Reabilitatsiya markaziga EGA bo‘lgan davlat ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan o‘zbekiston respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish


-bob. Ixtisoslashtirilgan tashkilotning tibbiy-psixologik-pedagogik kengashi



Yüklə 61,87 Kb.
səhifə18/19
tarix17.05.2022
ölçüsü61,87 Kb.
#87164
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
510 qaror

12-bob. Ixtisoslashtirilgan tashkilotning tibbiy-psixologik-pedagogik kengashi

79. Ixtisoslashtirilgan tashkilotda tibbiy-psixologik-pedagogik kengashi tuziladi va faoliyat olib boradi, Ixtisoslashtirilgan tashkilot direktori uning raisi va o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, davolash ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, psixolog, pedagog hamda tibbiyot xodimlari uning a’zolari hisoblanadi.

80.Tibbiy-psixologik-pedagogik kengash:

bola Ixtisoslashtirilgan tashkilotning ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotiga qabul qilinganda uning o‘ziga xos va yosh xususiyatlarini, sog‘lig‘i holati va rivojlanish darajasini hisobga olib korreksion-pedagogik hamda reabilitatsiya tadbirlarini o‘tkazish yuzasidan yakka tartibdagi yo‘nalishni ishlab chiqadi;

o‘quv yili davomida 3-marta (sentyabr, yanvar va mayda) ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot tarbiyalanuvchilarini tekshiradi;

yakka tartibdagi yo‘nalishni amalga oshirish jarayonida bola rivojlanishi dinamikasini aniqlaydi va zarurat bo‘lsa, unga o‘zgartishlar kiritadi;

korreksion-pedagogik va reabilitatsiya tadbirlari natijalari, bolaning o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish ko‘nikmalari darajasi va ijtimoiy moslashuv dinamikasi, ta’lim-tarbiya dasturlarini o‘zlashtirishi monitoringini olib boradi va baholaydi;

bola ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda bo‘lgan muddat davomida uni Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaga qayta tekshiruvga yuborish zarurati haqidagi masalani ko‘rib chiqadi;

Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosasida ko‘rsatilgan bolaning bo‘lish muddati tugashidan kamida bir oy oldin bolaning qonuniy vakillarini tarbiyalanuvchining ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda bo‘lish muddati tugaganidan xabardor qiladi hamda ushbu tashkilotlarda bo‘lishini davom ettirish yuzasidan uni Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaga tekshiruvga yuboradi;

tarbiyalanuvchilarni tekshirish ma’lumotlari yoki korreksion-pedagogik va reabilitatsiya tadbirlari natijalarining ijobiy dinamikasi asosida Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosasida ko‘rsatilgan bo‘lish muddati tugashigacha tarbiyalanuvchini ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotidan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish huquqiga ega;

Ixtisoslashtirilgan tashkilotning reabilitatsiya markazida ambulator sharoitida belgilangan davolash kursi doirasida reabilitatsiya muolajalarini olishga yuborilgan bolalarni yakka tartibda tekshiradi va bolaning o‘ziga xos va yosh xususiyatlariga, sog‘lig‘i holatiga va rivojlanish darajasiga qarab korreksion-pedagogik va reabilitatsiya tadbirlarini tayinlaydi; bola korreksion-pedagogik va reabilitatsiya muolajalarini vaqti va davriyligi bilan olishi to‘g‘risida tavsiyalar ishlab chiqadi;

bolaning qonuniy vakillari roziligi bilan bola Ixtisoslashtirilgan tashkilot xostelida yashashi uchun u ambulator sharoitida belgilangan davolash kursi doirasida reabilitatsiya muolajalarini olishi zarurligi va uning davomiyligi haqida xulosa beradi.




Yüklə 61,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə