Qaysi hollarda bir vaqtli ekonometrik modellar tuziladi va buning sababi nimada?



Yüklə 45,99 Kb.
səhifə9/9
tarix14.04.2022
ölçüsü45,99 Kb.
#85458
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Qaysi hollarda bir vaqtli ekonometrik modellar tuziladi va bunin

Ta’rif 1. Tenglamalar tizimi ko‘rinishidagi ekonometrik model bevosita o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi bog‘liqliklar tarkibini ifodalaydi va ekonometrik modelning tarkibiy shakli deb ataladi.

Ta’rif 2. o‘zgaruvchilarga nisbatan tenglamalar tizimi ko‘rinishidagi ekonometrik model – keltirilgan model yoki modelning redutsirlangan shakli deb ataladi.

Tarkibiy modelning parametrlari oldindan aniqlangan o‘zgaruvchilarning endogen o‘zgaruvchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sirini baholaydi.

Redutsirlangan model parametrlari endogen o‘zgaruvchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita ta’sirlarni baholaydi.

Redutsirlangan shakldagi tenglamalardan foydalanish uchun sabablar quyidagilar:

- Redutsirlangan shakldagi tenglamalarga bir vaqtlilik xususiyati xos emas, ushbu tenglamalarda ekzogen o‘zgaruvchilar va qoldiqlar miqdori ga bog‘liq emasligi to‘g‘risidagi klassik faraz buzilmaydi. Bundan kelib chiqqan holda mazkur tenglamalar eng kichik kvadratlar usuli bilan baholanishi mumkin;

- ba’zan redutsirlangan model koeffitsientlaridan tarkibiy model koeffitsientlarini hisoblashda foydalanish mumkin. Ushbu maqsadlar uchun (juda kam holatlarda) bilvosita eng kichik kvadratlar usulidan foydalaniladi;



- redutsirlangan shakl koeffitsientlarini multiplikatorlar sifatida (elastiklik koeffitsientlari) qabul qilinishi, ulardan iqtisodiy ko‘rsatkichlarni interpretatsiya qilishda foydalanishga imkon beradi.

- yana bir eng muhim sabablardan biri bo‘lib, redutsirlangan shakldagi tenglamalar bir vaqtli tenglamalar parametrlarini baholashda ikki qadamli eng kichik kvadratlar usulidan foydalanish hisoblanadi.
Yüklə 45,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə