Referat Mavzu: Sanoat, avtomobilsozlik sohasining rivojlanishi



Yüklə 24,8 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü24,8 Kb.
#156377
növüReferat
Sanoat, avtomobilsozlik sohasining rivojlanishi


O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi

Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti

Masofaviy ta’lim” fakulteti


Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) yo’nalishi

O’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan


Referat

Mavzu: Sanoat, avtomobilsozlik sohasining rivojlanishi.


Bajardi: OMR-75 Faxriddinov Bilolxon


Qabul qildi: Safarov M.K.

Toshkent 2023

Sanoat, avtomobilsozlik sohasining rivojlanishi.

Reja:

1. Avtomobilsozlik sohasining tarixi


2 .Og’ir va yuk mashinalarining ishlab chiqarilishi
3. O’zbekistonda avtomobilsozlik sanoati so’nggi besh yilda nimalarga erishdi ?
4. Hozirda ishlab chiqarilayotgan automobillar
5. Manbalar
Avtomobilsozlik sanoati Oʻzbekistonda yangi sohalardan biri hisoblanadi, lekin u qisqa muddat ichida juda katta oʻsishga erishdi. Oʻzbekistonda 1996-yildan chiqa boshlagan UZDaewooAuto mashinalarini hozirda dunyoga mashhur Chevrolet brendi oʻrin olgan.
Avtomobil sanoati — mashinasozlikning bir tarmogʻi; avtomobillar, tirkama va yarim tirkama yuk tashish moslamalari, avtomobillarga ehtiyot qismlar, agregatlar ishlab chiqaradi, shuningdek mototsikllar, mo-torollerlar, mopedlar, velosipedlar ishlab chiqarish korxonalari ham Avtomobil sanoati tarkibiga kiradi.
Oʻzbekistonda Avtomobil sanoati 90-yillar boshidan paydo boʻldi. 1992-yil Oʻzbekiston Respublikasida Janubiy Koreyaning "DEU" korporatsiyasi bilan Asaka shahrida yillik loyiha quvvati 200 ming dona yengil avtomobillar ("Damas", "Tiko", "Neksiya") ishlab chiqaradigan "OʻzDEU-avto", qoʻshma korxonasi barpo etildi. Asaka avtomobil zavodida "Damas" mikroavtobuslarini seriyali ishlab chiqarish 1996-yil martdan yoʻlga qoʻyildi, 1996-yil 19-iyulda zavodning rasmiy ochilishi va xalqaro taqdimoti oʻtkazildi. 1996–99 yillarda "OʻzDEUavto" qoʻshma korxonasida 200 mingdan ortiq avtomobil, 1999-yilda jami 60 mingga yaqin avtomobil ishlab chiqarildi ("Neksiya" – 28259, "Tiko" – 16380, "Damas" – 13663 dona). Chet elga 14 mingdan ortiq avtomobil eksport qilindi. Shuning-dek 1995-yil "Oʻzavtosanoat" uyushmasi va Turkiyaning "Koch xolding" kompaniyasi oʻrtasida imzolangan shartnomaga koʻra, Samarqand shahrida yillik loyiha quvvati 5 ming donadan ziyod avtobus va turli yuk mashinalari ishlab chiqarishga moʻljallangan, umumiy qiymati 65 mln. AQSH dollariga teng "SamKochAvto" qoʻshma korxo-nasini bunyod etildi. Oʻrta Osiyoda avtobus va turli yuk mashinalari ishlab chiqaradigan mazkur yagona korxonani ishga tushirishga moʻljallangan rasmiy taqdimot marosimi 1999-yil 16-martda boʻlib oʻtdi. Hozircha bu zavodda tayyorla-nayotgan mashinalar uchun butlovchi va ehtiyot qismlarning 25% Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmoqda. Kelgusida avtomobil qismlarini ishlab chiqarish tobora kengaytiriladi. Asaka avtomobil zavodida ham dastlabki butlovchi va ehtiyot qismlarning 15% mahalliy korxonalarda tayyorlangan boʻlsa, 1999-yilga kelib bu koʻrsatkich 55%ga yetdi.Respublika avtomobillar uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish maqsadida oʻnlab qoʻshma korxonalar tashkil etildi. Ular Janubiy koreyalik sheriklar ishtirokida tashkil etilgan zavodlar: "OʻzkoramKo", "Oʻz-Tong Xong", "Oʻz-Dong Yang", "Oʻz-Don-gju Peint Kom-pani", "Oʻz-Sam Yang" va boshqa1998-yilda "Oʻzavtosanoat" uyushmasi Xalqaro avtotransport ishlab chiqaruvchi korxonalar tashkilotlariga a’zo etib qabul qilindi.Avtozavodlarning koʻplab dilerlari respublika ichida ham, undan tashqarida ham faol ishlamoqdalar. "Oʻzavtotexxizmat" aksiyadorlik jamiya-ti va "Oʻzbek-Lada" shular jumlasidandir. Avtomobillarning yangi modellarini yaratish maqsadida katta loyihalar ustida ishlar olib borilmoqda.2000-yil boshida Sifatni standartlash boʻyicha xalqaro tashkilot (ISO-BMTning tashkiloti; 1946-yilda tuzil-gan) "OʻzDEUavto" kompaniyasida ishlab chiqarilayotgan avtomobillarga xalqaro sifat talablariga muvofiqlik sertifikatini berdi. Mashinalarni ishlab chiqarishni birinchi bosqichi 1992-yilda Janubiy Koreaning DaewooMotors kompaniyasi bilan tuzilgan manfaatli shartnomadan boshlangan, o'shanda Oʻzbekistonning Avtoqishxoʻjamash va Daewoo kompaniyasi 50 % ga 50 % ulshli shartnoma imzolangan va manashu shartnoma Avtomobilsozlikda juda katta burilish yasadi. 1993-yilda UzDaewooAvto kompaniyasi davlat roʻyhatiga olindi va Andijon viloyatining Asaka shahrida korxona qurish ishlari boshlandi va uning umumiy summasi 658 mln dollarni tashkil etgan. Avtomobillarni ishlab chiqaradigan zavod oʻshanda Koreaning eng zamonaviy texnalogiyalari bilan jixozlandi, malakali ishchilar qabul qilindi va shu jumladan 1000ga yaqin oʻzbekistonlik yoshlar Koreaga borib ish oʻrganib kelishdi. Zavodda birinchi mashinaning ishlab chiqarilishi 1996-yildan boshlandi va birinchi bolib Damas rusumli avtomobil mart oyidan boshlab Tico iyun oyidan Nexia rusumli mashinalar ishlab chiqarila boshladi. 1996-yil 19-iyulda Zavodning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi va unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etdi.Zavodning ilk yillarida barcha butlovchi qisimlar xorijdan keltirilgan keyinchlik esa mashinalarning butlovchi qisimlarini tayyorlaydigan kichik korxonalar oʻzlashtirilgan va shu yerning oʻzida tayyorlangan. 2000-yil OʻzDAEWOOavto zavodiga ISO - 9001 sersifikati berildi va 2001-yil zavodning yangi yanada zamonaviy lineasi ishga tushirildi buni natijasida yangi Matiz rusumli yangi Avtomobil rusumi ishlab chiqarila boshladi, keyinchalik yana bir yangi Lasetti rusumli mashina ishlab chiqarish yoʻlga qoyildi. 2007-yilda UzDaewooAvto kompaniyasi negizida General -Motors korparatsiyasi bilan xamkorligda GM-Uzbekiston kompaniyasi tashkil etildi buning natijasida eng zamonaviy Kaptiva , Epika , Takuma kabi mashinalar Chevrolet brendi ostida ishlab chiqarildi. 2010-yilda Chevroletning eng zamonaviy Avtomibillaridan boʻlgan Spark rusumli mashinalar ishlab chiqarildi. Shu tariqa Avtomobilsozlikni mustaxkam poydevori yaratildi.
Man Auto-Uzbekistan — Oʻzbekiston-Olmoniya qoʻshma korxonasi. MAN rusumli yuk mashinalari ishlab chiqaradi. 2009-yilda Oʻzavtosanoat va MAN shirkatlari oʻrtasidagi kelishuvga binoan tashkil topgan. Kelishuv Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov va MAN bosh direktori Hokan Samuelsson tomonidan imzolangan. Zavodi Samarqandda joylashgan. Korxonaning barqaror faoliyat korsatishi uchun barcha ishchi xizmatchilar nemis tilini oʻrganishgan va nemis mutaxassislari tomonidan oʻqitilganlar. 2009—2012-yillar davomida yuk avtomobillari Samarqand avtomobil zavodida ishlab-chiqarildi. 2012-yilda Jomboy tumanida MAN avtomobil zavodi qurib bitkazildi. Rejaga koʻra, zavod yiliga 500dan 1500 donagacha yuk mashinalari ishlab chiqarishi kerak edi. Yuk mashinalari MDH mamlakatlariga ham eksport qilinadi.
Avtobus ishlab chiqarish
1995-yilda Oʻzbekistonning Autosanoat kompaniyasi va Turkiyaning Kochxolding kompaniyasi bilan hamkorligda Samarqand viloyatida autobuslarni ishlab chiqarish boshlandi. Samkochauto davlat ro’yhatiga olindi va 1999-yilda Otayoʻl rusumli autobuslarni tayyorlash boshlandi, shu yilning oʻziga 163 ta autobus, 302 ta yuk automobili ishlab chqarildi. 2000-yilda esa bu koʻrsatkichlar 483 va 102 tani tashkil etdi.2001-yilda Oʻzbekistonda automobil sanoatida band bo’lgan ishchilar soni 14 mingga yetdi.
O‘zbekiston avtomobilsozlik sanoati sohasi 2016-2020-yillarda jadal rivojlandi. Jumladan, avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 3 barobarga o‘sib, 280 mingtaga yetkazildi. Sohaga “halollik vaksinasi” tatbiq etilib, chuqur ildiz otgan korrupsiya amallariga barham berildi. Raqobatni kuchaytirish maqsadida mamlakatimizga eng yirik jahon brendlaridan Germaniyaning “Folksvagen” avtomobillari Jizzax viloyatida ishlab chiqarila boshlandi.
Ishlab chiqarish Pandemiyaning O‘zbekiston avtomobilsozlik sanoatiga ta’siri nisbatan yumshoq o‘tdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 2020 yilda avtosanoat sohasida faoliyat yuritadigan korxonalar tomonidan jami 33 718,9 mlrd. so‘mlik avtotransport vositalari, treyler va yarim pritseplar ishlab chiqarildi. 2016 yilda ushbu qiymat 4 112,3 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 8 barobarni tashkil etdi.
Shu bilan birga, 2016 yil avtosanoat umumiy sanoat hajmining 3,7 foizini qamrab olgan bo‘lsa, 2020 yilda bu ko‘rsatkich 9,2 foizga teng bo‘ldi, bu esa o‘z navbatida avtosanoatning umumiy sanoatdagi ulushi 2016-2020 yillar oralig‘ida 5,5 foiz punktga o‘sganini ko‘rsatadi.
Xususan, 2020 yil mobaynida 280 080 dona yengil avtomobillar (o‘sish sur’ati +217,7foiz), 642 dona avtobuslar (o‘sish sur’ati -29,3 foiz), 4 163 dona yuk mashinalari (o‘sish sur’ati +30,1%), 673 dona traktorlar (o‘sish sur’ati -6,5foiz), va 41 dona maxsus transport vositalari ishlab chiqarildi.
bugungi kunda O‘zbekiston Markaziy Osiyoda yo‘lovchi va tijorat transport vositalarining to‘liq assortimentini ishlab chiqaruvchi yagona mamlakat hisoblanadi. Hozirgi kunda yurtimizda 85 dan ortiq korxonalar avtosanoat sohasida faoliyat yuritmoqda va ushbu soha bo‘yicha 200 dan ortiq xorijiy korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik mavjud. bugungi kunda sanoat 28 ming kishini ish bilan ta’minlashga erishgan.
Valyuta bozorining liberallashtirilgani, davlat tomonidan avtosanoat sohasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida qator shart-sharoitlar yaratilib berilganligi, xorijiy davlatlar bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun qilinayotgan sa’y-harakatlar natijasida, avtosanoat sohasidagi tashqi savdo dinamikasi 2016-2020 yillar oralig‘ida jadal rivojlandi.
2016-2020 yillarda «O‘zavtosanoat» AJ korxonalarining eksporti 639,5 mln. dollarni tashkil qildi. Statistik tahlillarga ko‘ra, 2016 yilda 55,1 mln. dollarlik mahsulot eksport qilingan bo‘lsa, o‘tgan yili bu qiymatni 208,9 mln. dollargacha ko‘tarishga erishildi va bunda o‘sish 4,1 barobarni tashkil qildi.
Xususan, o‘tgan yil mobaynida 170,7 mln. dollarlik yengil avtomobillar (18 552 dona), 14,4 mln. dollarlik avtobuslar (217 dona) va 11,9 dollarlik yuk mashinalari (780) eksporti amalga oshirildi. 2020 yilda Qozog‘istonga 168,6 mln. dollarlik, Ozarbayjonga 7,2 mln. dollarlik, Afg‘onistonga 5,7 mln. dollarlik, Qirg‘izistonga 4,9 mln. dollarlik va Rossiya Federatsiyasiga 3,6 mln. dollarlik avtotransport vositalari eksport qilingan.
Hozirgi kunda Nexia 3, Cobalt, Damas 2, Malibu 2, Tracker 2, TrailBlazer, Equinox, Traverse, Tahoe yengil, oilaviy automobillari ishlab chiqarilmoqda
Manbalar

Немецкий концерн MAN расширяет своё производство в Узбекистане[sayt ishlamaydi]


„Автомобильная техника MAN Auto-Uzbekistan соответствует международным стандартам качества“ (deadlink). 22-dekabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-aprel 2015-yil.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi eksperti Musharaf Mir Ahmadova, Shahnoza Mamaturopova,O‘zA
Yüklə 24,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə