraz qilinadi. Ammo, bu faraz doimo ham to‘g‘ri bo‘lavermaydi: qoidaga ko‘ra bitta o‘zgaruvchining o‘zgarishi, boshqa o‘zgaruvchilarning o‘zgarishlarisiz amalga oshmaydi. Uning o‘zgarishi butun tizimdagi barcha o‘zaro bog‘liq belgilarning o‘zgarishiga olib keladi. Bundan shu kelib chiqadiki, alohida olingan ko‘p omilli regressiya tenglamasi natijaviy o‘zgaruvchi variatsiyasiga alohida olingan belgilarning haqiqiy ta’sirini xarakterlab bera olmaydi. Aynan shuning uchun ham iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa tadqiqotlarda o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi bog‘lanishlar tarkibini bir vaqtli tenglamalar yoki tarkibiy tenglamalar sifatida ifodalash masalalari muhim o‘rinni egallamoqda. Masalan, agar talabning modeli tovar narxi va iste’mol qilinadigan tovarlar miqdori nisbati sifatida o‘rganilayotgan bo‘lsa, u holda talab hajmini prognozlash uchun bir vaqtning o‘zida tovarlar taklifi modeli ham zarur bo‘ladi. Tovarlar taklifi modelida taklif qilinayotgan tovarlar miqdori va ularning narxi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ham ko‘rib chiqiladi. Bu esa tovarlar bo‘yicha talab hajmi va taklif hajmi o‘rtasida muvozanatga erishishga imkon beradi.

Yüklə 45,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə