Qoidasi bo’yicha yechish ????



Yüklə 21,13 Kb.
tarix28.02.2023
ölçüsü21,13 Kb.
#101646
1EFS0DhiWcj36eadQx6hQvTIy4lc4SUkAOvl0A7i


Chiziqli tenglamalar sistemasi. Gauss usuli
n noma’lumli n ta chiziqli tenglamalar sistemasini Kramer qoidasi bo’yicha yechish 𝑛 = 4 dan boshlab katta va mashaqqatli ishga aylanadi, chunki bu ish to’rtinchi tartibli beshta determinantni hisoblash bilan bog’liq. Shu sababli amalda Gauss usuli muvaffaqiyat bilan qo’llaniladi va u sistema birgalikda hamda aniq bo’lsa, uni soddaroq ko’rinishga keltirish va barcha noma’lumlarning qiymatlarini ketma-ket chiqarib tashlash, so’ngi tenglamada faqat bitta noma’lumni qoldiradi.
Quyidagi n ta chiziqli algebraik sistemani qaraylik:




𝑎11𝑥1 + 𝑎12𝑥2 + ⋯ + 𝑎1𝑛𝑥𝑛=𝑏1

{
𝑎21𝑥1 + 𝑎22𝑥2 + ⋯ + 𝑎2𝑛𝑥𝑛=𝑏2
… … … … … … … … … … … … … …
𝑎𝑛1𝑥1 + 𝑎𝑛2𝑥2 + ⋯ + 𝑎𝑛𝑛𝑥𝑛=𝑏𝑛

(1)


Bu sistemani Gauss usuli bilan yechish jarayoni ikki bosqichdan iborat.
1-bosqich. (1) sistema uchburchak ko’rinishga keltiriladi.
Bu quyidagicha amalga oshiriladi: 𝑎11 ≠ 0 deb quyidagi nisbatlarni tuzamiz.

𝑚21 = − 𝑎21 , 𝑚31 = − 𝑎31, …, 𝑚𝑛1 = − 𝑎𝑛1 .

𝑎11
𝑎11
𝑎11

Sistemaning 𝑖 −tenglamasiga, 1-tenglamani 𝑚𝑖1 ga ko’paytirilganini qo’shamiz. Bunda biz sistemaning 2- tenglamasidan boshlab hammasida 𝑥1 noma’lumni yo’qotamiz. O’zgartirilgan sistema quyidagi ko’rinishda bo’ladi.
𝑎11𝑥1 + 𝑎12𝑥2 + 𝑎13𝑥3 + ⋯ + 𝑎1𝑛𝑥𝑛=𝑏1
𝑎(1)𝑥2 + 𝑎(1)𝑥3 + + 𝑎(1)𝑥𝑛=𝑏(1)

22 23
2𝑛 2
(2)

. . … … … … … … … … … … … … … …
𝑎(1)𝑥2 + 𝑎(1)𝑥3 + + 𝑎(1)𝑥𝑛=𝑏(1)

𝑛2
𝑛3
𝑛𝑛 𝑛


22
𝑎(1) ≠ 0 deb faraz qilib quyidagi nisbatlarni tuzamiz:

𝑎(1)
𝑎(2)
𝑎 1


1

𝑎
𝑚32 = −
32
, 𝑚42 = −
42 , …, 𝑚𝑛2 = −
𝑛2 .




(1)
22
(1)
22
𝑎22


  1. 𝑎
    sistemaning 𝑖 −tenglamasiga (𝑖 = 3, 4, … , 𝑛) uning 2-tenglmasini

𝑚𝑖2 ga ko’paytirib qo’shamiz va natijada quyidagi sistemani hosil qilamiz:
𝑎11𝑥1 + 𝑎12𝑥2 + 𝑎13𝑥3 + ⋯ + 𝑎1𝑛𝑥𝑛=𝑏1
𝑎(1)𝑥2 + 𝑎(1)𝑥3 + + 𝑎(1)𝑥𝑛=𝑏(1)
22 23 2𝑛 2
𝑎(2)𝑥3 + + 𝑎(2)𝑥𝑛=𝑏(2)
33 3𝑛 3
… . . … … … … … … … … …
𝑎(2)𝑥3 + + 𝑎(2)𝑥𝑛=𝑏(2)

𝑛3
𝑛𝑛 𝑛

Yuqoridagidek jarayonni 𝑛 − 1 marotaba bajarib quyidagi uchburchak ko’rinishdagi sistemani hosil qilamiz:


𝑎11𝑥1 + 𝑎12𝑥2 + 𝑎13𝑥3 + ⋯ + 𝑎1𝑛𝑥𝑛=𝑏1
𝑎(1)𝑥2 + 𝑎(1)𝑥3 + + 𝑎(1)𝑥𝑛=𝑏(1)
22 23 2𝑛 2

𝑎(2)𝑥3 + + 𝑎(2)𝑥𝑛=𝑏(2)
(3)

33 3𝑛 3
… . . … … … … … … … … …
𝑎(𝑛−1)𝑥𝑛=𝑏(𝑛−1)
𝑛𝑛 𝑛

Shu bilan yechimni birinchi bosqichi yakunlandi. 2-bosqich
uchburchak ko’rinishidagi (3) sistemani yechishdan iborat. Oxirgi tenglamadan 𝑥𝑛 topiladi. Undan oldingi tenglamaga
𝑥𝑛 ning topilgan qiymati qo’yilib, 𝑥𝑛−1 topiladi. Shu mulohazani davom ettirib, 𝑥1 topiladi.
1-misol. Ushbu

𝑥 − 2𝑦 + 3z=6
{ 2𝑥 + 3𝑦−4z=20 3𝑥 − 2𝑦−5z=6

(4)


tenglamalar sistemasini Gauss usuli bilan yeching.



Yechish: Usulning birinchi qadami (4) sistemaning ikkinchi va uchinchi tenglamalaridan 𝑥 noma’lum chiqarishdan iborat. Buning uchun bu sistemaning birinchi tenglamasini (-2) ga ko’paytiramiz va olingan tenglamani ikkinchi
tenglamaga qo’shamiz, keyin esa birinchi tenglamani (-3) ga ko’paytiramiz va olingan tenglamani uchinchi tenglamaga qo’shamiz. Bu ishlar natijasida berilgan (4) sistemaga teng kuchli ushbu sistemani olamiz:
𝑥 − 2𝑦 + 3z=6

{ 7𝑦−10z=8 4𝑦−14z= − 12
(5)

Bu sistemaning uchinchi tenglamasini 2 ga qisqartirib,

𝑥 − 2𝑦 + 3z=6
{ 7𝑦−10z=8 2𝑦−7z= − 6

(6)


hosil qilamiz. Ikkinchi qadam 𝑦 noma’lumni (3) sistemaning uchinchi tenglamasidan chiqarishdan iborat.
Buning uchun shu sistemaning ikkinchi tenglamasini ga ko’paytiramiz va uchinchi tenglamaga qo’shamiz.

Buning natijasida ushbu teng kuchli sistemani olamiz:
𝑥 − 2𝑦 + 3z=6

{ 7𝑦−10z=8
(7)

29
7
z= − 58
2 29

Bu sistemaning uchinchi tenglamasini −
ushbuga ega bo’lamiz:
𝑥 − 2𝑦 + 3z=6
{ 7𝑦−10z=8
z=2
7 ga bo’lib,


(8)

(4) tenglamalar sistemasi uchburchakli deb ataladigan (8) shaklni oldi. Uchinchi tenglamadan z=2 ni olamiz,

bu qiymatni (8) sistemaning ikkinchi tenglamasiga qo’yib, y=4 ni olamiz. z=2 va y=4 qiymatlarni (8) sistemaning birinchi tenglamasiga qo’yib, x=8 ni olamiz:
x=8, y=4, z=2 yechim olindi.
Gauss usulining xususiyati shundaki, unda sistemaning birgalikda bo’lishi oldindan talab qilinmaydi.

    1. Agar sistema birgalikda va aniq bo’lsa, u holda usul birgina yechimga olib keladi.

    2. Agar sistema birgalikda va aniqmas bo’lsa, u holda biror qadamda ikkita aynan teng tenglama hosil bo’ladi va tenglamalar soni noma’lumlar sonidan bitta kam bo’lib qoladi.

    3. Agar sistema birgalikda bo’lmasa, u holda biror qadamda chiqarilayotgan noma’lum bilan birgalikda qolgan barcha noma’lumlar ham chiqariladi, o’ng tomondan esa noldan farqli ozod had qoladi.

  1. misol. Ushbu tenglamalar sistemasini yeching.

𝑥 + 2𝑦−z=3
{ 3𝑥 − 𝑦+4z=6
5𝑥 + 3𝑦+2z=8
Yechish: Birinchi tenglamani (-3) ga ko’paytiramiz va ikkinchi tenglamani qo’shamiz, keyin esa birinchi tenglamani (-5) ga ko’paytiramiz va uchinchi tenglamani qo’shamiz. Shu bilan ikkinchi va uchinchi tenglamalardan 𝑥 noma’lumni chiqaramiz:

𝑥 + 2𝑦−z=3


{ − 7𝑦+7z= − 3
−7𝑦+7z= − 7

Endi uchinchi tenglamadan z noma’lumni chiqarayotganimizda biz 𝑦 noma’lumni ham chiqaramiz, bu esa ziddiyatlikka olib keladi. Chunki 0 ≠ 4.


Shunday qilib Gauss usulini qo’llash berilgan sistemaning birgalikda emasligini ko’rsatadi.

  1. misol. Ushbu tenglamalar sistemasini yeching:

𝑥 + 2𝑦 − z=3
{ 3𝑥 − 𝑦+4z=6 5𝑥 + 3𝑦+2z=12
Yechish: 2-misoldagi ishlarni takrorlab, sistemani
𝑥 + 2𝑦−z=3

{ − 7𝑦+7z= − 3
−7𝑦+7z= − 3
(9)

ko’rinishga keltiramiz, bu esa berilgan sistema

{
𝑥 + 2𝑦−z=3
−7𝑦+7z= − 3

sistemaga teng kuchli ekanligini bildiradi. (9) sistemaning so’ngi ikki tenglamasi bir xil. Bu sistema birgalikda bo’lsada, lekin aniqmas, ya’ni cheksiz ko’p yechimga ega.
Yüklə 21,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə