12
Lafasov M, Jahon tarixi “Turon -iqbol”, T.,2008. 11-bet
13
Hidoyatov G.A, Jahon tarixi (1918-1945y). I qism. T., 2004. 45-bet
2. Versal tizimining qaror topishi va uning shartlari
1919-yilning 14-fevral kuni dunyoning 44 davlati tashkilotning Nizomi
(4 ustavi)ni tasdiqladilar. Tashkilotning oliy organi Assambleya edi. Uning ishida
barcha a‟zo davlatlar ishtirok etardi. Assambleyalar oralig‟ida Ittifoqning ishiga
Ittifoq Kengashi rahbarlik qilardi. Unga katta vakolatlar berishgan edi. Besh davlat
(AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya va Yaponiya) Kengashning doimiy
a‟zolari edi. Nizom agressor davlatga nisbatan birgalikda harbiy va iqtisodiy
sanksiyalar (choralar) qo‟llashni ham ko‟zda tutardi. Biroq Nizomda qanday davlat
agressor davlat deyiladi, degan savolga aniq javob yo‟q. Bu esa har bir davlatga
xalqaro nizomlar xarakterini o‟zicha talqin etish imkonini beradi. Millatlar Ittifoqi
o‟zi faoliyat ko‟rsatgan 1946-yilgacha amalda biror marta ham jazo choralarini
qo‟llay olmadi. Bunga Ittifoqning amalda Buyuk Britaniya va Fransiya
siyosatining quroliga aylanib qolganligi sabab bo‟ldi. (AQSh kongressi Versal
shartnomasini tasdiqlamaganligi uchun Ittifoq a‟zoligidan chiqqan edi.) Nizomda
uning a‟zolari zimmasiga “barcha a‟zolarning hududiy yaxlitligini hurmat qilish va
asrash” vazifasi ham yuklatilgan edi. Biroq amaldagi Ittifoqning hech bir a‟zosi bu
vazifani bajarishga astoydil intilgan emas. Millatlar Ittifoqining Nizomida “Mandat
tizimi” deb atalgan xalqaro huquqning yangi bir normasi belgilab qo‟yildi. Unga
ko‟ra, Millatlar Ittifoqi mustamlaka bo‟lib kelgan yoki bo‟lib qolayotgan hududni
boshqarish huquqini u yoki bu davlatga topshirishi mumkin edi. Bunday huquqni
olgan davlat o‟sha mustamlakani mustaqillikka tayyorlashi lozim edi. Aslida bu
ayyorona tizim mustamlakalarni bo‟lib olish siyosatini niqoblovchi mash‟um
vosita vazifasini o‟tadi. Fransiyada, Germaniyadan tashqari, urushda mag‟lub
bo‟lgan boshqa davlatlar bilan ham alohida-alohida shartnomalar imzolandi.
Chunonchi, Avstriya bilan bunday shartnoma 1919-yilning 10-sentabr kuni Parij
yaqinidagi Sen-Jermen saroyida imzolandi. Shartnoma sobiq Avstriya-Vengriya
imperiyasi tugatilganligini e‟lon qildi. Tinchlik shartnomalari Millatlar Ittifoqining
tuzilishi Avstriya hududi esa sezilarli darajada o‟zgartirildi. Xususan, Janubiy
Tirolning bir qismi Italiya ixtiyoriga o‟tkazildi. Chexiya va Moraviya yangi
tuzilgan Chexoslovakiya davlatiga qo‟shildi. Bukovina esa Ruminiyaga nasib etdi.
Avstriya qo‟shinlarining soni 30 ming kishidan oshmasligi belgilab qo‟yildi. Floti
esa Antanta ixtiyoriga o‟tkaziladigan bo‟ldi. Bundan tashqari Avstriyaning
Germaniya bilan qo‟shilishi batamom taqiqlab qo‟yildi. 1919-yilning 27-oktabrida
Parijga yaqin Neyi shahrida Bolgariya bilan shartnoma imzolandi. Shartnomaga
ko‟ra, Bolgariya hududining katta qismi Yugoslaviya, Gretsiya va Ruminiyaga
o‟tdi. Ayni paytda unga 2,5 mlrd oltin frank kontributsiya to‟lash majburiyati
yuklandi. Bolgariya qurolli kuchlarining soni 20000 kishidan oshmasligi
belgilandi. 1920-yilning 4-iyulida Versal saroyining Trianon zalida Vengriya bilan
shartnoma imzolandi. Shartnomaga ko‟ra, Vengriya o‟z hududining ancha
qismidan mahrum etildi. Chunonchi, Xorvatiya, Bachka va Banatning g‟arbiy
qismi Yugoslaviyaga o‟tdi. Ruminiyaga Transilvaniya va Banatning sharqiy qismi
berildi. Chexoslovakiya ham esdan chiqarilmadi. Unga Slovakiya va Karpatorti
Ukrainasi nasib etdi. Vengriyaga berilgan og‟ir zarbadan biri - bu uning dengizga
chiqish imkoniyatidan mahrum etilganligi bo‟ldi. Vengriya 30 ming kishidan ortiq
qurolli kuchga ega bo‟la olmas edi. Antanta davlatlari 1920-yilning 10-avgustida
Fransiyaning Sevr shaharchasida Turkiya bilan shartnoma imzolashdi.
Shartnomaga ko‟ra, Turkiyaga 1914-yilning 1-avgustigacha qaram bo‟lgan
hududlar to‟rtdan uch qismga kamaydi. Turkiya hududi Kichik Osiyo va Istambul
shahrini o‟z ichiga olgan Yevropadagi ozgina joy bilan cheklab qo‟yildi. Istambul
shahri poytaxt sifatida qoldirildi. Biroq g‟olib davlatlar, agar Turkiya Sevr
shartnomasi talablarini bajarishdan bosh torta boshlasa, bu qarorni qayta ko‟rib
chiqish huquqiga ega edilar. Qora dengiz bo‟g‟ozlarining barcha davlatlar savdo va
harbiy kemalari uchun ochiq ekanligi belgilab qo‟yildi. Turkiyani bo‟g‟ozlardan
o‟z harbiy kuchlarini olib chiqib ketishga majbur etishdi. Aslida bu shartlar
bo‟g‟ozlar ustidan Buyuk Britaniya, Fransiya va Italiya nazorati o‟rnatilishiga
imkon berdi. Turkiya o‟z flotini Antanta ixtiyoriga topshirishi zarur edi. Bu ham
yetmaganidek, Sevr shartnomasi g‟olib davlatlarga Turkiyaning moliyasi va butun
iqtisodiyoti ustidan nazorat o‟rnatish huquqini berdi. Turkiya armiyasining soni 50
ming kishidan oshmasligi belgilandi. Sevr shartnomasi Turkiyaga Antanta
davlatlarining yarim mustamlaka tartibini o‟rnatdi. Birinchi jahon urushi
tugagandan keyin Yevropada xalqaro kuchlarning yangi nisbati belgilangan Versal
tizimi shu tariqa shakllandi. Bu tizim Yevropa siyosiy xaritasini qayta qurish va
dunyoni qayta bo‟lib olishni huquqiy jihatdan rasmiylashtirishning o‟ziga xos
shakli edi.
Versal tinchlik shartnomasi, boshqacha aytganda, Parij tinchlik
shartnomasi Germaniya va lining ittifoqchilari bilan alohidaalohida tuzilgan
besh ayri shartnomadan iborat edi. 1919 ylining 28 iyunida Versal saroyining
Oynali zalida Germaniya bilan tinchlik shartnomasi imzolandi. Germaniya va
uning ittifoqchilari urush aybdorlari deb e‟lon qilindilar. Tabiiyki, ular aybdor
sifatida jazolanishlari lozim edi, Germaniyadan dunyodagi eng boy temir
konlariga ega bo‟lgan Elzas Lotaringiya ajratib olindi va Fransiyaga berildi.
Fransiya, shuningdek, Saar ko‟mir konlarini 15 yil davomida ishlatish huquqini
qo‟lga kiritdi. Germaniyaning Reyn daryosidan g‟arbdagi hududi Fransiya
chegaralarigacha, sharqda 50 kilometrgacha harbiylardan xoli zonaga
aylantirilishi, Reyn daryosining g‟arbiy qirg‟og‟ida 15 yil mobaynida
ittifoqchilarning qo‟shinlari turishi zarur, deb belgilandi. Shartnomaga ko‟ra,
Germaniyada majburiy harbiy xizmat bekor qilinishi, mamlakat suv osti floti,
harbiy va dengiz aviatsiyasi taqiqlanishi zarur edi. Ko‟ngilli asoslarda
shakllanadigan armiyaning askarlari soni 100 mingdan oshmasligi lozim edi.
Bosh shtabni tarqatish, harbiy maktablarni yopish, barcha zobitlarni ishdan
bo‟shatish majburiy qilib qo‟ yildi.
14
Mavjud qurolyarog‟lar - tank va to‟plar, tez
otar qurollar Antanta mamlakatlariga topshuildi. Germaniya amalda to‟liq
qurolsizlantirildi.
Tayinlangan
Nazorat
komissiyasi
shartnoma
talablari
bajarilishini kuzatib turishi zarur edi. Mazkur shartnomaga asosan Belgiya Eypen
va Malmedi okruglarini oldi. Shlezvigning shimoliy qismi Daniya ixtiyoriga o‟tdi.
Polsha Poznan, Yuqori Sileziyaning bir qismi, Pomeraniya, G‟arbiy va Sharqiy
14
Lafasov M. Jahon tarix “Turon -iqbol” T.,2008. 13-bet
Prussiya rayonlariga ega bo‟ldi. Gdansk Millatlar Ligasi boshqaruvidagi «erkin
shahar» deb e‟lon qilindi. Polshaning dengizga chiqishini ta‟minlaydigan maxsus
«yo‟lak» ham ajratildi. Germaniyaning Afrikadagi mustamlakalari asosan
Angliya, Fransiya va Belgiya o‟rtasida taqsimlandi. Angliya va Fransiya Togo va
Kamerunni, Angliya - Tanganikani, Belgiya - RuandaUrundi va Namibiyani
(JanubiG‟arbiy Afrikani) oldi. Yaponiya Tinch okeanidagi Marshall, Marian va
Karolin orollarining, shuningdek, Xitoyning Szyao Chjou viloyati va Shandundagi
konsessiyaning sohibi bo‟ldi. Germaniyaga ittifoqchilarning tinch aholisi va
ularning mulkiga yetkazilgan zarar uchun tovon to „lash majburiyatini yukladilar.
Tovonning umumiy miqdori konferensiyada belgilanmagan bo‟lsada, Germaniya
1921 yilgacha har yili ittifoqchilarga 5 milliard dollardan to‟lab turishi zarur edi.
Shundan keyin 30 yil davomida to‟lanishi lozim bo‟lgan umumiy mablag‟
belgilanishi ko‟zda tutilgandi. Bunday qarordan ko‟proq fransuzlar mamnun
edilar. Chunki ularning fikricha, agar Germaniya tovonni to‟lab borsa, holdan
toyadi va kuchsizlanadi, agar to‟lamasa, fransuzlarning bosqinchiligini oqlash
uchun asos bo‟ladi. Bu ochiqcha talonchilikni oqlash uchun ittifoqchilar Versal
shartnomasiga 231 bandni qo‟shdilar. Unda shunday de yilgandi: “Ittifoqchilar
va ularga qo‟shilgan davlatlar shuni ta‟kidlaydilarki, Germaniya va uning
ittifoqchilari tajovuzi tufayli ro‟y bergan urushda ittifoqchilar va ularga
Qo‟shilgan davlatlar fuqarolariga yetkazilgan talafot va zarar uchun butun
mas‟uliyatni Germaniya o‟z zimmasiga oladi”, Nemislar o‟z hududlarining
10 foizini yo‟qotdilar, bu hududda millionlab odam yashar, ularning bir
necha yuz mingi uyjoysiz qolgan, o‟nlab shaharlar vayron qilingan, milionlab
odamlar nogiron bo‟lib qolgan edi. Bunday vaziyatda ulkan miqdorda
tovon to‟lash aqlga sig‟masdi. Ammo Germaniyaning boshqa chorasi yo‟q edi. U
ikki mushkul imkoniyatdan birini tanlashi: qo‟ yilgan shartlar asosida
tinchlikka erishishi yoki urushga kirib, shaksiz mag‟lubiyat va inqilobiy
tartibsizlik alamini totishi lozim edi. Qolaversa, Germaniya hukumati mag‟lub
Rossiyaga bundan ham og‟ir va tahqirlovchi tinchlik bitimi imzolatilgan
BrestLitovskni yaxshi xotirlardi. Har qalay, Versal shartnomasida bir paytlar
Rossiyaga berilmagan ba‟zi bir imkoniyatlar mavjud edi. Brest Litovsk
shartnomasiga asosan Rossiya tovonni darhol oltin, oziqovqat, xom ashyo bilan
to‟lashga majbur qilingan bo‟lsa, Versal shartnomasida ma‟lum vaqt berilgandi.
Germaniya hay‟ati shartnomani imzoladi. Parij konferensiyasida Millatlar Ligasi
tashkil etildi. Uning nizomi tinchlik shartnomalari matniga ham kiritildi va 44
mamlakat tomonidan imzolandi. Millatlar Ligasi birgalikda xalqaro siyosat olib
borish va umum manfaati yo‟lida, ayniqsa, urush xavfi tug‟ilganda
maslahatlashishga rozi bo‟lgan mustaqil davlatlarning umumiy organi sifatida
rejalashtirilgan edi. Nizomning 16moddasida agressorga nisbatan iqtisodiy va
harbiy jazo choralari qo‟llash ko‟zda tutilgandi. Liga biror marta ham bu jazo
choralarini qo‟llay olmadi, chunki uning ixtiyorida harbiy kuchlari ham, davlatlar
o‟rtasida obro‟e‟tibori ham yo‟q edi. Millatlar Ligasi Konvensiyasida uning
a‟zolari zimmasiga «barcha a‟zolarning hududiy butunligini hurmat qilish va
asrash» yuklatilgan edi. Ammo keyingi voqealar shuni ko‟rsatdiki, hech 1dm bu
shartlarni chindan ham bajarishga tayyor emas edi. Germaniya va Rossiyaning
ligadan chiqarilganhgi mazkur xalqaro tashkilotning samaradorligini pasaytirdi,
uning faoliyati munozara va muzokaralar bilan cheklanib qoldi. Millatlar Ugasi
(1919-1946) xalqlarning tinchlik va xavfslzlik yo‟lidagi hamkorliginl amalga
oshiruvchi xalqaro tashkilot. Fashist davlatlar ittifoqiga befarq qaraganligi uchun
Ikklnchi jahon urushi boshlanganldan keyin amalda o‟z faoliyatini to‟xtatdi.
Urush aybdorlari deb e‟tirof etilgan boshqa mamlakatlar bilan ham ayriayri
shartnomalar imzolandi. 1919 yil 10 sentabrda Parij yaqinidagi Sen Jermen
saroyida Avstriya bilan shartnomaga qo‟l qo‟yildi. Unda sobiq AvstroVengriya
yo‟q bo‟lganligi, Avstriya hududi sezilarli o‟zgarishlarga uchraganligi qayd
etildi. Janubiy Tirolning bir qismi Italiya ixtiyoriga o‟tdi. Chexiya va Moraviya
yangi tuzilgan Chexoslovakiya davlatiga qo‟shildi. Bukovina Ruminiyaga
berildi. Avstriyaga faqat 30 ming kishidan iborat armiyaga ega bo‟lish ruxsat etildi,
uning floti ittifoqchilar ixtiyoriga berildi, Avstriyaning Germaniya bilan qo‟shilishi
batamom taqiqlandi. Bolgariya bilan shartnoma 1919 yil 27 noyabrda Parij yaqinidagi
NeyisyurSen shaharchasida imzolandi. Unda Bolgariya qurolli kuchlari soni 20 ming
kishi bilan chegaralangan, hududining katta qismi Yugoslaviya, Gretsiya va Ruminiya
foydasiga olib qo‟yilgan edi. Bolgariyaga tovon to‟lash majburiyati ham
yuklatilgandi. 1920 yil 4 iyunda Versal saroyining Trianon zalida Vengriya bilan
shartnoma imzolandi. Unga ko‟ra, Vengriya 35 mingdan ortiq askarga ega bo‟lmasligi
lozim edi. Ayni paytda tovon to‟lashi ko‟zda tutilgandi. Xorvatiya, Bachka va
Banatning g‟arbiy qismi - Yugoslaviyaga, Transilvaniya va Banatning sharqiy qismi-
Ruminiyaga, Slovakiya va Karpatorti Ukrainasi - Chexoslovakiyaga beriJdi.
15
Parij yaqinidagi Sevr shaharchasida 1920 yil 10 avgustda g‟olib davlatJar
Turkiya bilan tinchlik shartnomasini imzoladilar. Unga ko‟ra, Turkiya o‟ziga
qaram hududlarning 80 foizini qo‟Idan berdi (Falastin, Transiordaniya, Iroq,
Suriya, Livan va h.k.). Qora dengizdagi bo‟g‟ozlar harbiy kuchlardan xoli
qilindi, Qora dengizdan uzoq davlatlar undan o‟z harbiy kemalarini bemalol
o‟tkazish huquqini qo‟lga kiritdilar. Turkiya hududi Kichik Osiyo yarim oroli va
Istanbul (Konstantinopol) shahrini o‟z ichiga olgan Yevropadagi ozgina hudud
bilan cheklangan edi. Turkiyada yarim mustamlaka tuzumi o‟rnatildi. Birinchi jahon
urushi tugaganidan keyin Yevropada xalqaro kuchlarning yangi muvozanatini qayd
etgan Versal shartnomalar tartibi shu tariqa shakllandi. Bu tartibning ichida chuqur
ziddiyatlar mavjud bo‟lib, keyinchah‟k ular jahon iqtisodiy inqirozlarida, g‟olib va
mag‟lub davlatlar o‟rtasidagi nizolarda namoyon bo‟ldi. Shartnomalarning
talonchilarcha shartlari mehnatkashlarning yelkasiga og‟ir yuk bo‟lib tusndi. tin esa
ayniqsa Germaniyada qasd olish kayfiyatining yoyilishiga sabab bo‟ldi. Germaniya
vayron bo‟hnagan, u asosan o‟zining harbiysanoat imkoniyatlarini saqlab qolgan,
mamlakat yaxlitligi buzilmagan, hududida bosqinchi qo‟shinlar yo‟q edi.
Germaniya Versal shartnomasini bekor qilish uchun qulay paytni poylardi. Hatto
qurolli nizo evaziga bo‟lsada, uning moddalarini qayta ko‟rib chiqishga erishish
niyatida edi. Gitler keyinchalik aholining katta qismini o‟zining ahmoqona g‟oyalari
bayrog‟i ostida birlashtirgani ham bejiz emas. AvstroVengriya imperiyasi ko‟plab
mayda davlatlarga bo‟linib ketdi. Davlatlar chegarasida vujudga kelgan boj to‟siqlari
Yevropa tijoratini izdan chiqardi, xom ashyo manbalarini ishlab chiqarish
15
Lafasov M. Jahon tarixi “Turon -iqbol” T., 2008. 15-bet
mintaqalaridan, ishlab chiqaruvchilarni bozorlardan ajratib qo‟ydi. Bu esa yangi
ziddiyatlarni keltirib chiqardi. Ziddiyatlar dushmanlikka aylanib, tinchlik
shartnomalari tufayli yuzaga kelgan nizolarning yanada kuchayishiga sabab bo‟ldi.
Urush paytida ittifoqchi bo‟lgan davlatlar o‟rtasida murosasiz ziddiyatlar mavjud edi.
Eng asosiysi Angliya va Fransiya o‟rtasidagi raqobat bo‟lib, ularning har biri
Yevropa qit‟asida gegemonlikka intilardi. Fransiya tuzoqqa tushib qolgan, uning
taqdiri Angliyaning xayrixohligiga bog‟liq bo‟lib qolgandi. Angliya bundan keyin
uning tarixiy taqdirini belgilay olar edi. Fransiyaning ziddiyatli xalqaro ahvoli ichki
hayotiga ham ta‟sir ko‟rsatgan, o‟tkir ijtimoiy va siyosiy nizo butun mamlakatda
keskin vaziyatni vujudga keltirgan edi. Buning ustiga AQSh Germaniya
harbiysanoat majmuasini qayta tiklashga katta mablag‟lar sarflab, Fransiyaning
sharqiy chegaralarida yangi harbiy devning paydo bo‟lishiga, uning hayotmamot
dushmani
arvohini
qayta
tiriltirishga
ko‟maklashayotgandi.
Fransiya
shartnomalarning samaradorligi kafolatchisi deb hisoblanardi, ammo Angliya va
AQSh siyosati qarshisida bu vazifa uydirma, shartnomalar esa xomxayol bo‟lib
qoldi. Rossiya Millatlar Ligasiga kiritilmagan va shartnomalarning tayyorlanishida
ishtirok etmagan edi. Ammo uning ishtirokisiz Yevropadagi tinchlik mustahkam bo‟la
oknasdi. Rossiyani yakkalab qo‟yishga urinish sovet davlati rahbariyatida o‟ta
ekstremist unsurlar diktaturasining kuchayishiga, iqtisodiyotda va siyosatda
biqiqlikka sabab bo‟ldi. Rossiyaning tashqi siyosatida urushlarning muqarrarligi
haqidagi, jahon inqilobini tayyorlash va amalga oshirishning zarurligi to‟g‟risidagi
mafkuraviy nazariya hukmron bo‟lib qoldi.
|