Qaysi narsalar Gormonlar bu endokrin bezlar yoki ixtisoslashgan neyronlar tomonidan ishlab chiqarilgan kimyoviy moddalar. Ular inson tanasining ishlashini boshqarish uchun juda muhimdir



Yüklə 23,58 Kb.
səhifə8/12
tarix14.04.2022
ölçüsü23,58 Kb.
#85426
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Gormonlar

Noradrenalin

Noradrenalin o‘z‑o‘zini himoya qilish gormoni bo‘lib, buyrak usti bezlarida ishlab chiqariladi. Stress holatida ushbu gormon butun organizmni “urush holati”ga tayyorlaydi. Bu vaqtda kuchsizlangan organizmni infeksiyalardan himoyalaydi, immunitet ishini muvofiqlashtiradi. Ushbu gormonning me’yorida ekanini yuzimizdagi sog‘lom qizillikdan bilish mumkin. Kunni yogurt iste’mol qilish bilan boshlagan kishilarda mazkur gormon me’yorida bo‘lishi kafolatlangan. Sababi, yogurt tarkibidagi tirozin aminokislotasi noradrenalin sintezi uchun xizmat qiladi. Shuningdek, ushbu gormonning ishlab chiqarilishida beta‑karotin (yangi sabzi) muhim rol o‘ynaydi.



Insulin

Insulin – shirinlik gormoni. Oshqozon osti bezida ishlab chiqariladi. Ayni shu gormon biz iste’mol qilgan shirinliklarni parchalab, organizmimiz uchun zarur bo‘lgan energiya, quvvatga aylantirib beradi. Insulinning noto‘g‘ri ishlab chiqarilishi qandli diabet hamda yurak qon‑tomir tizimi xastaliklarining rivojlanishiga olib keladi. Yomon uglevodlar (bulochka, pirojniylar) insulin almashinuvini yomonlashtirsa, yaxshi uglevodlar (yirik maydalangan undan tayyorlangan non, jigarrang shakar va sabzavotlar) me’yorini ta’minlaydi. Insulin – harakat gormoni hamdir. Bir soatlik fitnes mashg‘ulotlaridan so‘ng uning miqdori 6‑7 foizga ortishi isbotlangan.




Yüklə 23,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə