Referat I mavzu: O’zbekistonda Respublikasida ommaviy axborot vositalarining faoliyati


Mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga soluvchi



Yüklə 296,78 Kb.
səhifə5/14
tarix24.12.2023
ölçüsü296,78 Kb.
#159794
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
referat axb

Mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga soluvchi qonunlarning qabul qilinishi. Mamlakatimizda so‘z erkinligini ta’minlash, axborot va ommaviy kommunikatsiyalar sohasini boshqarish tizimini qayta tashkil qilish, ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy rivojlanishning muammoli masalalarini hal etishda ommaviy axborot vositalarining rolini oshirish bo‘yicha sezilarli ishlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, sohadagi hozirgi holat tahlili media makonda yuzaga kelayotgan chaqiriqlarga tezkorlik bilan munosib javob qaytarilmayotganini ko‘rsatib, mamlakatda amalga oshirilayotgan ulkan miqyosdagi islohotlar to‘g‘risidagi keng qamrovli ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etish bo‘yicha jamiyat ehtiyojlari axborot sohasidagi ishlarni sezilarli darajada oshirishni, davlat organlari va tashkilotlarining axborot xizmatlari, ommaviy axborot vositalarining faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishni taqozo etmoqda.
Ommaviy axborot vositalarining faoliyati uchun maksimal darajada qulay sharoitlar yaratish, davlat va jamiyat o‘rtasida sifatli muloqotni yo‘lga qo‘yish, aholiga islohotlarning maqsadi, vazifalari va natijalari haqida tezkor, xolis va to‘liq axborot yetkazish, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati shaffofligini oshirish, shuningdek, ularning jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini va axborot xizmatlari faoliyatining samaradorligini tubdan yaxshilash maqsadida:
1. 2019-yil 1-oktabrdan e’tiboran shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq bolalar adabiyotlari, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mo‘ljallangan mahsulotlar chop etishga ixtisoslashgan nashriyotlar noshirlik faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berganlik uchun davlat boji to‘lashdan ozod qilinadi. Oldingi tahrirga qarang.
2. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik va aholini xabardor qilish sohasidagi faoliyati qoniqarsiz deb topilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Quyidagilar davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik idora, muassasa hamda boshqa davlat va nodavlat tashkilotlarining (keyingi o‘rinlarda — davlat organlari va tashkilotlari) axborot xizmatlari, matbuot markazlari, jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha xizmatlarining (keyingi o‘rinlarda — axborot xizmatlari) asosiy vazifalari etib belgilansin. davlat organlari va tashkilotlari faoliyati haqida ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlari, shuningdek, boshqa axborot resurslari orqali, shu jumladan matbuot anjumanlari, brifinglar, mediaturlar tashkil etish yo‘li bilan aholiga muntazam, to‘liq va tezkor ravishda axborot taqdim etib borish;
davlat organlari va tashkilotlarida mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy taraqqiyoti jarayoni haqida axborot berish va yoritish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
davlat organlari va tashkilotlarining ijobiy imijini shakllantirish va ilgari surish, ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish va boshqa shakllarda jamoatchilik fikrini o‘rganish;
axborot siyosati sohasida zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) bilan samarali amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik qilish, axborot xizmatlari bilan doimiy ishlovchi jurnalistlar va blogerlar doirasida tezkor ma’lumotlarni tarqatish, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilishda keng aholi qatlamlarining ishtirokini ta’minlash maqsadida ekspertlar guruhini shakllantirish;
muntazam ravishda ommaviy axborot vositalarida davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining chiqishlarini tashkil etish;
axborot makoni monitoringini olib borish va tahlil qilish, tanqidiy va keng muhokama qilinayotgan axborot xurujlariga tezkor munosabat bildirish, ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘ida tegishli davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga aloqador axborotni tarqatish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish;
davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari orqali tarqatish uchun xabar, ma’lumot, sharh va boshqa axborot-tahliliy materiallar tayyorlash; davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati to‘g‘risida jamoatchilik fikrini, milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining pozitsiyasini o‘rganish, dolzarb takliflar ishlab chiqish va ular to‘g‘risida davlat organlari va tashkilotlari rahbariyatiga axborot berib borish;
davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini xorijiy ommaviy axborot vositalarida sifatli yoritish maqsadida vakolatli vazirliklar va idoralar orqali O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarini, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalarini axborot materiallari (bosma mahsulotlar, foto-, audio-, videomateriallar va h.k.) bilan ta’minlash;
davlat organlari va tashkilotlarining vakolatiga kiruvchi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari hamda ularning tasdiqlangan matnlarini belgilangan tartibda o‘z rasmiy veb-saytlarida joylashtirish;
davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatiga aloqador matnli, foto-, audio- va videomateriallardan iborat ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yangilab borish.
4. Belgilab qo‘yilsinki: a) davlat organlari va tashkilotlarining axborot xizmatlari xodimlari ustuvor ravishda jurnalistika sohasida oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar orasidan lavozimga tayinlanadi;
b) davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlari:
bir vaqtning o‘zida davlat organi va tashkiloti rahbarining matbuot kotibi hisoblanib, axborot siyosati masalalari bo‘yicha rahbarning maslahatchisi maqomiga ega bo‘ladi hamda mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shartlariga ko‘ra davlat organi va tashkiloti rahbarining o‘rinbosariga tenglashtiriladi;
tegishlicha Agentlik yoki uning hududiy bo‘linmalari xulosasini hisobga olgan holda lavozimga tayinlanadi;
har uch yilda Agentlikda attestatsiyadan o‘tadi;
v) davlat organlari va tashkilotlarining markaziy apparatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari tuzilmalarida axborot xizmati nazarda tutilishi shart.

  • Davlat organlari va tashkilotlarining markaziy apparatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklaridagi axborot xizmatlari xodimlarining soni, qoida tariqasida, ularning shtat birliklari doirasida shakllantiriladi hamda matbuot kotibi bilan bir qatorda ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan aloqalar, veb-resurslar va ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash uchun mas’ul xodimlardan iborat bo‘ladi. Davlat organlari va tashkilotlarining markaziy apparatlaridagi axborot xizmatlari xodimlarining soni tegishli idora faoliyatining o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda uning rahbari tomonidan belgilanadi.
    Davlat organlari va tashkilotlarining idoraviy va hududiy bo‘linmalari axborot xizmatlari faoliyatini tashkil etish tegishli idoralarning ehtiyojidan kelib chiqib belgilanishi mumkin.

  • Mustaqillik e'lon qilinishi bilan jamiyat va davlat, matbuot, radio, telvidenie va axbot agentliklariga kata e'tibor qaratdi. O'tgan asr 90-yillari boshlarida 200 atrofida davriy nashrlar mavjud bo'lsa, bugungi kunda ularning miqdori 1000ga etdi. Jumladan, 680 gazeta, 194-jurnal, 4-milliy teleradiokompani-ya, 34-teleradio, 7- kabelli audiovizual OAV, 4-axboriy agent-lik. Jurnalistika maxsulotlari tobora yuqori texnologiyalarga ega bo lib bormoqda.

  • Yuqorida ko'rsatilgan OAVni davlat va nodavlat OAVlari tashkil etadi.

  • O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida OAVlariga maxsus o'rin ajratilgan. Ularning muvoffaqiyatli va to laqonli faoliyat ko'rsatishi uchun qonunchilik bazasi yaratilgan. Jurnalistikaning jamiyatdagi maqomini oshirish maqsadida davlat miqyosida bir qator takdbirlar amalga oshirilgan.

  • 1996 yildan boshlab O'zbekiston jahon Internet tarmog'iga kirdi. 2006 yilga kelib bu butunjahon to ridan foydalanuvchilar esa 1mln. 150 000 kishini tashkil etdi.

Bugungi kunda ko'plab ommaviy axborot kanallari Internetda o'z versiyalariga ega. elektron gazetalar paydo bo'ldi. Bir so'z bilan aytganda bizning OAVlarimiz butunjahon jurnalistikasi tizimiga kirib bormoqda.


  • Bugungi kunda ko'plab ommaviy axborot kanallari Internetda o'z versiyalariga ega. elektron gazetalar paydo bo'ldi. Bir so'z bilan aytganda bizning OAVlarimiz butunjahon jurnalistikasi tizimiga kirib bormoqda.

  • Hozir nafaqat bizning auditoriyamiz chet el OAVlari bilan tanisha oladilar, balki chet el auditoriyasi ham Internet orqali bizning gazeta va jurnallarimiz bilan tanisha oladilar. Ya'ni, bunday holat jamiyatimizni yanada yorqinroq va ochiqroq qilib bormoqda. endilikda chet el

  • manfaatdor institutlari va doiralari bizdagi jarayonlar haqida o'zlari xulosa chiqara oladilar va o'zlari vaziyatni oldindan ko'ra oladilar, jamiyaitimiz taraqqiyoti stsenariysini tuza oladilar.

  • Bularning hammasi O'zbekiston Respublikasi axborot kanallariga mas’uliyat yuklaydi. Tahririyat jamoalari OAV ta'sischilari hayotimizning o’riqli jihatlarini o'zlari ko tarib chiqmasalar, mavjud ziddiyatlarning xal etilishiga yordam berishga intilmasalar, buni birinchi galda opponentlarimiz amalga oshirishlari mumkinligini anglab etishlari kerak.

Kelib chiqadiki, matbuot o'z hayoti bilan, auditoriya o'z hayoti bilan yashamokda. Matbuot jamiyatni qadrlashga intilmas ekan, uni fikrlashga undamas ekan, uning vijdoniga aylanishga harakat kilmas ekan, u hech qachon jamiyatning talabiga aylana olmaydi.


  • Kelib chiqadiki, matbuot o'z hayoti bilan, auditoriya o'z hayoti bilan yashamokda. Matbuot jamiyatni qadrlashga intilmas ekan, uni fikrlashga undamas ekan, uning vijdoniga aylanishga harakat kilmas ekan, u hech qachon jamiyatning talabiga aylana olmaydi.

  • Matbuotimizning xarakterli hususiyati shundaki, ular bir xil yo'nalganligi, mazmunan bir xilligi va turli xil nomlanishiga qaramay bir tipdaligidadir.

  • Matbuotimizni bugungi ahvoliga baho berib, u bilan u yoki bu tarzda aloqador bo'lgan kishi har bir jurnalistning kamchiligi uning ichida, yuragida ichki tsenzuraning mavjudligidadir, deb ko'rsatadi.

  • Jurnalistlarimizda qat iylik, shijoatni kamroq ko ramiz. Auditoriya nafaqat hayotimizning ijobiy tomonlarini yoritayotgan, balki u yoki bu masaladagi xatoliklarni yoritayotgan jurnalistlarni qo'llab-quvvatlashi kerak.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov Oliy majlis ikkala palatasining 2005 yil 28 yanvardagi qo'shma yig’ilishida ta'kidlagan ediki, OAV yo'lida auditoriyalari undan jamiyatni islox qilish va yangilash yo'lida hokimiyat faoliyati va boshqaruv organlari faoliyatiga tanqidiy baholarni kutayotganlarini, dolzarb muammolarning mohirona tahlilini, to’siq- larni engibo’tish yo'llarini ko'rsatishlarini kutayot -ganlarini ta'kidlab o'tgan edi.


  • O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov Oliy majlis ikkala palatasining 2005 yil 28 yanvardagi qo'shma yig ilishida ta'kidlagan ediki, OAV yo'lida auditoriyalari undan jamiyatni islox qilish va yangilash yo'lida hokimiyat faoliyati va boshqaruv organlari faoliyatiga tanqidiy baho- larni kutayotganlarini, dolzarb muammolarning mohirona tahlilini, to’siq- larni engibo’tish yo'llarini ko'rsatishlarini kutayot -ganlarini ta'kidlab o'tgan edi.

Bugungi kunda OAV jamiyat hayotida asosiy rolni o‘ynamoqda. Shu jumladan, OAV ning O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rni ham tezlik bilan mustahkamlanib bormoqda. Ommaviy axborot vositalarining mamlakatimizdagi faoliyatining tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 1991-yili mamlakatimizda bor yo‘gi 395 ta OAV faoliyat yuritgan. 2016- yilga kelib ularning soni 1437 taga yetgan bo‘lsa, bugun ularning soni 2 mingga yaqinlashdi va ularning aksariyati xususiydir. O’zbekistondagi ommaviy axborot vositalari uchun zamonaviy mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tashkil etildi. O‗zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Milliy matbuot markazi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‗llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi va Xalqaro press klub kabi tashkilotlar muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. O‗zbekistonda yetakchi xorijiy OAV vakillari, jumladan Reuters, France Press, BBC, The Economist, Xinhua, «Amerika Ovozi», «Fergana.Ru», Eurasianet muxbirlari erkin ishlamoqdalar.


  • Bugungi kunda OAV jamiyat hayotida asosiy rolni o‘ynamoqda. Shu jumladan, OAV ning O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rni ham tezlik bilan mustahkamlanib bormoqda. Ommaviy axborot vositalarining mamlakatimizdagi faoliyatining tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 1991-yili mamlakatimizda bor yo‘gi 395 ta OAV faoliyat yuritgan. 2016- yilga kelib ularning soni 1437 taga yetgan bo‘lsa, bugun ularning soni 2 mingga yaqinlashdi va ularning aksariyati xususiydir. O‗zbekistondagi ommaviy axborot vositalari uchun zamonaviy mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tashkil etildi. O‗zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Milliy matbuot markazi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‗llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi va Xalqaro press klub kabi tashkilotlar muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. O‗zbekistonda yetakchi xorijiy OAV vakillari, jumladan Reuters, France Press, BBC, The Economist, Xinhua, «Amerika Ovozi», «Fergana.Ru», Eurasianet muxbirlari erkin ishlamoqdalar.


Yüklə 296,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə