Qulay, texnik jixatdan unga murakkab bo’lmagan oddiy xarakatlariga aytiladi


 Gimnastikachilarni texnik tayyorgarliklarini aniqlash



Yüklə 290,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix04.06.2023
ölçüsü290,13 Kb.
#115370
1   2   3   4
4 mavzu

1.4. Gimnastikachilarni texnik tayyorgarliklarini aniqlash
.
Mashqlarni shug’ullanuvchilarning tayyorgarligi darajasi, yoshi, jinsi, mazkur 
kontingent bilan xal etiladigan masalalarning xisobga olishning umumiy 
qoidalaridan kelib chiqib meyorlash lozim.



Aloxida mashg’ulotlarda nagruzka yurak urish va o’zini xis etishiga qarab, 
toliqish darajasidan kelib chiqib mehyorlash lozim.
Aloxida gurux mashg’ulotlarida o’qituvchi mashqni mustaqil tugatishga (agar, 
uni xamma barobar davom ettirish mumkin bo’lmasa) ko’rsatma berib qo’yish 
mumkin.
Kuch mashqlarida toliqish xissi tezgina seziladi va imkon bo’lmay qolguncha 
takrorlashga yo’l qo’yiladi.
Chidamlilik mashqlarida organizmni bunday toliqish darajasiga olib borish 
mumkin emas ayniqsa boshlovchilar bilan mashg’ulot o’tkazganda bunga yo’l 
qo’yib bo’lmaydi.
Egiluvchanlik mashqlarida xarakatlar amplitudasi chegarasidan xabar 
beruvchi yengil og’riq sezgisidan kelib chiqib ish ko’rish lozim. Mashg’ulotlarga 
nagruzkani yuqorida sanab o’tilgan omillar xamda xaftadagi mashg’ulot kunlari 
soniga ko’ra asta- sekin, ammo muntazam olib boriladi.
Ularni ayniqsa, jadal, uzoq davom etuvchi seriyalarini bajarishda yurak- qon 
tomir tizimiga qo’yilishi mumkin bo’lgan nagruzkani nazorat va o’z- o’zini
nazorat qila borib, quyidagi usuliyatidan foydalanish tavsiya etiladi:
Xar bir shug’ullanuvchi uchun aloxida o’qituvchi ishorasiga ko’ra 
mashg’ulotdan avval yoki uning orasida (nagruzka eng ko’p bo’lgan vaqtda 
tiklanish paytida va x.k) paypaslash yo’li bilan (bo’lak yoki bo’yniga) 10-15 
soniya ichida urilgan zarblar soni aniqlanadi.
Bu raqamni 6 yoki 4 ga ko’paytirib, daqiqa mobaynidagi zarbalar sonini bilish 
mumkin:- topilgan raqam (daqiqadagi raqamlar soni) maksimum (202- yosh 60-80 
%) atrofida bo’lishi kerak va aloxida yo’l qo’yish mumkin bo’lgan nagruzkani 
ifodalaydi.
Masalan 40 yoshli daqiqasiga 180 zarbani (220- 40) tashkil qilish kerak.
Yurak qisqarishini daqiqasiga 110- 130 zarbaga qadar ko’taradigan nagruzka 
boshlovchi uchun (60-70 %) yetarli bo’ladi.
Tayyorgarlik ko’rganlar uchun bu ko’rsatkich yuqoriroq 140-150 zarbadan 
180-85 % iborat bo’lishi mumkin.


10 
Nafas xarakatlar bilan chambarchas bog’liq. Nafas chuqurligi va surhati ayni 
paytdagi organizm talablariga muvofiq bo’lishi kerak.
Organizmning bu murakab fiziologik vazifasi avtomatik ravishda amalga 
oshiriladi lekin, albatta, nafas olish faoliyatiga istalgan vaqtda aralashish xam 
mumkin. Sog’lom kishilar uchun nafasni qachon olish va chiqarishning axamiyati 
yo’q, bahzan qisqa muddatli kuchanishlarning xam zaruri yo’q. Imkon boricha 
xarakatlar surhatini nafas bilan muvofiqlashtirish zarur.
Ko’krak qafasi kengayganda qo’llarni yon tomonga cho’zganda, gavdani 
tiklaganda nafas olish, egilganda, cho’qqayganda esa nafasni chiqarish kerak.
Sport amaliyotida qo’llanadigan juftlik yoki gurux mashqlari qo’shimcha jixoz va 
uskunalarni talab qilmasligi bilan qulay xamda qimmatlidir. Bu mashqlar
mashg’ulotning tayyorgarlik, asosiy va yakuniy qismida olinga qo’yilgan 
maqsadlardan kelib chiqib boriladi. Shunga bog’liq ravishda jismoniy nagruzka 
xam turli variantlarda beriladi: mo’tadildan maksimalgacha ko’tarilishi, 
maksimaldan mo’tadilga qadar kamayishi mumkin, ular suyak pay xamda 
mushaklar apparatini mustaxkamlashga, kuch, egiluvchanlik, chaqqonlik, 
xarakatchanlik singari sifatlarni rivojlantirishga o’rtoqlik, axilik xissi kabi shaxsiy 
xususiyatlarni tarbiyalashga yordam beradi.
Juftlik mashqlari turgan joyda va xarakatda raqs qadamlari o’zgaruvchan, 
tezkor qadamlar bajariladi. Juftlik mashqlari bajarishda shug’ullanuvchilardan biri 
ikkinchisiga talab etmayotgan xarakatlarni yanada aniq va to’g’ri bajarishda 
yordam beradi yoki qarshilik ko’rsatadi, xamda shu tariqada ishlayotgan mushaklar 
nagruzkani ko’paytiradi.
Mashqlari bajarish sifati bajaruvchiga xam sherigiga xam bog’liqdir.
Juftlik mashqlari turli jismoniy sifatlarni rivojlantiradi.
Qarshilik ko’rsatishga asoslangan mashqlar, masalan kuch sifatlari 
rivojlanishiga yordam beradi, ushlatib, kuchlanib bajariladi, mashq esa 
egiluvchanlikni o’stiradi va x.k. Gurux mashqlari yonma yon qatorlashib saf tortib 
yoki aylanma bo’lib turib bajariladi.


11 
Bu shug’ullanuvchilarning mashqni bajarishga bo’lgan qiziqishini oshiradi. 
Estafeta va o’yin topshiriqlari shaklida o’tkaziladigan mashqlar nagruzkani yana 
kuchaytiradi. Gurux mashqlari kichikroq zallarda xam kattarok maydonlarda ko’p 
sonli shug’ullanuvchilar bilan o’tkazilishi mumkin. Mashqlar bayoni amaldagi 
tasnifga muvofiq xamda ta’sir ko’rsatishdagi ustunligidan kelib chiqib berilgan. 
Bundan tashqari, misol tariqasida majmua ta’sir ko’rsatuvchi mashqlar, 
shuningdek asosiy o’yin xamda estafetalar keltirilgan. Umumrivojlantiruchi juftlik 
va gurux mashqlari katta amaliy axamiyatga ega. Ular sportning xar xil turlarida 
(gimnastika, figurali uchish, kurash) qo’llaniladi. Sportchining jismoniy xamda 
axloqiy- irodaviy sifatlarni rivojlantirishga, suyakni va mushak apparatlari 
mustaxkamlanishiga 
yordam 
beradi. 
Tavsiya 
etilayotgan 
mashqlar 
shug’ullanuvchilardan aloxida diqqat va yaxshi intizomni talab qiladi va ularni 
sherigiga yoki umuman, guruxga nisbatan o’z xarakatlarini to’g’ri bajarishga 
o’rgatadi, juft yoki , gurux mashqlarini mashg’ulotlarga kiritilganda, ularni 
o’tkazish usuliyati xaqida chuqur o’ylash kerak. Tayyorgarlik qismining boshida 
diqqatni jamlash maqsadida gurux mashqlari tavsiya etiladi. Yaxshi tanish 
mashqlar safdagilar birgalikda bajarilishi mumkin. Gurux mashqlari oyoq- qo’l 
chigalini yozish vaqtida xam qo’llaniladi. Bunga shug’ullanuvchilar organizmdagi 
asosiy qismni katta jismoniy nagruzkaga tayyorlaydigan mashqlarni kiritish zarur.
Birmuncha murakkabroq juftlik va gurux mashqlarini asosiy qismda 
o’tkazish tavsiya etiladi. (bunga yuqori shiddat bilan o’tadigan turli o’yinlar, 
estafetalar, yuqori darajada zo’riqishni talab qiluvchi xarakatlar va majmualari 
kiradi).
Mashg’ulotning yakunlovchi qismida nagruzkani kamaytiradigan topshiriqlar, 
diqqatni rivojlantiruvchi, raqs elementlari bo’lgan mashqlar va boshqalardan 
foydalanish mumkin.
Umumrivojlantiruvchi juftlik va gurux mashqlariga o’rgatish yoki ularni 
bajarishda o’z- o’zining sherigi va barcha shug’ullanuvchilarning xavfsizligi 
xaqida o’ylash zarur bo’ladi.


12 
Asosiy harakatlarni o’z vaqtida rivojlanishi bolaning harakat qilish tajribasini 
boyitadi, unga o’z atrofidagi muhitda erkin harakat qilish imkonini beradi, o’z 
kuchiga ishon xissini, faollik, dovyuraklikni tarbiyalaydi. 
Asosiy harakatlar bolalarning jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlanishiga 
ijobiy ta’sir ko’rsatadi: muskullarni, paylarni,qon tomirlarini mustaxkamlaydi va 
rivojlantiradi, yurak-qon tomir hamda nafas olish sistemalari, ichki organlar va 
terining ishlashini yaxshilaydi. Agar asosiy harakatlar ochiq havoda o’tkazilsa, 
ularni sog’lomlashtiruvchi ta’siri ayniqsa ortadi. 
Asosiy harakatlar garchi juda oddiy bo’lib tuyulsa ham biroq ularning 
ayrimlari bolalar uchun murakkab hisoblanadi. Muntazam mashq qilib, o’rganib 
borish orqaligina ularni to’g’ri bajaradigan bo’lishi mumkin. 
Yurish bolaning tabiiby harakat qilishidir. Yurish uchun harakatlarning 
seklligi o’ziga hos xususiyat kasb etadi. Harakatning siklligi bir xildagi sikillarning 
ko’p marotaba takrorlab turishdan iborat. 
Yurishda qadamlar o’ng va chap oyoqlarning almashinib turishi hamda 
qo’llarning shunga muvofiq ishlatib harakatga kelishi natijasida yakunlangan sikl 
hosil bo’ladi. 
Maktabgacha yoshidagi bolalarning ko’pchiligi yurgan vaqtida tovon 
to’piqlarini bir-biriga paralel holda yoki sal-pal ichkariga burilgan holda bosadilar. 
Faqat maktabgacha o’rta va katta yoshdagi bolalar tovon to’piqlarini tashqari 
tomon bura boshlaydilar. 
Gavda muvozanatini saqlashda yelka va qo’l harakatlari katta yordam beradi. 
Ular bir maroomda harakat qiladilar va bu harakatlar oyoqlarning harakati bilan 
muvofiqlashtirilgan 
bo’ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda harakatni 
muvofiqlashtirish ularning yoshiga qarab yaxshilanib boradi. 
Qadamning uzunligi umuman oyoqning uzunligiga va hususan oyoq tagining 
uzunligiga bog’liqdir. Yurish usuliga qarabqadamning uzunligi uzayadi. Yurish 
tezligiqadamning uzunligiga hamda uning tezligiga bog’liq. 
Yurish va yugurish vaqtida ko’proq miqdorda yirik mushak guruhlari ishtirok 
etadi. Bunda mushaklar o’zgaruvchan harakat qilib unchalik zo’riqmaydi. Bu esa 


13 
nafas olishni, qon aylanishni, modda almashishini yaxshilash uchun qulay sharoit 
yaratadi. Yurish asosan oyoqlarning rivojlanishi va mustaxkamligiga yordam 
beradi. Gavda va qo’l muskullari yurishda kam ishtirok etadi. Asta-sekin yurish 
katta yuklama, masalan, harakatli o’yinlardan, yugurishdan keyin nafas olish va 
qonaylanishi organlari faolyatini sokin holga keltirish vositasi bo’lib hizmat qiladi. 
Tez yurganda zo’riqish kuchayadi. Shuning uchun ham qisqa muddatli bo’lsa ham 
tez yurish bolani toliqtirib qo’yishi mumkin. 
Turli usullar bilan yurishni mashq qilish juda muhimdir, chunki bunday 
mashqlar tovon-to’piq muskullarining rivojlanish va mustaxkamlanishiga yordam 
beradi, bolalarning yassi oyoq bo’lib qolishlarini oldini oladi. 
Bolalarning guruhlari bilan o’tkaziladigan yurish mashqlari jamoada 
harakatlarni muvofiqlashtirishga, uyushqoqlikni tarbiyalashga yordam beradi, 
to’g’ri yura bilish maxoratini rivojlantirishga yordam beradi. 
To’g’ri yura bilish maxoratini tarbiyashga yordam beradi. Mashg’ulotlarda 
yurish usullarini, sur’atini, yo’nalishini o’zgartirib turish, turli saflanishlarda yurish 
mashqlarini o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Bu bolalardagi qiziqishni oshiradi, 
ularda yurishning bir usuludan ikkinchi usuliga o’tish qobilyatini rivojlantirishga 
yordam beradi. 
Yurish vaqtida musiqa chalib turish sanash, chapak chalib turish, chirmanda, 
baraban chalib turish yurish maromida rivojlantirishga yordam beradi. Bolada 
to’g’ri tejamli yurish malakasini hosil qilish uchun yurish vaqtida qaddi-qomatini 
tik tutishga doim e’tibor berib turish lozim. Gavdani holati tabiiy bo’lsin, bellar tik, 
iyaklar biroz ko’tarilgan, qorin ichiga tortilgan holda bo'lsin: oyoqlar oxirigacha 
tikka uzatiladi. 
Yurishning yengil bo’lishini oyoq tagining yerga qanday botishiga bog’liq 
bo’ladi. Tabiiy ravishda oddiy yurish vaqtida avvalo tovon bosiladi, shundan 
keyinoyoq tagida to’la turilib, gavdaning og’irligi oyoq uchlariga o’tadi. Bunday 
o’tish va oyoqni yerga bosish prujinasimon harakat singari yengil va chaqqon 
bajarilishi lozim. 


14 
Yurish tuzilishi bo’yicha yugurishning yurish bilan ko’pgina mushtarak 
tomonlari bor, yurishning o’ziga hos belgilari ham mavjud. Yugurayotgan 
kishining yerdan to’la uzulgan vaqtda ana shunday belgilarga ega bo’ladi. 
Yurish vaqtida oyoqlarning yerga qo’yilishi ham yurgan vaqtdagiga 
qaraganda boshqacharoq bo’ladi: oyoq uchu o’rta chiziqqa va hatto bir oz 
ichkariroqqa yo’naltirilgan bo’ladi. Oyoqlarining bunday qo’yilishi ildam harakat 
qilish uchun qulay bo’lib, gavdaning yon tomonlarga tebranishini kamaytiradi. 
Gavda yerdan uzilgan yugurish uvhun katta tezlik olinadi: qadamlarning 
uzunligi ortadi, gavda parvoz paytida inersiya bilan oldinga harakat qiladi. 
Gavdaning yugurish vaqtidagi holati. Ko’rak yugurilayotgan tomonga qarab 
biroz oldinga chiqqan, bosh tik tutilgan holda bo’ladi. Ko’tarilgan oyoq son 
qismining ancha ko’tarilib, boldirning old qismi tomonga chiqish, yerga tiralgan 
oyoqning shaxt bilanqattiq itarilishi yugurishi uchun o’ziga hos xususiyatdir. 
Odatda, yugurish vaqtida qo’llar tirsakdan biroz bukilgan holda bo’lib panjalar 
erkin barmoqlar bukilgan holda yelkalar qisilmasdan erin tutashadi,harakatni 
muvofiqlashtiradi, yurishdagi harakatlarga o’xshagan bo’ladi. 
Yugurilayotgan vaqtda har-bir bolaning qo’l harakatlari o’zining induvudal 
hususiyatlarga ega bo’ladi. Bolalarda qo’l harakatlarini bir xil qilishga urinish 
kerak. Maktabgacha yoshdagi bolalarda qo’l va oyoq harakatlarini 
muvofiqlashtirish yugurish vaqtidagiga qaraganda ancha oldinroq boshlanadi. 
Yugurishning xilma-xil turlariga qarab, yujgurish texnikasi ham turlicha 
bo’lishi mumkin. Bolalar bog’chasida yugurishning har xil turlaridan 
foydalaniladi. Oddiy yugurish bunda keng erkin qadam tashlab, avval tovonga, 
so’ng oyoq uchlariga tayanib yuriladi, tez yurish va quvlashmachoq, yugurib borib 
tutish va chap berib chopish, oyoq uchida yugurishi, moki bo’lib yugurishi, 
to’siqlardan o’tib yugurishi, oyoqlarni chalishtirib yugurish, lo’killab yugurishi, 
sur’atni almashtirib yugurishi turlaridan foydalaniladi. Yugurishning bu bolaning 
tovon qubbalarining mustaxkamlash uchun foydalidir. 
Yugurish – intensiv harakat, u bolaning butun organizmiga katta miqdoriy 
vazifa beradi. Nafas olish va qon aylanish organlarining chiniqtirishning, 


15 
chaqqonlik va chidamlilikni tarbiyalashning yaxshi vositasi xisoblanadi. Yurish 
usulini, yugurish masofasini, tezligini o’zgartirish yo’li bilan miqdoriy vazifani bir 
me’yorga tushurish mumkin. 
Ertalabki gimnastika va mashg’ulotlar mazmunini fiziologik vazifa bilan 
to’ldirish uchun yugurish mashqi ham kiritiladi. Basharti, jismoniy tarbiya 
mashqlari yetarli vazifani ta’minlay olmaydiganmaterial asosiga qo’yilgan bo’lsa, 
u halda bolalarga bir anjomdan ichkarisiga o’tayotganda yugurib borishni taklif 
qilish yoki topshiriq bo’yicha mashqni bajarib bo’lgandan keyin bir necha marta 
aylanib yugurishni buyurish mumkinva xokazo... O’yin vaqtida yugurish 
o’ynovchining emotsional holatini yaxshilaydi. 
Guruh bo’lib yugurish, huddi yurish singari bolalar harakatini uyushtiradi, 
to’g’ri yura bilish chaqqonlik singari fazilatlari tarbiyalaydi. Tez yugurib turib, 
jadal harakatlar bilan bajariladigan mashqlar bilan yoki boshqa dam beradigan 
mashqlar, kam harakat qilinadigan o’yinlar bilan almashtirish mumkin. 
Sakrash. Sakrashning har xil turlari mavjud. Bolalar bog’chasida turgan joyida 
sakrash, yurib turib sakrash, turgan joydan oldinga sakrash hamda yugurib kelib 
uzunlikka va balandlikka sakrash, tepadan yoki pastdan, chuqurlikka sakrash 
singari sakrash turlari qo’llalniladi. Sakrash turlaridan bir turi hisoblangan 
arqoncha bilan o’ynnab sakrash keng tarqalgan. 
Oyoqning yerdan uzilishi va paytining mavjudligi sakrashning barcha turlari 
uchun xos xususiyatdir. Sakrashni har bir turida harakatning to’rtta payti bo’ladi. 
Bular 1. tayyorgarlik, 2. itarilish, 3. parvoz, 4. yerga tushish paytikdir. 
Tayyorgarlik paytining ma’nosi yerdan zarb bilan eng qulay holatda itarilish uchun 
sharoit yaratishdan iboratdir. Bunday sharoit itarilishda eng ko’p kuch bo’lishi 
hamda parvoz vaqtida eng ko’p boshlang’ich tezlik bo’lishini ta’min etadi. Bir 
joyning o’zida o’zida turib sakrashda tayyorgarlik payti oyoqlari bir oz bukish, sal 
oldinga engashish va qo’llari orqaga uzatish bilan bog’liqdir. Yugurib kelib 
sakrash vaqtidagi tayyorgarlik paytida, birdan tashqari gorizantal harakat vaqtida 
katta tezlikka erishiladi. Bu tezlik parvoz uzunligini yoki balandligini oshiradi. 


16 
Itarilish payti sakrashning o’ziga xos bo’lgan eng muhim qismi hisoblanadi. 
Itarilish vaqtida sakrashning o’ziga xos eng muhim zarur bo’lgan tezlik vujudga 
keltiriladi va u parvozga to’g’ri yo’nalish beradi. Itarilish qisqa muddatli, tez, 
chaqqon va sekin bo’lmog’i lozim. Tepadan pastga sakrash esa kuchli itarilish 
talab qilmaydi. Bir joyning o’zida turib sakrash vaqtida itarilish odotda ikki oyoq 
bilan barobar bajariladi. Yugurib kelib sakrashda esa itarilish bir oyoq bilan 
amalga oshiriladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ish olib borish uchun 
kuchliroq oyoq bilan itarilishni tavsiya etmaslik kerak. Har tomonlama kamolga 
erishish uchun ham u, ham bu oyoq bilan itarilishni o’rganish muhim ahamiyatga 
ega. 
Parvoz paytida sakrayotgan bola gavdaning masofani bosib yoki to’siqni 
yengib o’tish uchun eng qulay bo’lgan holatini egallaydi, shuningdek, yerga 
tushishga tayyorlanadi. Yerning tushish mashqini puxta o’rganish lozim. 
Sakrashning bu paytidagi asosiy vazifa shaxt bilan boshlang’ich harakat tezligini 
to’xtatish hamda muvozanatni saqlab qolishdan iboratdi. 
Yerga tushishni yumshoq, muloyim holda bo’lishi, bunga tizzalar bir oz 
bukilishi, bolaning gavdasiga zarar yetkazmaydigan vaziyatda bajarilishi lozim. 
Hammadan ham yaxshirog’i yumshoq joyga sakrashdir. Bunday ehtiyotkorlik 
choralarni ko’rilishiga sabab 3-6 yoshdagi bolalar organizmning nozikligidir. 
Ularning muskullari, on qon tomirlari va oyoq payalari yetarli darajada 
chiniqmagan, ichki organlar ham hali yetarli mustaxkam holga kelmagan bo’ladi. 
Bolalar o’z harakatlarini to’g’ri moslashtira olmashliklari ko’pincha sakrash 
vaqtida tika, butun oyoq tagida, tovonga zo’r berib sakrashlariga olib keladi. 
Yerga sakrash vaqtidagi bunday katta yuklama qattiq yerga sakragan tovonga 
tushgan vaqtda oyoq pay va muskullarning eti uzulishiga, yassi oyoqlik vujudga 
kelishiga sabab bo’lishi mumkin. 
Bir joyning o’zida turib va yugurib kelib uzunlikka sakralgan vaqtda oyoqlar 
yerga barobar tushadi. Balandlikka oddiy sakrash vaqtida ham oyoqlar yerga huddi 
munday tushadi. Yugurib kelib sakraganda oyoqlar bukib olinadi. Bir joyning 


17 
o’zida balandlikka sakrash vaqtida va tepalikdan pastga sakrash vaqtida yerga 
avval oyoq uchlari tushadi keyin butun oyoq ustiga og’irlik tushadi. 
Uzunlikka va balandlikka faol harakatlar bilan sakrab yerga tushish vaqtida, 
ayniqsa bu mashqlar eng yaxshi natijaga erishish uchun o’tkazilayotganda 
qo’llarining muayyan holatda bo’lishini qatiy talab qilmaslik kerak. Qo’llar 
oldinga uzatilgan yosh yon tomonga yoyilgan holda tutilishini mashqlarda 
qo’shimcha topshiriq sifatida topshirilishi mumkin. Qo’llar harakati mumkin qadar 
ko’proq tabiiy holatda bo’lishi mumkin. 
Odatda sakrab ko’lgandan keyin qo’llar oldinga yuqoriga uzatilgan vaqtda, 
oyoqlar yerga tega boshlaganda qo’llar pastga tushuruladi va bir orqaga uzatiladi. 
Sakrashning barcha turlari ham harakatlarni yuksak darajada muvofiqlashtirishni 
talab qiladi. Ayniqsa to’siqlardan oshib o’tish bilan bog’liq bo’lgan sakrashlar va 
yugirib kelib sakrashlar vaqtida, yugurib kelib belgilangan joydan itarilish va 
sakrab plankadan oshib o’tish vaqtida harakatlarning bunday muvofiqlashtirish 
juda zarur. Sakrashlar shug’ullanayotgan bolalarning butun organizimini 
yaxshilaydi. Bu mashqlarni bajarish vaqtida qon aylanishi va nafas olish 
kuchayadi, oyoq, qorin va butun gavda muskullari rivojlanadi,oyoq, qorin va butun 
gavda muskullasr rivojlanadi. oyoq bo’g’inlari va tomirlari mustaxkamlanadi. 
Bolalarda sakrash qobilyatini o’stirishda, ularni harakatchan, chaqqon va 
epchil qilib o’stirishda sakrash mashqlari katta axamiyatga ega. Sakrashning 
natijalariga harakat vazifasining harakteri hamda ko’zga ko’rinib turadigan 
nishonlardan foydalanish ham yaxshi ta’sir ko’rsatadi. Bolalarning yoshi ulg’aygan 
sari ular aniq sakraydigan bo’la boradilar. Ertalabki gimnastika va mashg’ulotlarga 
kiritilgan har xil sakrashlar mashqlarning fiziologik ta’sirini kuchaytiradi. 
Arg’amchi bilan sakrash juda foydalidir, chunki u nafas olishni yaxshilashga, 
bolalarda chidamlilikni rivojlantirishga yordam beradi. Sakrash mashqlarini 
bajarish vaqtida bolalarda harakatni moslashtirish qobilyatini rivojlantiradi. Chunki 
arg’amchi bilan sakrash vaqtida qo’l va oyoq harakatlarini aniq muvofiqlashtirib 
borish, bir maromda sakrash, aylanib turgan arg’amchining yo’nalishi hamda 
tezligi sur’atiga muvofiq ravishda harakat qilishni talab qiladi. Arg’amchi bilan 


18 
sakrash mashqlari xilma-xil bo’lib hayajon bilan bajariladi, turli bayramlarda, 
bolalarning gimnastik chiqishlari vaqtida bunday mashlardan keng foydalanish 
lozim. 
Emaklash mashqlari bikr xil va har xil usullarda amalga oshirish mumkin. Bir 
xil harakat usulida emaklashqaysi qo’l bilan boshlansa, o’sha tomondan oyoq 
harakatlantirilladi. Har xil emaklash usulida esa harakatlarnng qarama-qarshi 
uyg’unlashishini kuzatiladi, ya’ni o’ng oyoq chap qo’l, o’ngdan so’ng chap oyoq 
bilan o’ng qo’l bir vaqtda harakatga keladi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarda yugurish mashqlari va yarim emaklash 
mashqlari ko’proq tarqalgan. Ba’zi bolalar kaftlariva oyoq uchlariga tayanib ham 
emaklaydilar. Bunda unig oyoqlaritizzadan bir oz bukilgan holda bo’ladi. Bolalar 
bog’chlari faolyatida emaklashnign bunday turini ayniqsa emaklash deb aytiladi. 
Yana qoringa yotib qo’llari navbat bilan oldinga o’tkazgan holda bilaklarga 
tayanib va yana bilaklar yordamida hmada ayni vaqtda oyoqlar barobar itarilib 
emaklash ham mumikin. Cheklangan joyda emaklash mashqlari qiya tekislikdan 
chiqish va tushish, to’siqdan emaklab borishoshib o’tish hamda qandaydir buyum 
tagidan emaklab o’tish kabi mashqlar juda foydalidir. 
Emaklash mashqlarini qaddi-qomastni tik tutish, oyoq uchlarida turib qo’llarni 
baland ko’tarish singari mashqlar bilan qo’shib olib borish kerak. Masalan, oy 
ostidan emaklab op’tish, o’rindan turish, tepaga osib qo’yilgan chiqqilgoqqa ikkala 
qo’lini barobar tekkizish,m tarbiyachi ushlab turgan chirmandani bir urish va 
boshqa shu singari mashqlarni bajarish mumkin. 
Emaklash mashqlari yirik muskullarni ham, shuningdek, maydaroq muskul 
gukruxlarini ham bir tomonlama rivojlantiradi. Emaklash mashqlari bajarilayotgan 
vaqtda zo’rilqish dam olish bilan almashtirib turadi. Bu esa mushaklar ishi 
qolbilyatining ancha uzoqroq davom etishini ta’minlaydi. Ma’lumki bunday 
mashqlar yurak-qon tomir va nafas olish sistemalariga yaxshi ta’sir ko’rsatadi. 
Yopiq holda mashq bajarilganda umurtqa pog’onalari yaxshi rivojlanadi. Bu esa 
qaddi-qomatni to’g’ri, chiroyli shakllanishiga g’oyat yaxshi ta’sir ko’rsatadi. 
Emaklash vaqtida bolada harakatni uyg’unlashishi rivojlanadi. Emaklash vaqtida 


19 
vazifaning ancha qismi yelka va qo’llarga tushadi. Mana shunga alohida e’tgibor 
berish lozim. 
Tirmashish deganda turli buyumlar, gimnastika buyumlari, daraxt va 
boshqalarga tirmashib chiqish mashq qilinadi. Bir yo’la bajarish usulida o’rmalash 
harakati o’ng oyoq ba o’ng qo’l bilan bir vaqtda barobardan harakatga keladi. Bu 
usul bilan o;’rmalash mashqini oyoq qo’lni almashtirish yo’li bilan emas, balki 
oyoq qo’yish usuli bilan ham bajarish mumkin. O’rmalashning bu turi 
maktabgacha yoshdagi bolalarning boshqa turlarga qaraganda oldinroq o’zlashtirib 
olinadi. Oddiy oyoq qo’yib bajarish usuli quyidagi tartibda harakat qilishga 
asoslangan, bola ikkala qo’li bilan narvonning bitta zinasidan ushlab turadi, 
shunday keyin bola navbatdagi pog’onani o’ng va chap qo’llari bilan tutadi, 
so’ngra esa oyoqlari ham keyingi pog’onaga galma-gal ko’tarib oladi. 
Arqon va hodaga tirmashib chiqish mashqlari garchi rejaga kiritilmagan 
bo’lsa ham ba’zi bir bolalar foydalanib turiladi. O’rmalab, tirmashib chiqilgandagi 
harakatlarning uzunligi har xil usullar bilan bajariladi va gimnastika asbobidan 
qaytib tushish vaqtida ham hasrakatlar ham uzunligi saqlanib qolinadi. 
Oshib o’tish deganda bir asbobdan ikkinchisiga oshib tushish, masalan, qiya 
qilib qo’yilgan taxtadan gimnastika devorchasiga o’tish devorchaning bir qismidan 
ikkinchi qismiga o’tish nazarda tutiladi. Oshib o’tishda boshqa bir asbob, 
buyumning ustki qismidan, masalan, shiti, minbarcha, devorcha, hoda, skameyka 
ustidan qorin bilan yoki yonboshlab yotgan holda, qo’l va oyoqlarga tayanib olib 
o’tiladi. 
Uloqtirish va ilib olish mashqlari chaqqonlik, to’g’ri mo’ljalga olish singari 
sifatlarni tarbiyalaydi, oyoq, gavda va ayniqsa qo’l hamda yelka muskullarni 
mustaxkamlashga yordam beradi. Shuningdek, bu mashqlar harakatlarni 
uyg’unlashtirish iqtidorini takomillashtirishga ham xizmat qiladi. 
Harakatni uyg’unlashtirish va mo’ljalga olish qobilyatini ham yetarli darajada 
rivojlanmagan maktabgacha yoshidagi bolalar uchun uloqtirish va ilib olish 
mashqlari anchagina murakkab jismoniy mashqlarday tuyiladi. Bu mashlar 
bolalardan nihoyat darajada diqqat-e’tiborli bo’lishni talab qiladi, chunki uloqtirish 


20 
vaqtida buyumda muayyan yo’nalish, harakat yo’li hamda parvoz tewzligini ta’min 
etish uchun boladan ana shunday kuch-g’ayrat va xushyorlik talab qiladi. 
Maktabda boshlang’ich sinifi bolalar uchun uloqtirish va ilib olish mashqlari 
buyumni tashlash va ilib olish, ilib olib irg’itish, nishonga uloqtirish, uzoqqa 
uloqtirish singari sifatlarga bo’linadi. Mana shu mashqlarga tayyorgarlik vaqtida 
koptok va sharchalarni bir joydan ikkinchi joyga va bir-biriga qarab yumalatish 
kabi mashqlardan tayyorgarlik mashqlari sifatida foydalanish mumkin. 
Uloqtirish va ilib olishning turli usullari mavjud bo’lib, ular bir-biridan farq 
qiladi. Koptokni ikki qo’llab va bir qo’llab yon tomondan boshlab oshirib, 
ko’krakka qo’yilgan koptokni ikki qo’llab itarib uloqtirib olish mumkin. Koptokni 
ikki oyoq orasiga olib turib, oldinga engashib orqa tomonga tashlab hamda 
boshdan oshirib orqaga tashlash mashqlaridan kamdan-kam foydalaniladi. 
Koptokni old tomondan, bosh ustida bir qo’llab va ikki qo’llab ilib olinadi. 
Koptokni yuqoriga otish, yerga urish, devorga urish, koptokni uloqtirish va ilib 
olish bo’yicha o’tkaziladigan eng harakterli mashqlar hisoblanadi. 
Boshqa buyumlarni bir-biriga tashlab o’ynaladigan o’yinlarda ham huddi ana 
shu usulllar qo’llaniladi. 
Nishon yotiq yoki tik bo’lishi mumkin. Yotiq nishon odatda, yerga, polga 
skameykaga o’rnatiladi. Tik nishonlar maxsus uskunalarda yoki devorga yoki 
bo’lmasa daraxtga o’rnatiladi. Nishonga koptokni bir joyning o’zida turib bir qo’l 
bilan yelka yoki boshdan oshirib, shuningdek, bir qo’llab va ikki qo’llab pastlatib 
otiladi. Xalqani qoziqqa tushirish mashqida ini ko’krakka qo’yib turib bir qo’llab 
otiladi. Uloqtirish usuli nishon xususiyatiga, nishonchaga bo’lgan masofaga, 
uloqtirib otiladigan buyumning og;irligi va kattaligiga qarab turib tanlanadi. 
Masalan, polda turgan savatga ichi to’ldirilgan koptokni tushurish mashqida eng 
qulay usul koptokni ikki qo’llab ushlab turib, pastlatib otishdir. Qorboboning 
boshiga o’rnatib qo’yilgan qor koptokni huddi shunday qor koptok urib tushirish 
uchun uni bir qo’llab yelkadan oshirib otgan ma’qul. 
Uloqtirish mashqining murakkabligini buyumning og’irligi va hajmni 
ko’paytirish yoki pasaytirish yo’li bilan, nishonga uloqtirish mashqlarida esa 


21 
nishongacha masofani kamaytirish yoki uzaytishish yo’li bilan, shuningdek, 
nishonni o’zini o’zgartirib, uni harakat qiluvchi nishonga aylantirish yo’li bilan 
o’zgartirish mumkin. Oyoq, qo’l va gavda harakatlarini bir-biriga muvofiqlashtirib 
uzoqlashtirish hamda ilib olish mashqlarini bajarish yo’li bilan dastlabki holatni 
o’zgartirish, masalan, o’tirgan holda tizza bilan turib, qorinni yerga berib yotib va 
shu singari o’zgarishlar bilan mashq murakkabligini oshirish mumkin. 
Uloqtirish harakati tayyorgarlik fazasi, quloch ochish va yakunlovchi otish 
harakati va otishdan iborat bo’ladi. Tayyorgarlik fazasida yelkadan oshirib uzoqqa 
uloqtirish mashqining dastlabki holati o’ng qo’l bilan uloqtirish vaqtida chap oyoq 
harakat yo’nalishi bo’ylab oldinga uzatiladi va chap yelka bir oz buriladi, o’ng 
yelka orqada qoladi hamda uloqtirishga tayyorgarlik vaqtida bir oz pastga tushadi. 
Chap qo’l erkin holda birmuncha bukib turiladi, uloqtirish vaqtida oyoq tomonga 
uzatilib, keyin orqaga olinadi. 
Uloqtirishning mazkur usulida siltanish quyidagi tartibda amalga oshiriladi. 
Dastlabki holatda buyum tutgan qo’l bolaning ko’kragi darajasida bukilgan holda 
yoki gavda bo’lyab pastga tushirilgan holda bo’ladi. Siltanish kech quloch ochib 
qo’lni pasdan yuqoriga uzatish, so’ngra uni tekis tutish, shunday keyin esa siltab 
oldinga-yuqoriga ko’tarish yo’li bilan bajariladigan oldinga intilish harakati orqali 
amalga oshiriladi. Boshdan oshirib otish mashqlarida dastlabki holat boshqacharoq 
bo’ladi. Ikki qo’l bilan oldinga intilish paytida oyoqlar taxminan yelka kengligida 
bir-biriga barobar qilib qo’yiladi. Yelkalar bir tekis holda barobar turadi. Bir qo’l 
bilan boshdan oshirib uloqtirish mashqida oldinga intilish ham huddi bopyagi 
yuqorida tasvirlangan holatda amalga oshiriladi. Faqat bunda ikkinchi chap oyoq 
birmuncha oldinga olib chiqiladi. Siltanish qo’llarni to’g’ri uzatgan holda yelka 
bo’g’inlarining yordamida buyum tutgan qo’lni deyarli to’g’ri ujzatish yo’li bilan 
hamda belni bir oz bukish hisobiga amalga oshiriladi. 
Ikki qo’llab pastlatib yoki bir qo’llab oldinga uloqtirish mashqlarini bajarish 
vaqtidagi dastlabki holat ham shunga o’xshagan bo’ladi. Bunda oldinga intilish 
harakatlarining tayyorgarlik payti gavdani sal engashtirish bilangina emas, balki, 


22 
aksincha, gavdani oldinga bir oz engashtirish va buyun tutgan qo’lni bukish bilan 
birga qo’shib bajariladi. 
Yakunlovchi payt hilsoblangan bevosita oldinga tashlanish paytida shunday 
kuch-g’ayrat bilan harakat qilinadiki, natijada buyum zarb bilan tez va kuchli 
hamda mo’ljallab turib aniq harakat bilan kerakli tomonga uloqtirilib otiladi. 
Oldinga intilishning yakunlovchi paytida butun gavdaning qatnashishi juda 
muhimdir. Barmoqlarning yakunlovchi harakati oldinga intilish paytining masofasi 
va aniq bo’lishi uchun kata axamiyatga egadir. Xuddi mana shu harakat buyum 
uchub borayotgan vaqtda unga zarur harakat yo’lini ta’min etadi. Yoshning 
ulg’ayib borishiga qarab uloqtirish uzoqligi va aniqligi oshib boradi. 
Ilib olish buyumlar bilan shaxsan va ko’pchilik bo’lib mashqlar bajarganda 
anchagina o’rin egallaydi. Buyumni irg’itish va uloqtirish uni ilib olishga 
qaraganda ancha osonroqdir. Bu narsa shu bilan izohlanadiki, buyumni ilib olish 
vaqtida bola bir qator shart-sharoitlarni hisobga olishi zarur. Harakatlarning to’g’ri 
bajailishi ana shu sharoitlarga bog’liq. Masalan, ilib olish vaqtida uchib 
kelayoltgan buyumning yo’nalishi va tezligini, uning hajmi va og’irligini aniqlash 
lozim. Ilib olishning qanday usulda bo’lishi ana shunga bog’liq bo’ladi. 
Ro’paradan uloqtirilgan koptokni ikki qo’llab ilib olish misolida ilib olishning 
eng muhim tomonmlarini qarab chiqamiz. Bunda asosiy vazifa uchib kelayotgan 
buyumning tezligini yo’qotishdan va uni qo’l panjalari bilan ilib olishdan iborat. 
Bunda qo’llar quyidagicha harakat qiladi, koptok ilib oluvchi kishiga yaqinlashib 
olgan vaqtda qo’llar erkin turadi va koptok uchib kelayotgan tomonga uzatib 
turiladi. Qo’l koptokka tegishi bilan qo’llar asta sekin, muloyim harakat bilan 
yumoladi hamda orqaga, ko’krakka qarab tortiladi. Mana shu vaqtda koptok qo’l 
kafti va barmoqlari bilan ushlab olinadi. Bunday harakatlar koptokni ilib olish 
vaqtida uning tezlikgini yo’qotishga yordan beradi. 
Huddi mana shunday usul bilan boshqa buyumlar ham ular qanday holatda 
bo’lmasin ilib olinadi. Ilib olish vaqtida koptokni ilishga eng qulay bo’lgan 
masofaga kelib, uni ilib olishga tayyor bo’lib turishi g’oyat muhim axamiyatga ega 
koptokni kelishiga qarab sal oldinroq o’tish, orqaga tashlanish, engashib yoki yon 


23 
tomonga bir qadam tashlash, sakrab turib ilib olish, cho’qqayib o’tirib ilishi 
mumkin va xokazo. 
Koptok bilan bajariladigan o’yin va mashqlar vaqtida bolalarni shunga 
o’rgatish kerakki, ular bir-birlariga koptok otgan vaqtlarda uni ilib olish 
o’rtoqlariga qulayroq bo’lishiga harakat qilsinlar. 
Muvozanat. Bolaning har qanday faolyati muvozanat muhim axamiyatga 
egadir. Organizmning eng muhim vazifasi bo’lib, uning organdagi hayotiy 
faolyatini ta’min etadi. Muvozanatni saqlashni asosan vestibulyar, teri-muskul 
hamda ko’rish analizatorlarining va markaziy narv sistemasi orqali boshqarib 
turiladigan analizatorlarning murakkab o’zaro aloqalarga bog’liqdir. 
Muvozanat saqlay olish mahorati bolalarda harakat tajribalarining ortib 
borishi bilan asta-sekin shakllanadi. Agar odam og’irligining markazi tayanch 
maydonining ustida tursa u holda kishi o’z muvozanatini saqlay oladi. Tayanch 
maydoni qanchalik kichik bo’lsa va og’irlik markazi yerdan qancha yuqoriroq 
joylashgan bo’lsa, muvozanatni saqlash shunchalik qiyin bo’ladi. Shuning uchun 
chalqancha yotgan vaqtda muvozanat saqlash uchun eng qulay holat bo’ladi. Bir 
oyoqlab tik turishganda yoki oyoq uchlarida turishganda muvozanatni saqlash 
uchun eng qulay holat bo’ladi. 
Jismoniy mashqlar va o’yinlar muvozanatni rivojlantirishga yordam beradi. 
Har qanday harakat bajarilgan vaqtda, turish holati almashganda og’irlik markazi 
har doim o’z joyini o’zgargtiradi. Muvozanat saqlashga qaratilgan barcha mashqlar 
bolani har qanday sharoitga muayyan holatni buzmay, muvozanat saqlay olishni 
o’rgatishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Qo’l, oyoq, gavda va boshning 
muvofiqlashtiruvchi qo’shimcha harakatlari muvozanat saqlashga yordam beradi. 
Muvozanat salash mashqlari turg’un va o’zgaruvchan hususiyatga ega bo’ladi. 
Turg’un mashqlar muayyan holatda muvozanat saqlash, o’zgaruvchan mashqlar 
harakat vaqtida muvozanat saqlay olishni nazarda tutadi. Harakat vaqtida 
muvozanat saqlash mashqlari Maktabda boshlang’ich sinf bolalar bilan olib 
boriladigan ishlarda katta o’rin tutadi, chunki ular bolalarning yosh hususiyatlariga 
ko’proq muvofiq keladi. 


24 
Yugurish, aylanish, sekin va tez harakatlar, yo’nalishni o’zgartirish mashqlari, 
vals qadamlari va shunga o’xshash harakatlar bajarilayotgan vaqtda ularni signal 
bo’yicha to’satdan to’xtatish va boshqa tomonga burish harakatlari muvozanatni 
saqlashuchun eng muhim mashqlar hisoblanadi. Ko’zni yumib bajaradigan uncha 
murakkab bo’lmagan mashqlar bolalarda muvozanat saqlashga o’rgatuvchi mashq 
vositasidan biri hisoblanadi. 
Muvozanat sport mashqlari va harakatli o’yinlarni bajarish vaqtida 
takomillashtirib boriladi. 
Muvozanatni saqlash bilan bog’liq bo’lgan barcha topshiriqlar boladan katta 
diqqat e’tirborni, ixchamlikni talab qiladi. Ular harakatlarining nozik 
uyg’unlashishini, chaqqonlikni rivojlantirishga, diqqatni, chidamlilikni, o’z-o’zini 
boshqarishni, qat’iyatni hamda o’z kuchiga bo’lgan ishonchni tarbiyalashga 
yordam beradi. Puxta va aniq harakatlar bolani o’z qomatini to’g’ri tutishga 
o’rgatadi. Bu esa chilroyli qaddi-qomatni shakllantirish uchun muhim axmiyatga 
egadir. 

Yüklə 290,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə