R. U. Abdurahmonov qozog‘iston respublikasi tabiiy fanlar akade



Yüklə 2,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix29.05.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#114105
  1   2
Kontakli-payvandlash-texnologiyasi-va-jihozlari



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIM MARKAZI
M.A. ABRALOV, N.S. DUNYASHIN
KONTAKTLI PAYVANDLASH 
TEXNOLOGIYASI 
VA jIHOZLARI
Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma
TOSHKENT
TURON-IqBOL
2006


2
T a q r i z c h i l a r :
R.U. Abdurahmonov 
— qozog‘iston respublikasi tabiiy fanlar akade-
miyasining akademigi, texnika fanlari doktori, 
prof.
F.N. Hikmatullayev 
— Chkalov nomidagi TAICHB MCHj O‘MM 
direktori.
B.X. Majidov 
— 93-maxsus qurilish tresti payvandlash o‘quv 
markazi rahbari.
M.A. Abralov, N.S. Dunyashin
Kontaktli payvandlash texnologiyasi va jihozlari. Kasb-hunar 
kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma — T.: „Turon-iqbol“, 2006, — 208 b.
O‘quv qo‘llanmada bosim ostida payvandlashning asosiy usullari tavsiflari, 
xususan, kontaktli payvandlash nazariyasi va texnologiyasining asosiy masalalari bayon 
qilingan. qo‘llanma kasb-hunar kollejlarida «Kontaktli payvandlash texnologiyasi 
va jihozlari» bo‘yicha 010005 — «Payvandlash» yo‘nalishi mutaxassislari tayyorlash 
dasturiga moslab yozilgan.
O‘g‘uv qo‘llanma kasb-hunar kollejlari talabalari uchun mo‘ljallangan, undan, 
shuningdek, mazkur yo‘nalishdagi bakalavriat talabalari ham foydalanishlari 
mumkin.
© 
«Turon-iqbol», 2006.


3
KIRISH
Barcha bosim bilan payvandlash jarayonlari ichida kontaktli payvandlash 
usuli eng ko‘p qo‘llaniladi, ya’ni payvandlashda foydalaniladigan 
uskunalarning deyarli 97 foizi ana shu usulning hissasiga to‘g‘ri keladi.
Bosim bilan kontaktli uchma-uch payvandlashni London qirollik 
jamiyatining a’zosi, Peterburg Fanlar akademiyasining faxriy a’zosi ingliz 
fizigi E. Tompson birinchi bo‘lib 1877-yilda amalda qo‘lladi. 1887-yilda rus 
ixtirochisi N.N. Bernardes oddiy ombir yordamida ko‘mir elektrodlar orasida 
nuqtali payvandlashni ixtiro qilib, patent oldi.
Birmuncha keyinroq, N.N. Bernardes tomonidan hozirgi vaqtda 
qo‘llanilayotgan mis elektrodlar bilan nuqtali va rolikli kontaktli payvandlash 
usuli ishlab chiqildi.
1903-yilda eritib kontaktli uchma-uch payvandlash ishlab chiqildi.
Kontaktli payvandlash yigirmanchi asrning birinchi choragidayoq keng 
ko‘lamda qo‘llanila boshladi (ayniqsa AqSHda). Kontaktli payvandlashning 
MDH mamalakatlarida taraqqiy etishi kontaktli payvandlash mashinalari 
ishlab chiqarish rivojlanishi bilan chambar chas bog‘liqdir.
Dastlabki kontaktli payvandlash mashinalari 1920-yilning oxirida 
„Elektrik“ zavodida ishlab chiqarilgan edi. Keyinchalik elektr payvandlash 
mashinasozligining bu turi anchagina rivojlandi, bu esa sanoatning birqator 
tarmoqlarida, ayniqsa, mashinasozlik, avtomobilsozlik, asbobsozlik va 
boshqa sohalarda kontaktli payvandlash keng qo‘llanila boshlashiga 
yordam berdi.
A.A. Alekseyev, A.S. Gelman, K.A. Kochergin, E.D. Orlov, V.P.Nikitin va boshqa 
ko‘pgina ixtirochi konstruktorlarning ilmiy ishlari tufayli MDH mamlakatlarida 
kontaktli payvandlash mashinalarining barcha asosiy turlari ishlab chiqarilardi. 
Sobiq ittifoqdagi GAZ zavodi va Lixachev nomidagi Moskva avtomobil zavodi 
kontaktli nuqtali va uchma-uch payvandlash usuli keng ko‘lamda qo‘llanilishining 
kashshoflari sanaladi.
O‘zbekistonda kontaktli payvandlash Chkalov nomidagi Toshkent 
aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi va „UzDEUavto“ avtomobil sozlik 
zavodida keng qo‘llanilmoqda.
1-bob. BOSIM BILAN PAYVANDLASH 


4
USULLARINING TASNIFI VA TAVSIFI
1.1. Bosim bilan payvandlashning mohiyati
Bosim bilan payvandlashda tanavorlar (zagotovkalar)ni biriktirishga 
biriktiriladigan yuzalarini tashqi kuch qo‘yish hisobiga birgalikda plastik 
deformatsiyalash yo‘li bilan erishiladi. Bunda biriktirish joyidagi material, 
qoidaga ko‘ra, plastikligini oshirish maqsadida qizdiriladi. Deformatsiyalash 
jarayonida notekisliklar eziladi, oksid pardalari yemiriladi, natijada toza 
yuzalarning tegish kontakti kattalashadi. Atomlararo bog‘lanishlarning 
yuzaga kelishi detallarning mustahkam birlashishiga olib keladi.
Materiallarni payvandlash deb, ularni atomlarning o‘zaro ta’sirlashish 
kuchlari hisobiga biriktirish jarayoniga aytiladi. Ma’lumki, metall detallarning 
sirtqi atomlari to‘yinmagan erkin bog‘larga ega bo‘ladi, bu bog‘lar 
atomlararo kuchlar ta’sir qiluvchi masofada yaqinlashgan turli atomlar 
yoki molekulalarni qamrab oladi. Agar ikkita metall detallarning yuzalari 
atomlararo kuchlarning metall ichida turadigan masofada yaqinlashtirilsa, 
ular (yuzalar) tegish yuzasida birlashib yaxlit bir narsaga aylanadi, uning 
mustahkamligi yaxlit metallning mustahkamligi bilan barobar bo‘ladi. 
Birikish jarayoni energiya sarflanmasdan va juda tez, deyarli bir zumda 
o‘z-o‘zidan yuz beradi.
Oddiy metallar xona haroratida nafaqat bir-biriga oddiy tekkizilganda, 
hatto katta kuch bilan bosilganda ham o‘zaro birikmaydi. qattiq 
metallarning birikishiga, eng avvalo, ularning qattiqligi halaqit beradi, ular 
yaqinlashtirilganda rosmana tegish (kontakt), ularga qanchalik yaxshi ishlov 
berilgan bo‘lmasin, faqat bir necha nuqtada sodir bo‘ladi.
Birikish jarayoniga metallar sirtidagi iflosliklar — oksidlar, yog‘ pardalari 
va boshqalar, shuningdek gazlar molekulalarining singigan qatlamlari 
kuchli ta’sir qiladi. Sirtning tozaligini faqat yuqori vakuum sharoitida 
(kamida 1—10
8
mm simob ustunida) birmuncha uzoq muddat saqlab 
turish mumkin.
Mazkur qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun payvandlashda qizdirish 
va bosimdan foydalaniladi.
qizdirilganda harorati ko‘tarilishi bilan metall plastik bo‘lib qoladi. 
Haroratni yanada ko‘tarish orqali metallning erishiga erishish mumkin. 
By holda suyuq metallning hajmlari umumiy payvandlash vannasiga o‘z-
o‘zidan birlashadi.
Biriktiriladigan qismlarga beriladigan bosim metallning anchagina 
plastik deformatsiyalanishini yuzaga keltiradi va u suyuqlik kabi oqa 
boshlaydi. Metall ajralish yuzasi bo‘ylab siljib o‘zi bilan iflosliklar, pardalar 


5
va singigan gazlar bo‘lgan sirtqi qatlamni olib ketadi. Yuzaga chiqib 
qolayotgan yangi qatlamlar bir-biriga zich tegadi va yaxlit bir narsani hosil 
qiladi. Payvandlash usuliga qarab metallda plastik deformatsiya yoki erish 
jarayonlari sodir bo‘lib, eritmalar, kimyoviy birikmalar, suyuq holatdan 
kristallanish jarayonlari va boshqa hodisalar yuz beradi.
1.2. Bosim bilan payvandlash usullarining tasnifi
Sovuq usulda (sovuq holatda) payvandlash — payvandlanadigan 
qismlarni anchagina plastik deformatsiyalagan holda, tashqi issiqlik 
manbalari bilan qizdirmasdan bosim bilan payvandlash.
Sovuq holatda payvandlash usuli plastik defor matsiyalashdan 
foydalanishga asoslangan. Plastik deformatsiyalash yordamida 
payvandlanayotgan yuzadagi mo‘rt oksid pardasi, ya’ni metallarning 
birikishiga halaqit beruvchi asosiy to‘siq parchalab tashlanadi. Biriktirilayotgan 
metallar orasida metalli boglanishlar yuzaga kelishi hisobiga yaxlit metall 
birikma hosil bo‘ladi. Ushbu bog‘lanishlar biriktirilayotgan metallar yuzalari 
(2—8) 10
–7
mm atrofida yaqinlashtirilganda elektron bulut hosil bo‘lishi 
natijasida atomlar orasida yuzaga keladi. By bulut ikkala metall yuzaning 
ionlangan atomlari bilan o‘zaro ta’sirlashadi.
Diffuzion payvandlash bosim bilan payvand lash usullari guruhiga 
1.1-rasm. Bosim bilan payvandlash usullarining tasnifi.


6
kiradi, bunda payvand lanayotgan qismlarning plastik 
deformatsiya lanish evaziga birikishi erish haroratidan 
past haroratda, ya’ni qattiq fazada amalga oshadi. 
Mazkur usulning o‘ziga xos xususiyati shundaki, 
nisbatan uncha katta bo‘lmagan qoldiq deformatsiya 
yuqori haro ratdan foydalaniladi.
jarayonni payvandlashda ma’lum bo‘lgan 
ko‘pigina issqlik manbalaridan foydalanib amalga 
oshirish mumkin. Induksion, radiatsion, elektron-
nur yordamida qizdirish, shuningdek o‘tuvchi tok 
bilan qizdirish hamda tuzlar eritmasida qizdirishdan 
amalda eng ko‘p foydalaniladi.
Payvandlash paytida biriktirilayotgan detallar 
bir-biriga to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki qatlamlar (folga yoxud 
kukun qistirmalar, qoplamalar) orqali tekkiziladi.
Diffuzion payvandlash ko‘pincha vakuumda olib 
boriladi. Ammo jarayonni himoya yoki tiklash gazlari 
yoxud ularning aralashmalari muhitida amalga 
oshirish ham mumkin (nazorat qilinadigan muhitda diffuzion payvandlash). 
Kislorodga uncha yaqin bo‘lmagan materiallarni payvandlashda jarayonni 
hatto havoda ham olib borish mumkin. Diffuzion payvandlash uchun muhit 
sifatida tuzlar eritma laridan ham foydalansa bo‘ladi, ular ayni paytda issiqlik 
manbalari vazi fasini ham bajaradi.
Diffuzion biriktirish orqali payvandlash jarayoni shartli ravishda ikki 
bosqichga bo‘linadi.
B i r i n c h i b o s q i c h d a materiallar yuqori haroratgacha qizdiriladi 
va bosim beriladi, natijada bir-biriga tegib turgan yuzalardagi mikrochiqiqlar 
plastik defor matsiyalanadi turli pardalar yemiriladi hamga yo‘qoladi. Bunda 
metali bir-biriga to‘g‘ridan to‘g‘ri tegib turuvchi (kontakt) ko‘p lab qismlar 
(metall bog‘lar) hosil bo‘ladi.
Ikkinchi bosqichda qolib ketgan mikronotekisliklar yo‘qotiladi va singish 
(diffuziya) ta’sirida o‘zaro birikish hajmiy zonasi yuzaga keladi.
Ultratovush yordamida payvandlash — ultratovush tebranishlari ta’sirida 
amalga oshiriluvchi bosim bilan payvandlash. Metallarni ultratovush 
yordamida payvand lashda ajralmas birikma biriktiriladigan qismlarni 
nisbatan kichik (mikrosxemalar va yarim o‘tkazgichli asboblar qismlarini 
biriktirishda nyutonning o‘ndan bir ulushi yoki birligiga teng hamda 
nisbatan qalin tunukalarni biriktirishda 10
4
N dan katta bo‘lmagan) kuch 
bilan siqish va ayni vaqtda tegish (kontakt) joyiga 15—80 kHz chastotali 
mexanik tebranishlar ta’sir ettirish jarayonida hosil bo‘ladi.
1.2-rasm. Sovuq holatda 
payvandlash sxemasi:
1 — payvandlana yotgan 
detallar; 
2 — puanson.


7
Ultratovush yordamida payvandlashda 
birikma hosil bo‘lishi uchun zarur sharoit 
biriktirilayotgan qismlarning bir-biriga tegish 
joyida mexanik tebranishlar mavjudligi natijasida 
yuzaga keladi. Tebranish energiyasi murakkab 
cho‘zilish, siqilish va kesilish zo‘riqishlarini 
hosil qiladi. Biriktirilayotgan metallarning 
egiluvchanlik chegarasidan oshib ketganda 
ularning tegish joyida plastik deformatsiya sodir 
bo‘ladi. Plastik deformatsiya va ultratovushning 
ajratuvchi (disperslovchi) ta’siri natijasida 
turli xil sirtqi pardalar yemiriladi va yo‘qoladi 
hamda payvand birikma hosil bo‘ladi. Tegish 
joyidagi harorat odatda biriktirilayotgan metallar 
erish haroratininig 0,3—0,5 qismidan ortiq 
bo‘lmaydi.
Ishqalab payvandlash deb, bir-biriga siqilib turgan va nisbiy harakatda 
ishtirok etadigan ikkita tanavor (zagotovka) ning tegish yuzasida hosil 
bo‘luvchi issiqlikdan foydalanish hisobiga amalga oshiriladigan ajralma 
birikma hosil qilish texnologik jarayoniga aytiladi. Nisbiy harakat uzilganda 
yoki batamom to‘xtaganda ishqalab payvandlash cho‘kichlash kuchini 
qo‘yish bilan nihoyasiga yetkaziladi.
Payvand birikma, bosim bilan payvandlashning boshqa usullarida 
bo‘lgani kabi, payvandlanayotgan tanavorlarning bir-biriga tegib turuvchi 
hajmlari plastik deformatsiyalanishi natijasida yuzaga keladi. Ishqalab 
payvandlashning farqli xususiyati shundan iboratki, bunda issiqlik 
ishqalanuvchi yuzalar o‘zaro harakatlanganda vujudga keluvchi ishqalanish 
kuchlarini yengishga sarflanuvchi ishning to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zgarishi 
1.3-rasm. Diffuzion 
payvandlash sxemasi:
1 — yuklash tizimi; 
2 — qizdirgich; 
3 — detallar.
1.4-rasm. Ultratovush yordamida payvandlash sxemasi:
1 — o‘zgartkich; 2 — to‘lqin o‘tkazuvchi bo‘g‘in; 3 — akustik bo‘shatkich; 
4 — payvandlash uchligi; 5 — payvandlanayotgan detallar.


8
hisobiga hosil bo‘ladi.
Prokatlab payvandlash yo‘li bilan turli vazifalarni bajaruvchi ikki va 
undan ortiq qatlamlar (tarkibiy qismlar)dan tashkil topadigan metall 
konstruksiyalar hosil qilinadi. Kuch elementi vazifasini bajaruvchi qatlam 
a s o s i y q a t l a m deyiladi. Konstruksiyalarga qo‘yiladigan talablar bilan 
belgilanuvchi maxsus xossalarga ega bo‘lgan qatlam qoplama qatlam deb 
ataladi. qoidaga ko‘ra, asosiy qatlam qoplama qatlamga nisbatan qalinroq 
bo‘ladi va arzonroq materialdan tayyorlanadi.
Payvandlash jarayoni plastik metallardan ko‘p qatlamli materiallar 
olishda birikti riladigan materiallarni qizdirgan holda (issiq usulda prokatlab 
payvandlash) va sovuq holatda (sovuqlayin prokatlab payvandlash) amalga 
oshirilishi mumkin.
Prokatlab payvandlash bosim bilan payvandlashning bir turi bo‘lib, 
bunda payvand birikma o‘zaro ta’sirlashuv vaqti kam bo‘lgani holda 
majburiy deformatsiyalash sharoitida hosil qilinadi.
Portlatib payvandlash — bosim bilan payvandlashning portlovchan 
modda zaryadi portlaganda ajralib chiqadigan energiya ta’sirida amalga 
1.5-rasm. Uzluksiz yurgizib ishqalab payvandlash sxemasi:
1 — tormoz; 2 — payvandlanayotgan tanavorlar.


9
oshiriluvchi bir turidir.
Portlatib payvandlashning umumiy sxemasi 
1.7-rasmda keltirilgan. qo‘zg‘almas plastina 4 
va harakatlanuvchi plastina 3 burchak uchidan 
berilgan h masofada a burchak ostida joylashtiriladi. 
Harakatlanuvchi plastinaga portlovchan modda 
zaryadi 2 qo‘yiladi. Burchak uchiga detonator 1 
o‘rnatiladi. Payvandlash tayanch 5 (metall, qum) 
ustida bajariladi. Harakatlanuvchi plastinaning 
yuzi, qoidaga ko‘ra, asosiy plastinaning yuzidan 
katta bo‘ladi. Portlovchan moddaning tekis 
zaryadi juda tez portlaganda (detonatsiya) 
portlash mahsullarining yon tomonga otilish 
effekti ta’sirini kamaytirish uchun harakatlanuvchi 
plastina asosiy plastina tepasida osilib turishi 
zarur.
Yuqori sifatli payvandlash ham bosim bilan payvandlash bo‘lib, bunda 
payvandlanadigan yuzalarni qizdirish uchun yuqori chastotali toklardan 
foydalaniladi. Bu tok payvandlanayotgan detallarga ikki usulda keltirilishi 
mumkin:
— payvandlanayotgan detallarni YUCHT manbayiga ulovchi 
o‘tkazgichlar (konduktor) yordamida (energiya uzatishning konduktiv 
usuli);
— payvandlanayotgan detallarda YUCHT manbayiga ulangan 
tok o‘tkazuvchi o‘ram (induktor) yordamida yuqori chastotali tokni 
induksiyalash evaziga (energiya uzatishning induksion usuli).
O‘tkazgichdan yuqori chastotali tok o‘tkazilganda o‘tkazgichning 
atrofi va ichida magnit maydoni hosil bo‘lib, u elektromagnit induksiyasi 
1.6-rasm. Prokatlab 
payvandlash sxemasi:
1 — valik; 
2 — payvandlanayotgan 
tanavorlar.
1.7-rasm. Portlatib burchak ostida payvandlash sxemasi:
1 — detonator; 2 — portlovchan modda zaryadi; 3 — harakatlanuvchi qism; 
4 — qo‘zg‘almas qism; 5 — tayanch.


10
qonuniga ko‘ra o‘tkazgichda o‘z induksiya EYUKni yuzaga keltiradi, bu EYUK 
ta’minlash manbayining EYUKga qarama-qarshi yo‘nalgan bo‘ladi. Bunda 
ichki tok liniyalariga ta’sir qiladigan o‘zinduksiya EYUK sirtqi tok liniyalariga 
ta’sir etuvchi o‘zinduksiya EYUKdan katta bo‘ladi. Bu hol o‘tkazgichning 
sirtida tokning zichligi uning ichidagidan kattaroq bo‘lishiga olib keladi. 
Bunday notekislik tok chastotasi ortganda, ya’ni o‘zinduksiya EYUK miqdori 
tok chastotasiga mutanosib bo‘lganda oshadi. Shunday qilib, tok chastotasi 
ortishi bilan o‘tkazgichning sirtidagi tok miqdori oshib boradi. Bu effekt 
sirtqi effekt deyiladi.
Sirtqi effekt kuchli namoyon bo‘lganda tok o‘tkazgichning markaziy 
qismidan deyarli oqmaydi, bu esa o‘tkazgichning aktiv qarshiligi ortishi 
va qizish kuchayishiga olib keladi.
Yaqinlik effekti qo‘shni o‘tkazgichlardan oqayotgan tok liniyalari qayta 
taqsimlanishidan iborat bo‘lib, bunga ularninig o‘zaro ta’sir ko‘rsatishi 
sabab bo‘ladi. Bu hodisa sirtqi effekt ancha kuchli namoyon bo‘lgandagina, 
ya’ni tokning singish chuqurligi o‘tkazgichning ko‘ndalang o‘lchamlariga 
nisbatan ancha kichik bo‘lganda va o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimi faqat 
qisman tok bilan band bo‘lgandagina yuz beradi.
Agar yuqori chastotali tokli o‘tkazgich (induktor) o‘tkazuvchi plastina 
tepasida joylashtirilsa, plastinadagi tokning eng yuqori zichligi induktor 
ostida bo‘ladi. Plastina sirtidagi tok go‘yo induktor ketidan ergashgandek 
bo‘ladi. Bu hodisa payvandlanayotgan jismlarda tokning qayta 
taqsimlanishini boshqarib turish imkonini beradi va yuqori chastotali tok 
bilan payvandlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tekshirish uchun savollar
1. Bosim bilan payvandlashning mohiyati nimadan iborat?
2. Bosim bilan payvandlash jarayonlarini qanday tasniflash mumkin?
3. Sovuq holatda va diffuzion payvandlashning mohiyati nimadan iborat?
4. Yuqori chastotali tok bilan payvandlashda sirtqi effekt va yaqinlik effektining 
ahamiyati nimada?
5. Prokatlab payvandlashda asosiy va qoplama qatlamlar qanday vazifalarni 
bajaradi?
6. Portlatib payvandlashning mohiyati nimadan iborat?
2-bob. NUqTALI VA CHOKLI KONTAKTLI 
PAYVANDLASH
2.1. Kontaktli payvandlash


11
Kontaktli payvandlash detallarni ular orqali o‘tuvchi elektr toki bilan 
qisqa muddat qizdirish va siqish kuchi yordamida plastik deformatsiyalash 
natijasida detallarning ajralmas metall birikmalarini hosil qilish texnologik 
jarayonidir.
Kontaktli payvandlash biriktiriladigan detallarni payvandlanayotgan 
materialning erish nuqtasidan pastda yoki yuqorida yotuvchi haroratgacha 
mahalliy qizdirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Kontaktli payvandlashda detallar atomlararo ilashish kuchlari ta’sir 
qilishi hisobiga birikadi. Ushbu kuchlar ikkita metall detal orasida namoyon 
bo‘lishi uchun yoki payvandlanishi uchun ular kristall panjara parametri 
bilan taqqoslanadigan masofada yaqinlashtirilishi lozim. Masalan, yuqori 
1.8-rasm. quvurni yuqori chastotali tok bilan payvandlash sxemasi:
1 — payvandlanayotgan quvur; 2 — induktor; 3 — magnit o‘tkazgich; 
4 — payvandlanadigan quvurlarni qotirib qo‘yish 
va cho‘kish hosil qilish uchun qismalar.


12
darajada plastik metallar — aluminiy, mis yoki uning qotishmalarini sovuq 
holatda payvandlash bunga misol bo‘la oladi. Plastikligi pastroq materiallar, 
chunonchi, po‘lat sovuq holatda deyarli payvandlanmaydi, chunki detallar 
siqilganda yuzaga keluvchi ancha katta qayishqoq zo‘riqishlar tashqi 
kuch olinganda ayrim nuqtalarda vujudga kelgan elementar birikmalarni 
yemiradi.
Kontaktli payvandlash sovuq holatda payvandlashdan asosan shunisi 
bilan farq qiladiki, qizdirishda atomlarning harakatchanligi ortadi, 
payvandlash uchun zarur bo‘lgan plastik deformatsiya darajasi kamayadi. 
Issiq metallning deformatsiyasi kichikroq solishtirma bosimda amalga 
oshadi va payvandlashni qiyinlashtiruvchi qayishqoq kuchlarni bartaraf 
etadi.
Bosim bermasdan, hatto eritish yo‘li bilan kontaktli payvandlashni 
amalga oshirib bo‘lmaydi. Bosimning ahamiyati quyidagilardan iborat:
1) payvandlanayotgan detallar bir-biriga zich tekkuncha yaqin lashadi, 
natijada payvandlash joyida issiqlik ajralish jadalligiga ta’sir qiluvchi, 
detallar orasida hosil bo‘luvchi kontaktning holatini rostlash imkoniyati 
paydo bo‘ladi;
2) berk hajmda kristallanuvchi metall quymakorlik nuqsonlari (g‘ovaklik, 
cho‘kish bo‘shliqlari va b.) paydo bo‘lmasdan zichlanadi;
3) payvandlash joyi ifloslangan va oksidlangan metalldan holi bo‘ladi.
Kontaktli payvandlashning ma’lum usullari bir qator belgilariga ko‘ra 
tasniflanadi (GOST 19521—74):
1. Texnologik belgilariga ko‘ra:
— nuqtali payvandlash;
— relyefli payvandlash;
— chokli payvandlash;
— uchma-uch payvandlash.
2. Birikmaning tuzilishiga ko‘ra:
— ustma-ust payvandlash;
— uchma-uch payvandlash.
3. Payvandlash joyida (zonasida) metallning chekli holatiga ko‘ra:
— eritib payvandlash;
— eritmasdan payvandlash.
4. Tokning berilish usuliga ko‘ra:
— kontaktli payvandlash;
— induksion payvandlash.
5. Payvandlash tokining turiga ko‘ra:
— o‘zgaruvchan tok bilan payvandlash;
— o‘zgarmas tok bilan payvandlash;


13
— unipolar tok, ya’ni impuls davomida kuchi o‘zgaradigan bir qutbli 
tok bilan payvandlash.
6. Bir yo‘la bajariladigan biriktirishlar soniga ko‘ra:
— bir nuqtali va ko‘p nuqtali payvandlash;
— bir chok bilan yoki ko‘p chok bilan payvandlash;
— bitta yoki bir nechta birikish joylarini bir yo‘la payvandlash.
7. Chokli payvandlashda roliklarni siljitish turiga ko‘ra:
— uzluksiz siljitib (roliklarni doimiy ravishda aylantirib) payvandlash;
— roliklarni qadam-baqadam siljitib (payvandlash vaqtida roliklarni 
to‘xtatib) payvandlash.
Kontaktli payvandlashning afzal tomonlari ushbulardan iborat:
1) jarayonning unumdorligi yuqori;
2) payvandlash jarayonini yengil mexanizatsiyalashtirish va 
avtomatlashtirish mumkin;
3) termodeformatsiya sikli qulay bo‘lib, ko‘pgina konstruksiyali 
materiallarni biriktirish sifati yuqori bo‘lishini ta’minlaydi;
4) texnologik jarayonning gigiyenik sharoiti yaxshi.
2.2. Nuqtali kontaktli payvandlash
Nuqtali payvandlash kontaktli payvandlashning bir usuli bo‘lib, bunda 
detallar chegaralangan alohida tegish joylari bo‘yicha (nuqtalar qatori 
bo‘yicha) payvandlanadi.
Nuqtali payvandlashda detallar ustma-ust yig‘ilib, elektr toki manbayi 
(masalan, payvandlash transformatori) ulangan elektrodlar yordamida F
pay
kuchi bilan siqiladi. qisqa muddati payvandlash toki I
pay
o‘tganda detallar 
ularning o‘zaro erish zonasi paydo bo‘lguncha qiziydi. Bu zona o‘zak (yadro) 
deb ataladi. Payvandlash joyi (zonasi) qiziganda detallarning bir-biriga 
tegish joyida (o‘zak atrofida) metall plastik deformatsiyalanadi. Bu joyda 
zichlovchi belbog‘ hosil bo‘lib, u suyuq metallni chayqalib to‘kilishdan 
va atrof havosidan ishonchli tarzda himoyalaydi. Shu bois payvandlash 
joyini maxsus himoyalash talab qilinmaydi. Tok uzib qo‘yilgandan so‘ng, 
o‘zakning erigan metali tez kristallanadi va biriktirilayotgan detallar orasida 
metall bog‘lanishlar vujudga keladi. Shunday qilib, nuqtali payvandlashda 
detallarning birikishi metallning erishi bilan sodir bo‘ladi.
Nuqtali payvandlashda detallar 50 Hz sanoat chastotali o‘zgaruvchan 
tok impulslari bilan, shuningdek o‘zgarmas yoki unipolyar tok impulslari 
bilan qizdiriladi.
Nuqtali payvandlashda payvand chok to‘rt bosqichda hosil bo‘ladi.
B i r i n c h i tayyorgarlik (siqish) bosqichida payvandlanadigan 


14
yuzalar muayyan kuch ta’sirida bir-biriga tegadi. Tegish joylaridagi 
mikronotekisliklar deformatsiyalanadi va oksid pardalari yemiriladi. Tegish 
qarshiliklari kamayadi va barqarorlashadi, birikma payvandlash tokini 
ulashga tayyorlanadi.
Ikkinchi bosqich payvand lash toki ulangan paytdan boshlanib, quyma 
o‘zakning eriy boshlashi bilan nihoyasiga yetadi. Mazkur bosqich vaqtida 
metall qiziydi va birikish joyida kengayadi. Metall qizishi bilan plastik 
deformatsiyalar ortadi, bu defor matsiyalar ta’sirida metall tirqishga siqib 
chiqariladi va belbog‘ hosil bo‘lib, u o‘zakni zichlaydi.
Uchinchi bosqich erigan zona paydo bo‘lishidan va uning quyma 
o‘zakning nominal diametrigacha kattalashishidan boshlanadi. Bu bosqichda 
oksid pardalari bo‘linib va yemirilib, o‘zakning erigan metalida aralashadi. 
Elektr-dinamik kuchlarning ta’sir ko‘rsatishi ushbu jarayonga yordam beradi 
va suyuq metall jadal aralashishiga hamda turli xil metallarni payvandlashda 
o‘zakning tarkibi tekislanishiga olib keladi. Bunday aralashishida oksid pardalar 
va iflosliklarning erimaydigan zarralari erigan metall chetida to‘planadi.
T o ‘ r t i n c h i b o s q i c h tok uzib qo‘yilgan paytdan boshlanadi. 
Ushbu bosqich vaqtida metall soviydi va kristallanadi hamda payvandlash 
joyi cho‘kichlanadi.
2.2.1. Nuqtali payvandlash qo‘llaniladigan sohalar
Nuqtali payvandlash shtamplab-payvandlab yasaladigan 
konstruksiyalarni tayyorlashda keng qo‘llaniladi. Bunday konstruksiyalarda 
listdan shtamplab yasalgan ikki va undan ortiq detallar bikr uzellarga 
payvandlanadi (masalan, yengil avtomobilning poli va kuzovi, yuk 
avtomobilining kabinasi va b.).
Sinchli konstruksiyalar (chunonchi, 
yo‘lovchi tashish vagonining yondorlari va 
tomi, kombayn bunkeri, samolyot uzellari va 
b.) odatda nuqtalar tarzida payvandladi.
Nuqtali payvandlash nisbatan yupqa 
metalldan uzellar tayyorlashda yaxshi 
natijalar beradi. Nuqtali payvandlash 
qo‘llaniladigan muhim soha elektr-vakuum 
texnikasida, asbobsozlik va boshqa 
sohalarda yupqa detallarni biriktirishdir.
2.3. Chokli kontaktli payvandlash
Chokli payvandlash bir-birini berkitib 
2.1-rasm. Kontaktli nuqtali 
payvandlash sxemasi:
1 — payvandalanyotgan detallar; 
2 — elektrodlar; 
3 — transformator; 4 — o‘zak; 5 — 
zichlovchi belbog‘.


15
turuvchi nuqtalar qatorini hosil qilish yo‘li bilan zich birikma (chok) olish 
usulidir. Bunda aylanuvchi disksimon elektrodlar — roliklar yordamida tok 
keltiriladi va detallar siljitiladi. Nuqtali payvandlashda bo‘lgani kabi detallar 
ustma-ust yig‘iladi va payvandlash tokining qisqa muddatli impulslari 
bilan qizdiriladi. Nuqtalarning bir-birini berkitib turishiga tok impulslari 
o‘rtasidagi to‘xtam (pauza)ni va roliklarning aylanish tezligini tegishlicha 
tanlash orqali erishiladi.
Chokli payvandlashning uzlukli, uzluksiz va qadam-baqadam turlari 
bo‘ladi.
Roliklar yordamida u z l u k s i z payvandlashda payvandlanayotgan 
detallar o‘zgarmas tezlikda uzluksiz harakatlanadi. Bunda payvandlash 
toki uzluksiz ulangan bo‘ladi.
Roliklar yordamida uzlukli payvandlashda qisqa muddatli tok impulslari 
(t
u
) to‘xtamlar (t
T
) navbatlashib keladi va detallar uzluksiz harakatlanadi.
Roliklar yordamida qadam-baqadam payvandlashda payvandlash toki 
ulangan paytda roliklar vaqtincha to‘xtaydi — detallar harakatlanmaydi, bu 
esa roliklarning yeyilishini, qoldiq zo‘riqishlarni va darzlar hamda kavaklar 
paydo bo‘lishiga moyillikni kamaytirish imkonini yaratadi.
Chokli payvandlashda detallar ko‘pincha ustma-ust yig‘iladi va 
payvandlanadi. Ammo ayrim hollarda chokli uchma-uch payvandlashdan 
ham foydalaniladi, bu hol birikmalarning siklik mustah kamligi yuqoriroq 
bo‘lishini ta’minlaydi. Bunda payvandlanayotgan detallar to‘laroq erishi 
uchun folgadan yasalgan ustqo‘ymalardan foydalaniladi.
Tekshirish uchun savollar
1. Kontakli payvandlashning mohiyati nimadan iborat?
2. Kontaktli payvandlash jarayonlarini qaysi parametrlariga ko‘ra tasniflash mumkin?
3. Nuqtali kontaktli payvandlashning mohiyatini aytib bering.
4. Nuqtali kontaktli payvandlash qaysi sohalarda qo‘llaniladi?
5. Chokli payvandlash jarayonlarini qaysi parametrlariga ko‘ra tasniflash mumkin?
3-bob. KONTAKTLI RELYEFLI 
VA UCHMA-UCH PAYVANDLASH
3.1. Relyefli payvandlash
2.2-rasm. Kontaktli chokli payvandlash sxemasi:
1 — payvandalanayotgan detallar; 2 — roliklar; 
3 — transformator; 4 — o‘zak.


16
Relyefli payvandlashni kontaktli payvandlashning bir turi sifatida ta’riflash 
mumkin. Bunda bo‘lg‘usi payvand birikma joyidagi tokning zarur zichligi 
elektrodning ish yuzasi bilan emas, balki payvand lanadigan buyumlarning 
tegishli shakli bilan hosil qilinadi. Buyumning bu shakli sun’iy ravishda, 
turli shakldagi mahalliy chiqiqlar (relyeflar) olish yo‘li bilan hosil qilinadi. 
Birikmaning konstruktiv xususiyatlariga muvofiq buyumning shakli tabiiy 
bo‘lishi ham mumkin.
Relyefli payvandlashda biriktiriladigan detallar bir vaqtning o‘zida bitta 
yoki bir necha nuqtada yoki butun tegish yuzasi bo‘yicha payvandlanadi, 
bu detallarning birida maxsus tayyorlangan chiqiqlar (relyeflar)ga yoki 
payvandlanadigan detallarning payvandlanadigan joyi shakliga bog‘liq.
Payvandlash toki ulangandan so‘ng payvandlash joyida tok miqdori 
juda ko‘payadi va metall tez qiziydi. Bu hol plastik deformatsiyalar jadal 
kattalashuviga olib keladi.
Relyefli payvandlashda payvand birikma quyma o‘zak hosil bo‘lishi 
bilan yoki qattiq fazada shakllanadi.
Payvandlashning mazkur usulida, qoidaga ko‘ra, agar mashinaning bir 
yurishida bir necha payvand birik malar yoki katta yuzali bitta birikma hosil 
bo‘lsa, jarayonning unumdorligi ortadi.
Ba’zi hollarda ushbu usuldan foydalanish payvand birikmaning tashqi 
ko‘rininishini yaxshilash, payvandlash qo‘llaniladigan sohalarni kengaytirish, 
eritib payvandlashning kam tejamli usullarini boshqasi bilan almashtirish va 
elektrodlarning chidamliligini oshirish imkonini beradi.
Bir yo‘la bir qancha (10—15 tagacha) nuqtalar tushirib relyefli 
payvandlash eng samaralidir. Zalvorli elektrodlar vositasida barcha relyeflar 
bo‘yicha siqilgan detallar qiziydi. Siqish kuchi ta’sirida chiqiqlar bir vaqtning 


17
o‘zida cho‘kadi. Ichki tegish joyida (kontaktda) me’yoridagi o‘lchamli quyma 
o‘zak yuzaga keladi. Shunday qilib, bir sikl ichida qo‘shimcha belgilanmagan 
va nuqtalari berilgan tarzda joylashgan ko‘p nuqtali payvand chok hosil 
bo‘ladi.
3.1.1. Relyefli payvandlashning afzal jihatlari
— mashinaning bir yurishida bir necha nuqtalar bir yo‘la payvandlanadi, 
bu esa mehnat unumdorligini oshiradi. Bir vaqtning o‘zida payvandlanadigan 
nuqtalar soni uskunaning elektrodlarda zarur payvandlash toki va kuchini 
hosil qilish imkoniyatiga bog‘liq (yupqa po‘latlarda bir yo‘la 20 tagacha 
relyef payvandlanadi);
— payvand birikmlar ko‘p elektrodli mashinanalarda nuqtali 
payvandlashga list metallardan yasalgan kichikroq o‘lchamli detallarni 
payvandlashga qaraganda ixchamroq joylashadi;
— relyeflar nuqtali payvandlashdagiga nisbatan kichikroq oraliqda 
(kichikroq qadam bilan) va payvandlanayotgan detallarning chetiga 
yaqinroq joylashadi. Shu tufayli tayanch yuzasi kichik bo‘lgan, list po‘latdan 
tayyorlangan detallarga turli mahkamlash detallarini bir necha joyidan 
payvandlab qo‘yish (privarka) uchun relyefli payvand lashdan foydalanish 
imkoni bo‘ladi;
— nuqtalar oldindan relyeflar bilan belgilab qo‘yilgan joylarda 
joylashadi. Payvandlash izlarining kamligi (kichikligi) birikmaning tashqi 
ko‘rinishini yaxshilaydi;
— 1:6 va bundan katta nisbatli list metallarni payvandlash mumkin;
— yuzasi oksidlangan list po‘latlar yaxshi payvandlanadi, chunki 
relyeflarni shtamplash va katta bosim 
oksid pardalarini qisman yemiradi, tegish 
(kontakt) qarshiligini kamaytiradi hamda 
barqaror lashtiradi;
— relyefli payvandlash uskunalari 
ko‘p elektrodli nuqtali payvandlash 
mashinalariga nisbatan soddaroq.
3.1.2. Relyefli payvandlash 
qo‘llaniladigan sohalar
Relyefli payvandlash har xil mayda 
mahkamlash detallari, vtulka lar, skobalar, 
o‘qlar va shu kabilarni list po‘latdan 
3.1-rasm. Relyefli payvandlash sxemasi: 
1 — payvandlanayotgan detallar; 
2 — tok keltiruvchi elektrodlar; 3 — 
transformator;
4 — o‘zak; 5 — relyef.
2 — M.A. Abralov, N.S. Dunyashin


18
yasalgan yirikroq buyumlar bilan biriktirish uchun eng ko‘p qo‘llaniladi. 
Relyeflar odatda mayda detallarda ularni tayyorlash jarayoni bilan bir 
vaqtda sovuqlayin hosil qilinadi. Ularning umumiy yuzasi kattalashishi bilan 
payvand birikmaning mustahkamligi ham mos ravishda ortadi. Halqasimon 
relyefli buyumlarda zich (germetik) birikmalar hosil qilish mumkin.
3.2. Uchma-uch payvandlash
Uchma-uch payvandlash deb, kontaktli payvandlashning shunday turini 
aytiladiki, bunda payvandlash detallarning birlashtiriladigan butun yuzasi, 
butun uchma-uch birikish joyi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Payvandlash uchun detallar qisish qurilmasi yordamida pastki tok 
o‘tkazuvchi elektrodlarga siqiladi. Bu elektrodlar kontaktli payvandlash 
mashinasi transformatori ikkilamchi chulg‘amining har xil ishorali qutblari 
hisoblanadi. Tokni almashlab ulagich (ïåðåêëþ÷àòåëü) yordamida 
transformatorning ikkilamchi chulg‘ami zanjirini tutashtirib, qarshilikka 
keltirilgan detallar orqali katta kuchli tok o‘tkaziladi. Shunda ikki detalning 
tegish qarshiligi evaziga jadal ajralib chiqayotgan issiqlik payvandlanayotgan 
yuzalarning metall ning erish haroratiga yaqin haroratgacha tez qizishini 
ta’minlaydi. Detallar talab etilgan darajada qizigandan keyin cho‘ktirish 
qurilmasi yordamida bosiladi.
Yuqori harorat va bosimning birgalikdagi ta’siri payvandlanayotgan 
qismlar materialidan umumiy kristall panjara hosil bo‘lishi tufayli detallar 
payvandlanishini ta’minlaydi.
Uchma-uch payvandlash bajarilish usuliga qarab ikki asosiy turga 
ajratiladi:
1. qarshilik bilan uchma-uch payvandlash
qarshilik bilan uchma-uch payvandlashda detallar avval F
b
kuch bilan 
siqiladi va payvandlash transformatori tarmoqqa ulanadi. Detallar orqali 
payvandlash toki I
pay
o‘tadi va detallarning uchma-uch birikish joylari erish 
haroratiga yaqin haroratgacha asta-sekin qiziydi. Keyin payvandlash toki 
uzib qo‘yiladi va cho‘ktirish kuchi keskin oshiriladi, shunda ular uchma-uch 
birikish joyida deformatsiyalanadi. Bunda payvandlash joyidan sirtdagi 
pardalarning bir qismi siqilib chiqadi, fizik kontakt shakllanadi va birikma 
hosil bo‘ladi.
qarshilik bilan uchma-uch payvandlashda birinchi tayyorgarlik 
bosqichida detallar katta kuch ta’sirida bir-biriga tegadi.
Ikkinchi bosqichda tok ulanib, birikmaning yon yuzalari asosiy 
metallning erish harorati T
erish
ning (0,8—0,9) qismi qadar qizdiriladi. 
Metallning tutash qismlari ma’lum chuqurlikkacha qiziydi va birgalikda 


19
plastik deformatsiyalanish sodir bo‘ladi. Payvandlashning ayni usulida 
plastik deformatsiya vaqtida yon yuzalardan oksidlarning bir qismi siqilib 
chiqadi. Bu paytda atomlarning termik faollashuvi o‘zaro ta’sirning aktiv 
markazi yuzaga kelishiga va qattiq fazada payvand birikmaning uzil-kesil 
shakllanishiga yordam beradi.
Detallarning uchidagi pardalari payvand birikma hosil bo‘lishiga katta 
ta’sir ko‘rsatadi. qizdirish vaqtida havo qizdirilayotgan uchlarga deyarli 
qarshiliksiz kirib, ularni oksidlaydi va atomlararo bog‘lanishlar yuzaga 
kelishiga to‘sqinlik qiladi. Mazkur usulning ayrim turlarida qo‘llaniluvchi 
payvandlash joyini himoyalash oksidlanish jarayonlarini sekinlashtiradi. 
qarshilik bilan uchma-uch payvandlashda birikish joyida odatda oksidlarning 
bir qismi qolib ketadi, ular birikmaning sifatini yomonlashtiradi;
2. Eritib uchma-uch payvandlash
Eritib uchma-uch payvandlashda dastlab detallarga payvandlash 
transformatoridan kuchlanish beriladi, keyin ular bir-biriga yaqinlashtiriladi. 
Detallar bir-biriga tekkanda tokning zichligi kattalagi tufayli tegish joyining 
ayrim joylaridagi metall tez qiziydi va portlashsimon yemiriladi. Tegish 
joylari, ya’ni ulagichlar uzluksiz hosil bo‘lishi va yemirilishi, ya’ni uchlarning 
erishi hisobiga detallarning uchlari qiziydi. jarayon oxiriga kelib, uchlarda 
uzluksiz suyuq metall qatlami yuzaga keladi. Bu paytda yaqinlashtirish 
tezligi va cho‘ktirish kuchi keskin oshiriladi; uchlar bir-biriga tutashadi, 
suyuq metallning ko‘p qismi sirtdagi pardalar bilan birga payvandlash 
joyidan siqilib chiqib, qalinlashgan joy — grat hosil qiladi. Payvandlash 
toki cho‘ktirish vaqtida o‘z-o‘zidan uziladi.
Eritib uchma-uch payvandlash da birinchi bosqichda detallarning 
uchlari faqat elektr kontakt uchun yetarli bo‘lgan kichikroq kuch bilan 
bir-biriga tekkiziladi. Ikkinchi bosqichda payvandlash joyi qizdiriladi va 
eritiladi. Uchlar avval qattiq holatda tekkiziladi, keyin esa eritilgan metall 
ulagichlar ko‘ri nishda tegadi, bu ulagichlar vaqti-vaqtida yemiriladi. 
Eritib qizdirishda uchlarning harorati erish haroratiga yaqin bo‘ladi. Katta 
kesimli detallar bu bosqichdan oldin uchlarini qisqa muddat tutashtirish 
yo‘li bilan yoki tores induktori orqali yuqori chastotali tok (YUCHT) bilan 
3.2-rasm. Uchma-uch payvandlash sxemasi.


20
biroz qizdiriladi. Uchinchi bosqichda 
cho‘ktirish amalga oshiriladi. Uchlar 
bir-biriga tez yaqinlashtirilganda 
uchlarni berkitib turuvchi erigan 
metall pardalari umumiy suyuq yupqa 
qatlamga birlashadi va suyuq fazada 
umumiy bog‘lanishlar vujudga keladi. 
Cho‘ktirish va plastik deformatsiyalash 
davom ettirilganda suyuq metall 
tirqishdan siqilib chiqadi hamda 
birikma endi qattiq fazada uzil-kesil 
shakllanadi. Erigan metallning bir 
qismi siqilib chiqmasdan qolib ketishi 
mumkin va bu joyda payvand birikma birgalikda kristallanish natijasida 
hosil bo‘ladi. Eritib payvandlashda oksid pardalarini yo‘qotish ancha 
oson. Ularning ko‘p qismi yuzada erigan metall holatida bo‘lib, detallar 
uchlarini qoplab turadi va cho‘ktirish chog‘ida erigan metall bilan birga 
chiqib ketadi.
Eritib uchma-uch payvandlash usuli payvandlanadigan detallar 
ko‘ndalang kesimining materiali, katta-kichikligi va shakliga qarab, 
shuningdek mavjud uskunalar hamda birikmaning sifatiga qo‘yiladigan 
talablarni inobatga olingan holda tanlanadi:
— qarshilik bilan payvandlash orqali asosan kichikroq kesimli (ko‘pi 
bilan 250 mm
2
) detallar biriktiriladi;
— kesimi 1000 mm
2
gacha bo‘lgan detallar uzluksiz eritib payvandlanadi 
(erish jarayonining o‘z-o‘zidan rostlanishi yomon bo‘lgani uchun bundan 
katta kesimli detallarni bu usulda payvandlab bo‘lmaydi);
— biroz qizdirgan holda eritib qarshilik bilan payvandlash 5000—10000 
mm
2
li kesimlar bilan chegaralanadi. Kesimi 10000 mm
2
dan katta detallar 
payvandlash transformatorining kuchlanishi va harakatlanuvchi qisqichni 
uzatish tezligi dastur bilan boshqariluvchi mashinalarda uzluksiz eritib 
payvandlanadi.
3.2.1. Uchma-uch payvandlash qo‘llaniladigan sohalar
Kontaktli uchma-uch payvandlash quyidagi hollarda keng 
qo‘llaniladi:
— prokatdan uzun buyumlar (qozonlarning qizish yuzasidagi quvurdan 
ishlangan zmeyeviklar, temir yo‘l relslari, temir-beton armaturasi, uzluksiz 
prokatlash sharoitida tanavorlar) olish uchun;
3.3-rasm. qarshilik bilan uchma-uch 
payvandlashda birikma hosil bo‘lish 
sxemasi (F
b
— boshlang‘ich kuch; 
F
cho‘kt.
— cho‘ktirish kuchi).


21
— oddiy tanavorlar (çàãîòîâêàlar)
dan murakkab detallar (uchish 
apparatlari shassilarining qismlari, 
tortqilar, vallar, avtomobillarning 
kardanli vallari va b.) tayyorlash 
uchun;
— tutash shakldagi murakkab 
detallar (avtomobil g‘ildiraklarining 
to‘g‘inlari, reaktiv dvigatellarning 
bikrlik chambaraklari, shpangoutlar, 
zanjirlar bo‘g‘inlari va b.) yasash 
uchun;
— legirlangan po‘latlarni tejash 
maqsadida (asbobning ish qismi 
tezkesar po‘latdan, quyruq qismi esa uglerodli yoki kam legirlangan 
po‘latdan ishlanadi).
Tekshirish uchun savollar
1. Relyefli payvandlashning mohiyati nimadan iborat?
2. Relyefli payvandlash qaysi sohalarda qo‘llaniladi?
3. Relyefli payvandlashning qanday afzalliklari bor?
4. qarshilik bilan uchma-uch payvandlashda birikma hosil qilish qanday bosqichlarni 
o‘z ichiga oladi?
5. Eritib uchma-uch payvandlashning mohiyatini aytib bering.
6. Uchma-uch payvandlash usuli qanday parametrlarga qarab tanlanadi?
7. Uchma-uch payvandlash qaysi sohalarda qo‘llaniladi?
4-bob. KONTAKTLI PAYVANDLASHDAGI 
ELEKTR qARSHILIK
4.1. Kontaktli payvandlashda issiqlik manbalari
Kontaktli payvandlashda detallar payvandlash joyi orqali o‘tkaziladigan 
elektr toki bilan qizdiriladi.
joul — Lens qonuniga muvofiq, elektr zanjirining aktiv qarshilik R
EE
li 
elektrodlar orasidagi qismida q
EE
issiqlik ajralib chiqadi, shu tufayli metall 
payvandlash joyida zarur haroratgacha qiziydi.
Payvandlashda issiqlik ajralish sharoiti uzluksiz o‘zgarib turadi, chunki R
EE
va I
pay
o‘zgaradi, shu bois joul — Lens qonuni ushbu hol uchun differensial 
3.4-rasm. Eritib uchma-uch 
payvandlashda birikma hosil bo‘lish 
sxemasi (F
b
— boshlang‘ich kuch; 
d
er
— erigan metall qatlami).


22
shaklda quyidagicha ifodalanadi:
.
Nuqtali va chokli payvandlash uchun R
EE
qarshilik detal — detal R
DD

elektrod — detal R
ED
tegish qarshiliklari va detallar metallining o‘z qarshiligi 
R
D
dan iborat bo‘ladi:
Uchma-uch payvandlashda qiymati kichikligi va tegish joyidan ancha 
uzoqdaligi uchun R
ED
qarshilik umumiy qarshilikda hisobga olinmaydi:
.
Kontaktli payvandlashda qizdirishning o‘ziga xos xususiyatlari:
1) aktiv qarshilik nisbatan uncha katta bo‘lmaydi;
2) tegish qarshiligi mavjud bo‘ladi;
3) qizish vaqtida issiqlik elektrodlar va atrofdagi metall orqali jadal 
chiqib ketadi;
4) tok o‘tadigan kesim ancha o‘zgarib turadi.
qizish sharoitiga harorat ko‘tirilishi, qattiq eritmalar hosil bo‘lishi yoki 
parchalanishi, plastik deformatsiya, sirtqi effekt va hokazolar oqibatida 
metallning solishtirma qarshiligi o‘zgarishi ham ta’sir ko‘rsatadi.
Kontaktli payvandlashda umumiy qizishga Pelte effekti ta’sir qiladi. 
Effektning mohiyati quyidagilardan iborat: metallarda elektron larning 
o‘rtacha energiyasi har xil bo‘ladi va uning qizishda o‘zgarishi ham turlicha 
bo‘ladi. Bu energiya qattiq, toza erigan holatdagi metallarda har xil bo‘ladi. 
Agar har xil yoki qattiq yoxud erigan holatdagi metallarning tegish joyi 
(kontakt) orqali elektr toki o‘tkazilsa, u holda elektronlarning o‘rtacha 
energiyasiga qarab tegish joyida issiqlik yutiladi yoki ajralib chiqadi.
Pelte issiqligi I
pay
va t
pay
ga mutanosib bo‘ladi. Bu issiqlikning energiyaning 
umumiy balansidagi ulushi odatda 5—10 % dan ortmaydi.


23
4.2. Tegish qarshiliklari
Tegish qarshiliklari detal-detal va elektrod-detal tegish joylarining tor 
sohasida to‘plangan qarshiliklardir.
Tegish qarshiliklari mavjudligini P kuch bilan siqilgan metall detallar 
orqali kichik tok o‘tkazib va tegish joyi sohasida hamda detallarning o‘zida bir 
xil uzunlikdagi qismlarda kuchlanishning pasayishini o‘lchab aniqlash mumkin. 
Bunda DU
DD
> DU
D
( DU = IR) bo‘ladi. Tegish qarshiliklarining mavjudligi 
detallar va elektrod larning yuzalari notekisligi tufayli, shuningdek elektr 
tokini o‘tkazmaydigan har xil sirtqi hosilalar: oksid hamda gidrooksid 
pardalari, shimilgan namlik, moylar, korroziya mahsullari, chang va shu 
kabilar tufayli elektr kontakt yuzining cheklanganligi bilan bog‘liqdir.
Shu sababli detallar qizigunga qadar tegish joyi (kontakt) ning haqiqiy 
yuzi (S
h
) tegish joyining kontur yuzi (S
k
) dan ancha kichik bo‘ladi. Tegish 
joyini kontur yuzi elektrodning diametri d
E
yoki plastik belbog‘ning diametri 
d
b
ga bog‘liq bo‘ladi. Bunday sharoitda tok ayrim mikrotegish joylari orqali 
o‘tadi (S
h
), bu esa elektr toki chiziqlarining qiyshayishi va muayyan joyda 
zichlanishiga olib keladi. Detallar yuzasi holatining tegish qarshiligiga ta’siri 
juda katta bo‘ladi. Masalan, 3 mm qalinlikdagi kam uglerodli po‘latdan 
yasalib, turlicha ishlov berilgan, elektrodlar d
E
=10 mm yordamida 2kN kuch 
bilan siqilgan ikkita plastinaning tegish qarshiligi (o‘lchash natijalariga 
ko‘ra) quyidagilarni tashkil qilgan (mkW):
xurushlangan plastinalarniki — 300;
jilvirlash doirasi bilan tozalangan va silliqlangan plastinalarniki — 
100;
keskich bilan ishlangan plastinalarniki — 1200;
4.1-rasm. Payvandlash joyining umumiy qarshiligi:
a — nuqtali payvandlashda; b — uchma-uch payvandlashda; d — payvandlash joyining 
ekvivalent elektr zanjiri.


24
qasmoq bilan qoplangan plastinalarniki — 80 000;
zang va qasmoq bilan qoplangan plastinalarniki — 300 000.
Siqish kuchi F
pay
ning ortishi plastik deformatsiyalarga, oksid 
pardalarning yemirilishi va R
EE
ning kamayishiga olib keladi.
Sovuq detallar tegish qarshiligining siqish kuchi F
pay
ga bog‘liqligi ayrim 
hollarda empirik formula yordamida baholanadi:
bu yerda: R
DD
— o‘zgarmas koeffitsiyent bo‘lib, u po‘lat uchun (5-6) · 10
-3
ga 
va aluminiy qotishmalari uchun (1-2) · 10
-3
ga teng; a — daraja ko‘rsatkichi 
bo‘lib, u po‘lat uchun 0,7 ga hamda aluminiy qotishmalari uchun 0,8 ga 
teng.
Po‘lat namunalar uchun: R
ED
» 0,5R
DD
.
Payvandlash joyi qizdirilganda mikrochiqiqlarning plastik 
deformatsiyalanishi avj oladi, oksid pardalari yemiriladi va tegish qarshiliklari 
tezda (bir necha millisekund ichida) deyarli nolgacha kamayadi. Po‘latlarni 
payvandlashda bu hodisa 600°C haroratdayoq, aluminiy qotishmalarini 
payvandlashda esa chamasi 350°C dayoq ro‘y beradi.
qarshilik bilan uchma-uch payvandlashda tegish qarshiligi R
DD
nuqtali 
va chokli payvandlashdagi tegish qarshiligiga o‘xshashdir.
Uchma-uch payvandlashda tegish joyida ajralib chiqadigan issiqlik 
umumiy balansda 15 % dan oshmaydi. Ammo tegish qarshiligi tez 
yo‘qolgandan so‘ng bu joyda qizigan metall zonasi qoladi, u jadal ravishda 
issiqlik hosil qilishda davom etadi. Rejimning qattiqligi ortishi bilan 
payvandlash joyida tegish qarshiligining qizishga ta’siri ortadi, chunki 
tegish qarshiligining mavjud bo‘lish vaqti payvandlash tokining umumiy 
o‘tish vaqtiga nisbatan ancha ortadi.
Eritib uchma-uch payvandlashda tegish qarshiligi R
DD
tirqishdagi 
D
tir
ulagichlarning o‘lchami va soniga bog‘liq bo‘lib, bir vaqtda 
mavjud bo‘ladigan ulagichlar soni va kesimi ortish bilan kamayadi. 
Payvandlanayotgan detallarning uchlari orasida erigan metallning tegish 
ulagichlari hosil bo‘lib, aynan ular qarshilikni yuzaga keltiradi. Ularning 
o‘lchamlari payvandlanayotgan detallarning kesimi kattalashishi hamda 
erish tezligi ortishi bilan kattalashadi. Tegish qarshiligi ushbu empirik 
formula yordamida hisoblab topiladi:


25
bu yerda: k
1
— po‘latning xossalarini hisobga oluvchi koeffitsiyent, u 
uglerodli va kam uglerodli po‘latlar uchun 1 ga, austenitli po‘latlar uchun 
1,1 ga teng; S — payvandlanadigan detallar kesimi, sm
2
; V
erish
— erish tezligi, 
sm/s; j — hamma kesimlarga hisoblangan tok zichligi, A/mm
2
.
Bu tegish qarshiligining qiymati boshqa usullardagiga qaraganda 
kattaroq bo‘lib, 100 — 2500 mkW ni tashkil etadi va deyarli butun 
payvandlash jarayoni mobaynida mavjud bo‘ladi.
4.3. Detallarning o‘z qarshiligi
O‘zining qarshiligi deganda, detalning hajmida muayyan tarzda 
taqsimlangan qarshilik tushuniladi. Ushbu qarshilik orqali tok o‘tganda 
unda issiqlikning asosiy miqdori ajralib chiqadi.
Tok ulanguna qadar (tegish joyining sovuq holati) S
H
, d
K
va mos ravishda 
R
D
aniq bo‘lmaydi, chunki S
H
, d
K
ning F
pay
ga va yuzining holatiga umumiy 
bog‘liqligi mavjud bo‘lmaydi. Issiqlik jarayonlarini hisoblashda detallarning 
qarshiligini detallarni qizdirishning oxirida (tegish joyining issiq holati) 
qarab chiqish qulayroqdir. Hisoblashni soddalashtirish uchun, elektrod-
detal tegish joyida d
K
= d
E
, detal-detal tegish joyida esa d
K
= d
b
ekanini va d
E
ning d
b
dan kam farq qilishini hisobiga olib shartli ravishda d
E
= d
b
deb qabul 
qilinadi. R
DD
va R
ED
nolga teng hamda S
F
= S
K
deb ham qabul qilinadi.
Ko‘rib chiqilayotgan qarshilik har biri qandaydir T
1
va T
2
haroratgacha 
qizdirilgan bir xil qalinlikdagi ikkita shartli plastina 1 va 2 ning qarshiliklari 
yig‘indisidan iborat deb tasavvur qilinadi.
U holda izlanayotgan qarshilik ushbu formuladan aniqlanadi:
4.2-rasm. Tegish qarshiligi hosil bo‘lish sxemasi:
a — sovuq detallar bir-biriga tegadigan joyda tokning taqsimlanishi; 
b — jismlar yuzasining tuzilishi: 1 — metall; 2 — oksid va gidroksid pardalari; 
3 — korroziya mahsullari; 4 — shimilgan namlik; 5 — moy; 6 — singigan gazlar; 7 — 
chang. d — mikrotegish joylarining taqsimlanishi.


26
Detallarning solishtirma elektr qarshiliklari r
1
va r
2
metallning turiga, 
unga termomexanik ishlov berish turi hamda haroratga bog‘liq. r
1
va r
2
ning qiymatlari ishlov berishda T
1
va T
2
haroratlar uchun aniqlanadi. Kam 
uglerodli po‘latdan tayyorlangan detallarni payvandlashda T
1
= 1200°C va 
T
2
= 1500°C, qilib aluminiy qotishmalari uchun esa T
1
= 450°C hamda T
2

630°C qilib olinadi.
k
p
koeffitsiyent detallarning notekis qizishini hisobga oladi. Po‘latlar 
uchun k
p
= 0,85, aluminiy va magniy qotishmalari uchun esa k
p
= 0,9. A
D
koeffitsiyent R
D
/R
S
nisbatga teng /R
S
— metallning uzunligi va diametri 
d
E
bo‘lgan silindrsimon ustunchasi elektr qarshiligi/. Bundan tashqari, A
D
koeffitsiyent d
E
/S nisbatga ham bog‘liq. Bu nisbat qancha kichik bo‘lsa, A
D
shuncha kichik, R
D
bilan R
S
orasidagi farq shuncha katta bo‘ladi. 0,8—3 mm 
qalinlikdagi detallarni payvandlashda A
D
= 0,8 bo‘ladi.
Uchma-uch payvandlashda har qaysi uchastkada elektr qarshilik 
quyidagi umumiy formula yordamida taxminan aniqlanadi:
,
bu yerda: m — sirtqi effekt koeffitsiyenti bo‘lib, u ferromagnit o‘zgarish 
haroratigacha (po‘lat uchun 768°C) uglerodli po‘latdan ishlangan 20 mm 
dan qalin detallar uchun ortib boradi; r
i
— qizish haroratidagi solishtirma 
elektr qarshilik; l — harorati teng taqsimlangan uchastka ning uzunligi.
4.4. Payvandlash joyidagi umumiy qarshilik
qizdirish mobaynida payvandlash joyida issiqlik ajralib chiqishi 
elektrodlar orasidagi qism R
EE
qarshiligida yuz beradi. Nuqtali payvandlash 
uchun bu qarshilik birinchi davrda tegish qarshiliklari kamayishi oqibatida 
tez pasayadi. Pasayish darajasi siqish kuchiga bog‘liq bo‘lib, u kattalashishi 
bilan ozayadi.
qarshilik bilan uchma-uch payvandlashda qizdirish mobaynida R
EE
ning 
o‘zgarish sxemasi ana shu qarshilikning nuqtali payvandlashdagi o‘zgarish 
sxemasiga o‘xshaydi.
Eritib uchma-uch payvandlashda jami R
EE
qarshilik boshqa qonunga 
muvofiq o‘zgaradi. Tegish qarshiligi R
erish
butun erish jarayoni mobaynida 
mavjud bo‘ladi, ammo davrning oxirlariga kelib biroz kamayadi, bunga 
ulagichlar (ïåðåìè÷êàlar) ning tegishlar soni va ularning kesimi oritishi 
oqibatida erish tezligi oshishi sabab bo‘ladi. Cho‘ktirish vaqtida bu qarshilik 


27
yo‘qoladi va R
EE
endi 2R
D
ga yaqin bo‘lib qoladi.
Uchma-uch payvandlashda tegish qarshiligi yo‘qolgandan so‘ng 
umumiy qarshilik detallarning qisuvchi jag‘lardan chiqib turuvchi uzunligi 
bilan aniqlanadi, bunda ularning notekis qizishi inobatga olinadi. Eritib 
payvandlashda ushbu notekislik eritishdan oldin biroz qizdirib olishga 
ham bog‘liq bo‘ladi.
Tekshirish uchun savollar
1. Kontaktli payvandlashda qizdirishning o‘ziga xos xususiyatlari qanday?
2. Payvandlash joyining umumiy qarshiligi qaysi tashkil etuvchilardan iborat bo‘ladi?
3. Kontaktli payvandlashda Pelte effektining umumiy qizishga ta’siri nimalardan 
iborat?
4. Uchma-uch biriktiriladigan yuzalarning holati tegish qarshiligiga qanday ta’sir 
qiladi?
5. Eritib uchma-uch payvandlashda tegish qarshiligi qaysi parametrlarga bog‘liq 
bo‘ladi?
5-bob. KONTAKTLI PAYVANDLASHDA 
METALLNI qIZDIRISH jARAYONLARI
5.1. Kontaktli payvandlashdagi elektr 
va harorat maydonlari haqida tushuncha
Kontaktli payvandlashda qizish natijada ikkita o‘zaro bog‘langan 
maydon: elektr maydoni va harorat maydoni yuzaga keladi.
Harorat maydoni vaqtning turli paytlarida payvandlanayotgan 
detallarning turli nuqtalaridagi haroratlar majmuyidir.
Elektr maydoni vaqtning turli paytlarida payvandlanayotgan detallarning 
turli nuqtalaridagi tok potensiallari yoki tok zichliklari majmuyidir.
4.3-rasm. Payvandlash sikli oxiridagi elektr qarshilikni (R
EE
= 2R
D

hisoblash sxemasi.


28
Kontaktli payvandlash uchun notekis elektr maydoni xos bo‘lib, bu 
notekislik tokning keltirilish usuliga, geometrik, harorat va magnitoelektr 
omillarga bog‘liq.
Geometrik omil elektr kontaktlar o‘lchamlari, odatda detallar 
o‘lchamlaridan ancha kichik bo‘lishi bilan, shuningdek tokning shuntlanish 
hodisasi bilan bog‘liq.
Harorat omili turli haroratlargacha qizigan metallning har xil 
qarshiliklarida namoyon bo‘ladi. O‘tayotgan tok o‘tkazuvchanligi kam 
bo‘lgan ko‘proq, qizigan joylarni chetlab o‘tadi.
Sirtqi effekt va yaqinlik effekti namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan 
magnitoelektr omil elektr maydonining turiga kam tasir qiladi, ammo 
yuqori chastotali toklar bilan payvandlash bundan mustasnodir.
qizish davomida elektr maydonining shakli uzluksiz o‘zgarib turadi. 
quyma o‘zak paydo bo‘lishi bilan uning erish joyida tokning zichligi 
kamayadi, chunki bu joyda qarshilik eng katta bo‘ladi.
Detallardagi elektr maydoni quyidagi differensial tenglama bilan 
ifodalanadi:
Bu tenglamada detalning har bir nuqtasidagi r ning haqiqiy qiymati 
hisobga olinadi.
Harorat maydoni odatda z o‘q orqali o‘tuvchi kesimda joylashgan 
izotermalar bilan ifodalanadi. Maydonning z o‘qqa nisbatan simmetrikligi 
tufayli detallarning yuzalariga parallel kesimlarda izotermalar aylana 
shaklida bo‘ladi. Dastlab maydon qattiq metallda paydo bo‘ladi. Ma’lum 
vaqtdan so‘ng (0,3—0,5)t
pay
detal-
detal tegish joyi atrofida quyma o‘zak 
yuzaga kela boshlaydi, bu yerda tokning 
zichligi eng yuqori darajaga yetadi va 
elektrodlar bilan issiqlik almashinuvi 
kam ta’sir qiladi. Tok o‘tgani sayin o‘zak 
z va r o‘qlar yo‘nalishida kattalashib 
boradi.
N u q t a l i p a y v a n d l a s h d a 
harorat maydoni Furening issiqlik 
o‘tkazuvchanlik tenglamasi bilan 
ifodalanadi. Metallning issiqlik sig‘imi va 
zichligi haroratga bog‘liq bo‘lmasa, bu 
tenglama quyidagi ko‘rinishni oladi:
4.4-rasm. Nuqtali payvandlash 
jarayonida elektr 
qarshiliklarning o‘zgarishi.


29
Tenglamaning chap qismida birikmaning istalgan nuqtasida haroratning 
o‘zgarish tezligi, o‘ng qismida detal ichidagi issiqlik o‘tkazuvchanlik 
bilan issiqlik almashinuvini hisobga oluvchi xususiy hosilalar yig‘indisi 
berilgan, j
2
r/(cg) qo‘shiluvchi esa detallarning o‘z qarshiligi orqali j 
zichlikdagi tok o‘tishi bog‘liq bo‘lgan issiqlik manbayi ta’siri hisobiga 
harorat ko‘tarilishini ifodalaydi. Issiqlik masalasini yechishda bir qiymatlilik 
shartlari —boshlang‘ich va chegaraviy shartlarni ham hisobiga olmoq 
lozim.
qarshilik bilan uchma-uch payvandlashda elektr va harorat maydonlari 
tegish qarshiligi va elektrodlardan chiqib turuvchi detallarning qarshiligi 
bilan aniqlanadi. qarshilik bilan uchma-uch payvandlashda tegish qarshiligi 
qizish vaqtida tez yo‘qoladi, eritib uchma-uch payvandlashda esa butun 
4.5-rasm. Uchma-uch payvandlash jarayonida 
elektr qarshiliklarning o‘zgarishi (quyuq 
chiziq — qarshilik bilan payvandlash; uzlukli chiziq 
— eritib payvandlashda).


30
qizish davri mobaynida mavjud bo‘ladi.
Elektr va harorat maydonlarining turiga oldindan qizdirish bosqichi, 
zalvorli detallarni payvandlashda esa sirtqi effekt ham katta ta’sir 
ko‘rsatadi.
5.2. Kontaktli payvandlashda issiqlik balansi
Kontaktli payvandlashda qizish ning umumiy tavsifi issiqlik balansi 
formulasi bilan ifodalanadi:
,
bu yerda: q
EE
— qizish zonasida ajralib chiqqan issiqlikning umumiy 
miqdori; q
foy
— payvandlash joyidagi metallning qizishiga sarflanadigan 
foydali issiqlik; q
yo‘q
— issiqlikning atrofdagi metall, elektrodlar va ato-
moferaga o‘tib yo‘qolishi.
Muayyan chegaralarda q
foy
qizish muddatiga bog‘liq bo‘lmaydi va 
solishtirma issiqlik sig‘imi c va zichlik g bo‘lganda T°C haroratgacha qizigan 
metall hajmi V bilan aniqlanadi:
qizish muddati uzayishi bilan issiqlikning yo‘qolishi ortadi, shu sababli, 
umumiy issiqlik miqdori q
EE
ham oshadi. Bunda payvandlanayotgan 
materialning issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti yuqori bo‘lgani holda 
qizish zonasi muqarrar ravishda kengayadi.
qizdirish paytida T
pay
vaqt birligi ichida ajralib chiqadigan issiqlikning 
o‘rtacha miqdori ushbuga teng:
.
Oxirgi ifoda payvandlash mashinasida payvandlash apparati va tok 
keltiruvchi qismlarni qizdirishga muqarrar ravishda issiqlik sarflanishini 
inobatga olmaydi.
t
pay
ortishi bilan zarur quvvat ka mayadi.
Payvandlash joyining berilgan haro ratgacha qizish tezligi belgilangan 
quvvatga bog‘liq. quvvat katta bo‘lganda payvandlash uchun zarur bo‘lgan 
T
pay
harorat t
min
vaqt ichida hosil bo‘ladi. quvvat kamayishi bilan qizish vaqti 
ortadi. Foydalaniladigan q
3
quvvat yetarli bo‘lmaganda pay vand lash joyini 
kerakli haroratgacha qizdirib bo‘lmaydi. By holda issiqlik yetarli miqdorda 
ajralib chiq maydi va uning hammasi yo‘qoladi.
5.3. Payvandlash tokini hisoblash


31
Payvandlash toki kuchini taxminan hisoblash uchun asosiy ko‘rsatkich 
elektrodlar oralig‘ida ajralib chiqadigan q
EE
issiqlik bo‘lib, u issiqlik balansi 
tenglamasiga muvofiq aniqlanadi:
,
bu yerda: q
1
— balandligi 2d va asosining diametri d
E
bo‘lgan (d
E
»d) metall 
ustunchasini T
erish
gacha qizdirishga sarfalanadigan energiya; q
2
— o‘zakni 
o‘rab turuvchi x
2
kenglikdagi halqa ko‘rinishidagi metallni qizdirish uchun 
sarfalanadigan issiqlik; halqaning o‘rtacha harorati 0,25T
erish
ga teng qilib 
olinadi, bunday harorat detallarning bir-biriga tegib turadigan ichki 
yuzasida hosil bo‘ladi; q
3
— issiqlikning elektrodlarda yo‘qolishi bo‘lib, 
elektrodlardagi x
3
balandlikdagi shartli silindrni o‘rtacha T
E
haroratgacha 
qizdirish bilan hisobga olinadi. Tegish yuzasida harorat T
ED
»0,5T
erish

T
E
»0,25T
ED
deb hisoblab, T
E
»0,125T
ED
deb qabul qilish mumkin.
Energiya q
1
o‘zak hajmidan katta metall hajmini T
erish
gacha qizdirishga 
sarflanadi, bu esa yashirin metallning erish issiqligini hisobga olish imkonini 
beradi:
.
q
2
ni hisoblashda haroratning sezilarli darajada ko‘tarilishi o‘zak 
chegarasidan x
2
oraliqda kuzatiladi, deb faraz qilamiz, bu ko‘tarilish 
payvandlash vaqtida metallning harorat o‘tkazuvchanligiga bog‘liq 
bo‘ladi:
Kam uglerodli po‘latlar uchun x
2
=1,2
, aluminiy qotishmalari uchun 
5.1-rasm. Nuqtali payvandlashdagi elektr maydoni.


32
x
2
=3,1
va mis uchun x
2
=3,3
.
Agar halqaning yuzi 
va balandligi 2, o‘rtacha qizish 
harorati T
erish
/4 bo‘lsa, u holda
5.2-rasm. Kam uglerodli po‘latni nuqtali payvandlashda payvandlash toki ulangan 
paytdagi elektr maydoni.
5.3-rasm. Uchma-uch payvandlashning oxirida haroratning po‘lat detallar bo‘ylab 
taqsimlanish sxemalari: a — haqiqiy taqsimlanish; b — hisoblangan taqsimlanish (l — 
o‘rnatilgan uzunlik); T
erish
— erish harorati; T
pay
— qattiq fazadagi payvandlash harorati; A 
— qarshilik bilan payvandlash; B — qizdirgan holda eritib payvandlash;
D — uzluksiz eritib payvandlash.


33
bo‘ladi, bu yerda k
1
= 0,8 — ushbu halqaning eni bo‘yicha harorat murakkab 
tarzda taqsimlangani uchun halqaning 
o‘rtacha harorati, o‘rtacha harorat T
erish
/4 
dan biroz past bo‘ladi, chunki eng 
jadal qizigan qismlar halqaning ichki 
yuzasida joylashganini hisobga oluvchi 
koeffitsiyent.
Issiqlikning elektrodlarda yo‘qolishini 
issiqlik o‘tkazuvchanligi evaziga 
elektrodning uzunligi x
3
= 4
va hajmi 
dan T
erish
/8 gacha 
bo‘lgan qismi qiziydi, deb qabul qilib 
baholash mumkin. k
2
koeffitsiyent 
elektrodning shaklini hisobga oladi; 
silindrsimon elektrod uchun k
2
=1, ish 
qismi konussimon va ish qismi yassi bo‘lgan elektrodlar uchun k
2
=1,5, ish 
qismi sferik elektrodlar uchun k
2
= 2. a
E
— elektrod materialining harorat 
o‘tkazuvchanligi. U holda
,
bu yerda: s
E
va g
E
— elektrod metalining issiqlik sig‘imi hamda zichligi.
Issiqlik balansining tashkil etuvchilari ma’lum bo‘lsa, payvandlash toki 
joul — Lens qonuni formulasidan hisoblab topiladi:
bu yerda: m
R
— payvandlash jarayonida R
EE
o‘zgarishini hisobga oluvchi 
koeffitsiyent. Kam uglerodli po‘latlar uchun 
m
R
=1; aluminiy va magniy qotishmalari 
uchun m
R
= 1,15; korroziyabardosh po‘latlar 
uchun m
R
= 1,2; titan qotishmalari uchun 
m
R
=1,4.
Misol. Kam uglerodli po‘latdan olingan 
4 mm qalinlikdagi listlarni ish qismining 
diametri 12 mm bo‘lgan elektrodlar bilan 
nuqtali payvandlashdagi tok kuchi aniqlansin; 
payvandlash vaqti 1 s. Po‘lat likvidusi harorati 
1500°C, po‘lat uchun c = 0,67 kj/(kg·K), mis 
uchun 0,38 kj/(kg·K), po‘lat uchun g = 7800 
kg/m
3
, mis uchun 8900 kg/m
3
, po‘lat uchun 
5.4-rasm. Payvandlash uchun zarur 
issiqlikning qizish muddatiga 
bog‘liqligi.
5.5-rasm. Payvandlash vaqtida 
ishlatiladigan quvvatning qizish 
muddatiga bog‘liqligi.
3 — M.A. Abralov, N.S. Dunyashin


34
a = 9 · 10
-6
m
2
/s, mis uchun 8 · 10
-5
m
2
/s. Payvandlash jarayoni oxiridagi 
listlarning qarshiligi 58 mkW.
Ushbu hisoblashlarni bajaramiz:
q
1
=(p12
2
·10
-6
/4)·2·4·10
-3
·0,67·7800·1500»7 kj.
k
1
=0,8 va x
2
= 4
bo‘lganda q
2
ni aniqlaymiz:
q
2
=0,8·3,14·12·10
-3
·(12·10
-3
+ 12·10
-3
) ·
·2·4·10
-3
·0,67·7800·1500/4»11,3 kj.
k
2
=1,5 va x
3
=
bo‘lganda q
3
ni aniqlaymiz:
q
3
=2·1,5·(3,14·122·10
-6
/4)·36·10
-3
·0,38·8900·1500/8»7,7 kj.
U holda
5.6-rasm. Payvandlash joyidagi haroratning qizish muddatiga bog‘liqligi.
5.7-rasm. Payvandlash tokini hisoblash sxemasi.


35
q
EE
= 7+11,3+7,7=26 kj,
I
pay
=
kA .
5.4. Tokning shuntlanishi
Tokning shuntlanishi tokning bir qismi payvandlash joyidan tashqarida, 
masalan, ikki tomonlama nuqtali payvandlashda ilgari payvandlangan 
nuqtalar orqali yoki bir tomonlama payvandlashda detallardan biri orqali 
o‘tishida namoyon bo‘ladi. Shuntlanish elektr maydonining simmetriyasini 
anchagina buzadi va nuqtalar oralig‘i yoki qadami (t
q
) kichik bo‘lganda 
tokning zichligi kamayishi va quyma o‘ramning o‘lchamlari kichiklashuviga 
olib kelishi mumkin.
Shuntlanish toki va boshqa toklarning qiymatini ushbu formula 
yordamida baholash mumkin:
I
sh
= I
pay
R
EE
/R
sh

I
2
=I
pay
+ I
sh

I
pay
=I
2
- I
sh
,
bu yerda: R
EE
va R
sh
— payvandlash joyi va shuntning elektr qarshiligi;
bu yerda: b
kel
— tokning tarqalishini hisobiga olingan holda shuntning 
keltirilgan eni bo‘lib, (d
K
+d
S
)/2 ga teng, K
E
»0,4.
Formuladan ko‘rinib turibdiki, t
sh
ning kichiklashishi va S ning 
kattalashishi I
pay
ning kamayishiga va mos ravishda o‘zakning o‘lchamlari 
kichiklashuviga sabab bo‘ladi, shuningdek elektrod-detal tegish joyida 
harorat ko‘tarilishiga hamda elektrodning yeyilish tezligi oshishiga olib 
keladi. Metallning har bir qalinligi va markasi uchun odatda t
sh
ning eng 
kichik qiymati tanlanadi. Bunda agar t
sh
> t
sh min
bo‘lsa, u holda I
sh
< 0,05I
pay
bo‘ladi va shuntlanish elektr maydoni va o‘zakning o‘lchamlariga deyarli 
ta’sir qilmaydi, deb qabul qilindi.
Shuntlanish toklari odatda payvandlash jarayonida shuntning qizishi va 
R
EE
ning kamayishi evaziga pasayadi. Shuningdek zich birikmalarni chokli 
payvandlashda (t
sh
»(2¸3)S va t
sh
shuntlanish toklari juda cheklangan bo‘ladi, ayniqsa roliklarning aylanish 
tezligi katta va uzluksiz bo‘lganda.
5.5. Uchma-uch payvandlashda detallarning qizishi
Uchma-uch payvandlashda detallarning umumiy qizishi payvand-
lash toki o‘tayotganda ularda va kontaktlarda ajralib chiqadigan issiqlik 
hisobiga bo‘ladi.


36
qarshilik bilan payvandlashda payvandlanayotgan detallarning uchlari 
tegib turgan joyda ajralib chiqayotgan issiqlik nisbatan uncha katta 
bo‘lmaydi va birikma qizigan sari kamayib boradi.
qarshilik bilan payvandlashda qizishni ikki jarayonning:
1) kontaktsiz sterjenning o‘z qarshiligida uning butun uzunligi bo‘yicha ajralib 
chiqayotgan issiqlik hisobiga qizish (T
1
haroratgacha) jarayoni;
2) uchma-uch birikish joyida ajralib chiqib, undan chetga tarqalib 
ketayotgan issiqlik hisobiga qizish (T
2
haroratgacha) jarayonining qo‘shilishi, 
deb qarash mumkin.
Agar kesimi S, zichligi g, solishtirma issiqlik sig‘imi c va o‘rtacha elektr 
qarshiligi r
t
bo‘lgan sterjen t
pay
toki qizdirilsa, u holda uning uzunligi 
birligiga
issiqlik ajralib chiqib, T
1
haroratgacha qiziguncha va elektrodlardagi 
yo‘qolishlarga va nur chiqarishlarga sarflanadi. Ushbu yo‘qolishlarni k
2
koeffitsiyent bilan hisobga olib, quyidagi tenglamani hosil qilamiz:
Uglerodli konstruksion po‘latlardan yasalgan detallar uchun k
2
»0,75, 
austenitli po‘latlar uchun k
2
»0,9.
Mazkur tenglamalarni birgalikda yechib haroratni topamiz:
Eritib uchma-uch payvandlashda eritishning texnologik ahamiyati 
detallarning uchlarida erigan metall qatlamlari hosil bo‘lguncha 
qizdirishdan, shuningdek eritma va oksidlarni yo‘qotish maqsadida 
navbatdagi cho‘ktirishni amalga oshirish uchun chok yaqinidagi joyda 
haroratlarni tegishlicha taqsimlashdan iborat. Bunga eritish yo‘li bilan 
(uzluksiz eritib payvandlashda) yoki oldindan qizdirish bilan birgalikda 
(qizdirgan holda eritib payvandlashda) erishiladi.
Eritishda qizish asosan tegish qarshiligi R
EE
da ajralib chiqadigan 
issiqlik hisobiga sodir bo‘ladi. Tegish qarshiligi uchqun oraliqda bo‘lgan 
erigan metall ulagichlarga qarab aniqlanadi. Tokning o‘rtacha zichligi 
nisbatan kam bo‘lganidan detalning o‘z qarshiligi 2R
D
da ajralib chiqadigan 
issiqlikning ulushi ko‘p bo‘lmaydi va odatda issiqlikni hisoblashda inobatga 
olinmaydi.
Eritishda qizishning sodir bo‘lishi odatda quyidagicha tasavvur 
qilinadi. Kuchlanish ulanganda va bosim kichik bo‘lganda detallar bir-
biriga yaqinlashtirilganda uchlar yuzalarining qattiq va suyuq mahalliy 


37
qismlari orasida elektr kontakt yuzaga keladi. Kontaktlarni tok qizdiradi, 
u kontaktlarni tez eritadi va suyuq, metalldan ulagichlar hosil bo‘lishiga 
olib keladi.
Ulagichlar tezda yemiriladi. Ular odatda 0,001—0,005 sekunddan ortiq 
mavjud bo‘lmaydi. Ularning shakli va o‘lchamlari qarama-qarshi tomonlarga 
yo‘nalgan ikki asosiy kuch: sirtqi taranglanishdan paydo bo‘luvchi s kuchlar 
va elektromagnit kuchlar F
q
(payvandlash tokining kvadratiga proporsional) 
bilan aniqlanadi. Bunda s kuchlar detallar bir-biriga yaqinlashtirilganda D
tir
tirqishni kichiklashtirishga, ulagich diametri d
u
ni kattalashtirishga intiladi, 
F
q
kuchlar esa ulagichni siqish va uzishga harakat qiladi. Ulagichning siqilishi 
undagi tokning zichligi ortishiga va qizish tezligi oshishiga sabab bo‘ladi. 
Tokning zichligi ancha yuqori bo‘lganda (masalan, kam uglerodli po‘latni 
eritishda ~ 3000 A/mm
2
) ulagich markazidagi metall bug‘simon holatga 
o‘tadi va uning F
u
kuch ta’sirida portlashsimon yemirilishiga sabab bo‘ladi. 
Portlash paytida bug‘ bosimi 10—20 MPa ga, harorat esa 6000—8000°C ga 
yetadi. Erigan metall tirqishdan uchqunlar ko‘rinishida otilib chiqadi (60 m/s 
dan ortiq tezlik bilan), bu esa detallarning kaltalashuviga olib keladi.
Bir vaqtda mavjud bo‘luvchi ulagichlar orasida, bir yo‘nalishdagi toki 
bo‘lgan o‘tkazgichlar o‘rtasida bo‘lgani kabi, elektromagnit F
V
kuchlar 
harakat qilib ularni yaqinlashtirish va birlashtirishga intiladi. Ammo 
ulagichlar juda tez yemirilgani uchun bu jarayon nihoyasiga yetishga 
ulgurmaydi.
Ulagichlardagi tok payvandlash mashinasining magnit maydoni bilan 
o‘zaro ta’sirlashishi tufayli paydo bo‘lgan F
K
kuchlar ularning uchqun 
oraliqda siljishi payvandlash konturidan surib chiqarilishiga yordam 
beradi.
Odatda erishning boshida haroratning erigan uchlarda taqsimlanishi 
bir tekis bo‘lmaydi, ammo uchlar qizib borgani sari bu notekislik kamayib 
boradi. Erish jarayoni uchun ulagichlarda tokning mahalliy zichligi yuqori 
bo‘lishi va detallarning butun kesimiga o‘tkazilgan tokning o‘rtacha zichligi 
5.8-rasm. Ikki tomonlama nuqtali payvandlashda tokning shuntlanishi: 
a — shuntlanish sxemasi; b — shuntlanish mavjud bo‘lganda (1 egri chiziq) va mavjud 
bo‘lmaganda (2 egri chiziq) II — II kesimda tokning taqsimlanishi.


38
kichik bo‘lishi xosdir.
Eritib payvandlashda qizish asosan tegish qarshiligida ajralib chiqadigan 
q
erish
issiqlik hisobiga yuz beradi, bu qarshilikning qiymati ancha katta 
bo‘ladi va uzoq vaqt mobaynida mavjud bo‘ladi:
Issiqlik ayni paytda detallar uchlari orasidagi tirqishdan chiqayot-
gan metallni qizdirishga (
) va detallarga issiqlik uzatilishiga (
) sarflanadi. Bu jarayonni payvandlash rejimi parametrlari bilan ushbu 
formula yordamida bog‘lash mumkin:
bu yerda: S — detallar kesimi, sm
2
; g, c, l va m
0
— payvandlanayotgan 
metallning zichligi, solishtirma issiqlik sig‘imi, issiqlik o‘tkazuvchanligi 
hamda yashirin erish issiqligi; T
1
— erish paytida detallar uchlarining 
harorati (erishning boshida xona haroratida, oxirida esa erish haroratiga 
yaqin bo‘ladi; biroz qizdirib payvandlashda eritishning boshida T
1
=T
qiz.
); 
T
erish
— eritishda chiqib ketadigan metallning o‘rtacha harorati bo‘lib, u 
po‘lat uchun 2000°C ga teng; dT/dx — detal uchidagi harorat gradiyenti, 
po‘latni payvandlashda dT/dx = 2000—5000°C/sm bo‘ladi.
Tekshirish uchun savollar
1. Harorat maydoni nima?
2. Elektr maydoni nima?
3. Geometrik, harorat va magnitoelektr omillari nimalarda namoyon bo‘ladi?
4. Harorat maydoni qanday tenglama bilan ifodalanadi?
5. Payvandlashda tokning shuntlanishi nimalarda namoyon bo‘ladi?
6-bob. KONTAKTLI PAYVANDLASHDA METALLNING PLASTIK 
DEFORMATSIYALANISHI
6.1. Plastik deformatsiyaning ahamiyati
Metallning plastik deformatsiyalanishi asosiy jarayonlardan biri bo‘lib, 
birikmalarning shakllanishiga yordam beradi. Bu hodisani tashqi omillar 
— elektrodlar tomonidan bo‘ladigan kuch va ichki omillar — payvandlash 
joyining metali erkin bo‘lmagan tarzda ken gayganda yuzaga keluvchi 


39
zo‘riqishlar keltirib chiqaradi. Metallarning plastik deformatsiyalanishi butun 
payvandlash jarayoni mobaynida, ya’ni sovuq tegish joyi shakllanishidan 
tortib to birikma cho‘kichlangunga qadar yuz beraveradi.
Plastik deformatsiya jarayoni qizish jarayoni bilan chambarchas 
bog‘langan. Chunonchi, tok tasodifan kattalashganda va haroratlar 
nogahon ko‘tarilganda plastik deformatsiyaga qarshilik pasayadi, bu esa 
tegish yuzasi kattalashuviga, tokning zichligi kamayishiga, qizish jadalligi 
pasayishiga hamda o‘zaknikg harorat maydoni va o‘lchamlari ma’lum 
darajada barqarorlashuviga olib keladi.
Deformatsiyalanadigan metallning hajmiga qarab yuzaning tegish 
joyi relyefining mikroplastik deformatsiyalanishi va payvandlash joyi 
metali ancha qismining hajmiy plastik deformatsiyalanishi farq qilinadi. 
Payvandlashda plastik deformatsiyaning asosiy vazifasi elektr kontaktni 
shaklantirishdan, erigan metallning chayqalib to‘kilishidan saqlash uchun 
plastik belbog‘ hosil qilishdan va payvandlash tokining ichki tegish joyida 
tarqalishini cheklashdan, sovish bosqichida metallni zichlashdan iborat.
6.2. Nuqtali payvandlashdagi plastik deformatsiya
Nuqtali payvandlashda qizish notekis bo‘lganligi bois, plastik 
deformatsiyaga qarshiligi turlicha bo‘lgan metall mintaqasi yuzaga 
keladi. Issiqlikdan kengayish siqiq sharoitda sodir bo‘ladi va bunda ichki 
zo‘riqishlar notekis taqsimlanib, ular doimiy ravishda ta’sir qiluvchi tashqi 
5.9-rasm. Eritish vaqtida erigan metall ulagichlarning joylashish sxemalari:
a — ulagich ta’sir qiluvchi s va F
siq
kuchlar; 
b — F
v
va F
q
kuchlar ta’sirida ulagichlarning siljishi.


40
siqish kuchi F
pay
bilan birgalikda qaytmas hajmiy plastik deformatsiyalarni 
keltirib chiqaradi.
Payvandlash joyining hajmiy-zo‘riqqan holati siquvchi radial x (s
r
), 
aylanma (s
q
) va o‘q (s
Z
), shuningdek e
Z
va e
r
va e
q
deformatsiyalar bilan 
ifodalanadi.
s
Z
ning eng katta qiymatlari z o‘q yaqinida kuzatiladi, bu yerda zo‘riqish 
holati har tomonlama siqilishga yaqin bo‘ladi. s
Z
ning va shunga yarasha 
s
D
ning eng kichik qiymatlari tegish joylarining periferiyasida va ayniqsa, 
detal-detal tegish joyi chegarasida yuzaga keladi. Bunga detallar o‘rtasida 
tirqish borligi sabab bo‘ladi: bu tirqishga deformatsiyalanadigan metall 
nisbatan erkin oqib kiradi.
Plastik deformatsiyaning (e
Z
, e
r
va e
q
) eng katta darajasi belbog‘ atrofida 
qayd etiladi (z = 0). e
Z
va e
r
larning taqsimlanishi (II—II kesim) z o‘q bo‘ylab 
qisqarish deformatsiyasi, r o‘q bo‘ylab esa uzayish deformatsiyasi yuz 
berishini ko‘rsatadi.
Detal-detal tegish joyi atrofida metallning kengayishi tirqish paydo 
bo‘lishining asosiy sababidir, qizigan metallning bir qismi ana shu tirqishga 
siqilib chiqadi.
Metall erigunga qadar s
D
ning kamayishi va metallning ortiqcha 
bo‘lishi elektrodlar orasini biroz ochish orqali, shuningdek metallning bir 
qismini tirqishga siqib chiqarish orqali qoplanadi, buni ichki tegish joyida 
payvandlash tokining tarqalib ketishini cheklovchi relyef ta’min laydi.
Tutash yopiq hajmda eritishda o‘zak metalining hajmi keskin katta-
lashib, deformatsiyalanayotgan metall tirqishga siqib chiqariladi. Bu 
hol nafaqat relyef hosil bo‘lishiga, balki qo‘yma o‘zakning zichlashuviga 
(germetiklanishiga) ham yordam berib, metallni chayqalib to‘kilishi dan va 
atmosfera bilan tutashishdan saqlaydi.
5.10-rasm. Eritib payvandlashda haroratning taqsimlanish sxemasi: 
a — jarayonning boshlang‘ich bosqichida; b — jarayonning oxirgi bosqichida.


41
Payvandlash kuchi F
pay
erish bosqichida eng katta bo‘lmog‘i kerak, chunki 
u jarayonning chayqalib to‘kilish sodir bo‘lishiga turg‘un bo‘lishini nazorat 
qiladi. Metallning s
D
si katallashganda, masalan, payvandlashning qattiq 
rejimlarida yoki issiqqa chidamli metallarni payvanlashda bu kuch ortadi. 
U detallarni oldindan biroz qizdirish yo‘li bilan kamaytiriladi.
Belbog‘ metall ichki chegarasining harorati erish haroratiga yaqin bo‘ladi. 
Belbog‘ metali hajmiy-zo‘riqqan holatda bo‘ladi, bunda siquvchi zo‘riqishlar 
detallar orasidagi tirqishni kattalashtirishga intiladi.
Bunda metallning ustki qatlamlari „cho‘kadi“ va yuzada elektrod ta’sirida 
o‘yilgan joylar paydo bo‘ladi. Ichki chayqalib to‘kilish hosil bo‘lganda bu 
cho‘kish tezligi va o‘yiqlar o‘lchamlari keskin ortadi.
6.3. Nuqtali payvandlashdagi payvandlash kuchini hisoblash
Nuqtali payvandlashdagi F
pay
sifatini baholash uchun kuchlarning z 
o‘qqa nisbatan muvozanati shartni integral shaklida quyidagi ko‘rinishda 
yozish mumkin:


42
(1)
Bu yerda: s
zk
— elektrod detal tegish joyidagi me’yoriy zo‘riqishlar; R
o‘
— 
o‘zakdagi suyuq metall bosimi; s
o‘z
bel.
— belbog‘dagi me’yoriy zo‘riqishlar.
(1) tenglamaning chap qismi payvandlash kuchi F
pay
dan, birinchi 
qismning birinchi qo‘shiluvchisi o‘zakdagi suyuq metallning bosimiga 
bog‘liq bo‘lgan R
o‘
kuchdan, ikkinchi qo‘shiluvchi esa zichlovchi belbog‘ 
tomonidan tushuvchi F
bel
kuchdan iborat. Taxminan hisoblash uchun 
o‘zakdagi bosim z va j ga bog‘liq emas deb hisoblab, bu tenglamani 
soddalashtirish mumkin:
Agar s
z bel
ning o‘rniga uning qiymatini qo‘ysak, s
z bel. o‘r.
ning qiymati:
u holda (1) tenglama quyidagi ko‘rinishi oladi:
t = t
pay
bo‘lganda bu tenglama quyidagi izchillikda yechilishi mumkin: 
GOST 15878—79 ga ko‘ra d ning qiymati beriladi. Barqaror payvandlash 
rejimi uchun d
bel. k.
ning qiymatini 1,2d qilib olish tavsiya etiladi.
.
Bu yerda: s
0
— plastik deformatsiyaning boshlang‘ich qiymati. k
r
, k
u
, k
e
koeffitsiyentlar berilgan metallar, qalinliklar va payvandlash rejimlariga oid 
jadvallardan aniqlanadi.
qalin devorli sferaga ichki bosim R
o‘
berish masalasini yechish.
Misol. Yo‘g‘onligi 1+1 mm, diametri 5 mm bo‘lgan AMg6 qotishmasini 
nuqtali payvandlashdagi kuch hisolab topilsin, s
d bel.k.
= 200 MPa (qattiq 
rejim), d
bel. k.
= 1,2 · 5=6 mm.
Y e c h i s h : Ushbuni topamiz:
MPa;


43
MPa;
N.
6.4. Chokli va relyefli payvandlashdagi plastik deformatsiya
Chokning birinchi nuqtasini tushi rishda plastik deformatsiya turi xuddi 
nuqtali payvandlashdagi kabidir. Ammo keyingi nuqtalarni payvand lashda 
nuqtali payvandalshda bo‘lgani singari rolik oldidagi metall tirqishga 
deformatsiyalanadi, rolik ortidagi metall esa rolik ostiga siqilib chiqadi 
(xudi yaxlit plastinani payvandlashda bo‘lgani kabi).
Chokli payvandlashda birikish joyida issiqlik miqdori nisbatan yuqori 
bo‘lgani tufayli, zichlovchi belbog‘ning plastik deformat siyalanish umumiy 
darajasi va o‘lchamlari katta bo‘ladi. Bu hol payvandlash vaqti va kuchini 
nuqtali payvandlash rejimlariga nisbatan biroz qisqartirishga imkon 
beradi.
6.1-rasm. Nuqtali payvandlashda plastik deformatsiya turi.


44
Boshqa tomondan, metall ustki 
qatlamlarining deformatsiyalanishi 
roliklarning tez yeyilishiga olib 
keladi. Masalan, keyingi nuqtalarni 
payvandlashda va qayta qizdirishda 
oldingi nuqtalar orasidagi bo‘shliqlar 
deformatsiyalanadigan metall bilan 
to‘lishi mumkin.
qattiq holatda relyefli payvandlashda 
detal- detal tegish joyida radial 
yo‘nalishdagi plastik deformatsiya darajasi 
kattaroq bo‘lishini ta’minlashga harakat 
qilinadi, bu esa yuzaning tozalanishiga 
va metall bog‘lanishlar yuzaga kelishiga yordam beradi. Ayni chog‘da z 
o‘q bo‘ylab deformatsiya sodir bo‘ladi va elektrod tagidagi o‘yiq to‘ladi. 
Odatda qattiq holatda birikma tegish joyi chetlari bo‘ylab halqa bo‘yicha 
hosil bo‘ladi. Metallning yanada qizishi nuqtali payvand lashning odatdagi 
sxemasi bo‘yicha o‘zak hosil bo‘lishiga olib keladi. Bunda relyef batamom 
deformatsiyalanadi, lekin elektrodlar tagida kichik o‘yiqlar qoladi.
6.5. Uchma-uch payvandlashda metallning 
plastik deformatsiyalanishi
Plastik deformatsiyaning asosiy vazifasi uchma-uch birikish joyida va 
elektr kontaktlarda metall bog‘lanishlar hosil bo‘lishi uchun oksidlarni 
yo‘qotishdan iborat. Deformatsiyani payvandlash mashinasining yuritmasi 
hosil qiluvchi siqish kuchi keltirib chiqaradi.
Dastlabki elektr kontakt yuzaga kelishi uchun uncha katta bo‘lmagan bosim 
(qarshilik bilan payvandlashda 5—10 MPa, eritib payvandlashda esa ~ 0,001 
MPa) yetarlidir, bunday bosimda odatda detallar uchlari yuzasining relyefi 
mikroplastik deformatsiyalanadi, xolos. Kichik bosimda tegish qarshiligi 
yuqori bo‘ladi va uning issiqlik ajralib chiqishidagi o‘rni ortadi. Oksidlar 
yuqolishi va bog‘lanishlar paydo bo‘lishi uchun detallarning nisbatan 
kata hajmiy plastik deformatsiyalanishi talab etiladi, bu deformatsiya 
asosan metallning tegish joyi oldidagi qizigan qatlamlari va oksidlarning 
payvandlash joyida siqib chiqarilishini ta’minlaydi. Eritib payvandlashda 
chuqur kraterlar yuzaga kelganda oksidlarning yo‘qolishi qiyinlashadi. Bu 
holda hajmiy deformatsiya darajasi va cho‘ktirish kuchlarini oshirishga 
to‘g‘ri keladi.
Uchma-uch payvandlashda ko‘p hollarda hajmiy deformatsiyaning erkin 
sxemasidan foydalaniladi, bunda metall strelkalar yo‘nalishi bo‘yicha z o‘q 
6.2-rasm. Nuqtali payvandlashdagi 
plastik deformatsiyaning yo‘na lishi: 
1 — jadal deformatsiyalanish joyi; 2 — 
erigan metall.


45
bo‘ylab hech qanday cheklanishlarsiz oqadi. A nuqtada har tomonlama 
notekis siqilish yuz beradi (siquvchi zo‘riqishlar, o‘q s
x
, radial s
r
va aylana 
tangensial kuchlar s
q
ta‘sir qiladi). B nuqtada ikki tomonlama siquvchi 
zo‘riqishlar s
x
va s
r
ta’sir qiladi, s
x
zo‘riqishlar esa ishorasini o‘zgartiradi 
va cho‘zuvchi zo‘riqishlarga aylanadi. B nuqtada ikki tomonlama siqish 
(s
x
va s
r
) cho‘zish (s
q
) bilan birga ta’sir qiladi. s
r
va s
q
zo‘riqishlar haddan 
tashqari kattalashganda tirqishning ochilib qolishiga, metall tolalalarining 
qatlamlanishi hamda qiyshayishiga, shuningdek metall soviganda va 
cho‘kkanda unda darzlar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Uchma-uch payvandlashdagi hajmiy deformatsiya ko‘pincha yuz 
koeffitsiyenti k
yuz
=S
ox
/S
bosh
bilan ifodalanadi, bu yerda S
ox
va S
bosh
mos 
ravishda detallar uchlarining oxirgi hamda boshlang‘ich (payvandlashdan 
oldingi) yuzlari. qarshilik bilan payvandlashda eng katta qiymat k
yuz
< 4 
bo‘lishiga ruxsat etiladi. Eritib payvandlashda payvandlash va metallni 
eritish rejimlari nisbatan qattiq bo‘lgani bois oksidlarsiz sifatli birikma k
yuz

2 bo‘lganda yuzaga keladi.
Uchma-uch payvandlashda deformatsiya qiymati haqida 

cho‘k
tufayli detalarning kaltalashishiga qarab fikr yuritiladi. Eritib uchma-uch 
payvandlashda deformatsiya 

cho‘k
, R
cho‘k
va cho‘kish tezligi V
cho‘k
bilan 
tasniflanadi. 

cho‘k
ning qiymati tirqish 

T
butkul bekilishi, oksidlangan va 
erigan metall siqilib chiqishiga (2d
j
) va kraterlar (o‘yiqlar) bartaraf bo‘lishi 
uchun qizigan metallning ma’lum darajada plastik deformatsiyalanishiga 
yetarli bo‘lmog‘i zarur. Bunda 

cho‘k
ning qiymati asosan detallar 
uchlarining relyefiga bog‘liq bo‘ladi. Payvandlanadigan detallarning 
kesimi kattalashganda ulagichlar va o‘yiqlarning o‘lchamlari ortadi, shunga 
yarasha 

cho‘k
ham kattalashadi. qizdirib payvandlashda deformatsiya 
detallar uzunligining katta qismiga tarqaladi, bunda 

cho‘k
kattalashadi.
Tekshirish uchun savollar
1. Payvandlashda plastik deformatsiyaning ahamiyati nimada?
2. Nuqtali payvandlashdagi plastik deformatsiyaning o‘ziga xos xususiyatlari 
qanday?
3. Chokli va relyefli payvandlashdagi plastik deformatsiya qanday o‘ziga xos 
xususiyatlarga ega?
4. Uchma-uch payvandlashdagi plastik deformatsiyaning o‘ziga xos xususiyatlarini 
aytib bering.


46
7-bob. BIRIKMALAR HOSIL 
BO‘LAYOTGANDA 
YUZ BERADIGAN jARAYONLAR
7.1. Sirtqi pardalarning yo‘qolishi
S i r t q i p a r d a l a r ( o k s i d l a r , 
qoplama qatlamlar), qoidaga ko‘ra, 
payvandlanayotgan metallar yoki 
qotishmalarga nisbatan qiyinroq 
eriydigan bo‘ladi (temir oksidlaridan 
tashqari). Payvandlash jarayonida ular yemirilishi va ikki detalning birikmasi 
sirtidan yo‘qotilishi kerak, chunki, umumiy holda jarayonning yakuniy 
bosqichida ularning mavjud bo‘lishi metall bog‘lanishlar yuzaga kelishiga 
to‘sqinlik qiladi.
Nuqtali, relyefli va chokli payvan d lash sharoitida sirtqi qatlamlarning 
yemirilishi va qayta taqsimlanishiga ikki listning tegish joyidagi metallni 
eritish orqali erishiladi. Mazkur pardalarning yemirilishi va yo‘qotilishi elektr-
dinamik kuchlar ta’sirida ro‘y beradi, bu kuchlar ta’sirida o‘zakning suyuq metali 
aralashib ketadi.
Suyuq metallning aralashib keti shiga payvandlash toki bilan ana shu 
tokning o‘zi hosil qilgan magnit maydonining o‘zaro ta’sirlashuvi sabab 
bo‘ladi.
Tokning zichligi j
0
o‘zakning kesimida bir tekis taqsimlanadi, deb taxmin 
qilinsa, z o‘qdan r masofada turgan metallning elementar hajmi DV ga ta’sir 
6.4-rasm. Relyefli payvandlashdagi plastik deformasiya:
a — jarayonning boshida; b — jarayonning oxirida.
6.3-rasm. Chokli payvandlashdagi 
plastik deformatsiyaning yo‘na lishi: 
1 — jadal deformatsiyalanish joyi; 2 — 
erigan metall.


47
qiluvchi DF
j
kuch quyi dagicha bo‘ladi:
DF

= m

j
0
2
DV

/2,
bu yerda: m

— moddaning mutlaq magnit singdiruvchanligi.
O‘zakning barcha hajmlari DV ga ta’sir qiluvchi DF

kuchlar suyuq 
o‘zakda suyuqlikda gravitatsion kuchlardan yuzaga keluvchi bosimga 
o‘xshash bosim hosil qiladi. Shuningdek bu kuchlar qattiq holatdagi 
metallning hajmlariga ham ta’sir qiladi, bu yerda ular kristall panjaraning 
qarshilik kuchlari bilan muvozanatlanadi.
Hajmiy kuchlar DF

o‘zakning chekkalarida eng yuqori qiymatga ega 
bo‘ladi va uning markazida nolgacha kichiklashadi. Listlarning tegish joyi 
kesimidagi bosim parabola tenglamasi bilan ifodalanadi:
P =m

j
0
2
(R
2
- r
2
)/4
va uning markazida eng yuqori qiymatiga erishadi (R — o‘zakning 
radiusi).
qoidaga ko‘ra, quyma o‘zak ellipsoid shaklida bo‘ladi, shu bois erigan 
metallda bosim gradiyentlari nafaqat gorizontal yo‘nalishda (DP
r
), balki 
vertikal yo‘nalishda ham (DP
z
) keladi. Ana shu gradiyent lar ta’sirida suyqlik 
qatlamlari aylanib yuradi.
Eritmadagi muallaq qattiq (elektr o‘tkazuvchan DV
1
yoki ko‘p hollarda 
elektr o‘tkazmaydigan DV
2
(parda zarralariga I—I va II—II kesimlardagi 
bosimlar farqi tufayli yuzaga kelgan DF
p
kuchlar ta’sir qiladi:
.
Elektr o‘tkazmovchan zarralar harakatlanib, quyma o‘zakning chetlarida 
to‘planadi. Agar elektr o‘tkazuvchan zarra DV
1
dagi tokning zichligi j
1
erigan 
6.5-rasm. Cho‘ktirishda metallning deformatsiyalanishi:
a — erkin deformatsiya sxemasi; b — majburiy deformatsiya sxemasi 
(1 — payvandlanayotgan detallar; 2 — shakl qismalar); 
d — cho‘ktirishning boshlang‘ich payti.


48
metalldagi tokning zichligi j
0
dan katta bo‘lsa, u holda zarraga
DF=DF
p
- DF
j
=m
0
( j
0
2
— j
1
2
)r 
2
/4
kuchlar farqi ta’sir qilishi natijasida zarra o‘zak markazi tomon 
harakatlanadi.
Uchma-uch payvandlashda detallarning uchlari atmosfera bilan o‘zapo 
ta’sirlashish uchun ochiq bo‘ladi. qarshilik bilan payvand lashda oksidlanish 
jarayoni eng aktiv avj oladi. Eritib payvandlash uchun detallarning uchlarida 
metallning uzluksiz yangilanib turishi, kislorod va boshqa gazlarni bog‘lab 
turuvchi ulagichlar portlaganda tirqishda ko‘p miqdorda metall tomchilari 
hamda bug‘lari (masalan, po‘latlarni payvandlashda uglerod oksidi CO) 
vujudga kelishi xosdir, bu esa metallning atmosfera bilan o‘zaro ta’sirlashish 
jadalligini ancha susaytiradi. Ammo kimyoviy aktiv metallar (titan, molibden 
va b.) ni biriktirishda bunday himoya yetarli darajada samarali bo‘lmay 
qolishi mumkin va shu bois ayrim hollarda payvandlash inert gazlar 
muhitida olib boriladi. Uchma-uch payvandlashda oksidlarning yemirilish 
va yo‘qolish shart-sharoiti detallar uchlarining haroratiga, haroratlar 
gradiyenti, oksidlar va metallarning xossalariga bog‘liq.
qarshilik bilan payvandlashda oksidlarni yo‘qotishning qiyinligi 
ularning qattiqligi ortishi bilan oshadi. Masalan, po‘latlarni payvandlashda 
qattiqligini asosiy metallning qattiqligi bilan solishtirib bo‘ladigan Fe
2
O
3
oksidini yo‘qotish qiyin. Ammo erish harorati va qattiqligi po‘latnikidan 
past bo‘lgan FeO osongina yo‘qoladi. Eritib payvandlashda, qachonki 
oksidlar asosan suyuq, taglikda turgan paytda ularning qattiqligi ularning 
yo‘qolishiga jidiy ta’sir ko‘rsatmaydi. qarshilik bilan payvandlashda plastik 
deformatsiya nisbatan kam bo‘lgani bois oksidlar qisman yemiriladi va 
yo‘qoladi. Bunda yuzaning yangilanishi (detallar uchlaridan oksidlarning 
yo‘qolishi) 60—70% dan oshmaydi, bu esa umumiy holda birikmalarning 
plastikligi nisbatan past bo‘lishini belgilab beradi.
Eritib payvandlashda oksidlarning yo‘qolishi ancha osonlashadi va 
birikish joyidan otilib chiqayotgan erigan metall zarralari bilan birga va 
asosan oksidlarni suyuq hamda qattiq metall bilan gratga siqib chiqarib 
cho‘ktirish paytida yuz beradi. Eng maqbul rejimda deformatsiya nisbatan 
kam bo‘lgani holda yuzaning yangilanishi 100% ga yaqinlashadi.
7.2. Payvandlashda metallning issiqlikdan kengayishi
Metall jismlar qizishi natijasida ularning chiziqli o‘lchamlari va hajmi 
kattalashadi (dilatometrik effekt). Xususan qattiq jismning T haroratida 
uning uzunligi l
j
va hajmi V
j
ushbuga teng bo‘ladi:


49
l

= l
0
(1 + a
l
T) va V

= V
0
(1 + b
V
T),
bu yerda: l
0
va V
0
harorat T=0 bo‘lganda jismning uzunligi va hajmi; a
l
va b
V
— chiziqli hamda hajmiy keskin kengayishning termik koeffitsiyentlari.
Eriganda jismning hajmi keskin kattalashib, V
0
ning 8—10 % iga 
yetadi.
Nuqtali va chokli payvandlash sharoitida detallarning qalinligi hamda 
hajmi kattalashuvi asosan z o‘qda yuz beradi, chunki metallning qo‘shni 
qismlari sovuqroqligi hajmning r o‘q yo‘nalishida kattalashuvini to‘xtatib 
turadi. Payvandlashda metallning issiqlikdan kengayishi mashina 
elektrodlari, asosan yuqorigi harakatlanuvchi elektrodning siljishiga (orasi 
ochilishiga) sabab bo‘ladi.
Yuqorigi elektrodning sezilarli 
darajada siljishi metall erigan (o‘zak 
paydo bo‘lgan) paytdan boshlab 
kuzatiladi va endi bundan keyin harorat 
maydoni hamda o‘zakning o‘lchamlari 
kattalashuvi bilan yuz beradi.
7.3. Elektrod-detal tegish joyida 
massa ko‘chish jarayonlari
Payvandlashda elektrod-detal tegish 
joylari chegarasi orqali mexanik yo‘l 
bilan yoki diffuziya tufayli elektrodlar 
va detallar metali oz miqdordagi 
massasining o‘zaro ko‘chishi yuz 
beradi.
Payvandlash toki ulanmasdan oldin 
payvandlash kuchi berilganda elektrod-
detal tegish joyida mikrochiqiqlarning 
qayishqoq-plastik deformatsiyalanish, 
chiqiqlarning o‘yiqlarga kirish, ularning 
kesilish va qadalib qolish, ularning 
yuzasidagi oksidlarning qisman 
yemirilish va oz miqdordagi fizik 
bog‘lanishlar paydo bo‘lish jarayonlari 
yuz beradi. Bu jarayonlarga payvandlash 
mashinasidagi kuch tizimi pastki va 
ustki konsollari bikrligi har xilligi tufayli 
elektrodlarning detallar yuzasiga 
7.1-rasm. O‘zakning suyuq metali 
aralashayotganda aylanib yurish 
yo‘nalishi.
7.2-rasm. Elektrodinamik kuchlarni 
aniqlash sxemasi va tok zichligi j
0

kuchlar F
j
va bosimlar P ning suyuq 
metallda z hamda o‘qlar bo‘yicha 
taqismlanish sxemasi.
4 — M.A. Abralov, N.S. Dunyashin


50
nisbatan harakatlanishi sababli vujudga keluvchi siljish deformatsiyalari 
ham yordam beradi.
Payvandlash toki ulanganda detallarning elektrodlarga yaqin qismlari 
qizib borgani sari mikrorelyeflarning plastik deformatsiyaga qarshiligi 
kamayib boradi, shunga mos ravishda ularning plastik deformatsiyasi 
ortadi, amalda tegish joylari kengayadi, nafaqat fizik, balki kimyoviy 
bog‘lanishlar ham yuzaga kelishi uchun sharoit paydo bo‘ladi. Metallarning 
o‘zaro singish (diffuziyasi) jarayoni rivojlanadi.
Detallar yoki elektrodlarning yuzalari yaxshi tozalangan bo‘lmasa, 
mikrorelyeflar orasida yuzaga kelgan ajralib qolgan bo‘shliqlar oksid va 
gidrooksid pardalari hamda singigan moddalar bilan to‘lib qoladi. Harorat 
ko‘tarilishi bilan gidrooksidlar parchalanib, gaz, xususan, kislorod ajralib 
chiqadi. Bunda yuzaga keluvchi ortiqcha bosim «yoruvchi» effekt hosil 
qiladi, u tegish joylaridagi bosimni pasaytiradi, kislorodning ortiqchasi 
esa chiqiqlar asosini yana oksidlab elektr kontaktlar yuzining kengayishiga 
to‘sqinlik qiladi. Ikkilamchi oksidlash va yoruvchi effekt mos ravishda 
tokning mahalliy zichligi kamayishiga to‘sqinlik qiladi hamda tegish 
qarshiligini oshiradi, bu esa elektrod-detal tegish joyida haroratning 
ko‘tarilishiga yordam beradi.
Payvandlash toki uzilganda va siqish kuchi olinganda hosil bo‘lgan 
mahalliy bog‘lanishlar mikrochiqiqlar deformatsiyalanganda to‘plangan 
qayishqoq kuchlar ta’sirida, shuningdek qisman yoruvchi effekt ta’sirida 
yemiriladi. Elektrod ko‘tarilganda odatda bog‘la nishlarni yemirish uchun 
qo‘shimcha kuchlar talab qilinmaydi.
Elektrodlar yuzasida singish yoki mexanik deformatsiya jarayonlari 
natijasida o‘tib qolgan payvandlanayotgan metall zarralari qoladi. Yumshoq 
metall (masalan, aluminiy) zarralarini elektrod yuzasining nisbatan qattiq 
relyefi o‘ziga „ilintirib“ oladi. Bu jarayon po‘lat detallarni payvandlashda 
deyarli qayd etilmaydi.
Elektrodlarni ishlatish jarayonida ularning yuzasida massa ko‘chishidan 
o‘zaro ta’sirlashuv mahsullari to‘planishi ko‘payadi. Bunda shunday 
7.3-rasm. Eritmadagi muallaq holatdagi zarralarga ta’sir qiluvchi kuchlarning 
taqsimlanishi.


51
joylar yuzaga keladiki, metall bog‘lanishlar hosil bo‘lib, ular payvandlash 
jarayonini me’yorida olib borishga to‘sqinlik qiladi.
Detallar yuzasida elektrod metalining aralashmalari qolib, elektrodlarda 
o‘zaro ta’sirlashuv mahsullari ortib borgani sari ularning miqdori ham 
ko‘payib boradi.
Shunday qilib, massa ko‘chish tezligi tegish joyidagi harorat, metallarning 
yuqori haroratlarda bo‘lish vaqti, detal va elektrodlar yuzasining ahvoli, 
siljish deformatsiyalari darajasi, elektrod metali va payvandlanayotgan 
metallning fizik xossalari bilan nazorat qilinadi.
7.4. Termodeformatsiya jarayonlarining payvandlash joyi metalining 
xossalariga ta’siri
Payvandlash jarayonida metall termodeformatsiya ta’siriga uchraydi, bu 
ta’sir, o‘z navbatida, o‘zak va chok yaqinidagi metall ning tuzilmasi hamda 
xossalariga ta’sir ko‘rsatadi.
Kam uglerodli po‘latni payvandlashda o‘zak 1 ga tutashuvchi tor joy 
2 da donalar chegaralari eriydi. Bundan narida yirik donali tuzilmaga ega 
bo‘lgan o‘ta qizish joyi (3) o‘rin oladi. A
s3
nuqtadan ortiq qizigan joylarda 
(3—5) tez sovish natijasida martensit aralashmalari paydo bo‘lishi mumkin, 
ammo bu joylarning nuqtalarning mustahkamligiga umumiy ta’siri juda 
kichik bo‘ladi.
Aluminiy qotishmalari uchun ikki joy (zona) ning bo‘lishi o‘zakning 
chekkalarida dendrit tuzilma va uning o‘rtasida (markazida) teng o‘qli 
donalarning cho‘zilgan sohasi xosdir. Sovish tezligi katta bo‘lganda likvatsiya 
jarayonlari kuchayadi. Legirlovchi elementlar miqdori dendritlarning 
asosidan uchi tomon ko‘payib boradi (dendrit ichidagi likvatsiya). Ayrim 
kristallar intermetallidlar va evtektiklar to‘ri bilan qurshalgan bo‘ladi 
(dendritlararo likvatsiya). Likvatsiya jarayonlari rivojlanishi kuzatiladigan 
joylar ham juda mo‘rt bo‘ladi.
Chok tarkibining notekisligi hatto navbatdagi termik ishlovda ham 
qiyinlik bilan tekislanadi.
Chok yaqinidagi joyda toblanish, oson eriydigan evtektiklarning 
donalar chegarasi bo‘ylab erishi, qisman kuyish, qasmoqning olinish 
rekristallizatsiya va shu kabilar oqibatida metallning boshlang‘ich tuzilmasi 
va xossalari o‘zgarishi kuzatiladi.
7.5. qoldiq zo‘riqishlarning yuzaga kelishi
Sovish bosqichida payvandlash joyida cho‘kish erkin emasligi va 


52
siqish kuchi ta’sir qilishi natijasida metallning o‘ta zo‘riqqan holati yuzaga 
keladi. Ichki zo‘riqishlarning taqsimlanish turi vaqt bo‘yicha o‘zgaradi, 
chunki u nafaqat cho‘kish na tashqi bosimga, balki metallning plastik 
deformatsiyaga qarshiligiga ham bog‘liq bo‘ladi. Sovishning boshida 
yoki s
D
ning nisbatan kichik qiymatida z o‘q bo‘ylab cho‘kish F
pay
ta’sirida 
metallning deformatsiyalanishi bilan sezilari darajada qoplanadi, nuqtali 
payvandlashda bu yo‘nalishda cho‘zuvchi zo‘riqishlar katta bo‘lmaydi, 
elektrodlar oldida esa ko‘pincha qoldiq siquvchi zo‘riqishlar paydo 
bo‘ladi.
Bo‘ylama yo‘nalishda (r o‘q bo‘ylab) cho‘kish deyarli qoplanmay qoladi, 
chunki sovish hisobiga quyma o‘zak atrofida o‘ziga xos bikr sinch hosil 
bo‘lib, u bu yo‘nalishda tashqi kuch ta’sirida deformatsiyaga to‘sqinlik 
qiladi. Shu sababli, payvandlash joyining markaziy qismida qoldiq, radial 
s
r
va aylana s
q
zo‘riqishlar hosil bo‘lish jarayonlari rivojlanadi.
Bu zo‘riqishlar qanday hosil bo‘lishini quyidagi sxema bilan tushuntirish 
mumkin. Sovish paytida ichki qatlamlar, masalan, halqa ko‘rinishida 
kaltalashishga urinadi, ammo sovuqroq qo‘shni tashqi halqalar bunga 
to‘sqinlik qiladi, natijada ularda qoldiq, cho‘zuvchi zo‘riqishlar s
r
va s
q
yuzaga keladi. O‘zakdan uzoqlashganda cho‘kish harorati va kattaligi 
pasayadi, cho‘zuvchi zo‘riqishlar nolgacha kichiklashadi. Oraliq ancha katta 
bo‘lganda s
q
o‘z ishorasini o‘zgartiradi va siquvchi zo‘riqishlarga aylanadi. 
Shuni nazarda tutish kerakki, sovish chog‘ida qoldiq cho‘zuvchi zo‘riqishlar 
s
T
dan katta bo‘lishi mumkin.
Agar payvandlash joyi sovib borgani sari tashqi bosimni oshirish evaziga 
metallning qo‘shimcha plastik deformatsiyasi keltirib chiqarilsa va bu bilan 
cho‘kish jarayonlari qoplanishi ta’minlansa, cho‘zuvchi zo‘riqishlar s
r
va s
q
ni kamaytirish va hatto siquvchi zo‘riqishlarga o‘zgartirish mumkin. Bu 
siqish kuchini F
cho‘k
gacha ravon yoki pog‘onama-pog‘ona oshirib borish 
yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Tekshirish uchun savollar
1. Kontaktli payvandlashda nima uchun oksid pardalarini yo‘qotish zarur?
2. Oksid pardalarini yo‘qotish jarayoni qay tarzda kechadi?
3. Dilatometrik effektning mohiyatini aytib bering.
4. Kontaktli payvandlashda massa ko‘chish tezligi qanday omillar bilan belgilanadi?
5. Kontaktli payvandlashda qoldiq zo‘riqishlar paydo bo‘lish jarayoni qay yo‘sinda yuz 
beradi?
8-bob. KONTAKTLI PAYVANDLAB HOSIL 
qILINADIGAN PAYVAND BIRIKMALAR DETALLARI 


53
VA qISMLARINING TUZILISHI
8.1. Kontaktli nuqtali va chokli payvandlab 
hosil qilingan birikmalarning tuzilishi
Nuqtali va chokli payvandlash yo‘li bilan ko‘pincha 0,5—6 mm 
qalinlikdagi detallar biriktiriladi. Ammo qalinlikning eng pastki chegarasi 
(mikropayvandlash) 2 mkm gacha, eng yuqori chegarasi esa 30 mm gacha 
yetishi mumkin. Payvandalanadigan detallarning qalinligi bir xil yoki har 
xil (qalinliklar nisbati 1:5 gacha, mikropayvandlashda esa 1:100 va bundan 
katta bo‘lgani holda) bo‘lishi mumkin. Agar zichlik talab qilinmasa, nuqtali 
payvandlash qo‘llaniladi. Mustahkam-zich birikmalar chokli payvandlab 
hosil qilinadi.
Ko‘p hollarda ikki tomonlama payvandlash qo‘llaniladi, ammo 
payvandlash joyi noqulay bo‘lganda bir tomonlama payvandlashdan 
foydalaniladi. Unumdorlikni oshirish va tob tashlashni kamaytirish 
maqsadida ko‘p nuqtali payvandlashdan foydalaniladi.
«Birikmaning eng maqbul o‘lchamlari» tushunchasiga bir necha 
o‘lchanadigan qiymatlar kiradi, ular birikmaning konstruktiv qismlari deb 
ataladi va GOST 15878—79 bo‘yicha standartlashtirilgan.
Asosiy konstruktiv qismlar o‘zakning hisosblab aniqlanadigan eng 
kichik diametri (nuqtali payvandlash uchun) va quyma joyning (zonaning) 
7.4-rasm. Elektrod-detal tegish joyidagi massa ko‘chish jarayonining sxemasi:
a — tok ulanmasdan oldingi tegish joyi; chiziqlar oralig‘i keng chegara elektrod o‘zaro 
ta’sirlashuv mahsullari va oksidlar; chiziqlar oralig‘i tor chegara — detaldagi oksid pardasi; 
b — metallarning bir-biriga singishi (diffuziyalanishi); d — mahalliy erish va o‘zaro diffuziya; 
e — ikkilamchi oksidlanish hamda yoruvchi effekt kuchlari (F
yo
) kuchlarining yo‘nalishi; f — 
elektrodlar orasining ochilishi (elektrod ilashtirib 
ketgan detal zarralari shtrixlangan).


54
eni chokli payvandlash uchun hisoblanadi, ular detallar tutashmasining 
tekisligidan o‘lchanib, ushbu ikkala payvandlash uchun d harfi bilan 
belgilanadi. Bu o‘lchamlar ustma-ust qo‘yish eng kichik bo‘lgani holda 
chokning mustahkamligi, zichligi zarur darajada va barqaror chiqishi 
shartidan kelib chiqib belgilanadi. O‘zakning eng katta o‘lchamlari turli 
nuqsonlar paydo bo‘lishi, elektrodlarning chidamlikda pasayishi mumkinligi 
sababli cheklanib, yuqori chegaralar eng kichik joiz chegaralardan 15—25 
% ortiq qilib belgilanadi (S  0,5 mm bo‘lgani holda). Detallarning qalinligi 
S  0,5 mm bo‘lganda quyma o‘zakning eng kichik diametrini empirik 
formula yordamida taxminan aniqlash mumkin: d = 2S + (2-3) mm. Uning 
qalinlik ortishi bilan d/s nisbatning kamayishini inobatga oluvchi aniqroq 
qiymatlari ushbu d = 4S
2/3
formula bilan ifodalanadi.
Birikmaning boshqa konstruktiv qismlari quyidagilardan iborat:
1. Erish qiymati h(h
1
) ko‘p hollarda detal qalinligining 20—80 % atrofida 
bo‘lmog‘i lozim: h(h
1
) £ (0.2¸0.8) S (S
1
).
U har bir detal uchun alohida-alohida o‘lchanadi. Eng kichik qiymatlari 
qalinligi bir xil bo‘lmagan detallarni payvandlashda yupqa detalning 
erishiga to‘g‘ri keladi:
h(h
1
) £ (0,2 ¸ 0,95) S (S
1
) — titan qotishmalari uchun;
h(h
1
) £ 0,3 S (S
1
) — aluminiy va magniy qotishmalari uchun.
2. O‘yiqning chuqurligi g (g
1
) : g (g
1
) £ 0,2 S (S
1
);
g (g
1
) £ 0,3 S (S
1
) — qalinligi bir xil bo‘lmagan detallarni va noqulay 
joylarda payvandlashda. Mikropayvandlashda o‘yiqning chuqurligi odatda 
bir necha foizdan oshmaydi. Bundan chuqur o‘yiqlar birikmaning tashqi 
ko‘rinishini xunuklashtiradi va odatda nuqtalarning mustahkamligini 
pasaytiradi.
3. qatordagi qo‘shni nuqtalar markazlarining eng kichik oralig‘i yoki t
q
7.5-rasm. Kam uglerodli po‘latni 
payvandlashda tuzilmasining 
o‘zgarishi:
1 — o‘zak; 2 — donalar chegaralari 
qisman eriydigan joy; 3 — ortiqcha 
qiziydigan joy; 4 — toblanadigan 
joy; 5 — qisman toblanadigan joy; 
6 — bo‘shashadigan va qayta 
kristallanadigan joy.


55
chokning yuqori darajada mustahkamligi saqlanib qolgani holda tokning 
biroz shuntlanishi shartidan kelib chiqib belgilanadi.
4. Zich chokdagi quyma joylar (zonalar) ning bir-birini qoplash kattaligi f 
quyma joy uzunligi l ning kamida 25% ini tashkil etishi kerak.
5. Ustma-ust qo‘yish kattaligi (B) biriktiriladigan detallar tutashtiriladigan 
qismining eng kichik soni bo‘lib, bunda qo‘shni qismlar (devor, tokcha) 
ning dumaloqlanish radiusi hisobga olinmaydi. r < 2S bo‘lganda ustma-
ust qo‘yish kattaligiga devorning radiusigina emas, balki qalinligi ham 
kiritiladi (qo‘shiladi).
6. Chok nuqtasi markazidan yoki o‘qi markazidan ustma-ust birikmaning 
chetigacha bo‘lgan oraliq 0,5 B dan bo‘lmasligi darkor;
7. qo‘shni qatorlar o‘qlarining o‘rtasidagi oraliq «c» t
q
dan 20% ortiq 
qilib olinadi.
Detallarning qalinligi ortishi bilan konstruktiv qismlarining 
mutlaq o‘lchamlari kattalashib boradi. Ularning ayrimlari (B, h, t
q
, u, c) 
materialga bog‘liq, bo‘ladi. B, h, t
q
, u, c ning qiymatlari, bundan tashqari, 
payvandlanadigan detallarning qalinligiga ham bog‘liq bo‘ladi: S/S
1
>2 
bo‘lganda ular 20—30 % oshiriladi. Umuman olganda, qalinligi baravar 
bo‘lmagan detallarni payvandlashda konstruktiv qismlari yupqaroq detalga 
qarab tanlanadi.
8.2. Kontaktli relyefli payvandlab hosil 
qilinadigan birikmalarning tuzilishi
Sovuqlayin shtamplab olingan turli shakldagi relyefli list materiallardan 
birikmalarni relyefli ustma-ust payvandlab hosil qilish eng ko‘p 
tarqalgan.
Odatda dumaloq relyefdan (8.2-a rasm) foydalaniladi, u qizish chog‘ida 
7.6-rasm. Yuqori darajada mustahkam 
aluminiy qotishmalarini payvandlash 
tuzilmasining o‘zgarishi:
1 — o‘zak; 2 — donalar chegaralari 
qisman eriydigan joy; 3 — toblanadigan 
joy; 4 — yumshaydigan va qayta 
kristalla nadigan joy.


56
payvandlash kuchlarini qabul qilish uchun zarur bikrlikni ta’minlaydi. 
Bunday birikmada qizish va keyin nuqta quyma o‘zagining shakllanishi 
chetdan markazga tomon bir tekis yuz beradi. Bunday relyeflar uchun 
mo‘ljallangan asboblarni tayyorlash va ta’mirlash oson. Dumaloq relyeflar 
sonini oshirish mumkin bo‘lma gan va uchma-uch birikmaning o‘lchamlari 
chegaralangan holarda payvandlash yuzini kattalashtirish uchun uzunchoq, 
shakldagi relyeflar (8.2- b rasm) qo‘llaniladi. Zich birikmani halqasimon relyef 
(8.2-d rasm) ta’minlaydi. Mahkamlash buyumlarini tayyorlashda relyeflarni 
sovuqlayin hosil qilinadi (8.2-e, f rasmlar). Bunday relyeflarda chuqurchalar 
bo‘lmaydi va ular payvandlashda siqish kuchlarini yaxshiroq qabul qildi. 
Bunday relyeflarni listda ham chuqurchalarsiz hosil qilish mumkin (8.2-g 
rasm). By turdagi relyef qalinligi kichik detallarni hamda egiluvchan metallar 
va qotishmalardan tayyorlangan detallarni payvandlashda qo‘llaniladi.
Zich birikmalar uchun qo‘llaniladigan o‘tkir qirrali relyeflar alohida 
guruhni tashkil qiladi. Bu T-simon birikmalar katta guruhi ning bir turidir. 
Bunday birikmada halqasimon relyef teshiklarning ichki qirralaridan biri 
bilan detalning teshik o‘qiga burchak ostida joylashgan tashqi tekisligi 
orasida hosil bo‘ladi (8.2-h, k rasm). Amaliyotda keng ko‘lamda qo‘llaniluvchi 
T-simon birikmalarning boshqa guruhini detallaridan biri bilan boshqa 
detalining keng yuzasida payvandlanadigan buyumlar tashkil etadi (8.2-l, 
m rasmlar). Agar detallardan biri sterjendan iborat bo‘lsa, u holda uning 
uchi to‘liq payvandlanadi. Zarur relyef sterjenning oxirida (uchida) yoki 
payvandlanadigan tekislikda hosil qilinishi mumkin. quvur va tekislikni yoki 
ikkita quvurni payvandlashda, shuningdek relyeflar list uchida joylashgan 
yoxud detal tekisligida payvandlab hosil qilingan listlarni payvandlashda 
ham ana shunday birikmadan foydalanilishi mumkin (8.2-n rasm). Relyefli 
7.7-rasm. Nuqtali payvandlashdan keyin qoladigan qoldiq kuchlanish.


57
birikmalarga simlar, sterjenlar yoki quvurlarning xochsimon birikmalari 
kiradi (8.2-o, p, q rasm). Bunday birikmada relyefni detalning tabiiy shakli 
hosil qiladi. Mustah kamligini oshirish uchun payvandlash joyida quvur 
deformatsiya lanadi (8.2-q rasm). Ustma-ust va T-simon birikmalardagi 
payvand lanadigan detallar orasida joylashuvchi qistirma-konsentratorlar 
o‘ziga xos relyeflar sanaladi (8.2-r, s rasmlar). Ular qalinligi katta detallarni 
payvandlashda, shuningdek shtamplab yoki cho‘ktirib relyeflar hosil qilish 
qiyin bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. qistirma payvandlash joyini legirlashi 
mumkin.
Relyefli payvandlashda birikmalar erigan o‘zakli va qattiq holatda bo‘lishi 
mumkin. Shtamplangan relyeflari bo‘lgan list metallar odatda o‘yma o‘zakli 
qilib biriktiriladi, vahonlanki, qattiq holatda payvandlashda bu turdagi 
birikmalarning mustahkamlik ko‘rsatkichlari ancha yuqori bo‘ladi. Bunga 
payvandlash joyining radial yo‘nalishda jadal plastik deformatsiyalanishi 
sabab bo‘ladi.
Shtamplangan dumaloq relyeflarning diametri d
r
va balandligi h
r
ni 
quyidagi o‘zaro nisbatlardan foydalanib, detalning qalinligi d ga bog‘liq 
holda taxminan hisoblab topish mumkin:
h

= 2d + 0,75; h

=0,4d + 0,25.
Bu holda birikmaning quyma o‘zagi diametri d = (1,2 — 1,5)d
r
bo‘ladi.
8.1-rasm. a — nuqtali payvandlashda; b — chokli payvandlashda hosil bo‘luvchining 
konstruktiv qismlari.


58
8.3. Kontaktli uchma-uch payvandlab hosil qilingan birikmalarning 
tuzilishi
Legir po‘latlarni tejash uchun uchma-uch payvandlashdan sanoatda 
prokatdan uzun buyumlar, tutash shakldagi oddiy tanavorlar va detallardan 
murakkab detallar (qirquvchi asboblar, dvigatellar klapanlari va b.) 
tayyorlashda keng foydalaniladi.
Detallarning shakli ularni mashina jag‘larida (elektrodlarda) puxta 
mahkamlab qo‘yishni ta’minlamog‘i lozim. Ikkala tanavor bir tekis qizishi 
va bir xil plastik deformatsiyalanishi uchun zarur sharoit yaratilishi, 
tanavorlarning shakli hamda o‘lchamlari taxminan bir xil qilib tanlanishi 
kerak. Ularning diametrlaridagi farq 15% dan, qalinligidagi tafovut esa 10% 
dan oshmasligi darkor.
Tekshirish uchun savollar
1. qaysi parametrlar nuqtali payzandlab hosil qlinadigan birikmaning asosiy konstruktiv 
qismlari hisoblanadi?
2. Nuqtali payvandlab hosil qilinuvchi birikmaning asosiy konstruktiv qismlari 
qiymatlari nimalarga bog‘liq?
3. Relyefli payvandlab olinadigan birikmalarning asosiy konstruktiv qismlarini aytib 
bering.
9-bob. PAYVAND UZELLAR ISHLAB CHIqARISH TEXNOLOGIK jARAYONI
Texnologik jarayon yangi konstruksiyani loyihalash bosqichidayoq 
avval dasturulamal texnologiyani, keyin texnologik ish jarayonini 
(yo‘nalish texnologiyasi va operatsion xaritalarni) yaratish yo‘li bilan ishlab 
chiqiladi.
Payvand uzellar ishlab chiqarishning namunaviy texnologik jarayoni 
muayyan izchillikda bajariladigan quyidagi qator asosiy operatsiyalardan 
iborat:
1) detallar tayyorlash;
2) payvandlanadigan yuzalarni hozirlash;
3) yig‘ish;
4) bir necha joyidan payvandlab qo‘yish;
5) payvandlash;


59
6) to‘g‘rilash va mexanik ishlov berish;
7) korroziyadan himoyalash;
8) nazorat qilish.
9.1. Detallar tayyorlash
Detallar chizmalarga muvofiq, ularning o‘lchamlari va joizliklariga 
(äîïóñêlariga) aniq rioya etilgan holda tayyorlanmog‘i zarur, chunki ularning 
tayyorlanish sifati yig‘ish, bir necha joyidan payvandlab qo‘yish (ïðèõâàòêà), 
payvandlash ishlarining mehnat sarfi hamda aniqligiga bevosita ta’sir qiladi. 
Ko‘p hollarda tirqishlarning keragidan katta chiqishi va detalning yomon 
tutashuviga aynan tayyorlash aniqligining pastligi sabab bo‘ladi. Tanavorlar 
listlardan gilotin, disksimon va tebranma qaychilar bilan, shtamplarda, gaz 
alangasi, plazma oqimi bilan kesib olinadi. Titan qotishmalaridan issiqqa 
chidamli po‘latlardan qilingan listlarni avtomatik bichish uchun lazerdan 
foydalaniladi, Profillar press-qaychilar va arralar bilan kesib bo‘linadi. 
Detallarga shakl berish odatda sovuq holatda deformatsiyalash: aylanuvchi 
jo‘valarda egish, erkin usulda egish, sirish, cho‘zish, shtamplash yo‘li bilan 
amalga oshiriladi. Uchma-uch payvandlashda detallarning uchlari qaychi, 
8.2-rasm. Relyef turlari.
Xochsimon birikmalar
Qistirmali birikmalar
Ustma-ust birikma 
Po‘lat listdagi shtamplangan 
relyeflar
O‘tqazilgan relyeflar
O‘tkir qirrali
Sferasimon
T-simon birikmalar


60
arra, metall kesuvchi dastgohlar bilan kesish yoki sovuqlayin presslarda 
cho‘ktirish, shuningdek plazma oqimi bilan va gaz alangasida kesib, keyin 
shlakni olib tashlash yo‘li bilan hosil qilinadi.
9.2. Yuzani hozirlash
Bu ishdan maqsad xossalariga ko‘ra bir tekis bo‘lmagan boshlang‘ich qalin 
sirtqi pardalarni yo‘qotishdir. qayta oksidlanish natijasida tegish qarshiligi 
kichik va barqaror bo‘lgan yangi yupqa pardalar yuzaga keladi.
Yuzani hozirlash quyidagi izchillikda bajariladigan qator opera t siya larni 
o‘z ichiga oladi:
1. Yog‘sizlantirish — bu operatsiya iflosliklar, moylar, markirovka lash 
bo‘yog‘ini ketkazish uchun xizmat qilib, erituvchilar bilan artish orqali 
yoki turli tarkibdagi vannalarda, masalan, legirlangan po‘latlar va titan 
qotishmalari uchun soda eritmalarida, aluminiy hamda magniy qotishmalari 
uchun ishqor eritmalarida amalga oshiriladi. Sovuqlayin yoyilgan 
(prokatlangan) po‘lat ko‘pincha yuzasini hozirlamasdan payvandlanadi.
2. Mexanik ishlov berish yoki kimyoviy ishlov berish orqali boshlang‘ich 
pardalar, asosan, oksid pardalarini yo‘qotish.
Mexanik usulda hozirlash quyidagicha olib boriladi:
a) qalin oksid pardasi yoki alohida sirtqi qatlamlari bo‘lgan po‘lat 
detallar va TiO
2
qasmog‘i bo‘lgan titan qotishmalariga pitra purkab ishlov 
beriladi. Pitra oqartirilgan cho‘yan zarralari, maydalab kesilgan po‘lat 
sim ko‘rinishida, aluminiy qotishmalari uchun esa shisha zo‘ldirchalar 
ko‘rinishida tayyorlanadi;
b) istalgan metalldan, ammo ko‘pincha po‘latlardan kam miqdorda 
ishlab chiqarilgan detallar aylanuvchi metall cho‘tkalar bilan tozalanadi. 
Aluminiy va magniy qotishmalari uchun yuzani tozalashni qayta oksidlash 
aktivlashtiradi, shu bois saqlash sharoitiga qarab, detallar ishlov berib 
bo‘lingandan so‘ng kechi bilan 5—20 soat ichida payvandlanmogi zarur.
Kimyoviy ishlov berish (xurushlash) deyarli istalgan metalldan bittalab 
va ko‘plab ishlab chiqariladigan detallar uchun qo‘llaniladi.
Kimyoviy ishlov berishning afzalliklari:
— ishlov berilgandan keyin bir tekisroq va aktivligi pastroq parda 
paydo bo‘ladi;
— oksid pardasining xossalarini va yanada o‘sishini boshqarib turish 
imkoniyati bor.
Kimyoviy ishlov berish xurushlash tezligini rostlash, detallarning 
yuzasi bilan o‘zaro ta’sirlashuvni yaxshilash, yuzani passivlantirish uchun 
turli qo‘shimchalar qo‘shilgan ishqor hamda kislota eritmalarida amalga 


61
oshiriladi.
Kam uglerodli va kam legirlangan po‘latlar uchun sulfat kislota va xlorid 
kislota (H
2
SO
4
(200 g), HCl (10 g) 10 l suvda eritiladi, harorat 50—60°C), 
korroziyabardosh va issiqqa chidamli po‘latlar nikel qotishmalari uchun 
— ortofosfor, xlorid hamda azot kislotalarning suvdagi eritmalari (H
3
PO
4
(110 g), HCl (130 g), HNO
3
(10 g) 0,75 l suvda eritiladi, harorat 50—70°C), 
mis qotishmalari uchun HNO
3
(280 g), HCl (1,5 g) qurum (1—2 g) 1 l suvda 
eritiladi, harorat 15—25°C), magniy qotishmalari uchun (NaOH (300—
500g), NaNO
3
(40—70 g), NaNO
2
(150—250 g) 0,3—0,5 l suvda eritiladi, 
harorat 70—100°C.
Aluminiy qotishmalari uchun kaliy yoki natriy xrompik qo‘shilgan 
ortofosfor kislota eritmalaridan (H
3
PO
4
(110—115 g), K
2
Cr
2
O
4
yoki Na
2
Cr
2
O
4
(0,8—1,5 g) 1l suvda eritiladi, harorat 30—50°C) foydalaniladi. Ortofosfor 
kislota aluminiy bilan deyarli o‘zaro ta’sirlashmaydi, ammo sirtqi oksidlarni 
aktiv eritadi.
3. Passivlash — aluminiy va magniy qotishmalari uchun yangi oksid 
pardasini zichlash hamda barqarorlashtirish maqsadida qo‘shimcha 
kimyoviy ishlov berish. Aluminiy qotishmalaridan yasalgan detallar ayni 
chog‘da xurushlovchi xrompik eritmasini qo‘shish orqali xurushlash yo‘li 
bilan ham passivlanadi. Magniy qotishmalari xurushlangandan so‘ng, xrom 
angidrid eritmasida ishlov berib passivlanadi.
4. Yuzani neytrallash yoki tiniqlashtirish — yuzadan reaksiya yoxud 
elektrolit mahsullarini ketkazish. Kam uglerodli va kam legirlangan po‘latlar 
uchun natriy yoki kaliy gidrooksidi (NaOH yoxud KOH 1 l suvda eritiladi, 
harorat 20—25°C), korroziyabardosh hamda issiqqa chidamli po‘latlar, 
nikel qotishmalari uchun Na
2
CO
3
ning 10 % li eritmasi (harorat 20—25°C) 
ishlatiladi.
5. Yuvish — detalga kimyoviy ishlov berishning, har bir operat siyalari 
8.3-rasm. Relyeflar shakli.


62
oralig‘ida odatda issiq suv bilan, keyin esa vodorod ko‘r satkichi pH = 
6,5—7,5 bo‘lgan sovuq suv bilan ishlov beriladi. o‘ta muhim detallar 
sho‘rsizlantirilgan suv bilan uzil-kesil yuviladi.
6. Issiq havo bilan yoki quritish javonlarida quritish.
7. Yuzani hozirlash sifatini nazorat qilish. Yuzani hozirlash sifati ko‘z bilan 
(po‘latlar va titan qotishmalari uchun), etalon namunalar bilan solishtirish 
orqali hamda elektrodlardan bittasi izolatsiyalangan nuqtali payvandlash 
mashinasi turidagi qurilmalarda ikkita siqib qo‘yilgan namunalarning elektr 
qarshiligi r
EE
ni Æ-412 mikroommetri yoki boshqa asboblar bilan o‘lchash 
8.4-rasm. qarshilik bilan payvandlash uchun detallar uchlarining shakli:
a — tekis yuza (aniq moslashni talab qiladi); b — halqasimon chiqiq (mahalliy issiqlik 
ajralib chiqishini ta’minlaydi va uchma-uch birikish joyiga havo kelishini cheklaydi); d — f 
— konus yoki sfera (qizishni mahalliylashtiradi).
8.5-rasm. Eritib payvandlash uchun detallar uchlarining shakli:
a — ratsional; b — ratsional emas (D
pay
— payvandlashda detallarning 
umumiy kaltalashishi).


63
orqali baholanadi. Kam uglerodli konstruksion po‘latlar uchun r
EE
ning joiz 
qiymatlari 600 mkW, kam legirlangan po‘latlar uchun 800, korroziyabardosh 
va issiqqa chidamli po‘latlar uchun 1000, titan qotishmalari uchun 1500, 
mis qotishmalari uchun 300, aluminiy qotishmalari uchun 120—180 mkW 
ga teng.
9.3. Yig‘ish
Yig‘ish ishlari detallar chizmaga muvofiq o‘zaro aniq joylashishini va ular 
orasidagi tirqish eng kichik bo‘lishini ta’minlamog‘i lozim.
O‘zaro almashinuvchan bo‘lmagan detallar bir-biriga moslanadi. 
Detallarning yuzasi muqarrar ravishda ifloslangan bo‘ladi. Shu bois 
avval detallar bir-biriga moslanib, ulardan uzellar yig‘iladi. Keyin uzel 
bo‘laklarga ajratilib, yuzalar hozirlanadi, shundan so‘ng uzil-kesil yig‘iladi. 
Oxirgi bosqichda hech qanday moslash operatsiyalari bo‘lishiga ruxsat 
etilmaydi.
joiz (ruxsat etiladigan) yig‘ish tirqishlari payvandlash usuli uzelning bikrligi 
(detallarning qalinligi va shakli) ga, shuningdek ana shunday tirqishli qismlar 
uzunligiga bog‘liq. Detal qancha bikr va tirqishli qism qancha katta bo‘lsa, 
joiz tirqishlar shuncha kichik bo‘ladi. Masalan, po‘latlardan ishlangan, 1 mm 
qalinlikdagi detallarni nuqtali payvandlashda tirqishlar 100 mm uzunlikda 
0,4 mm dan va 300 mm uzunlikda 1,2 mm dan katta bo‘lmasligi kerak. 3 mm 
qalinlikdagi detallar uchun bu qiymatlar mos ravishda 0,3 va 0,9 mm gacha 
kichrayadi.
Yig‘ish ishlari tushirilgan belgilar etalon uzel bo‘yicha andazalar 
yordamida, yig‘ish teshiklari bo‘yicha maxsus moslamalarda bajariladi. 
Uzel yig‘ib bo‘lingandan keyin unda bir necha joyidan payvandlash 
(ïðèõâàòêà) va payvandlash joylari belgilab olinadi. Belgilash turli usullarda: 
andazalar yoki o‘lchash asbobi yordamida qalam bilan, ustma-ust birikma 
yoniga avval belgilangan (bosmahona usulida) yopishqoq qog‘oz tasma 
yopishtirish orqali amalga oshirilishi mumkin. Nuqtali mashinadagi mexanik 
belgilagichlar (rejalagichlar) yoki optik belgilagichlar samaralidir. Ular 
nuqtalar oralig‘i belgilangan kattalikda bo‘lishini ta’minlaydi.
qarshilik bilan uchma-uch payvandlashda detallarni eritib 
payvandlashdagidan aniqroq o‘rnatish talab qilinadi. Masalan, qarshilik 
bilan payvandlashda detallar uchlari o‘rtasidagi tirqish 0,5 mm dan katta 
bo‘lmasligi kerak. Eritib payvandlashda esa u 0,15 D
erish
gacha bo‘lishi 
mumkin.
Yig‘ish sifati uzelning asosiy o‘lchamlarini, detallarning o‘zaro 
joylashuvini va tirqishlarni tekshirish orqali baholanadi. Tirqishlar bir necha 


64
joyidan payvandlab qo‘yish yoki payvandlash paytida maxsus asbob bilan 
avtomatik o‘lchanishi mumkin.
9.4. Bir necha joyidan payvandlab qo‘yish
Bir necha joyidan payvandlab qo‘yish uzeldagi detallarni aniq holatda 
qotirib qo‘yish, payvandlash vaqtida ular surilib ketishining oldini olish, uzelning 
bikrligini oshirish, tirqishlarni kichiklashtirish va qoldiq deformatsiyalarni 
kamaytirish uchun xizmat qiladi. Yig‘ilgan uzellar ko‘pincha ko‘chmas 
mashinalarda bir necha joyidan nuqtali payvandlab qo‘yiladi; yupqa listlardan 
(tunukada) qilingan murakkab shaklli va katta o‘lchamli detallar uchun bu ish 
kontaktli ko‘chma mashinalarda moslamalar (ombirlar, to‘pponchalar) da yoki 
argon yoyi yordamida payvandlab bajariladi; qalin devorli yirik detallar uchun 
esa argon yoyi yordamida, yoy yordamida qo‘lda payvandlab, keyin bir necha 
joyidan payvandlash joylarini kesib tashlash orqali amalga oshiriladi.
Bir necha joyidan payvandlab qo‘yish joylarining oralig‘i (qadami) 
qotishmaning markasi, detallarning qalinligi, uzelning bikrligi, tirqishlarga 
va payvandlash turiga bog‘liq. Tirqishlar qancha kichik va uzelning bikrligi 
qancha katta bo‘lsa, qadam odatda shuncha uzun bo‘lishi mumkin. Nuqtali 
payvandlash uchun bu qadam odatda 100—300 mm ni, chokli payvandlash 
uchun 3—5 barobar kamni (kuchli tob tashlashning oldini olish maqsadida) 
tashkil etadi. Nuqtali payvandlash uchun detallar chok chizig‘i bo‘ylab 
bir necha joyidan payvandlab qo‘yiladi, bu ishning rejimi payvandlash 
rejimiga o‘xshash belgilanadi. Chokli payvandlash uchun bir necha joyidan 
payvandlash nuqtalari yo chok o‘qi bo‘ylab, yoki yonma-yon joylashtirilib, 
ularning diametri chok enidan kichikroq qilib (2,5 gacha) belgilandi.
Payvandlash moslamalarida bikr qilib qotirib qo‘yilgan oddiy uzellar 
odatda ana shu moslamalarning o‘zida, bir necha joyidan payvandlab 
qo‘ymasdan payvandlanadi. Ko‘p nuqtali payvandlashda ko‘pincha ular 
ortiqcha bo‘lib qoladi.
9.5. To‘g‘rilash va qo‘shimcha mexanik ishlov berish
Payvandlash natijasida uzellarda payvandlash deformatsiyalari, 
zo‘riqishlar va siljishlar (tob tashlashlar) paydo bo‘ladi. Deformat siyalar 
mahalliy (detallar orasidagi tirqishlar, elektrodlar o‘ygan joylar) va 
umumiy (chok uzunligining qisqarishi, halqasimon chokli gardishning 
diametri va uzunligi kichiklashuvi va b.) bo‘ladi. Agar detallarning bikrligi 
bir xil bo‘lmasa, egilishi, turg‘unligining yo‘qolishi, buralib qolishi singari 
nuqsonlar paydo bo‘ladi.


65
Payvandlash deformatsiyalari va siljishlarini kamaytirishning ko‘pgina 
usullari mavjud bo‘lib, ularni ikki katta guruh: oldini oluvchi va tuzatuvchi 
(to‘g‘rilash) usullarga ajratish mumkin. Oldini oluvchi usullar orasida 
chokni „cho‘zuvchi“ F
r
ni qo‘llash, shuningdek metallning tirqishga oqib 
kirishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun detallarni elektrodlar atrofida halqasimon 
qisishdan foydalanish samaralidir. Agar oldini olish choralariga qaramasdan, 
tob tashlash joiz. Tob tashlashdan kattaligicha qolaversa, to‘g‘rilashdan 
foydalaniladi. Uzelning materali, o‘lchamlari va shakliga qarab, termik, 
termomexanik va mexanik to‘g‘rilash usullari qo‘llaniladi.
Uzelni umumiy qizdirgan holda termik ishlov berish nisbatan 
kam qo‘llaniladi, chunki bu usul yupqa devorli detallarda o‘zining 
deformatsiyalarini hosil qiladi. Ko‘pincha bu usul nuqtali payvandlashdan 
so‘ng ikkinchi impulsni o‘tkazib amalga oshiriladi. Ammo bunday termik 
ishlovdan asosiy maqsad birikmalar tuzilmasini va xossalarini yaxshilashdan 
iborat. Bo‘rtiq joyning o‘zinigina ko‘p gaz alangali gorelkalar bilan metall 
plastik oqadigan haroratgacha qizdirish samaralidir. Detal erkin kengaya 
olmagani tufayli bu joy qalinlashadi, sovigandan so‘ng esa qisqaradi.
Termomexanik usullar bir vaqtda yuqori harorat, dilamometrik effekt va 
tashqi kuch ta’sir ko‘rsatishiga asoslangan. Cho‘zilgan qismlarini qisqartirish 
uchun detal nuqtali mashinaning elektrodlari orasida markazi eriguncha 
qizdiriladi. Bunda payvandlangandan keyin chokning qisqarish hodisasidan 
foydalaniladi.
ÁpHÁT qotishmasidan elektrodlar uchidagi uchlik ko‘rinishida yasalgan 
elektr o‘tkazuvchi ustqo‘ymalar orasida «poqil doq»ni qizdirish usulining 
kelajagi juda porloqdir. Usulning yuqori darajada sama radorligiga qizish 
joyning kengligi, metallning issiq likdan kengayishga qarshiligi sun’iy 
ravishda oshirilganligi, yuzalarning shikastlanmasligi yoki sezilarli darajada 
oksidlanmasligi undan xilma-xil qalinlikdagi detallarga ishlov berishda 
foydalanishi mumkinligi sabab bo‘ladi.
Mexanik usullar chokni yoki chok yaqinidagi joyni plastik 
deformatsiyalashga asoslangan. Chok po‘lat puanson bilan metall 
birmuncha deformatsiyalanishi uchun yetarli kuch bilan urib chiqiladi. Bu 
jarayon cho‘kichlash kuchining ta’sirini eslatadi.
Asosiy (bazaviy) va o‘tkazish yuzalariga ega uzellar payvandlab bo‘lingandan 
sung mexanik ishlov: charxlash, frezalash, silliqlash, yoyib kengaytirish va 
boshqalar qo‘llaniladi. Buning uchun payvandlanadigan detallarda ishlov 
berishga qo‘yim qoldiriladi.
Uchma-uch payvandlashdan keyin payvand chokning grati, ba’zan esa 
ayrim qalinlashgan joylari yo‘qotiladi. Detallarning kesimi ixcham bo‘lsa 
(sterjenlar, quvurlarning tashqi choklari), grat va qalinlashgan joy metallning 
5 — M.A. Abralov, N.S. Dunyashin


66
qizigan holatida payvandlash mashinasining qisqichlarida maxsus po‘lat 
pichoqlar bilan, metall qirqish dastgohlarida, ichiga aylanadigan metall 
qirquvchi asbob o‘rnatilgan maxsus olinadigan halqalar bilan yo‘qotiladi.
Relslar payvandlab bo‘lingandan keyin qaynoq, uchma-uch chokini 
maxsus pichoqlar orqali tortib o‘tkazish yo‘li bilan grat kesib tashlanadi.
Tasmalar payvandlab bo‘lingach, choklariga grat keskichlar bilan ishlov 
beriladi. quvurdan yasalgan detallar ichidagi payvand chokka ishlov 
berishda eng katta qiyinchiliklar yuzaga keladi. Kichik va o‘rtacha diametrli 
quvurlar ichidagi grat dorn bilan kesib tashlanadi. Buning uchun dorn 
shtangaga o‘tqaziladi va pnevmatik silindr yordamida issiq chok orqali 
itarib o‘tkaziladi.
Katta diametrli quvurlar ichidagi payvand choklarga keskichlar 
o‘rnatilgan aylanuvchi grat keskichlar bilan ishlov beriladi.
9.6. Korroziyaga qarshi himoya
Nuqtali, chokli va relyefli payvandlab hosil qilingan birikmalar tajovuzkor 
muhitda ishlatilganda korroziyaga duchor bo‘lishi mumkin. Korroziyaning 
manbalari tirqishda (ustma-ust birikish joyida) va o‘yiqning sirtida bo‘ladi. 
Odatda tirqishing o‘lchami o‘zgarib turadi. Zichlovchi belbog‘ning yaqinida, 
yani uch qismida tirqish eng kichik, nuqtalar oralig‘ida o‘rtada va ustma-ust 
birikmaning chetida esa eng katta bo‘ladi. Detallarning qalinligi, o‘zakning 
diametri kattalashishi, cho‘kichlash kuchidan foydalanilganda, elektrodlar 
ish yuzasining o‘lchamlari kichrayishi bilan tirqishning o‘rtacha o‘lchami 
kattalashadi. Tirqishlar tirqish korroziyasi manbayi bo‘lib, bu korroziya 
tirqishda korrozion muhit mavjud bo‘lganda yuzaga keladi va turli qismlarda 
atmosfera bilan gaz almashinuvi har xilligi bilan bog‘liq. Tirqishning o‘lchami 
kichiklashganda kislorod kirishi qiyinlashadi. Bu o‘lcham kritik o‘lchamdan 
(po‘lat uchun D
kr
= 0,25 mm va aluminiy qotishmalari uchun 0,15 mm) 
kichik bo‘lganda kislorod kelishi shunchalik cheklanib qoladiki, natijada 
tirqishning devorlari va uchi manfiyroq elektr potensialga ega bo‘ladi va 
anodga aylanadi, tirqish hamda qirraning yuzadagi qismlari esa katodga 
aylanadi. Anod qismlar eriy boshlaydi. Korroziyadan yemirilish asta-sekin 
avval zichlov chi belboqqa, keyin esa o‘zakning ichiga ham tarqaladi. Uzoq 
vaqt foydalanilganda korroziya mahsullari to‘planib, detallarni qo‘shimcha 
ravishda keradi (bir-biridan qochiradi), natijada ular orasidagi tirqish 
kattalashadi. Tirqishning uchida xavfli uzish zo‘riqishlari paydo bo‘lishi 
mumkin.
Tirqish korroziyasi jarayoni ko‘pincha tirqishning uchida ish zo‘riqishlari 
to‘planishi oqibatida tezlashadi. Agar ular s
T
dan ortib ketsa, mikrodarzlar 


67
paydo bo‘lib, ular korrozion muhit va tirqish korroziyasining yoruvchi effekti 
tufayli tez kattalashishi mumkin.
O‘yiq sirtida mis va aralashmalari va uning detal metali bilan o‘zaro 
kimyoviy ta’sirlashuvi mahsullari qoladi. qoidaga ko‘ra, mis asosiy metallga 
nisbatan ko‘proq elektr musbat bo‘lib qoladi va ularning orasida galvanik 
juftlik yuzaga keladi. O‘yiq turgan joydagi sirtqi qatlamlar yemiriladi. 
Korroziyaning eng katta tezligi korroziyabardoshligi nisbtan past bo‘lgan 
metallarda (magniy hamda aluminiy qotishmalari, kam uglerodli po‘latlar 
va b.) kuzatiladi.
Tirqish korroziyasining oldini olish maqsadida tirqishlar gruntlar (ÃÔ—
0114, AË×12), emallar, germetiklar va lok-bo‘yoq qoplamalar yordamida 
zichlanadi. Yig‘ish paytida bu moddalar, ko‘pincha grunt va emallar 
uchma-uch yuzasiga surtiladi. qovushoqligi nisbatan past bo‘lgani uchun 
ular payvandlash kuchi ta’sirida payvandlash joyidan detallar orasidagi 
tirqishga osongina siqilib chiqadi va tokning oqishi hamda birikmaning 
shakllanishiga halaqit bermaydi. Himoyalovchi moddalar ma’lum vaqt 
o‘tgandan so‘ng qotib, ustma-ust birikma tagiga tajovuzkor suyuqliklar 
kirishiga to‘sqinlik qiluvchi ishonchli g‘ov hosil qiladi.
Korroziyaga qarshi himoya hosil qilinsa, payvandlashdan so‘ng 
uzellarni saqlash va payvandlash muddatlara bilan bog‘liq cheklashlar 
barham topadi. Ustma-ust birikma me’yoridagi haroratda polimerlanuvchi 
sovuq holatda qotadigan yelimlar (KÑ—609, ÂK—9) va 120—170°C gacha 
qizdirilganda, ya’ni issiq holatda qotuvchi yelimlar (ÂK—1MÑ, K—4Ñ, 
ÂK—39) yordamida zichlanadi. Yelim ustma-ust birikmaning chetlariga 
maxsus shpris bilan qo‘lda yoki mexanizatsiyalashtirilgan qurilma bilan, 
nuqtali payvandlab hosil qilingan birikmaning bir tomoniga, mustahkam 
zich choklarning esa ikki tomoniga surtiladi. Kapillar kuchlar ta’sirida yelim 
tirqishga kirib, uni to‘ldiradi.
Tirqishlarni kavsharlab ham zichlash mumkin, masalan, titan 
qotishmalaridan payvandlab-kavsharlab konstruksiyalar ishlab 
chiqarishda kavshar ustma-ust birikmaning chetiga quyiladi va vakuumda 
kavsharlanadi.
O‘yiq metalining korroziyabardoshligi massa ko‘chish jadalligini 
cheklash orqali oshiriladi. Bundan tashqari, payvandlab bo‘lingandan 
so‘ng, masalan, magniy qotishmalari o‘yiqning sirti elektrod metalining izi 
batamom yo‘qolguncha po‘lat cho‘tka bilan tozalanadi. qoplamali po‘lat 
detallarni payvandlashda ana shu qoplama elektrodga o‘tadi. Bu holda turli 
mahalliy metallash usullaridan foydalanib qoplamani tiklash kerak bo‘ladi. 
Uzellar payvandlab bo‘lingandan keyin, ularni korroziyadan umumiy 
himoyalash maqsadida bo‘sh yuzalariga gruntlar va lok-bo‘yoq qoplamalar 


68
surtiladi. Mazkur chora-tadbirlar majmuyi payvand konstruksiyalar ning 
ishonchliligi yuqori bo‘lishini ta’minlaydi.
Tekshirish uchun savollar
1. Kontaktli payvandlab payvand birikma hosil qilish namunaviy texnologik jarayoni 
qanday operatsiyalardan tashkil topadi?
2. Yuzani payvandlashga hozirlashdan maqsad nimadan iborat?
3. Detallar yuzasini payvandlashga shaylash jarayoni qaysi operatsiyalarni o‘z ichiga 
oladi?
4. Kimyoviy ishlov berish (xurushlash) ning afzalliklarini aytib bering.
5. Payvandlash deformatsiyalarini kamaytirishning termomexanik usullariga qanday 
hodisalar asos qilib olingan?
6. Tirqish korroziyasidan himoyalash uchun qanday chora-tadbirlar amalga 
oshiriladi?
10-bob. KONTAKTLI PAYVANDLASH REjIMLARI
10.1. Nuqtali payvandlash rejimi
Payvandlash rejimi elektr, mexanik va vaqt parametrlari majmuyidan 
iborat bo‘lib, bularni sifatli birikma olish uchun payvand lash uskunalari 
bilan ta’minlanadi.
Issiqlik ajratish va issiqlik chetlatish jarayonlarining tutgan o‘rniga qarab 
qattiq hamda yumshoq payvandlash rejimlari farq qilinadi.
qattiq rejim 1—4 mm qalinlikdagi detallarni payvandlashda 
t
pay
<0,02 s bo‘lganda payvandlash tokining 
qisqa muddatli kuchli impulsi bilan ajralib 
turadi. Bu holda harorat maydoni asosan ajralib 
chiqadigan issiqlik bilan belgilanadi. qattiq 
rejimda qizish va sovish tezligi yuqori bo‘ladi. 
Bunda chayqalib to‘kilishga moyillik ortadi va 
buning oldini olish uchun payvandlash kuchi 
oshiriladi.
Yumshoq rejim uchun tokning oqish 
muddati ancha uzoqligi (I
pay
>0,1 s), kuchning 
nisbatan kichikligi xosdir. Bunda detal ichida 
va elektrodlar orasida ancha katta issiqlik 
almashinuvi yuz beradi.
Nuqtali payvandlash rejimiga I
pay
, t
pay
, F
pay

9.1-rasm. Gratni kesib 
tashlaydigan qurilma 
bo‘lgan sterjenlarni 
payvandlash sxemasi:
1 — grat; 2 — pichoq;
3 — elektrod; 4 — detal.


69
ba’zan esa F
ch
, t
ch
, shuningdek, elektrodlar ish yuzasining o‘lchamlari (d
E

R
E
) kiradi.
Rejimlarni hisoblash, hisoblash-tajriba o‘tkazish va tajriba o‘tkazish 
usullari bilan aniqlash mumkin. Rejimlarga oid ko‘plab tavsiyalar (odatda 
jadvallar, nomogrammalar, grafiklar ko‘rinishida) mavjud. Ammo bu rejimlar 
taxminiy bo‘lib, payvandlashdan oldin tekshirishni, muayyan shart-sharoitni 
(yuzani hozirlash, yig‘ish, uskunlarning ahvoli va b.) inobatga olish uchun 
tez-tez tuzatishlar kiritishni talab qiladi.
Tuzatishlar kiritish guvoh namunalarda, quyma o‘zakning diametri 
va rejim parametrlariga bog‘liq holda amalga oshiriladi. Chunonchi, agar 
diametr yetarli bo‘lmasa, I
pay
oshiriladi. Chayqalib to‘kilishning oldini olish 
uchun F
pay
oshiriladi. Agar o‘zakda darzlar bo‘lsa, F
ch
oshiriladi.
Guvoh namunalarni sinash natijalari ijobiy bo‘lib, sifatli birikma hosil 
bo‘lganda payvandlash rejimi tegishli hujjatlarda qayd etiladi va uzelni 
payvandlashga ruxsat beriladi. Ammo haqiqatan mavjud (real) detallarni 
payvandlash paytida jarayonga turli noqulay omillar ta’sir qilib, tanlangan 
rejim parametrlarini amalda o‘zgartirib yuborishi mumkin. Bunday omillarga 
elektrod ish yuzasining yalpayishini, detallar qarshiligi va payvandlash 
konturining o‘zgarishini, tarmoq, kuchlanishi, pnevmotarmoqdagi havo 
9.2-rasm. Gratni o‘yib olib tashlashda dornni harakatlantirish uchun moslama: 1 — 
uchma-uch biriktirish joyi; 2 — zmeyevik; 3 — dorn; 
4 — pnevmosilindr; 5 — siqiligan havo berish.
9.3-rasm. Katta diametrli quvurlarni payvandlashda ichki 
chokka ishlov berish qurilmasining sxemasi:
1 — uchma-uch birikish joyi; 2 — quvur; 3 — freza; 4 — burilma kallak.


70
bosimi o‘zgarishini va hokazolarni ko‘rsatish mumkin. Shu bois har bir 
aniq holda ushbu noqulay omillar ta’sirini kamaytirish, parametrlarni 
barqarorlashtirish yoki ularning avtomatik rostlanishi zarurligi masalasi 
hal qilib olinadi.
Nuqtali va chokli payvandlash qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega 
birikmalarning zichligi va atmosfera gazlaridan himoyalanishi ishonchlidir, 
bu esa legirlovchi elementlarning oksidlanishi yoki bug‘lanib ketishiga 
deyarli barham beradi; jarayonning hamma bosqichlarida payvandlash 
joyida bosim yuqori bo‘ladi hamda sikl ichida uni o‘zgartirish mumkin, 
natijada gaz tufayli yuz beradigan g‘ovakdorlikka chek qo‘yish, shuningdek 
qoldiq kuchlanishlar qiymatini va ishorasini samarali boshqarish mumkin 
bo‘ladi; metallning jadal siljishi yupqa sirtqi qatlamlarning yemirilishi 
hamda aralashib ketishiga yordam beradi; o‘zak metalini legirlash qiyin 
bo‘lsa-da, ammo mumkin; qizish muddati qisqa va termik ta’sir zonasi 
eng kalta: nuqtalarning chekka qismlarida zo‘riqishlarning to‘planishi 
juda yuqori; payvandlash sikli ichida oldindan va qayta qizdirish, qizish 
va sovish tezligini rostlash, payvandlash siklini butkul avtomatlashtirish 
imkoniyati bor.
Amaliyotda uzellarning qalinligi, xossalari, shakli hamda muhimligiga, 
shuningdek payvandlash uskunalarining bor imkoniyatlariga qarab, nuqtali 
payvandlashda kuch va tokning quyidagi siklogrammalari qo‘llaniladi:
a) o‘zgarmas payvandlash kuchi F
pay
bilan — 3 mm gacha qalinlikdagi 
metallarni nuqtali payvandlashda ko‘proq qo‘llaniladi;
b) o‘zgarmas payvandlash kuchi F
pay
bilan va cho‘kichlash kuchi F
ch
ni qo‘yish bilan — qiziganda darz ketishga moyil qalin detal va metallar 
uchun;
d) oldindan qisish F
qis
va cho‘kichlash bilan — tirqishlarni bartaraf etish 
va chayqalib to‘kilishlarning oldini olish uchun, shuningdek detallarni 
oldindan suyuq, qoplama (yelim, lok, 
grunt) bilan qoplab payvandlashda;
e) payvandlash kuchini bosqichma-
bosqich oshirib borish (F
pay I
dan 
F
pay II
gacha) va cho‘kichlash kuchi F
ch
bilan — 4 mm dan qalin detallarni 
payvandlashda;
f) qo‘shimcha tok impulsi vositasida 
oldindan qizdirish bilan — payvandlash 
tirqishlarini yo‘qotish va ichki chayqalib 
to‘kilishlarning oldini olish uchun;
g) keyin qizdirish bilan — qiziganda 
9.4-rasm. Nuqtali va chokli birikmalarning 
tirqish 
korroziyasi turi.


71
darz ketishga moyillikni kamaytirish, termik ishlovni amalga oshirish yoki 
F
ch
qiymatini kichiklashtirish maqsadida;
h) oldindan va keyin qizdirish bo‘lgan uch impulsli dastur.
Payvandlash impulsining davomliligi va qiymatini mos ravishda rostlash 
orqali qattiq yoki yumshoq rejim hosil qilinadi.
10.2. Chokli payvandlash rejimi
Chokli payvandlash rejimiga I
pay
, t
pay
, t
T
, F
pay
, V
pay
, ba’zan F
ch
, t
ch
, shuningdek 
roliklar ish yuzasining o‘lchamlari (f
i
, R
i
, D
i
) kiradi.
Chokli payvandlashda payvandlash tokining kuchi nuqtali 
payvandlashdagidan 15—20 % katta bo‘ladi, bunga payvandlash rejimining 
ancha qattiqligi (payvandlash vaqti kam) va qisman, shuntlanish sabab 
bo‘ladi. Ammo qizish joyi kengroqligi tufayli metallning qizishga qarshiligi 
kamayadi va kamroq muddatli impuls bilan, chayqalib to‘kilishlarsiz 
payvandlash imkoniyati paydo bo‘ladi. Payvandlash kuchi taxminan nuqtali 
payvandlashdagidek belgilanadi.
Chokli payvandlash rejimining muhim parametri payvandlash t
pay
impulslari bilan payvandlash sikli vaqti t
s
= t
pay
+ t
T
orasida nisbat bo‘lib, u 
odatda t
pay
/t
s
=0,15—0,85 nisbat bilan baholanadi:
t
pay
/t
s
< 0,5 — kam uglerodli po‘latlarni payvandlashda;
t
pay
/t
s
= 0,5 — o‘rtacha uglerodli po‘latlarni payvandlashda;
t
pay
/t
s
= 0,4—0,6 — zanglamaydigan, issiqqa chidamli po‘latlar va titan 
qotishmalarini payvandlashda;
t
pay
/t

< 0,5—0,85 — himoya qoplamali po‘latlarni payvandlashda;
t
pay
/t
s
= 0,15—0,35 — aluminiy qotishmalarini payvandlashda.
Payvandlash tezligi (m/min) f nuqtalarining talab etiladigan bir-birini 
qoplash kattaligini va ular o‘rtasidagi oraliq (qadam) t
q
ni hisobga olingan 
holda tanlanadi:
,
bu yerda: 
; t
pay
va t
T
— mos ravishda tok impulsning va to‘xtam 
(pauza) ning davomligi, s.
Payvandlash tezligining eng yuqori qiymatlari qizish va kristallanish 
tezligi bilan cheklangan. Shu sababli payvandlashning yuqori tezligini 
saqlab turish uchun t
pay
va t
T
ni kamaytirishga harakat qilinadi. qizish va 
kristallanish sekinlashishi munosabati bilan metallning qalinligi ortganda 
v
pay
kamaytiriladi. Aynan shu sababli, issiqlik o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lgan 
metallarni quyidagi turli sikllar bilan amalga oshiriladi:
a) I
pay
ni uzluksiz ulash, roliklarni uzluksiz aylantirish (siljitish) S
V
, o‘zgarmas 


72
F
pay
bilan — yupqa listlardan yasalgan konstruksiyalarni payvandlash uchun. 
Tokni uzluksiz ulash payvandlash tezligini keskin oshirishga imkon beradi. 
Ammo birikmalar sifati va roliklarning chidamliligi pasayadi;
b) I
pay
ni uzlukli ulash, roliklarni uzluksiz aylantirish S
V
, o‘zgarmas F
pay
bilan — impulslar orasidagi to‘xtam (pauza) vaqtida t
T
vaqt ichida roliklar va 
detallar qisman sovishga ulguradi, shu bois roliklarning chidamliligi ortadi, 
termik ta’sir joyining eni torayadi, qoldiq deformatsiyalar kamayadi;
d) I
pay
ni uzlukli ulash, roliklarni uzlukli (qadam-baqadam) aylantirish 
S
V
, o‘zgarmas F
pay
yoki chokni cho‘kichlash F
ch
bilan — katta uzunlikdagi 
yirik detallarni payvandlashda. Tok o‘tkazish paytida roliklarni to‘xtatish 
detallar va roliklarning ish yuzasi jadal sovishiga yordam beradi. Tegish 
joylari barqarorlashadi, roliklarning sirpanishi barham topadi, elektrod-
detal tegish joyidagi harorat pasayadi, elektrod va detal metalining o‘zaro 
kimyoviy ta’sirlashuvi kamayadi. Elektrodlarning chidamliligi ortadi. Bundan 
tashqari, roliklarni to‘xtatish F
ch
ni qo‘yish imkonini beradi.
10.3. Uchma-uch payvandlash rejimi
1. qarshilik bilan payvandlashda sifatli birikma hosil bo‘lishi uchun 
asosiy e’tibor uchlar va detallarning bir tekis qizishiga hamda oksid 


73
pardalarining yemirilishi va yo‘qotilishini eng ko‘p darajada ta’minlovchi 
metallning bir tekis deformatsiyalanishiga qaratiladi. Rejimning asosiy 
parametrlari payvandlash toki I
pay
yoki tokning zichligi j, tokning oqish 
vaqti t
pay
, boshlang‘ich siqish kuchi F
b
hamda cho‘ktirish kuchi F
cho‘k
(mos 
ravishda boshlang‘ich bosim R
b
va cho‘kish bosimi P
cho‘k
), payvandlash 
paytida detallarning qisqarishi D
pay
, o‘rnatish uzunligi l dir.
j va t ni aniqlash uchun ushbu empirik formuladan foydalaniladi:
bu yerda: k — po‘latlar uchun 8—10, aluminiy uchun 20, mis uchun 27 ga 
teng koeffitsiyent.
j haddan tashqari katta bo‘lganda chayqalib to‘kilish yuz berish mumkin. 
t
pay
ning kamayishi detalning kesimi bo‘yicha qizishi notekis bo‘lishiga olib 
keladi, ortish esa oksidlanish jarayonlari kuchayishiga olib keladi. P
b
kichik 
bo‘lsa, detallarning qizishi osonlashadi, ammo chayqalib to‘kilishlar yuz 
berishi va detallar uchlarining oksidlanishi kuchayishi mumkin. P
cho‘k
ning 
ortishi detallarning plastik deformatsiyasini oshiradi, oksidlarning yemirilish 
va yuzaning yangilanish jarayonlarini faollashtiradi.
Kam legirlangan po‘latlarni payvandlashda esa 100—150 MPa 
bo‘ladi.
Ixcham kesimlarni payvandlashda eng kichik o‘rnatish uzunligi l 
odatda payvandlanadigan detallraning diametriga yoki uch-to‘rt baravar 
qalinligiga teng bo‘ladi. l ning oshishi detallarning qiyshayishiga, turg‘unligi 
yo‘qolishiga olib kelishi mumkin. l ning qiymati kichik bo‘lganda payvandlash 
joyiga issiqlikning elektrodlarga o‘tib ketishi kuchli ta’sir qiladi.
2. Eritib payvandlashda rejimning elektr parametrlari metallning issiqlik 
o‘tkazuvchanligi va erish haroratiga bog‘liq bo‘lib, asosan erish tezligi 
bilan aniqlanadi, bu tezlik ham metallning gazlar bilan o‘zaro ta’sirlashish 
aktivligini, shuningdek payvandlanadigan detallarning kesimini inobatga 
olingan holda beriladi.
Eritib payvandlashda:
1) uchlari erishi uchun detallarning qizishini va oksidlarni yo‘qotish hamda 
payvandlash joyi yaqinida noqulay tuzilmalar vujudga kelishining oldini olish 
maqsadida detallarning deformatsiyalanishini ta’minlashga;
2) bir tekis erigan metall qatlamini shakllantirish, oksidlanishning oldini 
olish va detallar uchlari yuzalaridagi relyef qulay bo‘lishi uchun cho‘ktirish 
oldidan erish jadalligi mahalliy bo‘lishini ta’minlashga;
3) detallar uchlarining metali barvaqt sovishining va uchma-uch 
birikmada oksidlar tiqilib qolishining oldini olish uchun detallarning 
yetarlicha katta tezlikda deformatsiyalanishini ta’minlashga harakat 


74
qilinadi.
Rejimning asosiy parametrlari: erish tezligi v
erish
, erish paytida tokning 
zichligi j
erish
, erishga qo‘yim D
erish
, erish vaqti t
erish
, cho‘kish kattaligi D
cho‘k

cho‘kish tezligi v
cho‘k.
, tok ostida cho‘kish davomligi t
t.cho‘k
, tok ostida 
cho‘kish kattaligi D
t.cho‘k
, cho‘kish kuchi P
cho‘k
yoki cho‘kish bosim P
cho‘k

detalning o‘rnatish uzunligi l. Mashinaning salt yurish kuchlanishi U
20
va 
uni o‘zgartirish dasturi ham beriladi.
Impulsli chastotasi f
teb.
va amplitudasi A
teb
ham ko‘rsatiladi. qizdirgan 
holda eritib payvandlashda qizdirish harorati T
qizd
, qizdirish davomliligi t
qizd

qizdirish impulslari soni n va ularning davomliligi t
imp
, qizdirishga qo‘yim 
D
qizd
beriladi.
Erish tezligi v
erish
detallarga haroratning muayyan tarzda taqsimlanishi 
shartidan kelib chiqib tanlanadi. Cho‘ktirish oldidan detallarning uchlari 
bir tekis qizishi uchun erishning oxirgi tezligi v
o.erish
ancha oshiriladi. 
Kesim bo‘yicha qizish bir tekis bo‘lishi, haroratning detallar bo‘ylab eng 
maqbul tarzda taqsimlanishi va ularning uchlarida erigan metall qatlam 
yuziga kelishi erishga qoldiriladigan qo‘yim D
erish
ga bog‘liq. Odatda D
erish
payvandlashga qoldiriluvchi umumiy payvandlashda D
erish
2—3 barobar 
kamaytiriladi.
Tokning zichligi j
erish
barqaror erish jarayonini ta’minlamog‘i lozim. U 
10.1-rasm. Nuqtali payvandlashda kuch va tok siklogrammasi.


75
metallning l va v
erish
ortishi bilan oshadi, qizdirib payvandlashda, shuningdek 
kata kesimli detallarni payvandlashda kamayadi.
Cho‘kishga qo‘yim D
cho‘k
uchma-uch birikmadan qizigan metall va 
oksidlarning yo‘qotish shartidan kelib chiqib tanlanadi:
Cho‘kish bosimi P
cho‘k
payvandlanadigan metallning xususiyatlari 
va detallarning qizish darajasiga qarab tanlanadi. Uzluksiz eritib 
payvandlashda:
P
cho‘k
= 60—80 MPa — kam uglerodli po‘latlar uchun;
P
cho‘k
= 100—120 MPa — ko‘p uglerodli po‘latlar uchun;
P
cho‘k
= 150—220 MPa — austenitli po‘latlar uchun;
P
cho‘k
= 120—150 MPa — aluminiy qotishmalari uchun.
Cho‘kish tezligi V
cho‘k
uning vaqtida metallning oksidlanishga va uchma-
uch birikmadan oksidlar hamda qizigan yo‘qotilishiga ta’sirini inobatga 
olingan holda tanlanadi:
V
cho‘k
= 20—30 m/s — cho‘yan uchun;
V
cho‘k
= 60—80 m/s — kam uglerodli po‘latlar uchun;
10.2-rasm. Turli mashinalardagi payvandlash toki impulsining shakllari:
a — o‘zgaruvchan tok mashinalaridagi; b — modulatsiyali o‘zgarmas tok mashinalardagi; 
d — past chastotali tok mashinalardagi; e — tok ikkilamchi konturda to‘g‘rilana digan 
mashinalardagi; f — kondensatorli mashinalardagi (I
pay
— oniy payvandlash toki; I
i.pay.
— 
ishlayotgan payvandlash toki; I
max pay
— eng katta (maksimal) payvandlash toki; I
max
— eng 
katta sekin pasayish toki; t
pay
— payvandlash tokining muddati (vaqti); t
kat.
— tokning 
kattalashish muddati; t
pas.
— payvandlash tokining pasayish muddati).


76
V
cho‘k
= 80—100 m/s — ko‘p legirlangan po‘latlar uchun;
V
cho‘k
= 150—200 m/s — aluminiy qotishmalari va boshqa oson 
oksidlanuvchi uchun.
Salt yurishi kuchlanishi U
20
ning barqaror erishini ta’minlovchi eng kichik 
qiymati tanlanadi.
Detallarni o‘rnatish tezligi:
bu yerda: D
0
— qismalar o‘rtasidagi oxirgi (yakuniy) oraliq. Odatda dumaloq 
sterjenlar va qalin devorli quvurlarni payvandlashda l = (0,7¸1)d bo‘ladi, bu 
yerda d — payvandlanadigan detallarning diametri.
qizdirgan holda eritib payvandlashdagi qizdirish harorati T
qizd
payvandlanadigan detallarning kesimi va metaliga qarab tanlanadi:
T
qizd
= 800—1000°C — konstruksion metallardan yasalgan 10000 mm
2
gacha kesimli detallarni payvandlashda;
T
qizd
= 1000—1200°C — konstruksion metallardan ishlangan, kesimi 
10000—2000 mm
2
gacha bo‘lgan detallarni payvandlashda;
T
qizd
= 1100—1350°C — qiyin qoliplanadigan (shakl oladigan) austenitli 
po‘latlardan tayyorangan detallarni payvandlashda.
qizdirish vaqti t
qizd
detallar kesimining yuzi kattalashishi bilan, 500—1000 
mm
2
kesimli detallarni payvandlashda bir necha sekunddan 15000—20000 
mm
2
kesimli detallarni payvandlashda bir necha minutgacha ortadi.
qizdirish impulslarining davomliligi t
imp
odatda 1—8 s ni tashkil etadi, 
qizdirishga qo‘yim D
qizd
esa detallarning kesimi hamda payvandlanadigan 
metallning xossalariga qarab 1—12 mm atrofida o‘zgaradi.
Detallarni siqish kuchi F
siq
cho‘ktirish paytida detallar jag‘larda 
sirpanishining oldini olish shartidan kelib chiqib, detallar bilan jag‘lar 
o‘rtasidagi ishqalanish koeffitsiyentlari f
1
va f
2
yoki siqish koeffitsiyentiga 
k
siq
tanlanadi:
bunda uglerodli po‘latdan qilingan quvurlar va chiviqlar uchun k
siq
= 1,5—2, 
xrom-nikel po‘latdan quvur hamda chiviqlar uchun 2,2—3,2, kimyoviy 
ishlov berilmagan (xurushlanmagan) po‘lat listlar uchun 2,3—3,2, kimyoviy 
ishlov berilgan po‘lat listlar uchun 2,7—3,5.
jag‘lardagi tishlar k
siq
ni 0,8—1 gacha kamaytiradi.
Tekshirish uchun savollar
1. Payvandlash rejimi deganda nimani tushunasiz?
2. Payvandlashning qattiq va yumshoq rejimlari deb nimani aytiladi?


77
3. Nuqtali payvandlash rejimiga qaysi parametrlar kiradi?
4. Chokli payvandlash rejimiga qaysi parametrlar kiradi?
5. qarshilik bilan uchma-uch payvandlash rejimiga qaysi parametrlar kiradi?
6. Eritib uchma-uch payvandlash rejimiga qaysi parametrlar kiradi?
10.3-rasm. Chokli payvandlashdagi kuch va tok siklogrammalari.


78
11-bob. TURLI KONSTRUKSION 
MATERIALLARNI KONTAKTLI PAYVANDLASHNING O‘ZIGA XOS 
XUSUSIYATLARI
11.1. Payvandlanadigan metallar xossalarining 
payvandlash rejimi parametrlarini tanlashga ta’siri
Payvandlash rejimiga metallarning ko‘pgina issiqlik-fizik, fizik-kimyoviy 
va mexanik xossalari, kristall panjaraning turi hamda parametrlar, 
kristallanish oralig‘i (interval) va mo‘rtlikning harorat oralig‘i, oksid 
pardalarining xossalari va shu kabilar ta’siri ko‘rsatadi.
Solishtirma elektr qarshilik r
0
payvandlash toki va mashinaning turini 
ko‘p jihatdan belgilab beradi. r
0
qancha kichik bo‘lsa, I
pay
shuncha kata 
bo‘lmog‘i zarur. Masalan, aluminiy qotishmalarini payvandlashda po‘latlarni 
payvandlashdagidan ancha katta toklar talab qilinadi.
Issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti va payvandlash joyi yaqinida 
issiqlikning tarqalishi shu joyining uzunligini, shuningdek elektrod-
detal tegish joyidagi haroratni belgilab beradi. l kattalashishi bilan I
pay
kamaytiriladi, qattiqroq rejimlardan foydalaniladi.
qotishmaning erish harorati T
erish
issiqlik sarfiga, I
pay
ning qiymatiga, 
shuningdek elektrod-detal tegish joyidagi harorat va massa ko‘chish 
jadalligiga ta’sir qiladi.
Metallning chiziqli kengayish koeffitsiyenti l va plastik deformat siyaga 
shartli qarshiligi s*
D
ortishi bilan ichki chayqalib to‘kilishlarga moyilligi 
oshadi, qoldiq zo‘riqishlar va deformatsiyalar darajasi kattalashadi.
s*
D
ning qiymatlari katta bo‘lgan metallarni payvandlashda F
pay
ni keskin 
oshirishga, yumshoqroq rejim o‘rnatishga to‘g‘ri keladi.
10.4-rasm. Uchma-uch payvandlashdagi o‘rnatish uzunligi: 
a — qarshilik bilan payvandlashda; b — eritib payvandlashda.


79
Kristallanish oralig‘i (intervali) va mo‘rtlikning harorat oralig‘i (intervali) 
(MHO) qiziganda darz ketishga moyillikni belgilaydi. MHO qancha keng 
bo‘lsa, qiziganda darz ketishga moyillik shuncha yuqori bo‘ladi.
Kristall panjaraning turi va parametri erish suyuqligi turli qotishmalarni 
payvandlashdagi o‘xshashlikni, o‘zak metalining yakuniy tuzilmasi hamda 
xossalarini belgilaydi.
Ayrim metallar harorat ko‘tarilishi bilan o‘z xossalarini (r
0
, l, a) o‘zgartiradi. 
Shu bois rejimga ko‘pincha qo‘shimcha tok impulsi bilan oldindan 
qizdirish kiritiladi (r
0
ni oshirish va l hamda a ni kichiklashtirish uchun). 
Bu esa payvandlash tokini kamaytirish va birikmalarning shakllanishini 
osonlashtirish imkonini beradi.
Sirtqi pardalarning elektr va fizik-mexanik xossalari tegish joylarida 
issiqlik ajralishiga hamda massa ko‘chishga ta’sir qiladi.
11.1.-jadval
Konstruksion materiallarning xossalari


80
10.5-rasm. a — eritib uchma-uch payvandlash: 
b — qizdirgan holda uchma-uch payvandlash jarayonning siklogrammasi.


81
11.2. Turli konstruksion materiallarning payvandlanuvchanligi
Texnologik payvandlanuvchanlik deganda, metallarning birik maning 
o‘zida va unga tutashuvchi chok yaqinidagi joyda o‘zining texnik xossalarini 
jiddiy yomonlashtirmasdan birikma hosil qila olishi tushuniladi. Turli 
6 — M.A. Abralov, N.S. Dunyashin


82
konstruksion materiallarni kontaktli payvandlash rejimlarini tanlash yoki 
hisoblashda ularning o‘ziga xos xususiyatlari inobatga olinmog‘i darkor.
1. Kam uglerodli po‘latlar — tarkibida 0,25 % gacha Ñ bo‘lgan 
po‘latlardir.
Ularning oddiy va sifatli xillari bo‘ladi. Sifatli po‘latlarning har bir 
markasida uglerod hamda aralashmalar miqdorining chegarasi torroq 
bo‘ladi. Ko‘pchish to‘liqligiga ko‘ra ular tinch, qaynovchi (êï) va yarim tinch 
(ïñ) bo‘lishi mumkin.
Solishtirma elektr qarshiligining o‘rtacha qiymatlari (r
0
~13 mkOm·sm), 
deformatsiyaga qarshiligining kichikligi s
*
D
(~200 MPa), termik siklga 
hamda chayqalib to‘kilishlarga sezgirligining pastligi bu po‘latlarni 
qattiq rejimlarda ham, yumshoq rejimlarda ham uncha katta bo‘lmagan 


83
payvandlash toki I
pay
va kichik payvandlash kuchi F
pay
yordamida ish yuzasi 
yassi, elektr o‘tkazuvchanligi mis elektr o‘tkazuvchanligining 80 % idan 
kam bo‘lmagan hamda qattiqligi HB 120—140 bo‘lgan elektrodlar bilan 
payvandlashga imkon beradi. Odatda o‘zgarmas kuchli bitta tok impulsi a 
siklogrammadan, qalinlik 2 mm dan ortiq bo‘lganda esa b siklogrammadan 
foydalaniladi (10.1-rasmga qarang). Ammo cho‘kichlash kuchi metallning 
sovishini tezlashtiradi va tarkibida C miqdori 2 % dan ko‘p bo‘lgan po‘latlarni 
payvandlashda toblash martensiti yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin. 
Chokli payvandlash b siklogrammadan foydalanib amalga oshiriladi (10.3-
rasmga qarang).
2. O‘rtacha uglerodli kam legirlangan po‘latlar. Bular tarkibida C miqdori 
0,25—0,45 % va legirlovchi elementlar (Mn, Ni, Cr, Si, Ti, Zr, Nb, W, Mo) 
ning jami miqdori 2,5 % gacha bo‘lgan po‘latlardir. Uglerod va legirlovchi 
elementlar miqdori ortishi bilan po‘latlarning solishtirma elektr qarshiligi, 
deformatsiyaga qarshiligi oshadi, MHO kengayadi va kristallizatsion 
darz ketishlarga moyilligi ziyodlashadi, toblanishga moyilligi kuchayadi. 
Po‘latlarning bunday xossalari sekin qizdirishni, payvandlash tokining 
davomliligi kam uglerodli po‘lat uchun mo‘ljallanganidan 4—5 baravar 
ortiq bo‘lgan yumshoq rejimni (I
pay 
= (4—5)I
pay. 1
) talab qiladi. Oldindan 
qizdirish (10.1-rasmdagi f siklogramma) yoki tokni bir maromda oshirish 
(10.3-b rasm) ham, ayniqsa, detallar 1,5 mm dan qalin bo‘lganda, foydalidir. 
Sovishni sekinlashtirish uchun g siklogrammadan foydalaniladi (10.1-rasm). 
qizdirish toki I
qizd
toblangan nuqtani yumshatadi. Bunda payvandlash 
joyi A
s1
ga yaqin haroratgacha qizdiriladi, F
pay
kam uglerodli po‘latlarni 
payvandlashga nisbatan 1,5—2 baravar oshiriladi (F
pay
= (1,5—2)F
pay. 1
).
Elektrodlarning shakli va materiali 1-guruh metallari uchun bo‘lgani 
kabi tanlanadi.
Chokli payvandlash nisbatan yumshoq rejimlarda o‘zgarmas, lekin 
biroz oshirilgan kuch (nuqsonlarni yo‘qotish uchun) bilan (10.3-rasmdagi 
b siklogramma) ish yuzasi silindrsimon roliklar yordamida olib boriladi.
3. Legirlangan po‘latlar va qotishmalar. a) korroziyabardosh po‘latlar 
turli sinflarda bo‘lishi mumkin, masalan, austenitli, ferritli, austenit-ferritli 
po‘latlar.
Austenit sinfidagi po‘latlar (12X18H10T, 04X18H10, 08X15H24B4TP 
va b.) yuqori darajada mustahkamligi va ayni paytda plastikligi bilan 
ajralib turadi, korroziyabardoshligi ferrit sinfidagi (08X17T, 12X17) 
po‘latlarnikidan yuqoriroq. Eng kam miqdordagi uglerod (<0,12%) donalar 
chegarasida (500—800°da) xrom karbidlari ajralib chiqishining oldini 
oladi va kristallitlararo korroziyaga qarshilikni saqlab qoladi. Ana shu 
maqsadlar uchun po‘latga kuchli karbid hosil qilgichlar — Ti, Nb qo‘shiladi 


84
(barqarorlashtiruvchi po‘latlar). Austenitlar po‘latlarning r
0
nisbatan yuqori 
(~170 mkOm · sm) va l kichik bo‘ladi. Shu bois ular uchun payvanlash 
toki kam uglerodli po‘latlarga mo‘ljallanganidan ancha kichik bo‘lmog‘i 
darkor.
Deformatsiyaga qarshiligining yuqoriligi (~300 MPa) payvandlash 
kuchi F
pay
ni kam uglerodli po‘latlarga nisbatan 1,5 baravar oshirishni talab 
qiladi. Elektrodlar ish yuzasining shakli 1-guruh metallarida bo‘lgani kabi 
tanlanadi, ammo r
0
ning nisbatan yuqoriligi va l ning kichikligi elektrodlar 
materiallarining elektr o‘tkazuv chanligini mis elektr o‘tkazuvchanligining 
55—75 % igacha kamaytirish va qattiqligini mos ravishda oshirish imkonini 
beradi.
qiziganda darz ketishga moyilligining pastligi, quyma o‘zakning 
ustunsimon zich tuzilmali shakllanishi ushbu po‘latlarni o‘zgarmas kuch 
bilan payvandlash imkonini yaratadi (10.3-rasmdagi a siklogramma). 
Detallar 2 mm dan qalin bo‘lganda cho‘kichlash qo‘llaniladi (10.3-rasmdagi 
b siklogramma). Chokli payvandlash roliklarni uzluksiz aylantirish va tokni 
impulsli ulash bilan amalga oshirilib (10.3-rasmdagi b siklogramma), 
nuqtalari bir-birini 30—60 % qoplab (bekitib) turuvchi uzluksiz mustahkam-
zich chok shakllantiriladi;
b) issiqqa chidamli (issiqbardosh) po‘latlar va XH75MÁTÞ, XÍ70Þ, XÍ38ÁT 
turidagi qotishmalar intermetallit usulida mustahkamlangan dispersion 
qattiqlashuvchi (qotuvchi) qotish malardir. Oz miqdordagi bor, seriy donalar 
chegaralarining mustahkamligi qo‘shimcha ravishda oshishiga yordam 
beradi.
Bu qotishma va po‘latlar r
0
ning juda kattaligi (~90 mkW · sm) va l ning 
juda kichikligi bilan ajralib turadi. Shu sababli talab etiladigan payvandlash 
toki kam uglerodli po‘latlarni payvandlash uchun ishlatiladigan payvandlash 
tokining 70 % ini tashqil etadi. Deformatsiyaga qarshiligining yuqoriligi 
(~500 MPa) ichki chayqalib to‘kilishlarning oldini olish maqsadida juda 
yumshoq rejimlarni, t
pay
= = (2 ¸ 3) t
pay.1
va payvandlash kuchi katta, ya’ni F
pay
= (2,5 ¸ 3) F
pay.1
bo‘lishini talab qiladi, bu yerda: t
pay.1
va t
pay.2
— mos ravishda 
1-guruh metallari uchun vaqt va kuch. Mazkur materiallar odatda ish yuzasi 
yassi elektrodlar (ish yuzasi silindrsimon roliklar) bilan payvandlanadi. 
Ammo r
0
ning kichikligi tufayli elektrodlar va roliklar materiallarining elektr 
o‘tkazuvchanligi 45 % gacha kamaytirilishi mumkin, s*
D
ning yuqoriligi 
sababli esa qattiqligi 160—240 MPa gacha oshirilishi kerak. Nuqtali 
payvandlashda odatda a siklogrammadan (10.1-rasm) foydalaniladi, biroq 
cho‘kish bo‘shliqlari paydo bo‘lishining oldini olish, tob tashlashni va qoldiq 
zo‘riqishlarni kamaytirish, ayniqsa, detallar 1,5 mm dan qalin bo‘lganda, b 
va d siklogrammalardan (10.1-rasm) foydalaniladi. Chokli payvandlash b 


85
siklogramma bo‘yicha olib boriladi (10.3-rasmga qarang);
d) issiqqa chidamliligi oshirilgan XÍ70ÂMTÞÔ, XÍ77TÞÐ, XH60ÂT, XÍ56 
MTÞ va boshqa po‘latlar tarkibining murakkabligi bilan farq qiladi. Ular 
odatda dispersion qotirish usulida mustahkamlanadi, ularning ayrimlarida 
donalari chegarasi bo‘ylab qiyin eriydigan fazalar bo‘lib, ular qiziganda 
asosiy faza bilan sust o‘zaro ta’sirlashadi.
Bunday tuzilish r
0
(120—150) mkW · sm ni va s*
D
ni keskin oshiradi 
(700 MPa gacha). Shu bois, tok mos ravishda kamaytiriladi (I
pay 
= 0,6I
pay.1
), 
chayqalib to‘kilishlarning oldini olish maqsadida t
pay 
= (2,5—4) t
pay.1
bo‘lgan yumshoq payvandlash rejimi va oldindan qizdirish qo‘llaniladi 
(10.1-rasmdagi f tok siklogrammasi). Tokni asta-sekin oshirib borish ham 
maqsadga muvofiq, bo‘ladi. „b“ kichik guruhi uchun bo‘lgani kabi, kuch 
siklogrammasi bilan eng katta kuchlar o‘rnatiladi: F
pay
= (3—4)F
pay.1
. Ushbu 
kichik guruh materiallarining r
0
qiymatlari kattaligi va issiqqa chidamliligini 
yuqoriligi elektr o‘tkazuvchanligi past bo‘lgan maxsus qattiq (240 MPa 
gacha) elektrod materiallarini talab qiladi.
4. Titan qotishmalari. Normallashtirilgandan keyingi tuzilmasiga ko‘ra 
bu qotishmalar uch guruhga bo‘linadi: a (ÂT5, ÂT1-0), a + b (ÂT3-1, ÂT6C, 
ÂTI4, ÂT22) va b qotishmalar (BTI5). Titan qotishmalari o‘z xossalariga ko‘ra 
korroziyabardosh metallarga yaqin turadi. Ushbu qotishmalarning salbiy 
xossalariga kislorod va azotga kimyoviy aktivligining yuqoriligi kiradi. 
Titan qotishmalarining solishtirma elektr qarshiligi yuqori (r
0
~(140—160) 
mkW · sm), shu sababli payvandlash uchun uncha katta bo‘lmagan 
payvandlash toki talab qilinadi: I
pay 
= (0,6 —0,7)I
pay.1
. s*
D
ning nisbatan 
yuqori emasligi (350 MPa), qiziganda darz ketishga moyilligining pastligi 
a sikldan (10.1-rasmga qarang) foydalanib, t
pay
»t
pay.1
va o‘zgarmas F
pay
»F
pay.1
bilan chayqalib to‘kilishlarga yo‘l qo‘ymasdan payvandlashga imkon 
beradi. Chokli payvandlash uchun b siklogramma (10.3-rasmga qarang) 
qo‘llaniladi. Titan qotishmalari ish yuzasi yassi yoki sferik elektrodlar bilan 
payvandlab biriktiriladi. Bunday elektrodlar elektr o‘tkazuvchanligi past 
va qattiqligi yuqori materiallardan tayyorlanadi (3-guruh metallari uchun 
bo‘lgani kabi).
5. Aluminiy qotishmalari. Aluminiy qotishmalarining yuzasi qiyin 
eriydigan oksid pardlari bilan qoplangan bo‘lib, payvandlashdan oldin 
ular yo‘qotilmog‘i lozim. qasmoq tufayli mustahkamlanadigan AMö, AMã, 
AMã3 turidagi deformatsiyalanadigan qotishmalarning kristallanish oralig‘i 
nisbatan tor va qiziganda darz ketishga moyilligi o‘rtacha bo‘ladi. Issiqlik 
ta’sir qiladigan joyda donalarning kattalashuvi va mustahkamlikning 
yo‘qolishi kuzatiladi, bunga qurumning ketkazilishi sabab bo‘ladi. Ammo 
metallning yumshatilgan holatida mustahkamligi va plastikligining 


86
baravarligi saqlanib qoladi. Ushbu kichik guruh qotishmalari r
0
ning juda 
kichikligi (~(4—5) mkW · sm) va l ning yuqoriligi bilan ajralib turadi. Shuning 
uchun ular qattiq rejimlarda (t
pay 
= 0,5 t
pay.1
) katta payvandlash toki I
pay
= (3 — 
3,5)I
pay.1
bilan payvandlanadi. s*
D
ning uncha katta emasligi (80—90 MPa) 
F
pay 
< F
pay.1
dan foydalanishni talab qiladi, ammo rejim qattiqroqligi bois u 
texminan F
pay.1
gacha oshiriladi. Detallarning qalinligi 2 mm gacha bo‘lganda 
nuqtali payvandlash kuch a siklogrammasi bo‘yicha amalga oshiriladi; ular 
bundan qalinroq bo‘lganda b siklogrammadan foydalaniladi (10.1-rasmga 
qarang). Chokli payvandlash odatda roliklarni uzluksiz aylantirib bajariladi 
(10.3-rasmdagi b siklogramma).
Termik ishlov berib mustahkamlangan deformatsiyalanuvchi 
qotishmalar (D16T, D19T, D20T, 1420, 1395 va b.) ning kristallanish oralig‘i 
(intervali) keng va (130°C gacha) qiziganda darz ketishga juda moyil 
bo‘ladi, bunga quyma o‘zakda qalin evtektik qatlamlarni hosil qiluvchi 
dendrit likvatsiya ham yordam beradi. O‘zak metalining mexanik xossalari 
yumshatilgan qotishmaning xossalariga yaqin lashadi.
Termik ishlov bilan mustahkalanadigan D16T, 1420 va boshqa 
turlari qotishmalarni payvandlashda chok yaqinidagi joyda metallning 
mustahkamligi pasayadi. r
0
qiymatlarining juda kichikligi (~(6—13) mkW · sm) 
va l ning yuqoriligi qattiq rejimlarni talab qiladi. s*
D
ning kattaroqligi (100—
140 MPa), shuningdek ichki chayqalib to‘kilishlar va qiziganda darz ketishga 
moyilligi munosabati bilan payvandlash kuchi F
pay 
= (1,2—1,4)F
pay.1
gacha 
oshiriladi. By esa payvandlash tokini I
pay 
= (3,5—4)I
pay.1
gacha oshirishni 
taqazo etadi. qalinligi 2 mm dan oshmaydigan materiallarni payvandlashda 
detallar uzluksiz siljitiladigan b siklogrammadan (10.3-rasm) foydalanish 
tavsiya qilinadi. Bundan qalinroq metallar uchun detallar kadam-baqadam 
siljitiladigan va cho‘kichlanadigan d siklogramma (10.3-rasm) tavsiya etiladi. 
Aluminiy qotishmalarini payvandlash uchun elektrodlar va roliklarning 
ish yuzasi sferik shakla, elektrodlar materiallari esa yuqori darajada elektr 
o‘tkazuvchan (mis elektr o‘tkazuvchanligining 85 % idan kam emas) va 
qattiqligi 100—125 MPa bo‘lmog‘i kerak.
6. Magniy qotishmalari. Magniy asosida olinadigan qotishmalar boshqa 
konstruksion materiallardan zichligining kichikligi, mustah kamligining 
nisbatan yuqoriligi, zarblar va tebranishlar nagruzkalarini yaxshi so‘ndira 
olishi, ishqorlar, benzin, moylarga kimyoviy chidamliligi bilan ustun 
tarzda ajralib turadi. Ammo atmosfera sharoitida ularning yuzasida qalin, 
g‘ovakdor va nomus tahkam MgO pardasi hosil bo‘ladi, bu parda qotishmani 
keyin gi oksidlanishdan yomon saqlaydi va ko‘pgina muhitlarda uning 
korroziyabardoshligini pasaytiradi.
Nuqtali va chokli payvandlash orqali asosan nagartovka bilan 


87
mustahkamlanuvchi deformatsiyalanadigan qotishmalar (MA1, 
MA2-1, MA10, va b.) hamda termik ishlov berib mustahkamlangan 
issiqqa chidamli qotishmalar (MAÈ, MA13 va b.) biriktiriladi. Magniy 
qotishmalarining r
0
kichik (~(12mkW · sm) bo‘ladi va shu bois ular qattiq 
rejimlarda payvandlanadi. Darz ketish va katta tob tashlashlarning oldini 
olish maqsadida b siklogrammadan (10.1-rasm) foydalaniladi. Chokli 
payvandlash b siklogrammadan foydalanib amalga oshiriladi (10.3-rasm). 
Elektrodlar ish yuzasining shakli va materiali aluminiy qotishmalari uchun 
bo‘lgani singari tanlanadi.
7. Mis va mis qotishmalari. Sof misning issiqlik o‘tkazuvchanligi va elektr 
o‘tkazuvchanligi juda yuqori bo‘lganidan volfram, kiritdan yasalgan issiqlik 
ekranlari yoxud elektrod ulamalaridan foydalanib payvandlanadi. Tok impulsi 
juda qattiq (bikr) bo‘lgan (t
pay
<0,02 s) qudratli kondensatori mashinalarda 
o‘zak hosil qilish orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri eritish ham mumkin. Kristallanish 
oralig‘ining yo‘qligi F
pay
o‘zgarmas bo‘lgan oddiy sikldan foydalanishga 
imkon beradi. Mis uchun chokli payvandlash qo‘llanilmaydi.
jezlar va bronzalarning elektr o‘tkazuvchanligi yuqori, mexanik va 
texnologik tavsiflari yaxshi bo‘ladi. r
0
ning pastligi (~(6—8) mkOm · sm) va l 
ning yuqoriligi tufayli mis qotishmalari qattiq rejimlarda katta payvandlash 
toki I
pay
= (2,5¸3)I
pay.1
da t
pay 
= (0,5¸0,7)t
pay.1
bilan payvandlanadi. s*
D
uncha 
yuqori bo‘lmagani (~(120—130 MPa)) uchun payvandlash kuchi F
pay
»F
pay.1
qilib olinadi. Ichki chayqalib to‘kilishlar xavfi bo‘lmagan a siklogrammadan 
(10.1-rasm) bo‘yicha payvandlanadi. Chokli payvandlash uzluksiz aylantirish 
va tokni impulsli ulash bilan olib boriladi (10.3-rasmdagi b siklogramma). 
Elektrod va roliklar aluminiy qotishmalari uchun bo‘lgani kabi o‘rnatiladi.
8. qiyin eriydigan qotishmalar. Likvidus harorati xromning erish 
haroratidan (1875°C) yuqori bo‘lgan metall hamda qotishmalari deb 
ataladi. Ular sirasiga Cr, V, Mo, Ta, Nb, Re, W (T
erish
ning o‘sib borish tartibida) 
kiradi.
Volfram va molibdenlarning qiyin eriydigan kimyoviy aktiv qotishmalarini 
payvandlash qiyinligiga ularning issiqlik o‘tkazuv chanligi hamda elektr 
o‘tkazuvchanligi, shuningdek erish harorati yuqorligi (volframniki 3400°C, 
molibdenniki 2620°C) sabab bo‘ladi. Bunday xossalarning birlashishi 
elektrod-detal tegish joyida juda yuqori haroratlar paydo bo‘lishiga, 
elektrodlarning ish yuzasi tez pachoqlanishi va tagidan erishiga olib keladi. 
Payvandlash joyida mo‘rt fazalarning noqulay qayta taqsimlanishi tufayli 
payvand birikmalarning plastikligi past bo‘ladi. Shunday qilib, ikki asosiy 
muammoni hal qilish: elektrod tagidagi tegish joyidagi haroratni pasaytirish 
va birikmalarning plastikligini oshirish zarur bo‘ladi.
Ushbu haroratni pasaytirishning ayrim usullari mavjud: elektrod bilan 


88
detal orasiga titan, niobiydan qilingan himoya ekranlari joylash tirish; 
elektrod oldidagi haroratni pasaytirgan holda detallarning bir-biriga tegish 
joyida issiqlikni to‘plash (to‘xtamlar vaqtida F
pay
ni keskin kamaytirish 
bilan ko‘p impulsli qizdirishdan foydalanish); payvandlash kontaktiga 
nisbatan osonroq eriydigan metallarni (nikel qotishmalari, niobiy, tantal 
va boshqalardan qilingan tasmalarni) yoki qoplama qatlamlarni kiritish; 
relyeflardan foydalanish.
Tekshirish uchun savollar
1. Payvandlanadigan metallarning issiqlik-fizik, fizik-kimyoviy va mexanik xossalari 
payvandlash rejimiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
2. Metallarning texnologik payvandlanuvchanligi deb nimani aytiladi?
3. Kam uglerodli po‘latlarni payvandlashning o‘ziga xos xususiyatlari qanday?
4. Ko‘p legirlangan po‘latlarni payvandlashning o‘ziga xos xususiyatlarini aytib bering.
5. Titan qotishmalarini payvandlash qanday o‘ziga xos xususiyatlarga ega?
6. Aluminiy qotishmalarini payvandlashning o‘ziga xos xususiyatlari.
7. Misni va uning qotishmalarini payvandlashning o‘ziga xos xususiyatlarini aytib 
bering.


89
12-bob. KONTAKTLI PAYVANDLASHNING 
ALOHIDA HOLLARI
12.1. qalinligi bir xil (teng) bo‘lmagan detallarni payvandlash
qalinliklar nisbatan 1:3 va bundan kichik bo‘lganda nominal (hisoblangan) 
o‘zaro erish joyi (zonasi) ni olish murakkabligi tufayli payvandlash jarayoni 
qiyinlashadi. Bunga issiqlik muvozanati tekisligi payvandlash kontakti bilan 
mos kelmasligi sabab bo‘ladi. Bunda yupqa detal kam va nobarqaror eriydi. 
qalinlikdagi tafovut kattalashishi bilan payvand chokning erigan metall bilan 
to‘lmaslik ehtimoli ortadi.
Yumshoq rejimda erish izotermasi paket kesimining markazida (qalin 
detalda) yuzaga kelib, keyin hamma tomonlarga bir tekis tarqaladi. Shunday 
qilib, u payvandlash siklining oxiridagina yupqa detalni qamraydi. jarayon 
erish chuqurligi barqaror emasligi, qalin detal suyuq metalining hajmi 
kattaligi, yupqa detalning jadal deformatsiyalanishi, elektrodlarning tez 
yeyilishi bilan tavsiflanadi.
qattiq rejimda jarayonning boshida erish izotermasi yupqa va qalin 
detallarning tegish joyi oldidagi sohani bir tekis qamraydi. Keyin issiqlik 
chetlashishi (boshqa detalga o‘tib ketishi) ta’sirida izoterma qalin detal 
ichiga, issiqlik muvozanati tekisligi tomon siljiydi (12.1-b rasm). Tok zarur 
darajada oshirilganda ichki va tashqi chayqalib to‘kilishlar sodir bo‘ladi. 
Ammo payvandlashning oddiy sxemasida qattiq rejim afzalroqdir.
Yupqa detal ishonchli erishi uchun issiqlik muvozanati tekisligini 
payvandlash kontaktiga sun’iy ravishda yaqinlashtirishga asoslangan 
usullar bor.
Mazkur vazifani hal qilishning asosiy yo‘nalishlari yupqa detaldan 
issiqlikni chetlatish va unda issiqlik ajralishini (detallar orasidagi tegish 
joyida) oshirishdir.
Birinchi yo‘nalish odatda yumshoq rejimlarda amalga oshiriladi. 
Yupqa detal erishining birmuncha oshishiga uni ish yuzasi kichik va 
issiqlik o‘tkazuvchaligi kam bo‘lgan elektrod tomonda joylashtirish 
orqali erishiladi. qalin detal tomonda elektrodning ish yuzasi va issiqlik 
o‘tkazuvchanligi oshiriladi. Biroq bu usul yupqa detalning erishini juda 
kam (10—15 %) oshiradi, aluminiy va magniy qotishmalaridan yasalgan 
detallarni payvandlashda elektrod yopishib qolaverishi sababli issiqlik 
o‘tkazuvchanligi kichik elektrodlar kam ishlatiladi.


90
Yupqa detal bilan elektrod orasiga issiqlik o‘tkazuvchanligi kam bo‘lgan 
metalldan 0,05—0,3 mm qalinlikdagi tasma ko‘rinishida yasalgan, olinadigan 
issiqlik ekrani (to‘siq) o‘rnatish samaralidir. Ekran issiqlikni yupqa detalda 
to‘playdi, ko‘p hollarda esa o‘zi ham qo‘shimcha issiqlik manbayi bo‘lib 
xizmat qiladi. Tasmaning tarkibi va qalinligini turlicha tanlash orqali issiqlik 
muvozanati tekisligi yupqa detal tomon osongina siljitiladi va uning 
barqaror erishiga erishiladi. Bu tekislikni yupqa detal ichiga siljitib hatto 
uning parron erishiga erishish mumkin.
Ikkinchi yo‘nalish asosan qattiq rejimlarda amalga oshiriladi. Buning 
uchun ko‘pincha ikki variantdan: payvandlash tokini fokuslash (ichki tegish 
joyining kichik yuzasida mahalliy issiqlik ajralishi) va detallarni elektrodlar 
atrofida qo‘shimcha qisishdan foydalaniladi.
Ichki tegish joyining yuzi relyeflar (yupqa yoki yaxshisi qalin detalda) 
yordamida cheklab qo‘yiladi. Tokning to‘planish samaradorligini oshirish 
uchun ba’zan relyeflar atrofida elektr o‘tkazmaydigan qiyin eruvchi 
qatlamlar joylashtiriladi. Yupqa detaldagi tokning zichligi oshiriladi, buning 
uchun elektrodning o‘zining ish yuzasi yaqinidagi elektr o‘tkazuvchanlik 
maydoni (yuzi) halqasimon kertik, o‘tkazuvchanligi past qotishmadan 
yasalgan halqa yoki elektr o‘tkazuvchanligi yuqori qotishmadan ishlangan 
kichikroq markaziy ulama (vstavka) yordamida kamaytiriladi. Tok yupqa 
detalda to‘planishi uchun qo‘shimcha magnit maydoni qo‘yish ham taklif 
etilgan. jarayonning murakkabligi elektrodlar chidamliligining pastligi, 
yupqa detalning erishni oshirishning samaradorligi pastligi aytib o‘tilgan 
variantlardan amalda foydalanishni cheklab qo‘yadi.
Yupqa detalni elektrod atrofida halqa bo‘ylab qo‘shimcha ravishda 
qisib qo‘ygan holda payvandlash juda samaralidir. Umumiy siqish kuchi F
pay
maxsus elektrod qurilmasi yordamida ikki kuchga: markazda qo‘yiladigan 
F
m
kuchga va nuqtaning chekka qismini siquvchi F
chek
kuchga ajratiladi. 
Bu usul chayqalib to‘kilishlarga deyarli batamom barham beradi va qattiq 
hamda yumshoq rejimlarda qo‘llaniladi.
qattiq rejimlarda payvandlashda qizish va erish chog‘ida yupqa 
detaldagi tokni ancha oshirish mumkinligi, yumshoq rejimlarda esa markaziy 
(payvandlash) kuchni odatdagi payvandlashga nisbatan keskin kamaytirish 
yo‘li bilan issiqlikni yupqa detaldan elektrodga o‘tkazib yuborish imkoniyati 
borligi tufayli erish chuqurligi ortadi. Ayni usul yupqa detalning erish chuqurligi 
30—70% bo‘lishini ta’minlaydi, lekin elektrodning ifloslanishga chidamliligini 
oshirish maqsadida yanada takomillashtirishga, nuqtalarni halqa bo‘ylab 
qisish uchun mo‘ljallangan ishonchli va ixcham universal elektrod qurilmalari 
yaratishga muhtoj.


91
12.2. Bir tomonlama payvandlash
Bu usulda payvandlash toki bitta (ustki) detal tomondan keltiriladi. 
Payvandlashning bir sikli ichida odatda ikkita nuqta hosil qilinadi. Ayrim 
hollarda esa, masalan, diametri kattalashtirilgan ikkinchi elektroddan 
tok keltirich sifatida foydalanilganda ikkita nuqta hosil qilinadi. Ushbu 
usul ish unumi yuqori bo‘lishini, detallarni bir tomondan payvandlashni, 
sarflanadigan elektr quvvati kamayishini (mashina payvandlash konturining 
yuzi kichik bo‘lishini), detallarning tob tashlashi kamayishini (detal bir 
vaqtning o‘zida simmetrik tarzda bir necha joyidan payvandlab qo‘yilishi 
evaziga) ta’minlaydi.
Usulning jiddiy kamchiligi ustki detal orqali tokning befoyda shuntlanishidir 
(I
sh.
). By esa, xususan, elektr o‘tkazuvchanligi yuqori qotishmalardan 
yasalgan detallarni payvandlashni qiyinlashtiradi, ustki detalning qizishi 
va deformatsiyalanishiga sabab bo‘ladi, elektrod oldidagi elektr hamda 
issiqlik maydonlarini buzadi. Elektrodlar oralig‘i (qadami) kichik bo‘lganda 
bu tashqi to‘kilishlarga olib kelishi mumkin.
qizdirib payvandlash rejimidan foydalanib, I
sh
ni qisman kamaytirishga, 
harorat maydoni buzilishini bartaraf etishga va elektrodlar chidamliligini 
oshirishga erishish mumkin. Birinchi impuls t
K
ni kattalashtiradi, ikkinchi 
impuls esa kichik I
Sh
da birikmani shakllantiradi. Agar ustki detal qalinroq 
bo‘lsa, tok keltiruvchi plita o‘rniga o‘zaro elektr tarzda bog‘langan 
elektrodlar o‘rnatiladi.
Ikkita bir tomonlama joylashgan roliklar bilan chokli payvandlashda tok 
keltiruvchi yaxlit taglikdan yoki simmetrik joylashgan roliklarning pastki 
juftligidan foydalanish mumkin.
Bir tomonlama nuqtali va chokli payvandlash sxemalaridan ko‘pincha 
ko‘p nuqtali maxsus mashinalar (avtomobilsozlikda) va ko‘p chokli 
mashinalar (sovitkichlar) ishlatiladi, bu bir tomondan yaqinlashish va 
kichik ikkilamchi kontur elektrodlarni joylashtirish hamda birikmalar 
sifatini barqarorlashtirish uchun qulaydir. Bir tomonlama payvandlashdan 
ko‘pincha yupqa devorli detallarni bir necha joyidan payvandlab qo‘yish 
uchun foydalaniladi.
12.3. Mikropayvandlash
qalinligi bir necha mikrometrdan 0,5 mm gacha bo‘lgan detallarni 
payvandlash mikropayvandlash deb ataladi va elektron hamda asbobsozlik 
sanoatlarida bosma platalardagi sxemalarni, gibrid, integral sxemalar ishlab 
chiqarishda, mitti asboblar korpuslarini, membrana qutilari, silfonlarni 


92
zichlashda va boshqa maqsadlarda qo‘llaniladi.
Mikropayvandlash qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ular 
texnologiyada, uskunalarni tanlashda qo‘shimcha muammolarni yuzaga 
keltiradi: detallarning o‘z qarshiligi nisbatan kam va payvandlash kuchlari 
kichik bo‘lganidan tegish joylari qarshiliklarining issiqlik manbayi sifatidagi 
ahamiyati keskin ortadi; ko‘pincha payvandlash kontaktida qancha issiqlik 
ajralib chiqsa, elektrod-detal tegish joylarida ham deyarli shuncha issiqlik 
ajralib chiqadi; payvandlash rejimining favqulodda qattiqligi jarayonning 
chayqalib to‘kilishlarga, massa ko‘chishga, mustahkamlik ko‘rsatkichlarining 
tarqalishi oshishiga sezgirligini oshiradi; detallar o‘lchamlarining, 
shakllarining, qalinligi hamda materiallarining juda xilma-xilligi metallurgik 
murakkabliklarni keltirib chiqaradi va eng maqbul payvandlash rejimlarini 
tanlashni qiyinlashtiradi; turli o‘zgaruvchi omillar (yuzaning holati, F
pay
, d
E

t
pay
, elektrodlarning og‘ishi, ularning noto‘g‘ri o‘rnatilishi va o‘zaro siljishi, 
massa ko‘chish, chiqish mexanizmning inersionligi, mashina payvandlash 
konturining qarshiligi o‘zgarishi va b.) payvand birikmalar sifatiga 
keskinroq ta’sir qiladi. Bularning bari mitti uzellarni yuqori sifatli biriktirishni 
murakkablashtiradi.
Mikropayvandlash sifati yuqori darajada barqaror chiqishi uchun 
mashinaga (parametrlarning o‘zgarmasligi, siqish mexanizmining 
inersionligi kichikligi, payvandlash konturining yetarli darajada bikrligi 
borasida), texnologiyaga (texnologik jarayonning qismlarini sinchiklab 
ishlab chiqish, eng maqbul rejimni tanlash, nazorat asboblaridan keng 
foydalanish borasida), mashinalarga malakali xizmat ko‘rsatilishiga 
(payvandlash konturining ahvolini, ayniqsa uning kontaktlari, siqish 
mexanizmlari va boshqa tizimlari ahvolini muntazam ravishda tekshirib 
turish borasida) qattiq talablar qo‘yilishi shart.
12.1-rasm. Turli qalinlikdagi detal larda 
o‘zakning shakllanish ki ne ma tikasi (r 
— issiqlik muvozanati tekis ligi; e — ana 
shu tekislik bilan payvandlash kontakti 
o‘rtasidagi ora liq): a — yumshoq rejim; 
b — qattiq rejim; 1—3 — mos ravishda 
payvand lashning boshlang‘ich, o‘rta va 
oxirgi bosqichlaridagi erish izotermasi.


93
12.4. Elektr kontakt usulida eritib qoplash
Yeyilgan detallarni ta’mirlash uchun metall qatlamlari payvandlash 
yoki alohida xossalarga ega yaxlit sirtqi qatlamlar hosil qilish ishlari maxsus 
qurilmalarda kontaktli payvandlash chokli (elektr kontakt usulida eritib 
qoplash) yo‘li bilan amalga oshiriladi. Odatda asosiy detalga sim, tasma 
payvandlanadi, maxsus kukun kuydirib yopishtiriladi.
Sim payvandlash sxemasi eng keng tarqalgan. Detalda yaxlit metall 
qatlami 2 b siklogrammadan foydalanib (12.4-rasm), detalni aylantirgan 
holda kesishuvchi spiral valiklar yordamida hosil qilinadi. Sim 3 ni 
yo‘naltiruvchi vtulka 4 uzatib turadi. Payvandlash toki transformator 7 dan 
detalga va erkin aylanuvchi rolik 5 ga keladi. Rolikka prujinali amor tizator 6 
orqali pnevmosilindrdan F
pay
qo‘yiladi. qizish va plastik deformatsiya detal-
detal tegish joyidagi oksid pardalarini yemiradi hamda qattiq holatdagi 
metall bog‘lanish yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
Detalning aylanish tezligi V
pay
va roliklarning bo‘ylama siljish tezligi V
bo‘y
shuningdek payvandlash rejimi to‘g‘ri tanlanganda har bir o‘ram qo‘shni 
o‘ram va asosiy metall bilan birikib yaxlit metall qatlamini hosil qiladi.
Sim o‘rniga tasma payvandlash ish unumini oshiradi, ammo plastik 
deformatsiya sharoitlarining qulayligi kamroq bo‘ladi. Ular faqat po‘latlarni 
payvandlashda oson eriydigan oksidalrni eritish va detal-detal tegish 
joyidan siqib chiqarish hamda bog‘lanishlar hosil qilish uchun yetarli 
bo‘ladi. Ba’zan, oldindan enli silliqlanib, yog‘sizlantirilgan yuzaga enli 
tasma — gilza o‘ralib, keyin payvandlanadi. Bunday yo‘l bilan traktorlar 
silindrlari cho‘yan blokining korpusiga po‘lat gilzalar maxsus rolikli ombur 
yordamida biriktiriladi. Gilza uchlari orasidagi tirqish uning qalinligidan 
(0,3—1 mm) ortiq bo‘lmasligi kerak. Avval gilza o‘rtaga doira bo‘ylab bir 
12.2-rasm. Turli qalinlikdagi detallarni nuqtali payvandlab biriktirish:
a — ekran yordamida; b — chekka qismni rostlanadigan 
qo‘shimcha qisish yo‘li bilan.


94
necha joyidan payvandlab qo‘yiladi. Keyin chetlaridan boshlab bir-birini 
bekituvchi (qoplovchi) nuqtalar tushirib payvandlanadi. Choklar bir-birini 
25 % berkitib turishi lozim. Birikma odatda erigan holatda shakllanadi, 
ammo qattiq xolatda ham qisman shakllanishi mumkin.
Yuzada oldindan tishlar hosil qilish, sim yoki detalda relyeflar yuzaga 
keltirish (issiqlik ajralib chiqishi mahalliylashtiriladi), simni toksiz rolik bilan 
oldindan sovuqlayin deformatsiyalash (diffuzion jarayonlar, chunonchi, 
qayta kristallanish faollashadi) yo‘li bilan jarayon jadallashtiriladi va 
birikmaning mustahkamligi oshiriladi.
Tekshirish uchun savollar
1. qalinligi har xil detallarni payvandlashda ishonchli birikma hosil qilishning qanday 
usullari bor?
2. Bir tomonlama payvandlashning asosiy afzalliklari va kamchiliklarini aytib bering.
3. Mikropayvandlash deb nimani aytiladi?
4. Mikropayvandlash qaysi sohalarda qo‘llaniladi?
5. Elektr kontakt usulida eritib qoplashning mohiyatini so‘zlab bering.


95
13-bob. MAXSUS KONSTRUKSIYALAR 
VA BIRIKMALARNI PAYVANDLASH
13.1. Uch qatlamli panellarni nuqtali payvandlash
Korroziyabardosh po‘latlar va titan qotishmalaridan tayyorlanuvchi 
panellar nuqtali payvandlab biriktirilgan, orasiga nova-nova 
(gofrirovkalangan) to‘ldirgich qo‘yilgan ikki qoplamadan iborat bo‘ladi. 
Ustki qoplama bo‘lmaganda novalarni (to‘ldirgichni) pastki qoplamaga 
payvandlash qiyinchilik tug‘dirmaydi. Novalarni ustki qoplamaga 
uzil-kesil biriktirish qiyinroq kechadi. Buning uchun turli variantlardan 
elektr o‘tkazuvchan ikki ponali qistirma 5 dan yoki pona 3 yordamida 
ochiladigan, yo‘naltiruvchi 4 da harakat lanuvchi elektrodlar 2 dan 
fodalaniladi (13.1-rasm). Harakat lanuvchi qistirma va elektrodlarning siljish 
payvandlash mashinasining ishi ya’ni asosiy elektrodlarning kerilishi bilan 
sinxronlashtirilgan. Ba’zan kanalga oson eruvchi metall, masalan, aluminiy 
6 quyiladi. Payvandlab bo‘lingandan keyin u eritib olib tashlanadi.
Birinchi variant yassi panellarda, ikkinchi variant yassi yoki biroz egik 
panellarda, uchinchi variant esa ancha egik panellarda qo‘llaniladi. Agar 
panellarning asosan bir qavati biroz egik bo‘lsa, ularni yassi panel kabi 
payvandlab, keyin jo‘valarda deformatsiyalash mumkin.
13.2. Katak-katak panellarni payvandlash
Korroziyabardosh po‘latlar va titan qotishmalaridan payvandlab 
yasalgan yaxlit katak-katak (uyali) panellarning solishtirma mustahkamligi 
yuqori, og‘irligi kam, bikrligi katta bo‘ladi.
Ular ikkita qoplama list 1 va kvadrat shaklidagi katak-katak to‘ldirgich 
2 dan tashkil topadi. To‘ldirgich 0,05—0,1 qalinliklagi nova-nova folga 
12.3-rasm. Ikki tomonlama payvan dlash 
sxemasi: I
Sh
, I
p.d.
, I
t.k.t.
— mos ravishda 
ustki detalning shuntlanish toki; pastki 
detaldagi va tok kelti ruvchi taglikdagi 
tok; Z
Sh
, Z
p.d.
, Z
t.k.t.
— ustki detal, pastki 
detal hamda tok keltiruvchi tagliknig 
to‘liq elektr qarshiligi.


96
tasmlaridan hosil qilinadi. Tasmalarning chetlari 0,3—0,8 mm qalinlikdagi 
qoplamalarga payvandlash uchun oldindan ikki tomonidan qayirib 
qo‘yiladi.
Panellar maxsus qurilmada yig‘iladi va payvandlanadi. Bu qurilma ikki 
tomonlama va ko‘p nuqtali bir tomonlama payvandlash mashinalaridan 
iborat. qoplama listlar 1 yotiq holatda, bir-biridan to‘ldirgich tasmasi 2 
eniga teng oraliqda joylashtiriladi. Tasma tok o‘tkazadigan yoyuvchi taroq 
3 ga qo‘yiladi, taroqning shakli va o‘lchamlari tasmaning kataklariga mos 
keladi. Bunda qistirmaning arrasimon chiqiqlarini tasmaning bukilgan 
chetlari bekitib turishi kerak. qistirma pona 4 yordamida yoyilib, qoplamalar 
orasiga qoplamaga avval payvandlangan tasmaga tekkuncha kirgiziladi. 
Bukilgan chetlar bir yo‘la ikkila qoplamaga nuqtali payvandlanadi (tasma 
bo‘ylab roliklar 5 ni g‘ildiratish orqali). Nuqtalar qistirmaning chiqiqlari 
bo‘lgan joylarda shakllantiriladi. Tasma payvandlab bo‘lingandan keyin 
qistirmani siqib, olib tashlanadi. Uning o‘rniga elektrodlar b o‘rnatilgan 
ko‘p elektrodli kallak (golovka) kirgiziladi va to‘ldirgich tasmalari 1,5—2,5 
mm qadam bilan (oraliqda) ko‘p nuqtali bir tomonlama payvandlash 
usulida butun balandligi bo‘yicha bir-biriga payvandlanadi. Keyin kallak 
chiqarib olinib, panel yotiq holatda yarimkatak kattaligida siljitiladi va sikl 
kerakli uzunlikdagi panel hosil bo‘lgunga qadar qaytariladi. Payvandlab 
yasaladigan katak-katak (uyali) panellar kavsharlab yasalganlaridan 
yengilroq va ishlab chiqarishdagi mehnat sarfi kamroq bo‘ladi.
13.3. Chokli uchma-uch payvandlash
Chokli uchma-uch payvandlash oddiy ustma-ust payvandlashga 
qaraganda uzelning og‘irligini kamaytirish, qoldiq zo‘riqishlarni ozaytirish 
va toliqishga mustahkamlikni oshirish imkonini beradi. Tirqish korroziyasi 
va elektrodlarning ifloslanish muammolari yuzaga kelmaydi.
Detallar moslamada bir-birining orasida kamida 0,2s tirqish qoldirib 
yig‘iladi hamda b siklogrammadan (10.3-rasmga qarang) va ustma-ust 
payvandlash rejimlariga yaqin rejimlardan foydalanib payvandlanadi. 
Detallarning erishini oshirish (100% gacha), roliklarni himoyalash, chokni 
qalinlashtirish va asosiy material darajasidagi mustahkamlikni hosil qilish 
uchun roliklar bilan detallar orasiga detallar materialidan qilingan yupqa 
tasma joylashtiriladi. Tasmaning qalinligi 0,2—0,3 mm, eni esa quyma 
zonaning enidan 30% kam bo‘ladi. Bunday birikmalar asosan 3 mm gacha 
qalinlikdagi po‘latlar (shu jumladan, oson eriydigan qoplamali po‘latlar) va 
titan qotishmalari uchun qo‘llaniladi.


97
13.4. Chetlarini ezib, chokli payvandlash
Chetlarini ezib, chokli payvandlash uchma-
uch bajariladi. Detallar juda oz kattalikda (B=s) 
ustma-ust qo‘yilgan va issiqlik ko‘p miqdorda 
to‘planish tuyfali chetlari eziladi, pachoqlanadi, 
oksidlar maydalanib ketadi va uchma-uch 
birikish joyidan siqib chiqariladi. Payvandlash 
qattiq holatda yoki suyuq o‘zak hosil qilib 
amalga oshirilishi mumkin. mazkur usul plastik 
qotishmalar, masalan, kam uglerodli po‘lat 
uchun qo‘llaniladi. Ayni usul ustma-ust oddiy 
chokli payvandlashga nisbatan birikmalarning 
og‘iriligi kam va mexanik tavsiflari yuqoriroq 
hamda korroziyaga qarshi xossalarga ega 
bo‘lishini ta’minlaydi.
13.5. Uchta va undan ortiq detallardan iborat 
to‘plamni payvandlash
Bunday majmua qo‘shimcha tegish joylari paydo bo‘lishi va tashqi yupqa 
qismlarning ishonchli erishi qiyinligi tufayli jarayonini murakkablashtiradi. 
Agar tashqi tomonda qalinroq yoki qalinligiga ko‘ra va bir-biriga yaqin 
detallar tursa, nuqtali va chokli payvandlash markaziy detalni parron eritgan 
holda uncha qiynalmasdan amalga oshiriladi. Tashqarida yupqa detallar 
joylashgan taqdirda esa qattiq rejimlar qo‘llaniladi. Murakkab hollarda, 
qalinligi teng bo‘lmagan detallarni payvandlashda bo‘lgani kabi, issiqlik 
muvozanati tekisligining siljishini boshqarishning texnologik ussularidan 
foydalaniladi.
13.6. qalinligi katta detallarni payvandlash
Detallar 10 mm dan qalin bo‘lganda qator qiyinchiliklar yuzaga keladi: 
ilgari payvandlangan nuqtaga tok ko‘proq shuntlanadi, elektrodlarning 
ish yuzasi kuchli qiziydi va eziladi, o‘zakda yirik cho‘kish nuqsonlari paydo 
bo‘lishiga moyillik yuzaga keladi. Bundan tashqari, yuzaga ishlov berish 
va detallarni aniq yig‘ish zarurligi qo‘shimcha muammo bo‘ladi. Yuzaga 
aylanuvchi cho‘tkalar yoki pitra bilan ishlov beriladi. Yig‘ish ishlari kuchli 
qismalari va fiksatorlari bo‘lgan moslamlarda olib boriladi.
Shuntlanishni kamaytirish uchun nuqtali payvandlash oshirilgan qadam 
12.4-rasm. Elektr kontakt 
usulida sim eritib qoplash.
7 — M.A. Abralov, N.S. Dunyashin


98
bilan amalga oshiriladi. Masalan, 10 mm qalinlikdagi konstruksion po‘latlardan 
yasalgan detallar uchun t
q
=100—120 mm bo‘ladi. Elektrodlar haroratini 
pasaytirish uchun qattiq rejimlardan yoki o‘zgarmas payvandlash toki bilan 
pulslanuvchi qizdirishdan foydalaniladi. Bunday sikl ish yuzasining o‘rtacha 
haroratini pasaytiradi (to‘xtam vaqtida elektrodlarning sovishi evaziga) 
va ayni paytda issiqlikni detallarning payvandlanadigan tegish joyida 
to‘playdi. Cho‘kish nuqsonlarining oldini olish uchun F
ch
dan foydalaniladi 
(10.1-rasmdagi b siklogramma).
13.7. qumoq-qumoq aluminiy kukuni (qAK)ni payvandlash
Bunday materiallarni biriktirish kattagina muammo hisoblanadi, chunki 
o‘zakdagi erigan metallning qovushoqligi nihoyatda yuqori bo‘ladi. Sirtqi 
oksidlar aralashib ketmaydi va detallar orasida qolib ketadi. Birikma hosil 
bo‘lmaydi. Bunga aluminiy va qiyin eriydigan dispers Al
2
O
3
zarralaridan 
(6—12%) tashkil topadigan material termik barqarorligining juda yuqoriligi 
sabab bo‘ladi.
Listlar texnik aluminiy yoki AMã turidagi qotishmalar bilan qoplangandan 
keyin payvandlanuvchanlik keskin yaxshilanadi. Birikma ikkita qoplama 
qatlam erishi hisobiga hosil bo‘ladi (13.5-a rasm). Ayni chog‘da yupqa 
suyuq chokka yaqin joylashgan qAK qatlamlari o‘tib birikmaning issiqqa 
chidamliligini oshiradi. b siklogrammadan foydalaniladi (10.1-rasmga 
qarang). qoplangan qAK boshqa aluminiy qotishmalari bilan yaxshi 
payvandlanadi. O‘ziga xos birikma yuzaga keladi: oddiy qotishmada 
suyuq yarimo‘zak hosil bo‘ladi, qAK tomonda esa faqat qoplama suyulib, 
yarimo‘zak bilan aralashadi (13.5-b rasm).
13.1-rasm. Uch qatlamli panelni payvandalash.


99
13.8. G‘ovakdor qumoq-qumoq materiallarni payvandlash
Detallarda ko‘ndalang parron darzlar mavjudligi bunday materiallarni 
biriktirishni qiyinlashtiradi. Darzlar nuqtali bir-birini qoplagan joylarda o‘zak 
chetidan boshlab kengayib boradi. Bunga payvandlash joyidagi cho‘zuvchi 
zo‘riqishlar kattaligi va g‘ovakdor materiallarning mexanik tavsiflari pastligi 
sabab bo‘ladi.
qumoq-qumoq metall kukunlaridan (korroziyabardosh po‘latlar, temir, 
bronzalar va hokazolar asosida olingan) tayyorlangan, g‘ovakdorligi 25—30% 
hamda qalinligi 0,3 —2 mm bo‘lgan tasmalar, listlar a siklogramma (10.1-
rasmga qarang) va b siklogrammadan (10.3-rasmga qarang) foydalanib, 
nuqtali va chokli payvandlab biriktiriladi. Ularning darz ketishga moyilligi 
nuqtali payandlashda nuqtalar o‘rtasidagi oraliqni oshirish (ichki zo‘riqishlar 
kamayadi), chokli payvandlashda esa, aksincha, nuqtalarning bir-birini 
qoplashini 60% gacha oshirish hamda uzluksiz quyma zona hosil qilish 
(yaxlit chok g‘ovakdor materialdan 8—10 baravar mustahkamroq bo‘lib, 
darzlarning kengayishi to‘xtaydi) orqali kamaytiriladi. Ixcham folgadan 
qilingan qoluvchi yupqa ustqo‘ymalar (nakladkalar) dan foydalanish ham 
samaralidir (13.6-rasm), ular birikmaning mustahkamligi va ishonchliligini 
oshiradi.
13.9. qoplamali metallarni payvandlash
qator hollarda nuqtali va chokli payvandlash orqali asosan himoya, 
manzarali va boshqa qoplamalari bo‘lgan po‘latlarni biriktirishga to‘g‘ri 
keladi. Bunday metallarning payvandlanuvchanligi qoplamasining 
13.2-rasm. Katakli panelni nuqtali payvandlash: a — tayyor panel; b — katak to‘ldirgichni 
qoplama listlar bilan payvandlash; d — katak to‘ldirgichning yarimnovalarini o‘zaro 
payvandlash.


100
fizik-kimyoviy xosalari va ularning qalinligiga bog‘liq. qo‘llaniladigan 
qoplamalarni elektr o‘tkazadigan (metall) va elektr o‘tkazmaydigan (oksid, 
fosfat va b.) qoplamalarga ajratish mumkin. qoplamalar erish harorati 
detallar materiali (po‘latdagi nikel) ning T
erish
iga yaqin bo‘lgan qiyin eruvchi 
hamda oson eruvchi (qalay, qo‘rg‘oshin, rux va hokazolar bilan qoplangan 
po‘latlar) bo‘lishi mumkin.
qiyin eriydigan xrom bilan qoplangan (T
erish 
= 1875°C) po‘latlarni 
payvandlashda umumiy o‘zakning yo‘qligi yoki borining kichikligi 
ko‘rinishidagi chala payvandlanishga yuqori moyillik kuzatiladi. Bundan 
tashqari, xromlangan po‘latlar payvandlanganda chayqalib to‘kilishlar sodir 
bo‘ladi. Yupqa qoplamalar, oshirilgan kuchlar va yumshoqroq rejimlardan 
foydalanilganda bunda po‘latlarning payvandlanuvchanligi yaxshilanadi.
Nikel (T
erish 
= 1453°C) qatlami bilan qoplangan po‘latlar payvandlaganda 
13.3-rasm. Chokli uchma-uch birikma: a — payvandlashdan oldin; 
b — payvandlab bo‘linganda keyin.
o‘zak o‘lchamlarining kichikligi yoki „yopishib qolgan narsa“ qo‘rinishidagi 
nuqsonlar paydo bo‘lishi mumkin, bunga qoplamaning plastik 
deformatsiyaga qarshiligi pastligi sabab bo‘ladi. Bunday po‘latlar nisbatan 
qattiq rejimlarda, 10—15% oshirilgan tok bilan (tegish joyining yuzi 
kattalashishini qoplash uchun) payvandlanadi.
Po‘latlardagi qiyin eruvchi qoplamalar elektrod-detal tegish joyida 
massa ko‘chish tezligi ortishiga olib keladi. Masalan, bir nechta nuqtalar 
payvandalanganda elektrod-detal tegish joyidagi rux eriy beradi. Bunga 
qoplamaning va elektrod ish qismining oksidlanishi yordam beradi, 
natijada tegish joyining harorati ko‘tariladi va massa ko‘chish kuchayadi, 
elektrodlar va ayniqsa roliklarning chidamliligi keskin pasayadi. Endi 
400—500 ta nuqta payvandlangan keyin ularning ish yuzasini tiklashga 
to‘g‘ri keladi. qoplamaning yemirilishi uzellarning korroziyaga qarshi 
xossalarini yomonlashtiradi.
Elektrodlarning chidamligi tegish joyidagi haroratni pasaytirish, tok 


101
impulsining davomliligini qisqartirish (qattiq rejimlar), cho‘ki ch lash vaqtini 
uzaytirish, elektrodlar atrofida detallarni qisib qo‘yilgan holda nuqtali 
payvandlashdan foydalanish elektrod-detal tegish joyiga to‘siq moddalar 
kiritish, relyefli payvandlashdan foydalanish orqali oshiriladi. Barqaror 
qalinlikdagi (10—20 mkm) galvanik qoplamalar bo‘ylab payvandlash yaxshi 
natijalar beradi. Kichikroq o‘lchamli nuqtalar yoki choklardan foydalanilsa, 
elektrodlarning chidamliligi sezilarli darajada ko‘tariladi.
Mis tasma yoki sim ko‘rinishidagi oraliq elektrodlarni roliklar bilan 
detallar o‘rtasidan uzluksiz tortib o‘tkazib payvandlash orqali roliklarning 
chidamliligi keskin oshiriladi. Shu bilan birga oraliq elektrodning ish yuzasi 
doimiy ravishda yangilanib turgani va massa ko‘chish bir necha bor yuz 
berishi tufayli rux qoplama kamroq yemiriladi. Zarur bo‘lsa, yemirilgan 
qoplama o‘sha joyni metall orqali asl holiga keltiriladi.
qiyin eriydigan qoplamalarning boshqa bir o‘ziga xos xususiyati plastik 
deformatsiyaga qarshiligining kamligidadir. Nisbatan past haroratda ular 
yumshab, deformatsiyalanib, tegish joyining yuzini kattalashtiradi. Bu 
hodisani qoplash uchun payvandlash tokini qoplamasiz oddiy po‘latlarni 
payvandlashdagidan 20—25% oshirish zarur.
Tekshirish uchun savollar
1. Uch qatlamli panelni payvandlashning o‘ziga xos xususiyatlarini aytib bering.
2. Chokli uchma-uch payvandlashning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
3. Chetlarini ezib chokli payvandlashning o‘ziga xos xususiyatlarini so‘zlab bering.
4. Uchta detaldan iborat to‘plamni payvandlashning o‘ziga xos xususiyatlari nimalarda 
namoyon bo‘ladi?
5. qoplamali materiallarni payvandlash qanday o‘ziga xos xususiyatga ega?
13.4-rasm. Detallarning chetlarini ezib, chokli 
payvandlab biriktirish:
a — payvandlashdan oldin; b — qattiq holatda 
payvandlab bo‘lingandan so‘ng.


102
14-bob. KONSTRUKSION MATERIALLAR 
VA DETALLARNING TURLI GURUHLARINI 
KONTAKTLI UCHMA-UCH PAYVANDLASHNING 
O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
14.1. Konstruksion materiallarning turli guruhlarini kontaktli uchma-uch 
payvandlashning o‘ziga xos xususiyatlari
Uchma-uch payvandlash rejimiga metallarning issiqlik-fizik, mexanik va 
metallurgik xossalari hamda oksid pardalari jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, r 
ning qiymati kichik hamda mos ravishda l va a ning qiymatlari katta bo‘lgan 
metallarni payvandlashda tokning zichligi oshiriladi. Detallarning qizish 
haroratini va erish tezligini oshirish ham shunday ta’sir qiladi. Metallning 
s*
D
va oksid pardalarning zichligi ortganda P
cho‘k
oshiriladi. qotishmaning 
kristallanish harorat oralig‘i (intervali), mo‘rtlikning harorat oralig‘i va 
chiziqli kengayish koeffitsiyenti a ning kattalashishi tolalarning qatlamlarga 
ajralishiga, issiq darzlar va cho‘kish bo‘shliqlari paydo bo‘lishiga yordam 
beradi. Bu nuqsonlarning oldini olish maqsadida plastik deformatsiya 
joyining uzunligi cheklanadi (chunonchi, detallarning qizish haroratlari 
gradiyentini oshirish hisobiga).
Payvandlash rejimi metallarning texnologik payvandlanuvchanligiga 
ham bog‘liq.
1. Kam uglerodli po‘latlar qiyin eruvchi oksidlarni hosil qiluvchi 
elementlari bilan ajralib turadi, ularning payvandlashning termomexanik 
sikliga sezgirligi past, l
,
a, r
,
s*
D
ning qiymatlari o‘rtacha bo‘ladi.
Ular uchun eritib payvandlash rejimining ushbu parametrlari xosdir: 
j
erish 
= 8-30 A/mm
2
; V
erish
SP 
= 0,8-1,5 mm/s; cho‘ktirishdan oldingi yakuniy 
erish tezligi V
ya. erish
= 4—5 mm/s; V
cho‘k
= 30 mm/s; P
cho‘k
=60-80 MPa. Eritib 
uzluksiz payvandlashda solishtirma quvvat 0,2—0,3 kW·A/mm
2
ni, qizdirib 
payvandlashda esa 0,1—0,2 kW·A/mm
2
ni tashkil etadi.
qarshilik bilan payvandlash rejimi yumshoq bo‘lishi mumkin: j = 60—20 
13.5-rasm. qumoq-qumoq aluminiy kukunidan ishlangan 
qoplamali listlarni nuqtali payvandlab biriktirish: 
1 — qoplama qatlamlar; 2 — T
erish
izotermasi; 3 — chok.


103
A/mm
2
; t
pay
= 0,5—10 s; P
b
= 15—30 MPa; P
cho‘k
= (1,5—2)P
b
.
2. O‘rtacha uglerodli va kam legirlangan po‘latlar kam uglerodli 
po‘latlardan tarkibida uglerod miqdori 
ko‘pligi (uglerod oksidlash jarayonlarini 
to‘xtatib qo‘yadi), legirlovchi elementlar 
borligi, toblanishga moyilligi va s*
D
ning 
qiymati birmuncha kattaligi bilan farq qiladi. 
Bunday po‘latlar odatda eritib payvandlanadi. 
Legirlovchi elementlar oksidlanishning oldini 
olish uchun V
erish
biroz (5—6 mm/s gacha) 
va P
cho‘k
oshiriladi (75—100 MPa gacha). 
Birikmaning plastikligi detallarni qizdirish 
va sekin sovitish yoki tez sovitib, keyin 
bo‘shatish orqali oshiriladi.
3. Ko‘p uglerodli po‘latlar tarkibida 
uglerod miqdori ko‘pligi, kristallanish 
oralig‘i kattaligi, toblashga va bo‘shliqlar 
hosil bo‘lishiga moyilligi bilan ajralib turadi. 
Ayni po‘latlar ham odatda eritib payvandlanadi. Shu munosasbat bilan 
erish tezligi V
erish
va cho‘ktirish tezligi V
cho‘k
o‘rtacha qiymatlari qo‘llaniladi: 
V
erish 
= 0,6—1,2 mm/s, V
cho‘k
=25 mm/s. Detalni qizdirish chuqurligi 
kamaytiriladi (qatlamlarga ajralish va bo‘shliqlar paydo bo‘lishining oldini 
olish uchun) hamda P
cho‘k 
= 100—120 MPa gacha oshiriladi. Birikmalarning 
plastikligi sekin sovitish, sovigandan keyin bo‘shatish yoki payvandlab 
bo‘lingan zahoti izotermik bo‘shatish orqali oshiriladi.
4. Ko‘p legirlangan perlitli po‘latlar s*
D
ning qiymati kattaligi, aktiv 
legirlovchi elementlari borligi va toblashga moyilligi bilan farq qiladi. Bu 
po‘latlar odatda eritib payvandlanadi. Payvandlash rejimi: P
cho‘k 
= 90—100 
MPa; V
ya. erish 
= 7—10 mm/s; V
cho‘k 
= 80—100 mm/s. Payvandlab bo‘lingach, 
mahalliy yoki umumiy termik ishlov beriladi.
Austenitli po‘latlar uchun xromning qiyin eriydigan oksidlari hosil bo‘lishi 
va s*
D
ning qiymati kattaligi xosdir. Ular eritib payvandlanadi. Payvandlash 
rejimi: jadal eritish V
ya. erish
= 5—6 mm/s; cho‘ktirish tezligi V
cho‘k 
= 50 mm/s; 
cho‘ktirish bosimi P
cho‘k
= 150—240 MPa; j
erish
=5—10 A/mm
2
.
5. Titan qotishmalari atmosfera gazlari bilan aktiv o‘zaro ta’sir lashishi 
bilan ajralib turadi. Natijada mo‘rt tuzilmalar hosil bo‘lib, birikmalarning 
plastikligini keskin pasaytiradi. Payvandlash joyini maxsus himoyalamasdan 
uzluksiz jadal eritib uchma-uch payvand lashda ushbu rejimdan 
foydalaniladi: V
ya.erish
= 4—10 mm/s; V
cho‘k
= 200 mm/s; P
cho‘k
= 30—100 MPa; 
j
erish
= 8—12 A/mm
2
. P
cho‘k
ning birmuncha kamaytirilishiga 1200—1300°C 
13.6-rasm. G‘ovakdor po‘latni 
ustqo‘ymalardan foydalangan holda 
chokli payvandlab biriktirish: a — 
payvandlashdan oldin; b — pay-
vandlab bo‘lingandan keyin.


104
gacha qizigan detallarning muayyan joyida deformatsiya mahalliylashishi 
sabab bo‘ladi. Ko‘pgina titan qotishmalari payvandlab bo‘lingandan so‘ng 
termik ishlovdan o‘tkaziladi. Argon muhitida payvandlashda sifatli birikma 
hosil qilish ancha osonlashadi.
6. Aluminiy qotishmalari qiyin eriydigan aluminiy oksidlari hosil qilishi, l 
va a ning qiymatlari kattaligi, r ning kichikligi, kristallanish oralig‘i ko‘pincha 
keng bo‘lishi bilan farq qiladi.
Eritib payvandlashda katta V
erish
(200 mm/s gacha) va V
cho‘k
dan (150 mm/s 
dan ziyod) foydalaniladi. Bu esa P
cho‘k
ni (150—300 MPa), 

cho‘k
ni va cho‘ktirish 
oldidan tokning zichligini oshirish (25—45 A/mm
2
gacha) zaruriyatini 
keltirib chiqaradi. Tolalarning qatlamlarga ajralishini va bo‘shliqlar paydo 
bo‘lishini bartaraf etish maqsadida majburiy deformatsiyalash uchun 
shakllantiruvchi qurilmalardan foydalaniladi. Majburiy deformatsiyalash 
uchun P
cho‘k
ni 500 MPa gacha va bundan ortiq oshirish talab qilinadi.
7. Mis va uning qotishmalari uchun l va a ning qiymatlari eng qattaligi 
xosdir. Shu munosabat bilan, misni eritib payvandlashda eritishning 
yuqori tezliklari qo‘llaniladi (V
o‘rt.erish
= 8 mm/s; V
ya.erish 
= 25 mm/s). Cho‘ktirish 
tezligi 200 mm/s atrofida, cho‘ktirish bosimi 400—950 MPa bo‘ladi. jezni 
payvandlashda ruxning yonib ketish xavfi borligi tufayli eritishning (V
ya.
erish 
= 15 mm/s) va cho‘ktirishning oshirilgan (250—250 mm/s gacha tezliklari 
qo‘llaniladi. Cho‘ktirish bosimi odatda 250 MPa ga yetadi. Birikmaning 
plastikligi keyin termik ishlov berish orqali oshiriladi.
14.2. Turli detallarni uchma-uch payvandlashning 
o‘ziga xos xususiyatlari
Uchma-uch payvandlash usullari va rejimlari ko‘p jihatdan 
payvandlanadigan detallarning shakli hamda kesimiga bog‘liq bo‘ladi.
1. Simni payvandlash. Diametri 5 mm dan oshmaydigan sim odatda 
qarshilik bilan payvandlab ulanadi. Bunda cho‘ktirish paytida bikrligi tegishli 
darajada bo‘lishini va elektrodlarga o‘tib ketadigan issiqlik miqdori mumkin 
qadar kam bo‘lishini ta’minlash uchun simlar uchlarini markazlashga 
hamda eng maqbul o‘rnatish uzunligini tanlashga katta e’tibor beriladi. 
Kichik diametrli sim, shuningdek har xil metallardan tayyorlangan 
sim qattiq rejimlarda (masalan, kondensatorli mashinalarda) qarshilik 
bilan va eritib payvandlanadi. qattiq rejim tor tegish joyi oldida issiqlik 
ajralishini ta’minlaydi. Bunda metall issiqlik-fizik xossalarining ularning 
qizishi va diffuzion jarayonlarga ta’siri keskin kamayadi, bog‘lanishlar hosil 
bo‘lish sharoiti yaxshilanadi. Mis simlarni (d=0,4—2 mm) qarshilik bilan 
payvandlashda tokning zichligi 250—1000 A/mm
2
ga yetadi. Masalan, 


105
ko‘pincha cho‘ktirish chog‘ida metallni majburiy tartibda yo‘naltirilgan 
deformatsiyalash usullaridan foydalaniladi. qarshilik bilan payvandlash 
sifatini yaxshilash uchun qattiq rejim P
b
ning kichik (3—8 MPa) qiymatlarida 
tegish joyi oldida erigan yupqa metall qatlami hosil qilish bilan qo‘shib 
olib boriladi, bu qatlam cho‘ktirish chog‘ida oksidlar bilan birga batamom 
gratga siqib chiqariladi.
2. Sterjenlarni payvandlash. Kam uglerodli po‘latdan ishlangan 15 
mm gacha diametrli sterjanlar ba’zan qarshilik bilan payvandlanadi 
(t
pay
=0,5—0,6 s; j = 90—200 A/mm
2
). Diametri 60 mm dan oshmaydigan 
sterjenlar uzluksiz eritib payvandlanadi; bunda yo‘g‘on sterjenlar qizdirgan, 
kuchlanishni dastur asosida boshqargan holda eritib va impulsli eritib 
payvandlanadi.
Sterjenlar uchlarini markazlashga katta e’tibor qaratiladi; odatda 
yarimdumaloq prizmasimon va yassi elektrodlardan foydalaniladi.
3. quvurlarni payvandlash. quvurlarni uchma-uch payvandlash 
qozonsozlikda, neft uskunalari tayyorlashda, asosiy (magistral) va sanoat 
ahamiyatiga ega bo‘lgan quvurlar qurilishida va hokazolarda qo‘llaniladi. 
quvurlarni payvandlashda payvandlanadigan chetlarini bir-biriga aniq 
to‘g‘ri keltirish, qoidaga ko‘ra, o‘tish kesimi quvur ichki diametrining kamida 
80—90% ini tashkil etishini va chetlari bo‘ylab tok bir tekis berilishini 
ta’minlash talab etiladi.
Diametri 60—100 mm gacha bo‘lgan quvurlar uzluksiz eritib yoki 
qizdirgan holda eritib payvandlanadi. quvurning qattiqligiga qarab 
13.7-rasm. Ruxlangan po‘latni mis simdan foydalangan holda chokli 
payvandlab biriktirish: 1 — sim; 2 — detallar; 3 — roliklar.


106
silindrsimon va prizmasimon yuzali elektrodlar ishlatiladi.
Devorlari 12—50 mm va kesimi 4000—32000 mm
2
bo‘lgan qalin devorli 
katta diametrli quvurlar qizdirgan holda eritib payvandlanadi. Ayrim 
hollarda, oksidlanishdan saqlash uchun, quvur ichiga qiziganda vodorod 
va karbonat angidrid gazi ajratadigan moddalar (masalan, benzinda 
ho‘llangan shlak tamponlari va b.) joylanadi.
Katta diametrli (700—1450 mm) asosiy (magistral) quvurlar kuchlanishni 
va uchlarning yaqinlashtirilish tezligini dastur asosida boshqargan holda 
uzluksiz eritib payvandlanadi. Payvandlash uchun halqasimon yoki blokli 
transformatorlar bilan uskunalangan qurilmalar ishlatiladi, transformatorlar 
quvurning chetlari bo‘ylab tok bir tekis kelishini ta’minlaydi. Cho‘ktirish 
bosimi odatda 50 MPa ni, V
o‘rt.erish
= 1 mm/s ni tashkil etadi. Erishni qo‘zg‘atish 
oson bo‘lishi uchun quvurlarning qirralari kichik burchak ostida yo‘niladi.
4. Metall tilimlarini (polosalarni) payvandlash. Odatda qalinligi 1—10 
mm, eni 1000 mm gacha va bundan katta bo‘lgan tilimlar (tekis yoki 
egilgan) payvandlanadi. Uchma-uch birikish joyining uzunligi bo‘yicha bir 
tekis qizishini ta’minlash uchun tilimlar nisbatan qattiq rejimda uzluksiz 
eritib payvandlanadi. Payvandlash sifati talab etiladigan darajada chiqishi 
uchun tilimning chetlari yaxshilab hozirlanadi va ular aniq parallel holatda 
joylashtiriladi (bunga erishish uchun ularning orasiga maxsus kalibrlovchi 
pichoq o‘rnatiladi). Bikrlikni ta’minlash uchun cho‘ktirish vaqtida D
ch
tilim 
enining 2,5—3 qismiga teng qilib olinadi, cho‘ktirish esa tiraklar yordamida 
cheklanadi, tiraklar payvandlash mashinasining harakatlanuvchi va 
qo‘zg‘almas plitalari orasiga o‘rnatiladi. Eritish uzluksiz o‘sib boruvchi tezlik 
bilan olib boriladi.
Tilimlarni payvandlashda (ixcham kestilarni payvandlashdan farqli 
o‘laroq) sovish va oksidlash jarayonlari tezlashadi. Shu sababli V
erish
oshiriladi, V
cho‘k
esa kamida 60—80 mm/s qilib olinadi. Cho‘ktirish kattaligi 
tilim qalinligining ko‘pi bilan 1—1,5 qismiga teng qilib olinadi.
5. Halqasimon detallarni payvandlash. Halqasimon detallarni 
payvandlashning o‘ziga xos xususiyati tokning shuntlanishi va cho‘ktirish 
vaqtida halqaning qayishqoq deformatsiyalanishidan yuzaga keluvchi 
kuchlarning ta’sir qilishidan iborat. Ikkala omil ham tutash bo‘lmagan 
detallarni payvandlashdagidan quvvatliroq mashinalardan foydalanishni 
taqozo etadi. Shuntlanish tufayli sarflanadigan quvvat 15—50% ortadi va 
halqa uchlarini qisish kuchi (F
qis
) keskin kattalashadi. Payvandlash paytida 
deformatsiyalashni osonlashtirish va shuntlanish tokini kamaytirish uchun 
halqa payvandlash oldidan mashina qisqichlarida qizdiriladi. Ba’zan 
induktiv qarshilikni oshirish uchun halqaga ajraladigan magnit o‘tkazgich 
kiydiriladi. Halqasimon detallar kesimiga qarab uzluksiz eritib, qizdirgan 


107
holda eritib, impulsli eritib payvandlanadi.
Halqasimon detallarni payvandlash texnologik jarayonining umumiy 
sxemasi ushbu ketma-ket bajariladigan operatsiyalardan iborat: tanavorni 
(zagotovkani) valsovkalash, uchlarini tozalash, uchlarini bukish (qismalarda 
ishonchli mahkamlash uchun), payvandlash, gratni ketkazish, cho‘zish.
6. Relslarni payvandlash. Normal temir yo‘l relslarining kesimi 5000—
8000 mm
2
bo‘ladi va tarkibida 0,9 % gacha C bo‘lgan po‘latdan prokatlanadi. 
Relslar ko‘chmas yoki ko‘chma mashinalarda payvandlanadi. Payvandlash 
vaqtida relslar 150—200 mm uzunlikda yassi elektrodlar bilan qisib qo‘yiladi 
va tok ikki tomondan beriladi. Relslarni payvandlashning murakkabligi 
ularning shakli bilan bog‘liq bo‘lib, bu relslarning uchlari bir tekis qizishini 
va metali deformatsiyalanishini qiyinlashtiradi. Payvandlash sifati cho‘ktirish 
oldidan eritishni jadallashtirish orqali oshiriladi. Buning uchun odatda V
ya.
erish 
= 0,9—1,2 mm/s gacha oshiriladi. Payvand birikmalarning xossalarini 
yaxshilash maqsadida payvandlab bo‘lingandan keyin normallash yoki 
bo‘shatish amalga oshiriladi.
7. Zanjir bo‘g‘inlarini payvandlash. Uchida chiqig‘i bo‘lgan 20 
mm gacha diametrli zanjir bo‘g‘inlari qarshilik bilan payvandlanadi; 
chiqig‘i bo‘lmaganlari esa maxsus avtomatlarda, qizdirgan holda eritib 
payvandlanadi, bu avtomatlar tanavorlarni kesib oladi, bukadi va 
payvandlaydi. Katta kalibrli zanjirlar avtomat mashinalarda uzluksiz eritib 
payvandlanadi. Zanjirning bo‘g‘ini ikkita yarim bo‘g‘indan payvandlansa 
(bir io‘la ikkita uchma-uch birikish joyi pay vand lanadi) sifati yaxshi va bir 
jinsli bo‘ladi. Bu holda tok shunt lanmaydi va cho‘ktirishda deformatsiya 
yuz bermaydi.
8. Asboblar tanavorini (zagotovkasini) payvandlash. Sifatli acbobsozlik 
po‘latini tejash maqsadida undan asbobning ish qismi tayyorlanadi, quyruq 
qismi esa arzon uglerodli po‘latdan ishlanadi. Payvandlash eritib yoki 
qizdirgan holda eritib amalga oshiriladi. Payvandlash texnologiyasi asosan 
ana shu po‘latlarning xossalari bilan belgilanadi. Asbobsozlik po‘latining 
issiqlik va elektr o‘tkazuvchanligi pastligi payvandlash paytida uglerodli 
po‘latdan yasalgan tanavorning o‘rnatish uzunligini oshirish (30—50 %) 
orqali qoplanadi; po‘latning jadal toblanish qobiliyati tufayli darz ketishga 
moyilligi payvandlab bo‘lingandan so‘ng sekin sovitish va keyin yumshatish 
yo‘li bilan kamaytiriladi; po‘latning o‘ta qizib mo‘rt tuzilmali qismlar paydo 
bo‘lishga sezgirligi o‘ta qizigan metallni cho‘ktirish bosimini oshirib 
yo‘qotish orqali bartaraf etiladi.
Payvandlash rejimi va keyin termik ishlov berish parametrlari 
foydalaniladigan asbobsozlik po‘latining xossalariga qarab oydin-
lashtiriladi.


108
Tekshirish uchun savollar
1. Kam uglerodli po‘latni uchma-uch payvandlashning o‘ziga xos xususiyatlarini aytib 
bering.
2. Ko‘p legirlangan po‘latni uchma-uch payvandlashning o‘ziga xos xususiyatlari 
qanday?
3. Titan qotishmalarini uchma-uch payvandlash qanday o‘ziga xos xususiyatlarga 
ega?
4. Sterjenlar va simni uchma-uch payvandlashning o‘ziga xos xususiyatlarini so‘zlab 
bering.
5. Asbob tanavorini uchma-uch payvandlashning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan 
iborat?


109
15-bob. KONTAKTLI PAYVANDLASH MASHINALARI
Kontaktli payvandlash mashinalari GOST 297—80 ga mos bo‘lmog‘i 
lozim.
Kontaktli payvandlash mashinalari o‘zaro bog‘langan ikki qism: mexanik 
va elektr qismlardan tashkil topadi.
Mexanik qism mashinani bikr va mustahkam qiluvchi, kuchlarni 
o‘ziga qabul qiluvchi konstruktiv qismlar (korpus yoki stanina, plitalar, 
kronshteynlar, domkrat, tiraklar, konsollar, elektrod tutqichlar, elektrodlar) 
dan hamda payvandlanadigan detallarni mahkamlab, siqib qo‘yish va 
siljitish uchun mo‘ljallangan mexanizmlardan iborat. Ayrim konstruktiv 
qismlar va mexanizmlar payvandlash tokini o‘tkazadi.
Elektr qism odatda sanoat chastotasidagi tarmoq energiyasini 
payvandlalash toki olish uchun o‘zgartirib beruvchi ta’minlash manbayi 
(payvandlash transformatori, to‘g‘rilagichlar, ba’zi hollarda konden-
satorlar batareyasi va b.) dan hamda tokni bevosita detallarga uzatishga 
mo‘ljallangan ikkilamchi (payvandlash) kontur (egiluvchan va qattiq tok 
o‘tkazuvchi shinalar, konsollar, elektrod tutqichlar, elektrodlar, roliklar, 
jag‘lar) dan tuziladi.
Payvandlash mashinalari elektr va mexanik, texnik hamda texnologik 
parametrlari bilan tavsiflanadi.
Elektr parametrlar:
1) qisqa tutashuv rejimidagi yoki payvandlash paytidagi ikkilamchi 
tokning eng katta (maksimal) kuchi;
2) payvandlash mashinasinining eng katta quvvati;
3) ulanish muddati (UM) va muddatga mos tok hamda quvvat (kWA), 
bular transformator va ikkilamchi kontur o‘ramlarining qizishini belgilab 
beradi;
4) nominal kuchlanish (V) va uni rostlash chegaralari (bosqichlar 
soni);
5) yuklash tavsifining turi (tok kuchining detallar qarshiligiga bogliqligi) 
— yotiq yoki tik pasayuvchi.
Mexanik parametrlar:
1) nominal va eng kata (maksimal) kuchlar, masalan, pnevmoritma 
uchun F
nom
, F
max
ning 80 foiziga to‘g‘ri keladi;


110
2) kuchni dasturlashtirish imkoniyati (oldindan qisish, cho‘kichlash 
kuchi);
3) elektrodlarning detallarga nisbatan o‘rnatilish aniqligi va ikkilamchi 
kontur qismlarining bikrligi, bular payvandlab bo‘lingandan keyin 
detallarning tob tashlash darajasini belgilab beradi.
15.1. Kontaktli payvandlash mashinalari tasnifi
Kontaktli payvandlash mashinalari quyidagi belgilariga ko‘ra 
tasniflanadi:
1) payvandlash turiga ko‘ra (nuqtali, relyefli, chokli, uchma-uch 
payvandlash mashinalari);
2) vazifasiga ko‘ra (universal, ya’ni umumiy ishlarga mo‘ljallangan va 
maxsus ishlarga mo‘ljallangan, ya’ni maxsus mashinalar);
3) o‘rnatilish usuliga binoan (ko‘chmas, ko‘chma yoki osma mashinalar);
4) energiya bilan ta’minlanish, uni o‘zgartirish yoki to‘plash 
(akkumulatsiyalash) turiga ko‘ra (bir fazali o‘zgaruvchan tok, past 
chastotali uch fazali tok, ikkilamchi konturda to‘g‘rilanadigan, kondensatorli 
mashinalar);
5) siqish kuchining yuritmasi turiga binoan (dastakli, richagli, prujinali, 
elektr dvigatelli, pnevmatik, gidravlik, elektromagnitli mashinalar);
6) qanday ishlashiga ko‘ra (avtomatlashtirilmagan, yarimavtomatik va 
avtomatik mashinalar).
15.2. Kontaktli payvandlash mashinalarining belgilanishi
Payvandlash mashinalarining shartli belgilari (belgilanishi) GOST 
297—80 bilan belgilangan (harf-raqamli tizim). Birinchi harf uskunaning 
turini anglatadi: M — mashina, Ï — press; ikkinchi harf payvandlash 
turini bildiradi: T — nuqtali (òî÷å÷íàÿ), R — relyefli, Ø — chokli (øîâíàÿ), 
Ñ — uchma-uch (ñòûêîâàÿ). Uchinchi harf ta’minlash manbayi turini 
ko‘rsatadi (o‘zgaruvchan tok mashinalaridan tashqari): Â — tok ikkilamchi 
konturda to‘g‘rilanadi (o‘zgarmas tok mashinalari), Í — past chostotali 
(íèçêî÷àñòîòíàÿ), K — kondensatorli mashina. Masalan, nuqtali, relyefli va 
chokli payvandlash mashinalari MT, MРva MØ bilan; tok ikkilamchi konturda 
to‘g‘rilanadigan nuqtali, relyefli chokli payvandlash mashinalari MTÂ, MÐÂ, 
MØ ko‘rinishida; past chastotali nuqtali, relyefli hamda chokli payvandlash 
mashinalari MTÍ, MÐÍ, MØÍ tarzida nuqtali, relyefli va chokli payvandlash 
kondensatorli mashinalari MTK, MÐK, MØK harflari bilan belgilandi. Ayrim 
hollarda mashinalarning belgisiga, ularning o‘rnatilish usulini yoki kuch 
yuritmasi turini oydinlashtirish uchun yana bitta harf qo‘shiladi (Ï — ïîäâåñíàÿ, 


111
ya’ni osma, M — ìíîãîòî÷å÷íàÿ — ko‘p nuqtali, Ð — radial turdagi yuritma). 
MTÏ — nuqtali payvandlash uchun osma o‘zgaruvchan tok mashinasi; 
MTÂР— tok to‘g‘rilanadigan va elektrod radial harakatlanadigan nuqtali 
payvandlash mashinasi.
Harflardan keyin raqamli belgilar keladi, odatda ularning birinchi 
raqamlari ikkilamchi tokning eng katta kuchini kiloamperda (qisqa tutashuv 
rejimida — detallarsiz ulash), keyingi raqamlar guruhi esa rusumning tartib 
raqamini ko‘rsatadi. Masalan, I
2 max
= 20 kA bo‘lgan o‘zgarmas tokda ishlovchi 
23-rusumdagi payvandlash mashinasi MT 2023 ko‘rinishida belgilanadi.
15.3. Nuqtali payvandlash mashinalari
Nuqtali payvandlash mashinasida korpus 1 bo‘lib, uning ichida yoki yonida 
payvandlash transformatori 2 joylashgan (15.1-rasm). Ikkilamchi o‘ram 14 
kolodkalari konsollar 7 va 10, elektrod tutqichlar 8 hamda elektrodlar 
9 ga egiluvchan 3, 12 va bikr 4, 11, 13 shinalar vositasida biriktirilgan. 
Elektrodlardan biri (odatda ustkisi) siqish mexanizmi 16 yordamida polzun 
15 bilan birga suriladi va detallarni siqadi. Pastki konsolni yukdan holi qilish 
va bikrligini oshirish uchun domkrat 6 vositasida ko‘tarilib tusha oladigan 
kronshteyn 5 xizmat qiladi.
O‘zgarmas tokda ishlaydigan bir fazali nuqtali payvandlash mashinalari 
MT—604, MT—803, MTÏ—1110, MTÏ—1409, MTP—240I, MT—I8I8, MT—
2102, MT—4019 po‘latlar va titan qotishmalarini payvandlashga keng 
moslashgan. Bunday mashinalarda yengil qotishmalarni payvandlashga 
energiya juda ko‘p sarflanadi va detal va elektrodlarning yuzasi tez 
ifloslanadi.
MTB—20I, MTBP—400I, MT—6304, MT—8002, MTB—I6002 
o‘zgarmas tok mashinalari va past chastotali MTH—7501 mashinalari 
istalgan payvandlanuvchi metallardan yasalgan buyumlarni payvandlash 
uchun tavsiya qilingan, chunki ularda tok impulsi qulay shaklda bo‘ladi va 
energiya nisbatan kam sarflanadi.
MTK—200,1, MTK—5502, MTK—630I, MTK—8004, TKM—17 kondensatorli 
mashinalarning energiya sig‘imi eng kam bo‘lib, 0,1—2 mm qalinlikdagi kam 
uglerodli po‘latlarni, 0,1—1,5 mm qalinlikdagi korroziyabardosh po‘latlarni, 
mis, aluminiy va magniy qotishmalarini payvandlashga mo‘ljallangan.
15.1-jadval
Bir fazali nuqtali payvandlash mashinalarining texnik tavsifi


112
davomi
15.2-jadval
Tok ikkilamchi konturda to‘g‘rilanadigan uch fazali 
nuqtali payvandlash mashinalarining texnik tavsifi


113
15.3-jadval
Kondensatorli nuqtali payvandlash mashinalarining texnik tavsifi
8 — M.A. Abralov, N.S. Dunyashin


114
15.4. Relyefli payvandlash mashinalari
Relyefli payvandlash mashinalarida mahkamlab qo‘yiladigan katta 
kontakt plitalari, bikrroq korpus va kronshteynlar bor bo‘lib, polzun 
yo‘naltiruvchilarda ko‘ndalangiga eng qisqa siljiydi. Siqish mexanizmning 
kuchaytirilgan yuritmasining dinamik tavsiflari ham yaxshilangan. 
Mashinalarda ko‘pincha korpusning yon tomonlarida joylashtirilib, parallel 
ulangan ikkita payvandlash transformatori bo‘ladi. Bunday mashinalarda 
tokni asta-sekin oshirib borgan yoki uzib-uzib ulagan holda bir yo‘la bir 
nechta nuqtalarni payvandlash imko niyati bor.
Mashinaning payvandlash korpusi 4 bikr skoba ko‘rinishida ishlangan 
(15.2-rasm). Uning pastki qismiga mahkamlangan konsol 1 ga plita 


115
joylashtiriladi. Korpusning yon tomonlariga o‘rnatilgan ikkita payvandlash 
transformatori 5 mashinaning payvandlash konturiga parallel ulangan. 
Mashinaning siqish yuritmasi 3 pnevmatik bo‘lib, unda dumalash 
podshipniklarida o‘rnatilgan yo‘naltiruvchi qurilma 2 bor. Yo‘naltiruvchi 
qurilma ning polzuni pnevmoyuritma shtokiga tarelkali prujinalar 
bloki orqali biriktirilgan. Bularning bari yuritmaning dinamik tavsifini 
yaxshilaydi.
15.4-jadval
Relyefli payvandlash uchun bir fazali mashinalarning texnik tavsifi
15.1-rasm. Nuqtali payvandlash mashinasi.


116
davomi
Tok MPB—6301 ikkilamchi konturida to‘g‘rilanadigan MP—3818, 
MP—6918, MR—6303, MP—8001, MP—10002 bir fazali o‘zgaruvchan tok 
mashinalari eng ko‘p tarqalgan.
15.5. Chokli payvandlash mashinalari
Mashina korpusi 1 ichida payvandlash transformatori 3 va elektr 
yuritma 2 li roliklarni aylantirish mexanizmi joylashgan (15.3-rasm). 
Aylanuvchi roliklar 7 ko‘rinishidagi elektrodlar tok keltiruvchi tizimlar bilan 
birgalikda yuqorigi 8 va pastki 6 rolik kallaklarini hosil qiladi. Yuqorigi rolik 
pnevmoyuritma 10 li siqish mexani zmidan polzun 9 bilan birga harkatlanadi. 


117
Payvandlash konturining tok keltiruvchi va elektr kuch qismlari (konsollar, 
kronshteyn 5 va b.) nuqtali payvandlash mashinasidagidan boshqacha 
ishlangan. Tashqaridan sovitish bilan payvandlashda suvni to‘kish uchun 
tog‘ora 4 dan foydalaniladi. Zamonaviy chokli payvandlash mashinalarida 
gardishlarning ko‘ndalang va bo‘ylama choklarini payvandlash uchun 
yuqorigi va pastki roliklarni osongina sozlash nazarda tutilgan.
Ammo faqat ko‘ndalang yoki bo‘ylama choklar payvandlashga 
mo‘ljallangan mashinalar ham ishlab chiqariladi. MØ—3201 bir fazali 
o‘zgaruvchan tok mashinalari va tok ikkilamchi konturida to‘g‘rilanadigan 
MØ—1202, MØ—1601, MØ—4002, MØ—8001, MØ—12001 
mashinalari eng ko‘p qo‘llaniladi.
15.5-jadval
Chokli payvandlash mashinalarining texnik tavsifi
davomi


118
15.6. Uchma-uch payvandlash mashinalari
Uchma-uch payvandlash mashinasi 
quyidagi asosiy uzel va apparatlardan 
tashkil topgan (15.4-rasm): stanina 8, 
qo‘zgalmas 11 va harakatlanuvchi 4, 7 
plitalar, harakatlanuvchi plita suriladigan 
yo‘naltiruvchilar 6, uzatish yuritmasi 5, qisuvchi 1, 2 hamda tirak qurilmalar. 
Stanina ichiga bosqichlarni almashlab ulagichi bo‘lgan payvandlvsh 
transformatori 9 o‘rnatilgan. Transformator ikkilamchi kontur 10 vositasida 
mashina jag‘lari 3 bilan bog‘langan. Bu jag‘lar mashinaning plitalari va 
qisuvchi qurilmalarga o‘rnatilgan. Mashina korpusi ichiga payvandlash 
transformatorini ulash va mashina ishini boshqarish uchun apparatlar 7 
joylangan.
Uchma-uch payvandlash mashinalarini ushbu guruhlarga ajratish 
mumkin:
1) MÑ—3, MÑ—301, MÑ—5001, MÑÑ—1601, MÑÑ—2501 — asosan 
po‘latlar va rangli metallardan ishlangan har xil diametrli simlarni qarshilik 
bilan payvandlash uchun kichik quvvatli avtomat mashinalar;
2) MÑЗ25, MÑ—50, MÑЗ75, MÑЗ100, MÑ—801, MÑ—1202, 
MÑ—1602, MÑO—0802 — uzluksiz eritib, qizdirgan holda eritib va qarshilik 
bilan payvandlash uchun richagli uzatish mexanizmi bo‘lgan o‘rtacha 
quvvatli avtomat mashinalari;
3) MÑMÓ—150, MÑ—1604, MÑO—301, MÑO—602 — eritib 
payvandlash uchun avtomat mashinalar;
4) K617, K607, K566M — impulsli eritib payvandlash uchun avtomat 
mashinalar.
15.2-rasm. Relyefli payvandlash 
mashinasi.


119
15.6. Uchma-uch payvandlash mashinalari
Uchma-uch payvandlash mashinasi 
quyidagi asosiy uzel va apparatlardan 
tashkil topgan (15.4-rasm): stanina 8, 
qo‘zgalmas 11 va harakatlanuvchi 4, 7 
plitalar, harakatlanuvchi plita suriladigan 
yo‘naltiruvchilar 6, uzatish yuritmasi 5, qisuvchi 1, 2 hamda tirak qurilmalar. 
Stanina ichiga bosqichlarni almashlab ulagichi bo‘lgan payvandlvsh 
transformatori 9 o‘rnatilgan. Transformator ikkilamchi kontur 10 vositasida 
mashina jag‘lari 3 bilan bog‘langan. Bu jag‘lar mashinaning plitalari va 
qisuvchi qurilmalarga o‘rnatilgan. Mashina korpusi ichiga payvandlash 
transformatorini ulash va mashina ishini boshqarish uchun apparatlar 7 
joylangan.
Uchma-uch payvandlash mashinalarini ushbu guruhlarga ajratish 
mumkin:
1) MÑ—3, MÑ—301, MÑ—5001, MÑÑ—1601, MÑÑ—2501 — asosan 
po‘latlar va rangli metallardan ishlangan har xil diametrli simlarni qarshilik 
bilan payvandlash uchun kichik quvvatli avtomat mashinalar;
2) MÑЗ25, MÑ—50, MÑЗ75, MÑЗ100, MÑ—801, MÑ—1202, 
MÑ—1602, MÑO—0802 — uzluksiz eritib, qizdirgan holda eritib va qarshilik 
bilan payvandlash uchun richagli uzatish mexanizmi bo‘lgan o‘rtacha 
quvvatli avtomat mashinalari;
3) MÑMÓ—150, MÑ—1604, MÑO—301, MÑO—602 — eritib 
payvandlash uchun avtomat mashinalar;
4) K617, K607, K566M — impulsli eritib payvandlash uchun avtomat 
mashinalar.
15.6-jadval
Uchma-uch payvandlash mashinalarining texnik tavsifi
15.3-rasm. Chokli payvandlash mashinasi.


120
Tekshirish uchun savollar
1. Kontaktli mashinalarning mexanik qismi nimalardan iborat?
2. Kontaktli mashinalarning elektr qismi nimalardan iborat?
3. Kontaktli mashinalarning elektr parametrlarini aytib bering.
4. Kontaktli payvandlash mashinalari qaysi parametrlariga ko‘ra tasniflanadi?
5. Kontaktli payvandlash mashinalar qay tarzda belgilanadi?
16-bob. KONTAKTLI PAYVANDLASH 
MASHINALARINING KONSTRUKTIV qISMLARI
16.1. Korpus va staninalar
Press turidagi nuqtali, relyefli, chokli payvandlash mashinalarining 
korpusi kuch qismlari: korpus devorlari 2, yuqorigi 1 va pastki 6 
kronshteynlardan tuzilgan (16.1-rasm). Ular detallarni siqish kuchidan 
tushuvchi ancha katta eguvchi momentni qabul qiladi. Va butun 
mashinaning zarur bikrligini ta’minlaydi. Korpus qismlarini tayyorlash, 


121
montaj qilish qulay bo‘lishi, shuningdek konsollarning ochilish darajasi h 
ni rostlash mumkin bo‘lishi uchun pastki kronshteyn odatda old devorga 
boltlar bilan biriktiriladi.
Ayrim hollarda ikkala kronshteyn va devorlar yagona payvand yoki 
quyma konstruksiya (bikr skoba) ko‘rinishida tayyorlanadi.
Payvandlash apparati, aylantirish mexanizmi qismlari va boshqa 
tizimlar ko‘pincha sinch 3 da korpus ortida, kamdan-kam hollarda korpus 
devorlarining yon tomonida joylashtiriladi. Transformator yoki to‘g‘rilovchi 
bloklar yon tomonda joylashtirilgan taqdirda korpusning old devori 
teshiksiz yasaladi, bu esa uning bikrligini qo‘shimcha ravishda oshiradi. 
Kuch qismi va sinch taglik 4 da mahkam lanadi. Ba’zi hollarda, tok keltiruv-
chi pastki konsolga va kronshteyn tushadigan kuchni kamaytirish uchun 
domkrat 5 o‘rnatiladi.
Uchma-uch payvandlash mashinalarining korpuslari (staninalari) 
nihoyatda xilma-xil bo‘lib, detallarning tuzilishi hamda kesimiga ko‘p 
darajada bog‘liqdir. Korpus ushbu kuch qismlari: stol 1, qo‘zg‘almas 2 va 
harakatlanuvchi 3 qismlardan tashkil topadi (16.2-rasm). Payvandlash 
transformatori va boshqa taqsimlash apparatlari odatda stol 1 ning ichiga 
o‘rnatiladi. Cho‘kish kuchi F
cho‘k
, qoidaga ko‘ra, gorizontal yo‘nalishda ta’sir 
qiladi. Detallarning holati payvandlash oxirigacha to‘g‘ri bo‘lish uchun 
kuch qismi yetarli darajada bikr bo‘lmogi lozim. Aks holda detallarda og‘ib 
ketishi va nuqsonlar paydo bo‘lishi mumkin. Stolning bikrligi shtangalar 
4 ni joylashtirish evaziga ancha oshiriladi. qismaning yukini kamaytirish 
uchun, agar bu mumkin bo‘lsa, qattiq tirgaklar ishlatiladi.
Korpuslar qismlari ferromagnit qotishmalari (cho‘yan, po‘lat) dan 
tayyorlanadi, shuning uchun, bu qismlarni tok o‘tkazgichlardan iloji boricha 
uzoqroq joylashtirishga harakat qilinadi. Mashinalar konsollaridan yoki 
qismlaridan biri korpusdan tekstolit qistirmalar va vtulkalar yordamida 
elektr jihatidan izolatsiyalanadi.
16.2. Kontaktli payvandlash mashinalarining 
payvandlash konturi
Payvandlash konturi tok keltiruvchi qismlar va elektr kontaktlar tizimi 
bo‘lib, transformatorning ikkilamchi o‘ramidan payvand lanayotgan 
detallarga tok kelishini ta’minlaydi.
Nuqtali payvandlash mashinalarida kontur konsollar, elektrod tutqichlar, 
egiluvchan va qattiq shinalar, elektrodlar hamda qator boshqa qismlardan 
iborat bo‘ladi.
Payvandlash konturi qismlarining o‘lchamlari va tuzilishi mashinaning 


122
turi, payvandlash toki, siqish kuchi, ish bo‘shliqlari l va h ga bog‘liq. 
Transformator elektrodlardan qancha uzoqda joylashgan bo‘lsa, quloch 
l shuncha katta va ushbu mashinada siljitmasdan payvandlash mumkin 
bo‘lgan detallarning o‘lchamlari shuncha katta bo‘ladi. Ammo quloch l va 
ochilish darajasi h ning kattalishi ikkilamchi konturning qarshigi hamda 
tarmoqdan olinadigan quvvatning ortishiga sabab bo‘ladi. Shu bois l 
mashinaga oid standart yoki texnik shartga mos kelishi, ya’ni, masalan, 
300, 500, 800, 1200, 1500, 1700 mm bo‘lmog‘i kerak.
Yuqorigi konsol yo silindrsimon kalta sterjen ko‘rinishda, yoinki elektrod 
tutqich mahkamlanadigan uyali qattiq (bikr) shina ko‘rinishida tayyorlanadi. 
Egiluvchan va qattiq shinalar orqali yuqorigi konsol payvandlash 
transformatori bilan birlashtirilgan.
qattiq shinalar vositasida transformatorga biriktirilgan pastki konsol 
elektrod tutqichga tok keltiradi. Kichik quvvatli mashinalarda u ayni vaqtda 
siqish kuchidan tushuvchi yukni qabul qiluvchi qism bo‘lib ham kronshteyn 
yordamida qisman yoki batamom yukdan holi qilinadi.
Konsollar misdan, yuqori darajada tok o‘tkazuvchan bronzalardan silindrsimon 
yoki tekis shaklda, ichkaridan suv bilan sovitiladigan qilib tayyorlanadi. Uncha 
katta bo‘lmagan mashinalarning, ayniqsa, mikropayvandlash mashinalarining 
konsollari tabiiy (havo bilan) sovitiladi.
Tok keltiruvchi kontaktga mahkamlangan pastki silindrsimon konsol o‘qi 
atrofida burilish va bo‘ylama yo‘nalishda siljish (taxminan uzunligining 10% 
miqdoriga) imkoniga ega. Bu hol elektrodlarning o‘qdoshligini rostlash va 
payvandlanadigan uzellarning shakliga qarab mashinani qayta sozlashni 
15.4-rasm. Uchma-uch payvandlash mashinasi.


123
osonlashtiradi. Bundan tashqari, pastki konsolni yuqorigi kronshteyn bilan 
birga yuqoriga-pastga pog‘onasimon (boltlar qadami kattaligida) yoki 
ravon siljitish ham mumkin.
Elektrod tutqichlar elektrodlarni mahkamlab qo‘yish uchun xizmat qiladi 
va ayni paytda kuch hamda tok keltiruvchi qismlar bo‘lib ham hisoblanadi. 
Elektrod tutqichlarda elektrodni mahkamlash uchun konussimon uya va 


124
ichki sovitish tizimi bor.
Relyefli payvandlash mashinalarida elektrod tutqichlar va elektrodlar 
T-simon ariqchalari bo‘lgan tok keltiruvchi plitalar (stollar) bilan 
almashtiriladi.
Chokli payvandlash mashinalarida elektrod tutqichlar va eletkrodlar 
o‘rniga rolikli kallaklar qo‘llaniladi. Rolikli kallaklarning eng muhim qismi 
sirpanuvchi elektr kontaktdir. Ko‘pincha elektr kontaktga siquvchi kuch 
ham tushadi. Bu holda uning elektr o‘tkazuvchanligi ancha o‘zgarishi va 
foydalanish paytida birikmalarning turg‘unligi pasayish mumkin. Bunday 
holat kichik va o‘rtacha quvvatli mashinalarda kuzatiladi. Ammo bu 
kallaklarning tuzilishini soddalashtiradi. quvvat va payvandlash kuchlari 
katta bo‘lgan mashinalarda kontakt yukdan holi qilinadi, lekin kallak 
murakkablashadi.
Uchma-uch payvandlash mashinalridagi tok keltirish tizimi yuqorida 
ko‘rib chiqilganlardan farq qiladi. Tizim kontakt plitalari yoki harakatlanuvchi 
va qo‘zg‘almas kolodkalar 3 dan iborat bo‘lib, ular po‘lat plitalar 5 ga 
mahkamlangan (16.7-rasm). Egiluvchan shinalar 2 vositasida kolodkalarga 
payvandlash transformatori 1 dan tok keltiriladi. Kolodkalarga elektrodlar 
— jag‘lar o‘rnatiladi.
Egiluvchan shinalar nuqtali, relyefli va chokli payvandlash mashinalarining 
harakatlanuvchi payvandlash kallaklari hamda pastki konsolni, shuningdek 
uchma-uch payvandlashda harakatlanuvchi plitani siljitish mumkin 
bo‘lishi uchun qo‘llaniladi. Bunday shinalar to‘rtburchak shaklida 
erkin bukilgan mis folgasidan yig‘ma yoki eshma qilib tayyorlanadi va 
16.1-rasm. Press turidagi nuqtali, relyefli va chokli payvandlash 
mashinalarining korpusi.


125
boltlar bikr tok o‘tkazuvchi qismlarga 
mahkamlanadi.
Bikr (qattiq) shinalar mis prokatdan 
plitalar, tilimlar, burchakliklar 
ko‘rinishida, ichkaridan suv bilan 
sovitiladigan qilib tayyorlanadi. Ularga 
kuch yuklari tushmaydi, ulardan 
payvandlash transformatorining 
klemmalari bilan egiluvchan shinalar 
(nuqtali, relyefli, chokli mashinalarda) 
yoxud qo‘zg‘almas plita (uchma-
uch payvandlash mashinalarida) 
o‘rtasidagi oraliq qismi sifatida 
foydalaniladi.
K o n t a k t l a r — p a y v a n d l a s h 
konturining tok keltiruvchi qismlari mahkamlanadigan joylardir. Kontaktlar 
doimiy-qo‘zg‘almas (asosan boltli birikmalar), o‘zgaruvchan — qo‘zg‘almas 
(ko‘pincha elektrod tutqich bilan, elektrod tutqichning konsol bilan va 
h. bilan almashtiriladigan birikmalari) hamda harakatlanuvchi (chokli 
payvandlash mashinalari rolikli kallaklarining pod shipnigidagi aylanuvchi 
kontaktlar) kontaktlarga ajratiladi. Kontaktlarning elektr qarshiligi 
qiymati anchagina o‘zgarib turadi (ayniqsa harakatlanuvchi o‘zgaruvchi 
kontaktlarda).
16.3. Elektrodlar
Elektrodlar (roliklar) bevosita detallar ga payvandlash toki va siqish 
kuchini keltiradi. Shu bilan birga ular ikkilamchi kontur qismlari, 
mashinaning konstruksion kuch qismlari va almashma texnologik asbob 
bo‘lib ham hisoblanadi.
16.3.1. Elektrodlarning tuzilishi
Elektrodlar va roliklar uchta asosiy qism: ish qismi 1, o‘rta 2 va o‘tqazish 
qismi 3, shuningdek sovitish kanallari 4 dan iborat (16.8-rasm).
Ish qismi l
I
uzunlikdagi va D
D
diametrli sarflanadigan qism bo‘lib, uzoq 
muddat ishlatish jarayonidani qayta-qayta charxlash mumkin. Yangi 
elektrodlarda l
I
= (0,7—0,8)D
E
bo‘ladi. Konussimon ish qismining burchagi 
a = 30°.
Burchak kattalashsa, ish yuzasi tezroq ezilishi natijasida elektrodlarning 
16.2-rasm. Uchma-uch payvandlash 
mashinasining korpusi.


126
chi damliligi pasayadi. Burchak kichiklashganda esa hatto kichik 
deformatsiyalarda ham d
E
ning o‘lchamlari o‘zgarishi ortadi.
Ish qismida ish (teguvchi) yuzasi (IYU) bo‘lib, u detallar bilan bevosita 
mexanik va elektr kontakt bo‘lishini ta’minlaydi. IYU ning shakli va 
o‘lchamlari elektrodlarning muhim texnologik tavsifi hamda payvandlash 
rejimi parametri hisoblanadi. Bunday yuzaning shakli detalning payvandlash 
joyidagi shakliga mos bo‘lmog‘i kerak.
List detallarni payvandlashda IYU ning boshlang‘ich shakli yassi 
(roliklarda silindrsimon) yoxud sferik (roliklarda radial) bo‘ladi. Birinchi 
holda ish yuzaning shakli R
E
, R
I
bilan, ikkinchi holda esa diametr d
E
yoki 
kenglik f
I
bilan tavsiflanadi.
16.1-jadval
Elektrod va roliklarning tavsiya etiladigan o‘lchamlari, mm
16.3-rasm. Nuqtali payvandlash mashinasining payvandlash konturi:
1 — elektrodlar va elektrod tutqichlar; 2 — yuqori konsol; 3 — yuqorigi burchaklik; 4 — 
egiluvchan shina; 5, 11 — qattiq yuqorigi va pastki shinalar; 
6, 10 — yuqorigi va pastki oraliq burchakliklar; 7, 9 — ikkilamchi o‘ram; 
8 — payvandlash transformatori; 12 — pastki konsol.


127
16.4-rasm. Har xil quvvatli nuqtali payvandlash mashinalarining konsollari va 
elektrod tutqichlari: a — katta quvvatli; b — o‘rtacha quvvatli; d — kichik quvvatli; 
e — mikropayvandlash uchun; 1 — elektrod; 2 — suv beriladigan ichki naycha; 3 — 
elektrod tutqich; 4 — magnitlanmaydigan po‘latdan qilingan barmoq; 5 — konsol; 6, 
7 — shtutserlar; 8 — olinadigan kolodka; 9 — elektrod tutqichni konsolga mahkamlash 
vintlari.


128
Konussimon qilib charxlangan yassi shaklli ish yuzasi deformatsiya 
qarshiligi s*
D
yuqori bo‘lgan metallar (po‘latlar, issiqqa chidamli po‘latlar, 
massa ko‘chishga moyil bo‘lmagan metallar) po‘latlar, nikel, titan 
qotishmalari uchun qo‘llaniladi.
Sferik shakldagi ish yuzasidan qizigan darzlar va bo‘shliqlar hosil qilishga 
moyil s*
D
yuqori bo‘lgan metall (aluminiy, magniy va mis qotishmalari) 
uchun foydalaniladi.
Elektrod korpusiga katta siqish kuchlari va toklar ta’sir qiladi, ammo u ish 
yuzasiga qaraganda kamroq qiziydi. D
E
o‘lchamlari standartlashtirilgan: 
10, 12, 16, 20, 25, 32, 40 mm. Korpusning diametri D
E
= (0,015—0,03). F 
ga nisbatan kelib chiqqan holda eng katta kuchi F ga qarab tanlanadi. 
Roliklarning qalinligi s
r
odatda ish yuzasining eni f
r
dan 2—3 baravar katta 
bo‘ladi. O‘rtacha va katta quvvatli mashinalrda roliklar diametri D
r
100—400 
mm ni tashkil etadi.
Elektrodning konussimon quyruq qismi elektrod tutqichning 
konussimon teshigi bilan mexanik va elektr kontakt ishonchli, tutashmaning 
zich va ajratib olish oson bo‘lishini ta’minlashi kerak. Konussimonlik 
elektrodning diametri va siqish kuchiga qarab belgilanadi: D
E
>25 hamda 
P>15 kN da esa 1:5 bo‘lmog‘i lozim.
Elektrodlar tuzilishiga ko‘ra to‘g‘ri, shakldor va maxsus xillarga 
16.5-rasm. Relyefli payvandlash mashinasining 
payvandlash konturi:
1, 3 — yuqorigi va pastki kontakt plitalari; 
2 — oraliq plita, elektrodlar asosi va elekt rodlar; 
4 — yuqorigi burchaklik; 5 — egiluvchan shina; 
6, 8 — ikkilamchi o‘ramlar; 9 — pastki oraliq 
burchaklik; 10 — pastki qattiq shina.
16.6-rasm. Payvandlash mashinasining payvandlash konturi:
1, 2 — yuqorigi va pastki elektrod kallaklari; 3 — egiluvchan shina; 
4, 8 — yuqorigi va pastki qattiq shinalar; 5, 7 — ikkilamchi o‘ramning chiqish simlari; 6 — 
payvandlash transformatori.


129
ajratilishi mumkin. To‘g‘ri elektrodlar nisbatan 
oddiy, texnologiyabop va qattiq bo‘ladi. 
Ulardan payvandlash joyi qulay bo‘lgan 
hollarda foydalaniladi. Shakldor elek-
trodlar payvandlash qiyin bo‘lgan joylarda 
ishlatiladi.
Uchma-uch payvandlash mashina-
larining jag‘lar (elektrodlar)i detallarga tok, 
siqish kuchlarini keltiribgina qolmasdan, 
balki cho‘ktirishda detallarni sirpa nishdan 
saqlab turadi ham. jag‘lar ning shakli 
payvandlanadigan detal larning shakliga 
bog‘liq.
jag‘larning uzunligi shunday tanlanadiki, 
payvandlanadigan detallarning o‘qdoshligi 
ta’minlanadigan va cho‘ktirishda ular 
sirpanishining oldi olinadigan bo‘lsin. d diametrli quvurlar va sterjenlarni 
payvandlashda u (3—4)d ni, tilimlarni payvandlashda esa kamida 10s ni 
(s — tilimlarning qalinligi) tashkil etadi.
16.3.2. Elektrodlarning chidamliligi
Ishlatish paytida elektrodlarning ish 
yuzasi siklik qizishga (ko‘pincha 400 — 
700°C gacha), yuqori haroratlarda zarbdan 
ezilishga, massa ko‘chish tufayli ifloslanishga 
duchor bo‘ladi.
Dastlabki ikki omil boshlang‘ich d
E
va ish 
yuzasining yuzi asta-sekin kattalashishiga 
sabab bo‘ladi. Ma’lum miqdordagi nuqtalar 
n
kr
payvandlab bo‘lingandan keyin ish 
yuzasi fojiali tarzda yeyila boshlaydi va 
deformatsiyalangan yuzada darzlar, 
bo‘shliqlar paydo bo‘ladi, deformatsiyaga 
qarshiligi pasayadi. Payvand birikmalarning 
o‘lchamlari keskin kichiklashadi. IYU 
ning ifloslanishi qarshilik ortishiga va 
elektrodning tegish joyi oldida harorat 
ko‘tarilishiga, binobarin, massa ko‘chish 
faollashuvi hamda yuzaning yorilishiga 
olib keladi.
16.7-rasm. Uchma-uch 
payvandlash mashinasining 
payvandlash konturi.
9 — M.A. Abralov, N.S. Dunyashin
16.8-rasm. a — elektrodning; 
b — rolikning asosiy qismlari.


130
Elektrod va roliklarning chidamliligi ularning asosiy sifat ko‘rsatkichi 
bo‘lib, pirovardida ikki omil: ma’lum miqdorda nuqtalar payvandlanganda 
d
E
, f
I
, R
E
, R
I
larning o‘zgarmasligi joiz chegaralarda saqlanish muddati 
va ish yuzasining tozaligi joiz chegaralarning saqlanish muddati bilan 
tavsiflanadi.
Elektrod va roliklarning chidamliligi d
E
, f
I
20% gacha kattalashganda 
nuqtalar soni n
kr
va chokning uzunligi l
kr
bilan baholanadi.
Ish yuzasini kritik o‘lchamlari andazalar bilan aniqlanadi.
Elektrodlarning chidamliligi ko‘pgina omillar: elektrod qotish malariga, 
elektrod-detal tegish joyidagi haroratga va sovitish tizimiga, payvandlash 
rejimi, payvandlanadigan metallarning xossalariga, elektrodlarni tayyorlash 
hamda ishlatish usuliga bog‘liq.
Elektrodlar chidamliligini oshirishning muhim sharti elektrod-detal 
tegish joyidagi haroratni pasaytirishdan iborat. Bu harorat payvandlash 
jarayonida tez o‘zgarib, tok impulsining oxirida eng katta (maksimal) 
qiymatga (T
max
) yetadi, to‘xtam vaqtida esa T
min
gacha pasayadi. Payvandlash 
jarayonida bu haroratlar asta-sekin, to issiqlik muvozanatiga yetgunga 
qadar ko‘tarilib boradi. Eng yuqori haroratlar eng xavflidir. Ularni 
elektrodlarni ichki, aralash va tashqi usullarda sovitish orqali pasaytirishga 
harakat qilinadi.
16.3.3. Elektrod qotishmalari
Elektrod va roliklarning materiallari yuqori darajada issiqlik hamda elektr 
o‘tkazuvchan bo‘lmog‘i darkor (elektrod-detal tegish joyidagi harorat 
pasayishi, elektr quvvati sarfi kamayishi va detallar parron erishining 
oldi olinishi uchun). Ularning issiqqa chidamliligi, qattiqligi va qayta 
kristallanish harorati nisbatan yuqori (materiallarning mustahkamligi va 
ish yuzasining ezilish jarayoni sekinlashishi uchun), shuningdek massa 
ko‘chishga moyilligi kam bo‘lishi (ish yuzasining ifloslanishga chidamliligi 
oshiishi uchun) kerak.
16.9-rasm. Elektrodlar I va roliklar II ning ish qismi shakllari:
a — IYU sferasimon bo‘lgan sferik; b — IYU tekis bo‘lgan sferasimon; d — IYU tekis 
bo‘lgan silindrsimon; e — IYU radiusli bo‘lgan sferasimon; f — IYU silindrsimon bo‘lgan 
konussimon; d — IYU silindrsimon bo‘lgan to‘rtburchak.


131
Konstruksion metallar ichida elektr o‘tkazuvchanligi eng yuqori bo‘lgan 
mis deyarli barcha elektrod qotishmalari uchun nasos vazifasini o‘taydi. 
Ammo afsuski, misning issiqqa chidamliligi, qattiqligi uncha yuqori emas va 
qayta kristallanish harorati past. Bu xossalarni turli usullar bilan: parchinlash, 
legirlangan holda qattiq eritma hosil qilib ortiqcha faza dispers zarralarini 
o‘ta to‘yingan qattiq eritmadan ajratib olib, donalar chegaralarida qiyin 
eriydigan sinch yuzaga keltirib, misni ichkaridan oksidlab oshirishga to‘g‘ri 
keladi.
Sovuq holatdagi deformatsiyadan yuzaga keluvchi effekt faqat 
(0,3—0,5) T
erish
haroratgacha, misni legirlash tufayli mustahkamlanish esa 
(0,4—0,6) T
erish
gacha saqlanib turadi.
Legirlash uchun asosan Cd, Cr, Ag, Co, Ni ishlatiladi. qayta kristallanish 
(rekristallizatsiya) harorati va qattiqliq oz-ozdan Ti, Be, Zr, Al, B, Si qo‘shimcha 
ravishda oshiriladi. Legirlovchi elementlar miqdori oshishi bilan misning 
elektr va issiqlik o‘tkazuvchanligi kamayadi. 
Shu sababli legirlovchi elementalarning 
umumiy miqdori odatda 2% dan 
oshmaydi.
Aluminiy, magniy va mis qotishmalarini 
payvandlash uchun sovuq holatda cho‘zilgan 
M1 markali mis hamda qotishmalar ishlatiladi, 
ular nagartovkalab mustahkamlanadi (ÁðKä1, 
ÁðÑð), elektr o‘tkazuvchanligi eng yuqori, 
ammo qattiqligi va rekristallizatsiya harorati 
eng past bo‘ladi.
Po ‘ l at l a r, t i t a n q o t i s h m a l a r i n i 
payvandlash uchun elektr o‘tkazuvchanligi 
kam, biroq rekristallizatsiya harorati yuqori 
bo‘lgan elektrod qotishmalari (Mö5Á, 
ÁðXKä, ÁðXÖð, MÖ2, MÖ4, ÁðÍÁT) dan 
16.10-rasm. Shakldor va maxsus elektrodlar:
a — egilgan; b — cho‘zilgan; d — gorizontal; e — qalinligi o‘zgaruvchan detallarni 
payvandlash uchun o‘rnashadigan; 
f — armatura simini payvandlash uchun.
16.11-rasm. Uchma-uch 
payvandlash mashinalarining 
jag‘lari.


132
foydalaniladi. Bular dispersion qattiqlashuvchi qotishmalar bo‘lib, 
ayrimlarida donalar chegaralari bo‘ylab qiyin eriydigan skelet bo‘ladi. 
Termomexanik ishlov berish (toblash, sovuq holatda deformatsiyalash 
va bo‘shatish) orqali mustahkamlanadi. Volframning mis bilan (elkonayt), 
volfram karbidining mis bilan (Í 490) kompozitsiyasidan olingan qumoq-
qumoq kukunlar, shuningdek volfram va molibden qotishmalari alohida 
guruhni tashkil qiladi. Ularning qattiqligi va issiqqa chidamliligi eng 
yuqori, lekin elektr o‘tkazuvchanligi past (~30%) bo‘ladi. Ular odatda 
relyefli payvandlashda, turli qalinlikdagi va har xil nomlardagi detallarni, 
shuningdek mis, kumushni nuqtali payvandlashda ishlatiladi.
16.2-jadval
Elektrod qotishmalarining tarkibi va xossalari


133
Tekshirish uchun savollar
1. Kontaktli mashinalarning korpusi qanday qismlardan tashkil topadi?
2. Kontaktli mashinalarning ikkilamchi konturi nimalardan iborat?
3. Elektrodlar nimaga mo‘ljallangan?
4. Elektrodlarning chidamliligi deganda nimani tushuniladi?
17-bob. KONTAKTLI PAYVANDLASH 
MASHINALARINING MEXANIZMLARI
Mexanizm — kuch yuritmasi (masalan, pnevmosilindr, elektr dvigateli) 
hamda ijrochi mexanizmlar (polzun, yo‘naltiruvchi richaglar, muftalar, 
reduktor va b.) majmuyidir.
Umumiy ishlarga mo‘ljallangan mashinalar turli mexanizmlar: detallarni 
siqish, aylantirish, qisib qo‘yish, cho‘ktirish mexanizmlari mavjud. Maxsus 
mashinalarda, bulardan tashqari, siljitish, shakl hosil qilish, mahkamlash, 
detallarni ajratib olish va boshqa mexanizmlar ham bo‘lishi mumkin.
17.1. Detallarni siqish mexanizmlari
Bunday mexanizmlar harakatlanuvchi qismaning ko‘tarilishi, tushishi, 
siljishini hamda detallarning siqilishini berilgan kuch va muddat dasturi 
bilan ta’minlash kerak. Nuqtali payvandlash mashinalarida bu mexanizm 
elektrodlarning ikki harakati: detallar bir qadamga siljiydigan ish harakatini (2s 
+ 3—5 mm) va elektrodlarni tozalash, almashtirish, detallarni o‘rnatish hamda 
olish uchun qo‘shimcha (oshirilgan) harakatini amalga oshiradi. Richagli, tepki-
yukli, prujinali yuritmali mashinalarda elektrodlarning harakati bir vaqtning 
o‘zida ish harakati va qo‘shimcha harakat hisoblanadi. Harakatning 
ikkala turi odatda ish harakati va relyefli payvandlash mashinalarida mos 
keladi, uchma-uch payvandlash mashinasi uchun esa ish harakati hamda 
qo‘shimcha harakat to‘g‘risidagi tushuncha umuman yo‘q.
Nuqtali va chokli payvandlash mashinalarida yuritmalarning richagli, 
yukli, prujinali, pnevmatik, gidravlik, ba’zan esa elektro magnitli turlari 
qo‘llaniladi.
Richagli (dastakli) mexanizm uncha katta bo‘lmagan nuqtali 
payvandlash mashinalari, omburlarda, mikropayvandlashda pinsetlarda, 
shuningdek payvandlash va bir necha joyidan payvandlab qo‘yish uchun 
to‘pponchalarda qo‘llaniladi. O‘zgarmas kuch detallarga yo richaglar tizimi 


134
orqali, yo bo‘lmasa bevosita qo‘lda qo‘yiladi. Bunday mexanizm 0,1 gacha 
qalinlikdagi detallarni biriktirish uchun yetarli bo‘lgan kichik (300 N gacha) 
kuch hosil qiladi. Kuchning o‘zgarib turishi, payvandchining toliqishi ushbu 
mexanizmning kamchiliklaridir.
Tepki-yukli mexanizm siqish o‘zgarmas bo‘lgan oddiy va ishonchli 
mexanizmdir. F
pay
yukni bo‘linmali richag bo‘ylab surib rostlanadi. Elektrodni 
tushirish uchun tepki (pedal) ga F kuch qo‘yilib, richaglar 4 tizimidagi prujina 
5 ning kuchi yengib o‘tiladi (17.1-rasm) F kuch olinganda elektrod prujina 
vositasida ko‘tariladi. F
pay
ning qiymati yuk va uning holati bilan aniqlanadi. 
Bunday mexanizmdan quvvati 10 kWA dan oshmaydigan mashinalarda 
va kuchlar 1 kN gacha bo‘lganda (mikropayvandlash uchun mo‘ljallangan 
kichik konden satorli mashi nalarda, montaj stollarida) foydalaniladi.
Tepki bilan harakatga keltiruvchi prujinali siqish mexanizmi o‘zgarmas 
siqish kuchini hosil qiladi. Tepki 5 ni F kuch bilan oxirigacha bosilganda 
yuqorigi elektrod pastga tushib detallarni siqadi. Payvandlash kuchi prujina 
1 ni richagli tazimi 3 dagi gayka 2 bilan oldindan siqish orqali aniqlanadi. 
Elektrod yuk 4 vositasida ko‘tariladi. F
pay
ning prujinaning holatiga va 
elektrodlar oralig‘iga bog‘liqligi, tepkini katta kuch bilan bosish kerakligi 
hamda payvand chining tez charchab qolishi sababli bu mexanizm quvvati 
20 kWA gacha va payvandlash kuchi 2,5 kN gacha bo‘lgan o‘zgaruvchan 
tokli kichik mashinalardagina qo‘llanladi.
Pnevmatik siqish mexanizm ayniqsa o‘rtacha va katta quvvatli (1000 
kWA gacha) mashinalarda keng tarqalgan bo‘lib, kuchlar oralig‘i (intervali) 
kengdir (0,3—250 kN). Tezkor, oson boshqariladigan, chuqur rostlanadigan 
ushbu mexanizm odatda avtomatik rejimda, ko‘pincha sinxron uzgich 
bilan birga ishlaydi. Bunday mexanizm nihoyatda universal hisoblanadi. 
U istalgan siklogrammani va kuchlarning keng ko‘lamda rostlanishini 
ta’minlay oladi. Mazkur mexanizmning kuch qismlari porshenlar va 
egiluvchan diafragmalardir.
Porshenli yuritmaning yo‘li kattalashtirilgan. U yuqori darajada 
ishonchliligi, ammo kameralarining o‘lchamlari katta ekanligi, uncha tezkor 
emasligi hamda ishqalanish kuchlari ancha kattaligi bilan ajralib turadi. 
Elektrodga uzatiladigan kuch yuqorigi A kameradagi havo bosimi bilan 
rostlanadi (17.3-rasm). Bunday silindr kuchlarining ikki diapazoni: kichik 
va katta diapazonlarini ta’minlaydi. Klapan K vositasida ikkala kameraga 
havo yuborilib, uncha katta bo‘lmagan payvandlash kuchi hosil qilinadi, bu 
kuch porshenlar yuzining farqi bilan aniqlanadi. Silindr qarshi bosim bilan 
ishlaydi. Ba’zan kuchlar diapazonini kengaytirish uchun B kameradagi bosim 
A kameraga havo uzatilganda (va B kamera atmosfera bilan tutashganda) 
katta kuch (cho‘ kichlash, oldindan qisish, oshirilgan payvandlash kuchlari) 


135
hosil bo‘ladi.
Diafragmali yuritmaning yo‘li kichik (20 mm gacha) bo‘ladi, shu 
bois elektrodlar qo‘shimcha yo‘lga ega bo‘lishi (yurishi) uchun alohida 
pnevmatik yoki elektr-mexanik qurilma zarur bo‘ladi. Bundan tashqari, 
diafragma siljiganda (egilganda) kuch faqat muayyan chegaralarda (uning 
neytral holatida) o‘zgarmas bo‘lib qoladi. Rezinka diafrag malar eskiradi, 
ammo yuritmaning tuzilishi oddiyligi, moylanmasligi, ishqalanishning 
juda kichikligi, kameralarining o‘lchamlari kichikligi, ularning tez to‘lishi, 
binobarin tezkorligi, ya’ni afzalliklari hisoblanadi.
17.2. Roliklarni aylantirish mexanizmlari
Bunday mexanizm payvandlash vaqtida detallarning ishonchli 
harakatlanishini ta’minlashi kerak. Tuzilishining har xilligi chokli payvandlash 
mashinalarining joylashuviga xilma-xillik kiritadi.
Yetakchi (oddatda bitta) rolik yuradigan hisoblanadi, boshqa rolik 
esa detalga ishqalanish natijasida salt aylanadi. Shu bois mexanizm 
yetaklanuvchi rolikning sirpanishga barham bermog‘i lozim. Ko‘ndalang 
payvandlash mashinalarida, qoidaga ko‘ra, pastki rolik yetakchi rolik 
hisoblanadi; bo‘ylama payvandlash mashinalarda va universal mashinalarda 
yuqorigi rolik yetakchidir. Mashinaning vazifasi, quvvat va turiga qarab 
roliklar uzluksiz hamda uzlukli ayla nadigan bo‘lishi mumkin.
Uzluksiz aylantirish mexanizmi odatda uchta asinxron dvigatel, reduktor, 
almashtiriladigan shesternyalar, kardanli valdan va roliklarning aylanish 
tezligini ravon rostlash qurilmasidan tashkil topadi (17.5-rasm). Bunday 
qurilma vazifasini ko‘pincha bosqichsiz tezliklar variator — ÏMÑ turidagi 
elektr bilan boshqariluvchi sirpanish muftasi (MØ—2001, MØ—3201, 
MØ—4002, MØ—1601 mashinalarida) bajaradi.
Elektr dvigateli 1 dan aylanma harakat sirpanish muftasi 2 (tezlikni elektr 
rostlagichi bo‘lgan ÏMÑ turidagi mufta, u tezlikni o‘n baravar pasaytirishni 
ta’minlaydi), mufta 3, planetar rostlagich 4, kardanli val 5, shesternyalar 
6—11 orqali yuqorigi rolik 12 ga uzatiladi. Elektr dvigatelidan uzoqlashgan 
sayin vallarning aylanish tezligi pasayib boradi, burovchi moment esa 
kattalishib boradi va chiqish valida (rolikda) eng katta qiymatiga yetadi. 
Elektr dvigatelining quvvati rolikda yo‘qotishlar momentlari yig‘indisi (ikkala 
rolikning detallarda dumalab ishqalanish momentlari) yig‘indisidan katta 
burovchi moment hosil qilishga yetarli bo‘lishi zarur. Odatda dvigatellarning 
quvvati 0,5—2 kW ni tashkil etadi.
Uzlukli aylantirish mexanizmi odatda aylanish tezligi rostlanadigan 
o‘zgarmas tok elektr dvigateli asosida tayyorlanadi. Kinematik zanjir 


136
ko‘pincha eletkromagnitli muftani o‘z ichiga oladi. U dvigatel bilan 
rostlagich orasiga o‘rnatiladi (17.6-rasm). Uning yordamida roliklar 
osongina ishga tushiriladi va to‘xtatiladi, davriy aylantirish keng ko‘lamda 
rostlanadi. Mexanizmning kinematik sxemasi elektr dvigateli 7 dan iborat 
bo‘lib, u muftalar 2 va 4 orqali chervyakli reduktor 5 shesternyalarini, 
almashtiriladigan shesternyalar z
1
va z
2
, konussimon shesternyalar z
3
va z
4
ni hamda reduktor 6 orqali kardanli vallar 7, 8 ni aylantiradi. Mashinaning 
yuqorigi kallagi universal bo‘lgani uchun bo‘ylama choklarni payvandlashda 
roliklar 9 ning harakati shes ternyalar z
7
va z
8
orqali, ko‘ndalang choklarni 
payvandlash uchun kallak burilganda esa shesternyalar z¢
7
va z¢
8
orqali 
sodir bo‘ladi.
17.3. Uchma-uch payvandlash mashinalarining siqish mexanizmlari
Bunday mashinalarning siqish mexanizmi quyidagi vazifalarni bajaradi: 
qarshilik bilan payvandlashda detallarning siqilishi va deformatsiyalanishi 
(qizdirish va cho‘ktirish vaqtida), eritib payvand lashda detallarning 
muayyan qonunga muvofiq ravon yaqinlashishini (eritish vaqtida) 
hamda detallarning tez yaqinlashishi va deformatsiyalanishini (cho‘ktirish 
paytida) ta’minlaydi. qarshilik bilan uzlukli qizdirishdan foydalanilganda 
siqish mexanizmi detallarning qaytma-ilgarilama harakatini, shuningdek 
payvandlash zanjiri tutashgan paytlarda ularning siqilishi va birmuncha 
deformat siyalanishini amalga oshiradi.
Uchma-uch payvandlash mashinalarining siqish mexanizmlarida 
17.1-rasm. Detallarni siquvchi tepki-yukli mexanizm.


137
dastakli, richagli, prujinali, elektr dvigatelli, pnevmatik, gidravlik, 
pnevmogidravlik va qurama (aralash) yuritmalar qo‘llaniladi.
Richagli mexanizm tirsakli richaglar tizimidan iborat bo‘lib, ular payvandchi 
sarflaydigan kuchdan (50 kN gacha) bir necha o‘n baravar ortiq bo‘lgan 
cho‘ktirish kuchini hosil qilishga imkon beradi. U quvvati 100 kWA dan 
oshmaydigan avtomatlashtirilmagan mashinalarda qo‘llaniladi.
Prujinali yuritmadan kichik quvvatli qarshilik bilan payvandlash 
mashinalarida foydalaniladi. Payvandlash paytida detallar oldindan siqilgan 
prujina ta’sirida siqiladi.
Elektr dvigateli yuritma avtomat va yarimavtomat mashinalarda eritish 
va cho‘ktirish chog‘ida, harakatlanuvchi qismani harkat lantirish uchun 
ishlatiladi. Elektr dvigateli yuritmasi bo‘lgan yarimavtomat mashinalarda 
oldindan qizdirish, odatda, detallarni 
dastakli richagli yuritma siljitish orqali 
amalga oshiriladi.
qismali harak atlanuvchi plita 
1 kulachok 3 vositasida tayanch rolik 
2 orqali harakatlanadi (17.7-rasm). 
Kulachokli elektr dvigateli 6 ponasimon 
tasmali 4 va chervyakli 5 uzatmalar 
orqali aylantiradi. Tayanch rolikka tegish 
nuqtasida kulachok profili radiusining 
kattalashish tezligi eritish va cho‘ktirish 
vaqtida harakatlanuvchi qismaning siljish 
tezligini belgilaydi. O‘zgaruvchan tok elektr 
17.2-rasm. Detallarni siquvchi prujinali mexanizm.
17.3-rasm. Pnevmatik siqish 
mexanizmining porshenli yuritmasi.


138
dvigatelidan foydalanilganda payvandlash 
paytida kulachokning aylanish tezligi 
o‘zgarmaydi, ammo mashina tezlik variatori 
7 yoki almashtiriladigan shesternyalar 
yordamida sozlanganda o‘zgarishi mumkin. 
Cho‘ktirish vaqtida yuritma hosil qiladigan 
kuch 70—80 kN dan oshmaydi. qudratli 
(400—750 kWA) mashinalarda cho‘ktirish 
kuchini oshirish uchun kulachok bilan 
harakatlanuvchi qisma orasida richagli 
uzatmadan foydalaniladi.
Kulachokli mexanizmning kamchiligi cho‘ktirish tezligi 
cheklanganligidadir (20—25 mm/s gacha). Shu bois ko‘pgina uchma-
uch payvandlash mashinalarida qurama (aralash) siqish mexanizm, ya’ni 
eritishda kulachokli mexanizm va cho‘ktirishda pnevmatik, pnevmogidravlik 
mexanizm qo‘llaniladi.
Oldindan qizdirib payvandlashga mo‘ljallangan ayrim qudratli 
mashinalarda harakatlanuvchi qismani siljitish uchun elektr dvigatelli 
yuritmasi bo‘lgan vintli mexanizm ishlatiladi.
Harakatlanuvchi qisma 8 ga biriktirilgan vint 1 gayka 2 aylanganda 
ilgarilama harakat oladi, bu gayka chervyakli juftlik 3, 7 orqali elektr 
dvigateli bilan bog‘langan (17.8-rasm). Vint aylanganda gayka tayanch 4 ga 
tiraladi. Bo‘ylama kuch vtulka 5 orqali dinamometr 6 ning prujinalanuvchi 
halqalariga uzatiladi. Cho‘ktirish kuchi dinamometrni siqish bilan cheklanadi 
— u berilgan darajada kaltalashganda oxirigi uzgich (viklyuchatel) elektr 
dvigatelini uzib qo‘yadi. Eritishdan cho‘ktirishga o‘tish vaqtida tezlikni 
keskin oshirish uchun ikki tezlikli elektr dvigatellari yoki mustaqil uzatmali 
ikkita elektr dvigatelidan foydalaniladi. O‘zgarmas tok elektr dvigatellaridan 
foydalanish erish tezligini dastur asosida rostlashni osonlashtiradi.
Bunday yuritmali mashinalarda eng katta cho‘ktirish kuchi 200 kN ni 
tashkil etadi.
Pnevmatik siqish mexanizmlari tezkor bo‘lib, ulardan asosan cho‘ktirish 
vaqtida foydalaniladi, chunki ular eritish jarayonida qismaning zarur 
darajada ravon va barqaror harakatlanishini ta’min lamaydi. Bunday 
mexanizmlarda pnevmosilindrdan foydalanish bilan bir qatorda diafragmali 
kameralar ham qo‘llaniladi.
Gidravlik uzatish mexanizmi o‘rtacha va katta quvvatli mashinalarda 
keng qo‘llaniladi. U ishonchli ishlaydi, uzatish tezligini rostlash chegaralari 
keng bo‘lishini ta’minlaydi va deyarli istalgan cho‘ktirish kuchini (3000 kN 
va bundan ziyod) hosil qiladi.
17.4-rasm. Pnevmatik siqish 
mexanizmining diafragmali 
yuritmasi.


139
Gidravlik mexanizmli mashinalarda harakatlanuvchi qismaning siljish 
tezligi gidrosilindrning bir bo‘shlig‘idan boshqasiga moy oqib o‘tadigan 
drosselning o‘tish kesimini rostlash orqali yoki zolotnikli ergashuvchi 
qurilma yordamida o‘zgartiriladi.
17.4. Uchma-uch payvandlash mashinalarining qisuvchi mexanizmlari va 
tirak moslamlari
qismalar ushbu vazifalarni bajaradi: detallarni bir-biriga nisbatan 
aniq o‘rnatilishini, tok manbayidan detallarga tok kelishini ta’min laydi 
va cho‘ktirish paytida detallarning sirpanishga yo‘l qo‘ymaydi. Detallarni 
qismada o‘rnatishning ikki usuli: tiraklar bilan va tiraklarsiz o‘rnatish usullari 
qo‘llaniladi.
Uzun detallar (tilimlar, relslar, quvurlar va b.) tiraklarsiz payvandlanadi. 
Bu holda katta qisish bosimlaridan foydalaniladi, chunki cho‘ktirish kuchi 
17.5-rasm. Roliklarni uzluksiz aylantirish mexanizmi.
17.6-rasm. Roliklarni uzlukli aylantirish mexanizmi.


140
detallarga detallar bilan jag‘lar orasida hosil bo‘luvchi ishqalanish kuchlari 
vositasida uzatiladi. Tiraklar bilan payvandlash cho‘ktirish kuchi detallarga 
asosan tiraklar yordamida uzatiladi va shu bois, tok keltiruvchi jag‘lar 
yukdan ancha holi bo‘ladi. qismalarning tuzilishi bag‘oyat xilma-xil bo‘lib, 
payvandlanadigan detallarning shakli hamda o‘lchamlari, zarur qisish kuchi 
va ishlab chiqarish turi bilan aniqlanadi.
Kichik va o‘rtacha quvvatli mashinalarda dastaki yuritmali ekssentrik 
vintli yoki richagli hamda pnevmatik qisuvchi mexanizmlar qo‘llaniladi; 
o‘rtacha va katta quvvatli mashinalarda elektr yuritmali gidrav lik, 
pnevmogidravlik qismalar ish latiladi.
Pnevmatik qisuvchi mexanizmda pnevmosilindr 1 dan kuch shtok 2 va 
richag 3 orqali detal 5 ga uzatiladi (17.9-rasm); richag o‘q 4 atrofida aylanadi. 
qisish kuchi pnevmosilindr havo bosimiga, richaglarning tuzilishiga 
qarab aniqlanadi va detallarning o‘lchamiga bog‘liq emas. Pnevmatik 
qismalarning qisish kuchi 20—100 kN ni tashkil etadi.
Pnevmogidravlik qisuvchi mexanizmda yuqorigi qisma 8 pnevmo silindr 
kameralari 6 va 5 ga uzatilayotgan siqilgan havo yordamida ko‘tariladi va 
tushadi (17.10-rasm). Kamera 5 ga havo kelganda qisma 8 pastga tushadi 
va detalni dastlab qisib qo‘yadi. Keyin havo ikkinchi silindrning kamerasi 
1 ga uzatiladi. Shtok 3 bakcha 4 dan moy kelish yo‘li uchun zarur bo‘lgan 
katta bosimni hosil qiladi.
Gidravlik qisuvchi mexanizmlar gidravlik uzatish mexanizm bo‘lgan 
mashinalarda qo‘llaniladi. Ular tuzilishining nisbatan oddiyligi va 
o‘lchamlarining kichikroqligi bilan ajralib turadi. Ba’zan qisish silindrlari 
diametrini kattalashtirish uchun qo‘shaloq silindrlar (tandem-silindrlar)dan 
foydalaniladi. qisish kuchi 100—500 kN bo‘lgan mashinalarda moy qisish 
silindrlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri mashina gidronasosidan 7—10 MPa bosim 
ostida uzatiladi. qisish kuchi 1000—4000 kN va bundan katta bo‘lgan 
mashinalarda qisish silindrlaridagi bosim 40—60 MPa gacha oshiriladi. 
17.7-rasm. Uchma-uch payvandlash mashinalarining elektr dvigatelidan 
harakat oluvchi kulachokli siqish mexanizmi.


141
Buning uchun maxsus nasoslardan yoki bosim multiplikatorlaridan 
foydalaniladi.
qisish kuchini oshirish uchun bevosita ishlaydigan gidravlik qisuvchi 
mexanizmlar bilan bir qatorda richagli gidravlik mexanizmlar ham qo‘llaniladi. 
qudratli mashinalarda ba’zan elektr yuritmali vintli qisuvchi mexanizmlar 
ishlatiladi. Yuqori qisma 1 vint 9 vositasida yo‘naltiruvchilar 10 da 
harakatlanuvchi polzunga mahkamlangan. Chervyakli g‘ildirak 4 shponka 3 
bo‘ylab sirpanuvchi gayka 2 ni aylantirganda vint ilgarilama harakatlanadi 
(17.11-rasm). Chervyak 8 elektr dvigateli 7 bilan aylantirilganda vint jag‘ni 
qisilayotgan detalga tiralguncha pastga tushiradi. Elektr dvigatelining 
keyingi aylanishi gayka 2 ning qo‘zg‘almas vintdan burilib chiqishiga olib 
keladi. Gayka tayanch 5 orqali prujinali dinamometr 6 ni bosadi va uning 
qisish kuchi ma’lum miqdorga yetganda oxirgi ulagich elektr dvigatelini 
to‘xtatadi.
Tirak moslamalar cho‘ktirish kuchini o‘ziga qabul qilib, detallarning 
qismalarda sirpanishga yo‘l qo‘ymaydi. Tirak moslamalarning tuzilishi 
payvandlanadigan detallarning shakli va o‘lchamlariga qarab aniqlanadi. 
Tiraklar payvandlash mashinasining plitalariga, uzun detallarni payvandlashda 
esa maxsus yo‘naltiruvchilarga o‘rnatiladi.
100—300 kWA quvvatli mashinalarda qo‘llaniluvchi universal 
tirak moslamada kronshteyn 1 mashinaning qo‘zg‘almas plitasiga 
mahkamlangan. Shtangalar 2 kronshteynga mahkamlangan (17.12-rasm). 
Shtangalarning uzunligi payvandlanadigan detallarning uzunligiga bog‘liq. 
Payvandlash paytida detalning uchi tayanch qism 3 ga tiralib turadi. Xomaki 
rostlash tish (sobachka) lar 5 yordamida shtangaga mahkamlangan tirak 
planka 4 o‘rnini almashtirib amalga oshiriladi. Aniq rostlash uchun esa 
polzun 7 bilan bog‘langan maxovikcha 6 xizmat qiladi. Rostlab bo‘lingandan 
keyin maxovik vinti gayka 8 bilan mahkamlab qo‘yiladi.
Kalta detallarni payvandlashga mo‘ljallangan, ya’ni rostlashning keng 
17.8-rasm. Uchma-uch payvandlash mashinalarining elektr 
dvigatelidan harakat oluvchi vintli siqish mexanizmi.


142
diapazoni talab qilinmaydigan mashinalarda tiraklar qisuvchi mexanizmlar 
bilan birlashtiriladi. Cho‘ktirish kuchi korpusi bilan bog‘langan tiraklar orqali 
yoki jag‘lardagi yag‘rinlar (zaplechiklar) orqali uzatilish mumkin.
Tekshirish uchun savollar
1. Mexanizm deb nimani aytiladi?
2. Nuqtali, relyefli, chokli payvandlash mashinalaridagi detallarni qisish mexanizmlarida 
yuritmalarning qanday turlari qo‘llaniladi?
3. Uchma-uch payvandlash mashinalarining qisish mexanizmlarida qaysi turdagi 
yuritmalardan foydalaniladi?
4. Uchma-uch payvandlash mashinalaridagi qismalar qanday vazifalarni bajaradi?
5. Uchma-uch payvandlash mashinalaridagi tirak moslamalar qanday vazifalarni ado 
etadi?


143
18-bob. KONTAKTLI PAYVANDLASH 
MASHINALARINING ELEKTR qISMI
18.1. Mashinalar elektr qismining vazifasi va tuzilish sxemalari
Mashinaning elektr qismi payvandlash vaqtida talab etiladigan quvvatni 
ancha yuqori darajadagi FIK bilan va uning qismlari ruxsat etilganidan 
ortiq qizishiga yo‘l qo‘ymasdan ta’minlamog‘i, mos ravishda yuklash 
tavsifiga ega bo‘lmog‘i hamda ishning bexatarligini ta’minlashi kerak. 
Payvandlash joyi va mashina ikkilamchi konturining elektr qarshiligi uncha 
katta bo‘lmaydi, shu bois payvandlash joy tez qizishiga yetarli katta kuchli 
(250 kA gacha) payvandlash toki hosil bo‘lishi uchun odatda pasaytirilgan 
kuchlanish (1—25 V) talab qilinadi. Mashinaning elektr qismi hamisha 
pasaytiruvchi tokini keltirish uchun ikkilamchi kontur IK xizmat qiladi. 
Payvandlash transformatori PTr tarmoqqa yoki energiya akkumulatori Ak ga 
K kontaktor vositasida ulanadi. Past chastotali mashinalarda transformator 
PTr uch fazali yoki olti fazali to‘g‘rilagich T ga ulanadi. PTr transformatorida 
navbatlashib keluvchi zarur tokning qutbiyligini qutbiylik kommutatori qK 
17.9-rasm. Uchma-uch payvandlash 
mashinalarining riachagli-pnevmatik 
qisish mexanizmi.
17.10-rasm. Uchma-uch payvandlash 
mashinalarining pnevmogidravlik qisish 
mexanizmi.


144
ta’minlaydi. Ikkilamchi kuchlanish (payvandlash toki) transformator PTr ning 
transformatsiya koeffitsiyentini bo‘lmali bosqichlar almashlab ulagichi BAU 
yordamida o‘zgartirish yo‘li bilan (bosqichli rostlash) yoki fazani rostlash 
yo‘li bilan (ravon rostlash), yoxud ana shu ikkala rostlash yo‘li bilan (aralash 
rostlash) rostlanadi. Energiya konden satorlarda to‘planadigan mashinalarda 
payvandlash toki konden satorlar batareyasining kuchlanishini yoki sig‘imini 
o‘zgartirish orqali rostlanadi.
Payvandlash tokining fazasi boshqarish apparatlari BAp bilan rostlanadi. 
Ana shu apparatlar yordamida kontaktor yoki to‘g‘rilagichlarning, 
qutbiylik kommutatorining ulanishi va uzulishi barcha payvandlash sikllari 
operatsiyalarining yoxud bir qismining berilgan izchilligi hamda davomliligi 
ta’minlanadi va h.
18.2. Mashinalarning asosiy energetik parametrlari
1. Kontaktli payvandlash mashinalari, qoidaga ko‘ra, payvandlash 
tokining ulanishi va uzilishi doimiy ravishda navbati bilan keladigan rejimda 
ishlaydi. Bu navbati bilan kelishlar detallarni payvandlash uchun o‘rnatish, 
payvandlash, payvandlab bo‘lingandan keyin ularni bosim ostida tutish, 
detallarni olish va boshqa operatsiyalar bilan bog‘langan.
Elektr mashinasining qisqa muddatli yuklanish (payvandlash toki) 
mashinaning to‘xtatilish (to‘xtam) bilan navbatlashib keladigan bunday 
rejimi takroriy-qisqa muddati rejim deb ataladi.
Takroriy-qisqa muddatli ish rejimi ushbu formula yordamida 
aniqlanadigan ulanish davomliligi (UD) bilan tavsiflanadi:
17.11-rasm. Uchma-uch payvandlash mashinalarining elektr 
dvigatelidan harakat oluvchi qisish mexanizmi.


145
UD = 100 t
pay
/t
s
= 100 t
pay
/(t
pay
+ t
T
),
bu yerda: t
pay
— payvandlash vaqti; t
T
— to‘xtam (tokning yo‘qligi); t
s
— 
to‘liq payvandlash siklining davomliligi.
Ish uzoq davom etganda (UD = 100%) mashinaning istalgan tok 
keltiruvchi qismidagi harorat eksponensial qonunga muvofiq ko‘tarilib 
boradi va qandaydir barqaror T
bar
qiymatga yetadi.
UD mashinaning vazifasiga bog‘liq bo‘lib, buyumlarni kontaktli 
payvandlashning biron-bir turi bilan tayyorlash texnologiyasiga qarab 
aniqlanadi (nuqtali payvandlash uchun 20%, chokli payvandlash uchun 
50%, uchma-uch payvandlash uchun 30%, quvurlarni payvandlash stanlari 
uchun 100%).
Shunday qilib, kuchi har xil bo‘lgan toklar oqib o‘tganda tok keltiruvchi 
qismlar bir xil darajada qizishi mumkin: UD qancha kichik bo‘lsa, qismni 
uzoq muddatli tok oqib o‘tganda yuzaga kelgan barqaror o‘sha tok bilan 
qizdirish uchun qisqa muddatli tok shuncha katta bo‘lmog‘i lozim.
2. GOST 297—80 uzoq muddatli nominal ikkilamchi tok I
2u.m.n.
ni belgilab 
bergan, bu tok o‘tganda ikkilamchi kontur va transformator qismlarining 
qizish joiz haroratlardan oshmaydi: ikkilamchi kontur qismlari uchun u 
ko‘pi bilan 100°C; payvandlash transformatorining o‘ramlari uchun, sovitish 
sharoiti va izolatsiya sinfiga qarab, 60—140°C ga teng. qisqa muddatli va 
uzoq muddatli toklar o‘rtasidagi nisbat ish rejimi davomli bo‘lganda t
s
vaqt 
17.12-rasm. Tirak moslamalar: 
a — universal; b — qismlar korpusidagi tirak; d — jag‘lardagi tirak.
10 — M.A. Abralov, N.S. Dunyashin


146
ichida R qarshilikli tok keltiruvchi qismda ajralib chiqadigan issiqlik
va takroriy — qisqa muddatli rejimda (UD) tok o‘tganda ajralib chiqadigan 
issiqlik
ning tengligidan hisoblab chiqariladi:
qisqa muddatli tok mashinaning qisqa tutashuv toki I
2k.m.max
ning 
(maksimal) qiymatidan katta bo‘lishi mumkin, bu eng yuqori tok 
payvandlash transformatorining eng katta ikkilamchi kuchlanish U
2.max
ga 
(salt yurish rejimida) va mashinaning qisqa tutashuvi to‘liq qarshiligi Z
2k
ga bog‘liq:
Payvandlash toki payvandlanadigan detallarning elektr qarshiligi R
EE
ga 
hamda transformatorning ikkilamchi kuchlanishi U
20
ga bog‘liq:
18.1-rasm. Mashinalar asosiy turlari elektr qismining tuzilish sxemasi:
a — bir fazali o‘zgaruvchan tok mashinasiniki; b — uch fazali past chastotali tok 
mashinasiniki; d — tok ikkilamchi konturda to‘g‘rilanadigan uch fazali mashinasiniki; e — 
kondensatorli mashinaniki.


147
bu yerda: R
EE
va x
2k
— ikkilamchi konturga keltirilgan mashina qisqa 
tutashuvining aktiv va induktiv qarshiligi;
— 
mashina hamda payvandlanayotgan detallarning to‘liq qarshiligi.
Toklar orasidagi nisbat I
2k
/I
pay
keng doiralarda: 1,1—1,2 dan 3 gacha va 
bundan ortiq o‘zgarib turadi.
3. Payvandlash amalga oshishi uchun t
pay
vaqt ichida ikkilamchi 
konturda va detallar orqali berilgan tok I
pay
oqib o‘tishi kerak. Agar 
payvandlanayotgan detallarning elektr qarshiligi (asosan aktiv qarshiligi) 
R
EE
ga teng bo‘lsa, u holda zanjirning elektrodlar orasidagi qismida hosil 
bo‘ladigan aktiv (foydali) quvvat quyidagiga teng bo‘ladi:
bu yerda: U
EE
=R
EE
I
pay
— elektrodlarda kuchlanishning pasayishi.
Mashinaning foydali ish koeffitsiyenti (FIK) ushbuga teng:
,
bu yerda: P
1
=(R
EE
+R
2k
)I
2
pay
— mashina tarmoqdan oladigan aktiv quvvat.
Foydali quvvat P
EE
mashina tarmoqdan oladigan aktiv quvvat P
1
dan kichikdir, bunga ikkilamchi kontur, transformatordagi va ventil 
kontaktorlardagi (to‘g‘rilagichlardagi) yo‘qolishlar sabab bo‘ladi:
4. Mashinaning payvandlash operatsiyasini amalga oshirish uchun zarur 
bo‘lgan qisqa muddatli to‘liq quvvati:
Mashina elektrodlari qisqa tutashgandagi chekli (eng katta) quvvat:
.
5. quvvat koeffitsiyenti (cosj) ushbu nisbatlardan aniqlanadi:
,
elektrodlarning qisqa tutashuvida esa:
Mashinaning qarshiligi R
2k
ortishi bilan cosj kattalashadi, FIK h esa 
kichiklashadi.
6. Mashinaning quvvatidan foydali foydalanish darajasi ushbu 
koeffitsiyent bilan tavsiflanadi:


148
po‘lat detallarni payvandlashda V = 0,1—0,4; aluminiy qotish malaridan 
yasalgan detallarni payvandlashda V = 0,025—0,08 bo‘ladi.
Kontaktli payvandlash mashinalarining energetik ko‘rsatkichlarini (cosj, 
h, V) yaxshilash maqsadida ikkilamchi konturni ta’min lovchi kuchlanish 
chastotasini kamaytirish va mashinaning ikkilamchi konturi o‘lchamlarini 
kichiklashtirish (masalan, payvandlash apparatini payvandlash joyiga 
yaqinroq keltirish orqali) yo‘li bilan mashinaning qisqa tutashuvi qarshiligi 
Z
2q
ni kamaytirishga harakat qilinadi.
Detallarning elektr qarshiligi R
EE
ga bog‘liq holda mashinaning 
payvandlash toki I
pay
o‘zgarish haqidagi aniq tasavvurni yuklama 
tavsifi (YUT) beradi, ya’ni I
pay
= f(R
EE
). Yuklama tavsifi quyidagilar uchun 
transformatorning har bir bosqichiga hisoblab chiqariladi:
a) bir fazali o‘zgaruvchan tok mashinasi uchun —
b) tok ikkilamchi konturda to‘g‘rilanadigan mashina uchun —
R
EE
ning qiymati noldan (qisqa tutashuv toki I
2k
) 200—300 mkW gacha 
va bundan katta diapazonda tanlanadi.
7. Transformatorning turli bosqichlari uchun tashqi tavsiflar — 
elektrodlardagi kuchlanishning payvandlash tokiga bog‘liqligi, ya’ni 
U

= f(I
pay
):
a) bir fazali o‘zgaruvchan tok mashinasi uchun —
18.2-rasm. Mashinaning ish rejimlari va ularning tok simlariga ta’siri:
a — uzoq muddatli rejimdagi tok; b — takroriy-qisqa muddatli 
rejimdagi tok; d — tok simlarining qizishi.


149
b) tok ikkilamchi konturda to‘g‘rilanuvchi mashina uchun —
U
2
=U
20
—R
2k
I
pay
.
Salt yurishda (R
EE
=¥) I
pay 
= 0, U
2
=U
20
, qisqa tutashuvda esa (R
EE
= 0) 
I
pay 
= U
20
/Z
2k
, U
2
=U
20
, dan kichik qiymatlarida topiladi.


150
18.3. Kontaktli payvandlash mashinalarining elektr zanjirlari
1) bir fazali o‘zgaruvchan tok mashinalarida payvandlash toki bir fazali 
payvandlash transformatori PTr ning ikkilamchi chulg‘amida kontaktor-
uzgich Uz ulangandan keyin paydo bo‘ladi. Tok kuchi bosqich almashlab 
ulagich BA bilan rostlanadi. Impulsning vaqti va shakli boshqarish 
apparatlari BA vositasida rostlanadi.
Bir fazali o‘zgaruvchan tok mashinalarining afzalliklari: tar moqning 
elektr energiyasini o‘zgartiruvchi qurilma sodda tuzilgan, shakli va 
davomliligiga ko‘ra turlicha bo‘lgan tok impulslarini hosil qilish imkoniyati 
bor. Kamchiliklariga esa kuch tarmog‘i fazalarining notekis yuklanishi, ancha 
katta quvvatli mashinalar ulaganda tok impulslari katta bo‘lishi, quvvat 
koeffitsiyenti (cosj) kichikligi kiradi.
2) uch fazali past chastotali mashinalarda sanoat chastotasidagi tok 
uch fazali ko‘prik sxema bo‘yicha yig‘ilgan kuch to‘g‘rilagichida 5—10 Hz 
chastotali impulslarga aylantiriladi. To‘g‘rilagich payvandlash transformatori 
PTr ning birlamchi chulg‘amiga ulangan. U qisqa muddatli impulslar 
bilan ulanadi. PTr ning birlamchi chulg‘amiga to‘g‘rilagich IT ga ikkita ikki 
qutbli elektromagnitli kontaktor PP orqali ulanadi. Kontaktor payvandlar 
oralig‘idagi to‘xtamlar (pauzalar) vaqtida ishlaydi va uzatilayotgan tok 
impulslarining qutbini navbati bilan o‘zgartiradi. Bu esa payvandlash 
transformatoridagi magnit o‘tkazgich to‘yinishining oldini oladi.
Past chastotali mashinada tok kommutatsiyasi shunday amalga oshadiki, 
payvandlash transformatorining birlamchi chulq‘amiga uzatilayotgan 
18.3-rasm. Nuqtali payvandlashda quvvat sarfining taxminiy taqsimlanishi:
a — bir fazali o‘zgaruvchan tok mashinalarida; b — past chastotali tok mashinalarida.


151
o‘zgarmas kuchlanishining ayrim impulslari unda tok impulslarini uyg‘otib, 
uning amplitudalarini tobora oshirib boradi (eksponensial qonunga 
muvofiq) va tok eng katta qiymatga yetganda uni pasaytira boradi.
Energiyaning bir qismi mashinaning magnit maydonida to‘p lanadi, 
shu sababli tok ulanganda u nolgacha asta-sekin kamayadi. Birlamchi 
chulg‘amdagi kuchlanishning qutbi o‘zgargandan so‘ng ulanadigan 
shuntlanuvchi ignitron SHI payvandlash transformatori bilan to‘g‘rilagich 
orasida o‘tish jarayonlari yuz berishining oldini oladi. Bunda payvandlash 
tokining kuchi nolgacha tezroq pasayadi.
Tok chastotasi rejim parametrlariga bog‘liq bo‘lib, ushbu formula 
yordamida hisoblab toplishi mumkin:
Past chastotali mashinalarning afzalliklari: tarmoq fazalari bir tekis 
yuklanadi: quvvat koeffitsiyenti katta; belgilangan quvvat pasayadi (bir fazali 
mashinalarga nisbatan); tok impulsining shakli qulay.
Mashinalarning kamchiliklariga payvandlash transformatorining 
o‘lchamlari va og‘irligi kattaligi, to‘g‘rilagichning sxemasi murak kabligi, 
mashinaning yetarli darajada ishonchli emasligi, to‘g‘ri lagichning ulanish 
vaqti cheklanganligi (0,5 s dan ortiq emas), tok impulsining shaklini tez 
o‘zgartirib bo‘lmasligi kiradi. Bu kamchiliklar tok kuchining barqarorlashini 
avtomatik boshqaruvchi apparatlar yaratilishiga to‘sqinlik qiladi.
3) uch fazali o‘zgarmas tok mashinalarida (tok ikkilamchi konturda 
to‘g‘rilanadi) o‘zgaruvchan tok tarmog‘iga ulangan uch fazali payvandlash 
transformatorining birlamchi chulg‘amlari «uchburchak» sxemasi bo‘yicha 
ulangan, ikkilamchi chulg‘amlari esa «yulduz» sxemasida ulangan. 
18.4-rasm. Bir fazali o‘zgaruvchan tok mashinasining tavsiflari: 
a — yuklanish tavsifi; b — tashqi tavsifi.


152
Boshqariluvchi ventillar (tiristorlar) birlamchi chulg‘amlarga ketma-ket 
ulangan, ular tokning ulanish paytini o‘zgartirish yo‘li bilan uni ravon 
rostlash imkonini beradi. Birlamchi chulg‘amlarga parallel ulangan yuklash 
qarshiliklari ventillar ishini yaxshilaydi. Ikkilamchi chulg‘amlar bilan ketma-
ket ravishda, boshqarilmaydigan kremniy ventillar (diodlar) ulangan bo‘lib, 
ular kuchlanishi to‘g‘ri 1,6—2 V pasayganda va 50 V teskari pasayganda 
5—6 kA li tok impulsini o‘tkazishga imkonyat beradi.
Birlamchi chulg‘amlarda tok uni qutbiy tarzda oqishiga qaramay, uch 
fazali magnit tizimining sterjenlaridagi magnit oqimlari doimiy tashkil 
etuvchilarga ega emas, chunki uch sterjenli magnit tizimidagi magnit 
oqimlarining algebraik yig‘indisi nolga teng va qoldiq magnitlanish 
kuzatilmaydi. Bunda manba impulsning istalgan davomliligida yaxshi 
ishlaydi. To‘xtamning davom etish vaqtiga, shuningdek payvandlash 
transformatorining birlamchi chulg‘amiga ulangan tiristorlarning ulanish 
burchagiga qarab impulslar bitta qutbiylik va turli shakllarga ega bo‘ladi.
To‘g‘rilagich ulanganda payvandlash tokining qiymati quyidagicha 
bo‘ladi:
,
bu yerda: t — ekvivalent vaqt doimiysi, t =L
2
/R
2
; U — to‘g‘rilangan ikkilamchi 
kuchlanish; R
2
, L
2
— mashina ikkilamchi zanjirining aktiv qarshiligi va 
induktivligi. Tokning o‘sib borishi 0,12—0,14 s davom etadi.
To‘g‘rilagich uzilganda tokning pasayishi eksponenta bo‘yicha boradi, 
eksponentaning ham shakli t ning qiymatiga bog‘liq.
O‘zgarmas tok mashinasining afzalliklari: tarmoq fazalari bir tekis 
yuklanadi; quvvat koeffitsiyenti kattaroq (bir fazali mashinalarga nisbatan); 
tok impulsining shakli qulay va rostlash imkoniyatlari keng; payvandlash 
18.5-rasm. Bir fazali o‘zgaruvchan tok mashinasi kuch 
qismining prinsipial sxemasi.


153
tokiga payvandlanadigan detallarning ferromagnit massalari ta’sir 
qilmaydi.
4) kondensatorli mashinalarda energiya kondensatorlar C batareyasida 
to‘planadi, bu batareya to‘g‘rilagich T va zaryadlash qarshiligi R
z
orqali 
tarmoqdan zaryadlanadi, keyin esa payvandlash transformatori PTr 
ning birlamchi chulg‘ami orqali zaryadsizlanadi. Kontaktor K almashlab 
ulanganda qisqa muddatli razryad impulsi yuzaga kelib, o‘zakda magnit 
oqimini uyg‘otadi va ikkilamchi chulg‘amda payvandlash toki impulsi 
o‘tadi.
Kondensatorda to‘planadigan energiya (j):
,
bu yerda: U
c
— kondensatorlarni zaryadlash kuchlanishi; C — kondensatorlar 
sig‘imi.
Kondensatorni zaryadlash vaqti t
z
=3R
z
C uni zaryadlash vaqti t
zc
dan 
uzoqroqdir. t
z
/t
zc
nisbat (3—10):1 atrofida bo‘ladi. Bu hol unumdorlikni 
jiddiy kamaytirmaydi, chunki zaryadlanish to‘xtam vaqtida yuz beradi.
Dastlabki paytda zaryadlash toki I
z.b
qarshilik R
z
bilan aniqlanadi:
,
chunki kondensatordagi kuchlanish U
c
= 0
bo‘ladi.
Keyin zaryadlash toki eksponensial qonun bilan aniqlanadi:
Zanjir parametrlarining nisbatiga qarab, zaryadlash nodavriy bo‘lishi 
mumkin (agar R
bo‘lsa) yoki tebranma bo‘lib, R
da so‘nishi 
18.6-rasm. Past chastotali tok mashinasi kuch qismining prinsipial sxemasi.


154
mumkin, bu yerda R va L — payvandlash mashinasining uning birlamchi 
zanjiriga keltirilgan ekvivalent parametrlari.
Impulsning qiymati va shakli zaryadlash kuchlanishi U
C
, transformatsiya 
koeffitsiyenti va kondensatorlar C batareyasining sig‘imini o‘zgartirib 
rostlanadi.
Kondensatorli mashinalarning afzalliklari: tarmoqdan energiyani bir tekis 
oladi, quvvat koeffitsiyenti katta, qisqa muddatli impuls hosil qilishi mumkin. 
Kamchiliklariga esa payvandlash impulsining oldingi o‘sish maydoni haddan 
tashqari tikligi, payvandlash jarayonida tok kuchini o‘zgartirish mumkin 
emasligi (avtomatik boshqaruvda), qudratli mashinalardagi kondensatorlar 
batareyasining qo‘polligi kiradi.
Kondensatorli mashinalar qora va rangli metallardan tayyorlangan 
yupqaroq (0,7 mm gacha) detallarni nuqtali hamda relyefli payvandlash 
uchun va aluminiy qotishmalaridan ishlangan 2,5 mm gacha qalinlikdagi 
detallarni qulochi katta mashinalarda nuqtali payvandlash uchun keng 
qo‘llaniladi.
18.4. Kontaktli payvandlash mashinalarining 
ikkilamchi konturini hisoblash
Konturning tuzilishi sxemasi, uning asosiy o‘lchamlari va UM dagi 
nominal payvandlash toki hisoblash uchun boshlang‘ich ma’lumotlar 
sanaladi.
Ikkilamchi konturni hisoblashda kontur qismalarining kesimlari, 
kontaktli birikmalarning o‘lchamlari, konturning aktiv qarshiligi R
i.q.
va 
induktiv qarshiligi x
i.q.
aniqlanadi.
1. Barcha qismlarning kesimlari, ularni sovitilishi, kontaktlarning 
yuzi shunday bo‘lishi kerakki, uzoq muddatli nominal ikkilamchi tok 
18.7-rasm. O‘zgarmas tok mashinasi kuch qismining prinsipial sxemasi.


155
I
2u.m
o‘tganda kontur qismlarining harorati joiz qizish haroratidan, ya’ni 
tok ikkilamchi konturda to‘g‘rilanadigan mashinalar va past chastotali 
mashinalar uchun 70°C dan hamda bir fazali o‘zgaruvchan tok mashinalari 
uchun 100°C dan yuqori bo‘lmasin.
Kontur qismining kesimi q va kontaktning yuzi tokning uzoq muddatli 
joiz zichligi j bo‘yicha hisoblash aniqlanadi:
.
Ikkilamchi kontur qismlaridagi j ning qiymatlari:
a) j = 20-30 A/mm
2
— ÁðX, ÁðKä1 qotishmalaridan yasalgan, suv bilan 
sovitiluvchi elektrodlar uchun;
b) j = 12-18 A/mm
2
— elektrod tutqichlar uchun;
d) j = 1-2 A/mm
2
— M1 markali misdan tayyorlangan, suv bilan 
sovitilmaydigan konsollar uchun;
e) j = 1-2,5 A/mm
2
— egiluvchan shinalar uchun.
2. Kontur ayrim qismlarining uzunligi hamda kesimi va konturning 
o‘zining o‘lchamlari ma’lum bo‘lsa, ikkilamchi konturning to‘liq qarshiligi 
aniqlanadi.
a) aktiv qarshilik R
i.k.
kontur ayrim qismlarining va ular orasidagi topish 
uchun kontur ko‘ndalang kesimlarining tashqi shakli va materialining turi 
bo‘yicha bo‘laklarga bo‘linadi.
20°C da i-qismning atkiv qarshiligi:
,
bu yerda: r
i
— 20°C dagi solishtirma elektr qarshilik; K
sirt
— sirtqi effekt 
koeffitsiyenti; l
i
va q
i
— i-qismning uzunligi va ko‘ndalang kesimi.
qism t haroratgacha qizdirilgandagi solishtirma qarshilik quyidagicha 
bo‘ladi:
.
Yuzalarining o‘lchamlari, holatiga va siqish kuchiga bog‘liq bo‘lgan 
18.8-rasm. Kondensatorli mashina kuch qismining prinsipial sxemasi:
1— nodavriy; 2 — tebranma; t
o‘
— impulsning o‘sish vaqti; 
I
a
— payvandlash tokning amplituda qiymati.


156
kontaktlarning qarshiligi qo‘zg‘almas doimiy kontaktlar uchun 1—8 mkW 
(ko‘pincha 1—2 mkW), qo‘zg‘almas o‘zgaruvchan kontaktlar uchun 4—8 
mkW, harakatlanuvchi kontaktlar uchun esa 8—20 mkW qilib olinadi.
b) ikkilamchi konturning induktiv qarshiligi:
,
bu yerda: L
i.q.
— konturning induktivligi.
L
i.q.
ning qiymati yuzlar bo‘yicha hisoblash va ayrim qismlar (uchastkalar) 
uslublaridan foydalanib aniqlanadi. Kontaktli mashi nalar konturlarining 
induktivliklarini o‘chlash bo‘yicha tajriba ma’lumotlari asosida 50 Hz 
chastotada kontur induktivligining uning yuziga bog‘liqligi ±25% aniqlik 
bilan aniqlangan:
, Gn;
, W,
bu yerda S
i.k.
— mashinaning payvandlash konturi qamraydigan maydoni, 
sm
2
.
Induktivlikni ayrim qismlar uslubi bilan hisoblashda ikkilamchi kontur 
uchida ulagich bo‘lgan ikki simli liniya deb qaraladi. Ko‘ndalang kesimi 
bir xil va bir-biridan oralig‘i bir xil bo‘lgan qismlarda qulochning uzunlik 
birligiga to‘g‘ri keluvchi induktivlik o‘zgarmasdir. Shundan kelib chiqib, 
ikkilamchi kontur o‘zgarmas kesimlarga ega bo‘lgan qismlarga bo‘linadi; 
hisoblab topilgan ayrim qismlarning induktiv qarshiliklari qo‘shiladi va x
i.q.
topiladi:
,
bu yerda: l
i
— hisoblanayotgan qismning uzunligi, sm; x
i.k.i
— quyidagilar 
uchun tok simining hisoblanayotgan qismi elementalari juftligi («to‘g‘ri» 
hamda «teskari») uzunligining 1 sm iga to‘g‘ri keluvchi induktiv qarshilik 
(W/sm) bo‘lib, u:
a) o‘qlari o‘rtasidgi oraliq b bo‘lgan r
1
va r
2
radiusli dumaloq kesimlar 
uchun:
,
bunda
;
b) eni d
1
va d
2
, uzunligi b
1
va b
2
, o‘qlari o‘rtasidagi oraliq b bo‘lgan 
to‘rtburchak kesimlar uchun:


157
bunda
;
d) r radiusli dumaloq hamda eni d va uzunligi b, o‘qlari o‘rtasidagi oraliq 
b bo‘lgan to‘rtburchak kesimlar uchun:
;
e) elektrodlar uchun:
.
Ushbu uslub aniqroq bo‘lib, xatolik ±5% dan oshmaydi.
Konturning kichik (5 Hz gacha) chastotadagi induktiv qarshiligi x
i.q.
ning 
f/50 baravar, K
sirt
koeffitsiyent uchun esa
baravar kichraytirilgan 
qiymati bo‘yicha hisoblab topiladi.
Konturning qulochi l va ochilishi h kattalashishi, ya’ni yuzi S
i.q.
= lh ning 
ortishi bilan uning induktiv qarshiligi tez ziyodlashadi, bu esa mashinaning 
sozlanishi o‘zgarmas bo‘lganda payvandlash tokining kichiklashuviga olib 
keladi. Konturga ferromagnit massalar (detallar, moslamalar) ning kiritilishi 
ham x
i.q
ning qiymatini (konturning magnit singdiruvchanligi o‘zgarishi 
evaziga) va R
i.q
ning qiymatini kattalashtiradi (ana shu massalarda uyurma 
toklar uyg‘onishi oqi batida).
MT, MØ va boshqa turdagi universal o‘zgaruvchan tok mashinalari 
ikkilamchi konturining qarshiligi R
i.q
=30-120 mkW, x
i.q
= (1,5-4)R
i.q
atrofida bo‘ladi; tok ikkilamchi konturda to‘g‘rilanadigan past chastotali, 
kondensatorli mashinalarning payvandlash transfor matorining ikkilamchi 
chulg‘ami bo‘lgan ikkilamchi konturning o‘zgarmas tokka aktiv qarshiligi 
(ventillarning qarshiligi hisobga olinmaydi) quloch 1,5 m bo‘lganda 40—
100 mkW ni tashkil etadi.
Misol. Ko‘chmas nuqtali payvandlash mashinasining ikkilamchi konturi 
qarshiligi hisoblansin (18.10-rasm).
Y e c h i s h . Aktiv qarshiligini hisoblash oson bo‘lishi uchun kontur 
tashkil etuvchi qismlarining shakli va kesimi bo‘yicha yettita bir xil 
bo‘laklarga bo‘lingan. Induktiv qarshilikni hisoblash oson bo‘lishi uchun 
kontur qismlarining o‘qlari orasida joylashgan konturning umumiy yuzini 
topamiz: 28·19 + 36·11,4 + 20·19 = 1322,4 sm
2
.
Induktiv qarshilikning kontur yuziga bog‘liqligidan x
i.k
= 13220,73 = 
190 mkW ni topamiz.


158
ÁðX markali xromli bronzadan tayyorlangan ikkita elektrod 4 ning aktiv 
qarshiligi:
R

= 2K
sirt
.r
T
l/q = 2 · 1,2 · 0,03 · 0,03 · 4/(3,14 · 0,016
2
)=9,2 mkW
(K
sirt
— sirtqi effekt koeffitsiyenti, K
sirt
= 1,02).
M1 markali misdan yasalgan, suv bilan sovitiladigan ikkita elektrod 
tutqich 5 ning qarshiligi quyidagichadir (elektrod tutqichdagi ichki teshik 
18 mm va K
sirt
=1,08 bo‘lganda):
R
5
=2 · 1,08 · 0,017 · 0,04 · 4/(3,14 · (0,025
2
-0,016
2
)) = 6,4 mkW.
M1 markali misdan tayyorlangan, havo bilan sovitiladigan to‘rtburchak 
kesimli yuqorigi konsol 3 ning (K
sirt
= 1,54) qarshiligi quyidagicha bo‘ladi:
R
3
=1,54 · 0,0175 · 0,24/(0,06 · 0,03) = 3,6 mkW.
Pastki konsol 6 ning (K
sirt
=2,06) qarshiligi esa quyidagichadir:
R
6
=2,06 · 0,0175 · 0,17/(0,06 · 0,04) = 2,6 mkW.
Yupqa mis folgasidan yig‘ilgan yuqorigi egiluvchan shina 2 ning 
qarshiligi (K
sirt
=1,6 da) hisoblab topiladi:
R
2
=1,6 · 0,0175 · 0,235/(0,12 · 0,02) = 2,7 mkW.
Ml markali misdan tayyorlangan, havo bilan sovitiladigan to‘rtbur chak 
kesimli pastki qattiq shina 7 ning qarshiligi (K
sirt
=1,54) ushbuni tashkil 
etadi:
R
7
=1,54 · 0,0175 · 0,4/(0,07 · 0,02) = 7,7 mkW.
M1 markali misdan ishlangan, havo bilan sovitiladigan yuqorigi kolodka 
1 (K
sirt
=1,6) ushbu qarshilikka ega:
R
1
=1,6 · 0,0175 · 0,19/(0,06 · 0,02) = 2,2 mkW.
Barcha tok keltiruvchi qismlarning T=20°C dagi aktiv qarshiligi R
a
ushbuga teng:
R
a
= R
1
+R
2
+...+R
7
= 2,2+7,7+2,7+2,6+3,6+6,4+9,2 = 34,4 mkW.
Mazkur qismlarning ish harorati T
I
=80°C ga keltirilgan aktiv qarshiligi:
R

= R
a
(1+(T
I
-T))=34,4(1+0,00393(80-20))=42,5 mkW.
Oraliq kontaktlar soni 9 ta. Bitta kontaktning aktiv qarshiligini mos 
ravishda 2 mkW qilib olamiz, u holda R
O.K
= 9 · 2=18 mkW bo‘ladi.
Ikkilamchi kontur hamma qismlari va oraliq kontaktlarining aktiv 
qarshiligi ushbuni tashkil etadi:


159
R
I.K
= R
I
+ R
O.K
= 42,5 + 18 = 60,5 mkW.
Payvandlash joyining qarshiligi R
EE 
= 90 mkW, ikkilamchi chulg‘amga 
keltirilgan payvandlash transformatori chulg‘amlarining aktiv va induktiv 
qarshiliklari R
P.T
= 17 mkW, x
P.T
=25 mkOm bo‘lganda payvandlash konturining 
to‘liq qarshiligi quyidagiga teng:
Tekshirish uchun savollar
1. Kontaktli payvandlash mashinasining elektr qismi qanday vazifani bajaradi?
2. Kontaktli payvandlash mashinalarining asosiy elektr parametrlari qanday?
3. Takroriy-qisqa muddatli ish rejimi deb nimani aytiladi?
4. Kontaktli payvandlash mashinasining yuklash tavsifi deb nimani aytiladi?
5. Kontaktli payvandlash mashinasining tashqi tavsifi deb nimani aytiladi?
6. Kontaktli payvandlash elektr zanjirlarining asosiy turlarini aytib bering.
7. Bir fazali o‘zgaruvchan tok mashinalarining afzalliklari va kamchiliklarini ayting.
18.9-rasm. „To‘g‘ri“ va „teskari“ tok simi kesimining shakllari:
a — dumaloq, b — to‘rtuburchak; 
d — dumaloq va to‘rtuburchak; e — elektrodlar.


160
19-bob. KONTAKTLI PAYVANDLASH MASHINALARINING PAYVANDLASH 
TRANSFORMATORLARI
19.1. Payvandlash transformatorining tuzilishi
Payvandlash transformatori kontaktli payvandlash mashinasining 
asosiy qismi bo‘lib, uning tavsifi mashinaning parametrlarini belgilab 
beradi. Kontaktli payvandlash uchun 250 kA gacha toklar talab qilinadi. 
Bunday toklarni past kuchlanishda (12 V gacha, kamdan-kam hollarda 25 
V gacha) olish mumkin, chunki payvandlash transformatorining ikkilamchi 
konturidagi qarshilik nisbatan uncha katta emas.
Barcha payvandlash transformatorlari pasaytiruvchidir. Bir fazali 
o‘zgapyvchan tok (50 Hz) mashinalari va uch fazali o‘zgarmas tok 
mashinalarining transformatorlari to‘g‘ridan to‘g‘ri 380 V (kamdan-kam 
hollarda 220 va 660 V) kuchlanishli sanoat tarmog‘iga ulanadi. Ayrim 
hollarda transformatorlar oshirilgan (100—800 Hz) yoki yuqori (450 kHz 
gacha) chastotali tok bilan ta’minlanadi.
Transformator ikkilamchi chulg‘amining zarur salt yurish kuchlanishi 
U
20
ikkilamchi konturning o‘lchamlari, payvandlanadigan materialning 
fizik xossalari, payvand birikmaning o‘lchamlari va hokazolarga qarab 
18.10-rasm. Nuqtali payvandlash mashinasining ikkilamchi 
konturi va uning asosiy qisimlari kesimlari.


161
aniqlanadi.
Kontaktli payvandlash mashinalari transformatorlarining o‘ziga xos 
xususiyati ikkilamchi chulg‘amlar soni kamligidadir (bitta yoki ikkita). Har 
bir transformatorda birlamchi chulg‘am w
1
o‘ramlarining turli sonini ulash 
uchun bir necha bosqichlar bo‘ladi, shu tufayli U
20
o‘zgaradi va payvandlash 
tokini rostlashga erishiladi. w
1
ko‘payganda transformatsiya koeffitsiyenti 
kattalashadi, bu esa tarmoq kuchlanishi U
1
o‘zgarmagani holda U
20
ning 
pasayishi va I
2
ning kichiklashuviga olib keladi.
Transformator uchta asosiy uzel: magnitli o‘zak (magnit o‘tkazgich), 
birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlardan tuzilgan. O‘zagining tuzilishiga qarab 
transformatorlar sterjen o‘zakli, zirh o‘zakli va halqasimon o‘zakli xillarga 
ajratiladi. Transformatorning sterjenli magnit o‘tkazgichi tayyorlanishiga ko‘ra 
sodda, ammo tarqalish oqimlari kattaligi, transformatorbop po‘lat ancha ko‘p 
sarflanishi va chulg‘amlarni mexanik tarzda mahkamlash qiyinligi tufayli u 
kam qo‘llaniladi. Transformatorning zirhli magnit o‘tkazgichi tayyorlashda 
po‘latni tejash va chulg‘amlarni magnit o‘tkazgichga nisbatan ishonch liroq 
mahkamlash imkonini beradi, shuningdek tarqalish oqimlarini kamaytiradi. 
Halqasimon magnit o‘tkazgichli transformatorlar asosan quvurlarni 
payvandlashga mo‘ljallangan.
Transformatorlarning magnit o‘tkazgichlari 1211, 1212, 1511, 1512 
markali issiq holatda yoyilgan elektrotexnika po‘lati yoki 3412, 3414 markali 
sovuq holatda yoyilgan elektrotexnika po‘latining 0,5mm qalinliklagi 
to‘rtburchak (T), Ø-simon yoki halqasimon shakldagi plastinalaridan 
yig‘iladi. Uyurma toklar tufayli yo‘qo tishlarni kamaytirish maqsadida 
plastinalarning ikki tomoni lok bilan qoplanadi. Sovuq holatda yoyilgan 
o‘ralgan (rulon) yoki tasmasimon po‘latdan o‘zaklar eshilib, qatlamlari suyuq 
shisha va kaolindan iborat tarkib bilan izolatsiyalanadi.
Birlamchi chulg‘amlar ikki turda — silindrsimon va disksimon 
qilib tayyorlanadi. Silindrsimon chulg‘am asosan quvvati 25 kWA dan 
oshmaydigan sterjenli transformatorlarda qo‘llanilib, bitta, kamdan-
kam hollarda ikkita g‘altakdan iborat bo‘ladi, g‘altaklar dumaloq yoki 
to‘rtburchak kesimli izolatsiyalangan chulg‘ambop simdan (ÏÑÄ markali 
mis yoxud aluminiydan ishlangan) balandligi bo‘yicha bir necha qator va 
eni bo‘yicha bir necha qavat qilib o‘raladi. qatlamlar orasidagi qistirmalar 
uchun B sinfidagi izolatsiyalovchi material ishlatiladi, bu material qizishga 
chidamlilik (125°C gacha qizdirilganda) va namga chidamlilik yetarli 
darajada bo‘lishini ta’minlaydi. Chulg‘am havo yoki suv bilan sovitiladi.
Disksimon chulg‘amlar to‘rtburchak chulg‘ambop misdan (eni 5,1—
14,5 mm. ÏÂÄ, ÏÑÄ markali) yoki aluminiydan (eni 4,7—19,5 mm, AÏÑÄ, 
AÏÂÄ markali) tayyorlanadi. O‘ramlar bir-biridan va transformatorning 
11 — M.A. Abralov, N.S. Dunyashin


162
boshqa qismlaridan 0,2—0,3 mm qalinlikdagi elektr kartoni, 0,2—0,3 
mm qalinlikdagi sludinit, 0,17 mm qalinlikdagi shisha eskapon vositasida 
ajratiladi (izolatsiyalanadi)
Tayyor bo‘lgan g‘altaklar tortib bir joyga to‘planadi va butun yuzasi 
kiper tasmasi yoki eskaponli loklangan latta bilan izolatsiyalanib, lok 
shimdiriladi hamda chamasi 100°C haroratda quritiladi. Trans formatorning 
birlamchi chulg‘ami alohida-alohida disksimon g‘altaklardan yig‘ilib, 
g‘altaklar o‘zaro ketma-ket yoki ketma-ket-parrallel ulanadi. G‘altaklar 
ikkilamchi chulg‘amning alohida disklari bilan navbatlashib keladi, bu 
bilan transformator magnit oqimining tarqalishi kamayishiga erishiladi va 
ayni paytda issiqlik ikkilamchi chulg‘amning suv bilan sovitiladigan diskiga 
o‘tib ketishi hisobiga birlamchi chulg‘amning sovishi yaxshilanadi. G‘altak 
ishdan chiqqanda butun birlamchi chulg‘amni qayta o‘ramasdan yangisi 
bilan almashtiriladi.
Payvandlash transformatorining ikkilamchi chulg‘ami odatda bir 
o‘ramdan, kamdan-kam hollarda ikki o‘ramdan iborat bo‘ladi.
Payvandlash transformatori ulanganda uning o‘zagi va chulg‘amlarida 
ancha katta elektrodinamik kuchlar yuzaga keladi. Agar chulg‘amlar puxta 
mahkamlanmagan bo‘lsa, izolatsiya buzilishi va transformator ishdan chiqishi 
mumkin. Shuning uchun o‘zak qattiq ramkalar yordamida boltlar bilan qotirib 
qo‘yiladi. Chulg‘amlar qisuvchi boltlar yoki ponalar vositasida ishonchli 
mahkamlab qo‘yiladi.
Yig‘ib bo‘lingan transformatorning birlamchi g‘altaklari ikkilamchi 
chulg‘amlaridan getinaks yoki sludinit qistirmalar vositasida, o‘zakdan esa 
elektr kartoni sluda yoxud ularning o‘rnini bosuvchi material lardan qilingan 
qistirmalar vositasida ajratib qo‘yiladi (izolat siyalanadi), yo bo‘lmasa epoksid 
kompaundi eritib quyiladi. Keyingi holda chulg‘amlar namlik, ifloslanishdan 
19.1-rasm. Kontaktli payvandlash mashinalari payvandlash transformatorlarining asosiy 
turlari va ularning qismlari:
a — sterjenli; b — zirhli; d — halqasimon;
1— magnit o‘tkazgich; 2 — birlamchi chulg‘am; 3 — ikkilamchi o‘ram.


163
yaxshi himoya lanadi, mexanik va elektr mustahkamligi yuqori bo‘ladi.
19.2. Payvandlash transformatorlaridagi 
payvandlash tokini rostlash
Payvandlash toki ikkilamchi kuchlanish U
20
ni o‘zgartirish yo‘li bilan 
rostlanadi. Ikkilamchi kuchlanishni rostlash bosqichlari soni 4—16 doirasida 
tanlanadi. Oxirgidan oldingi bosqich nominal (hisoblab aniqlangan) 
bosqichdir. Chulg‘am sxemasi shunday bajarilmog‘i kerakki, istalgan 
bosqichda rostlash koeffitsiyenti quyidagicha bo‘lsin:
,
bu yerda: U
2max
va U
2,1
— eng katta (maksimal) hamda eng kichik (minimal) 
ikkilamchi kuchlanishlar.
Kuchlanishning bosqichlar bo‘yicha o‘zgarishi mumkin qadar bir tekis 
bo‘lishi zarur. Chulg‘amning hammasi magnit o‘tkazgichda simmetrik 
joylashtirish mumkin bo‘lgan juft sonli g‘altaklarda joylashtirilmogi 
darkor.
Faqat kichik quvvatli mashinalar uchun qo‘llaniladigan o‘ramlar soni 
w
1
ni o‘zgartirishning eng sodda sxemasi transformatorning birlamchi 
chulg‘ami uning 1—7 tarmoqlarini bo‘lma almashlab ulagichi A ning 
klemmalariga ulash orqali bo‘lmalarga (seksiyalarga) ajratilganda hosil 
bo‘ladi (19.4-a rasm).
Sxemada (19.4-b rasm) ikkita almashlab ulagich: A1 va A2 bor. Ular 1 
holatga o‘rnatilganda birlamchi chulg‘am batamom uzilgan bo‘ladi. Agar 
bunda almashlab ulagich A2 4 holatga (yuqori bosqich) o‘rnatilgan bo‘lsa, 
o‘ramlarning eng kam soni ulanadi. Sxema o‘rtacha quvvatli mashinalar 
uchun qo‘llaniladi.
Birlamchi chulg‘am o‘ramlari ketma-ket-parallel ulangan sxemada 
(19.4-d rasm) istalgan bosqichda hamma o‘ramlarda tok oqadi. O‘ramlar 
soni ularni uzib qo‘yish bilan emas, balki parallel ulash bilan o‘zgartiriladi. 
Bunday sxemani almashlab ulash uchun uchta almashlab ulagich (A1, A2 
va A3) talab etiladi. Mazkur sxema o‘rtacha va katta quvvatli mashinalarda 
qo‘llaniladi.
Bosqich almashlab ulash uchun bir necha xil almashlab ulagichlardan 
foydalaniladi:
a) kichik quvvatli mashinalarda — qisqa tutashtirilgan vilkadan iborat, 
shtepsel orqali almashlab ulagich;
b) quvvati 300 kW gacha bo‘lgan mashinalarda — pichoqli almashlab 


164
ulagichlar, ularda mis pichoq plastinalarning prujinalanuvchi kontaktlari 
orasiga kirgiziladi;
d) plastinali almashlab ulagichlar katta quvvatli mashinalarda ishlatiladi; 
bunda bosqichlar shpilkalarda gayka bilan mahkamlangan tok keltiruvchi 
plastinalar holatini o‘zgartirish orqali almashlab ulanadi;
e) barabanli almashlab ulagichlarda sirpanuvchi kontaktlar bo‘lib, ular 
baraban 2 ichiga o‘rnatilgan kontakt klemmallari 3 ga qisiladi. Baraban 
izolatsiyalangan dasta 1 burilganda chulg‘amlar almashlab ulanadi.
19.3. Payvandlash transformatorini hisoblash
Bir fazali o‘zgaruvchan tok transformatorini hisoblash uchun 
boshlang‘ich ma’lumotlar:
1) nominal payvandlash toki I
2n
yoki uzoq muddatli ikkilamchi tok I2
u.m
(A);
2) birlamchi kuchlanish U
1
(V) va tok chastotasi f (Hz);
3) salt yurish ikkilamchi kuchlanishi: nominal, eng kichik va eng katta 
19.2-rasm. Payvandlash transformatorlarining birlamchi chulg‘amlari:
a — silindrsimon; b — disksimon.
19.3-rasm. Payvandlash transformatorining ikkilamchi o‘rami:
a — birlamchi chulg‘ami silindrsimon kam quvvatli transformatorlardagi egiluvchan 
kabeldan qilingan o‘ram; b — 0,2—0,4 mm qalinlikdagi mis folgasidan ishlangan 
egiluvchan o‘ram; d — disksimon birlamchi chulg‘amli transofrmatorlardagi 
6 — 20 mm qalinlikdagi uchta yoki bundan ko‘p parallel ulangan disksimon jismlaridan
iborat chulg‘am.


165
U
20n
, U
20min
va U
20max
(V);
4) ikkilamchi kuchlanishni rostlash bosqich soni n va chegaralari;
5) ulanish muddati UM (%);
6) transformatorning turi (sterjenli yoki zirhli);
7) magnit o‘tkazgichning materiali va tuzilishi;
8) chulg‘amlarning ishlanish (lok shimdirilgan, emal qoplangan 
yoki epoksid kompaundi eritib quyilgan disksimon yoxud silindrsimon 
g‘altaklar);
9) chulg‘amlar izolatsiyasining qizishga chidamlilik sinfi;
10) chulg‘amlar va magnit o‘tkazgichning sovitilishi.
Transformator ulashning oxiridan oldingi bosqichida nominal quvvatni 
hosil qilmogi zarur. Oxirgi bosqich zaxira bosqich hisoblanadi, u nominal 
quvvatdan katta quvatda, lekin kichik UM da ishlashga imkon beradi.
Boshlang‘ich ma’lumotlarga ega bo‘lgach, transformatorning turi, 
bosqichlarni almashlab ulagich turi va uning chulg‘amlarini sovitish usuli 
tanlanadi. Birlamchi chulg‘amlarning qismlariga keltiriluvchi hisoblab 
topiladigan kuchlanish U
1
ulovchi qurilmaning turiga bog‘liq bo‘lib, 
330 dan 380 V gacha o‘zgarib turadi. Ushbu kuchlanishning pasayishi 
ignitronlarda yuz beradi (20 V gacha), bu pasayish tokni ravon rostlash va 
uning barqarorlashuvi uchun zarurdir.
Elektrik hisoblash birlamchi chulg‘am sxemasini tanlashdan boshlanadi. 
Sxema tanlab olingach, hamma bosqichlardagi kuchla nish aniqlanadi.
U
2n
/U
2(n-1)
= const nisbat maqsadga muvofiqdir. Kuchlanishning 
bosqichlar bo‘yicha o‘zgarishi geometrik U
2(n)
= U
2(1)
x
n-1
yoki arifmetik U
2(n)
= U
2(1)
+(n-1)·DU
2
progressiya bo‘yicha yuz berishi mumkin. Ayrim hollarda 
qatorning maxraji almashlab ulagichning muayyan holatlarida o‘zgarishi 
mumkin.
Tok bosqichli rostlanadigan mashinalar uchun n raqamli rostlash 
bosqichidan n+1 raqamli rostlash bosqichiga o‘tilganda transfor matsiya 
19.4-rasm. Transformatorning ikkilamchi kuchlanishini rostlash sxemasi.


166
koeffitsiyenti 20—30% dan ortiq kamaymasligi kerak.
Bosqichlar bo‘yicha kuchlanish ma’lum bo‘lgach, birlamchi chul g‘am 
o‘ramlarining soni aniqlanadi. w
2
= 1 bo‘lganda eng yaqin yaxlit songacha 
yaxlitlash va U
2n
tegishlicha tuzatishlar kiritish bilan w
n
= U
1
/U
2n
bo‘ladi. 
Olingan o‘ramlar soni va hisoblangan ikkilamchi kuchlanishlar jadvalda 
jamlanadi.
Birlamchi va ikkilamchi o‘ramlarning kesimlari uzoq muddatli toklar 
bo‘yicha hisoblanadi. Ularning eng katta qiymatlari nominal bosqich 
bo‘yicha qabul qilinadi
Birlamchi chulg‘amdan o‘tuvchi hisoblab topilgan uzoq muddatli tok:
bu yerda: k
1
— salt yurish tokining ta’sirini hisobga oluvchi koeffit siyent.
19.5-rasm. Payvandlash transformatorining bosqichlarini almashlab ulagichlar:
a — shtepsel orqali ulanadigan; b — plastinali; d — barabanli; e — pichoqli.


167
Tajriba malumotlariga ko‘ra
.
GOST 297—80 ga muvofiq i
0
= 1,05-1,2 qilib olinadi.
Istalgan boshqa bosqichdagi birlamchi x tok ushbu formuladan 
foydalanib hisoblanadi /w
2
= 1/ da:
Ikkilamchi chulg‘amdagi hisoblab aniqlanadigan uzoq muddatli tok 
boshlang‘ich ma’lumotlarda beriladi, qisqa muddatli nominal tok I
2n
berilgan 
bo‘lganda esa u quyidagi formula yordamida hisoblab chiqariladi:
Birlamchi q
1x
va ikkilamchi q
2
chulg‘amlarning kesimi tokning zichligini 
o‘rniga qo‘yib, ushbu formulalar yordamida hisoblab chiqariladi:
q
1x
=I
1x
/j
1
va q
2
= I
2
/j
2
,
bu yerda: j
1
— birlamchi chulg‘amdagi tokning joiz zichligi (mis simdan 
yasalgan, ikkilamchi chulg‘amning disklariga zich siqilgan, suv bilan 
sovitiladigan disksimon chulg‘am uchun 2,8—3,2 A/mm
2
); j
2
— ikkilamchi 
chulg‘amdagi tokning joiz zichligi (mis disklar ko‘rinishidagi chulg‘amlar 
uchun sovitish jadalligiga qarab 4,5—15 A/mm
2
).
Magnit o‘tkazgichni hisoblash uning kesimini (m
2
) quyidagi formuladan 
aniqlash bilan boshlanadi:
S
o‘
=U
2n
/(4,44fw
2
B),
bu yerda: B — o‘zakdagi induksiya (Tl.) B = 1-2,1 Tl ga teng induksiya 
po‘latning markasi, qalinligi va tayyorlanish usuliga, o‘zakning quvvatiga 
qarab tanlanadi. Listlar yuzasida izolatsiya qatlami borligi sababli o‘zakning 
haqiqiy kesimi kattaroq: S = S
o‘
/k
o‘
, bu yerda k
o‘
—o‘zakning to‘ldirilish 
koeffitsiyenti bo‘lib, odatda k
o‘
=0,88 — 0,92 ni tashkil etadi.
O‘zak to‘rtburchak shaklida bo‘lib, tomonlarining nisbati 1 : 2,5. 
Transformator darchasining o‘lchami birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlarni, 
zarur izolatsiyalovchi qistirmalarni hamda sovitish naychasini joylashtirishga 
yetarli bo‘lmog‘i kerak. Darchaning yuzi ushbu formula yordamida hisoblab 
topiladi:
bu yerda k
D.T
— darchaning to‘ldirish koeffitsiyenti bo‘lib, odatda 0,4 — 0,6 
ga teng.
Elektrotexnika po‘lati standart listini tejamli bichish maqsadida darcha 
tomonlarining nisbati 2 : 3 qilib tanlanadi.


168
Chulg‘amlar disklarining namunaviy joylashtirilishi tarmoqlar 
va ponalarni joylashtirish uchun g‘altaklar orasida tirqish bo‘lishini 
ta’minlamog‘i lozim (D=10 — 14 mm). G‘altaklarning ichki o‘lchami 
ponalarni o‘rnatish va g‘altaklarni bemalol kiydirish uchun eni bo‘yicha 
10—15 mm hamda uzunligi bo‘yicha 20—40 mm katta bo‘ladi. G‘altaklarning 
darchada joylashtirilishini tekshirishda darchada g‘altaklarning balandligi 
bo‘yicha 6—12 mm tirqish bo‘lishiga e’tibor qaratilishi zarur. Hisoblab 
bo‘lingandan keyin transformatordagi yo‘qotishlar, uning FIK va sovitilish 
sharoiti aniqlanadi.
Salt yurish toki I
0
o‘zakning qizishda aktiv yo‘qotishlarni hisobga oladi 
(aktiv tashkil etuvchi I
0a
va magnit oqimini yuzaga keltirish uchun reaktiv 
tashkil etuvchilar (reaktiv tashkil etuvchi I
0r
)) hamda quyidagi formuladan 
aniqlanadi:
.
Aktiv tashkil etuvchi ushbu formula yordamida aniqlanadi:
I
oa
=P
o
k
x
/U
1
,
bu yerda: P
0
= p
P
G salt yurishdagi yo‘qotishlar, Vt; U
1
— birlamchi kuchlanish, 
V; p
p
— po‘latdagi solishtirma yo‘qotishlar, Vt/kg, p
p
= 1,05-15, bo‘lib, 
induksiyaga, po‘latning markasi va qalinligiga bog‘liq; G — o‘zak temirining 
og‘irligi, kg; k
x
— qo‘shimcha yo‘qotishlar koeffitsiyenti, k
x
= 1,2
Salt yurish tokining reaktiv tashkil etuvchisi quyidagi formuladan 
aniqlanadi:
,
bu yerda: Aw
i
— magnit o‘tkazgichning 1 sm uzunligiga to‘g‘ri keluvchi 
magnit yurituvchi kuch; l
o‘r.m
— kuch liniyasining o‘rtacha uzunligi, sm; 
B
c
— tirqishlardagi induksiya, Tl; n
T
va d
T
— magnit zanjiridagi tirqishlar 
soni va kattaligi (d
T
=0,005 sm); k
2
— salt yurish tokining kichiklashuvini 
hisobga oluvchi koeffitsiyent; w
b
— oxirgi bosqich birlamchi chulg‘am 
o‘ramlarining soni 1,2—1,8 Tl ga teng induksiya uchun k
2
= 1/[(1,9-0,8) Bc] 
ni aniqlash mumkin.
Salt yurish tokining nisbiy qiymati i
o
= I
o
100/I
1
GOST 297—80 da 
ko‘rsatilgan qiymatlardan katta bo‘lmasligi kerak, ya’ni I
2k
da 50, 32 va 20% 
va mos ravishda 2,5, 5 hamda 5 kA dan katta bo‘lmog‘i lozim. Payvandlash 
transformatorining FIK:
,


169
bu yerda
= P
ch
+ P
p
— o‘zak po‘lati va chulg‘amlardagi jami 
yo‘qotishlar;
U
2
— yuklanganda nominal bosqichdagi kychlanish (tashqi tavsif 
bo‘yicha yoki vektorli diagramma bo‘yicha aniqlanadi); cosj

— ikkilamchi 
konturdagi quvvat koeffitsiyenti:
.
Transformatorni sovitish uchun zarur bo‘lgan suv miqdori (sm
3
/s):
,
bu yerda: DT — kiradigan va chiqib ketadigan suvning haroratlaridagi farq, 
DT = 5 — 10°C.
Sovitish tizimi naychasining diametri d
nay
(sm) diskning qalinligiga teng 
qilib tanlanadi. Naychadagi suvning tezligi:
m/s.
O‘zgarmas tok, past chastotali tok va kondensatorli mashinalarning 
payvandlash transformatorlari asosan bir fazali o‘zgaruvchan tok 
mashinalarining transformatorlari uchun foydalaniladigan formulalar 
yordamida hisoblanadi, ammo bunda transformatsiya koeffitsiyentlarini, 
o‘ramlar va o‘zak kesimini aniqlashda ayrim farqlar bo‘ladi.
Tekshirish uchun savollar
1. Payvandlash transformatori qanday vazifani bajaradi?
2. Payvandlash transformatori qanday asosiy uzellardan tuzilgan?
3. Payvandlash transformatorlarida magnit o‘tkazgichlarning qaysi turlari 
qo‘llaniladi?
4. Payvandlash transformatorlarida birlamchi chulg‘amning qaysi turlari ishlatiladi?
5. Payvandlash transformatorida payvandlash tokini rostlashning qanday usullaridan 
foydalaniladi?
6. Bosqichlarni almashlab ulash uchun almashlab ulagichlarning qaysi turlari 
qo‘llaniladi?


170
20-bob. KONTAKTLI PAYVANDLASH USKUNALARINI BOSHqARISH 
APPARATLARI
20.1. Boshqarish apparatlarining vazifasi
Kontaktli payvandlashda boshqarish apparatlarining asosiy vazifasi 
berilgan dasturni mashinaning tegishli yuritmalarini boshqaruvchi 
apparatlarning funksional uzellariga boshqaruvchi signallarni analog yoki 
diskret shaklda uzatish yo‘li bilan muayyan vaqt ichida amalga oshirishdan 
iborat.
Dasturga, payvandlash siklogrammalaridan tashqari, yordamchi 
operatsiyalar (detallarni surish, shtamplash, joylashtirish, elektrodlarni 
tozalash va h.) qismlari kiritilishi mumkin. Ular bitta yoki bir necha 
mashinani kompleks mexanizatsiyalashtirishni, payvandlash jarayonining 
eng muhim parametrlarini passiv va aktiv nazorat qilishni, payvandlash 
jarayoni hamda payvandlash uskunalarining sifat holatini tahlil qilish va 
tashxis qo‘yishni ta’minlaydi.
Boshqarish apparatlarining yuqorida aytilgan vazifalariga muvofiq, 
qattiq dastur asosida ishlaydigan kontaktli payvandlash uskunalarini 
boshqarishning tuzilish sxemasida ushbu bloklarni ajratib ko‘rsatish 
mumkin: payvandlash rejimi sikli va parametrlarini boshqarish bloki 1. U 
mashina M ning yuritmalariga ta’sir qilib payvandlash sikli operatsiyalarining 
hammasi yoki bir qismining berilgan izchilligi hamda davomliligini, 
payvandlash rejimining asosiy mexanik va elektr parametrlarini qattiq 
dasturga binoan boshqarish hamda rostlashni ta’minlaydi; payvandlash 
uzeli tayyorlash texnologik jarayonining yordamchi va birlashtirilgan 
operatsiyalarini mexanizatsiyalashtirish hamda avtomatlashtirish vositalari 
(MAV) yuritmalarini boshqarish bloki 2; mashinaga o‘rnatilgan datchiklardan 
kelayotgan payvandlash jarayoni haqidagi axborotni nazorat qilish bloki 3; 
uskunalarning ahvoli, payvandlash sifati va miqdoriga tashxis qo‘yish bloki 
4 datchiklardan kelayotgan axborotni ishlaydi va uni ishlangan holatda 
payvandlash bo‘limi ishini tahlil qilish hamda boshqarish umumiy tizimiga 
chiqarib beradi.
Boshqarish apparatlarini tanlash va tuzishda (qurishda) kontaktli 
payvandlash rejimining muayyan o‘ziga xos xususiyati, xususan, uning 
takrorlanish barqarorligiga qo‘yiladigan qattiq talablar, payvandlash toki 
impulslarining elektr tarmog‘i chastotasi bilan sinxronlashuvi, dasturning 
barcha operatsiyalari odamning ishtirokisiz bajarilishi zarurligi inobatga 


171
olinadi.
Bu o‘ziga xos xususiyatlar boshqarish apparatlari qismlaridan tezkorlikni, 
yuqori darajada sezuvchanlikni, aniq va ishonchli ishlashni talab qiladi, bunga 
esa yangi qismlar bazasi bo‘lgan apparatlardan foydalanish orqali erishiladi. 
Payvandlash sikli vaqtini boshqarish uchun PKC, KKC, Pbu turidagi kontaktli 
dasturlagichlar (rostlagichlar) dan foydalaniladi. Bularda tranzistorli 
mikrosxemalar, dasturlashning diskret qismlari qo‘llaniladii. Tok KT—1, KT—03, 
KT—04, KT—07, KT—11, KT—12 turidagi tiristorli kontaktorlar vositasida 
ulanadi va uziladi. Ularda boshqarish impulsi kuchlanishi 15—30 V bo‘lib, 
mos ravishda 250, 850, 1400, 480 va 1750 A li nominal tokka mo‘ljallangan 
(UM = 20% hamda uzluksiz ishlash vaqti 0,5 s).
EHM dan foydalaniladigan boshqarish apparatlari yanada kattaroq 
imkoniyatlarga (aniqlik, tezkorlik va operativlik) ega. Bunday apparatlar 
payvandlash siklini yordamchi yig‘ish-tashish, nazorat hamda axborot 
operatsiyalarini boshqarishning murakkab algoritmlarini amalga 
oshirishga, payvandlash rejimi parametrlarini aniqlashning hisobiy 
uslublaridan foydalanishga, dasturlarni qayta tuzish, yangilash jarayonlarini 
tezlashtirishga hamda EHM xotirasida saqlanayotgan eng maqbul dasturni 
tanlab olish uchun payvandlash joyining xossalarini avtomatik anglashga 
imkon bepadi.
Bir sikl vaqt ichida payvandlash rejimi parametrlarini o‘zgar tirishning 
tanlangan dasturi, sikl operatsiyalarining davomliligi hamda izchilligi va 
shu kabilar vaqtni dasturlash bloki VD almashlab ulagichlar, klaviatura yoki 
EHM tomonidan beriladi.
S1 almashlab ulagichi tutashgandan keyin (S2 almashlab ulagichi 
uzilgan bo‘ladi) VD bloki bergan payvandlash jarayonining qattiq dasturini 
payvandlash mashinasining elektr, pnevmatik yoki gidravlik tizimlari: 
payvandlash transformatori PTr, detallarni siqish kuchi yuritmasi DYU, 
roliklarni aylantirish yuritmasi AYU (chokli mashinalarda) yoki plitani 
siljitish yuritmasi SYU (uchma-uch payvandlash mashinalarida) ta’minlaydi. 
Bu yuritmalar funksional apparatlar deb ataluvchi elektr, pnevmatik yoki 
gidravlik apparatlar F1—F4 orqali ishga tushadi. Hamma hollarda ham F1 
sifatida kontaktor K dan foydalaniladi. F2—F4 apparatlari DYU, AYU, SYU 
yuritmasi tizimiga bog‘liq. Ushbu apparatlarni ulash uchun boshqaruvchi 
signallar tegishli bloklar: tokni boshqarish bloki TBB, detallarni siqish kuchini 
boshqarish bloki DSB, roliklarning aylanishini (u
m
) boshqarish bloki ABB yoki 
harakatlanuvchi plitaning siljishini (S
c
) boshqarish bloki HPSBB tomonidan 
ishlab chiqariladi.
Payvandlash rejimi va jarayoni parametrlarini barqarorlashtirish yoki 
o‘zgartirish uchun tutash avtomatik rostlash tizimlari ART (ikkala almashlab 
ulagich S1 va S2 ulangan bo‘ladi) qo‘llaniladi. Zamonaviy rostlagichlar 


172
elektron uzellardan tashkil topadi. ART ishlashi uchun mashinaga datchiklar 
D o‘rnatiladi, ulardan kelayotgan U
cho‘k
signallari axborotni ishlash bloki 
AIB da o‘zgartirilgan so‘ng taqqoslash sxemasi TS da ustavkalar blokining 
signallari U
D
bilan taqqoslanadi va agar nomuvofiqlik ±DU bo‘lsa, jarayonga 
payvandlash rejimi parametrlarining yoki payvandlash sifatining berilgan 
darajalariga erishilgunga qadar tegishli bloklarga ta’sir ko‘rsatish yo‘li bilan 
avtomatik tarzda tuzatishlar kiritiladi. Payvandlash rejim parametrlarini yoki 
payvandlash sifatining boshqa umumlashtiruvchi pararmetrlarini o‘lchash 
natijalari indikatsiya bloki IB da yozilishi yoki aks ettirilshi mumkin.
Kontaktli payvandlash mashinalarining dastlabki ulanishi va uzilishini 
hamda energiya ta’minoti (elektr energiyasi, bosim ostidagi, siqilgan havo 
yoki suyuqlik, sovituvchi suyuqlik) berilishini ulovchi qurilmalar amalga 
oshiradi. Mashinalar ishni nazorat qilish signallari tizimlari, blokirovkalovchi 
va himoya qurilmalari bilan ham ta’minlangan bo‘lib, ular mashinalar ishida 
berilgan izchillikka rioya qilinmagan hollarda mashina uzellari buzilishi 
yoki payvandlanayotgan detallar kuyib ketishining oldini oladi. Masalan, 
detallarni qisib qo‘ymasdan turib payvandlash transformatorining ishga 
tushish va transformator ulanmasdan turib (uchma-uch payvandlash 
mashinalarida) plitani siljitish yuritmasi ishlab ketish ehtimolining oldi 
olinadi va h.
Zamonaviy kontaktli payvandlash mashinalarining boshqarish 
apparatlari bir xillashtirilgan alohida funksional uzellardan tuzilgan blok 
konstruksiyalar ko‘rinishida ishlanadi, bu esa apparatlarga xizmat ko‘rsatish 
va ularni ta’mirlashni osonlashtiradi.
20.2. Kontaktli payvandlash jarayonlarini nazorat qilish va avtomatik 
boshqarish tizimlarida EHM ning qo‘llanilishi
Kontaktli payvandlash texnologik jarayonlarini hisoblash texnikasidan 
foydalanib nazorat qilish va avtomatik boshqarish tizimlarini quyidagi 
20.1-rasm. Kontaktli payvandlash uskunalarini boshqarish 
apparatlarining tuzilish sxemasi.


173
tizimlarga ajratish mumkin:
1) payvandlash sifatini nazorat qilish va bitta mashinani boshqarish 
tizimlari;
2) mashinalar guruhini boshqarish tizimlari;
3) bo‘linma, liniya, sex va korxonaning payvandlash texnologik 
jarayonlarini avtomatik boshqarish tizimlari.
Payvand birikmalarning ishonchliligini oshirish uchun kontaktli 
payvandlash jarayonlarini aktiv nazorat qilishdan va turli matematik 
modellardan foydalanib olib borish maqsadga muvofiqdir.
Payvandlash jarayonlari parametlari datchiklari va EHM ni ishlab 
chiqmasdan hamda mashinaga o‘rnatmasdan turib payvandlash 
jarayonlarining statistik modellarini nazorat qilish va boshqarish uslublarini 
ishlab chiqish hamda ulardan apparatlarda amalda foydalanish mumkin 
bo‘lmas edi.
EHM ning asosini dastur bo‘yicha amalga oshiriluvchi axborotni ishlash 
qurilmasini — protsessor tashkil etadi. Dastur klaviaturada teriladi. Kq 
qurilmasi ma’lumotlar EHM ga kiritilishini va ularning ijrochi qurilmalarga 
hamda indikatsiya qurilmasi Iq ga chiqarilishini ta’minlaydi.
S1 va S2 alamashlab ulagichlar uzilgan holatdaligida Kq qurilmasi 
yordamida payvandlash jarayonining kerakli siklogrammasi terilib, EHM 
da amalga oshiriladi: KMl (kuchaytirgich) — EPK (funksional apparatlar) 
— PU (pnevmoyuritma); FR (faza rostlagich) KM2 (kuchaytirgich) — K 
(funksional apparatlar) RTr (payvandlash transformatori). PSR yoki RVI 
rostlagichlaridan foydalanib, payvandlash jarayonini boshqarishning 
uzilgan (ochiq) tizimlaridan farqli o‘laroq, EHM yordamida boshqarishning 
uzilgan (ochiq) tizimida payvandlash jarayonida rejim parametrlari turlicha 
o‘zgartiriladigan jarayon siklogrammasini tez almashtirish imkoniyati bor. 
Ammo jarayonni boshqarishning hamma uzilgan tizimlarida payvandlash 
rejimi parametrlarini (masalan, nuqtali payvandlashda quyma o‘zak diametri 
d ni) ilgari tanlangan o‘zgartirishga payvandlash vaqtida tuzatishlar 
kiritilmaydi va jarayonning oxirida chokning olingan sifati haqida axborot 
bo‘lmaydi.
Payvandlash sifatini nazorat qilish va jarayonni boshqarishning 
tutash (yopiq) tizimida (S1 va S2 almashlab ulagichlari tutashgan bo‘ladi) 
payvandlash mashinasi PM ga o‘rnatilgan datchiklar D (masalan, payvandlash 
toki I
nay
datchigi, elektrodlardagi kuchlanish U
EE
ning pasayish datchigi, 
detallarni siqish kuchi F
pay
va joriy vaqt t datchiklari) dan kelgan signallar 
O‘q qurilmalarida raqamli kodlarga aylantirilgandan keyin Kq qurilmasiga 
keladi, bu yerda ularni protsessor dastur ko‘rsatmalariga muvofiq qayta 
ishlaydi. Dasturda ilgari o‘rnatilgan (i
pay
, U
EE
, F
pay
, I
pay
) ning chok o‘lchamlari 


174
(chunonchi, diametri d) bilan funksional bog‘liqligi aks ettirilgan. Axborot 
protsessor vositasida aniq vaqt masshtabida ishlangandan so‘ng Kq 
qurilmasida ijrochi qurilmalar (KM1 va FR) ga chiqish buyruqlari (i
pay
, F
pay

shakllantiriladi hamda indikatsiya qurilmasi Iq ga signallar beriladi, bu 
yerda faqat payvandlash rejimlari emas, balki chokning hisoblab chiqarilgan 
o‘lchamlari (masalan, diametri d) ham yoziladi.
Bundan tashqari masalan, diametr d ning joriy qiymatiga mutanosib 
bo‘lgan chiqish signali taqqoslash qurilmasi US da ustavka bilan berilgan 
nominal diametr d
n
ning qiymati bilan taqqoslanadi va bu qiymatlar 
tenglashgan paytda Tq qurilmasining chiqish joyida signal shakllanib, 
payvandlash tokini uzuvchi qurilma Uq ga keladi. By qurilma faza rostlagich 
FR ning chiqish joyida impulslarni shuntlaydi, natijada payvandlash 
toki to‘xtayli. Mazkur tizimda ham payvandlash jarayonining barcha 
operatsiyalari dasturda yozilgan ketma-ketlikda amalga oshadi.
Boshqarish tizimi payvandlash tokini, elektrodlardagi kuchlanishning 
pasayishini va jarayonning boshqa parametrlarini o‘lchaydi hamda nazorat 
qiladi, o‘lchash nazoratini tahlil qilish natijalari asosida payvandlash tokini 
yoki payvandlash vaqtini o‘zgartirishga doir boshqaruvchi ta’sirlar ishlab 
chiqiladi.
Agar tizim sifatli birikmalar olish uchun rejimga zarur tuzatishlar 
kirita oladigan holatda bo‘lmasa, payvandlash to‘xtaydi va indikator 
ishlab ketadi. Sifatsiz birikma hosil bo‘lishini, shu jumladan, elektrodlarni 
charxlash zaruriyatini keltirib chiqargan sabablar bartaraf etilganidan 
20.2-rasm. Kontaktli payvandlash mashinalarini boshqarish 
tizimlarining tuzilish sxemasi.


175
keyingina payvandlash davom ettirilishi mumkin. Bunday tizim yordamida 
payvandlash jarayonini boshqarish payvandlash aniqroq chiqishini, brak 
kam bo‘lishini ta’minlaydi, payvandchining mahoratiga kam bog‘liq bo‘ladi, 
sifatni tekshirish vaqtini qisqartiradi va bu bilan mehnat unumdorligini 
oshiradi.
Bitta mashinani boshqarish tizimlari bilan bir qatorda yig‘ish-
payvandlash liniyasiga o‘rnatilib, yagona tashish konveyeri vositasida o‘zaro 
bog‘langan, bir vaqtda ishlovchi mashinalar guruhini boshqarish tizimlarini 
ishlab chiqishga ham katta e’tibor qaratil moqda.
Keyingi yillarda ko‘plab ishlab chiqarishda turli tuzilishdagi robotlar keng 
qo‘llanilmoqda, ular payvandlash operatsiyalarini hamda detallarni tashish 
ishlarini bajaradi. Robotlar liniyasini boshqarish tizimi quyidagi vazifalar 
bajarilishini ta’minlaydi: ish organi (payvandlash omburi) talab etiladigan 
trayektoriya bo‘yicha harakatlanishini boshqarishni muvofiqlashtirish; robot 
manipu latorining harakatlanish tezligini boshqarish; har bir robot uchun 
payvandlash rejimlarini boshqarish; konveyerni boshqarish; robotlarni 
o‘qitish; ta’minlovchi tarmoqlarning asosiy parametrlarini nazorat qilish; 
elektr energiyasi sarfini kamaytirish; payvandlash sifatini nazorat qilish; 
liniyaning yig‘ish-payvandlash uskunalari holatiga tashxis qo‘yish; ishdan 
chiqqan robotlarni zaxiradagilari bilan almashtirish.
Mexnatning zamonaviy tashkil etilishi payvandlash jarayonini 
ham, oldingi va keyingi texnologik operatsiyalar majmuyini ham 
boshqarish tizimlariga yangi-yangi talablarni qo‘ymoqda. Istalgan 
paytda uskunalarning ahvoli haqida axborot olish, bekor turib qolishlarni 
hisobga olib borish hamda tahlil qilish, mehnat unumdor ligini oshirish 
imkoniyatlarini, elektr energiyasi, materiallarni tejash imkoniyatlarini 
aniqlash va boshqa zaruriyatlar paydo bo‘lmoqda. Ma’lumotlarni sistematik 
tarzda to‘plash, ularni birlamchi ishlash va butun payvandlash bo‘linmalari, 
sexlari, korxonalarini istalgan vaqtda statistik tahlil qilish zarur bo‘layotir. 
Hozirgi vaqtda payvandlash texnologik jarayonini boshqarish tizimlarining 
funksional sxemalari ishlab chiqilgan bo‘lib, ular payvandlash jarayonlarini 
bitta mashina, liniya, bo‘linma, sex hamda korxona darajasida boshqarishni 
ta’minlashga qaratilgan.
Tekshirish uchun savollar
1. Kontaktli payvandlashni boshqarish apparatlarining asosiy vazifasi nimalardan 
iborat?
2. Kontaktli payvandlash texnologik jarayonlarini hisoblash texnikasidan foydalanib 
nazorat qilish va avtomatik boshqarish tizimlarini vazifasiga ko‘ra qanday turlarga 
ajratish mumkin?
3. Robotlar liniyasini boshqarish tizimi qanday vazifalarni bajaradi?


176
21-bob. KONTAKTLI PAYVANDLASHDA MEXANIZATSIYALASHTIRISH 
VA AVTOMATLASHTIRISH
Payvandlash operatsiyasi (birikma hosil qilish) deyarli to‘liq 
avtomatlashtirilgan, qo‘shimcha operatsiyalarning mexanizat si-
yalashtirilish darajasi esa qator hollarda 10 % dan oshmaydi, bunda payvand 
konstruksiyalar tayyorlashga sarflanadigan vaqting katta qismi (70—80 % 
gacha) yordamchi operatsiyalarga to‘g‘ri keladi.
Mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish buyum ishlab chiqarish dasturi 
bilan belgilanadi. Tajriba tariqasida va mayda turkumlab ishlab chiqarishda 
uncha murakkab bo‘lmagan yig‘ish moslamalari, mexanizatsiyalashtirilmagan 
har xil tutib (ko‘tarib) turuvchi qurilmalardan foydalaniladi. Ko‘plab ishlab 
chiqarish uchun esa maxsus mashinalar, mexanizatsiyalashtirilgan moslamalar, 
mashina-avtomatlar va sanoat robotlaridan foydalanish xosdir. Payvandlash 
mashinalari, mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish vositalari 
texnologik jarayon ning borishiga qarab joylashtiriladi hamda ulardan 
mexanizatsiya lashtirilgan potok liniyalar yoki avtomatik liniyalar tashkil 
qilinadi.
Kontaktli payvandlashning o‘ziga xos xususiyatlari mexanizat-
siyalashtirish va avtomatlashtirish vositalarini konstruksiyalashning 
quyidagi o‘ziga xos tomonlarini belgilab beradi:
20.3-rasm. Kontaktli payvandlash mashinalarining EHM dan foydalanib boshqarish 
tizimining tuzilish sxemasi.


177
1. Mashinaning payvandlash konturiga kiritiladigan qurilma va 
moslamalar detallarini magnitlanmaydigan materiallar — aluminiy 
qotishmalari, magnitlanmaydigan po‘latlar va shu kabilardan tayyor lash 
tavsiya etiladi.
2. Mashinaning tok keltiruvchi qismlari tok shuntlanmasligi hamda 
detalning yuzasi shikastlanmasligi (kuymasligi) uchun moslamadan ajratib 
(izolatsiyalab) qo‘yilmog‘i lozim.
3. Nuqtali va chokli payvandlashga mo‘ljallangan uzellar elektrodlarning 
yeyilishini va konsollarning egilib qolishini qoplash uchun dempfirlanishi, 
masalan, erkin tayanchlarga o‘rnatilishi kerak, shunda uzelni pastki 
elektrodda, uning uzunligidan qat’i nazar (ish yuzasi yeyilganidan), 
joylashtirishga imkon tug‘iladi.
4. Moslamalrning turi (ko‘chma yoki ko‘chmas) buyumlarning o‘lchamlari 
va og‘irligiga qarab aniqlanadi.
5. Moslamalar payvandlash joyiga bemalol yaqinlashishni 
qiyinlashtirmasligi darkor.
6. Uchma-uch payvandlash moslamalari yetarli darajada bikr (qattiq) 
bo‘lib, cho‘ktirish vaqtida detallarning o‘qdoshligini ta’minlamog‘i zarur.
21.1. Yig‘ish va payvandlash moslamalari
Yig‘ish moslamalari, ya’ni andazalar, konduktorlar, stapellar, yig‘ish 
stendlari detallarni chizmaga muvofiq to‘g‘ri o‘rnatish uchun mo‘ljallangan. 
Ko‘chma moslamlarda yig‘iladigan kichik detallarni bir necha joyidan 
payvandlab qo‘yish (ïðèõâàòêà) ko‘chmas (statsionar) payvandlash 
mashinalarida amalga oshiriladi. Yirikroq va og‘irroq detallar ko‘chmas 
moslamalarda yig‘ilib, ko‘chma moslamalar (ombirlar, to‘pponchalar) 
yordamida bir necha joyidan payvand lab qo‘yiladi. Ba’zan yig‘ish mosla-
malarida detallar payvandlanadi, by holda moslamalar yig‘ish-payvand lash 
moslamalari hisoblanadi.
Murakkab shaklli detallar (vagonlar qopqoqlarining uzellari, uchish 
appa rat larining panellari va bo‘linmalari) maxsus stapellar yoki yig‘ish 
stendlarida yig‘iladi. By moslamalar baza plitasi (odatda gorizontal) bo‘lgan 
qurilma lardan iborat bo‘lib, mahkamlash qismlari — fiksatorlar, qisqichlar 
va h. bilan jihozlangan. Yig‘ish stendlari qayta sozlanadigan universal 
(mayda turkumlab ishlab chiqarishda) yoki maxsus (turkumlab yoki ko‘plab 
ishlab chiqarishda) bo‘lishi mumkin.
Yig‘ish stapellarida detallar turli tekisliklarda o‘rnatiladi va mahkamlab 
qo‘yiladi (21.2-rasm). Tekis yoki biroz egilgan panellarni yig‘ish stapeli og‘ir 
rama 1, andaza 2 dan va sharnirlar 5 da mahkamlangan lojementlardan 
12 — M.A. Abralov, N.S. Dunyashin


178
iborat. Detallar — profillari 4 bo‘lgan qoplama 3 lojementlarga rubilniklar 6 
yordamida qisib qo‘yiladi. Rubilniklar rezinka qistirmalar bilan qoplangan bo‘lib, 
profillarning soniga va joylashuviga mos teshiklari bop.
Tutib (ko‘tarib) turuvchi va silji tuvchi moslamalar uzelni elektrodlarga va 
boshqa tok keltiruvchi qismlar (roliklar, plitalar va b.) ga nisbatan muayyan 
holatda o‘rnatish hamda payvandlash jarayonida buyumni siljitish uchun 
mo‘ljallangan.
Bir nuqtali va relyefli payvandlash ishlari payvandlanayotgan detallarni 
payvandlash mashinasining elektrodlariga nisbatan siljituvchi turli mexanik 
qurilmalardan foydalanib mexanizatsiya lashtiriladi.
Mexanizmda buyum qo‘yiladigan stol 1 ni uzlukli harakatlantirish 
uchun chervyakli reduktor 3 orqali elektr dvigateli aylantiradigan 
krivoship 4 xizmat qiladi (21.7-rasm). Krivoshipning barmog‘i 5 malta 
mexanizmining o‘yiqlariga kiradi va stolni ana shu xochdagi o‘yiqlar soni 
hamda krivoshipdagi barmoqlari soniga bog‘liq holda muayyan burchakka 
buradi.
Tekislovchi yarimavtomatik moslamalar mexanizatsiyalashtirilish 
darajasi yuqoriroqligi bilan ajralib turadi.
Masalan, ikki yoqlama egik bo‘l gan yirik panellarni nuqtali payvand lash 
uchun panel 3 harakatlanuvchi rama 2 dagi yo‘naltiruvchi 4 ning qismalariga 
mahkamlab qo‘yiladi, ra ma uchta o‘q bo‘ylab kolonna 8 bo‘yi cha tik, 
bo‘ylama va ko‘ndalang yo‘na lish larda harakatlanishi mumkin. Bunda 
ramaga tegishli elektr yurit malar (9—14) bilan bog‘langan karetkalar 5 
va 15 yordam beradi. Rama burish qurilmasi 7 va yuritma 6 yordamida 
bo‘ylama o‘q atrofida aylanishi mumkin. Payvandlash kallagi 1 ga shchupli 
datchik — kuzatuvchi tizim o‘rnatilgan bo‘lib, u yuqorida aytilgan yuritmalar 
vositasida panel yuzasini elektrodlar o‘qiga normal bo‘ylab avtomatik 
o‘rnatishga imkon beradi. Bundan tashqari, rama detal bilan birga berilgan 
qadamga avtomatik surilishi ham mumkin. qurilmani boshqarish qulay 
bo‘lishi uchun televizion kamera bor, u operatorga ekranda payvandlash 
joyini ko‘rib turishi imkoni beradi.
21.2. Potok va avtomatik liniyalar
Potok va avtomatik liniyalardan yirik turkumlab va ko‘plab ishlab 
chiqarishda (xalq iste’mol mollari, avtomobillar ishlab chiqarishda) 
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Asosiy va yordamchi uskunalar majmuyi 
potok liniya deb ataladi. Bu uskunalar operat siyalarning ko‘p qismi, shu 
jumladan, buyumni bir ish o‘rnidan boshqasiga surishni ham mexanizm 
va mashinalar yordamida bajarilishini ta’minlaydi. Bunda uskunalar va ish 


179
o‘rinlari texnologik jarayonning alohida operatsiyalari bajariladigan tartibda 
joylashtiriladi.
Avtomatik liniya asosiy, yordamchi va ko‘tarish-tashish texnologik 
uskunalari, mashina hamda mexanizmlar majmuyi bo‘lib, ular buyum 
tayyorlash hamda tayyorlash jarayonida uni liniyaning tegishli joylariga 
surish uchun zarur bo‘lgan hamma operatsiyalarni odamning ishtirokisiz, 
muayyan texnologik izchillikda va muayyan maromda amalga oshiradi. 
Liniyada barcha operatsiyalar avtomatik bajariladi, odam esa faqat 
uskunalarni sozlash, kuzatish va rostlash ishlarini bajaradi. Ayrim hollarda 
odam boshlang‘ich yuklash va oxirida yuklarni olish operatsiyalarni ham 
amalga oshirishi mumkin.
Isitish radiatorlarini tayyorlashda po‘lat tasma o‘ramlar 1 dan chuvatilib, 
katta tezlik bilan (20 m/min gacha) shakl berish panjarasi 2 ga uzatiladi, 
bu yerda aylanuvchi roliklar radiatorning ikkita yarim bo‘lagi tanavorini 
shtamplaydi, roliklardan biri puanson vazifasini, ikkinchisi esa matritsa 
vazifasini o‘taydi (21.9-rasm). Keyin ustki tanavorga mashina 3 da shtutser 
payvandlanadi, nuqtali payvandlash mashinasi 4 da tanavorlar bir necha 
joyidan payvandlab qo‘yiladi va chokli payvandlash mashinalari 5 da ular 
zich choklar bilan birikti-riladi. Ko‘ndalang choklar payvandlashda uchuvchi 
mashinalardan foydalaniladi, ular payvandlash vaqtida detallar va konveyer 
bilan birga harakatlanadi, keyin esa katta tezlikda dastlabki holatiga qaytadi. 
Tayyor bo‘lgan radiatorlar liniyaning oxirida harakatlanayotgan tasmadan 
qaychi 6 vositasida qirqib ajratiladi va omborga jo‘natiladi.
quvurlar ishlab chiqarishda quvur payvandlaydigan avtomatik 
qurilmalardan foydalaniladi (21.10-rasm). O‘ramdagi tasma konveyer 1 
va chuvatkich 2 ga uzatiladi, jo‘valash mashinasi 3 da to‘g‘rilanadi hamda 
uchlari qaychi bilan kesilgandan keyin uchma-uch payvandlash mashinasi 
5 da uzluksiz tasma qilib payvandlanadi, grati esa g‘ratqirg‘ich bilan 
yo‘qotiladi. jarayon uzluksiz bo‘lishini ta’minlash uchun tasma uchlarini 
kesish, payvandlash va gratni yo‘qotish vaqtida halqa hosil qilgich 6 dan 
foylaniladi, u qoliplash stani oldida tasma zaxirasini yaratadi. Yuritish roliklari 
tasmani qoliplash qurilmasi 7 ga keltiradi, bu qurilma gorizontal va vertikal 
kataklardan iborat. Shakl berilgan tanavor payvandlash mashinasi 8 ga 
keladi, bu yerda 440 Hz chastotali tok bilan bo‘ylama chok payvandlanadi. 
Keyin quvurlar sovitkich 9 da suv-havo aralashmasi vositasida 50—60°C 
haroratgacha sovitiladi. quvurni uzil-kesil kalibrlash va to‘g‘rilash uchun 
stan 10 xizmat qiladi. Shundan so‘ng quvur induksion pechka 11 da 
qizdirilgandan keyin reduksion stan 12 ga va uchuvchi arra 13 da kesishga 
yoxud kesish dastgohiga uzatiladi, keyin esa pardozlash bo‘linmalari 14—15 
ga keladi.


180
21.3. Sanoat robotlari
Sanoat roboti manipulator va dasturlovchi qurilma majmuyidan iborat 
bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonida harakatlantiruvchi hamda boshqaruvchi 
yumushlarni bajarishga mo‘ljallangan, ishlab chiqarish predmetlarini va 
texnologik jihozlarni harakatlantirishdagi insonning shunga o‘xshash 
vazifalarini ado etadi.
Hozirgi zamon sanoat robotlari bajaradigan ishlariga qarab quyidagicha 
tasniflanadi:
1) ixtisoslashuviga ko‘ra:
a) robotning qo‘liga mahkamlangan payvandlash ombirlari yoki 
to‘pponchalari yordamida payvandlash;
b) payvandlanadigan uzellarni tashish — ularni ko‘chmas payvandlash 
mashinasining elektrodlari tagiga o‘rnatish, ularni to‘g‘rilash, olish va 
navbatdagi uzellar bilan almashtirish. Bu holda robotning ish organi ushlab 
oluvchi qurilma bo‘ladi;
2) ish organining — manipulatorning 
harakatlanuvchanlik darajalari soniga ko‘ra: 
uchtadan oltitagacha;
3) ish organini harakatlantirish uchun 
qo‘llaniladigan koordina talar tizimlari 
turiga ko‘ra:
a) to‘rtburchak tizim — ish organining 
siljishi uch yo‘nalishda ilgarilama harakatlar 
evaziga amalga oshadi;
b) silindrsimon tizim — ish organining 
siljishi ikkita ilgarilama (vertikal hamda 
radial) va bitta aylanma (vertikal o‘q 
atrofida) harakatlar hisobiga sodir bo‘ladi;
d) sferasimon tizim — ish organi ikkita 
aylanma va bitta ilgarilama harakatlar 
evaziga siljiydi;
4) manipulator yuritmasining turiga 
ko‘ra:
a) gidravlik;
b) pnevmatik;
d) elektr-mexanik;
e) qurama (aralash).
Manipulator mustaqil harakatlanuvchi 
mexanizmlar — ijrochi organlardan iborat 
21.1-rasm. Konuslarni yig‘ish va 
konuslarni flanesga bir necha joyidan 
payvandlab qo‘yish uchun kon duktor: 
1, 8 — payvandlash ma shina sining 
konsollari; 2, 7 — elektrodlar; 3 — 
yuqorigi halqa; 4 — flanes; 5 — konus; 
6 — disk.
21.2-rasm. Panellarni yig‘ish 
uchun stapel.


181
21.3-rasm. Nuqtali payvandlash uchun tutib 
(ko‘tarib) turuvchi moslama:
1 — roliklarda ko‘ndalang yo‘nalishda 
harakatlanuvchi rama; 2, 4 — roliklar; 3 
— ha rakatlanuvchi karetka; 5 — moslama 
stoli; 6 — pnevmodiafragmali kameralar (ular 
tok impulsi orasida to‘xtam bo‘lgan vaqtda 
panelni pastki elektrod tepasiga ko‘taradi, bu 
esa detallarning elektrod yuzasiga ishqalanib 
barvaqt yemirilishining oldini oladi).
21.4-rasm. Yirik gardishlarni payvandlash uchun moslama:
1 — mashina; 2 — detal; 3 — yig‘ish vaqtida gardishlarni mahkamlab qo‘yish uchun 
halqalar; 4 — tayanch roliklar; 5 — detalning polga nisbatan holatini rostlash uchun 
ko‘targichlari bo‘lgan arava.
21.5-rasm. Chokli payvandlash uchun ko‘tarib turuvchi moslama:
1 — richag; 2 — rama; 3 — payvandlash jarayonida mashina roliklar vositasida 
siljitiluvchi payvandlanadigan detal; 4 — tik yo‘nalishda harakatlana oluvchi tayanch 
roliklar; 5 — ko‘tarish mexanizmi; 6 — mashina.


182
21.6-rasm. Shtamplangan ikki bo‘lakdan 
yig‘iluvchi baklarni chokli payvandlash 
uchun moslama: 1 — ikki sharnirli moslama; 
2 — konsolning tirgovuchi. 
bo‘lib, ularning har biri ish organini harakat lantiruvchi o‘z yuritmasi 
bilan, qadam elektr dvigatellari yoki gidroyuritmalar bilan taminlangan. 
Gidroyuritmalar juda tezkorligi va kuchining kattaligi bilan ajralib turadi.
Robotlarning asosiy tavsiflari:
1) tezkorligi (harakatlanish tezligi): — 0,05—5 m/s;
2) joylash (nuqtalarni qo‘yish) aniqligi: ± (0,2—1,2) mm;
3) ombirlar yoki tashiladigan uzelning eng katta og‘irligi: 200 kg 
gacha.
Modulli robotlarning istiqboli juda porloqdir, chunki ularda 
almashtiriladigan universal bloklar (modullar) qo‘llaniladi. To‘g‘ri yoki 
aylanma harakatlarni ta’minlovchi ushbu modullardan berilgan ishlab 
chiqarish sharoitiga tatbiqan erkinlik darajalari soni eng kam bo‘lgan maxsus 
robotlar yig‘ish mumkin. Robotning konstruksiyasini oddiydan murakkabga 
o‘zgartirish mumkinligi ko‘pgina bir-biriga zid talablarni: ishlab chiqarish 
maydonlari, xodimlarning malakasi, xavfsizlik texnikasi va hokazolarni 
inobatga olish imkonini beradi. 
Bunday robotlardan, chunonchi, yengil 
avtomobillar kuzovlarini payvandlashda 
foydalanish avtomatlashtirishning juda 
yuqori darajasiga (80 %) erishishga 
imkoniyat yaratadi.
Robotni berilgan dastur asosida 
harakatlantirish uchun boshqarish tizimi 
— robot «miyasi»dan foydalaniladi. 
Boshqarish tizimi avtomatik ishlaganda 
buyruq signallari ijrochi qismlarga 
21.7-rasm. Burilma stolning sxemasi.
21.8-rasm. Yirik panellarni nuqtali 
payvandlash uchun tekislovchi yarim 
avtomatik moslama.


183
keladi. Buning uchun xotira qurilmasida saqlanayotgan va robot „o‘qiganda“ 
olgan axborotdan foydalaniladi. O‘qitish rejimida operator payvandlash 
mashinasi yaqinida joylashgan chiqarma pultda turib, robotni alohida 
nuqtalarga sekin-asta olib keladi. Ish organining holati haqidagi axborot 
xotira qurilmasiga keladi.
Sanoat robotlaridan mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan 
liniyalar tizimlarida foydalanish ayniqsa istiqbollidir.
Yig‘ilgan va oldindan payvandlangan buyum 8 tushirib-ko‘taradigan 
bo‘lma 2 yordamida suruvchi konveyer 1 vositasida polga o‘rnatilgan 
pulslanuvchi konveyer 7 ga uzatiladi (21.12-rasm), konveyer bo‘ylab 
sanoat robotlari 9 o‘rnatilgan. Robotlar konveyerning ikki tomoniga, 
maxsus chuqurlar 11 ga yoki konveyer tepasidagi estakadalar 10 ga 
o‘rnatilishi mumkin. Ularning holati payvandlash joyi sanoat robotining 
ish mintaqasida bo‘ladigan qilib tanlanadi. Payvandlash transformatorlari 5 
konveyer bo‘ylab ikkita monorels 4 da montaj qilinib, ikkilamchi konturning 
egiluvchan kabellari vositasida nuqtali payvandlash mashinasining 
payvandlash ombirlari bilan bog‘langan. Bitta konveyerda kuzovlarning bir 
necha turini tayyorlash mumkin. Liniya umumiy pult 3 dan boshqariladi. 
Payvandlash nihoyasiga yetgach, ko‘tarilib-tushadigan bo‘lma 6 kuzovni 
pulslanuvchi konveyerdan olib, pardozlash bo‘linmasiga tashish uchun 
suruvchi konveyerga uzatadi.
Tekshirish uchun savollar
1. Kontaktli payvandlashda mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish vositalarini 
konstruksiyalashning o‘ziga xos xususiyatlarini aytib bering.
2. Mexanizatsiyalashtirilgan potok liniya deb nimani aytiladi?
3. Avtomatik liniya deb nimani aytiladi?
4. Sanoat roboti deb nimani aytiladi?
5. Sanoat robotlari qaysi belgilariga ko‘ra tasniflanadi?
6. Sanoat robotlarining asosiy tavsiflarini aytib bering.
21.9-rasm. Isitish radiatorlari tayyorlanadigan avtomatik liniya.


184
22-bob. KONTAKTLI PAYVANDLASHNING NUqSONLARI VA SIFATINI 
NAZORAT qILISH
22.1. Payvand birikmalarning nuqsonlari va ularning sabablari
Nuqtali, relyefli va chokli payvandlashdagi nuqsonlar
a) c h a l a p a y v a n d l a s h q u y m a o ‘ z a k o ‘ l c h a m l a r i n i n g 
b e l g i l a n g a n q i y m a t l a r d a n k i c h i k c h i q i s h i y o k i 
o ‘ z a k n i n g u m u m a n b o ‘ l m a s l i g i . By juda xavfli nuqson 
hisoblanadi, chunki uning tashqi tomonda namoyon bo‘lishi hamisha 
ham sezirlarli bo‘lavermaydi. Bu nuqsonning umumiy sababi payvandlash 
tokining kichikligi yoki yetarlicha zich emasligi (payvandlash joyida) tufayli 
harorat maydonining buzilishidir. Tokning zichligi yetarlicha bo‘lmasligiga 
elektrodlar detalning tik devoriga tegishi natijasida juda yaqin joylashgan 
nuqta orqali tok shuntlanganda elektrodlarning tegish yuzasi haddan 
tashqari kattalashishi sabab bo‘lishi mumkin. Mazkur nuqson detallar 
orasidagi tirqishlar kattaligi yoki payvandlash joyi yaqinida tasodifan tegib 
ketish tufayli ham vujudga kelishi ehtimoldan holi emas;
b) payvand birikmaning quyma joyi nuqsonlariga darzlar, g‘ovaklar, 
cho‘kish bo‘shliqlari kiradi. Darzlar notekis qizish va tez sovish oqibatida 
payvandlash joyida yuzaga keluvchi cho‘zuvchi zo‘riqishlar ta’sirida 
paydo bo‘ladi. Bunday sharoitda asosan qizish darzlari paydo bo‘ladi, 
ular mo‘rtlikning harorat oralig‘ida (MHO) yuzaga keladi. Darzlar paydo 
bo‘lishining asosiy sabablari rejimning haddan tashqari qattiqligi va 
cho‘kichlash kuchining notekis berilishidir. O‘zakning markazida har 
xil kavaklar, bo‘shliqlar hosil bo‘lishi mumkin. Bu nuqsonga yuzaning 
21.10-rasm. quvurlarni payvandlash stenining sxemasi.


185
ifloslanishi va payvandlash paytida siqish kuchining yetarli emasligi sabab 
bo‘ladi;
d) detalning qalinligidan 20—25% dan yuqori bo‘lgan ezilishlar 
chuqurligi mustahkamligini pasaytiradi. Bu nuqson tashqi nazorat paytida 
namoyon bo‘ladi va uni maxsus ustunli oddiy indikator bilan o‘lchash 
oson kechadi. Bu nuqsonning sababi payvandlash toki kuchini haddan 
tashqari oshirib yuborishlik natijasida vujudga keladi hamda payvandlash 
vaqti oshib ketganligi yoki elektrodning ish yuzasi kamligi natijasida ham 
vujudga kelishi mumkin. Bir tomonli ezilish nuqsonlari ko‘pincha pastki 
elektrodning haddan ziyod ishlatilganligi, elektrodning ish yuzasini noto‘g‘ri 
ta’minlanishi, elektrodlarning ish yuzalari parallellik va tutatishlik xatoliklari 
sabab bo‘ladi.
e) payvand birikmaning quyilgan yuzasi nuqsonlari — d a r z l a r , 
c h o ‘ k m a h o v u z l a r , g ‘ a d i r l a r . Darzlar payvand joyida notekis 
qizish va intensiv sovishi natijasida cho‘zilish kuchlanishi ta’siri oqibatida 
vujudga keladi. Bu sharoitlarda asosan issiq darzlar paydo bo‘ladi. Darzlarning 
paydo bo‘lishi asosiy sabablari — haddan ortiq qattiq jarayon va o‘z vaqtida 
cho‘ktirilmaganligidadir. Yadro markazida har xil notekisliklar vujudga kelishi 
mumkin (g‘adirlik, cho‘kma hovuzlar). Bu nuq sonning sababi payvand yuzaning 
yetarli darajada toza emasligi va payvandlash davrida siqilish kuchlanishi yetarli 
emasligidadir.
f) m o ‘ r t b i r i k m a toblanuvchi po‘latlar uchun xosdir. Toblanish 
birikmaning plastikligini pasaytiradi. Nuqson sinish turiga qarab aniqlanadi: 
u odatda nuqtaning kesimi bo‘ylab o‘tadi. Nuqsonga sabab qilib rejimning 
juda qattiqligini yoki mashina elektrodlarida termik ishlovning noto‘g‘ri 
sikli tanlanishini ko‘rsatish mumkin;
g) payvand chokning zich (germetik) emasligi payvandlash rejimi 
parametrlaridan chetlashilganda yuzaga keladi. Tok kuchining haddan 
tashqari kattaligi chayqalib to‘kilishlarga olib kelishi mumkin. Payvandlash 
toki kuchining kichiklashuvi, impuls va to‘xtam vaqtining qisqarishi quyma 
o‘zakning kichiklashishiga olib keladi. Nuqtalarning bir-birini qoplashi 
yo‘qoladi va nuqtalar oralig‘ida chala payvandlangan joylar paydo bo‘lib, 
ular zichlikni buzadi. Chokning zichligi ortiqcha havo bosimi bilan sinab 
21.11-rasm. Sanoat robotlarining kinematik sxemalari.


186
yoki boshqa usullarda nazorat qilinadi.
Uchma-uch payvandlashdagi nuqsonlar
a) chala payvandlanganlik — uchma-uch birikmadan oksid pardasi 
siqilib chiqmasdan qolib ketganligi, shuningdek oksidlar yo‘qotilganiga 
qaramay umumiy chegarada metall donalari hosil bo‘lmaganligi tufayli 
metall bog‘lanishning umuman yoki qisman yo‘qligi. Singan joyda ular 
xira dog‘lar qiyofasida ko‘rinadi. Chala payvandlanish birikmalarning 
mustahkamligi va plastikligini jiddiy kamaytiradi. Ushbu nuqsonga 
nobarqaror erish, chiqish boshlan masdan oldin tokni uzib qo‘yish, chala 
erish, cho‘ktirish tezligining pastligi sabab bo‘lishi mumkin. Cho‘ktirish 
yetarli darajada bo‘lmaganda birikish joyida siqib chiqarilmagan quyma 
metall qolib ketishi mumkin. Uning kristallanishi oqibatida cho‘kish 
kavaklari paydo bo‘ladi. Bunday kavaklar uchma-uch birikish joyi yaqinida 
qattiq-suyuq holatdagi qismda ham paydo bo‘lishi mumkin.
b) m e t a l l n i n g o r t i q c h a q i z i s h i odatda chok yaqinidagi joyda 
metall zarralari yiriklashuvi va birikmaning plastikligi pasayishiga sabab bo‘ladi. 
Kuchli ortiqcha qizish kuyib ketishga olib kelishi mumkin. Nuqsonning sabablari 
erish siklining haddan tashqari cho‘zilib ketishi, eritishdan oldin detallarni ortiqcha 
qizdirish, cho‘ktirish qiymatining kichikligi, tok ostida cho‘ktirish muddatining 
haddan tashqari uzunligidir;
d) u c h m a - u c h p a y v a n d l a s h d a p a y d o b o ‘ l a d i g a n 
d a r z l a r ikki xil: bo‘ylama va ko‘ndalang (halqasimon) bo‘lishi mumkin. 
21.12-rasm. Robotlardan foydalanib yengil avtomobillar kuzovlarini nuqtali payvandlash 
bo‘linmasining sxemasi.


187
Bo‘ylama darzlar metall ortiqcha cho‘ktirilganda vujudga keladi. Bu 
nuqson payvandlash joyi ortiqcha qiziganda yuzaga keladi. Halqasimon 
darzlar odatda toblanuvchi materiallar haddan ziyod qattiq rejimda 
payvandlanganda paydo bo‘ladi. Ularning hosil bo‘lishiga mashinaning 
harakatlanuvchi plitasi orqaga qaytishi natijasida detallarning qismalarda 
qayishqoq deformatsiyalanishi sabab bo‘ladi. Bunday nuqsonlarga 
metallning qatlamlarga ajralishi ko‘rinishidagi nuqson ham kiradi, u 
cho‘ktirish vaqtida ochiladi va darz ko‘rinishida bo‘ladi;
e) detal yuzasining kuyishi detalning yuzasi payvandlashga yomon 
hozirlanganda, siqish kuchi yetarlicha bo‘lmaganda yoki jag‘lar 
(elektrodlar) noto‘g‘ri o‘rnatilganda tok keltirilgan joyda yuz beradi. 
Bu joyda issiqlikning ko‘p ajralib chiqishi yuzaning erishiga olib keladi. 
Agar payvandlanayotgan metall toblangan bo‘lsa, u holda kuygan joyda 
metallning qattiqligi ancha ortishi natijasida detalga keyingi mexanik ishlov 
berish murakkablashadi.
joiz nuqsonlar soni va turi texnik shartlar yoki boshqa hujjatlar bilan 
belgilanadi hamda konstruksiyaning muhimligi, payvandlash uskunalariga, 
detalning materiali va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi.
22.2. Sifatni nazorat qilish dasturi
Kontaktli payvandlash usulida olingan payvand birikmalarning 
sifati butun texnologik jarayon: payvandlashga tayyorlash, yig‘ish va 
konstruksiyani payvandlash qoidalariga amal qilingandagina ta’minlanadi. 
Payvandlash sifati ta’minlanishi uchun payvandlash mashinalari va yig‘ish-
payvandlash moslamalari ishini nazorat qilish muhim ahamiyatga ega.
Nuqsonlarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan 
texnologik chora-tadbirlar ko‘rish hamda mahsulot sifatini yuqori darajada 
tutib turish uchun texnologik jarayonning barcha bosqichlarida muntazam 
nazorat zarur.
Chizmalarni texnologik nazorat qilish payvand birikmalarning to‘g‘ri 
joylashtirilganini va o‘lchamlarini, materialning payvandla nuvchanligini, 
mashinaning ikkilamchi konturiga bemalol yaqin lashish, tanlangan 
qalinlikdagi materiallarni payvandlash, shuningdek payvandlash va nazorat 
qilish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish hamda avtomatlashtirish 
imkoniyatlarini tekshirishni nazarda tutadi. Ishni malakali texnolog-
payvandchi va buyum konstruktori olib boradi.
Payvandlashga oid operatsiyalarni nazorat qilish yig‘ishga keltirilayotgan 
detallarni nazorat qilish va payvand buyumni geometrik nazorat qilishdan 
iborat. Yig‘ishga keltirilayotgan detallarni nazorat qilish ularning yuzasini, 


188
qalinligini, materialinig markasini, detallarning o‘lchamlarini tekshirishni 
o‘z ichiga oladi. Detallar o‘lchamlarining chetlashuvi yig‘ish va payvandlash 
sifatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘plab ishlab chiqarishda detallar 
geometriyasini nazorat qilish uchun nazorat moslamalari va uch kordinatali 
avtomatik elektron o‘lchash mashinalaridan keng foydalaniladi. Payvand 
buyumning geometriyasini nazorat qilish yig‘ilib, payvandlangandan 
keyin buyumni topshirishning yakuniy operatsiyasidir. Buyumning asosiy 
o‘lchamlari o‘lchanadi yoki u maxsus nazorat moslamasi yordamida nazorat 
qilinadi. Ayni vaqtda yakuniy operatsiyalarning payvandlanish sifati hamda 
payvand birikmalarni tashqi pardozlash sifati ham nazorat qilinadi. Tanlab 
nazorat qilish uch koordinatali avtomatik elektron o‘lchash mashinalarida 
o‘lchash orqali amalga oshiriladi.
Yig‘ish va payvandlash moslamalarini nazorat qilish buyumning sifatini 
ta’minlashdagi muhim bo‘g‘in hisoblanadi. Ko‘p hollarda buyumning yakuniy 
geometryasi moslamaning ahvoliga bog‘liq bo‘ladi. Bu moslamalardagi 
buyumlarni qotirib qo‘yish joylari tayanch yuzalar koordinatalarini o‘lchab 
nazorat qilinadi. Murakkab moslamalarni tekshirishni tezlashtirish uchun 
maxsus master-maketlardan foydalaniladi.
Payvandlash uskunalarini nazorat qilish deganda, mashinalarni vaqt-
vaqtida attestatsiya qilish nazarda tutiladi. Bunda mashinaning asosiy texnik 
ma’lumotlari tekshiriladi va mashinaning ishlatishga yaroqliligi haqida 
guvohnoma beriladi.
Sozlovchi va payvandchilarning malakasi payvandlash sifatiga katta 
ta’sir ko‘rsatadi. Bu toifadagi ishchilarga ularning ish razryadiga muvofiq 
muayyan malaka talablari qo‘yiladi. Sozlovchi va payvandchilar vaqt-
vaqtida malaka sinovidan o‘tkazilib, bunda nazariy bilimlari hamda amaliy 
ko‘nikmalari tekshiriladi. Tekshiruv natijalari asosida ularning mustaqil 
ishlashga qo‘yilgani haqida guvohnoma beriladi.
22.3. Payvand birikmaning sifatini nazorat qilish usullari
22.1-rasm. Chala payvandlangan joylar turlari:
a — birikmaning umuman hosil bo‘lmasligi; b — ayrim mikrorelyeflar bo‘yicha bog‘lanishlar 
yuzaga kelishi; d — o‘zak o‘lchamlarining kichikligi (d < d
min
); e — o‘zaro erish joyining 
o‘lchamlari yetarlicha emasligi; f — o‘zaro erish joyining butkul yo‘qligi.


189
Payvand birikmalarning sifati turli usullar bilan namunalar va detalda, 
birikmalarni buzib hamda buzmasdan nazorat qilinadi. Sinov uchun 
namunalar odatda uskunani berilgan rejimga sozlash paytida va keyin 
belgilangan muddatlarda tanlab olinadi.
Birikmani buzib nazorat qilish texnologik namunalarda olib boriladi. 
Ba’zan yirik namunalarda ma’lum miqdordagi birikmalar, masalan, nuqtali 
birikmalar buziladi, keyin esa yana payvandlanadi.
Payvand chokning sifati 10 ta namunadan iborat turkumni buzuvchi 
kuchga qarab aniqlanadi. Mexanik sinovlar natijalarining tarqoqligi 
quyidagi chegaralarda bo‘lmog‘i lozim:
,
bu yerda: F
max
, F
min
, F
o‘r
— kesilganda bitta nuqtaga (chokka) to‘g‘ri keluvchi 
eng katta, eng kichik va o‘rtacha buzuvchi yuk (nagruzka); A — nuqtali 
birkmalar uchun 0,3—0,45 ga va chokli birikmalar uchun 0,2—0,25 ga 
teng koeffitsiyent.
Olingan mexanik sinovlar natijalari ushbu buyum uchun nazarda 
tutilgan eng kichik joiz mustahkamlik me’yorlari bilan taqqoslanadi.
Chokli payvandlashning (birikmaning) zichligi perimetri bo‘ylab 
payvandlangan ikki plastinada tekshiriladi. Payvandlab bo‘lingandan 
keyin plastinalardan biriga shtutser 
payvandlanib, u orqali siqilgan havo haydaladi. 
Namunalarning zichligi ularni suvli vannaga 
botirib aniqlanadi.
Uchma-uch payvandlangan namunalarni 
egilishga sinashda cho‘zilgan joyda birinchi 
darz paydo bo‘lgan egilish burchagi o‘lchanadi 
yoki singan joy etalon bilan solishtiriladi.
Texnologik namunalarni sinash natijalari 
asosida payvandlashga yoki tayyor buyumni 
qabul qilib olishga ruxsat beriladi. Detallarning 
ayrim turlari uchun belgilangan turkumdan 
olingan tayyor buyumlarni tanlab buzish usuli 
22.2-rasm. Chayqalib to‘kilish turlari: a — tashqi; b — boshlang‘ich ichki; 
d — oxirgi ichki; e — bir tomonlama payvandlashda oxirgi tashqi.
22.3-rasm. Payvandlash joyidagi 
noyaxlitliklar:
1 — ichki darzlar; 
2 — bo‘shliq; 3 — tashqi 
darzlar; 4 — «o‘simtalar».


190
qo‘llanilayotir.
Buzmasdan nazorat qilish. Tashqi tomondan ko‘zdan kechirish 
buzmasdan nazorat qilishning eng oddiy va keng tar qalgan usulidir. Bunda 
ko‘pincha etalon bilan taqqoslashdan foydalaniladi. Ko‘zdan kechirish orqali 
payvand birikmalar soni va ularning joylashuvi, o‘yiqlarning o‘lchamlari va 
turi, tirqishlarning kattaligi, tashqi chayqalib to‘kilishlar borligi va hokazolar 
tekshiriladi.
Zichlikni tekshirishda kerosin-bo‘rli namuna, siqilgan havo, gidravlik 
sinovlar, sizishni izlagichlar va hokazolardan foydlaniladi. Nazorat 
moslamalari, universal yoki maxsus o‘lchash usullari yordamida payvand 
konstruksiyaning geometrik o‘lchamlari aniqlanadi.
Kontaktli payvandlab hosil qilingan birikmalarni tekishirish uchun 
nazoratning radiatsion usullaridan kam foydalaniladi. Ushbu nazorat 
uslubining sezuvchanligi 1,5—2% atrofida. Shu bois ushbu usulda oksid 
pardalari kabi nuqsonni aniqlab bo‘lmaydi. Mazkur usul quyma o‘zakning 
o‘lchamlarini aniqlashga ham imkon bermaydi.
Ultratovush yordamida nuqsonlarni aniqlash (defektoskopiya) nazorat 
qilishning zamonaviy usullaridan biridir. Ultratovush tebranishlari metallda 
tarqalar ekan, nuqsonlardan qaytariladi, agar nuqsonlar o‘lchamlari 
ultratovush to‘lqinlari uzunligi ortiq bo‘lmasa, albatta. 107 Hz gacha 
chastota bilan ishlaydigan hozirgi zamon defektoskoplari o‘lchami 10 mkm 
dan kichik bo‘lmagan nuqsonlarni aniqlay oladi. Ushbu usul bilan nuqtali 
payvandlashdagi g‘ovaklar, darzlar, chala payvandlangan joylar topiladi 
(detallar orasida tir qish bor bo‘lganda), quyma o‘zakning o‘lchamlari 
aniqlanadi. Ayni usul bilan nazorat qilish aniqligi 80—85 % atrofidadir.
Magnit yordamida nuqsonlarni aniqlashdan, asosan, uchma-uch 
birikmalarni nazorat qilishda foydalaniladi. Agar detalni magnitlansa, 
nuqson bor joyda magnit maydoni albatta buziladi. Buni maxsus 
defektoskoplar yoki magnit kukuni yordamida aniqlanadi. Yuzadagi 
nuqsonlar va yuzaga yaqin turgan nuqsonlar yaxshi aniqlanadi.
22.4. Payvandlash jarayonini nazorat qilish
Payvandlash jarayonini avtomatik nazorat qilishning murakkabligi 
jarayonning qisqa muddatliligi, uskunalarning ish unumdorligi kattaligi, 
elektr parametrlarning impulsliligi, birikmaning shaklla nayotgan joyini 
kuzatish imkoni yo‘qligi va boshqa omillar bilan tushuntiriladi.
1. Payvandlash rejimi parametrlarini nazorat qilish vaqti-vaqtida va 
uzluksiz o‘lchaydigan maxsus apparatlar yaratish yo‘li bilan payvandlash 
uskunasi barqaror ishlashini ta’minlash, shuningdek payvandlash 
rejimi parametrlarini avtomatik barqarorlashtirish maqsadida olib 


191
boriladi. Nuqtali, relyefli va chokli payvandlashda o‘lchanadigan asosiy 
parametrlar — payvandlash toki, siqish kuchi, payvandlash hamda to‘xtam 
(pauza) vaqti, chokli payvandlash tezligidir.
Payvandlash tokini vaqti-vaqtida (davriy) o‘lchash uchun AÑÓ—1M 
asbobidan, tokni uzluksiz kuzatib borish uchun KAÑT—2M, KCT—1 
asboblaridan foydalaniladi.
Mashina elektrodlaridagi statik siqish kuchi ÄPÑ turidagi prujinali 
dinamometr (100—10000 da H) bilan o‘lchanadi, buning uchun u mashina 
elektrodlarining orasiga o‘rnatiladi.
Payvandlash siklining vaqt oralig‘i uzunligini tegishli jarayonlarni 
kuzatish va ossillografda qayd etish natijasida o‘lchash mumkin.
Roliklarning aylanish yoki detallarning siljish chiziqli tezligini o‘lchash 
uchun taxogenerator datchigi (masalan, ÓÑÑ-1 datchigi, v
sh
=0,5-10 m/
min) ishlatiladi.
2. jarayonni birikmaning sifati bilan eng ko‘p darajada bog‘liq bo‘lgan 
umumlashtiruvchi parametrlar — belgilar bo‘yicha nazorat qilish. Ushbu 
parametrlar eng ko‘p tarqalgan: nuqtali, relyefli va chokli payvandlashda 
harakatlanuvchi elektrodning siljishi, ayrim elektr parametrlar, ultratovush 
tebranishlarining yutilish darajasi va b; uchma-uch payvandlashda — metall 
eriganda ulagichlarning yemirilishi natijasida tokning pulslanish chastotasi, 
detallarning qizish darajasi va h.
Nuqtali, chokli va relyefli payvandlash vaqtida metallning issiqlikdan 
kengayishi tufayli elektrodning siljishi payvand chok quyma mintaqasining 
kattalashishi hamda o‘lchamlari bilan bog‘liq. Sizish kuchi R
pay
pastki 
konsolning reaksiyasi F
r
tufayli muvoza natlashadi, ichki kuchlar F
i
esa 
elektrodlarni D
U
kattalikda ochishga harakat qiladi. Elektrodlarning siljishini 
o‘lchash uchun ikki tayanchli kontaktli elektr-mexanik o‘zgartkichlardan 
22.4-rasm. Sifatni nazorat qilish sxemasi.


192
foyda laniladi.
Payvandlash jarayonining elektrodlardagi kuchlanish U
EE
ning 
pasayishi, tarqaladigan quvvat P
EE
va payvandlash joyidagi energiya 
q
EE
kabi parametlari elektrodlar orasidagi elektr qarshilik r
EE
ni aks 
ettiradi, ulardan payvand chokning o‘lchamlarini nazorat qilish uchun 
umumlashtiruvchi parametrlar sifatida foydalaniladi:
;
;
bu yerda: i
pay
va r
EE
— payvandlash tokining hamda elektrodlar orasidagi 
qarshilikning oniy qiymatlari.
Payvandlash jarayonini nazorat qilish ikki xil bo‘ladi:
1) passiv nazorat, bunda o‘lchanayotgan parametrlar berilgan 
parametrlardan chetlashgan taqdirda apparatlar yorug‘lik, tovush 
signallari beradi, payvadlanayotgan detallarga bo‘yoq sachratadi yoki 
payvandlash jarayoni barqaror emasligini va sifatsiz payvand birikmalar 
hosil bo‘layotganini yozib ma’lum qiladi;
2) aktiv nazorat, bunda o‘lchanayotgan parametrlar berilgan 
parametrlardan farq qilsa, apparatlar mashinaning boshqarish 
organlariga ta’sir qilib, tanlangan sifat belgisining nominal qiymatini 
barqarorlashtiradi.
Tekshirish uchun savollar
1. Nuqtali hamda chokli payvandlashdagi asosiy nuqsonlarni ayting va tavsiflang.
2. Uchma-uch payvandlashdagi asosiy nuqsonlarni ayting va tavsiflang.
3. Sifatni nazorat qilish qaysi bosqichlarni o‘z ichiga oladi?
4. Chizmalarni texnologik nazorat qilish nimalardan iborat?
5. Payvand birikmaning sifatini nazorat qilishning asosiy usullarini so‘zlab bering.
6. Payvandlash rejimi parametrlari qanday maqsadda nazorat qilinadi?
23-bob. TEXNIK-IqTISODIY KO‘RSATKICHLAR, USKUNALARNI MONTAj 
qILISH VA ISHLATISH, XAVFSIZLIK TEXNIKASI
23.1. Texnik-iqdisodiy ko‘rsatkichlar
Kontaktli payvandlashning turli usullaridan foydalanish samaradorligini 
ifodalovchi asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga mehnat sarfi 
(unumdorlik), payvand uzellarining tannarxi, metall sig‘imi, elektr 
energiyasi, elektrodlar va boshqa yordamchi materiallar sarfi kiradi.
Mehnat sarfi payvandlash operatsiyasiga sarflanadigan vaqt — donabay 


193
vaqt bilan aniqlanadi:
t
don
= t
m
+ t
yord
+ t
qo‘sh
+ t
tan
,
bu yerda: t
m
— payvandlash rejimiga bog‘liq bo‘lgan mashina vaqti 
yoki asosiy texnologik vaqt; t
yord 
= (0,7-0,8)t
don
— detalni o‘rnatish, qisish 
va olishga, siljitishga, elektrodlarni tozalashga sarfalanadigan vaqt 
bo‘lib, yordamchi operatsiyalarning mexanizatsiyalashtirilish darajasiga, 
buyumga yaqinlashish qulayligi va hokazolarga bog‘liq; t
qo‘sh
= (0,1-0,15) 
(t
m
+t
yord
) — uskunalarga texnik xizmat (mashi nalarni ishga tushirish hamda 
sozlash, yig‘ishtirish va b.) uchun sarflanadigan qo‘shimcha vaqt; t
tan
= 0,3 t
m
— dam olish va ishdagi boshqa tanaffuslarning davomliligi.
Kontaktli payvandlash uchun t
don
va ayniqsa t
m
ning qiymati kichikligi 
xosdir, bu esa mazkur jarayonning unumdorligi yuqori bo‘lishini belgilab 
beradi. Po‘latlar va yengil qotishmalarni parchin lashga nisbatan, nuqtali va 
chokli payvandlash ish unumi 3—10 % oshishini ta’minaydi.
Donabay vaqt, bir vaqtda ishlaydigan ishchilar soni ma’lum bo‘lsa, 
mehnat sarfining puldagi ifodasini topish mumkin. Butun payvand 
uzelini tayyorlash tannarxi elektr energiyasi, yordamchi materiallarga, 
uskunalarning eskirishiga va hokazolarga qilinadigan xarajatlarni ham 
o‘z ichiga oladi. Kontaktli payvandlash jarayoniga mehnat sarfining 
nisbatan kamligi uning past tannarxini ham belgilab beradi. Kontaktli 
payvandlashning sanoatning turli sohalarida joriy etilishi metallar ancha 
tejalishini ta’minlaydi.
Kontaktli payvandlash nisbatan energiya sig‘imdor jarayondir. 
Solishtirma energiya sarfi payvandlanadigan metallarga, birik malarning 
o‘lchamlariga (o‘zakning eng kichik diametriga), pay vandlash rejimiga (tok 
impulsining muddatiga), uskunalarning turi va boshqalarga bog‘liq.
Energiya sarfi
a) n u q t a l i p a y v a n d l a s h d a :
, 100 ta 
22.5-rasm. Sinovlar uchun texnologik namunalarning shakli:
a, b — texnologik sinab ko‘rish, tiskida buzish, mikrotahlil uchun; d, e — qirqilishga mexanik 
usulda sinash uchun; f — ustma-ust birikmalar namunalarini tayyorlash
uchun xarita; g — uzilish va buralishga mexanik usulda sinash uchun;
h — choklarning zichligini tekshirish uchun.
13 — M.A. Abralov, N.S. Dunyashin


194
nuqtaga kW · soat,
bu yerda: N
n
— mashinaning nominal 
quvvati, kWA; U
pay(s.yu)
— payvandlash uchun 
qabul qilingan bosqichda salt yurishning 
ikkilamchi kuchlanishi, V; U
n(s.yu)
— nominal 
bosqichda salt yurishning ikkilamchi 
kuchlanishi, V; cosj — mashinaning quvvat 
koeffitsiyenti bo‘lib, ko‘chmas mashinalar 
uchun 0,45¸0,55 ga, osma mashinalar uchun 
0,75¸0,85 ga teng;
b) c h o k l i p a y v a n d l a s h d a :
, 1 m 
chokka kW · soat,
bu yerda cosj = 0,6¸0,7 — mashinaning quvvat koeffitsiyenti;
d) e r i t i b u c h m a - u c h p a y v a n d l a s h d a :
G = k · F · D
erish
, bitta chokka kW · soat, bu yerda: k = 0,012—0,016 — erish 
tezligini hisobga oluvchi koeffitsiyent;
F — payvandlanayotgan detallar ko‘ndalang kesimining yuzi, sm
2
; D
erish
— eritishga qoldiriladigan jami qo‘yim, sm.
Yordamchi materiallar sirasiga odatda elektrod qotishmalari, tok 
keltiruvchi qismni sovitish suvi va siqilgan havo kiradi.
Nuqtali payvandlashda 1000 ta nuqtani payvandlashga o‘rtacha 
10—15 g va chokli payvandlashda 100 m chokka 50—100 g elektrod 
materiallari ishlatiladi. Uchma-uch payvandlashda ishlatiladigan qisuvchi 
qurilmalar 20000—100000 ta birikma payvandlashga mo‘ljallangan. 
Oqilona payvandlash rejimlaridan foydalanilsa, elektrodlar jadal sovitilsa, 
detallar yuzalari payvandlashga yaxshi tayyorlansa, shuningdek yuqori 
darajada chidamli elektrod materiallari ishlatilsa, elektrod materiallari sarfi 
kamayishi mumkin.
Masalan, o‘zgaruvchan tok mashinalarini sovitish uchun suv sarfi 300—1200 
l/soatni tashkil etadi. Mashinaning quvvati kattalashishi bilan suv sarfi 
kamayadi. Yopiq sovitish tizimidan foydalanib, sovitish tizimidagi umumiy 
yo‘qotishlarni kamaytirish evaziga suvni tejashga erishiladi.
Pnevmatik kuch yuritmasi bo‘lgan mashinalar uchun o‘rtacha havo sarfi 
UM ning nominal qiymatlarida quvvati 100 gacha va bundan yuqori nuqtali 
payvandlash mashinalari uchun mos ravishda 20—23 va 30—60 m/soatni, 
chokli payvandlash mashinalari uchun 10—12 m/soat hamda uchma-uch 
22.6-rasm. Uchma-uch 
payvandlanayotgan 
namunalarni statik egilishga sinash 
sxemasi.


195
payvandlash mashinalari uchun 20 m/soatni tashkil etadi.
23.2. Uskunalarni montaj qilish va ishlatish
Aksariyat ko‘chmas mashinalar sexning poliga o‘rnatilib, boltlar 
bilan mahkamlab qo‘yiladi. Ayrim, ayniqsa, qudratli mashinalar uchun 
poydevorlar kerak bo‘ladi. Ularning tuzilishi mashinalarga xizmat 
ko‘rsatishni osonlashtirmog‘i lozim. Avtomatik liniyalar yoki yirik qurama 
(aralash) mashinalar vazifasi mashina staninasining bikrligi yuqori darajada 
bo‘lishini ta’minlashdan iborat bo‘lgan maxsus poydevorlargagina montaj 
qilinadi.
Osma mashinalar sex polida joylashgan portallarga yoki maxsus 
monorelslarga o‘rnatiladi. Monorelslar sexning stropilalariga osib 
qo‘yiladi.
Yirik detallarni payvandlashga mo‘ljallangan ko‘chma mashinalar sex 
polida joylashgan rels yo‘llarga montaj qilinadi, bu yo‘llarda mashinaning 
o‘zi montaj qilingan portal harakatlanadi. Bu turdagi mashina kolonnalarda 
joylashgan rels yo‘llarda harakatlanuvchi kran-balkaga montaj qilinishi 
ham mumkin.
Payvandlash mashinalarini elektr energiyasi, sovituvchi suv va siqilgan havo 
bilan to‘g‘ri ta’minlash zamonaviy kontaktli payvandlash texnikasining eng 
muhim masalalaridan biri sanaladi. Tanlangan payvandlash mashinasi 
sexning elektr tarmog‘iga to‘g‘ri ulanmog‘i darkor. GOST 297—80 ga 
muvofiq kontaktli payvandlash mashinalari nominal qiymatning —10 dan 
+5 % igacha o‘zgarib turadigan kuchlanishda ishonch li ishlashi lozim. Sex 
tarmoqlari va podstansiyadagi kuch transformatorining quvvati ana shu 
shartlarga muvofiq tanlanmog‘i zarur. Bir fazali mashinalar fazalar bo‘yicha 
mumkin qadar bir tekis taqsimlanishi kerak, chunki bunda kuchlanish 
kamroq og‘adi va pasayadi. Mashina tarmoqqa avtomatik uzgich orqali 
ulanadi, bu uzgich tarmoqdan olinadigan eng katta tok kuchiga qarab 
hisoblanadi. Ushbu qurilmalar nosozlik (avariya) holatida mashinani tez 
uzib qo‘yish uchun zarurdir. Kuchlanishning pasayish shartidan kelib 
chiquvchi kabelning kesimi uning uzunligiga bog‘liq, shu sababli juda 
katta qo‘vvatli mashinalarni sex podstansiyasiga imkon qadar yaqinroq 
joylashtirish tavsiya qilinadi.
Payvandlash mashinalarini oqar suv bilan me’yorida sovitish muhim 
ahamiyat kasb etadi. Mashinalar odatda sexning texnik suv keladigan 
quvuriga rezinka-mato shlang (ichki diametri 80—10 mm) vositasida, kirish 
ventili orqali ulanadi. Sovitish soz bo‘layotganini ko‘z bilan kuzatish mumkin 
bo‘lishi uchun suv oqovaquvur (kanalizatsiya) ga ochiq usulda oqiziladi. 


196
Sovitish sharoiti yaxshi bo‘lishi uchun tizimdagi suv bosimi 0,15—0,3 MPa 
bo‘lmog‘i kerak.
Bundan past bosimda sovitish keskin yomonlashadi, bu esa mashinaning 
tok keltiruvchi qismlari ortiqcha qizishi va elektrodlarning chidamliligi 
pasayishiga olib keladi. Bu hol teshilishga sabab bo‘lishi mumkin.
Sexga o‘rnatilgan kontaktli mashinalar soni ko‘p bo‘lganda yopiq 
sovitish tizimini qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Tizimda aylanib yuradigan 
suv sovishga ulguradi. Sizgan suvning o‘rnini to‘ldirish uchun tizimga 10 
% gacha toza suv beriladi.
Mashinalarning sovituvchi kanallarini suvdagi har xil mexanik 
iflosliklardan saqlash uchun mashinani ta’minlovchi suvquvur tarmog‘iga 
qo‘shimcha filtrlar o‘rnatish maqsadga muvofiqdir.
Aksariyat mashinalarda pnevmatik bosim mexanizmlari bo‘ladi. Ularni 
harakatga keltirish uchun zarur bo‘lgan siqilgan havo sex tarmog‘idan 
uzatiladi. Uning bosimi odatda 0,38 MPa dan past bo‘lmaydi. Mashinalarning 
pnevmatik mexanizmlarini ta’minlash uchun havo tozalangan holda kelishi 
va keltiruvchi quvurlarda uning bosimi payvandlash jarayonida juda 
pasayib ketmasligi lozim.
Kontaktli payvandlash mashinalari o‘rnatiladigan xona quruq, 
havosining harorati katta darajada o‘zgarib turmaydigan, chang miqdori 
imkon qadar kam va o‘yuvchi bug‘larsiz (ayniqsa, kislota bug‘larisiz) 
bo‘lmog‘i darkor, chunki bunday bug‘lar izolatsiyaning yemirilishi hamda 
ayrim tok keltiruvchi qismlarning ulanish joylarida kontakt yomonlashuviga 
olib keladi.
Mashinalar odatda smena mobaynida havosining harorati ko‘pi bilan 10° 
va sovituvchi suvning harorati 5—25° o‘zgarib turadigan yopiq xonalarda 
ishlatishga mo‘ljallanadi.
Payvandlash moslamalari o‘lchamlariga mos keluvchi maxsus tagliklarga 
yoki sex poliga o‘rnatiladi.
Payvandlash uskunalari va moslamalaridan to‘g‘ri foydalanish yuqori 
22.7-rasm. Metallning issiqlikdan kengayishi 
natijasida harakatlanuvchi elektrodning siljishi: 
a — elektrodlarning boshlang‘ich holati; 
b — elektrodlarning tok o‘tayotgan paytdagi holati.


197
sifatli payvand birikmalar olishning shartlaridan biridir. Uskunalarning 
ishlamay qolishi jiddiy yo‘qotishlarga olib keladi. Uskunalarning ishonchli 
ishlashi uskunalarni muayyan muddatlarda ko‘zdan kechirish va tekshirish, 
shuningdek rejali-oldini olish maqsadida ta’mirlash orqali ta’minlanadi.
Uskunalarga mexaniklar, elektriklar, chilangarlar, elektronika 
mutaxassislari xizmat ko‘rsatishlari kerak.
Har bir korxonada rejali-oldini oluvchi ta’mirlash (ROT) tizimi bo‘ladi. Unda 
payvandlash uskunalarini ishlatish va ta’mirlashning o‘ziga xos xususiyatlari 
hisobga olinadi. ROT tizimiga odatda mashinalarni attestatsiya qilish ham 
kiradi. Attestatsiya vaqtida mashinalar asosiy parametrlarining barqarorligi 
va rostlash chegaralari tekshiriladi. Mashina foydalanishning boshida, 
to‘liq ta’mirlashlardan keyin hamda ishlatish jarayonida attestatsiyadan 
o‘tkaziladi. Turkumlab ishlab chiqarishda attestatsiya kamida yiliga bir 
marta o‘tkaziladi. Attestatsiya vaqtida mashinaning asosiy parametrlari 
qisqa tutashuv rejimida tuziladi yoki tekshiriladi. Agar mashinaning 
parametrlari pasportidagi ma’lumotlarga to‘g‘ri kelsa, u holda mashina 
bundan keyin foydalanishga qo‘yiladi. Ayrim parametrlarning chetlashuvi 
±(5—10)% doirasida bo‘lmog‘i lozim. Parametrlar mashinani nominal 
sur’atda 1 soat mobaynida uzluksiz ishlatish asnosida o‘lchanadi.
Foydalanish jarayonida uskunalarni kuzatib, harakatlanuvchi 
kontaktlarini vaqt-vaqtida grafitkastor moyi bilan moylab turish kerak. 
Roliklarni aylantirish yuritmasi reduktorlari mashina moyi, ochiq uzatmalar 
esa texnik vazelin bilan moylanadi.
Liniya sozlovchilari xizmat ko‘rsatishni tashkil qilishning qabul qilingan 
sxemasiga muvofiq ishlab chiqarish ustasi yoki ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish 
bo‘linmalariga bo‘ysunadilar. Sozlovchi payvandlash texnologiyasini, 
payvandlash mashinalarining tuzilishi va o‘ziga xos xususiyatlarini yaxshi 
biladigan malakali ishchidir. Uning vazifalariga mashinalarni texnologik 
rejimga sozlash, foydalanish jarayonida ana shu rejimni nazorat qilish, 
mashinalarni ishga tushirish va to‘xtatish, elektrodlarni almashtirish, 
tozalash hamda qo‘yish, payvandlash konturi qismlarini almashtirish, 
shuningdek payvandlash moslamalarining ahvolini kuzatish kiradi.
23.3. Xavfsizlik texnikasi
Kontaktli payvandlashdagi xavfsizlik texnikasiga oid asosiy chora-
tadbirlar operatorning elektr tokidan shikastlanishi, sachragan yoki 
chayqalib to‘kilgan qaynoq metallning kuydirishi, kuch yuritmasi yoki 
detallarni uzatish yuritmasining aylanuvchi qismlari shikast yetkazish 
ehtimoli borligi bilan bog‘liqdir.


198
Payvandlash mashinasi transformatorining ikkilamchi kuchlanishi 24 V 
dan oshmaydi va odam uchun xavfli emas. Payvandlash transformatorining 
birlamchi chulg‘ami bilan bog‘langan qismlarga tegib ketish eng xavflidir, 
chunki chulg‘amdagi tok odatda 220—380 V ni tashkil etadi, kondensatorli 
mashinalardan foydalanilganda esa to‘g‘rilagichdagi kuchlanish 1000 V 
ga etishi mumkin. Bundan tashqari, ba’zan transformatorning birlamchi 
chulg‘ami teshilishi yoki ikkilamchi o‘ramga tutashib qolishi mumkin. Shu 
bois mashinaning ikkilamchi konturi va boshqarish qutisi ishonchli tarzda 
yerga ulanadi. Yerga ulovchi simning kesimi ochiq usulda o‘tkazish uchun 
4 mm
2
dan va yopiq usulda o‘tkazish uchun 5 mm
2
dan kichik bo‘lmasligi 
lozim.
Barcha boshqaruv qismlari — tugmalar, tepkilar (pedallar) va b. odatda 
36 V dan oshmaydigan kuchlanish bilan ta’minlanadi. Ish vaqtida mashina 
va boshqarish qutisining eshikchalari yopiq bo‘lmog‘i lozim. Mashinani 
tarmoqdan tez uzib qo‘yish uchun rubilniklar, tugmalar va boshqa uzuvchi 
qurilmalar qulay joyda bo‘lishi kerak. Mashina oldidagi polga quruq 
rezinka poyandoz to‘shalgan bo‘lishi zarur. Tegishli malakali va xavfsizlik 
texnikasidan yo‘l-yo‘riqlar olgan shaxslargina mashinada ishlashga 
qo‘yiladilar. Agar qandaydir nosozlik yuz bersa, ishni darhol to‘xtatish va 
bu haqda usta yoki sozlovchiga xabar bermoq darkor.
Elektrodlarni tozalash va almashtirishda, uzellarni mashina konturiga 
o‘rnatishda elektrod tasodifan siljib ketib qo‘lni shikastlamasligi uchun 
ehtiyot choralariga amal qilish zarur. Kuyishdan himoyalanish uchun 
payvandchida shishasi tiniq ko‘zoynak, jomakor va qo‘lqop bo‘lmog‘i kerak. 
Uchma-uch payvandlash mashinalarining qisuvchi mexanizmi yaqinidagi 
bo‘shliq yig‘ma to‘siq bilan bekitilishi, qudratli mashinalar bilan payvand-
lashda esa ularning atrofi g‘ovlar bilan to‘sib qo‘yilishi lozim.
Uchma-uch payvandlash paytida metall bug‘lari ajralib chiqadi va 
metall sachraydi. Rangli metallarni va oson eruvchi qoplamali po‘latlarni 
payvandlash vaqtida ayniqsa zararli moddalar ko‘p ajralib chiqadi. Shuning 
uchun, eski havoni chiqarib, yangi havo kiritadigan umumiy shamollatish 
qurilmasidan tashqari, mahalliy shamollatish qurilmasini nazarda tutish 
tavsiya etiladi.
Tekshirish uchun savollar
1. Kontaktli payvandlashning asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini aytib bering.
2. Bitta payvandlash operatsiyasiga ketadigan donabay vaqt qanday hisoblanadi?
3. Rejali-oldini oluvchi ta’mirlash tizimi nima?


199
ADABIYOTLAR
1. Áà÷èí Â.À., Êâàñíèöêèé Â.Ô., Êîòåëüíèêîâ Ä.È. è äð. Òåîðèÿ, òåõíîëîãèÿ è îáîðóäîâàíèå 
äèôôóçèîííîé ñâàðêè. Ì.: Ìàøèíîñòðîåíèå, 1991. 
2. Áåðäû÷åâñêèé À.Å., Ðåäüêèí Å.Í., Ýëëèê Ê.À. Ìíîãîýëåêòðîäíûå ìàøèíû äëÿ êîíòàêòíîé 
ñâàðêè. Ë: Ýíåðãîàòîìèçäàò, 1984.
3. Âèëëü Â.È. Ñâàðêà ìåòàëëîâ òðåíèåì. Ë.: Ìàøèíîñòðîåíèå, 1970.
4. Ãåëüìàí À.Ñ. Îñíîâû ñâàðêè äàâëåíèåì. Ì.: Ìàøèíîñòðîåíèå, 1970. 
5. Ãóëÿåâ À.È. Òåõíîëîãèÿ è îáîðóäîâàíèå êîíòàêòíîé ñâàðêè. Ì.: Ìàøèíîñòðîåíèå, 1985.
6. Êàáàíîâ Í.Ñ. Ñâàðêà íà êîíòàêòíûõ ìàøèíàõ. Ì.: Âûñøàÿ øêîëà, 1985.
7. Êî÷åðãèí Ê.À. Ñâàðêà äàâëåíèåì. Ë.: Ìàøèíîñòðîåíèå, 1972.
8. Îðëîâ Á.Þ., ×àêàëîâ À.À., Äìèòðèåâ Þ.Â. Òåõíîëîãèÿ îáîðóäîâàíèå êîíòàêòíîé ñâàðêè. Ì.: 
Ìàøèíîñòðîåíèå, 1986.
9. Ðûñüêîâà Ç.À., Ôåäîðîâ Ï.Ä., Æåìåðåâà Â.È. Òðàíñôîðìàòîðû äëÿ ýëåêòðè÷åñêîé 
êîíòàêòíîé ñâàðêè. — Ë.: Ýíåðãîàòîìèçäàò, 1990.
10. Õîëîïîâ Þ.Â. Óëüòðàçâóêîâàÿ ñâàðêà ïëàñòìàññ è ìåòàëëîâ. Ë.: Ìàøèíîñòðîåíèå, 1988.
11. ×óëîøíèêîâ Ï.Ë. Òî÷å÷íàÿ è ðîëèêîâàÿ ýëåêòðîñâàðêà ëåãèðîâàííûõ ñòàëåé è ñïëàâîâ. 
Ì.: Ìàøèíîñòðîåíèå, 1974.


200
23.1-rasm. Kontaktli payvandlashda ish o‘rnining joylashuvi:
1 — mashinani ishga tushiruvchi avtomat; 2 — asbob-uskunnalar va mayda moslamalar 
uchun quti; 3 — kontaktli payvandlash mashinasi; 4 — payvandlangan detallar qo‘yiladigan 
joy; 5 — payvandlanishi lozim bo‘lgan uzellar qo‘yiladigan joy; 6 — tanavorlar qo‘yiladigan va 
detallar payvandlash uchun yig‘iladigan joy; 7 — suv keladigan qurilma; 8 — suv to‘kiladigan 
qurilma; 9 — havo keladigan qurilma; 10 — kolonnalar: l, L — kolonnalar oralig‘i, l = 6 m, 
L = 12, 18 yoki 24 m; l
1
— kontaktli
payvandlash mashinasi bilan sex devori o‘rtasidagi oraliq, l
1min
= 0,7 m.


201


202


203


204


205
M U N D A R I j A
KIRISH 3
1-bob. Bosim bilan payvandlash usullarining tasnifi va tavsifi ...................................................... 4
1.1. Bosim bilan payvandlashning mohiyati ................................................................................... 4
1.2. Bosim bilan payvandlash usullarining tasnifi ......................................................................... 5
2-bob. Nuqtali va chokli kontaktli payvandlash ................................................................................12
2.1. Kontaktli payvandlash ..................................................................................................................12
2.2. Nuqtali kontaktli payvandlash ...................................................................................................14
2.2.1. Nuqtali payvandlash qo‘llaniladigan sohalar .......................................................................15
2.3. Chokli kontaktli payvandlash .....................................................................................................15
3-bob. Kontaktli relyefli va uchma-uch payvandlash ......................................................................17
3.1. Relyefli payvandlash ......................................................................................................................17
3.1.1. Relyefli payvandlashning afzal jihatlari ..................................................................................18
3.1.2. Relyefli payvandlash qo‘llaniladigan sohalar .......................................................................18
3.2. Uchma-uch payvandlash .............................................................................................................19
3.2.1. Uchma-uch payvandlash qo‘llaniladigan sohalar ..............................................................22
4-bob. Kontaktli payvandlashdagi elektr qarshilik ...........................................................................23
4.1. Kontaktli payvandlashda issiqlik manbalari .........................................................................23
4.2. Tegish qarshiliklari ..........................................................................................................................24
4.3. Detallarning o‘z qarshiligi............................................................................................................27
4.4. Payvandlash joyidagi umumiy qarshilik .................................................................................28
5-bob. Kontaktli payvandlashda metallni qizdirish jarayonlari ...................................................30
5.1. Kontaktli payvandlashdagi elektr va harorat maydonlari haqida 
tushuncha .........................................................................................................................................30
5.2. Kontaktli payvandlashda issiqlik balansi ...............................................................................33
5.3. Payvandlash tokini hisoblash .....................................................................................................34
5.4. Tokning shuntlanishi .....................................................................................................................36
5.5. Uchma-uch payvandlashda detallarning qizishi ................................................................38
6-bob. Kontaktli payvandlashda metallning plastik deformatsiyalanishi ................................42
6.1. Plastik deformatsiyaning ahamiyati ........................................................................................42
6.2. Nuqtali payvandlashdagi plastik deformatsiya ...................................................................42
6.3. Nuqtali payvandlashdagi payvandlash kuchini hisoblash ..............................................44
6.4. Chokli va relyefli payvandlashdagi plastik deformatsiya .................................................46
6.5. Uchma-uch payvandlashda metallning plastik deformatsiyalanishi ..........................47
7-bob. Birikmalar hosil bo‘layotganda yuz beradigan jarayonlar ...............................................49
7.1. Sirtqi pardalarning yo‘qolishi .....................................................................................................49
7.2. Payvandlashda metallning issiqlikdan kengayishi .............................................................51
7.3. Elektrod-detal tegish joyida massa ko‘chish jarayonlari ...................................................52
7.4. Termodeformatsiya jarayonlarining payvandlash joyi metalining xossalariga ta’siri .


206
54
7.5. qoldiq zo‘riqishlarning yuzaga kelishi ....................................................................................55
8-bob. Kontaktli payvandlab hosil qilinadigan payvand birikmalar detallari 
va qismlarining tuzilishi ...............................................................................................................57
8.1. Kontaktli nuqtali va chokli payvandlab hosil qilingan 
birikmalarning tuzilishi .................................................................................................................57
8.2. Kontaktli relyefli payvandlab hosil qilinadigan birikmalarning tuzilishi ....................59
8.3. Kontaktli uchma-uch payvandlab hosil qilingan 
birikmalarning tuzilishi .................................................................................................................61
9-bob. Payvand uzellar ishlab chiqarish texnologik jarayoni .......................................................63
9.1. Detallar tayyorlash .........................................................................................................................63
9.2. Yuzani hozirlash ..............................................................................................................................64
9.3. Yig‘ish ..................................................................................................................................................66
9.4. Bir necha joyidan payvandlab qo‘yish ....................................................................................67
9.5. To‘g‘rilash va qo‘shimcha mexanik ishlov berish .................................................................67
9.6. Korroziyaga qarshi himoya .........................................................................................................70
10-bob. Kontaktli payvandlash rejimlari .................................................................................................73
10.1. Nuqtali payvandlash rejimi .........................................................................................................73
10.2. Chokli payvandlash rejimi ...........................................................................................................76
10.3. Uchma-uch payvandlash rejimi ................................................................................................78
11-bob. Turli konstruksion materiallarni kontaktli payvandlashning 
o‘ziga xos xususiyatlari .................................................................................................................83
11.1. Payvandlanadigan metallar xossalarining payvandlash rejimi parametrlarini 
tanlashga ta’siri ................................................................................................................................83
11.2. Turli konstruksion materiallarning payvandlanuvchanligi ..............................................85
12-bob. Kontaktli payvandlashning alohida hollari ...........................................................................92
12.1. qalinligi bir xil (teng) bo‘lmagan detallarni payvandlash................................................92
12.2. Bir tomonlama payvandlash ......................................................................................................94
12.3. Mikropayvandlash ..........................................................................................................................95
12.4. Elektr kontakt usulida eritib qoplash ......................................................................................96
13-bob. Maxsus konstruksiyalar va birikmalarni payvandlash .......................................................98
13.1. Uch qatlamli panellarni nuqtali payvandlash ......................................................................98
13.2. Katak-katak panellarni payvandlash .......................................................................................99
13.3. Chokli uchma-uch payvandlash............................................................................................. 100
13.4. Chetlarini ezib, chokli payvandlash ...................................................................................... 100
13.5. Uchta va undan ortiq detallardan iborat to‘plamni payvandlash.............................. 101
13.6. qalinligi katta detallarni payvandlash ................................................................................. 101
13.7. qumoq-qumoq aluminiy kukuni (qAK)ni payvandlash ................................................ 102
13.8. G‘ovakdor qumoq-qumoq materiallarni payvandlash .................................................. 103
13.9. qoplamali metallarni payvandlash ....................................................................................... 103
14-bob. Konstruksion materiallar va detallarning turli guruhlarini 
kontaktli uchma-uch payvandlashning o‘ziga xos xususiyatlari ................................ 106
14.1. Konstruksion materiallarning turli guruhlarini kontaktli uchma-uch 
payvandlashning o‘ziga xos xususiyatlari .......................................................................... 106
14.2. Turli detallarni uchma-uch payvandlashning o‘ziga xos xususiyatlari ..................... 108
15-bob. Kontaktli payvandlash mashinalari ....................................................................................... 112
15.1. Kontaktli payvandlash mashinalari tasnifi .......................................................................... 113
15.2. Kontaktli payvandlash mashinalarining belgilanishi...................................................... 113


207
15.3. Nuqtali payvandlash mashinalari .......................................................................................... 114
15.4. Relyefli payvandlash mashinalari .......................................................................................... 117
15.5. Chokli payvandlash mashinalari ............................................................................................ 119
15.6. Uchma-uch payvandlash mashinalari.................................................................................. 121
16-bob. Kontaktli payvandlash mashinalarining konstruktiv qismlari ..................................... 124
16.1. Korpus va staninalar ................................................................................................................... 124
16.2. Kontaktli payvandlash mashinalarining payvandlash konturi .................................... 125
16.3. Elektrodlar ...................................................................................................................................... 129
16.3.1. Elektrodlarning tuzilishi ............................................................................................................ 129
16.3.2. Elektrodlarning chidamliligi .................................................................................................... 132
16.3.3. Elektrod qotishmalari ................................................................................................................. 133
17-bob. Kontaktli payvandlash mashinalarining mexanizmlari.................................................. 135
17.1. Detallarni siqish mexanizmlari ............................................................................................... 135
17.2. Roliklarni aylantirish mexanizmlari ....................................................................................... 138
17.3. Uchma-uch payvandlash mashinalarining siqish mexanizmlari ................................ 140
17.4. Uchma-uch payvandlash mashinalarining qisuvchi mexanizmlari 
va tirak moslamlari ...................................................................................................................... 142
18-bob. Kontaktli payvandlash mashinalarining elektr qismi ..................................................... 146
18.1. Mashinalar elektr qismining vazifasi va tuzilish sxemalari ........................................... 146
18.2. Mashinalarning asosiy energetik parametrlari ................................................................. 147
18.3. Kontaktli payvandlash mashinalarining elektr zanjirlari ............................................... 152
18.4. Kontaktli payvandlash mashinalarining ikkilamchi konturini 
hisoblash ........................................................................................................................................ 156
19-bob. Kontaktli payvandlash mashinalarining payvandlash 
transformatorlari .......................................................................................................................... 162
19.1. Payvandlash transformatorining tuzilishi ........................................................................... 162
19.2. Payvandlash transformatorlaridagi payvandlash tokini rostlash ............................... 165
19.3. Payvandlash transformatorini hisoblash ............................................................................ 167
20-bob. Kontaktli payvandlash uskunalarini boshqarish apparatlari ....................................... 172
20.1. Boshqarish apparatlarining vazifasi ...................................................................................... 172
20.2. Kontaktli payvandlash jarayonlarini nazorat qilish va avtomatik boshqarish 
tizimlarida EHM ning qo‘llanilishi .......................................................................................... 175
21-bob. Kontaktli payvandlashda mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish ................. 179
21.1. Yig‘ish va payvandlash moslamalari ..................................................................................... 180
21.2. Potok va avtomatik liniyalar .................................................................................................... 183
21.3. Sanoat robotlari ........................................................................................................................... 185
22-bob. Kontaktli payvandlashning nuqsonlari va sifatini nazorat qilish................................ 188
22.1. Payvand birikmalarning nuqsonlari va ularning sabablari........................................... 188
22.2. Sifatni nazorat qilish dasturi .................................................................................................... 191
22.3. Payvand birikmaning sifatini nazorat qilish usullari ....................................................... 193
22.4. Payvandlash jarayonini nazorat qilish .................................................................................. 195
23-bob. Texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar, uskunalarni montaj qilish 
va ishlatish, xavfsizlik texnikasi ............................................................................................... 197
23.1. Texnik-iqdisodiy ko‘rsatkichlar ............................................................................................... 197
23.2. Uskunalarni montaj qilish va ishlatish ................................................................................. 199
23.3. Xavfsizlik texnikasi....................................................................................................................... 202
Adabiyotlar ...................................................................................................................................................... 204


208
Mahmud Abralovich Abralov,
Nikolay Sergeyevich Dunyashin
KONTAKTLI PAYVANDLASH 
TEXNOLOGIYASI VA jIHOZLARI
Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma
Muharrir X. Alimov 
Tex. muharrir T. Smirnova
Rassom j. Gurova
Musahhih S. Abdunabiyeva
Kompyuterda tayyorlovchi A. Yuldasheva
Bosishga ruxsat etildi 08.06.06. Ofset bosma. qog‘oz bichimi 60½90
1
/
16

Shartli bosma t. 13,0. Nashr t. 14,2. Adadi 1 500. Buyurtma  68.
«Arnaprint» MCHj bosmaxonasida sahifalandi va bosildi.
Toshkent, H. Boyqaro, 41.


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIM MARKAZI
M.A. ABRALOV, N.S. DUNYASHIN
KONTAKTLI PAYVANDLASH 
TEXNOLOGIYASI 
VA jIHOZLARI
Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma
TOSHKENT
TURON-IqBOL
2006


Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə