Raxmonova d. B



Yüklə 369,41 Kb.
səhifə1/5
tarix12.01.2023
ölçüsü369,41 Kb.
#98485
növüReferat
  1   2   3   4   5
Bolalar jamoasi






REFERAT


Bolalar jamoasi haqida tushuncha. Bola shaxsini tarbiyalashning shart- sharoitlari

Bajardi: RAXMONOVA D. B.

BUXORO-2022
Bolalar jamoasi haqida tushuncha. Bola shaxsini tarbiyalashning shart- sharoitlari
Reja :
1.Bolalar jamoasi haqida tushuncha.
2.Bola shaxsini tarbiyalashning shart - sharoitlari.
3 .Bolalar jamoasining shakllanishiga yorda m beruvchi omillar.


Jamoa ijtimoiy jamoaning bir qismi hisoblanib, kishidan ma’lum bir maqsad asosida intiladigan, harakat qiladigan, va о‘zi hamma kuch - xarakatini ijtimoiy faoliyat, mehnatga sarf qiladigan bо‘lishini talab etadi. Jamoani tushunish, uni his etish hamda shaxsni shakllantirishdagi о‘rni va rolini tug‘ri baholay olish, inson fikrini hurmatlash, jamoaning munosib a’zosi bо‘lishga intilish har bir shaxs uchun muhimdir. Bolalar jamoasini shakllantirish uzoq vaqtni talab etadigan murakkab jarayondir. Dastlab birgalikdagi faoliyat kо‘pincha dunyo bilan bog‘liq bulgan faoliyatga birlashadi. Bu birlashish beqaror, qisqa muddatli bо‘lib, tez buziladi Bunday dastlabki birlashishning birinchi tashkilotchisi tarbiyachidir. Chunki u bolalarga birgalikda о‘ynashni taklif etadi. Bolalardan bittasi о‘yinchoqlarni yuklasa. ikkinchisi tashiydi, uchinchisi yukni tushiradi. 4-5 qiz qо‘g‘irchoq bilan «Oila» о‘yinini о‘ynaydi, tarbiyachi esa, ularga rollarni taqsimlashda yordam beradi va h.k.
Tarbiyachi bolalarni bir guruhga birlashtirishda ularning о‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga oladi, chunonchi bitta guruhga serharakat va boshqasiga, passivroq bolalarni birlashtiradi.
Ikkinchi xususiyat bolalar jamoasining barqaror
bо‘lishini ta’minlashdir. Bu davrga kelib bolalar ancha
mustaqil hamda tashkilotchilik qobiliyatini eg‘allagan bо‘ladilar. Jamoada katnashuvchilar soni 8-10 kishiga yetib qoladi.
Birgalikdagi faoliyat jarayonida о‘yin va mehnatdan keng
foydalaniladi. Bu bosqichda tarbiyachining vazifasi hamma
bolalarda tashkilotchilik qobiliyatini shakllantirishdir. Mashg‘ulot о‘tkazayotgan jarayonda uning о‘zi hammaga kо‘rinib
turishi va ovozi balandroq va hamma uchun tushunarli bо‘lishi
kerak. Tarbiyachi shunday mashg‘ulot jarayonida о‘rtoqlarining
ishini tahlil qilishga jalb etish orqali bolalarni izlanuvchanlikka, haqiqatgо‘ylikka о‘rgatadi hamda bolalarning о‘z tengdoshlariga xayrixoh munosabatda bо‘lishini ta’minlaydi.
Bolalyr jamoasini shakllantirish axloqiy tarbiya bilan chambarchas bog‘liqdir. Bolalar о‘z xulqlarining jamoa manfaati bilan bog‘liqligi haqidagi bahoni eshitadilar. Bola jamoa fikri va bahsi bilan hisoblashsa, о‘zining jamoa uchun zarurlyatini sezsa, u bilan g‘ururlansa, umumiy hayotning yoqimli va quvonchli bо‘lishi uchun intilsa, bu jamoaning yetarli darajada shakllanganligidan dalolat beradi.
Bola kelishi bilan bolalar jamoasining a’zosi bо‘lib koladi, u boshqa bolalar bilan uynashi mehnat qilishi, kelishishi kerak bо‘lsa yon bosishi о‘rganib oladi.
Tarbiyachi har bir bolaning qobiliyatini alohida baholab borishi kerak.
Keyinchalik jamoada hayot tajribasining tо‘plapishi natijasida «men», «meniki» tushunchasining о‘rnini «biz», «bizniki» degan tushunchalar egallaydi. Bu esa bolalarning о‘zini jamoa a’zosi deb tushunib olganidan va о‘z shaxsi manfaatini umumiy maqsadga buysundira oladigan davridan boshlanadi.
Yaxshi о‘rtoq bulish,- bu boshqalar bilan о‘zini bir qatorda qо‘yishi, ular tо‘g‘risida g‘amxо‘rlik qilish, shu bilan birga sen yolg‘iz emassan, sen tо‘g‘ringda boshqalar ham о‘ylaydi, senga boshqalar ham g‘amxо‘rlik qiladi degan ma’noni anglatadi.
Bolalar jamoasini shakllantirish uchun ma’lum shart - sharoitlar zarur hisoblashadi. Bular:
bog‘cha xodimlarining о‘zaro xamjihat bо‘lishi;
bolalar hayotini tashkil etish;
о‘yinchoqlarning bolalar yoshiga, qiziqishiga mos kelishi hamda mikdor jihatdan ham bolalar soniga tо‘g‘ri kelishi;
bolalarda о‘zaro ahillik, g‘amxurlik, jamoatchilik, insoniylikni tarbiyalashga yordam beruvchi mashg‘ulotlar;
bolalar uchun har xil qiziqarli faoliyatlarni tashkil etib borish;

  1. oila bilan mustahkam aloqa о‘rnatish,

  2. bolalarga xulq - atvor meyorlari va qoidalarini о‘rgatib borish.

- bolalar о‘rtasida ijobiy xayrixohlik muhitini yaratish.
Demak, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar jamoasiga har doim katta odam rahbarlik qiladi. Bunda bolalarning harakatlari ma’lum tomonga yо‘naltiriladi, boshqariladi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda . jamoatchilik munosabatlarining boshlangich belgilari axloqiy sifatlarning murakkab guruhidir.
Bunga bolalarning dо‘stlashishi, birga о‘ynash va mehnat qilish xohishi, qobiliyati, boshqalarning xohishi qiziqishi bilan hisoblashishi, bir-biriga yordam bera olishi, topshiriqni vijdonan bajarishi, narsa va buyumlarni asrashi kabi axloqiy sifatlar majmuasi kiradi.
Bunday his - tuygu, tasavvur, tushunchalar bola shaxsining ijtimoiy yо‘naltirilgan hodda takllanishiga yordam boradi, bolada insonparvarlikning dastlabki namunalari shakllanishiga ta’sir etadi.
Bolalarda tarbiyalanadigan axloqiy xususiyatlar, xulh-atvor qoidalari orasida insonparvarlik muhim о‘rin tutadi. Insonparvarlik hissi axloq meyorlari va qoidalarini о‘rgatish asosida rivojlanadi. Buning uchun bolalarni yaxshi ishlarni qilishga о‘rgatib borish zarur. Tarbiyachi kichkina bolalarga ayrim xatti-harakatlarni syujetli о‘yinchoqlar bilan о‘ynash orqali kо‘rsatadi. Shuningdek, tarbiyachi bolalarni tengdoshlari bilan salomlashishga, hammalarini yangi kelgan kishining salomiga javob berishiga odatlantiradi, kasal bolaga xat yozishni, unga rasmlar yuborishni yoki telefon qilishni taklif etadi.
Bogchada bolalarning tug‘ilgap kunlarini nishonlash an’anasi о‘zaro munosabatlarga samimiylik kiritadi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda xarakterning irodaviy xususiyatlari о‘z oldiga maqsad qо‘yib, unga erishish uchun esa har qanday qiyinchilikni yengib, boshlangan ishni oxiriga yetkaza olish, biror ishdan о‘zinii tiya bilish, ishda dalillikni tarbiyalash zarurdir.
Bolalarning kayfiyati kо‘p jihatdan bog‘cha va uyda ular hayotining tashkil etilishi va mazmuniga bog‘liq. Sog‘lom bola kattalar singari о‘zining jismoniy kuchiga va umumiy rivojlanishi darajasiga qarab tо‘laqonli yashashga harakat qiladi. U xilma - xil kechinmalar, yangi tushuncha va tasavvurlarga tashna bо‘ladi. Buning uchun tarbiyachi bolalarni sira ishsiz va mashg‘ulotsiz qoldirmasligi kerak.
Bog‘cha yoshi davrida ta’lim - tarbiya ishi tо‘g‘ri amalga oshirib borilsa, bolalarda avvalo intizomlilikni shakllantirishga yordam beradi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda intizomlilikni va xulq madaniyatini tarbiyalashda quyidagi shart - sharoitlar muhim.
tarbiyachi ota - onalarning xulq madaniyati, ma’naviy yetukligi, obrо‘ –e’tibori hamda ularning о‘zaro munosabatlari;
bolalar yashaydigan xona asbob-anjomlarning tо‘g‘ri joylashtirilishi;
bolalar guruhida, ularning rivojlanishi, yosh xususiyatiga mos bо‘lgan о‘yinchoqlarning yetarli bо‘lishi, tarbiyalashda bolaning ongliligiga asoslanishi;
tarbiyachining bolalar guruhida iltifotlilik xarakterini shakllantirish, ularni va tozalik hamda ozodalikka о‘rgatib borishi.
Demak, ta’lim-tarbiya ishini tо‘g‘ri amalga oshirib borilsa, bolalarda bunday sifatlarning hammasi muyaaffaqiyatli shakllantiriladi.
Jamoa sо‘zi lotincha «kollektivus» suzining tarjimasi bо‘lib, yig‘ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh manolarini anglatadi. Yoki jamoa deganda kishilardan iborat guruh tushuniladi.

Jamoa va jamoa orqali tarbiyalash tarbiya tizimida alohida ahamiyat kasb etadigan tamoyillardan biridir. Bolaning har tomonlama rivojlanishi va shaxs sifatida shakllanishida jamoaning yetakchi о‘rin tutishi haqidagi fikr pedagogika faniniig rivojlanish davrlaridayoq bildirilgan.


Shuning uchun ham bolalar jamoasining rivojlanishi pedgagogik jihatdan boshqariladigash jarayondir. Jamoaga rahbarlik kilishning asosiy vazifasi pedagogik yondoshishning ilmiy asoslangan sistemasi yordamida jamoa a’zolarini tarbiyalab, voyaga yetkazishdai iborat. Jamoaning tarbiyaviy vazifalari uning a’zolari olib boradigan mazmunli, bilish, aloqa faoliyagi jarayonida amalga oshiriladi.
Jamoada bolalar eng avvalo muomala meyorlarini amalda
о‘zlashtiradilar, о‘z xatti-xarakatlarini boshqa odamlar manflatlariga muvofiq tarzda qо‘rishni, rejali va adolatli bо‘lishni о‘rganadilar.

Bolalar jamoasi turli yosh bosqichlarida muayyan xususiyatlarga ega bо‘lgan holda, tobora rivojlanib boruvchi tizimdir.

Maktabgacha tarbiya yoshda jamoaning dastlabki asoslari shakllanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar jamoasi bu bolalar bog‘chasidagi jamoa, turmush tarzi birgalikdagi faoliyat asosida bir -biriga bog‘lik maqsad, manfaat va kechiimalar bilan tarbiyachi rahbarligida birlashgan va uyushgan bolalar guruhidir.

Maktabcha tarbiya yoshdagi bolalar jamoasida tarbiyachi bosh tashkilotchi rolini о‘ynaydi va bolalarda asta – sekin jamoaning axamiyati haqida umumiy natijalarga erishishda birgalikda kuch-g‘ayrat sarflash quvonchi haqida har bir bolaning jamoa hayotidagi roli haqida tasavvur hosil qiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning umumiy quvonchli kechinmalari birgalikda qilingan maroqli faoliyat bolalar jamoasi rivojlanishning asosidir.

Maktabgacha tarbiya yoshi oxirlariga borgapda makabgacha yoshdagi bolalar guruhida tarbiya tо‘g‘ri yо‘lga quyilgan bо‘lsa, hamkorlik, о‘zaro yordam, mas’uliyatlilik kabi xususiyatlar namoyon bо‘ladi.

Shunday qilib, jamoa kishilarning muayyan guruhi bо‘lib, u ijtimoiy ahamiyatga ega bо‘lgan maqsad hamda mazkur maqsadni amalga oshirish uchun yо‘naltirilgan faoliyatni tashkil etadi. Ushbu guruh a’zolari о‘zaro birlik, a’zolarining munosabatlar jarayonidagi tenglik asosida unga rahbarlik qilish va bir biriga bo’ysunish jamoa oldidagi javobgarlik asosida muayyan faoliyatni olib boradilar. Jamoa va uni shakllantirish pedagogik faoliyatning maqsadi hisoblanadi. Jamoaning yetakchi tarbiyaviy vazifasi shaxsni har tomonlama tarbiyalash unda ijobiy sifatlarini hosil qilish mustahkam hayotiy vaziyatni qaror toptirishdan iborat.

Bolalar jamoasi tarbiyachi pedagog hamda bolalardan iborat jamoaning murakkab birlashmasi о‘z - о‘zini nazorat. О‘z -о‘zini boshqaruv jarayonini tashkil etuvchi mustaqil tizim, shuningdek, о‘zining psihologik muhitiga va an’analariga ega gurux hisoblanadi. Bugungi kunda pedagog olimlar (L.I Novikov va boshq.) bolalar jamoasi rivojlanish jarayonini tahlil qilar ekan, uni quyidagi uch jihatiga e’tibor boradilar:

A) Jamoani dastlabki shakllantirish.

V) Jamoani shakllantirish, uning har bir a’zosini individual rivojlantirish,

G) Tarbiyalanuvchilar amaliy faoliyatining doimiy ravishda murakkablashib borishi.

Tarbiyachi jamoa a’zolarining birgalikdagi faoliyatini tashkil etar ekan, jamoa a’zolarining ijobiy tajribaga qо‘shish imkonini beradigan о‘zaro munosabatlarini shakllantirishga ta’sir etadigan - shakl va metodlardan foydalanadi.

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar jamoasi mashg‘ulotlarning umumiyligi va о‘zaro munosabatlarning muayyan tizimi tufayli birlashgan bolalar guruhidir. Uning shakllanishi butun tarbiyaviy jarayonning natijasi bо‘lib, tarbiyalanuvchilar hayoti va faoliyatini tо‘g‘ri tashkil etishga bog‘liq bо‘ladi.


Demak, inson xulqidagi ijobiy sifatlardan biri kishilar jamoasiga qо‘shila olish va о‘sha jamoa a’zolari orasidan munosib о‘rin olishdir. Bu har bir kishidan yuqori saviya va odob - axloqni talab etadi.

Kishining odobi, bilimi, jismoniy kamoli, jamoa ichida tez kо‘rina boshlaydi.

Bola yoshligidan boshlab о‘zida boshqalar bilan, bolalar jamoasi bilan muloqotga extiyoj sezadi. Ammo kichkina bola jamoani о‘zi tanlay olmaydi. U biron jamoaga sharoit taqozosi bilan kelib qoladi.

Bola yashayotgan jamoa jozibali etib tashkil qilinsa bola
bunday jamoada о‘zini erkin sezishi mumkin. Buning uchun esa
jamoa - mazmunan boy, undagi о‘zaro munosabatlar insonparvarlikka asoslangan bо‘lishi muhim. Jamoani shakllantirshda jamoa a’zolari va ularning faoliyatlariga qо‘yiladigan yagona talablar muhim ahamiyat kasb etadi.

Ayniqsa, bolalar tomonidan о‘z - о‘zini boshqarish jamoa a’zolaridan ayrimlari boshqasidan ustun kelishiga yо‘l qо‘ymasligi kerak.

Shu bois tarbiyachi bolalarni maqsadga muvofiq faoliyat yuritishini nazorat qilib borishi lozim.

Demak, tarbiyachi bola bilan amalga oshiradigan yakka tarbiyadagi ishlarni uyushtirishda ma’lum shart - sharoitlarga rioya qilishi lozim. Masalan, yakka tarbiyadagi suxbatlar, mashg‘ulotlar, rasm va kitoblarni kо‘rish, didaktik о‘yinlar ertalabki soatlarda, sayrda kechki soatlarda о‘tilsa, maqsadga muvofiq bо‘ladi.



Bolalar bilan kanday ishlar olib borishumumiy rejasida kо‘rsatilishi kerak. Olib borgan kuzatishlari
natija va xususiyatlarini tarbiyachi о‘zining kundalik daftariga yozib boradi.

Yüklə 369,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə