Raxbarlik odobi va muomala madaniyati


Shu tariqa rahbar ularning har biri kompaniya faoliyatida muhim o‘rin tutishini namoyish qiladi. Bundan tashqari, u o‘zi uchun yangi foydali ma'lumot oladi



Yüklə 10,39 Kb.
səhifə4/4
tarix25.05.2022
ölçüsü10,39 Kb.
#87851
1   2   3   4
Raxbarlik odobi va muomala madaniyati-hozir.org

Shu tariqa rahbar ularning har biri kompaniya faoliyatida muhim o‘rin tutishini namoyish qiladi. Bundan tashqari, u o‘zi uchun yangi foydali ma'lumot oladi.


  • 2. O‘z ishlari haqida boshqalarning fikriga quloq tutishadi

      Haqiqiy yetakchi jamoaning o‘z rahbarlik usullari haqidagi fikrini bilmay turib, undagi ishchi muhitni boshqara olmaydi. Rahbar uning boshqaruv uslubi xodimlarni qoniqtiryaptimi yoki yo‘q, jamoada qanday o‘zgarishlar bo‘lishini istashlariga - doimo qiziqish bildirishi kerak. Bu uning barqaror va samarali faoliyati uchun zarur ekanini yaxshi anglaydi.

    3. Xodimlari bilan ishonchli munosabat o‘rnatishadi


    • 3. Xodimlari bilan ishonchli munosabat o‘rnatishadi

    • O‘zingizdagi yetakchilik fazilatlarini rivojlantirishni xohlasangiz, o‘zingizni shunday tutingki, odamlar sizga ishonsin. Yaxshi rahbar uchun xodimlarining muhim masalalar bo‘yicha unga murojaat qilishi juda muhim. Ishonchli munosabatlar rahbarning ochiqligi, e'tiborliligi va adolatli ekanini bildiradi.

    • 4. O‘z kompaniyasi xodimlarining hayotini yaxshilashga harakat qilishadi

    • Haqiqiy yetakchi faqat o‘z qiziqishlari bilangina cheklanib qolishi kerak emas. U o‘z xodimlari uchun qayg‘uradi va ularning ehtiyojlariga e'tiborli bo‘ladi. Shu tariqa u kuchli va jipslashgan jamoani tashkil qiladi.

    • Rahbar ishchilar ko‘z o‘ngida o‘z nufuzini oshirish uchun o‘ziga o‘zi savol berishi kerak: xodimlarim ishxonada o‘zlarini qulay his qilishlari va o‘z ishlarini sevishlari uchun bugun nima qilishim mumkin?

    5. O‘z xatolarini tan olishadi


    • 5. O‘z xatolarini tan olishadi

    • Kibr, noinsoflik va boshqalar fikrini inkor etish — rahbar xalos bo‘lishi kerak bo‘lgan sifatlar. Har bir inson shaxsiy nuqtai nazar huquqiga ega. Hattoki yirik tashkilot yetakchisi ham qayerdadir xato qilishi mumkin. Jamoa esa aynan g‘oyalar, fikrlar almashish va bir-biriga yordamlashish uchun ham kerak.

    • O‘z xatolarini tan olish - zaiflik belgisi emas. Aksincha, xodimlar bunday rahbarni hurmat qilishadi. Zero doim haq bo‘lgandan ko‘ra, vazifani to‘g‘ri bajarish muhimroq.

    • 6. O‘z pozitsiyalarida qat'iy turishadi

    • Yaxshi rahbar qat'iy xarakterga ega bo‘lishi kerak. Bu sifat kompaniya jiddiy sinovlarga duch kelganida muhim qarorlar qabul qilish uchun ham zarur. U o‘z tamoyillaridan voz kechishi kerak emas. Haqiqiy yetakchi o‘zini ham, xodimlarini ham aldamay, doim vijdonan harakat qilishi kerak.

    E’tiboringiz uchun raxmat!



    http://hozir.org
    Yüklə 10,39 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə