Qo'llanma



Yüklə 7,16 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix22.12.2023
ölçüsü7,16 Kb.
#154392
Korxona va tashkilotlarning hisobot shakllari ro’yxatini bilib olishlari uchun qo’llanma.



Korxona va tashkilotlarning hisobot shakllari ro’yxatini bilib
olishlari uchun qo’llanma.
1.Foydalanuvchi brauzerdan “stat.uz” web saytiga kiradi. Sahifa ochilgandan so’ng meyu 
bo’limlari ichidan “Interaktiv xizmatlar” bo’limiga kirishi kerak (1-rasm).
Shu bo‘limdan “Taqdim etiladigan hisobotlar ro‘yhati” bo‘limiga o‘tish kerak. (2-rasm).
1-rasm.
2-rasm.
3-rasm.
4-rasm.
5-rasm.
6-rasm.
7-rasm.
Ushbu oyna orqali foydalanuvchi hisobot shakllari ro’yxati haqida qisqacha
ma’lumotga ega boladi va (agar ro’yxatdan o’tmagan bo’lsa) ro’yxatdan o’tishi
lozim.Buning uchun “Ro’yxatdan o’tish” tugmasi bosiladi (3-rasm).
Foydalanuvchi ro’yxatdan o’tish uchun quyidagi qadamlarni bajarishi lozim
(4-rasm).
- ERI (elektron raqamli imzo) kalitini tanlaydi.
- ERI (elektron raqamli imzo) kalitini tanlash orqali korxona yoki tashkilot
INN sini sistema avtomat tarzda o’zi topadi.
- Foydalanuvchi 6 ta belgidan kam bo’lmagan, o’zi istagan parolni tizimga
kiritadi.
- Foydalanuvchi “Saqlash” tugmasini bosadi.
Foydalanuvchi yuqoridagi qadamlardan muvaffaqiyatli o’tishi uchun uning
kompyuteri quyidagi talablarga javob berishi kerak.
a) Foydalanuvchi kompyuter sistemasi Windows 7 versiyadan yuqori bo’lishi
kerak (Windows XP dasturni qo’llab-quvvatlamaydi).
b) Foydalanuvchi kompyuterida “e-IMZO” dasturi o’rnatilgan bo’lishi va
yoqilgan holda bo’lishi kerak.
Eslatma:
Foydalanuvchi ro’yxatdan o’tayotganda faqat har bir korxona yoki
tashkilot uchun bitta parol registratsiyadan o’tadi.Ya’ni har bir korxona yoki
tashkilot uchun alohida parol terib ro’yxatdan o’tishi shart. Bundan tashqari
tanlanayotgan ERI kalit faqat yuridik shaxsga tegishli bo’lishi kerak (jismoniy
shaxslarga tegishli kalit bilan emas).
Foydalanuvchi ro’yxatdan o’tib bo’lganidan so’ng “Orqaga qaytish” tugmasini
bosadi (5-rasm).
ERI (elektron raqamli imzo) kalitini tanlaydi. Ro’yxatdan o’tgan parolni terib
“Kirish” tugmasini bosadi (6-rasm) va o’ziga kerakli hisobot shakllari ro’yxatini
ekranga chiqaradi.Masalan (7-rasm).

Yüklə 7,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə