Qushlar sinfi. Ko‘k kaptarning tashqi tuzilishi va pat qoplag‘ichini o`rganish Tip



Yüklə 406,19 Kb.
səhifə1/4
tarix17.05.2022
ölçüsü406,19 Kb.
#87180
  1   2   3   4
11-lab. Qushlarning tashqi tuzilishi


8– laboratoriya mashg’uloti

Qushlar sinfi. Ko‘k kaptarning tashqi tuzilishi va pat qoplag‘ichini o`rganish

Tip: CxordataXordalilar

Kenja tip: Vertebrata –Umurtqalilar

Sinf: Aves – Qushlar



Kenja sinf: Neornithes – Haqiqiy qushlar

Turkum: Columbiformes Kaptarsimonlar

Oila: Columbidae - Kaptarlar



Tur: Columba livia – Ko’k kaptar.
Laboratoriya mashg’ulotining maqsadi. Qushlar tashqi tuzilishi va pat qoplamining havo muhitiga uchishga moslashganligi to’grisida tushuncha hosil qilish.

Laboratoriya mashg’uloti uchun jihozlar: endigina o’ldirilgan ko’k kaptar, vannachalar, scalpel, qaychi, pinset, preparoval nina-2 dona, doka ro’molcha 2 dona, tablitsalar.



Tashqi tuzilishi. Kaptar gavdasini bosh, bo’yin, tana va oyoq qismlariga bo’linishini ko’zdan kechiring (14.1-rasm). Qush qanotidan yoki dumidan 1 dona yirik (kontur) patni yulib olib, tuzilishi bilan tarnishing. Tipik pat egiluvchan o’q va birmuncha yumshoq yon plastinka – tashqi hamda ichki yelpig’ichlardan iborat.

Pat o’qining ustki uzun qismi tana deb ataladi. Pat o’qining yelpig’ichsiz pastki qismi qalam uchi deb ataladi, qalam uchining tubida teshigi bor. Pat tanasining ichki qismi g’ovak o’zak bilan to’lgan bo’lsa, qalam uchini bo’shlig’ida bir-biriga kirib turgan nozik shox qalpoqchalar bor.






Yüklə 406,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə