Qobiliyatlar



Yüklə 88 Kb.
səhifə1/5
tarix27.02.2023
ölçüsü88 Kb.
#101554
  1   2   3   4   5
Qobiliyatlar



Qobiliyatlar


Reja:



  1. Qobiliyatlar haqida tushuncha.

  2. Qobiliyatlarning sifat va miqdor ko`rsatgichlari.

  3. Qobiliyatlarning turlari.

  4. Qobiliyatlarning tabiiy shartlari.



Tayanch iboralar: Qobiliyat va qobiliyatning sifat va miqdor xususiyatlari. Qobiliyat va layoqat. Qobiliyatlilik, talant, geniallik tushunchalari va ularni aniqlash. Qobiliyatlarning turlari.Umumiy qobiliyat va uning ko`rinishlari: intellekt, kreativlik (ijodiy qobiliyat), psixomotor qobiliyatlar, sensor qobiliyatlar va h.k. Pedagogik qobiliyatlar strukturasi. Talant va uning kelib chiqishi. Qobiliyat va irsiyat. Talant va qobiliyatning shakllanishida inson faoliyatining roli. O`quvchilarda umumiy va kasbiy qobiliyatlarni shakllantirish. Qobiliyatni o`rganish va kasbga yo`naltirish ishlarining vazifalari va xarakteri.


QOBILIYATLAR HAQIDA TUSHUNCHA.
Qobiliyatlar odamning shunday psixologik xususiyatlaridirki, bilim, ko`nikma va malakalarni orttirishning samaradorligi, tezligi shu xususiyatlarga bog`liq bo`ladi, lekin bu xususiyatlarning o`zi bilim, ko`nikma va malakalarga taalluqli bo`lmaydi. Aks holda, imtihonda qo`yilgan baho, doskada qaytarilgan javob, muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz bajarilgan yozma ishiga qarab odamning qobiliyatlari haqida qat`iy xulosa chiqarish mumkin bo`lar edi. Ammo psixologik tadqiqotlar va pedagogik tajribalarning ko`rsatishicha, ba`zan dastavval boshda nimalarnidir qila olmaydigan va buning natijasida atrofdagi boshqa odamlardan ajralib qolgan odam ta`lim olish jarayonida tez orada boshqalarni quvlab o`tib ketadi va ish ishining katta ustasi bo`lib etishadi. Unda boshqalarga qaraganda ko`proq qobiliyatlar nomoyon bo`ladi. Qobiliyatlar bilim, ko`nikma va malakalarni egallashda nomoyon bo`lsa ham, ular bilim, ko`nikma va malakalarga taalluqli bo`lmaydilar.
Qobiliyatlar va bilim, ko`nikma va malakalar biri-biri bilan aynan bir narsalar emas. Bilim, ko`nikma va malakalarga nisbatan odamning qobiliyatlari qandaydir IMKONIYAT tarzida nomoyon bo`ladi. Erga tashlangan urug` ana shu urug`dan o`sib chiqishi mumkin bo`lgan boshoqqa nisbatan faqat imkoniyat bo`lgani kabi odamning qobiliyatlari bilim, ko`nikma va malakalarni egallash uchun faqat imkoniyat hisoblanadi. Bu bilim, ko`nikma va malakalar egallanadimi yoki egallanmaydimi, imkoniyat haqiqatga aylanadimi yoki yo`qmi - bularning hammasi juda ko`p sharoitlarga bog`liqdir. Bolada nomoyon bo`lgan musiqa qobiliyati uning musiqachi bo`lishiga hech bir kafolat bermaydi. Bola musiqachi bo`lishi uchun unga maxsus ta`lim berilishi, qat`iylik, salomatligining yaxshi bo`lishi, musiqa asbobi, notalar va boshqa ko`p sharoitlar bo`lishi kerak. Bularsiz qobiliyat taraqqiy etmayoq so`nishi mumkin.
Qobiliyatlar faqat FAOLIYATDA nomoyon bo`ladi, shunda ham faqat ana shu qobiliyatlarsiz amalga oshirilishi mumkin bo`lmagan faoliyatlardagina nomoyon bo`ladi. Agar odamni hali rasm solishga o`rgatmagan bo`lsa, agar u tasviriy faoliyat uchun zarur bo`lgan hech qanday malakalarni egallamagan bo`lsa, uning rasm solishga nisbatan qobiliyatlari haqida hech qanday gap bo`lishi mumkin emas. Rasm chizishga, tasviriy san`atga maxsus o`rgatish jarayonida o`quvchining qobiliyati bor yoki yo`qligi nomoyon bo`lishi mumkin.
Qobiliyat va bilim, ko`nikma va malakalarning birligi nimada ifodalanadi? Qobiliyat bilim, ko`nikma va malakalarning o`zida ko`rinmaydi, balki ularni eGALLASh DINAMIKASIDA nomoyon bo`ladi, ya`ni, boshqacha qilib aytganda, mazkur faoliyat uchun zarur bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalarni o`zlashtirish jarayoni turli sharoitlarda qanchalik tez, chuqur, engil va mustahkam amalga oshirilishida nomoyon bo`ladi. Xuddi mana shu erda yuzaga chiqadigan farqlar qobiliyatlar bizga haqida gapirish imkonini beradi.
Shunday qilib, qobiliyatlar shaxsning faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti hisoblangan va bilim, ko`nikma hamda malakalarni egallash dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda nomoyon bo`ladigan individual-psixologik xususiyatidir.
Qobiliyatlar faqat faoliyatda nomoyon bo`ladi. Idrok etish paytida,masalan, ranglarning tovlanishidagi nozik farqlar, predmetlarning aniq ko`rinishi, proportsional nisbatlarni tushunish (rassomlar ishida), absolyut eshitish (musiqa bilan shug`ullanishda) va hokozolarda ayon bo`ladi. YOzuvchi ixtirochining mehnatida ayniqsa zarur bo`ladigan ijodiy xayol ham qobiliyatlar uchun katta ahamiyatga ega.



Yüklə 88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə