Qon guruhlari. II bob yurakning ishi va quvvatini aniqlash


I BOB Qon sistemasi fiziologiyasi



Yüklə 130 Kb.
səhifə2/9
tarix07.01.2022
ölçüsü130 Kb.
#82655
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Qonning asosiy funksiyalari kurs ishi

I BOB Qon sistemasi fiziologiyasi.

Qon organizmning eng muhim to‘qimalaridan biridir. Qon, limfa va to‘qimalararo suyuqlik organizmning ichki muhitini tashkil qiladi. Organizmning barcha to‘qima va hujayralari fizik-kimyoviy xossalari va tarkibipnisbatan doimiy bo‘ladigan ana shu suyuqliklarning muhitidagina normal yashay oladi.

Issiq qonli (gomoyotenn) hayvonlar qoni uzoq davom etgan evolyutsiya mahsulidir. Oddiy bir hujayrali hayvonlarda qon yo‘q. Ular hayoti uchun zarur moddalarni hujayra po‘sti orqali oladi, chiqindi keraksiz moddalarni ham ana shu yo‘l orqali chiqarib tashlaydi. Zoologik silsilaning pastki bosqichlarida turadigan hayvonlarning tomirlari ichida suvsimon suyuqlik-gidrolimfa oqadi. Uning tarkibida oqsillar va boshqa azotli moddarar kam bo‘ladi. Bir muncha yuqoriroq taraqqiy etgan hayvonlarda gemolimfa paydo bo‘ladi. Gemolimfaning tarkibi organik va anorganik moddalarga boy bo‘lib, unda oqsillar va kislorodni biriktirib tashiy oladigan pigment bor. Bu pigment gemolimfaga qizgpich rang beradi. Issiq qonli hayvonlarda esa tarkibi murakkab, benihoya muhim vazifalami bajara oladigan, o‘ziga xos xossa va xususiyatlarga ega bo‘lgan suyuq to‘qima - qon paydo bo‘lgan. Qonning organizmdagi ahamiyati u bajaradigan vazifalaridan kelib chiqadi. Qon quyidagi vazifalami bajaradi:

1. Transport vazifasi (funksiyasi). Qonning bu vazifasi uning turli parchalanib so‘rilgan moddalarni - oqsillar, aminokislotalar, yogplar (lipidlar), uglevodlar, mineral moddalar, suvni organizmning barcha hujayra to‘qimalariga tashib yetkazib beradi. Shuningdek hujayra va to‘qimalarda hosil bo‘lgan chiqindi, keraksiz ziyonli moddalarni (metabolitlarni) tegishli chiqaruv ayiruv organlariga tashib keladi.

2. Termoregulyatsiya funksiyasi – ya’ni issiqlik almashinuvida va uning boshqarilishida ishtirok etadi. Ma’lumki organizmning turli organ va to‘qimalarida moddalar almashinuvining darajasi bir xil emas. Modomiki shunday ckan, turli organlarda issiqlik hosil bo‘lushi ham bir xil bo‘lmaydi. Qon organizm bo‘ylab doimo harakatda bo‘lib, tegishli organlardagi ortiqcha issiqlikni olib boshqalariga beradi. Ortiqchasini esa issiqlik uzatadigan organlarga - ten, o‘pka, buyraklar va boshqalarga yetkazadi. Shunday qilib, qon organizm haroratining mo‘tadilligini, doimiyligini tapminlashda asosiy rol o‘ynaydi. Qon hujayra va to‘qimalar uchun fizik-kimyoviy muhitdir. Buning mapnosi shundaki, qonning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari doimiy bo‘lib juda kam darajada o‘zgaradi. Barcha hujayra va to‘qimalar faqat qonda va limfada mavjud bo‘lgan muhitdagina yashay oladilar. Qon muhitning me’yoridan tashqari o‘zgarishi hujayra va to‘qimalardagi jarayonlarning buzilishiga olib keladi. Demak gomeostazni, ya’ni hujayra va to‘qimalardagi suv va elektrolitlar miqdorini o‘zgarmas holda saqlab turishida qon katta ahamiyatga ega.

3. Qonning himoya funksiyasi. Qondagi leykotsitlar - oq qon tanachalari organizmga tushgan turli xil yot jismlar, zararli agentlarni (mikroorganizmlami) o‘rab olib po‘stidan ajraluvchi fermentlari yordamida parchalab hazm qilib yuboradilar, bu hodisa fogocitoz deb ataladi (1883 yil I.I.Mechnikov kashf etgan). Bundan tashqari qon zardobida oqsil tabiatli moddalar - antitanalar mavjud bo‘lib, ular ham organizmni turli zararli agentlardan himoya qiladilar. Qonning yana uvish xossasi ham bo‘lib u ham himoya vazifasini bajaradi.

4. Qonning ayiruv funksiyasi. Moddalar almashinuvini oraliq, qoldiq mahsulotlarini, turli xil bo‘yoqlari, zaharlarni ayiruv organlariga tashib yetkazib berib, ulardan organizmni tozalaydi.

5. Qonning korellyativ funksiyasi. Turli ichki endokrin bezlaridan va to‘qimalardan chiquvchi gormonlar va fiziologik faol moddalar (mediatorlar) qon orqali turli funksiyalarni boshqarishda ishtirok etadi.

Bu funksiyalar qon tomirlarida harakat qilib turganida ijro etiladi. Qonda uning suyuq qismi -plazmasidan tashqari uch xil shaklli elementlar, ya’ni hujayralar, eritrotsitlar - qizil qon hujayralari. Icykotsitlar - oq qon hujayralari. trombotsitlar - qon plastinkachalari ham mavjud. Bu hujayralarning har qaysisi o‘ziga xos tuzilgan bo‘Iib, bir qator xossa va xususiyatlarga ega, ularning organizmda bajaradigan vazifalari ham turlicha.

Turli organizmlarda qonning miqdori, tarkibi va umumiy xususiyatlari. Qon-tiniq bo‘lmagan qizil rangdagi sho‘rtak tapmli yo‘ishqoq suyuqlik, bo‘lib ikki qismdan: plazma va shaklli elementlar eritrositlar. leykositlar va trombositlardan iboratdir.

Qonning miqdori va tarkibi tinimsiz o‘zgarib tursada, lekin har bir turga xos bo‘lgan nisbatan doimiyligi bilan ajralib turadi. Qonning miqdori, tuzilishi va shaklli clcmcntlarning miqdori, plazmaning ximiyaviy tarkibi turli turdagi hayvonlarda bir xil emas.

Qonning miqdori uning gavda og‘irligining o‘rtacha 7 % ini tashkil etadi va 5-9 % gacha o‘zgarib turadi, otlarda - 9,8 %, qoramollarda - 8,0 %, qo‘ylarda - 8,2 % va cho‘chqada - 4,6 %.

Qon hujayralariga eritrotsitlar (1ml-1mm3 da 4,5-5,5mln), leykotsitlar (1ml-1mm3 da 4,5-5,5mln) va trombotsitlar (1ml-1mm3 da 4,5-5,5mln) kiradi.

Qon hujayralari va immun hujayralari erkin biriktiruvchi to‘qima hujayralari hosil bo‘lishi aynan o‘xshash. Ular asosan bir xil joyda, suyak iligida shakllanadi, ammo o‘rni va vazifalari bo‘yicha joylashuvida ahamiyatli farq qiladi.

Plazma 90% suv va 10 % erituvchi moddalardan tashkil topgan erituvchi moddalar 70 % oqsil 20 % nitritlar vitqamin garmon va 10% elektrolitlar bor. Plazma immul sistemaga tasir qiladi. Elektrofaiz usuli yordamida tekshiriladi. 100 yoki turli oqsillar plazmada mavjud. 170 gli tashishda uning o‘z o‘rni bor(misol uchun lipidlarni garmon va vitaminlar) qotib qolgan qon tizimida muhum yuzaga keltiradi va imminutit tizimida antibodieslar elekrofaringizdan analitik gaz metotda ular qo‘pol holda 5 ta guruhga ajratiladi. O‘zlarining quvvatlashi molekulyar o‘lchami va shaklidan.




Yüklə 130 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə