“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий журнали. №2, апрель, 2021 йил. ISSN: 2181-1016
1
PhD, dots. Azamat Ostonokulov, Akmal Ramazanov
Toshkent moliya instituti
RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA BYUDJET
TASHKILOTLARIDA BUXGALTERIYA HISOBINI
TAKOMILLASHTIRISH YOʻNALISHLARI
Annotatsiya.
Mazkur maqolada byudjet tashkilotlarida mol yetkazib beruvchi va
xaridorlar bilan hisob-kitoblar hisobini yuritishning asoslari tadqiq etilgan. Byudjet tashkilotlari
“UzASBO” dasturiy majmuasida mol yetkazib beruvchi va xaridor (kontragent)lar bilan hisob-
kitoblarni amalga oshirishning amaldagi holati va imkoniyatlari tahlil qilingan. Xoʻjalik
yurituvchi
sub’yektlar
bilan oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirishda raqamli
texnologiyalarning integrasiyasini ta’minlashning zarurligi va uning afzalliklari asoslangan.
Raqamli texnologiyalar vositasida “UzASBO” dasturiy majmuasida mol yetkazib beruvchi va
xaridor (kontragent)lar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirishda elektron shakldagi hisobvaraq-
fakturalardan foydalanishni tashkil etish va bu bilan bogʻliq holatda tizimli tarzda amalga
oshiriladigan vazifalar yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.