Qon guruhlari. II bob yurakning ishi va quvvatini aniqlash



Yüklə 130 Kb.
səhifə1/9
tarix07.01.2022
ölçüsü130 Kb.
#82655
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Qonning asosiy funksiyalari kurs ishi


Qonning asosiy funksiyalari.

Reja:

Kirish

I BOB. Qon sistemasi fiziologiyasi.

    1. Qon guruhlari.

II BOB Yurakning ishi va quvvatini aniqlash.

2.1 Yurak muskullarining xususiyatlari.

2.2 Avtomatiya xususiyati

III BOB. Yurak faoliyatining boshqarilishi.

3.1 Qon iomirlari fiziologiyasi.

3.2 Kapillyarlar fiziologiyasi.


KIRISH

Kurs ishining maqsadi. Fiziologiya (yun. physis — tabiat va ...logiya) — organizmlar va ular qismlari, sistemalari, organlari, toʻqimalari va hayot faoliyatini oʻrganadigan fan. Oʻrganish obʼyektiga binoan, odam (qarang Odam), hayvonlar (qarang Hayvonlar fiziologiyasi) va oʻsimliklar fiziologiyasiga boʻlinadi (qarang Oʻsimliklar fiziologiyasi). F. anatomiya, sitologiya, gistologiya va, ayniqsa, biokimyo hamda biofizika bilan uzviy bogʻlangan; u fiziologik jarayonlarni. tushuntiri isha kimyoviy va fizik metodlar hamda tushunchalardan foydalanadi. F. — psixologiya, tibbiyot va veterinariya fanlarining nazariy asosi. F. umumiy, solishtirma (evolyutsion) va xususiy (amaliy) F.ga boʻlinadi. Umumiy F. barcha tirik materiya faoliyatining asosiy qonuniyatlari, uning tashqi muhit taʼsiriga . javob reaksiyasini, tirik obʼyektlarning notirik tabiatdan farq qiladigan xususiyatlarini oʻrganadi. Solishtirma F. hayvonlar organizmi fiziologik funksiyasini filogenetik (qarang Filogenez) va xususiy rivojlanish (qarang Ontogenez) orqali oʻrganadi. Xususiy F. organizmlar, birinchi navbatda odam organizmi hayot faoliyatining qonuniyatlarini tashqi muhit sharoiti bilan bogʻlab oʻrganadi. Shu sababdan xususiy F. mehnat fiziologiyasi, sport F.si, yosh F.si, ovqatlanish F.si, kosmik F. kabi fanlarga ajratiladi. Sogʻlom organizmda kechadigan jarayonlarni oʻrganadigan normal F. va kasal organizmdagi jarayonlarni oʻrganadigan patologik F. xam farq qilinadi.

19-asrdan boshlab fizika, kimyo va umumiy biol. sohasidagi kashfiyotlar (toʻqimalarning hujayraviy tuzilishi va evolyutsion taʼlimotning yaratilishi) tufayli organizmlar funksiyasini batafsil oʻrganish boshlandi. 19-asrda miyaning reflektorlik faoliyati mexanizmini oʻrganishga asos solindi; bu borada I.M.Sechenovnchng markaziy tormozlanish tabiatini oʻrganish sohasidagi ishlari katta ahamiyatga ega boʻldi; bosh miya katta yarimsharlari poʻstlogʻining sensorlik va oʻtkazuvchanlik funksiyalari toʻgʻrisida dalillar olindi (nemis olimlari G.Fricha, E.Gitsiga ishlari); eshitish va koʻrish taʼlimotlari yaratildi (nemis olimlari G.Gelmgolts, E.Gering); nafas olish va yuraktomir faoliyatining nerv regulyatsiyasi aniqlandi (ingliz olimi K.Bernar, nemis olimi K.Lyudvich, ukrain olimi V.Ya.Danilevskiy, A.A.Mislavskiy ishlari); ovqat xazm qilish faoliyatining fermentativ mexanizmlari, ularning nerv va gumoral boshqarilishi yoʻllari ochib beridsi (nemis olimi R.Geydengayn, rus olimi I.P.Pavlov); ichki sekretsiya bezlari kashf qilindi va fiziologik funksiyalarning boshqarilishida gormonlar ahamiyati ochib berildi (fransuz olimi Sh.BrounSekar); qonning transport va himoya funksiyasi koʻrsatildi; organizm ichki muhitining doimiyligi (gomeostaz) va uning mexanizmlari toʻgʻrisidagi tushunchalar shakllandi (K.Bernar, I.I.Mechnikov).

20-asrda fiziologik eksperimentlarda elektron kuchaytirgichlar, katodli ossillograflar, elektron mikroskop va boshqalardan foydalanish tufayli fiziologik funksiyalarni tadqiq qilish imkoniyatlari kengaydi. Buning natijasida hujayrada kechadigan va organizm barcha funksiyasi asosini tashkil etadigan jarayonlarni bevosita oʻrganish mumkin boʻldi. Xususan, tashqi qoʻzgʻatuvchilar retsepsiyasining hujayra mexanizmi, nerv impulslarining paydo boʻlishi va tarqalishi, sinaptik oʻtkazish va tormozlanish tabiati; muskul qisqarishi va sekretsiya mexanizmlari aniklandi; retseptorlardan markaziy nerv sistemasiga uzatiladigan signallarning kodlanishi va uzatilishi, nerv markaziga yetib keladigan axborotning har xil darajada qayta ishlanishi ochib berildi. I.P.Pavlov va shogirdlari shartli reflektorlik va ong asosini tashkil etadigan, bosh miya oliy boʻlimlarida kechadigan nerv jarayonlari umumiy qonuniyatlarini koʻrsatib berishdi. Ichki sekretsiya bezlari funksiyasini oʻrganish tufayli F.ning mustaqil soxasi — endokrinologiya paydo boʻldi.


Yüklə 130 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə