Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Yüklə 2,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/150
tarix25.05.2022
ölçüsü2,75 Mb.
#87835
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150
Turkiy til tarixi by Sodiqov Qosimjon. (z-lib.org)



1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA 
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI 
QOSIMJON SODIQOV 
 
 
 
 
TURKIY TIL TARIXI 
5220700 – Sharq mumtoz filologiyasi ta’lim yo‘nalishi 
bo‘yicha bakalavrlik bosqichida o‘qiyotgan talabalar 
uchun qo‘llanma 
Toshkent – 2009 


2
Ushbu qo‘llanmada turkiy yozma yodgorliklar asosida 
o‘zbek adabiy tilining yuzaga kelishi va uning tarixiy 
taraqqiyoti, yozma yodgorliklarning fonetik, morfologik 
o‘zgachaliklari, atamashunoslik tarixi, matn uslubi masalalari
yoritib berilgan.
Qo‘llanma Toshkent Davlat Sharqshunoslik institutining 
Sharq mumtoz filologiyasi bo‘limida o‘qiyotgan talabalar 
uchun yozildi. 
Toshkent Davlat Sharqshunoslik institutining O‘quv-
uslubiy kengashi nashrga tavsiya etgan (2009 yilning 13 
noyabrida bo‘lib o‘tgan 1- majlis bayonnomasi). 
T a q r i z ch i l a r: 
filologiya fanlari doktori, professor 
H. Dadaboyev
filologiya fanlari nomzodi, dotsent 
Q. Omonov
© Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti, 2009 yil. 


3
SO‘Z BOSHI 
Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti Sharq mumtoz 
filologiyasi ta’lim yo‘nalishining o‘quv rejasiga “Turkiy til 
tarixi” fani kiritilgan. Ushbu fan turkiy (o‘zbek) adabiy tilining 
yuzaga kelishi va taraqqiyoti, ko‘hna turkiy bitiglarning til 
o‘zgachaliklari to‘g‘risidagi yalpi bilimlarni qamraydi. Fanni 
o‘qitishdan murod – talabalarga o‘zbek adabiy tilining kelib 
chiqishi, uning ildizlari, yuksalish bosqichlari, fonetik, 
grammatik o‘lchovlarining qat’iylashuv yo‘llari, turkiy til 
lug‘at boyligining ko‘lam-qamrovi, atamalarning yuzaga kelish 
tarixi, yozma til uslublari va ularning o‘ziga yarasha belgilari 
haqida bilim berishdir. Bosh vazifa – o‘tmishdan qolgan turkiy 
manbalarni, badiiy ijod namunalarini o‘qiy olish va ularni 
hozirgi o‘zbek tiliga ag‘darish uchun yetarli bilimlarni 
shakllantirish, turkiy yozma yodgorliklar ustida ilmiy ish 
yaratish yo‘llarini o‘rgatish hamda shu yo‘nalishda yetuk 
mutaxassislarni yetishtirishdan iborat. 
Turkiy tilning ko‘p asrli tarixini bir yo‘la bir qo‘llanmada 
bayon qilish qiyin. Shuning uchun ushbu kitobda adabiy til 
tarixining eng eski – uning yuzaga kelishidan boshlab XVI 
yuzyillikning oxirlariga qadar kechgan taraqqiyoti to‘g‘risida 
so‘z yuritiladi. 
Ilgingizdagi qo‘llanma bir urinishda, o‘quv rejasidagi 
bo‘shliqni to‘ldirish uchungina yozilgani yo‘q. U uzoq yillik 
izlanishlarim, talabalarga til tarixini o‘qitish yo‘lida to‘plangan 
tajribalarga tayangan holda yaratildi. Shu choqqacha yiqqan 
bilimlarimni, talabalar fan bo‘yicha bilishi kerak bo‘lgan 
narsalarning eng keraklilarini ushbu kitobga bitdim.
Qo‘llanmani chop ettirishda yaqindan ko‘maklashgan 
Sharq filologiyasi va tarix fakultetining dekani, himmatli va 
ochiqko‘ngil 
yigit 

Yüklə 2,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə