Qizlarni oilaviy hayotga psixologik tayyorlash Reja: Muhabbat hislarining bosqichlari. Davra suhbati. Sevgi-muhabbat haqida



Yüklə 18,38 Kb.
tarix05.10.2017
ölçüsü18,38 Kb.
#3212

Aim.uz

Qizlarni oilaviy hayotga psixologik tayyorlash

Reja:

1. Muhabbat hislarining bosqichlari.

2.Davra suhbati. Sevgi-muhabbat haqida

3.Qizlarni oilaviy hayotga psixologik tayyorlashda oilashunoslik fanining ahamiyati.
Tayanch iboralar: muhabbat, flegmatik, melanxolik, Al'truizm, sevgi-muhabbat, "Birgalik" effekti,
1. Muhabbat hislarining bosqichlari.

Muhabbat 3 bosqichdan iborat:

1. Boshlang'ich,

2. Alangalangan,

3. O'zaro hurmat bosqichlari.

Insoniyat bor ekan muhabbat odamni sirli tuyg'ular olamiga yetaklagan, uni yengib bo'lmas to'siqlardan o'tishga, yuksak cho'qqilarni zabt etishga undagan, uni rag'batlantirgan, unga baxtiyor onlarni tuhfa etgan. Hozirgi kunga qadar muhabbat tushunchasiga yagona ilmiy ta'rif-tavsif berilmagan. Hissiyotdagi ayrim bosqichlarga ko'ra muhab­bat turini, bosqichini umuman sevgi hislarini bor-yo'qligini aniqlash mumkin.

2. Alangalangan, ya’ni ikkinchi bosqichning turlari. Ikkirichi bosqich, ya’ni alangalangan bosqich quyidagicha:

1. "Birgalik" effekti. Bunday hollarda muhabbat his­larini boshdan kechirayotgan shaxsning ongida, tasavvurida, xayolida doimo sevikli yori gavdalanib turadi. Nima ish qilmasin, qayerda bo'lmasin xayolan u bilan gaplashadi.

2. Idrokning ideallashishi. Bunday hollarda sevilgan inson ideallashgan holda idrok etiladi. Takrorlanmas darajadagi shaxs sifatida nihoyatda chiroyli, aqlli, odobli va o'zga ijobiy xislatlarga ega bo'lgan yigit yoki qiz sifatida idrok etiladi.

3. Al'truizmning keskin ifodalanganligi. Bu bosqichda altruizmning og'irlik markazi muhabbat timsoli bo'lgan qiz yoki yigitga yo'nalgan bo'ladi.

U sevgan qizi yoki yigitini marifaatini o’zinirig, ota-oniasining, o'ziga yaqin kishilarning marifaatidan ustun qo'yadi.

4. Muhabbat kuchiga cheksiz ishonish. Bunday hollarda muhabbat hislarini boshidan kechirayotgan shaxs o'z sevgilisi bilan birga bo'lishni, tezroq u bilan oila qurishni, umrini oxirigacha u bilan bo'lishni orzu qiladi.

5. Sevgilisida boshqalar ko’rmagan jihatlarni ko'rish, "muhabbat ziyrakligining" namoyon bo'lishidir.

6. Sevgan odamda hayotga muhabbat kuchayadi, hayotni chuqurroq idrok eta boshlaydi, o'zgalarni qalbdan tushunish va rahmdillik hislari paydo bo'ladi va ortadi.

Mijoz bilan muhabbat orasidagi bog'liqlik: xolerik va sangvinik toifadagi yoki ularning aralashuvidan iborat toifadagilar o'zgalar bilan tez va oson til topishadi.

Flegmatik va melanxoliklar esa o'zgalar bilan til topishi ancha qiyin. Ular duch kelgan kishi bilan do'stlashib ketavermaydilar. Ammo do'stlikning qadriga yetib, arzimagan sabab bilan do'stlikdan kechmaydilar. Ularda hissiyot nihoyatda chuqur va pinhona kechadiki, buni boshqalarning tashqi tomondan sezishi qiyin.

Muhabbatning qay darajada ifodalanishi mijoz turidan tashqan o'sha odam yashayotgan sharoit, muhit, tevarak atrofdagilar qarashi, axloqi va milliy mezonlarga ham bog'liq bo'ladi. Masalan: ba'zi millatlarda qizlarning nikohgacha jinsiy hayot kechirganligiga odatiy hol sifatida qaralsa, ba'zi joylarda bunday qizlarga nafrat bilan qaralib, sharmandalik hisoblanadi. Jumladan, Kavkaz va Osiyo mamlakatlarida mahalliy millatlar uchun qiz bolaning nikohgacha jinsiy hayot tajribasiga ega bo'lishi axloqsizlik deb qaraladi. Hatto O’zbekistonning ba'zi qishloqlarida "qiz yigit bilan yurar emish" degan mish-mishlarning o'zi shu qizga sovchi kelmasligiga, bokiralik obro'sining tushishiga, turmushga chiqish imkoniyatining keskin pasayishiga olib keladi.

Davra suhbati. Sevgi-muhabbat haqida.

1. Chin sevgi muhabbatni qanday tushunmoq kerak?

2. Qiz yoki yigit birovni sevib qolsa qanday ish tutgani ma'qul?

3. Qiz yoki yigit birovni sevib qolsa, ammo u boshqani sevsa nima qilishi lozim?

4. Qiz bola оilali erkakni sevib qolsa-chi?

5. Qiz bola nomusiga dog' tushirib qo'ysachi?

6. Qiz yoki yigit birovni sevsa, ammo ota-ona unga rozilik bermasa-chi?

7. Sevgida, oila qurishda adashmaslik uchun nimalar shart?

8. Sevgan kishing senga bevafolik qilsa-chi?

9. Yigit bilan qiz o'rtasidagi samimiy do'stlik munosabati sevgiga aylanishi mumkinmi?

10. Muhabbat asosida qurilgan oilani asrab-avaylash uchun nimalar qilish kerak?

Oilashunos, ruhshunoslarning ta'kidlashicha, oila ajralishlarining aksariyati mijozlarning mos kelmasligi, juftlarning bir-birini tushunmasligi oqibatidir. Bir-biriga yaqin yoki bir xil mijozli er-xotinlarda aytilgan fojia bo'lmasligi mumkin. Bundan xolerik mijozli er-xotin mustasno. Bunday er-xotinlar orasida janjalli hollar ko'p bo'ladi. Ikkovining ham jahli burnining uchida turadi. Bo'lar-bo'lmasga lovullab ketishadi. Odatda ular qilg'ilikni qilib qo'yib, keyin mulohaza yuritadilar, o'ta ehtirosli bo'ladilar. El ham bundan xahardor.

Har bir jinsdagi inson bolasi asta-slekin ulg'ayadi va balog'atga yetadi. Balog'at yoshida inson tabiiy holda o'z juftini topishga va birga hayot kechirishga intiladi yoki boshqacha qilib aytganda inson o’zidan zurriyod qoldirishning asosiy sharti bo'lgan jinsiy hayotga kirib boradi. Tib-biyot ilmi qiz bolalarda jinsiy hissiyot avvalroq (9 yoshda), o'g'il bolalarda esa keyinroq (11-12 yoshda) boshlanadi deb o'rgatadi. Bu yoshdan boshlab insonning jinsiy moyilligi qo'zg'ala boradi. Ayniqsa, 15-18 yoshda bu hissiyot rivojlangan davr bo'ladi. Shu sababli bu yoshda yigit ham, qiz bola ham o'z jinsiy a'zolarini pokiza tutishi, shahvoniy hirsni qo'zg'atuvchi omillardan doim o’zini muhofaza qilishi kerak.

Uzbekona urf-odatlarimizga ko'ra, sevishgan yigit va qizlar o'zaro ibo va iffatlarini saqlaydilar.

Ayniqsa, qiz bolalarni, ayol kishilarning yarim yalag'och kiyinishi, kalta va tor ko'ylaklarni kiyib erkaklar va yigitlarga ko'rinishlari mutlaqo millatimizning urf-odatlariga to'g'ri kelmaydi. Chunki, bu ko'rinishlarning barchasi erkak jinsidagi kishilarning hirsini qo'zg'aydi, uni jilovlay olmaydigan ayrim yoshlarni "ko'zlariga o't bo'lib" har qanday holda ham shu qiz bilan jinsiy yaqinlik qilgisi keladi. Hirsi uyg'onishi natijasida benomuslik, hatto jinoiy qabih ishga qo'l uriladi. Yoshlar kechki, kattalar uchun beriladigan filmlarni, videofilmlarni ko'rmasliklari lozim. Ayrim be-hayo, katta yoshdagi ayol yoki erkaklarninig yarim yalan-g'och holatiga e'tibor bermasliklari kerak.

Hurmatli o'quvchilar, e'tiborlaringizga bir necha hayotiy voqealarni misol keltiramiz, xulosani esa o'zingiz chiqarasiz.

"Bir kuni uyda yolg'iz o'tirgan edim, dadam, oyimlar ishda edi. Uyga akam hovliqib kirib keldi, qo'lida ikkita kasseta bor edi. Dadam yo'qliklariga qaramay, ruxsatsiz videokassetani qo'ydik. Birinchi filmni qo'rquv va hayajon bilan tomosha qildik. Chunki filmda bir odamxo'r maxluq haqida hikoya qilinib, u odamlarni o'ldirib yeyishlari nihoyatda dahshatli, filmni nomi ham "Yirtqich" edi. Biroq keyingi kino uyatsiz film ekan. Men "Aka uyalmaysizmi, o'chiring dadamga aytaman" deb qichqirdim. Esankirab qolgan akam biroz turib meni tarsakiladi-da, xonamga po'pisalar bilan qamab qo'ydi. O'zi esa filmni ko'rdi. Men yig'lab anchadan keyin ovundim. Bir soatlardan keyin xonamga akam kirib keldi.

Uning vajohati juda yomon edi, ko'zlari olayib menga yaqinlasha boshladi. "Tinchlikmi aka?" deyishimni bilaman, u o’zini men tomonga tashladi.

Dada deb qichqirganimni akam eshitdi xolos. Keyin akam "Dadamga aytsang o'ldiraman" deb chiqib ketdi.

Men nomusi toptalgan qiz dadam, oyimning jahlidan qo'rqib indamadim. Bir haftadan keyin esa o'zimni yomon his qildim. Hozir hayz ko'rmayapman, bu kunimdan o'lganim yaxshi. Video olmoqchi bo'lgan otalar o'ylab ko'rsinlar. Keyingi taqdirim nima bo'ladi bilmayman. Ana shunday ko'ngilsiz hollarning bo'lmasligi uchun har bir inson bolalik davridan boshlab o'z ornomusiga qattiq ehtiyot bo'lishi kerak. Yoshlar shuni yaxshi bilishlari kerakki, jinsiy istak qiz bolalarga nisbatan o'g'il bolalarda juda kuchli bo'ladi. O'g'il bolalarning shahvoniy hirsi tez qo'zg'aladi. Buning uchun qiz bolani bir-ikki marta og'ushiga tortib, quchish, bo'sa olishi kifoya.

Shundan keyin uning hirsi qattiq uyg'onishi natijasida u jinsiy yaqinlikka intiladi. Bu holatni qizlar yaxshi bilishlari kerak. O't bilan o'ynashmaslik lozim.

To'g'ri tarbiyalangan o'g'il ham, qiz ham o’zini bosishi lozim. Keksalarning "G'unajin ko’zini suzmasa, buqa ipini uzmaydi" degan haq gapi bor. Qiz bola nihoyatda tarbiyali, o’zini qo'lga olgan bo'lishi kerak. Yana bir misol:

Men 9-sirifda o'qiyman. Boshqa sinfdagi Nazarmatni kechagi kungacha sevardim. Sevganimni bayon etib, unga xat yozgandim, biz uchrashdik.

Ammo Nazarmat menga "sen qizmassan" deb tuhmat qildi. Menga juda alam qildi.

Oxiri men o'ylab-o'ylab o'zimni pokligimni unga isbotlamoqchi bo'ldim. Ovloq joyda uchrashgach, unga o'zimni qiz ekanligimni, istasa tekshirib ko'rishi mumkinligini, lekin men haqimda yomon fikrga borgani noto'g'ri ekanini aytdim. Biz u bilan jinsiy aloqa qildik.

"Ana ko'rdingmi" degan edim, u: "yaxshi qiz ekansan, lekin haribir seni olmayman" dedi.

Mana bu voqeani o'ylab, qizlarimiz bir xulosaga kelsinlar. Qiz bola shunchalar g'o'r, shunchalar sodda, o'z nomusini o'zi qadrlamay kimlargadir garovga qo'yishi mumkin-mi? Or-nomus qani? O'sha "sen qizmassan" deb qiz bolaga oshkora tuhmat qilgan insonga o'z nomusini oyoq osti qildirishini nima deb baholasa bo'ladi? O’zini shahvoniy nafsini jilovlay olmagan bir nomard yigitning aldog'iga uchragan qiz haqida nima deysiz?

Sevishmoq ayb emas, u hatto ertaroq boshlanishi mumkin. Bu ham ayb emas. Faqat siz o'z sevgingizni, muhabbatingizni shahvoniy nafs girdobiga tushib qolishdari asrang.

Mijoz va muhabbat haqida muxtasar so'z yuritishimizning boisi bor, tasavvur qilingki, xolerik mijozli qiz flegmatik yoki melanxolik mijozli yigitga turmushga chiqdi. Mijozlar haqida mutloq xaharsiz kelin asal oyida kuyovning hind kinolaridagidek ehtiros bilan muhabbat izhor qilmayotganidan, umuman muomalasidan qoniqmay kuyovni sovuqlikda ayblashi, yana battari uni chetda muhabbat ulashib yurishlikda ayblashi hech gap emas. Yoki aksincha melanxolik kuyov tabiatan jo'shqin, sho'x, xolerik mijozli kelinni bir umr rashk o'tiga qovurib o'tishi mumkin.

Demak, er-xotinlik, muhabbat tuyg'ulari izhori bobida juftlar, albatta bir-birining mijozini bilishi kerak.


Nazorat uchun savollar:

1. Muhabbat bosqichlarini sanab bering.

2. Mijoz nima?

3. Oila ajralishlariga mijozning qanday aloqasi bor?

4. O'zingizni qanday mijozli deb o'ylaysiz?

5. Shahvoniy nafs nima?




Aim.uz


Yüklə 18,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə