Qon guruhlari. II bob yurakning ishi va quvvatini aniqlash



Yüklə 130 Kb.
səhifə3/9
tarix07.01.2022
ölçüsü130 Kb.
#82655
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Qonning asosiy funksiyalari kurs ishi

1.1 Qon guruhlari.

Organizm ko‘p qon yo‘qotganda, qonda gcmoglobinning miqdori kamayganda, turli moddalardan zaharlanganida organizm hayotini saqlab qolish uchun bir odamdan ikkinchisiga qon olib quyish zaruriyati tugpiladi. Bir odam qonini ikkinchi odam qoniga, uning qon guruhni bilmasdan, to‘g‘ri dan-to‘g‘ri quyish yaramaydi. Chunki surishtirmasdan bir odamdan ikkinchi odamga qon quyish ko‘ngilsiz hollar yuz berishiga va hatto qon quyilgan odamning halok bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Burring boisi shundaki, hamma odam yoki hayvonlaming qoni ham bir-biriga to‘g‘ri kclavcrmaydi. Qon quyilganda ko‘ngilsiz voqealar yuz bermasligi uchun qon guruhlarini va ulaming xususiyatlarini bilmoq lozim.

Qon eritrotsitlarida bo‘ladigan agglyutinogenlar va plazmada bo‘ladi-gan agglyutininlar xiliga qarab guruhlarga ajratiladi. Agglyutinogenlar tabiatan oqsil, autigen moddalardir. Ular tegishli sharoitda bir-biriga yo‘ishib qolish xususiyatiga cga. Shu sababli bular yo‘ishuvchi moddalar deyiladi. Agglyutininlar ham tabiatan

oqsil moddalar qatoriga kiradi. ular odatda plazmada bo‘ladi va yo‘ishtirib olish xususiyatiga cgadir. Shu sababli ular yo‘ishtiruvchi moddalar deyiladi.

Quyilgan qon (donor) eritrotsitlarida tegishli agglyutinogen, qon olgan organizmda (retsipiyentning) qon plazmasida o‘sha agglyutinogenga mos keladigan agglyutinin bo‘lsa eritrotsitlar bir-biriga yo‘ishib, agglyutinatsiya ro‘y beradi va retsipiycnt ogpir ahvolga tushadi. Agglyutinogen va agglyutininlarning bir necha xili bor. Chunonchi odam eritrotsitlarida asosan ikki xil agglyutinogen, ya’ni agglyutinogen A va agglyutinogen B, qon plazmasida esa shunga yarasha agglyutinin alfa va beta to‘ilgan. Bunda A agglyutinogenga alfa (a) agglyutinini va V agglyutinogeniga beta (p) agglyutinini mos keladi. Ammo bitta odamning qonida agglyutinogen A bilan agglyutinin alfa, agglyutinogen V bilan agglyutinin beta hech vaqt birga uchramaydi, shuning uchun ham Sog‘lom odam organizmida eritrotsitlar agglyutinatsiyalanmaydi. Ana shu agglyutinogenlarning biri eritrotsitlarda va agglyutininlarning qaysi biri plazmada bo‘lishiga qarab, odamlar qoni To‘rt guruhga ajratiladi. Bu guruhlarning har qaysisi quyidagicha xarakterlanadi va rim raqamlari bilan belgilanadi:

l-(0)guruh, qonning bu guruhida (plazmada) har ikkalasi (alfa, beta) ham bo‘ladiyu, lekin eritrotsitlarda esa agglyutinogenlar hech biri bo‘lmaydi.

II-(A)guruh, plazmasida bitta beta agglyutinin bo‘lib, eritrotsitlarida A agglyutinogeni bo‘ladi.

III-(B)guruh - bu guruh qon eritrotsitlarida V agglyutinogeni bo‘lib, plazmasida esa alfa agglyutinin bo‘ladi.

IV-(AB)guruh. qon eritrotsitlarida har ikkala (AB) agglyutinogen bo‘ladi. plazmasida esa hech qanday agglyutinin bo‘lmaydi.

Qon quyish paytida asosan agglyutinogenlarga ahamiyat beriladi. Chunki quyilayotgan qon eritrotsitlarni agglyutinogeniga, qon olayotgan kishi plazmasining agglyutinini mos kelsa, bu vaqtda quyilgan qonning eritrotsitlari darhol bir-biriga yo‘ishib, agglyutinatsiyaga uchraydi. Aks holda esa bu hodisa kuzatilmaydi. Yuqorida aytilganlarni inobatga olib, quyiladigan qonning to‘g‘ri kelish-kelmasligi to‘g‘ri sida quyidagilami aytish mumkin.

1-guruh qon eritrotsitlarida hech qanday agglyutinogenlar bo‘lmaganligi uchun uni o‘z guruhiga va boshqa hamma guruhlarga quyish mumkin. Ammo qoni shu guruhga kiradigan odamlarga o‘z guruhidan tashqari boshqa hech qaysi guruhdan qon quyib bo‘lmaydi. Ikkinchi va uchinchi guruhlar o‘z guruhlariga va To‘rtinchi guruhga, To‘rtinchi guruh esa faqat o‘z guruhsiga qon quyishi mumkin.

Qon guruhni belgilashda asosan agglyutinogenlar hisobga olinadigan bo‘lgani uchun, A va V agglyutinogenlar asosida ajratiigan qonning To‘rtta guruhi, qon guruhlarining ABO tizimi deb yuritiladi. Keyingi tekshirishlar tufayli bu agglyutinogenlardan tashqari boshqa agglyutinogenlar ham borligi aniqlandi. Bular qatoriga MN, N, p,H,Q,

Asinxron va izometrik qisqarishlaming har ikki fazasi birgalikda qorinchalarning kuchlanish davrini tashkil etadi. Odamlarda aortaning yarimoysimon klapanlari chap qorinchadagi bosim 65-75 mm.sim.ust.teng bo‘lganida ochiladi, o‘pka arteriyasining yarimoysimon klapanlari esa o‘ng bo‘lmachadagi bosim 5-12 mm.sim.ust.teng bo‘lganida ochiladi. Bu paytda qonning sistolik haydalish yoki haydash fazasi boshlanadi, qaysiki qorinchalardagi qon bosimi 0,10-0,12 s. mobaynida kcskin ko‘tariladi (tez haydash), so‘ngra esa qorinchalardagi qonni kamayishiga qarab bosimni ko‘tarilishi to‘xtaydi va sistolaning oxirida 0,10-0,15 s mobaynida pasaya boshlaydi (sekinlashgan haydash).

Yarimoysimon klapanlar ochilganidan keyin o‘z hajmini o‘zgartirib va kuchlanishni bir qismini qonni qon tomirlariga itarishi Bo‘yicha ishni bajarish uchun qorinchalar qisqaradi (auksotanik qisqarish). Izometrik qisqarish vaqtida qorinchalarda bosim aorta va o‘pka arteriyasidagidan yuqori bo‘ladi va bu esa yarimoysimon klapanlarni ochish va avval tezlashgan va so‘ngra sekinlashgan haydash fazalarini, kelib chiqishini chaqiradi.

Bu fazalardan keyin qorinchalarning favqulodda bo‘shashishi-diastolasi kuzatiladi. Chap qorinchadagidan aortadagi bosim yuqori bo‘ladi va shu sababli yarimoysimon klapanlar yo‘iladi. Qorinchalar diastolasining boshlanishi bilan yarimoysimon klapanlarni yoyilishi orasidagi bor-yo‘gpi 0,04 s davom etadigan oraliq vaqt protodiastolik davr deb ataladi.

Diastola davrida qorinchalar deyarlik 0,04 s mobaynida atrioventrikulyar va yarimoysimon klapanlar yo‘iqliq va u yerdagi bosim qon bilan to‘lgan Bo‘Imachalardagi bosimdan tushib kctmagan paytida bo‘shashadi. Bu izometrik bo‘shashidir. Qorinchalarning diastolasi undagi bosimni nolgacha tushib ketishi bilan birga bajariladi.

Qisqarishning boshlanishida qorinchalardagi bosimni keskin tushib ketishi va Bo‘Imachalardagi bosimni ortishi ikki va uch tabaqali klapanlarni ochadi. 0,08 s davom etadigan qorinchalarning qon bilan tezlashgan to‘lish fazasi boshlanadi, so‘ngra qorinchalarning qon bilan to‘lishi natijasida sekin-asta bosimni ortishi tufayli 0,16 s davom etuvchi sekinlashgan to‘lish fazasi boshlanadi va u kechikkan diastolik faza bilan to‘g‘ri keladi.

Odamlarda qorinchalar sistolasi 0,3 s, qorinchalar diastolasi -0,53 s, bo‘lmachalar sistolasi - 0,11 s, bo‘lmachalar diastolasi -0,69 s.ga teng, odamlarda yurakning bir ish sikli o‘rtacha 0,8 s davom etadi. Ayrim paytarda bo‘lmachalar va qorinchalarning umumiy diastolasining vaqti pauza deb ataladi. Odamlar va oliy darajada rivojlangan hayvonlar yuragi faoliyatida fiziologik sharoitda diastoladan tashqari hech qanday pauza yo‘q, bu esa odamlar va oliy darajadagi hayvonlar yuragi faoliyatini sovuq qonlilar yurak faoliyatidan farqlaydi.

Otlarda yurak faoliyati tezlashganida bir yurak sikli o‘rtacha 0,7 s.ga teng, shundan bo‘lmachalar sistolasi 0,1, qorinchalarniki 0,25 s, yurakning umumiy sistolasi - 0,35 s davom etadi. Ma’lumki, qorinchalar sistolasi paytida bo‘lmachalar bo‘shashgan bo‘ladi, bo‘lmachalaming bo‘shashishi 0,6 s. yoki yurakni bir ish siklini 90 % tashkil etadi, qorinchalarning bo‘shashi - 0,45 s yoki 60-65 %. Bunday uzoq davom etadigan bo‘shashish yurak muskullarining ish qobiliyatini tiklaydi.

Yurak faoliyatini o‘rganish usullari. Yurakning o‘lchami Ko‘krak qafasini urib ko‘rish yo‘li bilan aniqlanadi (perkussiya). Ko‘krak qafasidagi yurak ustiga qo‘yilgan barmoqlarni, urgan paytda bugpiq tovush eshitiladi. Yurakning aniq o‘Ichami rentgen nurlari bilan Ko‘krak qafasini yoritish yo‘li bilan aniqlanadi (rentgenografiya).

Yurak zarbi va kardiografiya. Yurak qorinchalari sistolasida u o‘zining Ko‘krak qafasidagi o‘z holatini o‘zgartiradi. Uning asosi bir oz pastga tushadi, yurak o‘zining katta tomirlari hisobiga chapdan o‘ngga yengil buriladi, uning muskullari taranglashadi va yurakning uchi Ko‘krak qafasining beshinchi qobirgpalari orasiga emchak chizigpidan bir barmoq ich tomonga uriladi va Ko‘krak qafasi devori biroz itariladi. Bu itarilishi zarba shaklida seziladi. Semiz odamlarda Ko‘krak qafasining bu o‘zgarishi juda kam seziladi va aksincha oriqroq odamlarda juda aniq bilinadi.

Yurak bilan chaqirilgan bu o‘zgarishni yozib olishga kardiografiya deyiladi, yozib olingan chizmaga esa kardiogramma deyiladi. Bu yurak ichidagi bosimni yozib olishga juda o‘xshash.

Yurakning faoliyat toklari va elektrokardiografiya. Yurakning faoliyat toki juda past, ya’ni voltning yuzdan va mingdan bir ulushicha kuchlanishiga ega bo‘lib, maxsus asboblar yordamida qayd qilish va yozib olish mumkin. Bu yozib olingan yozmaga elektrokardiogramma deyiladi.

Yurak Ko‘krak qafasida nesimmetrik holatda joylashganligi sababli tok liniyalari esa, yurakning asosidan chiquvchi o‘ng qo‘lga berilsa, yurakni uchidan chiquvchi liniyasi chap qo‘lga beriladi.

Yurakning faoliyat toklari uchun uchta bog‘lar bog‘lanadi; 1) o‘ng va chap qo‘llardan, 2) o‘ng qo‘l va chap oyoqdan; 3) chap-qo‘l va chap oyoqdan bog‘lab faoliyat toklari yozib olinadi.

Yurakning qisqarish chastotasi. Voyaga yetgan odamlarda yurakning qisqarish soni bir minutda 70-75 marta. Ammo, Sog‘lom odamlarda bu ko‘rsadcichdan jiddiy farq qiladigan holatlari kam kuzatiladi (50 dan past va 100 dan yuqori).

Yangi Tug‘ilgan bolalarda yurakning qisqarish soni o‘rtacha 1 minutda. 120-140 marta yosh o‘sishi bilan u kamaya boradi. Otlarda -30-45; sigirlarda-50-70, qo‘y va echkilarda -70-80, cho‘chqada bir daqiqada 60-80 marta.

Ayollarda yurak urishi, erkaklarga nisbatan ko‘p va o‘rtacha bir daqiqada 5-10 marta ortiq qisqaradi. Bir kecha-kunduz davomida, soat 8 dan 11,5 gacha eng yuqori, tinchlik paytida eng kam yurak urishi kunduz kuni soat 2 da kuzatilsa, kech soat 6-8 ga borib yangidan tezlashadi. Kechalari uyqu paytida yurakning qisqarish soni minutiga deyarlik 20 % ga kamayadi.

Ko‘plab hayvonlarda yurak urish soni uning tirik vazniga, teskari pro‘orsionaldir. Hayvon qancha kichik bo‘lsa, unda nisbatan moddalar almashinuvi yuqori bo‘ladi, demak, qon aylanishi shuncha jadaldir.

Bir xil yoshdagi tana o‘lchami katta bo‘lgan odamlarda yurak urishi siyrak bo‘ladi. Bo‘yi qancha uzun bo‘lsa bir xil yoshdagi odamlarda yurakni urishi siyrak bo‘ladi.

Sog‘lom odamlarda yurak urish chastotasi reflektor yo‘l bilan atrof-muhit harorati ko‘tarilganida, ovqatlangandan keyin, hayajonlanganda (qo‘rqish, uyat, achchiqlanish va boshq.) va ayniqsa, jismoniy ish bajarganda ortadi. Ionlashliruvchi nurlanishning katta dozasi odamlarda qator kunlar mobaynida yurak urishini jiddiy darajada tezlashtiradi. O‘pka arteriyasida bosim ortganida yurakni qisqarish soni kamayadi.

Yurak ishi chastotasini o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatish xronotro‘li samara deb qayd qilinadi. Yurak urishi chastotasi keskin kamayganida kasallar terisi ostiga elektron tezlatgichlar tiqiladi, elektrodlar bilan o‘tkazgichlar esa yurak muskullariga tiqiladi. Yurak urishini tezlashishi taxikardiya, kamayishi esa bradikardiya deb ataladi.

Yurak ichidagi bosim. Qonning sistolik va minutlik hajmlari. Odamlarda yurakni sistolasi paytida bo‘lmachalarida bosim 5-8 mm.sim.ust., chap qorinchada esa 130-150 mm.sim.ust.teng bo‘ladi. O‘ng qorinchadagi bosim, chap qorinchadagidan 2,5-3 barobar kam.

Otlar va yirik shoxli hayvonlarda sistola paytida bosim, bo‘lmachalarda -10-30 mm.sim.ust, chap qorinchada -180-200 mm.sim. ust., o‘ng qorinchada esa -70 mm.sim.ust.teng bo‘ladi.

Har bir sistola paytida o‘ng va chap qorinchalar bir xil miqdordagi qonni haydaydi. Bitta qorinchadan bir sistola paytida haydalgan qon miqdori sistolik hajm va bir minutdagisi esa minutlik hajm deb ataladi.

Yurakning minutlik hajmi - bu sistolik hajm bir minutda yurak urishi chastotasining hosilidir.

Tinch turgan paytda odamlarning sistolik hajmi 60-70 ml.ga teng, jismoniy mashqiar bajargan kishilarda esa 120-130 ml.ga teng. Minutlik hajm yurakning 1 minutda bajargan ishini ko‘rsatkichidir va bu ko‘rsatkich tinch holatda 3,5-5,0 l.ga teng. Sog‘lom odamlarda yosh o‘tishi bilan yurakning minutlik hajmi kamaya boradi. Minutlik hajm jismoniy ish bajarganda va gavda qiziganda ortadi.

Shuni hisobga olish kerakki, yurak o‘zining har bir qisqarishida, odatda, minutlik hajmni aniqlashdagi miqdordan ko‘p qonni haydaydi, lekin aortaga haydalgan qonni bir qismi vena tomirlariga o‘tib ketadi va o‘ng bo‘lmachaga tushadi.




Yüklə 130 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə