Tuzuvchi: Dildora Temirovna Muxammadiyeva Zarafshon sanoat texnikumi o‘zbek tili
fani katta o‘qituvchisi
Taqrizchilar: B.B. Tongotarov Zarafshon sanoat texnikumi kasbiy
ta’lim ishlari bo‘yicha direktor
o‘rinbosari
D. Beknazarova Zarafshon sanoat texnikumi
Kafedra mudiri
1. O‘quv dasturining umumiy talablari Dastur nomi O’zbek tili Soatlar soni 8 0
Mavzular soni 20
Dasturning maqsadi O’zbek tilida erkin fikrlash malakasini egallash;
og‘zaki va yozma nutqni takomillashtirish;o‘zbek
tilining sanoat atamalari va matnlarni chuqur
o‘zlashtirish; davlat tilida savodli va xatosiz yozish,
ish qog‘ozlari va hujjatlarni to‘g‘ri to‘ldirishni
ozlashtirish.
O'quv natijalari 1. Kerakli o'quv va kasbiy ma'lumotni qabul qilish.
2. Kasbiy xarakterdagi muloqotda qatnashish;
3. O‘zbek adabiy tili va uning xususiyatlari haqida
to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish; Davlat tilida erkin
fikrlash malakasini egallash;
4. Og‘zaki va yozma nutqni takomillashtirish;o‘zbek
tilining konchilik atamalari va konchilikka oid
matnlarni chuqur o‘zlashtirish;
5.Davlat tilida savodli va xatosiz yozish, ish qog‘ozlari
va hujjatlarni to‘g‘ri to‘ldirishni o’zlashtirish;
6. Matnda mavjud bo'lgan ma'lumotlarni tushunib
olish; matnni qismlarga ajratish; matnning mavzusi va
mohiyatini aniqlash; uning asosiy g'oyasi; kalit
so'zlarni topish;
7.Axborotni maqsadli qidirishni amalga oshirish va
kerakli axborotni o’zlashtirish;
8.Turli xil janrdagi yozma nutq asarlarini yaratib, reja,
konspekt, mutaxassislik bo'yicha o'qilgan yoki
tinglangan matnning asosiy qismi haqida og’zaki va
yozma bayonot berishni o’rganish.