Referat mavzu: Ma'lumotlar bazasi va banki haqida ma'lumotlar. Ekspert sistemalari haqida ma'lumotlar. Multimedia texnologiyalari. Tarmoq texnologiyalari. Internet texnologiyasi va uning xizmatlari. Distansion (masofaviy)



Yüklə 175,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/43
tarix14.04.2022
ölçüsü175,15 Kb.
#85444
növüReferat
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   43
Referat mavzu Ma\'lumotlar bazasi va banki haqida ma\'lumotlar. E

      Multimedia

 – kompyuterning axborotlarini rangli grafika, matn va grafikada effektlar,

ovozlarning chiqishi va sintezlashgan musiqalar, annimasiya, shuningdek, to’laqonli video-

kliplar, hatto videofilmlar kabi turli xil ko’rinishlari bilan ishlash imkoniyati.



      Multimediyali kitoblar

 – bitta axborot tashuvchi vositasiga jamlangan (masalan, CD –

ROM diskga) hamda matnli, ovozli, statik – dinamik va videotasvirli ma’lumotlardan tashkil

topgan kitoblar.



      Yarimmediya kitoblar

 – multimedia kitoblardan farqli ravishda, ma’lumotlarni yetkazib

berishda turli vositalarning (CD – ROM, magnit disk, qog’oz va h.k.) majmuasidan

foydalanuv--chi kitoblardir.



3.4. Tarmoq texnologiyalari. Internet texnologiyasi va uning xizmatlari

      


Korxonalar  miqyosida  iqtisodiyotni  boshqarish  mazkur  jarayonda  katta  jamoalarning

ishtirok etishini talab qiladi. Bu jamoalar shaharning turli tumanlarida, mamlakatning turli

mintaqalarida va hatto boshqa-boshqa davlatlarda joylashgan bo’lishi mumkin. Boshqaruvni

oqilona amalga oshirishni hal etish uchun axborot almashish tezligi va qulayligi, va shuningdek

ma’muriyatning uzviy aloqada bo’lish imkoniyatlari muhim va dolzarb bo’lib qolmoqda.

      1970-1980 yillarda ushbu masalalarni hal etishda axborotlarni «markazlashtirilgan» qayta

ishlash tizimlaridan foydalanish keng tarqaldi. Katta moddiy xarajatlar talab qiluvchi elektron

hisoblash mashinalardan (EHM) markazlashgan usulda foydalanish avvalo uning hisoblash

quvvatidan beunum foydalanishiga va kompyuter resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini

cheklanishiga olib keladi. Qolaversa markaziy EHMning biron-bir qismining qisqa vaqtga

bo’lsada ishdan chiqishi butun tizim uchun og’ir oqibatlarni keltirib chiqardi. Bu esa

informasion tizim foydalanuvchilarining barchasining ishini to’xtatishga olib keldi. Nihoyat,

shaxsiy kompyuterlar, serverlarning dunyoga kelishi hamda tarmoq texnologiyalarining rivoji

axborotlarni yig’ish va qayta ishlashning yangi «tarmoqlangan qayta ishlash» texnologiyasini

yaratishga asos bo’ldi.

      


Axborotlarni qayta ishlash tarmoqlangan tizimi informasion tizimning shunday bir turiki,

unda axborotlarni qayta ishlash mustaqil ravishda alohida-alohida, lekin o’zaro informasion

aloqa kanallari bilan bog’liq bo’lgan kompyuterlarda amalga oshiriladi.



Korxonalarda bajariladigan ishlarni avtomatlashtirish uchun  kompyuterlar bir biriga ulanadi va

natijada, hisoblash tarmoqlari hosil bo’ladi. Hisoblash tarmoqlarida  quyidagi  imkoniyatlar

mavjud:

– ma’lumotlar va  fayllarni bir kompyuterdan  boshqasiga o’tkazish;

– umumiy ma’lumotlar  xazinasini tashkil qilish va uni ishlatish;

– axborot  tizimlarini  tashkil qilish.

      

Kompyuter tarmog’i-bu kompyuterlarni bir-biri bilan bog’laydigan tizim hisoblanadi.  U



disklarni ishlatmasdan, ma’lumotlarni bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga uzatish uchun

xizmat qiladi.

Hisoblash tarmoqlari quyidagi  tiplarga  bo’linadi:

- LAN(Local Area Network) — lokal hisoblash tarmog’i.

- MAN  (Metropolitan–regional  Area  Network) –korporativ (regional yoki mintaqaviy)

hisoblash tarmog’i.

- WAN (Wide Area Network) — jahon hisoblash tarmog’i.

- KAN (Korporativ Area Network) — korporativ hisoblash tarmog’i.

      

Kompyuter  tarmoqlarini  ko’pgina  belgilar,  xususan  hududiy  taqsimlanishi  jihatidan



tasniflash mumkin. Bunga ko’ra


Yüklə 175,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə