Qishloq xo`jaligi moddiy-texnika resurslari



Yüklə 61 Kb.
səhifə1/4
tarix16.03.2023
ölçüsü61 Kb.
#102599
  1   2   3   4
QISHLOQ XO\'JALIGIDA MODDIY TEXNIKA RESURSLARI VA ULARDAN FOYDALANISH


QISHLOQ XO'JALIGIDA MODDIY TEXNIKA RESURSLARI VA ULARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI

Reja:



1. “Qishloq xo`jaligi moddiy-texnika resurslari” tushunchasi, uning mohiyati va ahamiyati
2. Qishloq xo`jaligida asosiy fondlar va ulardan foydalanish ko`rsatkichlari
3. Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini oshirish yo`llari
4. Aylanma mablag`lar va ulardan foydalanish
Qishloq xo`jaligi moddiy-texnika resurslari” tushunchasi, uning mohiyati va ahamiyati
Qishloq xo`jaligining moddiy – texnika resurslari deganda tarmoqda, uning xo`jalik yurituvchi subyektlari mavjud barcha asosiy fondlar, xo`jalik inventarlari yig`indisi tushiniladi. Agrosanoat majmuasi tarmoqlarining, ayniqsa, qishloq xo`jaligining moddiy – texnika bazasini mustahkamlash katta ahamiyatga ega. Chunki ishlab chiqarishning mexanizatsiyalashganlik darajasi bevosita tarmoqda, xo`jaliklarda mavjud texnikaning miqdori va sifatiga bog`liq. Agar texnikalar yetarli miqdorda bo`lmasa, demak, qishloq xo`jaligi ishlarini agrotexnik muddatlarida bajarish mumkin emas. Bu, o`z navbatida, barcha natijaviy ko`rsatkichlarning pasayishiga olib kelishi turgan gap. Birgina shu misolning o`zi ishlab chiqarishda moddiy – texnika resurslarining ahamiyati qanchalik katta ekanligini ko`rsatadi. Har qanday tarmoqning moddiy – texnika bazasi ishlab chiqarishning asosiy omillaridan biridir. Ma`lumki, ishlab chiqarish jarayoni yuz berishi uchun, asosiy fondlar, homashyolar, mehnat resurslari va tadbirkorlik qobiliyatlari bo`lishi va ular birgalikda faoliyat ko`rsatishi lozim.
Mamlakatda olib borilayotgan iqtisodiy siyosat natijasida qishloq xo`jaligining moddiy – texnika bazasi keyingi yillarda yanada mustahkamlanib bormoqda. Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishiga “Keys”, “Magnum” kabi yuqori unumli texnikalar kirib kelmoqda. Oz bo`lsada, fermer va dehqon xo`jaliklarida kichik texnikalar paydo bo`lmoqda.
Qishloq xo`jaligining moddiy – texnika bazasi boshqa tarmoqlarnikidan farq qiladigan xususiyatlarga ega. Ularning eng asosiylari quyidagilardan iborat:
Birinchidan, qishloq xo`jaligi moddiy – texnika bazasining tarkibiga yer kiradi. Yer qishloq xo`jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatida ishtirok etishi bizga ma`lum. Yerning o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda xo`jaliklarning moddiy – texnika bazasini rivojlantirish zarur. Yerning holatiga qarab o`g`it turlari, o`g`itning miqdori, texnikalarning turi va boshqalar tanlanadi. Agarda yerning meliorativ holatlarini qisobga olmasdan ekin turi, mineral o`g`itlar, unga ishlov beradigan texnikalar tanlansa, ishlab chiqarishning natijasi past bo`lishi turgan gap. Ba`zi hollarda yerga bunday munosabatda bo`lish uning ishlab chiqarish oborotidan chiqib ketishiga ham olib kelishi mumkin.
Ikkinchidan, qishloq xo`jaligining moddiy – texnika bazasi tabiat qonunlariga boshqa tarmoqlarnikiga nisbatan ko`proq bog`liq. Buning natijasida turli regionlarda turlicha texnika va boshqa resurslardan foydalanish zarurati kelib chiqadi. Shimoliy zonalarda ekin turlari janubiy zonalardagidan farq qiladi. Shimoliy zonalarda issiq kunlarning nisbatan kam bo`lishi, eng avvalo, qisqa muddatlarda pishib yetiladigan ekin turlarini joylashtirishni talab qiladi. Janubiy regionlarda esa ekin turlarini tanlash imkoniyatlari kattaroq. Bunday holatlar esa moddiy – texnika resurslarining turli regionlarda turlicha bo`lishini talab qiladi.
Uchinchidan, qishloq xo`jaligida moddiy – texnika resursladidan foydalanish samaradorligi ishlab chiqarishning mavsumiyligi bilan bog`liq. Qishloq xo`jaligida ish davri bilan ishlab chiqarish davrining mos kelmasligi oqibatida ayrim texnika vositalari yilda bir necha kun yoki oy ishlatiladi, xolos. Masalan, don o`rish kombayinalari asosan o`tim – yig`im davrida 2 oy ishlatiladi. Xo`jaliklar qimmatbaho texnikani (kombayinlarni ) yil davomida saqlashga majbur. Bu esa katta miqdorda qo`shimcha xarajatlarni talab qiladi. Natijada, asosiy fondlardan, texnikalardan foydalanish samaradorligi pasayadi.
To`rtinchidan, qishloq xo`jaligida moddiy – texnika resurslariningkatta qismini tirik organizmlar (chorva mollari, ko`p yillik daraxitlar va boshqalar) tashkil etadi. Bu esa ishlab chiqarish jarayonida biologik qonuniyatlarni xam xisobga olishni talab etadi. Aks holda natija past bo`lishi mumkin. Bu xususiyatni hisobga olmaslik xo`jaliklarda mavjud texnikada, fondlardan foydalanish samaradorligi pasayishiga olib kelishi mumkin.
Beshinchidan, ishlab chiqarish keng maydonlarda olib borilishi xo`jaliklarda yaxshi rivojlangan transporttizimi, yo`l va aloqa kommunikatsiyalari bo`lishini talab qiladi. Texnikalarni bir maydondan ikkinchisiga olib borish, ularni tamirlashini tashkil etish jarayonida qishloq xo`jaligi moddiy – texnika resurslarini tashki l etishning o`ziga xosligi namoyon bo`ladi. Bu xususiyat katta qo`shimcha mablag`larni talab qiladi.
Oltinchidan, qishloq xo`jaligining moddiy texnika bazasi ko`p jihatdan sanoaning rivojlanganligiga bohliq. Shu bilan birga moddiy – texnika resurslarining (yem – xashak, zodli chorva mollari, urug`liklar kabilar) bir qismi qishloq xo`jaligining ishlab chiqariladi. Bu esa sarflanayotgan mablag`larning sotib olinayotgan va o`zida ishlab chiqarilayotgan moddiy – texnika resurslariga mos ravishda taqsimlanishini talab qiladi. Aks xolda ishlab chiqarishning natijaviy ko`rsatgichlari pasayishi mumkin.
Hozirda mamlakatimiz qishloq xo`jaligining mexanizatsiyalashganlik darajasini oshirish, asta – sekinlik bilan uni sanoat asosiga o`tkazish borasida ishlar olib borilayapti. Bu qishloq xo`jaligi taraqqiyotining obektiv yo`nalishlaridanbiridir.



Yüklə 61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə