Qaysi hollarda bir vaqtli ekonometrik modellar tuziladi va buning sababi nimada?



Yüklə 45,99 Kb.
səhifə8/9
tarix14.04.2022
ölçüsü45,99 Kb.
#85458
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Qaysi hollarda bir vaqtli ekonometrik modellar tuziladi va bunin
Abdurahmonov kasb psixologiyasi (2), MARKETING
6. Ekzogen o'zgaruvchilar ...

  • ular modelga kirganda o'rnatiladi.

  • modelda "berilgan" sifatida ko'rsatilgan.

  • modeldagi endogen o'zgaruvchilarga ta'sir qilish.

  • model tomonidan belgilanmagan.

  • model tomonidan tushuntirilmagan.

8. Ishlab chiqarish samaradorligini baholashda faqatgina rentabellik modeli bilan xulosa chiqarish mumkin emas. Ushbu jarayonda mehnat unumdorligi modeli, shuningdek, mahsulotning bir-birligi tannarxi modeli bilan to‘ldirilishi lozim.

Mikrodarajadagi tadqiqotlardan makrodarajadagi hisob-kitoblarga o‘tishda o‘zaro bog‘liq tenglamalar tizimidan foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj darajasi yanada ortib boradi. Milliy iqtisodiyot modeli o‘z ichiga quyidagi tenglamalar tizimini oladi: iste’mol, investitsiyalar, ish haqi funksiyalari hamda daromadlar tengsizligi va h.k. Bu shu bilan bog‘liqki, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar iqtisodiyot holatining umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlari bo‘lib, ko‘p hollarda bir-biri bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, iqtisodiyotda pirovard iste’molga xarajatlar yalpi milliy daromadga bog‘liq bo‘ladi. Shu bilan birga yalpi milliy daromad miqdori investitsiyalar funksiyasi sifatida qarab chiqiladi.

Shuning uchun ham iqtisodiy jarayonlarni tadqiq qilishda ularni ifodalash uchun faqat ayrim olingan bitta tenglama yetarli bo‘lmaydi. Bundan tashqari, ayrim o‘zgaruvchilar bir-biri bilan shunchalik o‘zaro bog‘langanki, ulardan qaysi biri bog‘liq o‘zgaruvchi, qaysi biri bog‘liq bo‘lmagan o‘zgaruvchi ekanligini aniqlash murakkab bo‘ladi. Shuning uchun ham bunday holatlarga aniqlik kiritish uchun tenglamalar tizimi ko‘rinishidagi ekonometrik modellarga murojaat qilinadi.

Bundan tashqari ko‘plab iqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘rtasida teskari bog‘lanishlar mavjud. ko‘rinishidagi bog‘liqlik bilan bir qatorda ko‘rinishidagi bog‘liqlik ham mavjud.

Ushbu holat o‘zgaruvchi va qoldiqlar miqdori o‘rtasida bog‘liq bo‘lmaslik to‘g‘risidagi farazni buzilishiga olib keladi, ya’ni

.

Ekonometrik model o‘zagruvchilar o‘rtasida munosabatlar to‘plamini ko‘rsatadi, ushbu munosabatlar esa iqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklarni ifodalaydi. Mazkur o‘zaro bog‘liqliklar stoxastik hamda deterministik xarakterga ega bo‘lishi mumkin.

Bir vaqtli tarkibiy tenglamalar tizimi qoidaga ko‘ra chiziqli munosabatlarni o‘z ichiga oladi. Nochiziqli munosabatlar odatda chiziqli tenglamalar bilan approksimatsiya qilinadi.


Yüklə 45,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə