Qo'shilgan qiymat solig'ining o'ziga xos xususiyatlari va davlat iqtisodiyotidagi o'rni



Yüklə 223,31 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix11.04.2022
ölçüsü223,31 Kb.
#85318
1   2   3   4   5
1052-Article Text-2262-1-10-20210226

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili 

A. Smit o'zining "Xalqlar farovonligining tabiati va sabablarini o'rganish" nomli 

klassik  asarida  universalligi,  adolatlilik,  aniqlik  va  qulaylik  soliq  solishning  asosiy 

printsiplari  sifatida  qaragan.  Qo'shilgan  qiymat  solig'i  (QQS)  umumiy  soliq 

hisoblanadi  tovarlarni  ishlab  chiqaradigan  va  tarqatadigan  tadbirkorlik  faoliyati  va 

xizmatlar.  Qo'shilgan  qiymat  solig'i  iste'molga  kiritiladi  chunki  u  oxir-oqibat 

iste'molchi  tomonidan  to'lanadi,  garchi  u  import  qiluvchi  bo'lsa  ham,  ishlab 

chiqaruvchi yoki tarqatuvchi tomonidan yig'iladi (Ibrohim, 2015). 

"Science and Education" Scientific Journal

February 2021 / Volume 2 Issue 2

www.openscience.uz

244



Qo‘shilgan  qiymat  solig‘ining  mohiyati  shundaki,  aslida  soliq  yuki  pirovard 

iste’molchi  zimmasiga  tushadi.  Boshlang‘ich  xom  ashyo  mahsulotga  aylangunga 

qadar  qancha  bosqichdan  o‘tishi  muhim  emas.  Har  qanday  holatda  ham  ushbu 

zanjirning  barcha  ishtirokchilari  byudjetga  to‘lashga  majbur  bo‘ladigan  barcha 

mablag‘  mahsulotning  pirovard  qiymatiga  kiritiladi.  Tushunilishicha,  maqsad  - 

pirovard mahsulot narxi oshishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘lsa, ushbu mahsulotni pirovard 

iste’molchiga sotuvchi shaxslarga kiruvchi QQSni hisobga olishga ruxsat berish zarur. 

Qo`shilgan  qiymat  solig`i  ob’yektlari  quyidagilar:  soliq  solinadigan  aylanma 

(oborot)-tovarlar  (ishlar,  xizmatlar)ni  sotish,  ijaraga  berish,  tekinga  berish,  ustav 

jamg`armasiga  topshirish  bo`yicha  aylanma  (oborot);  soliq  solinadigan  import. 

Qo’shilgan  qiymat  o’zining  iqtisodiy  mohiyatiga  ko’ra,  sotilgan  mahsulotlar, 

bajarilgan  ishlar  va  ko’rsatilgan  xizmatlarning  qiymati  bilan  ishlab  chiqarish 

jarayonida  istе`mol  qilingan  tovarlar,  xom  ashyolar  va  xizmatlarning  qiymati 

o’rtasidagi  farqdan  iboratdir.  Tabiiyki,  ishlab  chiqarish  jarayonida  va  kеyinchalik 

mеhnat taqsimoti natijasida ma`lum bir tovar bozorga olib chiqilgunga qadar ishlab 

chiqarish  va  muomala  jarayonidagi  bir  nеchta  bosqichlardan  o’tadi,  bu 

bosqichlarning har birida qo’shilgan qiymat yaratiladi. Qo’shilgan qiymat solig’ining 

iqtisodiy mazmuni va xususiyatlari quyidagilarda namoyon bo’ladi: 

  ushbu  soliq  turi  bilvosita  soliqlar  turkumiga  kiradi,  ya`ni  soliq  yuki 



istе`molchilarga  tushadi.  Shuning  uchun  ham,  mazkur  soliq  yukinining  o’sishi 

istе`mol  xarajatlarini  ortishiga  va  inflyasiyani  kuchayishiga  olib  kеlishi  mumkin. 

Xususan, ushbu soliq istе`moldan olinadigan soliq hisoblanadi.  

  ushbu  soliq  soliq  tizimida  faol  tartibga  soluvchi  soliq  hisoblanadi,  ya`ni 



mе`yoriy  ajratmalar  orqali  mahalliy  byudjetlarni  daromad  va  xarajatlarini  tartibga 

solishda faol foydalaniladi

 qo’shilgan qiymat solig’i har bir aylanma bosqichida undiriladigan soliqdir



 qo’shilgan qiymat solig’i tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishdagi muhim 

davlatning  moliyaviy  instrumеntlaridan  biri  hisoblanadi.  O’zbеkiston  soliq  tizimida 

qo’shilgan qiymat solig’i 1992 yildan buyon amal qilmoqda. 

Qo‘shilgan  qiymat  o‘zining  iqtisodiy  mohiyatiga  ko‘ra,  sotilgan  mahsulotlar, 

bajarilgan  ishlar  va  ko‘rsatilgan  xizmatlarning  qiymati  bilan  ishlab  chiqarish 

jarayonida  iste‘mol  qilingan  tovarlar,  xom-ashyolar  va  xizmatlarning  qiymati 

o‘rtasidagi  farqdan  iboratdir.  Tabiiyki,  ishlab-chiqarish  jarayonida  va  keyinchalik 

mehnat taqsimoti natijasida ma‘lum bir tovar bozorga olib chiqilgunga qadar ishlab 

chiqarish  va  muomala  jarayonidagi  bir  nechta  bosqichlardan  o‘tadi,  bu 

bosqichlarning har birida qo‘shilgan qiymat yaratiladi. 

Xulosa 

o'rinida  shuni  aytish  joizki,  soliqlar  davlat  byujetida  muhim  ahamiyat 

kasb  etadi.  Hech  bir  davlat  o'zini  siyosiy  tashkiloti  sifatida  soliq  tushumisiz  amalga 

"Science and Education" Scientific Journal

February 2021 / Volume 2 Issue 2

www.openscience.uz

245



oshira  olmaydi.  Soliqlarning  vazifalari  Iqtisodiyotini  tartibga  solish,  YaIMning  bir 

qismini  qayta  taqsimlash  va  shu  orqali  iqtisodiyot  tuzilishini  o'zgartirish,  aholini 

ijtimoiy himoyalash kafolatini ta`minlashda bevosita ishtirok etish, ishlab chiqarishni 

rivojlantirishga,  moliyaviy  va  mehnat  resurslaridan  foydalanishga  rag`batlantiruvchi 

ta`sir ko'rsatishdir. QQSning ahamiyati shundaki, tashqi va ichki iqtisodiy faoliyatni 

tartibga solishdagi muhim davlatning moliyaviy instrumеntlaridan biri bo'lib, asosan 

davlat byujetini boyitadigam murakkab to'lov turidir. 


Yüklə 223,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə