Referat шакаров Шохруз



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə2/5
tarix05.06.2022
ölçüsü0,87 Mb.
#88866
növüReferat
1   2   3   4   5
Документ (8)

Qo’shilish makoni Toshkentning g’arbida qadimgi Bo’zsuv anhorining chap sohilidan topilgan. Uerdan nukleuslar, mayda paraqachalar, qirg’ichlar va hech makonda uchramaydigan uchburchak shaklidagi qurollar topilgan. Qo’shilishning madaniy qatlamidan topilgan mazkur qurollar so’ngi tosh davri qurollariga nisbatan o’zining ancha ixchamligi va qurol turlarining xilma–xilligi bilan ajralib turadi. Bu yerdan topilgan nukleuslar va qirg’ichlar Farg’onadagi Obishir I, Y, Achiqko’l, va Machaydan topilgan nukleuslar va qirg’ichlarga o’xshab ketadi. Lekin Qo’shilishdagi qurollar ancha qadimiy xususiyatga egadir. Qo’shilishdan topilgan qurollarda o’ziga xoslik xam bor, ya’ni bu yerda geometrik shaklda yasalgan qurollar uchramaydi. SHuningdek Qo’shilishda boshqa makonlarda bo’lgan pichoqsimon paraqalar topilgan emas. Qo’shilish qurollarining ba’zilari Yaqin va O’rta SHarqdagi SHanidavr, Paligavr, Gari-Kamarbanddan topilgan qurollarga o’xshab ketadi.
Qo’shilishning madaniy qatlamidan qo’y, echki, buqa, sigir suyaklari topilgan. Makon aholisi ovchilik va termachilik bilan shug’ullangan. SHuningdek, u yerdan topilgan hayvon suyaklari, o’sha davrda odamlar yovvoiy hayvonlarni xonakilashtira boshlaganliklarini ko’rsatdi. Tadqiqotlar makonning miloddan avvalgi XI-X asrlarga mansub ekanligini ko’rsatdi. Bundan Qoraqamish jarligi atrofida odamlar bundan 10-12 ming yil ilgari yashab, ovchilik, termachilik bilan shug’ullanganlar va hayvonlarni xonakilashtirganlar degan xulosaga kelingan.
Mezolit davriga oid bir guruh yodgorliklar Toshkent shaxrining g’arbiy tomonida qadimgi Bo’zsuv kanalining chap sohilidan ham topilgan. Uni dastlab 1930 yilda arxeolog V.Parfyonov aniqlagan. 1970-71 yillarda esa O’.Islomov qazish ishlarini olib bordi. U mezolitning so’nggi davriga oid materiallar to’pladi. Qalin mezolit davriga oid qatlam ochildi. Hayvon va odam suyaklari, tosh va suyaklardan ishlangan qurollar topildi.
Keyingi 30 yil ichida Markaziy, Janubiy va SHarqiy Farg’ona yerlaridan mezolit davri makonlari ko’plab topilgan.
Farg’ona vodiysida va uning janubidagi tog’li hududlarda makonlar ancha keng tarqalgan. SHular jumlasiga Farg’ona vodiysining janubidagi Qatron tog’idan topilgan Obishir II va Obishir Y g’or–makonlarini kiritish mumkin. Ular miloddan avvalgi IX–VIII ming yilliklarga oiddir.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə