Qurilish qorishmalarining asosiy xossalari


Plastifikatsiyalovchi qo‘shimchalar



Yüklə 64,48 Kb.
səhifə3/7
tarix22.12.2022
ölçüsü64,48 Kb.
#97667
1   2   3   4   5   6   7
Qurilish qorishmalarining asosiy xossalari

Plastifikatsiyalovchi qo‘shimchalar. Qurilish qorishmalari g‘isht, og‘ir, engil va yacheykali betonlar kabi g‘ovak yuzalarga yoyilgani uchun tezlikda suvsizlanadi. Qorishmaning qulay joylanuvchanligini oshirish maqsadida tarkibiga mineral va polimer moddalar asosida tayyorlangan plastifikatorlar kiritiladi. Sement va ohak asosidagi qorishmalar tarkibiga giltuproq kukuni yoki undan tayyorlangan loy bo‘tqasi mineral plastifikatorlar sifatida qo‘shiladi. Mineral plastifikatorlar sifatida trepel, gliej, diatomit, tuffit va shu kabi gidravlik kukun moddalardan foydalanish mumkin. Bundan tashqari qattiq yoqilg‘i kullari, domna shlaki kukuni kabi chiqindilar ham mineral plastifikator sifatida ishlatiladi.
Ushbu mineral plastifikatorlar qorishmaning qulay joylanuvchanligini oshirish bilan birga suv ushlashlik xususiyatini, suv va nam muxitlarga bardoshliligini, sovuqqa chidamliligini oshiradi.
Mineral qo‘shimchalar tarkibida meyordan ortiq organik aralashmalar, tuz eritmalari bo‘lmasligi kerak, aks holda qorishmaning sifati pasayishi va suvoqchilikda ishlatilganda rangi o‘zgarishi mumkin.
Organik sirtaktiv moddalar qurilish qorishmasini plastifikatsiyalash, havo pufakchalari kiritish maqsadida qo‘shiladi. Plastifikatorlar sifatida LST (lignosulfonat texnicheski) milonaft, kanifol sovuni kabi moddalar bog‘lovchi massasiga nisbatan 0,1-0,3% kiritiladi.
Hozirgi vaqtda qurilish qorishmasi tarkibiga superplastifikatorlar (massaga nisbatan 1% gacha) va gelpolimer moddalar qo‘shiladi; S-3 kabi superplastifikatorlar qorishma qulay joylanuvchanligini keskin oshiradi. Gelpolimerlarning bir grammmoli 50-1000 grammmolgacha suv molekulalarini vaqtinchalik (6-24 soatgacha) bog‘lash xususiyatiga ega bo‘lib, bog‘lovchi massasiga nisbatan 0,1-0,3% qo‘shilishi qorishmaning suv ushlashlik xususiyatini keskin oshiradi.
Qurilish qorishmasi qishda ishlatilganda tarkibiga qotishini tezlashtirish va suvning muzlash haroratini pasaytirish maqsadida kalsiy xlorid, natriy xlorid, potash, natriy nitrat kabi moddalar qo‘shiladi.

Yüklə 64,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə