Rayonlashtirilgan sarimsoq navlari yetishtirish texnologiyasi. Reja



Yüklə 89,88 Kb.
səhifə1/2
tarix29.04.2022
ölçüsü89,88 Kb.
#86164
  1   2
Rayonlashtirilgan sarimsoq navlari yetishtirish texnologiyasi


Rayonlashtirilgan sarimsoq navlari yetishtirish texnologiyasi.

Reja:

1. Sarimsoq yetishtirish texnologiyasi.

2. Sarimsoq navlari

3. Kasallik zararkunanlalari
Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar: Mayskiy Vir va Yujno fioletoviy.

Urug‘ tanlash. Ekiladigan piyozboshchalari yuqori unuvchan, kasalliklardan holi, sinmagan, vazndor bo‘lishi zarur. Sarimsoq sovuqqa chidamli o‘simlik. U 3–5 oS haroratda unib chiqadi. 7–8 oS gacha bo‘lgan sovuqqa chidaydi.

Yer tayyorlash. Dastlab maydon o‘tmishdosh ekin qoldiqlari va begona o‘tlardan tozalanadi.  1 sotixga 150–200 kg (10 sotixga 1,5–2 t) chirigan go‘ng solinadi. Yer 20–25 sm chuqurlikda yumshatilib, yirik kesaklar maydalangach, yaxshilab tekislanadi va sug‘orish egatlari olinadi.

Urug‘ ekish muddati. Sarimsoq kuzda – sentyabr–oktyabrning boshlarida ekiladi. Bundan kechiktirib ekilsa, kuzda yaxshi ildiz olishga ulgurmaydi, oqibatda qishki past haroratdan va turli kasalliklardan zararlanadi. Urug‘lar sepilgandan keyin xaskash bilan tuproqqa aralashtiriladi.

Parvarishlash. Tuproq turiga qarab sarimsoq ekilgan yerga 10 sotixga sof holda 10–15 kg azot, 10–12 kg fosfor va 5 kg kaliy o‘g‘iti solinadi. Sarimsoq ekiladigan yerga yangi go‘ng solish yaramaydi, chunki bu hosilning yetilishini kechiktiradi va u yaxshi saqlanmaydi.

Sarimsoq pallalari yirik-maydaliliga qarab 10 sotix yerga 100–150 kg hisobidan ekiladi. Sarimsoq pallalari yirik va ekish me’yori ortishi bilan hosildorlik ham yuqori bo‘ladi. 2–3 qator qilib ekilganda lentalar orasi 50–60 sm, lentalardagi qatorlar orasi 10–15 sm, qatordagi o‘simliklar orasi 6–8 sm bo‘ladi va chuqurligi 3–4 sm qilinadi.

Sarimsoq kuzda, sovuq tushguncha 1–2 marta sug‘oriladi, bahor-yozda o‘simliklarni 5–6 marta sug‘orish, qator oralarini yumshatish, begona o‘tlarni yo‘qotish, chopiq qilish, gulpoyalarini sindirib tashlash, mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish va chirindi bilan mulchalash hosildorlikni ancha oshiradi.

Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish. Piyoz pashshasi, tamaki tripsi, kuzgi tunlam kabi zararkunandalarga qarshi kurashda 10 sotix miydonga Karate 5% em.k. (40 ml),  Mospilan 20% n.kuk. (25–30 ml) preparatlari qo‘llaniladi.

Kasalliklardan soxta un shudring, ildiz chirish, mozaika, sarg‘ayish, bo‘g‘in chirish kasalliklariga qarshi urug‘larni qizdirish, kasallangan o‘simliklarni yo‘qotish, kasalliklariga qarshi 1 foizli Bordo suyuqligi (mis sulfati bo‘yicha 6–8 kg/ga), Topaz 10% em.k. (12,5–15 ml) yoki Kurzat R n.kuk. (200–250 g) preparatlaridan birortasini 60 litr suvda aralashtirib purkash tavsiya qilinadi.



Hosilni yig‘ishtirish. Sarimsoq hosilini iyun-iyul oylarida yig‘ishtirib olish kerak, aks holda uning pallalari bir biridan ajralib ketadi, hosil nobud bo‘ladi, tovarbopligi hamda saqlashga yaroqliligi pasayadi. Hosil belkurak bilan yerdan ko‘tarilib, qo‘l bilan terib olinadi, keyin quritiladi. Bargi va gulpoyasi bo‘g‘inidan 3–5 sm qoldirilib kesib tashlanadi, piyozlari mayda-yirikligiga qarab saralanadi. Sarimsoq ekish uchun ajratilgan maydon birinchi ekindan bo‘shagandan so‘ng to‘yintirib sug‘oriladi. Yer sug‘orilgach, 7-8 kun mobaynida barcha begona o‘tlar urug‘i unib chiqadi. Keyin yerni PN–3-35 markali plug bilan 28-30 sm. chuqurlikda haydaladi. Yerni shudgorlashdan oldin 20-30 tonna chirigan go‘ng va mineral o‘g‘itlarga fosforli o‘g‘itning 75%i, kaliyli o‘g‘itning hammasi solinib, yer ag‘darib haydaladi. Shudgor qilingandan so‘ng 16-18 sm. chuqurlikda chizellanadi, keyin borona va mola bosiladi. Yerni ekishga tayyorlash bilan bir vaqtda begona o‘tlarga qarshi gerbitsidlarni sepish maqsadga muvofiqdir. Bunda ko‘p yillik begona o‘tlarga qarshi shudgorlashdan oldin gektariga 40 kg. dan dalapon preparatining 80%li eritmasi sepiladi. Bir yillik begona o‘tlarni yo‘qotishda esa diktol preparati gektariga (ta’sir etuvchi modda miqdorida) 12 kg. sepiladi. So‘ngra ekish sxemasiga mos ravishda egatlar olinib, urug‘lik sarimsoq ekishga tayyorlanadi. Nav namunalari O‘zbekiston sharoitida sarimsoqdan yuqori sifatli hosil olish uchun navlarni to‘g‘ri tanlash – mo‘l hosil yetishtirish garovi. O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jalik ekinlari Davlat reestriga kiritilgan sarimsoq navlarining tavsifi quyidagi jadvalda keltirilgan. "Mayskiy VIR" va "Yujno-fioletovыy" navlari respublikamizning barcha viloyatlarida bir qancha yillardan buyon ekib kelinadi. Har ikki nav ham kuzgi muddatda yetishtirishga moyil, gulpoya hosil qiluvchi navlar hisoblanadi. "Mayskiy VIR" – ertapishar nav, ammo piyoz boshlari yetilishi bilanoq yig‘ishtirib olinishi maqsadga muvofiq. Chunki bu ish kechiktirilsa, hosil yig‘ishda sarimsoq boshlari pallalariga ajralib, sochilib ketadigan bo‘lib qoladi, hosil sifati pasayadi. "Yujno-fioletovыy" – kechpishar nav, saqlanishi yaxshi. 2016 yili sarimsoqning "Chidamli" navi Surxondaryo viloyatida ekish uchun Davlat reestriga kiritildi. Ushbu nav ham ertapishar, hosildorligi gektariga 28-30 tonnani tashkil etadi. Ekish muddati va usullari Sarimsoqning aksariyat navlari erta, kuzgi va qish oldi (to‘qsonbosti) muddatlarda ekiladi. Ammo bahorda ekilishida yaxshi rivojlanadigan (bahorgi) navlari ham mavjud. Kuzgi navlar serhosil hisoblanadi. Sarimsoq kuzda, sentabr-oktabrning boshlarida ekiladi. Bundan kechiktirib ekilsa, kuzda yaxshi ildiz olishga ulgura olmaydi. Shu sababdan qishki sovuqlardan va kasal- "Yujno-fioletovыy" navi 24 100 kitob to‘plami liklardan shikastlanib, hosili kamayadi. Sarimsoqpiyoz asosan pallasidan ekiladi. Ekishdan uchto‘rt kun oldin pallalarga ajratiladi, saralanadi, kasallangan, ezilgan hamda maydalari ajratib tashlanadi. Sarimsoqni o‘rtacha va o‘rtachadan kattaroq, ya’ni og‘irligi 2-6 g. dan kam bo‘lmagan pallalari ekiladi. Shuni aytish kerakki, qancha yirik pallalar ekilsa, hosil shuncha yuqori bo‘lishi tajribalarda isbotlangan. Parvarishlash Ekish tugatilishi bilan sug‘orish egatlari tiklanib, o‘q ariqlar olinadi va maysalatish suvi beriladi. Sarimsoqning 1-2 bargi ko‘rinishi bilanoq qator oralarini yumshatish va begona o‘tdan tozalash, chopiq qilish kerak bo‘ladi. Sarimsoq qish mavsumiga kirgungacha o‘simlikning yer ustki va ostki qismlari kuchli rivojlanib ulgurishi, uning qattiq xatarli sovuqlarga chidamliligini oshiradi. Shuning uchun kuzdagi parvarish muhim bo‘lib, sarimsoq maysalaydi va maysalashidan keyinroq tuproq yuzasini yengil (5-6 sm.) chopiq qilish orqali begona o‘tlar yo‘qotiladi. Odatda, birinchi chopiqdan so‘ng yana sug‘oriladi, keyingi chopiq chuqurroq, ya’ni 8-10 sm. qilib qo‘lda chopiladi, begona o‘tlardan tozalanadi va o
‘simliklarni tuproq bosmasligi uchun egatlar olinadi. Sarimsoqqa KRN-4,2 kultivatori bilan ikki-uch marta 12-15 sm. chuqurlikda ishlov berish ham samaralidir. O‘sish davrida 4-6 marta chopiq o‘tkaziladi (har bir sug‘orishdan so‘ng). Sarimsoqni chirindi bilan mulchalash ham hosildorlik ortishiga sabab bo‘ladi.

Saqlash. Urug‘lik uchun saqlanayotgan sarimsoqqa ta’sir etadigan harorat uning o‘sishi va rivojlanishiga turlicha ta’sir etadi. Sarimsoq yuqori haroratli xonalarda saqlanib, so‘ng ekilsa, hosilining yetilishi kechikadi, past haroratda 36 100 kitob to‘plami saqlanganda esa bu xususiyatlarning aksi kuzatiladi. Sarimsoq kichik omborlarda saqlanadi va havo harorati ham nazoratga olinadi. Kichik omborlarda muhofaza davomiyligi kamayadi va katta hajmda og‘irlik va sifat yo‘qotishlari kuzatiladi. Sarimsoqni 0 daraja issiqlikda 60-70% namlikda 6-8 oy davomida 5-10% yo‘qotish bilan saqlash mumkin. 0 darajada saqlangan sarimsoq pallalari yumshashi va vazni kamayishi kuzatiladi. Urug‘lik sarimsoqni harorati - 3 dan +3 darajagacha bo‘ladigan maxsus xonalarda saqlab, so‘ng ekilsa, piyozboshi 60-80, harorati +20-25 0 S bo‘lgan joylarda saqlab ekilganlarning hosili esa 90-120 kundan so‘ng yetadi. Sarimsoq 20-25 sm. qalinlikda yoyib yoki sig‘imi 10-12 kilogrammli idishlarda saqlanadi. Sarimsoq harorat 1-3 0 S, havo namligi 75-80% bo‘lganda yaxshi saqlanadi. Sarimsoqni bundan yuqori haroratda (16-20 0 S) saqlash mumkin, lekin havo namligi 60-70 % dan oshmasligi shart.




Yüklə 89,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə