Referat шакаров Шохруз



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə3/5
tarix05.06.2022
ölçüsü0,87 Mb.
#88866
növüReferat
1   2   3   4   5
Документ (8)

Obishir I g’or–makoni Haydarkon shaharchasidan 4-5 km sharqda joylashgan. Uning madaniy qatlamlaridan mikrolitlar, bigizlar, qirg’ichlar, pichoq qadamalari, nukleuslar topilgan.
Ular boshqa joylardan topilgan mezolit davri qurollariga o’xshaydi.
Obishir II g’or– makoni esa Obishir I dan 200 metrcha g’arbda joylashgan. U yerda 3 ta madaniy qatlam aniqlangan U yerdan topilgan mehnat qurollarining ishlanish texnikasi Obishir I ga o’xshaydi. U yerning quyi madaniy qatlamlaridan oq–qora va kul rang chaqmoqtoshdan yasalgan mikrolitlar– paraqalar, pichoq qadamalari, qirg’ichlar, keskichlar, teshgichlar, o’roq–randalar va turli shakldagi nukleuslar topilgan. SHuningdek bu yerdan yovvoyi hayvonlarning parchalangan va sindirilgan suyaklari ham topilgan.
Tadqiqotlar natijasida arxeologlar Haydarkon-So’x vohasida ibtidoiy qabilalar baliqchilik, ovchilik, termachilik bilan shug’ullanganliklarini aniqladilar.
Markaziy Farg’onada ko’plab mezolit davriga oid 80dan ortiq joydan makonlar topilgan. Ulardan Ittak qal’a, SHo’rko’l, Achchiko’l, Yangiqadam, Bekobod, Zambor, Bosqumlar diqqatga sazovordir. U yerlardan har xil shaklda shaklda retushlangan va retushlanmagan nukleuslar, qirg’ichlar, paraqalar, mayda geometrik qurollar topilgan. Bu yerda ko’proq mayda nukleuslar uchrab, yirik nukleuslar deyarli uchramaydi. Daryo toshlaridan olingan uchrindilar ham bor. Bu yerdan topilgan mehnat qurollari qora, rangdor, yashil, jigarrang chaqmoqtosh, slanets va boshqa toshlardan yasalgan. Bu yodgorliklar ochiq joydagi makonlar bo’lib, madaniy qatlamlar yo’q. Tadqiqotchilar fikricha, Markaziy Farg’onadagi ilk va so’nggi mezolit davri makonlar o’sha vaqtning o’zidayoq tashlab ketilgach, buzila boshlagan. Hozirda bu joylarda qum barxanlari keng tarqalgan. Lekin mezolit va neolit davrlarida bu yerlarda ko’llar bo’lib, ibtidoiy odamlar shu joylarda yashaganlar va termachilik, ovchilik, baliqchilik bilan shug’ullanganlar.
Markaziy Farg’onada faqat tosh davri yodgorliklar mavjud. Boshqa davrlarga oid yodgorliklar va madaniy qatlamlar yuq.
Tadqiqotchilar Markaziy Farg’onadagi mezolit davri yodgorliklarini 2 guruhini aniqlab, uning rivojlanishidagi ilk va so’nggi bosqichini aniqladilar. Ilk mezolit davri miloddan avvalgi IX—VII asrlarga oid bo’lib, unga Ittak qal’a 2, Achchiq ko’l 1,7, Yangi qadam 1,2 va Toypoq 1 makonlari kiradi
So’nggi mezolit davr bo’lib, u miloddan avvalgi VI ming yilliklarga mansub. Unga Achchiko’l, Bekobod 3,4, SHo’rko’l 1, 2, Madyor 11, Zambar 2, Toypoq 3,5,7 va boshqa joy makonlarni kiritish mumkin.
Markaziy Farg’onadagi yashagan mezolit davri qabilalari xo’jalik hayotida ovchilik va termachilik bilan bir qatorda baliqchilik ham muxim rolь o’ynagan. Bunga ularning ko’llar yoqasida istiqomat qilganliklari imkoniyat yaratgan.
Yuqoridagilardan shuni xulosa qilib aytish mumkinki mezolit davrida Janubiy va Markaziy Farg’ona xududlarining qulay geografik sharoiti mazkur joylarda ibtidoyi kishilarning keng tarqalib yashashlari uchun imkoniyat yaratgan.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə