Qo‘l muskullari Odam qo‘l -oyoq skeletlarining umumiy ko‘rinishi



Yüklə 389 Kb.
səhifə1/9
tarix11.05.2023
ölçüsü389 Kb.
#109710
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Qo‘l-oyoq suyaklari


Qo‘l-oyoq suyaklari
Reja:



  1. Yelka kamari suyaklari

  2. Qo‘lning erkin turgan bo‘limidagi suyaklar

  3. Qo‘l suyaklarining birlashuvi

  4. Qo‘l muskullari

Odam qo‘l -oyoq skeletlarining umumiy ko‘rinishi. Odamning qo‘l skeleti bilan oyoq skeletining tuzilishida bir qadar o‘xshashlik bo‘lsa ham, vazifalari bir-biridan tubdan farq qiladi. Odam oyoqlari yordamida bir joydan ikkinchi joyga yurib boradi va gavdasini ko‘tarib tura oladi. Qo‘l esa mehnat quroli bo‘lib, ushlash vazifasini bajaradi.
Qo‘l-oyoq suyaklari joylashgan joylariga qarab kamar va erkin turgan bo‘limlarga ajratiladi. Qo‘l ham o‘z kamarlari vositasida tana skeletiga qo‘shilib turadi.
Qo‘l skeleti (35-rasm )– yelka kamari (cingulum membri superioris) o‘mrov va kurak suyaklaridan iborat. Qo‘lning erkin joylashgan (skeleton membri superioris libri) yelka suyagi, bilak (tirsak va bilak) suyaklaridan va qo‘l panjasi skeletidan iborat.


rasm. Qo‘l suyaklari.
1 – ossa digitorum manus; 2 – ossa metacarpi; 3 – ossa carpi; 4 – ulna; 5 – humerus; 6 – scapula; 7 – clavicula; 8 – radius.

YELKA KAMARI SUYAKLARI
Yelka kamari ikkala tomonda bittadan o‘mrov va kurak suyaklaridan tuzilgan.
O‘mrov (clavicula, 36,37-rasmlar), qo‘lni tanaga birlashtirib turadigan birdan-bir suyak bo‘lib, shakli lotincha “S” harfiga o‘xshab bukilgan, uzun. To‘sh suyagiga birlashgan uchiga exremitas sternalis va uning bo‘g‘im yuzasiga facies articularis sternalis, ikkinchi kurakdagi yelka o‘sig‘iga birlashadigan uchiga extremitas acromialis deyiladi, unda yelka o‘sig‘iga bo‘g‘im hosil qilib birlashadigan kichkina bo‘g‘im yuzasi – facies artricularis acromialis ko‘rinadi. O‘mrov suyagi yelka bo‘g‘imining tanadan uzoqroqda bo‘lishini ta’minlaydi. Natijada qo‘lning


rasm. O‘mrov suyagi (clavicula). Tepa yuzasi.1 – extremitas acromialis; 2 – extremitas sternalis; 3 – facies articularis sternalis.

har turli murakkab harakatlarni osongina bajarishiga qulaylik tug‘dirib beradi. Ba’zida qo‘l tanaga zich yopishadi, deyarli harakatsiz osilib turadi. O‘mrov suyagining o‘rta qismida tanasi (corpus claviculae) deyiladi. Tana pastida konussimon do‘mboqcha – tuberculum conoideum va trapetsiyasimon chiziq – linea trapesoidea joylashgan.


O‘mrov suyagining suyaklanishi embrion 6 haftaligida boshlanib, bola 16–18 yoshga borganda qo‘shimcha suyaklanish nuqtasi (to‘sh suyagiga qaragan uchi)da paydo bo‘ladi. O‘mrov suyagining suyaklanish davri 20–25 yoshlarga borib tugaydi.

Yüklə 389 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə