Qon davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat fakulteti


Ilmiy tadqiqotlarda tajriba(eksperiment) metodi



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə6/7
tarix21.05.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#111778
1   2   3   4   5   6   7
Asadbek (1)

4. Ilmiy tadqiqotlarda tajriba(eksperiment) metodi

4. Ilmiy tadqiqotlarda tajriba(eksperiment) metodi

Iilmiy tekshirishning bu metodi faqat tadqiqotchi tomonidan uyushtiriladi va tajribada tadqiqotchining o’zi aktiv aralashuvi orqali olib boriladi. Bu metod o’rganilayotgan jarayonni maxsus, sun’iy yaratilgan sharoitda yoki o’tkazilgan tajribani yana qaytadan takrorlash uchun imkoniyat yaratilishi bilan qulay. Uslubiyotning qimmatli tomoni ham shunda. Salbiy tomoni ham yo’q emas. Ilmiy tadqiqot jarayonida o’tkazilayotgan tajriba uchun maxsus sharoitni sun’iy yaratishda tadqiq qilinishi lozim bo’lgan nazoratdagi masalaga oid bo’lmagan, qo’shimcha muammolar ham yuzaga kelishi mumkin. Bu ilmiy tadqiqot metokasining salbiy tomonidir.

Tabiiy tajriba (eksperiment) tadqiq qilinayotgan nazoratdagi masala hayotiy sharoitda qanday holatda uchrasa, foydalanilsa, qo’llanilsa aynan o’sha holatda olib boriladi. O’tkazilayotgan tajribadan uning ishtirokchilari butunlay bexabar bo’lsalar, tajriba natijasi shunchalar samarali bo’lishi ilmiy-tadqiqotlarning shu uslubidan foydalanishda isbotlangan.

Misol tariqasida o’tkazilgan bir tadqiqot mazmuniga to’xtalaylik: bir maktabning ikki sinfidagi jismoniy tarbiya darslarida dastur materialini o’zlashtirilishi an’anaviy o’qitish usullari bilan, boshqasida esa maxsus tanlangan uslubiyotlar bilan olib borilib, natijani taqqoslash orqali qaysi sinfda samaradorlik yuqori bo’lganini aniqlash kerak bo’lib qoldi.

Nazorat guruhidagilar o’tkazilayotgan tajribadan to’liq xabardor bo’lib, ko’zlangan natija nimadan iborat ekanligi, bajarilayotgan mashqlarning qo’llanilishiga oid bilimlarga ega edilar. Tajriba guruhi odatdagidek sharoitda mashg’ulotlar qanday tartibda o’tkazilsa, shunday muhitda shug’illandilar. Natija ijobiy tomonga o’sish tabiiy sharoitda shug’illanganlarda samaradorroq bo’lganligi kuzatildi. Nazorat guruhi o’qituvchilari tajribaga o’zlari sun’iy tarzda aralashib, natijalarini yaxshilash maqsadida tadqiqot usulida nazarda tutilmagan qo’shimcha mashg’ulotlarga qatnaganliklari, tajriba jarayonida tavsiya qilinmagan vositalar, uslubiyotlardan foydalanganligi sababli tadqiqot dasturidan chiqib, sun’iy siljishlarga sabab bo’ldilar.


Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə