Qon guruhlari. II bob yurakning ishi va quvvatini aniqlash



Yüklə 130 Kb.
səhifə9/9
tarix07.01.2022
ölçüsü130 Kb.
#82655
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Qonning asosiy funksiyalari kurs ishi

Xulosa.

Qon — odam va umurtqali hayvonlarning qon aylanish sistemasida aylanib yuradigan suyuq toʻqima; hujayra va toʻqimalarga yetib borib, ularning hayot faoliyatini hamda fiziologik funksiyalarining bajarilishini taʼminlaydi. Eritrotsitlarning tarkibidagi gemoglobin Q.ga qizil rang beradi. Q.ning tarkibi, osmotik bosimi va aktiv reaksiyasi (rN) deyarli oʻzgarmaydi. Q. organizmda xilma-xil vazifalarni bajaradi: u hujayralarga kislorod yetkazib beradi va karbonat angidrid gazini olib ketadi (nafas funksiyasi); ovqat hazm qilish aʼzolaridan oziq moddalarni butun organizmga tarqatadi (oziq moddalarni tashish funksiyasi); moddalar almashinuvi mahsulotini chiqarish aʼzolariga (buyrakka) olib boradi. Q. aʼzolarning gumoral aloqasini yuzaga chiqaradi, u gaz almashinuvi, nafas, suvtuz almashinuvi, kislota-ishqor muvozanatida ishtirok etadi. Q.da antitoksinlar, lizinlar va antitelolar borligi, shuningdek, leykotsitlar mikroorganizmlar va yot jismlarni qamrab yutish xususiyatiga ega boʻlganligi tufayli Q. organizmni zararli moddalar va yot jismlardan himoya qiladi. U gavda trasini doim bir maromda saqlashda muhim ahamiyatga ega.

Odamlarda 5,2 l cha Q. boʻladi. Q. suyuq qism — plazma (55—60%) va shaklli elementlar (40—45%) dan tashkil topgan. Q.ning shaklli ele-mentlari Q. yaratish aʼzolarida ishlanadi; Q. va qon yaratish aʼzolari — Q. yaratish sistemasini tashkil etadi.

Q. maxsus mexanizmlar orqali regulyatsiya qilinadi, shuning uchun sogʻlom odam qonining tarkibi oʻzgarmaydi. Organizmdagi har qanday oʻzgarishlarga nisbatan Q. javob reaksiyasi qaytaradi, yaʼni oʻz tarkibini oʻzgartiradi. Ayrim kasalliklarni, xususan, Q. sistemasi kasalliklarini aniqlashda Q. tarkibining oʻzgarishi muhim ahamiyatga ega.

Q. plazmasi vitaminlar, fermentlar, tuzlar va moddalar almashinuvining oxirgi mahsulotlarini saqlaydi. Plazmaga erigan oqsillar, jigar hujayralari va retikuloendotelial sistema hosil boʻladi. Plazma oqsillari transport vazifasini bajaradi, kislota-ishqor muvozanatini tartibga solib turadi.

Q.ning shaklli elementlari asosan eritrotsitlar, leykotsitlar va trombotsitlarlem iborat.

Q. tarkibidagi uglevodlarga glyukoza va uning almashinuv mahsulotlari kiradi. Q.da 80–100 mg % gacha glyukoza, shuningdek, glikogen, fruktoza va oz miqdorda glyukozamin boʻladi. Uglevodlar va oqsillarning almashinuv mahsulotlari (glyukoza va boshqa monosaxaridlar, kislotalar, tuzlar va suv) ichak kapillyarlaridan oqayotgan Q.ga soʻriladi. Glyukozaning bir qismi aʼzo va toʻqimalarga tarqaladi, boshqa qismi esa jigarda glikogenga aylanadi.

Q.dagi lipidlar aralashmasi neytral yogʻlar, erkin yogʻ kislotalari va ularning parchalanish mahsulotlaridan, erkin va bogʻlangan xolesterindan, shuningdek, steroid gormonlaridan iborat. Neytral yogʻlar, glitserin, yogʻ kislotalari ichak shilliq qavatidan Q.ga qisman soʻriladi. Q. yogʻ emulsiyasini yog toʻqimalariga yetkazadi va u yerda zaxira holda saqlanadi. Q. tarkibida mineral moddalar (asosan, natriy va xlor) ham bor. Organizmning turli patologik holatlarida (kasalliklarida) Q.da qator oʻzgarishlar roʻy beradi, bu muhim diagnostik ahamiyatga ega. Q.ning tuzilishi, funksiyalari, kasalliklari va u bilan bogʻliq boshqa masalalarni gematologiya fani oʻrganadi.
Asosiy adabiyotlar

1. Rajamurodov Z.T., Rajabov A.L. “Odam va hayvonlar fiziologiyasi” T. Tib. Kitob. 2010 y ( INV-U-7127 )

2. Nuriddinov.E.N. “Odam fiziologiyasi” T. “A’loqachi” 2005 y. (INV-U-6385)

3. Almatov K.T., Allamuratov.SH.I. “Odam va hayvonlar fiziologiyasi” T. Universitet. 2004 y. ( INV-U-6216)

4. Ahmedov.A. “Odam Anatomiyasi” T. “Iqtisod moliya” 2007 y. (INV-U-6623)

5. R.Boxodirov “Odam anatomiyasi” T. “O‘zbekiston”, 2006 y (INV-6403)

6. Sodiqov.Q., Aripova. S.X., Shaxmurova.G.A. “Yosh fiziologiyasi va gigienasi”. Yangi asr avlodi. 2009y. (INV-6961)

Qo‘shimcha adabiyotlar



1. Adolf Faller., Michael Schuenke-The Human Body - “An Introduction to Structure and Function” ThiemeStuttgart · New Yorkhttp: //www. bestmedbook. com/2004

2. The Right Start to a Healthy Life, Edited by Ingrid Stegeman and Caroline, Costongs EuroHealthNet, Rue de la Loi 67, 1040 Brussels, Belgium, 2012.
Yüklə 130 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə