Qon davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat fakulteti



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə2/7
tarix21.05.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#111778
1   2   3   4   5   6   7
Asadbek (1)

Avtoreferat – referatning hususiy bir ko’rinishi bo’ilib, o’tkazilgan ilmiy ishga siqiq tavsif- tadqiqot mavzusining aniq nomi, hajmi, tuzilishi, o’tkazilgan tajriba, jadvallar, diogrammalar, suratlar, ilovalar, yakuni ixchamlashtirilib bayon qilinadi. Ularning tuzilishi, mazmunining ifdalanishiga ixtisoslashtirilgan ilmiy kengashlar tomonidan tavsiya qilingan nizomlarning talablari asos qilib olinadi.

Ilmiy referativ sharh oddiy referatning aytarli darajada murakkablashtirilgan turi bo’lib, uni yozish uchun muayyan tajribaga ega bo’lishalabi qo’yiladi. Bunday sharhlarning o’z xususiytidan kelib chiqib quyidagi turlariga ko’ra farqlanadi:

- jurnallar yoki ilmiy to’plamlarning referativ sharhi;

- muayyan mavzu yoki ilmiy muammo bo’yicha adbiyotlarning ilmiy sharhi;

- ilmiy kongesslar, yirik ilmiy anjumanlar materiallarning sharhi.

Monografiya – yunoncha so’z bo’lib, “monos” yakka, “grafo” yozaman degan ma’oni beradi. Bitta mavzu yoki muammo har tomonlama o’rganilgandan so’ng bir yoki bir necha muallif tomonidan yakka yoki hamkorlikda o’rganilgan mavzuga doir manbaalar, tarixiy materiallar, shaxsiy, hamkorlikdagi kuzatuvlarning natijalari, foydalanilgan adaiyotlarning bibliografik ko’rsatkichlari, bajarilga ish, uning gipotezasining isbotiga oid ilmiy, nazariy fikrlar bayon qilinadigan ilmiy yoki nazariy asardir. Monografiya muallifiga (mualliflariga) alohida talablar qo’yiladi.

Taqrizlotincha so’z bo’lib, “kuzatish”, “tekshirish” degan ma’noni beradi. Yozma shakldagi maqola tarzida ilmiy maqolalar, monografiya, darslik, dissertatsiya, ilmiy ishlar yoki ilmiy anjumanlar uchun tayyorlangan maqolalar va boshqalar tahlilining siniq hajmdagi ifodasidir. Taqrizchi muallif tadqiqoti bo’yicha yangiliklari, ahamiyatga molik fikrlari, ishning g’oyaviy- nazariy darajasi, ilmiy qimmatini chish, baholash bilan birga, tadqiqotning qimmatini oshirish uchun e’tibordan chetda qolgan tomonlarini ham ochib berishi lozim.


Ilmiy maqolatadqiqotchilarning jismoniy madaniyat, jismoniy tarbiya va sportga oid tadqiqotidagi rivojlantirilayotgan muayyan mulohazalari va ilmiy fikrlarining hajman chegaralangan ilmiy asaridir. Undagi har bir g’oya o’zining bazaviy asosiga ega bo’lishi muammoning nazariy va metodikasiga oid munozarali masalalarini ochib berishi, asoslashi, axborot tarzida umumlashtirishi ham mumkin.

Dissertatsiya lotincha so’z, mulohaza, tadqiqot degan ma’noni ifodalaydi, magistr, akademik darajasi va fan doktori ilmiy darajasini olish uchun yakunlangan ilmiy tadqiqot ishini sohaning maxsus ilmiy kengashida himoya qilingandan so’ng uning qarori asosida DAK qayd qilingan ilmiy darajalarni berilganligini e’lon qladi.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə