Qon va qon aylanish tizimi



Yüklə 417,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/17
tarix15.04.2022
ölçüsü417,45 Kb.
#85483
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Tayanch  iboralar

:  Qon,  qon  aylanishi,  qon  aylanish  doirasi,  yurak,  yurak  avtomatizmi, 

yurak qisqarishi, elektr hodisalar, antropometrik, yurakni sistolik va minutlik hajmi, harakatdagi 

qon, arteriya, elektrokardiogramma. 

 

1. Qon. 

Odam  organizmida  qon  va  limfa  ichki  muhit  hisoblanadi.  Qon  kuchsiz 

ishqoriy reaktsiyaga ega bo`lgan suyuqlik bo`lib, solishtirma og`irligi 1,054-1,066 

ga  teng.  Odam  tanasida  jami  5  litr  qon  bor  va  u  tana  og`irligini  7-8  %  ni  tashkil 

qiladi. 

Qon  bir  qator  muhim  hayotiy  funktsiyalarini  bajaradi.  A)  qon  ichaklardan 

shimilib  o`tgan  oziq  moddalarni  butun  kanal  bo`ylab  tarqatadi.  Qon  plazmasi 

to`qimalar  va  hujayralararo  bo`shliqda  bo`lishi  sababli  barcha  oziq  moddalar 

hujayra  ichiga  tez  o`tib  olish  imkoniyatiga  ega  bo`ladi.  Keyinchalik  bu  oziq 

moddalar  hujayra  ichida  parchalanib,  organizm  ehtiyoji  uchun  sarf  bo`ladi.    B) 

Qon  barcha  to`qimalarga  kislorod  olib  borib  va  u  yerda  moddalar  almashinuvi 

natijasida  hosil  bo`lgan  karbonat  angidridni  o`pkaga  olib  keladi.  O`pka 

kapilyarlarida  o`tayotgan  qon  u  yerda  kislorodga  boyiydi  va  korbonat  angidridni 

o`pkadan    chiqayotgan  havoga  qo`shib    yuboradi.    V)  qon  organizmning  asosiy 

himoyachisi  hisoblanadi,  u  har  xil  yot  va  zaharli  moddalarni  parchalab 

zararsizlantiradi. Organizmga chetdan kiradigan turli xil yot mikroorganizmlar oq 

qon  tanachalari-leykotsitlar  tomonidan  zararsizlantiriladi.    G)  qon  tana 

temperaturasini  bir  xil  saqlab  turadi.  U  barcha  chetki  organlarga  oqib  borib,  o`zi 

bilan  birga  issiqlikni  ham  olib  boradi.  Qon  teri  orqali  intensiv  ravishda  harakat 

qilib  turganligi  uchun  oshiqcha  temperatura  muhitga  berilib  organizm  o`ta  qizib 

ketishdan saqlanadi. 

Qonning doimiy harakat qilib turishi tufayli organizm  moddalar almashinuvi 

natijasida  hosil  bo`lgan  keraksiz  qoldiq  moddalardan  tozalanadi,  ya`ni  ular  qon 

bilan buyrak va terigacha oqib kelib, u yerdan ajratib chiqarib yuboriladi.    




Yüklə 417,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə