Qulay, texnik jixatdan unga murakkab bo’lmagan oddiy xarakatlariga aytiladi


Umumrivojlantiruvchi mashqlarga o’rgatishning turlari



Yüklə 290,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix04.06.2023
ölçüsü290,13 Kb.
#115370
1   2   3   4
4 mavzu

1.3.Umumrivojlantiruvchi mashqlarga o’rgatishning turlari
Odatda U.R.M shug’ullanuvchilar uchun bir marta bajarilganda murakkab 
xarakat topshiriqlari bo’lib ko’rinmaydi: o’rgatish jarayonida majmuadagi 
mashqlar tartibini yodlab olish zarur bo’ladi. Lekin shunga qaramay, U.R.M ni 
o’zgartirib olishda dastlabki va so’nggi xarakatlardagi xatoliklarni yo’qotishga 
oloxida e'tibor berish, xarakatda ishtirok etmaydigan mushaklar zo’riqishiga yo’l 
qo’ymaslik lozim. U.R.M ni o’rgatishda eng samarali usullar: ularni umumiy 
tarzda va bo’limlariga taqsimlab o’rgatishdir. Bunda ko’rsatish gapirib tushuntirish 
va aralash yo’llarini qo’llash mumkin.
1. Ko’rsatish asosida yaxlit tarzda o’rgatish
. O’qituvchi avval mashqni 
to’laligicha ko’rsatadi. Keyin “Dastlabki xolatni egallab” komandasi 
beriladi,(bajarish yo’li zarur bo’lsa, qadamlar bilan, “sakrab” deb tushuntiriladi ). 
Agar mashq bajarishni to’xtatish zarur bo’lsa, “To’xtating! ” komandasi beriladi.



Mashg’ulotni o’tkazuvchi gurux oldida turgancha mashqni bajaradi, uning 
xarakatlari ko’zguda aks etganday ko’rinib, boshqalar uchun qulaylik tug’diradi. 
U.R.M ni sanab o’tkazish tavsiya etiladi, ko’proq 4 va 8 gacha sanaladi.
Bu musiqa jo’rligida foydalanish imkonini beradi. U.R.M ni “ko’rsatish yo’li 
bilan” o’rgatganda, ayni vaqtda qaysi sanoqqa qanday mashq bajarilishi xaqida 
ko’rsatmalar xam beriladi. Gurux bilan birgalikda mashqni 2-3 marta 
takrorlagandan keyin o’tkazuvchi sanash va aytib turishga o’tadi. Mashqlarni 
“To’xta!” komandasidan so’ng tugatadilar. Bu buyruq so’nggi sanoq o’rniga 
beriladi. Kichik maktab yoshidagi bolarga o’rgatilayotganda, komandalar emas, 
buyruqlar beriladi, masalan: “Dastlabki xolatni egallang”, “mashqni men kabi 
bajaring”, “Mashqni tugatamiz” kabi .
2. Mashqni yaxlit xolda gapirib berish asosida o’rgatish
. Osonroq 
mashqlar o’rgatilganda yoki shug’ullanuvchilar, diqqatini faollashtirish maqsadida 
ushbu usuldan foydalaniladi.
O’qituvchi mashqlarni tushuntiradi, avval dastlabki xolat qanday bo’lishini 
aytib beradi, xar bir sanoqqa aniq qanday xarakatlar bajarilishini qisqacha gapirib 
o’tadi. Komandalar “Ko’rsatish asosida” bajariladigan mashqlardagi kabi beriladi. 
Sanash o’rniga asosiy xarakatlarni mashqlar ritmi va tezligidan kelib chiqib yo’l –
yo’lakay tushuntirib ketiladi. Masalan, “bir- ikki- uch -to’rt” deb sanash o’rniga, 
“Engashing- tiklaning-o’tirish- turish” so’zlarini aytish kifoya. Ko’rsatish
va gapirib berishni birlashtiradigan “aralash” usullarda o’qituvchi mashqni 
xam ko’rsatadi, xam tushuntiradi.

Yüklə 290,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə