Referat ibtidoiy jamiyat tarixi fanining predmeti maqsadi va vazifalari buxoro -2015



Yüklə 58,37 Kb.
səhifə1/3
tarix22.05.2022
ölçüsü58,37 Kb.
#87656
növüReferat
  1   2   3
Referat ibtidoiy jamiyat tarixi fanining predmeti maqsadi va vaz


P

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
IJTIMOIY-IQTISODIY FAKUL'TET
TARIX KAFEDRASI


REFERAT
IBTIDOIY JAMIYAT TARIXI FANINING PREDMETI MAQSADI VA VAZIFALARI


Buxoro -2015
IBTIDOIY JAMIYAT TARIXI FANINING PREDMETI MAQSADI VA VAZIFALARI
REJA:
KIRISH
1.Ибтидоий жамият фанининг мақсад вазифалари
2.Ибтидоий жамият тарихи курсининг предмети, фанлар тизимидаги ўрни ва аҳамияти
3.Ибтидоий жамият тарихини даврлаштириш муаммолари


KIRISh
Ibtidoiy jamiyat tarixining predmeti vazifasi va ahamiyati. Mashhur tarixchi olimlarning aytganidek, biz uchun hamma narsadan ham muhim va yuksak bo’lgan tarix fani kishilik jamiyati, uning rivojlanish qonuniyati haqida bahs etadi. Jahon xalqlari tarixi muqarrar ravishda biri ikkinchisi bilan almashinuvi beshta tarixiy davrga bo’linadi. Ular ibtidoiy jamoa, qadimgi, o’rta, yangi va eng yangi tarixiy davrlardir. Ularning eng dastlabkisi ibtidoiy jamoa tuzumi hisoblanadi. U er kurrasida odamzod paydo bo’la boshlagan vaqtdan boshlab ibtidoiy gala, urug’ urug’chilik tuzumining vujudga kelishi, urug’chilik tuzumining emirilishi, mulkiy tengsizlik tabaqalar va davlatning kelib chiqishigacha bo’lgan katta tarixiy davrni o’z ichiga qamrab oladi.
Ibtidoiy jamoa tuzumi o’zidan keyingi barcha davrlarga nisbatan mehnat qurollarining soddaligi, binobarin ishlab chiqarish kuchlarining nihoyat darajada past bo’lishi bilan belgilanadi.
Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida ayniqsa urug’chilik tuzumigacha bo’lgan davrda odamlar tosh, yog’och, suyak va boshqa buyumlardan yasalgan juda sodda qurollarga ega edilar. Ular erda mavjud bo’lgan narsalarni terib eb ovchilik va termachilik bilan tirikchilik qilganlar.
Keyingi 40-50 yil ichida arxeolog olimlar Afrika, Osiyo, Evropa va er kurrasining boshqa joylaridan ibtidoiy kishilarning juda ko’p makon va manzillarini kavlab ochishga muvaffaq bo’ldilar. Arxeologik qazishlar natijasida mazkur manzilgohlardan kishilikning eng qadimgi tosh asriga mansub bo’lgan ko’plab tosh, suyak va yog’ochdan yasalgan oddiy, sodda qurollar, hamda ularning ayrim siniq parchalari topilgan.
Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida, ayniqsa uning dastlabki bosqichlarida odamlar yasab foydalangan mehnat qurollari shunchalik sodda ekan, bu ularning mehnat malakasi, ishlab chiqarish tajribasining nihoyat darajada past bo’lganligidan darak beradi.
Demak, mehnat qurollari xilining ozligi, ularning soddaligi, qurol yasash texnikasining rivojlanmaganligi, o’z imkoniyatlarini bilmaslik ibtidoiy kishilarni tabiat oldida, unda ro’y beradigan turli tuman dahshatli tabiiy hodisalar oldida ojiz va himoyasiz qilib qo’ygan edi. Bu hol ibtidoiy jamoa tuzumi davridagi odamlarning yakka tartibda yashab kun kechirishlariga, binobarin tabiatdagi xilma-xil hodisalarga qarshi ayrim-ayrim holda kurashlariga sira ham imkon bermas edi. Insonni bu dahshatli kuchlardan, azob uqubatlardan faqat mehnat, shunda ham umumlashib qilingan ijtimoiy mehnat qutqara olar edi, xolos. Ibtidoiy kishilar birgalashib mehnat kilishlari natijasidagina qadam-baqadam tabiatning dahshatli kuchlarini enga boradilar. Ibtidoiy davr kishilari o’sha vaqtlarda birgalashib mehnat qilmaganlarida, umumlashib vahshiy hayvonlarga qarshi kurashmaganlarida, ular qurshovida yashay olmay mazkur hayvonlarga emish bo’lib, yuzidan yo’q bo’lib ketar edilar. Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek ular umumlashib yashash va mehnat qilishlari tufayligina yovuz kuchlardan g’olib chiqdilar.
Demak, o’sha davrdagi shart-sharoit ibtidoiy kishilarni birgalashib mehnat qilish va yashashga majbur etdi.
Birgalashib mehnat qilish, yashash ishlab chiqarish vositalari, hamda iste’mol mahsulotlarini hamma uchun umumiy mulkka aylantirgan edi.
Umum mehnati natijasida qo’lga kiritilgan oziq-ovqat va boshqa iste’mol buyumlari u yoki bu guruhda yashagan barcha katta-kichik kishilar orasida barobar taqsimlanar edi.
Ibtidoiy kishilar tomonidan qo’lga kiritilgan iste’mol buyumlari o’rtada bo’lib hammaga barobar taqsimlanar edi. Lekin umumiy mulk bilan bir qatorda kishilarning shaxsiy buyumlari ham bo’lgan. Kiyim-bosh, jangovar, ov va ba’zi ishlab chiqarish qurollari shular jumlasidandir. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida nozi-ne’matga hammaning egalik qilishi, tengliylik mavjud ekan, unda xususiy mulk ham, kishini kishi tomonidan ekspluatastiya qilish ham qabiladan alohida ajralib turuvchi zo’ravonlikka asoslangan hokimiyat ham yo’q edi.
Ibtidoiy jamoa tuzumi tabaqasiz va davlatsiz jamiyat edi. XIX va XX asrning mashhur tarixchilari bu eng dastlabki davriga baho berib, uni hamma barobar, teng bo’lgan ibtidoiy davr deb ta’riflagan edilar.
Ibtidoiy jamoa tuzumining xuddi shu eng muhim xususiyati ham bilish ham dunyoqarash jihatdan juda katta amaliy ahamiyatga egadir.
Ibtidoiy jamiyat tarixining dalillari xususiy mulk, ijtimoiy tengsizlik va davlat hokimiyatining kelib chiqishining tub mohiyatini bilib olishga imkon yaratib berdi. Darhaqiqat tabaqalar davlat hokimiyati tizimi va qismlari hech qachon azaldan mavjud bo’lgan emas, u ibtidoiy jamoa tuzumining emirilishi natijasida vujudga kelganligini olimlar tomonidan isbotlangan.
Ibtidoiy jamoa tuzumi kishilik tarixining eng dastlabki, eng oddiy shakli edi dedik. Lekin u bir erda qotib qolmadi, oddiylikdan murakkablik sari qadam qo’ya borib, keyingi davr uchun olamshumul tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan juda ko’p kashfiyotlarning poydevor toshini yaratdi. Insoniyatning iqtisodiy hayotida juda katta ahamiyatga ega bo’lgan xo’jalik shakllari - dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, arxitektura, savdo va dastlabki almashuv munosabatlari ibtidoiy jamiyat tarixi zaminida shakllandi va rivojlana borgan.
Bu hol ibtidoiy davrdan so’ng yashagan avlod uchun benihoya katta ahamiyatga ega bo’ldi.
Ibtidoiy jamiyat tarixi haqidagi ma’lumotlarini bilish nazariy jihatdan tashqari amaliy ahamiyatga ham egadir.
Xususiy mulk, tabaqalar, davlat va dinni vujudga keltirgan tarixiy sharoitlar va sabablarni bilish ularni tugatishga aniq yo’l ochib beradi.
Ibtidoiy jamoa tuzumi kishilik jamiyati tarixining juda katta davrini tashkil etar ekan ibtidoiy jamiyat tarixi fanining vazifasi mazkur qadimiy davr tarixini har tomonlama chuqur o’rgana borishdan iboratdir.



Yüklə 58,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə