Reabilitatsiya markaziga EGA bo‘lgan davlat ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan o‘zbekiston respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish



Yüklə 61,87 Kb.
səhifə19/19
tarix17.05.2022
ölçüsü61,87 Kb.
#87164
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
510 qaror

13-bob. Yakunlovchi qoidalar

81. Ixtisoslashtirilgan tashkilotda siyosiy partiyalar va diniy muassasalarning tashkiliy tuzilmalari tashkil etilishiga va faoliyatiga yo‘l qo‘yilmaydi.

82. Ixtisoslashtirilgan tashkilotda xalqaro hamkorlik, pedagogik axborot va tajriba almashish, pedagog va tibbiyot xodimlari amaliyotini o‘tkazish va malakasini oshirish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.”.

2. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-yanvardagi 10-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida nizomning 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“9. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ishlayotgan quyidagilarning lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi:

davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari, pedagog va tibbiyot xodimlari hamda tarbiyachi yordamchilari;

qo‘shma tipdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlar bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan guruhlarda ishlaydigan pedagog va tibbiyot xodimlari va tarbiyachi yordamchilari;

reabilitatsiya markaziga ega bo‘lgan davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari, pedagog va tibbiyot xodimlari, hamda tarbiyachi yordamchilari”

3. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatining 551-pozitsiyasidagi “muassasalarini” va “muassasalari” so‘zlari tegishli ravishda “tashkilotlarini” va “tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.

4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” 2017-yil 18-dekabrdagi 991-son qarorida:



2-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin:

“2021-yil 1-iyuldan boshlab davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga (oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bundan mustasno) foydalangan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari narxining 50 foizi miqdorida Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan oylik kompensatsiyalar to‘lab berilsin.”;

ilovaning 2-bandiga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin:

“Davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga (oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bundan mustasno) foydalangan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari narxining 50 foizi miqdorida Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan oylik kompensatsiyalar to‘lab beriladi.”.

5. Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sherikchilik munosabatlarini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 19-maydagi 378-son qarorida:

1-bandda:

uchinchi xatboshidagi “50 foizidan” so‘zlaridan keyin “, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi PQ-5144-son qarori bilan tasdiqlangan olis va chekka hududlarda 75 foizidan” so‘zlari qo‘shilsin;

quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi qo‘shilsin:

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi PQ-5144-son qarori bilan tasdiqlangan olis va chekka hududlarda joylashgan davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” yoki “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning har bir tarbiyalanuvchi farzandlari uchun mazkur daftarlar jamg‘armalari hisobidan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasining 25 foizi miqdorida subsidiya to‘lanadi. Bunda, mazkur subsidiya ushbu bandining uchinchi xatboshidagi subsidiyaga qo‘shimcha ravishda to‘lanadi.”;

2-ilovaning 5-bandi ikkinchi xatboshisidagi “elektr energiya va tabiiy gaz xarajatlari” so‘zlari “elektr energiya va tabiiy gaz xarajatlarining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan kompensatsiya to‘lanmagan 50 foizli qismi” so‘zlari bilan almashtirilsin.

6. Vazirlar Mahkamasining “Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari hamda oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati bo‘yicha ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risida nizomlarni tasdiqlash haqida” 2018-yil 30-iyuldagi 595-son qarorida:

1-bandda:

uchinchi xatboshidagi “25” raqami “50” raqami bilan almashtirilsin;

to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risida nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.”;



1-ilovada:

7-bandga quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar qo‘shilsin:

“tarbiyalanuvchilar sonidan kelib chiqib 4 nafargacha tarbiyachi va yordamchilarni yollash;

davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan tartibda tashkilotning rahbari va xodimlarining malakasini oshirish;”;

uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;

8-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“8. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari ta’lim faoliyatini o‘ziga tegishli uyda (turar joy), bitim muddati davomida amal qilish sharti bilan notarial tasdiqlangan ishonchnoma yoki davlat organlaridan ro‘yxatdan o‘tgan ijara shartnomasi asosida yoxud qonunchilikda belgilangan boshqa asoslarga ko‘ra foydalanish mumkin bo‘lgan turar va noturar joylarda amalga oshirish huquqiga ega.”;

10-bandning ikkinchi xatboshisidagi “hokimliklari tomonidan berilgan belgilangan shakldagi ruxsatnoma nusxasi,” so‘zlari “maktabgacha ta’lim bo‘limlariga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalangan holda berilgan xabarnoma va uning qabul qilinganligi to‘g‘risida tasdiqnoma nusxalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;



11-banddagi “12” raqami “50” raqami bilan almashtirilsin;

13-bandga quyidagi mazmundagi oltinchi va o‘n uchinchi xatboshilar qo‘shilsin:

“Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlariga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalangan holda berilgan xabarnomani qabul qilinganligi haqida tasdiqnomani olgan kundan boshlab ta’lim faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi. Bunda, oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xabarnomaga quyidagi hujjatlar nusxasini ilova qiladi:

guvohnoma;

davlat-xususiy sheriklik bitimi;

yong‘in nazorati organlarining mavjud binolar va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablariga mosligi haqidagi xulosasi;

sanitariya-epidemiologiya nazoratining mavjud binolar va xonalarning gigiyena qoidalari, normalari va normativlariga mosligi haqidagi xulosasi;

oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyaviy-ta’lim faoliyatini olib borayotgan pedagogika xodimi oliy yoki o‘rta maxsus pedagogik ma’lumotiga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjat;

sog‘liqni saqlash organlari bilan tuzilgan shartnoma.

Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining o‘z tashabbusi bilan faoliyatini to‘xtatishi ham tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlariga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalangan holda xabarnoma berish tartibida amalga oshiriladi.”;

18-bandning uchinchi xatboshisidagi “25” raqami “50” raqami bilan almashtirilsin;



23-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“23. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan tuzilgan bitimga asosan tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 70 foizi miqdorida ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarning farzandlarini va maxsus kontingentlarni o‘qitish, ular uchun kamida 3 yil davomida ota-onalar to‘lovining imtiyozli hajmlarini (shu joydagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan hajmlardan oshmaydigan miqdorlarda) belgilaydi. Bunda, boquvchisini yo‘qotgan ayollar farzandlarini o‘qitish bepul amalga oshiriladi.”;

38-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“Maktabgacha ta’lim vazirligi maktabgacha ta’lim boshqarmalari orqali oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati uchun zarur bo‘lgan o‘quv materiallari bilan davlat budjetidan ushbu xarajatlar uchun ajratilgan maqsadli mablag‘lar doirasida bepul ta’minlaydi. Mazkur jihozlar va o‘quv materiallaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish va ularning saqlanishiga oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti javob beradi.”;



40-bandda:

ikkinchi xatboshiga “tarbiyachi va yordamchi” so‘zlaridan oldin “yollangan (Toshkent shahri, Nukus shahri va viloyatlar markazlarida — 2 nafargacha, boshqa hududlarda — 4 nafargacha)” so‘zlari qo‘shilsin;

quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi qo‘shilsin:

“boquvchisini yo‘qotgan ayollar farzandlarining ota-onalar badali to‘lovlarini tegishli hududdagi 9 soatlik davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan miqdorlarda qoplash.”;

2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

7. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-noyabrdagi 944-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiy sherikka tegishli yer va bino-inshootlarda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish shaklidagi davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:



2-bandda:

sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“ijtimoiy ko‘makka muxtoj oilalar — kam ta’minlangan oilalar, a’zolari nogironligi bo‘lgan shaxslardan iborat bo‘lgan oilalar, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, bolaning ota-onasi kvotalar bo‘yicha mintaqalarga taqsimlangan ijtimoiy soha xodimlari bo‘lgan oilalar, to‘rt yoki undan ko‘p bolalari bo‘lgan oilalar;”;

quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi xatboshi qo‘shilsin:

“maxsus kontingent — harbiy xizmatchilarning va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining bolalari, maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari va davlat umumta’lim maktablari pedagog xodimlarining bolalari.”;



7-bandda:

uchinchi xatboshidagi “50 foizidan” so‘zlaridan keyin “, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi PQ-5144-son qarori bilan tasdiqlangan olis va chekka hududlarda 75 foizidan” so‘zlari qo‘shilsin;

quyidagi mazmundagi to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar qo‘shilsin:

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi PQ-5144-son qarori bilan tasdiqlangan olis va chekka hududlarda joylashgan davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” yoki “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning har bir tarbiyalanuvchi farzandlari uchun mazkur daftarlar jamg‘armalari hisobidan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasining 25 foizi miqdorida subsidiyalar olish;

davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga foydalangan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari narxining 50 foizi miqdorida Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan oylik kompensatsiyalar olish;”;



to‘rtinchi — oltinchi xatboshilar tegishli ravishda oltinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;

8-bandda:

ikkinchi xatboshidagi “ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarining farzandlarini” so‘zlaridan keyin “va maxsus kontingentlarni” so‘zlari qo‘shilsin;

o‘n ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.

8. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 361-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 2-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.



9. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchaning 16-bandi o‘ttiz birinchi — o‘ttiz to‘rtinchi xatboshilari chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Yüklə 61,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə