Qozon qurilmalari



Yüklə 16 Mb.
səhifə19/121
tarix04.06.2022
ölçüsü16 Mb.
#88721
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   121
kurs ishi

2-2 - j a d v a l

Yoqilg'i

Uchuvchan moddalar chiqishining bosh-
lang'ich harorati, 0o C

Yonuvchi massadagi uchuvchan moddalar, %

Koks(qoldiq) xossalari

O'tin

160

85

Yopishgan

Torf

100-110

75

Kukunsimon

Qo'ng'ir ko'mir

130-170

40-60

Kukunsimon

Toshko'mir:
uzun alangali
bug'li, yog'li
Yog'siz

170
260
390

40-50
25-35
17

Kukunsimon yoki yopishgan Birikkan, quyma holida Kukunsimon

Antrasit

280-400

4-19

Kukunsimon

Yonuvchi
slaneslar

250

80-90

Kukunsimon

Yopishqoqlik xususiyati ham termik ishlov berish natijasida paydo bo'ladi. Erigan, yumshoq holatdagi ko'mir qismi, erimagan ko'mir qismini o'ziga biriktirib, evtektik massani tashkil etadi. Haroratni yanada oshirilishi natijasida bu massa qota boshlaydi va yopishgan, quyma va kukun qoldiqlarini hosil qiladi. Qoldiqning mustaqkamligi eruvchan va erimaydigan ko'mir komponentlarining nisbatiga, ya'ni uning kimyoviy tarkibiy qismiga bog'liq bo'ladi.
Shunday qilib, uchuvchan moddalarning chiqishi va yopishuvchanligi, yoqilg'ining zarur tavsiflaridan biri bo'lib, uning kimyoviy tarkibiy tuzilishini bildiradi.
Shartli yoqilg'i yonish issiqligi - qattiq, suyuq yoki gazsimon yoqilg'i to'la yonganda ajraladigan issiqlik miqdorini bildiradi. Yonish issiqligining quyi, yuqori va hajmiy xillari bor. Quyi yonish issiqligi yuqori yonish issiqligidan yoqilg'i yonganda hosil bo'ladigan suv hamda undagi namni bug'latish uchun sarflanadigan issiqlik miqdoriga kichik bo'ladi.
Yuqori yonish issiqligi - yonish jarayonida hosil bo'luvchi suv va yoqilg'i namligini bug'lantirish uchun sarf bo'lgan issiqlik miqdorini o'z ichiga olgan bo'lib, past yonish issiqligida bu issiqlik miqdori hisobga olinmaydi.
Xullas, yuqori yonish issiqligidan pastki yonish issiqligini ayirsa, yoqilg'idan ajralgan namlikni bug'lantirishga sarflangan taxminiy issiqlik miqdori kelib chiqadi.
Shartli yoqilg'i - turli organik yoqilg'ilarni taqqoslash uchun ishlatiladigan tushuncha. Shartli yoqilg'ining yonish issiqligi 29,3∙103 kJ/kg (7000 kkal/kg) ga teng deb qabul qilingan.
Shartli yoqilg'i bilan tabiiy yoqilg'i orasidagi nisbat quyidagicha ifodalanadi
Qq
Vsh.yo VТ 3 E VТ , (2.5)
29,310
bu erda Vsh.yo. - shartli yoqilgi miqdoriga ekvivalent massa, kg da; VT - tabiiy yokilg'i massasi, kg da (qattiq va suyuq yoqilg'i) yoki mz da (gazsimon yoqilg'i):
Qq - berilgan tabiiy yoqilg'ining quyi yonish issiqligi kJ/kg yoki kJ/mz:
E= Qq /29,3 103 - issiqlik ekvivalenti.

Yüklə 16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə