Raximov shohruxning


Buyuk Britaniyada sug‘urta tizimini davlat tomonidan tartibga solinishi



Yüklə 82 Kb.
səhifə4/4
tarix28.09.2023
ölçüsü82 Kb.
#124556
1   2   3   4
BUYUK BRITANIYA IQTISODIYOTIDA SUG\'URTANING TUTGAN O\'RNI

3. Buyuk Britaniyada sug‘urta tizimini davlat tomonidan tartibga solinishi
Boshqa rivojlangan davlatlar kabi Buyuk Britaniyada ham sug‘urta kompaniyalarining faoliyati tegishli davlat oranlari tomonidan nazorat etiladi. Birinchi marotaba, bu mamlakatda, sug‘urta kompaniyalar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish 1870 yilda qabul qilingan hayotni sug‘urta qiluvchi kompaniyalar to‘g‘risidagi qonun bilan joriy qilingan edi4.

Bugungi kunda Buyuk Britaniyada sug‘urta kompaniyalari ustidan nazoratni amalga oshirish savdo va sanoat departamentiga yuklatilgan. Uning tarkibida maxsus sug‘urta nazorati organi mavjud. Savdo va sanoat departamenti Buyuk Britaniya hududida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha sug‘urta kompaniyalariga ushbu faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya beradi. Odatda, litsenziya sug‘urtaning ayrim turlari bo‘yicha shug‘ullanish huquqini beradi. Evropa Iqtisodiy Hamjamiyati direktivalariga muvofiq, 1978 yilning 1 yanvaridan uzoq muddatli sug‘urtaning 7 turiga va umumiy sug‘urtaning 18 turiga litsenziya beriladi. Sug‘urtaning u yoki bu turi bo‘yicha litsenziya berishdan oldin, savdo va sanoat departamenti ishonch hosil qilishi kerak, sug‘urta kompaniyasi ushbu sug‘urta turi bo‘yicha operatsiya o‘tkaza oladimi? SHuning uchun, litsenziya olishga talabdor kompaniya savdo va sanoat departamentiga ariza bilan bir qatorda boshlang‘ich kapital, amalga oshirishi mo‘ljallanayotgan sug‘urta operatsiyalari, sug‘urta polislari, sug‘urta mukofoti stavkasi, operatsiya xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni berishi kerak. SHuningdek, tashkil etilayotgan sug‘urta kompaniyasining rahbari va bosh buxgalteri to‘g‘risidagi ma’lumot ham savdo va sanoat departamentiga taqdim etiladi.


Amaldagi qonun hujjatlariga ko‘ra, Buyuk Britaniyada faoliyat ko‘rsatayotgan barcha sug‘urta kompaniyalari hisobot yili tugaganidan so‘ng 6 oy muddatda amalga oshirilgan operatsiyalar to‘g‘risidagi hisobotni matbuotda e’lon qilishlari haqida savdo va sanoat departamentiga taqdim qilinishdan oldin, mustaqil auditorlar tomonidan tekshirilib tasdiqlanishi majburiy hisoblanadi. Sug‘urta kompaniyalarining hisoboti quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
-kompaniyaning balansi;
-foyda va zararlar schyoti;
-sug‘urta mukofotlari dinamikasining tahlili;
-uzoq muddatli sug‘urta foizi bo‘yicha ro‘y bergan o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumot;

Buyuk Britaniyada sug‘urta ishi shunchalik rivojlanganki, buni mamlakat parlamenti tomonidan qabul qilingan ayrim qonunlar misolida ham ko‘rish mumkin. CHunonchi, “Sug‘urtalanuvchilarning manfaatini himoya qilish to‘g‘risida”gi. qonun sug‘urta kompaniyasi bilan sug‘urta shartnomasini tuzgan har bir Buyuk Britaniya fuqarosini har qanday holatda himoya qilishni kafolatlaydi. Bu o‘z navbatida sug‘urtalanuvchilarni ishonch bilan sug‘urta polislarini sotib olishga undaydi. YUqorida qayd qilingan qonun talablariga muvofiq, sug‘urta kompaniyasi tugatilgan taqdirda, uning sug‘urtalanuvchilar oldidagi majburiyatlarini bajarish sug‘urtalanuvchilarning manfaatini himoya qilish bo‘yicha Kengashga yuklatiladi. Dastlab, sug‘urta kompaniyasi tugatilishidan oldin, Kengash kompaniyani moliyaviy holatini sog‘lomlashtirish yuzasidan maxsus tadbirlarni amalga oshiradi.



Buyuk Britaniya sug‘urta tizimida “Lloyd” korporatsiyasining o‘ziga xos o‘rni bor. “Lloyd”ning tashkiliy tuzilmasi sug‘urta kompaniyalarining tashkiliy tuzilmasidan tubdan farq qiladi. “Lloyd” London shahrining markazida joylashgan va bu erda sug‘urta operatsiyalarini uning a’zolari amalga oshiradi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, “Lloyd”ning 33532 ta a’zolari bo‘lib, ular yig‘gan sug‘urta mukofotining hajmi 10 mlrd. f.st.dan oshadi. “Lloyd”ga a’zo har bir anderrayter sug‘urta operatsiyasini o‘zining imkoniyati darajasida amalga oshiradi va korporatsiyaning boshqa a’zolarini majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi. Sug‘urta kompaniyalaridan farqli o‘laroq, “Lloyd” korporatsiyasi a’zosi tuzilayotgan shartnomalar bo‘yicha cheklanmagan majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishi mumkin. “Lloyd” a’zolari sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirishi uchun maxsus sindikatlarga birlashgan. Hozirgi paytda korporatsiyaning 400 dan ortiq tarmoq sindikatlari mavjud bo‘lib, ulardan 135 tasi dengiz sug‘urtasi, 44 tasi aviatsiya sug‘urtasi, 37 tasi avtomobil sug‘urtasiga ixtisoslashgan sindikatlardir. Sindikatlarga “Lloyd” anderrayterlari boshchilik qiladi va u ushbu sindikatga a’zo bo‘lgan boshqa anderrayterlar nomidan sug‘urta operatsiyalarini amalga oshiradi. Potensial mijozlarni jalb qilish bo‘yicha sindikatlar o‘zaro qattiq raqobat kurashini olib boradilar. SHu nuqtai-nazardan “Lloyd”ni o‘ziga xos sug‘urta bozori deb atash mumkin. “Lloyd”da barcha sug‘urta operatsiyalari brokerlik firmalari vositachiligida amalga oshiriladi. Hozirgi paytda “Lloyd”da ro‘yxatdan o‘tgan brokerlar 300 dan ortiq. SHu o‘rinda ta’kidlash zarurki, bugungi kunda o‘zbekistonda ham ayrim sug‘urta kompaniyalari va sug‘urta brokerlari “Lloyd” korporatsiyasi bilan mustahkam aloqa o‘rnatishgan. Masalan, “Uz-AON-Lixu” sug‘urta kompaniyasi “Lloyd” korporatsiyasining a’zosi bo‘lgan “Aleksandr-Xauden Grup” sug‘urta brokeri orqali o‘zbekistonda sug‘urta qilingan risklarni bir qismini “Lloyd” bozorida joylashtirmoqda.
“Lloyd” korporatsiyasi doirasida yig‘ib olinadigan sug‘urta badallarining 30 foizi dengiz sug‘urtasi hissasiga to‘g‘ri keladi. Negaki, Buyuk Britaniyani deyarli uch tomondan okean va dengizlar qurshab olgan va bu erda azaldan savdo-sotiqlar dengiz va okeanlar orqali amalga oshirilgan. Ayrim manbalarga ko‘ra, Angliyada dastlabki sug‘urta shartnomalari, bundan taxminan 300 yillar oldin, aynan, dengizda tashiladigan yuklar va kemalar bilan bilan bog‘liq bo‘lgan5.
“Lloyd” sug‘urta korporatsiyasining tashkiliy tuzilmasiga anderrayter, sindikat va brokerlardan tashqari, a’zolik va depozitlar bo‘yicha, chet mamlakatlarda ko‘rilgan zararni to‘lash bo‘yicha bo‘limlar ham kiradi. SHuningdek, “Lloyd”da markaziy buxgalteriya, maslahat-auditorlik va boshqa bir qator bo‘limlar ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Ta’kidlash joizki, “Lloyd”ning butun dunyo bo‘ylab 1500 dan ortiq agentlari bor va ular, asosan, joylarda sug‘urta hodisalari ro‘y bergan taqdirda avariya komissarlarini tayinlaydi va sug‘urta operatsiyalari yuzasidan e’tirozlarni tartibga solishda ishtirok etadi.
“Lloyd” korporatsiyasining o‘ziga xosligi hisobga olinib, uning faoliyatini tartibga solish “Lloyd” kengashiga yuklatilgan. Kengash 16 a’zo va 8 ta shtatda bo‘lmagan a’zodan iborat bo‘lib, ular Kengash Raisi va uning 2 o‘rinbosarini tayinlaydi. Kengash “Lloyd” sug‘urta korporatsiyasini boshqarish va nazorat qilish kabi muhim funksiyalarni bajaradi. SHuningdek, Kengash sindikatlarning to‘lov qobiliyatini ham nazorat qilib boradi. “Lloyd”da o‘zini o‘zi tartibga solish mexanizmi ishlab chiqilgan va bu quyidagi yo‘nalishlarda nazorat qilishni o‘z ichiga oladi:
-korporatsiyaga a’zo bo‘lib kirayotganlarga nisbatan qo‘yiladigan talablar;
-ayrim sindikatlarning to‘lov qobiliyati murakkablashgan taqdirda, uning sug‘urtalanuvchilar oldidagi majburiyatlarini bajarish;
-”Lloyd”ga a’zo sug‘urta brokerlarining faoliyatini nazorat qilish.
Yuqorida qayd etilgan birinchi talabning ma’nosi shuki, “Lloyd”ga a’zo bo‘lib kirmoqchi bo‘lgan har bir da’vogar shaxs, “Lloyd”da amalda a’zo bo‘lib turgan kamida 5 ta kishidan yozma tavsiyanoma olishi va u kerakli miqdorda moliyaviy resurslarga ega bo‘lishi zarur. 1990 yildan e’tiboran, “Lloyd”ga a’zo bo‘lib kirmoqchi bo‘lgan da’vogarlar kamida 100000 f.st.dan to 250000 f.st.gacha kapitalga ega bo‘lishi lozim.
Sug‘urta hodisasi ro‘y bergan taqdirda sug‘urta qoplamasini operativ to‘lash maqsadida, “Lloyd” korporatsiyasi vaqtincha bo‘sh mablag‘larini qat’iy foizlar to‘lanadigan aktivlarga investitsiya qiladi.
Shuni alohida ta’kidlash zarurki, “Lloyd” ning har bir a’zosi har yili amalga oshirgan sug‘urta operatsiyalari, sug‘urta majburiyatlari to‘g‘risida korporatsiya auditoriga hisobot taqdim qiladi. Auditor, hisobotni tekshirish natijasida kamchiliklarni aniqlasa, uni darhol anderrayterga xabar qiladi va bu, o‘z navbatida anderrayterni ehtimol tutilgan moliyaviy tanglikka tushib qolishdan saqlaydi. “Lloyd”ga a’zo bo‘lgan sindikatning to‘lov qobiliyati yomonlashganda, uni sug‘urtalanuvchilar oldidagi majburiyati, korporatsiyada tashkil etilgan maxsus zahira fondi hisobidan bajariladi. Bu zahira fondi sindikatlar ajratgan mablag‘lar hisobiga shakllanadi.
Buyuk Britaniyada sug‘urta operatsiyalarining 60 foizga yaqini sug‘urta brokerlari yordamida amalga oshiriladi. Bu xususiyat ushbu mamlakat sug‘urta tizimini boshqa mamlakatlar sug‘urta tizimidan tubdan farq qiladi. Shuni aytish joizki, ayrim rivojlangan davlatlarda, xususan, Yaponiyada sug‘urta brokerlari instituti umuman yo‘q.
Buyuk Britaniyada potensial sug‘urtalanuvchilar, asosan, sug‘urta brokerlari yordamida sug‘urta shartnomalarini tuzadilar. Mijozlar u yoki bu kompaniyalar bilan sug‘urta shartnomasini tuzishga hoxish bildirsa, brokerlar ularga kovernota hujjatini topshiradi. Kovernota - o‘ziga xos hujjat bo‘lib, potensial sug‘urtalanuvchining ma’lum bir sug‘urta kompaniyasi bilan sug‘urta shartnomasini tuzishga ahd qilganligini bildiradi va bunda hech qanday sug‘urta javobgarligi ko‘zda tutilmaydi. Sug‘urta brokerlari kompaniyalarning manfaatidan ko‘ra, ko‘proq sug‘urtalanuvchilarning manfaatini himoya qiladi. Odatda, sug‘urta brokerlari o‘nlab sug‘urta kompaniyalarining sug‘urta shartnomalari, moliyaviy holati va sug‘urta badali stavkalari haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘ladi. 1995 yil holatiga ko‘ra, Buyuk Britaniyada 1200 dan ortiq sug‘urta brokerlari ro‘yxatga olingan. Brokerlar nisbatan, aviatsiya, dengiz va avtomobil sug‘urtalarida faol ishtirok etadilar. Ularning asosiy vazifasi sug‘urta kompaniyasi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasida vositachilik qilish va bu xizmati uchun sug‘urtalovchilardan komissiya haqini olishdir. 1990 yil boshlarida, Buyuk Britaniyada sug‘urta brokerlari asosiy faoliyat yuzasidan 8,0 mlrd. doll.dan ortiq komissiya haqi olishgan. Bu raqam ham sug‘urta brokerlarining nufuzi nihoyatda baland ekanligidan dalolat beradi. Hozirgi paytda faoliyat ko‘rsatayotgan eng yirik brokerlar qatoriga “Seyjvik grup”, “Villis Faber” va “Aleksandr Xauden grup”lar kiradi.
Buyuk Britaniya sug‘urta tizimida brokerlar muhim ahamiyat kasb etishini hisobga olib, 1977 yilda mamlakat parlamenti “Sug‘urta brokerlarini ro‘yxatga olish to‘g‘risida” qonun qabul qilgan. Ushbu qonunga muvofiq, sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirishda vositachi hisoblangan barcha sug‘urta brokerlari majburiy tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tishi shart. Ularni ro‘yxatga olishni, hukumat tomonidan tayinlanadigan 12 ta broker va 5 ta a’zodan iborat Kengash amalga oshiradi. Kengashning asosiy vazifasi sug‘urta bozorida qatnashayotgan barcha sug‘urta brokerlarining faoliyatini nazorat qilishdan iborat. Bu nazoratning maqsadi sug‘urta bozorida faqat sohani yaxshi tushunadigan yuksak malakali mutaxassislar ishlashiga qaratilgan.
Mamlakatda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha sug‘urta brokerlari o‘zlarining professional uyushmalariga birlashgan. Sug‘urta brokerlari uyushmasiga a’zo bo‘lgan brokerlar jami brokerlik operatsiyalarining 95 foizini amalga oshirmoqda. Uyushma o‘z a’zolarining manfaatlarini hukumat va sug‘urta kompaniyalari oldida himoya qiladi.

1 Willman G., «The Penguim Guide to Insurance», Harmondsworth, Penguin Books

2 Willman G., «The Penguim Guide to Insurance», Harmondsworth, Penguin Books

3 Willman G., «The Penguim Guide to Insurance», Harmondsworth, Penguin Books

4 Willman G., «The Penguim Guide to Insurance», Harmondsworth, Penguin Books

5 Willman G., «The Penguim Guide to Insurance», Harmondsworth, Penguin Books



http://fayllar.org
Yüklə 82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə