Qonun (huquq) davlat oliy vakillik organlarining eng



Yüklə 117,53 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix12.12.2023
ölçüsü117,53 Kb.
#148641
Qonun (huquq) - Vikipediya



Qonun (huquq)
davlat oliy vakillik organlarining eng
yuqori kuchga ega boʻlgan hujjatidir
Qonun
(huquqda) — inson, jamiyat va
davlat manfaatlari nuqtai nazaridan eng
muhim hisoblanadigan ijtimoiy
munosabatlarni mustahkamlash,
rivojlantirish va tartibga solish vositasi.
Qonun davlat oliy vakillik organlarining
eng yuqori kuchga ega boʻlgan hujjatidir.
Qonun davlat huquq tizimining asosini
tashkil qiladi, davlatning boshqa hamma
organlarining normativ aktlariga nisbatan


eng katta yuridik kuchga ega boʻladi.
Qonun uchun uni qabul qilishning alohida
tartibi. bir necha bosqichdan iborat
maxsus qonun chiqarish jarayoni xosdir.
Bu bosqichlar qonunchilik tashabbusi,
qonun loyihasining muhokama qilinishi,
Qonunning qabul qilinishi va uning eʼlon
qilinishidan iborat. Qonunlar oʻzida
mujassamlashgan normalarning mohiyati
boʻyicha konstitutsiyaviy toʻgʻridan-toʻgʻri
konstitutsiya talablari asosida qabul
qilinadigan (organik) va oddiy Qonunlarga
boʻlinadi. Oddiy Qonunlar, oʻz navbatida,
kodifikatsiya qilingan va joriy Qonunlarga
boʻlinadi. Federativ davlatlarda Qonunlar,
shuningdek, federal va federatsiya
subʼyektlari Qonunlariga ajratiladi.


Qonunlarning alohida toifasini
favqulodda Qonunlar tashkil etadi.
Normativlik Qonunning muhim belgisi va
xususiyati hisoblanadi. Huquqiy
hujjatlarning boshqa shakllari ham
normativ boʻlishi mumkin, lekin ular
Qonunchilik qatʼiy kuchga ega boʻlmay,
qisqa muddat amal qiladigan yoki
huquqni muhofaza etuvchi boʻlishi
mumkin. Qonunning normativligi uning bir
xildagi qoidani barcha uchun norma,
meʼyor, mezon darajasiga
koʻtarilishidadir. Qonunda
mustahkamlangan qoida hamma
oʻxshash hollarda bir xildagi talab
sifatida takror-takror amal qiladi.


Qonunning normativligi unda ifodalangan
davlat irodasining qatʼiyligi, ustunligi va
oliyligi bilan chambarchas bogʻliqligidadir.
Aynan shu irodaning imperativ
(boʻysundiruv-chi) mazmuni Qonun
vositasi bilan umumiy yurish-turish va
xulq-atvor mezonlarini belgilaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari
quyidagi guruhlarga boʻlinadi:
1) asosiy qonun — 
Konstitutsiya
;
2) Konstitutsiyaviy qonun;
3) Qonun (kodekslar va joriy Qonunlar);
4) 
Qoraqalpogʻiston Respublikasining
Konstitutsiyasi va Qonunlari Qonunlar va


boshqa normativ hujjatlar orasida
Oʻzbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi asosiy oʻrinni egallaydi.
Ushbu hujjat davlat hokimiyatining tashkil
etilishini va boshqaruv mexanizmini
belgilaydi, konstitutsiyaviy tuzum
asoslarini, jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy
asoslari, siyosiy tizimini.insonlar va
fuqarolarning huquq va erkinliklarini
mustahkamlaydi. Konstitutsiya jamiyat
huquqiy tizimining, butun qonunchilikning
oʻzagini, yuridik zaminini tashkil etadi.
Joriy Qonunlarning barchasi konstitutsiya
qoidalari va prinsiplari asosida hamda
ularning ijrosi manfaati yoʻlida chiqariladi.


Qonunlar quyidagi hollarda kuchga kiradi:
rasman eʼlon qilingandan 10 kun oʻtgach;
Qonunda yoki uni amalga kiritish
toʻgʻrisida maxsus hujjatda koʻrsatilgan
vaqtdan boshlab. Qonun oʻzida
koʻrsatilgan muddat tugagan boʻlsa yoki
bekor qilinishi natijasida (ijtimoiy
munosabatlarning shu sohasini tartibga
soluvchi yangi Qonun qabul qilinishi
munosabati bilan) oʻz kuchini yoʻqotadi.
Qonun zamonda amal qiladi. Buning
maʼnosi shuki, ayrim Qonunlar orqaga
qaytish kuchiga ega. Yaʼni, Qonun eʼlon
qilinmasdan oldin boʻlgan ishlarga shu
Qonun tatbiq etiladi. Jumladan,
Oʻzbekistonda jinoyat va maʼmuriy


javobgarlikni yengillashtiruvchi Qonunlar
orqaga qaytish kuchiga ega. Qonun
makonda ham amal qiladi. Buning
maʼnosi Qonunlar mamlakatning barcha
hududlarida amal qilishini bidsiradi.
Davlat hududiga quruqlik, ichki suvlar va
hududiy dengiz havzalari, ushbu hududlar
ustidagi havo boʻshligʻi va davlat
chegarasi doirasidagi yer osti kiradi.
Odatda, Qonunlar ushbu hududdagi
barcha subʼyektlar, yaʼni fuqarolar, yuridik
shaxslar, davlat organlari, korxonalar,
muassasalar va tashkilotlar uchun
majburiydir.
Qonunning oliy yuridik kuchga egaligi
quyidagilarda namoyon boʻladi: Qonunni


uni qabul qilgan oliy vakillik organidan
boshqa hech kim oʻzgartira olmaydi,
bekor qila olmaydi yoki yangisini oʻrnata
olmaydi; boshqa barcha normativ-
huquqiy aktlar Qonunga qatʼiy muvofiq
holda qabul qilinadi va amalga oshiriladi;
bironbir qonunosti normativ-huquqiy akt,
yaʼni, qonunga asoslangan hujjat
Qonunga zid boʻlsa, u Qonunga muvofiq
holga keltiriladi yoki bekor qilinadi;
Qonunni qabul qilgan organdan boshqa
hech kim uni qoʻshimcha tarzda
tasdiqlashi va harakatdan toʻxtatib
qoʻyishi mumkin emas.
Oʻzbekiston Respublikasining
Qonunlarida yangilanayotgan ijtimoiy


tuzumning, huquqiy davlat barpo
etishning eng muhim prinsiplari,
rivojlanish yoʻnalishlari va dasturiy
vazifalari oʻz aksini topadi.
Turli mamlakatlarda konstitutsiya va
qonunlar turlicha.
Oʻzbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi

Oʻzbekistonda
qoʻllaniladigan konstitutsiya;
Belarus Konstitutsiyasi

Belarusda
qoʻllaniladigan konstitutsiya;
Hindiston Konstitutsiyasi

Hindistonda
qoʻllaniladigan konstitutsiya;
Boshqa mamlakatlardagi
konstitutsiyalar


Armaniston Respublikasining
Konstitutsiyasi

Armanistonda
qoʻllanilgan Konstitutsiya;
Ozarbayjon Respublikasining
Konstitutsiyasi

Ozarbayjonda
qoʻllaniladigan konstitutsiya;
Turkiya Konstitutsiyasi

Turkiyada
qoʻllanilgan Konstitutsiya, misol:
Istanbuldagi 
advokatlik firmasi (https://
kulacoglu.av.tr/ecrimisil-davasi-haksiz-
isgal-tazminati/)
;
Chili Konstitutsiyasi
 - 
Chilide
qoʻllaniladigan konstitutsiya;
Singapur Konstitutsiyasi
 - 
Singapurda
qo‘llaniladigan konstitutsiya;


Avstraliya Konstitutsiyasi
 - 
Avstraliyada
qoʻllaniladigan Konstitutsiya.
Bu maqolada 
boshqa til boʻlimlariga
ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy
ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Bu sahifa oxirgi marta 29-Avgust 2023, 16:28 da
tahrir qilingan.

Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (ht
tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Qonun_(huquq)&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Qonun_(huquq)&oldid=3847792
" dan olindi


Matndan 
CC BY-SA 4.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).

Yüklə 117,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə