Referat mavzu: Umumiy psixologiyaning fanining predmeti, maqsadi vazifalari Bajardi


 Psixologiyaning asosiy metodlari



Yüklə 408,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/26
tarix01.02.2022
ölçüsü408,19 Kb.
#83375
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
Referat mavzu Umumiy psixologiyaning fanining predmeti, maqsadi

1.4. Psixologiyaning asosiy metodlari 

Aniq  izlanish  predmetiga  ega  bo’lgan  har  qanday  fan  o’sha  predmetining  mohiyatini  yoritish  va 

materiallar  to’plash  uchun  maxsus  usullar  va  vositalardan  foydalanadi  va  ular  fanning 



metodlari

  deb 


yuritiladi.  Fanning  salohiyati  va  obro’si  ham  birinchi  navbatda  o’sha  metodlar  yordamida  to’plangan 

ma’lumotlarning 



ishonchliligi  va  validliligiga

  bog’liq  bo’ladi.  Bu  fikrlar  bevosita  psixologiyaga  ham 

aloqador bo’lib, metodlar masalasi bu fanda juda katta ahamiyatga molik masala sifatida qaraladi. CHunki 

yuqorida  ta’kidlaganimizdek,  psixik  hodisalarni  bevosita  qo’l  bilan  ushlab,  ko’z  bilan  ilg’ab,  quloq  bilan 

sezish qiyin. Lekin juda ko’plab fanlar bilan faol hamkorlik shunga olib kelganki, psixologiyaning har bir 

tarmog’i  o’z  vazifalarini  yechish  va  ma’lumotlarga  ega  bo’lish  uchun  ko’plab  metodlarni  sinovlardan 

o’tkazib, eng ishonchli va mukammallarini saqlab qolgan. 

Matematik  statistika  va  ehtimollar  nazariyasining  psixologiya  sohasida  qo’llanilishi  va  unda 

erishilgan muvaffaqiyatlar avvalo har bir metodning ishonchlilik darajasini aniqlash, qolaversa, to’plangan 

ma’lumotlarning qay darajada asosli va valid ekanligini isbotlashga yordam beradi. 

Psixologiya  fanida  inson  psixikasini  tadqiqot  qilish  metodlarining  turlicha  tasnifi  mavjud. 

B.G.Ananьev  psixikani  o’rganish  metodlarini  to’rtta  guruhga  ajratib  bergan.  Bu  to’rtta  guruh  metodlar 

M.Ulug’bek  nomli  O’zbekiston  Milliy  Universiteti,  Nizomiy  nomli  Toshkent  Davlat  Pedagogika 

Universiteti, Farg’ona Davlat Universiteti kabi psixolog mutaxassis tayyorlaydigan oliygohlarda  mufassal 

o’rganiladi.  Biz  mazkur  mavzuimizda  har  bir  insonning  o’zini  va  atrofidagilarni  bilib  olishiga  imkon 

beradigan,  murakkab  bo’lmagan,  qo’llash  shartlari  sharoitga  mos  bo’lgan  va  umum  qabul  qilingan 

metodlarni keltirdik. 2 - jadvalda asosiy psixologik metodlar va ularning turlari keltirilgan. 


Yüklə 408,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə