R е j a: Musobaqalarni tashkil qilish va o`tkazish tizimi



Yüklə 82 Kb.
səhifə4/7
tarix27.04.2023
ölçüsü82 Kb.
#107304
1   2   3   4   5   6   7
FUTBOL BO\'YICHA MUSOBAQALARINI TASHKIL QILISH VA O\'TKAZISH QOIDALARINI O\'RGATISH

Agar o‘yinchi hakam ruxsatisiz darvozabon bilan joy almashsa:
- o‘yin davom etadi;
- to‘p keyingi marta o‘yindan chiqqanda qoidani buzgan o‘yinchilar sariq kartochka ko‘rsatishi bilan ogohlantirish oladilar.
Boshqa har qanday holatlarda qoidaning buzilishida:
- Shunga muvofiq o‘yinchilar sariq kartochka ko‘rsatish bilan ogohlantirish oladilar.
O‘yinni qaytadan boshlash
Agar o‘yin hakam tomonidan ogohlantirish berish uchun to‘xtatilsa;
- O‘yin raqib jamoa o‘yinchisi tomonidan o‘yin to‘xtatilganda to‘p qaerda bo‘lsa shu joydan erkin zarba bilan o‘yin yangilanadi.
Asosiy tarkibdagi va zaxiradagi, chiqarib yuborilgan o‘yinchilar:
- boshlang‘ich zarbadan oldin chiqarib yuborilgan o‘yinchi, faqatgina ro‘yxatdagi zahira o‘yinchilardan birortasi bilan almashtirilishi mumkin.
- O`yin bayonnomasida boshlang‘ich zarbadan oldin yoki o‘yin boshlangandan so‘ng chiqarib yuborilgan zahiradagi o‘yinchini almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Futbolchilarning epikirovkasi
Xavfsizlik - o‘yinchi o‘z hayotiga yoki boshqa o‘yinchi hayotiga xavf soluvchi biror narsa taqmasligi yoki kiymasligi shart.
Epikirovka - o‘yinchilarning majburiy ekipirovka elementlari quyidagilar hisoblanadi: ko‘ylak yoki futbolka; kalta ishton (agar kalta ishton tagidan ichki kiyim kiyiladigan bo‘lsa, ichki kiyim rangi kalta ishton rangidan) bo‘lishi kerak; getralar; oyoq qalqoni; oyoq kiyim.
Shitlar - To‘liq getra bilan yopiladi;
- To‘g‘ri keladigan (mos keladigan) materialdan (rezina, plastik yoki shunga o`xshash) tayyorlanadi;
- Yetarli darajada himoya bilan ta’minlaydi.
Darvozabonlar - darvozabonlar kiyimining rangi boshqa o‘z jamoasi, raqib jamoa o‘yinchilari hakam va hakamning yordamchilari kiyimi rangidan farq qilishi kerak.
Qoida buzilishi va jazo
Ushbu qoidalarni buzilishida futbolchilar quyidagicha jazolaniladi;
- O‘yinni to‘xtatishning hojati yo‘q.
- Hakam o‘yinchining o‘z ekipirovkasini tartibga keltirishi uchun maydondan chiqishini so‘raydi. (maslaxat beradi)
- O‘yinchi to‘p o‘yindan chiqqan vaqtda maydonni tashlab chiqadi; agar shu paytgacha u o‘z ekipirovkasni tartibga keltir-magan bo‘lsa.
- Hakam talabi bilan o‘z ekipirovkasini tartibga keltirish uchun maydon-ni tashlab chiqqan har qanday o‘yinchi, hakam ruxsatisiz yana maydonga qaytishi mumkin emas.
- O‘yinchining yana maydonga chiqishiga ruxsat berishdan oldin, hakam uning ekipirovkasini tekshiradi.
- O‘yinchi yana maydonga chiqishi mumkin, qachonki: to‘p o‘yindan chiqsa. Shu qoidani buzganligi sababli maydondan chiqishi so‘ralgan o‘yinchi hakam ruxsatisiz maydonga chiqsa sariq kartochka ko‘rsatish bilan ogohlantiriladi.
O‘yinni qaytadan boshlash - Agar hakam ogohlantirish berish uchun o‘yinni to‘xtatsa: O‘yin qarshi jamoa o‘yinchisi tomonidan hakam o‘yinni to‘xtatgan vaqtda to‘p qaerda bo‘lsa, shu joydan erkin to‘p tepish bilan qaytadan boshlanadi.
Uchrashuv hakamlarining vakolati - Har qanday o`yin hamma vakolatga ega bo`lgan hakam tomonidan nazorat qilinadi va o‘yin qoidasiga rioya qilinishini ta’minlaydi.
Hakamning huquqi va majburiyatlari.
- o‘yin qoidasiga rioya qilinishini ta’minlaydi.
- o`yinning borishini o‘z yordamchilari bilan nazorat qiladi.
- u o‘z ixtiyoriga ko‘ra o‘yinni to‘xtatishi vaqtinchalik to‘xtatishi yoki har qanday qoida buzilishida o‘yinni umuman to‘xtatib qo‘yishi mumkin.
- to‘xtatishi, vaqtinchalik to‘xtatishi yoki har qanday chetdan bo‘lgan aralashuvga o`yinni umuman to‘xtatib qo‘yishi mumkin.
- o`yinni to‘xtatadi, agar uning fikricha o‘yinchi jiddiy jarohat olgan va o‘yinchini maydondan olib chiqilishini ta’minlaydi.
- agar uni fikricha o‘yinchi unchalik ahamiyatga ega bo‘lmagan jarohat olgan bo‘lsa to‘p o‘yindan chiqmaguncha o‘yinni davom ettirishiga ruxsat berishi mumkin.
- o‘yinchidan qon oqayotgan bo‘lsa, uning maydondan chiqishini ta’minlaydi.Hakam qon oqishining to‘xtaganiga ishonch hosil qilib, signal berganidan so‘ng o‘yinchi maydonga qaytishi mumkin.
- qachonki o‘yinchi birdaniga bir nechta qoida buzilishiga yo‘l qo‘ysa, uni muhimroq (og‘irroq) bo‘lgan qoida buzilishi uchun jazolaydi.
- ogohlantirishi yoki chiqarib yuborish bilan jazolanadigan qoida buzilishlariga yo‘l qo‘ygan o‘yinchilarga nisbatan intizom choralarini qabul qiladi. U bunday choralarni tez qabul qilishga majbur emas, lekin to‘p o‘yindan chiqqan zahotiyoq qabul qilishi keark.
- o‘zlarini tarbiyali, madaniyatli tutmagan jamoa rasmiy kishilarga nisbatan chora qabul qiladi va o‘z ixtiyoriga ko‘ra maydondan (texnik zonadan) chiqarib yuborishi mumkin.
- hakam o‘zi ko‘rmay qolgan holatlar bo‘yicha o‘z yordamchilari tavsiyasiga asoslanib harakat qiladi.
- begona shaxslar maydonda bo‘lmasliklarini ta’minlaydi.
- o`yin vaqtinchalik toxtatilgandan keyin uni yangilaydi.
- o`yin davomida o‘yinchilarga yoki jamoaning rasmiy shaxslariga nisbatan qo‘llanilgan intizom choralari va har xil o`yindan oldin, o`yin davomida yoki o`yindan so‘ng yuz bergan holatlar bo‘yicha tegishli tashkilotga bildirishnoma beradi.
- qaysi jamoa burchak to‘pi, darvozadan zarba, to‘p tashlash huquqiga ega.
- qachon o‘yinchi o‘yindan tashqari holatda bo‘lganligi uchun jazolanadi.
- qachonki o‘yinchi almashtirish to‘g‘risida iltimos bo`lsa.
- hakam ko‘rish maydonidan tashqarisida yuz bergan intizomsiz xulq yoki boshqa har qanday holatlar bo‘yicha.
- qachonki qoida buzilishi sodir etilganda bosh hakamdan ko‘ra shu joyga hakam yordamchilari yaqin bo‘lgan holatlarda (qisman jarima maydonida yuz bergan qoida buzilishlari ham kiradi.)
- shunday hollarda ya’ni qachonki 11 metr jarima to‘pi bajarilayotganda darvozabon to‘pga zarba berilishidan oldin joyidan oldinga siljisa, to‘p esa chiziqni kesib o‘tsa.
Yordamchilar hakamga o`yinni o‘yin qoidasiga mos o‘tkazilishiga yordam beradilar. Ular 9,15m masofasiga rioya qilishiga yordam berish uchun maydon doirasiga kirish mumkin .
Hakam o‘z yordamchisini asoslanmagan aralashuv yoki qo`pol muomala uchun holatlarida vazifasidan ozod qiladi va tegishli tashkilotga bildirishnoma beradi.
O‘yin vaqti - O‘yin 45 minutdan 2 taym davom etadi (agar hakam va ikki jamoa vakillari boshqa variantni kelishmagan bo‘lsa). Har qanday o‘yin vaqtini o‘zgartirish to‘g‘risidagi kelishuvga (masalan yorug‘likni yetishmasligi sababli har qaysi taymning 40 minutgacha qisqartirilishi) o‘yin boshlangunga qadar kelishilgan bo‘lishi kerak va bu holat musobaqa talablariga javob berishi kerak.

Yüklə 82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə