Referat mavzu: Ma'lumotlar bazasi va banki haqida ma'lumotlar. Ekspert sistemalari haqida ma'lumotlar. Multimedia texnologiyalari. Tarmoq texnologiyalari. Internet texnologiyasi va uning xizmatlari. Distansion (masofaviy)


 Ekspert sistemalari haqida ma'lumotlar



Yüklə 175,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/43
tarix14.04.2022
ölçüsü175,15 Kb.
#85444
növüReferat
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43
Referat mavzu Ma\'lumotlar bazasi va banki haqida ma\'lumotlar. E

3.2. Ekspert sistemalari haqida ma'lumotlar

Kompyuter  axborot  tizimlari o’rtasida eng katta taraqqiyot sun’iy intellektdan foydala-

nishga asoslangan ekspert tizimlarini ishlab chiqish sohasida  qayd etildi.

      


Ekspert tizimi menejerga yoki mutaxassisga tizimlarda   to’plangan bilishlarga   doir har

qanday  muammo bo’yicha maslahat olish imkoniyatini beradi.

      

Misol. AQShning  davlat agentligi shunday bir  ekspert tizimini yaratgan. U ob-havo va



g’allaga tegishli  ma’lumotlarni tahlil qilib, fermerlarga irrigasiya, o’g’it solish va hosil

olishning optimal vaqtini  belgilaydi.

Sun’iy intellekt deyilganda, odatda kompyuter tizimlarning shunday harakatlarni bajarish

qobiliyati tushuniladiki, agar bu harakatlarni odam bajarganda uni intellektual deb atash

mumkin bo’lardi.

       Aksariyat hollarda bu yerda odamning fikrlashi bilan bog’liq, qobiliyatlar nazarda tutiladi.

Sun’iy  intellekt sohasidagi ishlar ekspert tizimlari bilan chegaralanmaydi. Shuningdek, ular

o’z ichiga odamning asab tizimi, uning eshitish, ko’rish, sezish, o’qish–o’rganish qobiliyatini

modellashtiruvchi robotlar, tizimlar yaratishni ham oladi. Maxsus masalalarni yoki vazifalarni



hal qilish maxsus bilimlarni talab etadi. Lekin har qanday kompaniya ham o’z shtatida uning

ishi bilan bog’liq barcha muammolar bo’yicha ekspertlarni saqlay yoki hatto har safar bunday

muammolar paydo bo’lganda  ularni taklif qila olmaydi. Ekspert tizimlari texnologiyasidan

foydalanishning bosh mohiyati ekspertdan uning bilimlarini olish va uni kompyuter xotirasiga

kiritib, har safar zaruriyat tug’ilgan hollarda undan foydalanishdan iboratdir. Ekspert tizimlari

sun’iy intellektning asosiy ilovalaridan biri bo’lib, ekspertlarning u yoki bu bilim sohasidagi

tajribalarini evristik qoidalar shaklida transformasiyalovchi kompyuter dasturlaridan  iboratdir.

Evristiklar qarorlar qabul qilishi qo’llab–quvvatlash texnologiyalari doirasida masalalarni har

qilish uchun foydalaniladigan oddiy algoritmlar singari ishonch bilan optimal natija olishni

kafolatlamaydi. Lekin ko’pincha ulardan amalda foydalanish uchun yetarli darajada maqbul

bo’lgan yechimlarni beradi. Bularning hammasi ekspert  tizimlaridan maslahat beruvchi

tizimlar sifatida foydalanish imkoniyatini beradi.

      

Ekspert tizimlarida  va  qarorlar qabul   qilishni qo’llab–quvvatlash   tizimlarida  foydala-



niladigan axborot texnologiyalarining o’xshash tomonlari shundan iboratki ularning har

ikkalasi ham qarorlar  qabul qilishning yuqori darajasini ta’minlaydi. Lekin ularning uchta

muhim farqlari bor:

birinchi farq shu bilan bog’likki, qarorlar qabul qilishni qo’llab –quvvatlash tizimi

doirasida muammolarni hal qilish foydalanuvchining uni tushunish  darajasini va qarorni olish

hamda fikrlash imkoniyatlarini aks ettiradi. Ekspert tizimlari texnologiyasi, aksincha,

foydalanuvchiga  uning imkoniyati darajasidan oshib ketadigan  qarorlar qabul qilishni taklif

etadi;


ko’rsatilgan texnologiyalarning ikkinchi farqi–ekspert tizimlarining o’z fikr –

mulohazalarini qarorlar qabul qilish jarayonida tushuntirib berish qobiliyatida aks etadi.

Aksariyat hollarda bu tushuntirishlar foydalanuvchi uchun qarorning o’zidan ham muhim

bo’ladi;


uchunchi farq–axborot texnologiyalarining yangi komponenti bilimlardan foydalanish

bilan bog’liq.

      

Ekspert  tizimida  foydalaniladigan  axborot  texnologiyalarning  asosiy  komponetlari



quyidagilardan iborat: foydalanuvchining interfeys, bilimlar bazasi, interpretator, tizimni

yaratish moduli.

      Mutaxassis ekspert tizimiga axborot va  buyruqlarni kiritish va undan chiqarib beriladigan

axborotni olish uchun interfeysdan foydalanadi. Buyruqlar bilimlarga ishlov berish

jarayonining yo’naltirish parametrlarini o’z ichiga oladi. Axborot, odatda muayyan

o’zgaruvchilarga beriladigan qiymatlar shaklida beriladi. Menejer axborotni kiritishning  to’rtta

usulidan foydalanishi mumkin: menyu, buyruqlar, tabiiy til va o’z interfeysi. Ekspert tizimlari

texnologiyasi chiqarib  beriladigan  axborot sifatida faqat yechimlarni emas, balki zaruriy

tushuntirishlarning ham olish imkoniyatini ko’zla tutadi. Tushuntirishlarning ikki turi

farqlanadi:

so’rovlar bo’yicha beriladigan tushuntirishlar. Foydalanuvchi istalgan vaqtda ekspert

tizimidan o’z harakatlarini tushuntirib berishni talab qilishi mumkin;

muammoni hal qilish bo’yicha olingan yechimni tushuntirish. Foydalanuvchi yechimni

olganidan so’ng u qanday olinganligini tushuntirib berishni talab qilishi mumkin. Tizim

masalani yechishga olib kelgan o’z mulohazalarning har bir qadamini tushuntirib berishi zarur.



      Ekspert tizimi bilan ishlash texnologiyasi oddiy bo’lmasa ham, bu tizimlarning foydalanish

interfeysi do’stona bo’lib, odatda, muloqot  olib borishda qiyinchiliklar tug’dirmaydi.




Yüklə 175,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə