Qozon qurilmalari



Yüklə 16 Mb.
səhifə45/121
tarix04.06.2022
ölçüsü16 Mb.
#88721
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   121
kurs ishi

Kamerali o‘txonalar
Kamerali o‘txonalar (mash’alali) changsimon, suyuq va gaz holidagi yoqilg‘ini yoqishga mo‘ljallangan. Qattiq yoqilg‘i maxsus tegirmonlarda kukun holiga keltirilib, havo oqimi bilan birgalikda o‘txonaga uzatiladi. Kamerada yoqilg‘i muallaq holatda yonadi. Kamerada yoqilg‘i bilan birga kiradigan havo birlamchi havo deyiladi. 3.5 – rasmda kamerali (mash’alali) o‘txonalar sxemasi keltirilgan.

3.5 – rasm. Kamerali (mash’alali) o‘txonalar sxemasi.
a – qattiq shlakli changsimon yoqilg‘i yoqish uchun bir kamerali o‘txona; b – suyuq shlakli changsimon yoqilg‘i yoqish uchun bir kamerali o‘txona; v – suyuq va gaz yoqilg‘isi yoqish uchun o‘txona; g – changsimon yoqilg‘i yoqish uchun ikki kamerali o‘txona;
Yoqilg‘ini to‘liq yonishi uchun zaruriy havoning bir qismi kameraga qo‘shimcha ravishda beriladi. Bu havo ikkilamchi havo deyiladi. O‘tga chidamli g‘ishtdan ko‘tarilgan o‘txona kamerasi 1 ga gorelkalar 2 orqali yoqilg‘i va havo aralashmasi uzatiladi. Bu yerda aralashma alangalanadi va yonib tomom bo‘lib, yuqori temperaturali mash’alani hosil qiladi. O‘txonadan chiqishda yonish mahsulotlari temperaturasi pasayadi, chunki mash’ala radiatsiya tufayli issiqlikni jadal ravishda isish sirtlariga (quvurlar to‘plamiga) beradi. Ko‘mir changini yoqish uchun mo‘ljallangan kamerali o‘txonalar asosan gorelkalarning joylanishi va shlakni chiqarib tashlash usuliga ko‘ra bir-biridan farqlanadi. Shlakni chiqarib tashlash usuliga ko‘ra o‘txonalar shlak quruq va suyuq holda chiqarib yuboriladigan o‘txonalarga bo‘linadi. Shlak quruq holda chiqarib yuboriladigan o‘txonalarda ko‘mir changining yonishidan hosil bo‘lgan kulning 80-85% i tutun gazlar bilan chiqib ketadi. Qolgan 15-20% i shlakka aylanadi va o‘txonaning pastki qismiga shlak varonkasi 3 ga tushadi. Suyuqlangan shlak zarralari sovuq varonkaning sirtiga tegib qotadi va shlak shaxtasiga to‘kiladi.Shlak suyuq holda chiqarib tashlanadigan o‘txonalarda kulning 90% ga yaqin asosiy qismi suyuq shlakka aylanadi va shlak vannasiga oqib tushadi.
Suyuq va gaz xolidagi yoqilg‘ini yoqishga mo‘ljallangan kamerali o‘txonalardan shlakni chiqarib tashlash qurilmalari bo‘lmaydi, shuning uchun uning osti gorizontal yoki sal-pal qiya qilinadi. 3.6.-rasmda kamerali o‘txonada gorelkalarning joylashtirish sxemalari ko‘rsatilgan.


Yüklə 16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə