inflyasiyaning yuqori darajasi;
mamlakat yuqori boshqaruv organlarining aholidan uzilib qolganligi;
mamlakatdagi diniy va axloq qoidalari.
Jahon mamlakatlarida korrupsiyaga qarshi kurashning quyidagi usullari mavjud.
Ichki nazorat —bu usul boshqaruv apparatining o‘zida
nazoratni kuchaytiruvchi
tuzilmalar (har xil ichki inspeksiyalar va boshqa nazorat organlari tuzish orqali)
yaratishni taqazo etadi. Bu tuzilmaning asosiy vazifasi xodimlarning ichki etiket
qoidalariga rioya qilishini nazorat qilishdir. Hozirgi kunda bizning yurtimizda ham
bir qator huquqni muhofaza qilish organlarida aynan shu vazifani bajaruvchi ichki
tuzilmalar yaratilgan.
2.
Pora olish asosan yuqori mansabga ega bo’lgan va o’rtacha mansabdorlar
va hatto quyi mansablar o’rtasida ham uchraydi. Bunday poraxo’rliklar natijasida
esa nafaqat xalq va davlat , balki boshqa yurtlar ham zarar ko’rishi mumkin.
Korrupsiyaning eng asosiy muammosi shundaki ko’pchilik uchun mo’ljallangan
moddiy boylik bir nachta inson qo’lida bo’lib qoladi.
Tashqi nazorat — bu usulda ijro apparatidan mustaqil tuzilmalarning mustaqilligini
oshirish nazarda tutilib, aynan ushbu tuzilmalar orqali korrupsiyaga
qarshi samarali
kurash olib boriladi. Ya’ni, sud hokimiyatining maksimal darajada mustaqilligiga
erishish ommaviy axborot vositalariga ko‘proq erkinlik berish va h.k.
Saylov tizimi orqali kurashish — demokratik davlatlarda saylangan vakillarni
korrupsiya uchun jazolashning asosiy usullaridan biri keyingi saylovlarda unga ovoz
bermaslik hisoblanadi. Korrupsiyaga saylovlar orqali ta’sir o‘tkazish eng samarali
usul hisoblanadi.
Korrupsiyaga qarshi kurashda yuqori natijalarga erishgan Shvetsiya,
Singapur,
Gonkong, Portugaliya kabi davlatlarning tajribasini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki,
korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillarni bartaraf etish korrupsiyaga qarshi
kurashda muhim o‘rin egallaydi.
Bunda Konstitutsiyaviy nazorat organlari, huquq-tartibot
organlarining ahamiyati
ortadi. Ya’ni, korrupsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan normalarni konstitutsiyaviy
nazorat organi tomonidan konstitutsiyaga zid deb topish, aholining huquqiy
savodxonligini oshirish kabi metodlardan unumli foydalanish
ushbu davlatlarni
korrupsiya darajasi juda past bo‘lgan davlatlar qatoriga olib chiqqan.
Korrupsiyaning tarixiy o‘zaklari juda qadimga borib taqalib, bu hol qabilada ma’lum
mavqega ega bo‘lish uchun qabila sardorlariga sovg‘alar berish odatidan kelib
chiqqan deb taxmin qilinadi. O‘sha davrlarda bu normal holat sifatida qabul
qilingan. Biroq davlat apparatining murakkablashuvi va markaziylashuvi
korrupsiyaning davlat rivojlanishiga katta to‘siq ekanligini ko‘rsatdi. Korrupsiyaga
qarshi kurashgan birinchi davlat sifatida qadimgi Shumer davlati tan olinadi.
Qadimgi davlatlarni ayniqsa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo‘rligi
qattiq tashvishga solganligi bizgacha saqlanib qolgan manbalardan ma’lum. Chunki
bu holat davlatning obro‘siga juda qattiq putur yetkazardi.
Dunyoning yetakchi
dinlarida ham birinchi navbatda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning
poraxo‘rligi qattiq qoralanadi. Jumaladan, Injilda “Sovg‘alarni qabul qilma, chunki
sovg‘a ko‘rni ko‘radigan qiladi va haqiqatni o‘zgartiradi” deyilgan bo‘lsa, Qu’roni
Karimda “Boshqalarning mulkini nohaq yo‘l bilan olmangiz va boshqalarga tegishli
bo‘lgan narsalarni olish uchun o‘z mulkingizdan hokimlaringizga pora qilib
uzatmangizlar” deyilgan.
XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib jamiyat davlat
boshqaruv apparatining ish
sifatiga tobora ko‘proq ta’sir ko‘rsata boshladi. Bu o‘sha davrda qabul qilingan bir
qator qonun hujjatlarida o‘z aksini topgan. Jumladan, 1787-yilda qabul qilingan
AQSh Konstitutsiyasida pora olish AQSh prezidentini
impechmentga tortish
mumkin bo‘lgan ikki jinoyatning biri sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Siyosiy
Dostları ilə paylaş: