Referat "Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi"



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə1/2
tarix15.05.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#110438
növüReferat
  1   2
Документ Microsoft Word


1 Shart
Tabiy fanlardagi yangiliklar
Referat
“Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi” kursi talabalarda haqiqiy ilmiy dunyoqarashni shakllantiradi, jonli va jonsiz tabiatni tushuntirishda, fundamental qonunlar asosida mikro - makroolamdan to megaolamgacha mulohazalar yuritiladi. Bu kurs awalam bor bir necha fanlar sohasida: fizika, biologiya, kimyo, astronomiya, ekologiya va boshqa tabiiy fanlardagi asosiy ta’limotlar, m a’lumotlar, konsepsiyalar haqida talabalarga tushuncha beradi. Shuning bilan birga keyingi yillardagi dolzarb masalalar hamda yagona moddiy dunyo haqidagi tabiiy-ilmiy paradigmalarini ko‘rsatib beradi. Tabiatda ro‘y berayotgan hozirgi zamon fizikasidagi o'zgarishlami chuqurroq va soddaroq maksimal darajada zarur boTgan matematik ifodalarini yoritib bersa, ikkinchi tomondan hozirgi davrda fundamental fanlarning asosiy yo‘nalishlari rivojlanib borayotganligini ifodalab beradi.
Tabiatshunoslik— insoniyat m a’naviy madaniyatining eng muhim va ajralmas qismidir. Uning hozirgi zamon asosiy ilmiy qoidalari, dunyoqarash va metodologik xulosalari haqida bilimga ega boTish, har qanday sohada umummadaniy tayyorgarlikka ega boigan mutaxassislami tayyorlashning zaruriy ehtiyoji sanaladi. Bilimning turli sohalarini tashkil etuvchi tabiatshunoslik, texnikaviy, ijtimoiy va gumanitar fanlar bir-biri bilan uzviy bogMiq holdagina tabiat, jamiyat va inson to‘g‘risida yaxlit bilim berishi mumkin. Falsafa ham maxsus bilimga suyanmasdan turib xususan, tabiatshunoslikka asoslanmay bu vazifani bajara olmasligi aniq. Binobarin, falsafiy dunyoqarash o‘zida tabiat to‘g‘risidagi fan yutuqlari va uning muhim qoidalarini dam ning tabiiy-ilmiy manzarasi asosida konkretlashadi. Ilmiy bilish taraqqiyotning qonuniy va zaruriy yo‘nalishi fanlar differensiatsayasida ham, integratsiyasida ham namoyon bo‘ladi. 5
1.2. Tabiatshunoslikning ilmiy asoslari Tabiatshunoslikda ilmiy tadqiqot natijalari nazariyalar, qonunlar, modellar, gipotezalar, empirik umumlashtirishlar va tamoyillar (prinsiplar) vositasida ifodalanadi. Ana shu ilmiy tadqiqot yakunlarining barcha majmuasi tabiatshunoslik konsepsiyasi deb yuritiladi. “Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi” kursini o‘qitishda talabalar o‘zlarining dunyoqarashini tabiiy fanlami o‘rganish bilan mustahkamlash va kelajakda o‘z ixtisosliklarini chuqur egallashda va muhim masalalarini yechishda qo‘llashlari kerak. Tabiat ilmining zamonaviy konsepsiyasi fani asosida olam evolyutsiyasi va uni tabiiy, iqtisodiy, sotsial va boshqa gumanitar fanlar ta’sirida sivilizatsion dunyoga munosabatlar va haqiqiy tabiat qonunlarini bilishga qaratilgan kursdir. Bu fanning vazifasi talabalarga, ya’ni yosh avlodga yangi m a’lumotlar berish, m a’naviy va moddiy imtiyozlar yaratishga, jamiyatni rivojlantirishga, yagona umuminsoniy madaniyat yaratishga xizmat qilishdir. Shu o‘rinda “konsepsiya” atamasining mazmuni bilan tanishib o ‘tish o‘rinlidir. M a’lumki, ilmiy tadqiqotlaming natijalari bular nazariyalar, qonunlar, modellar, gipotezalar, empirik umumlashmalar hisoblanadi
Bu tushunchalaming barchasini “konsepsiya” so‘zi ostida birlashtirish mumkin. Tabiatshunoslik deganda olamni, uni qanday bo‘lsa, shunday o‘rganish, uning tabiiy holatini insonga bog‘lamagan holda tadqiq etadigan bilim sohasi nazarda tutiladi. Hozirgi zamon tabiatshunosligiga XX asrda yuzaga kelgan konsepsiyalar tegishlidir (rasmda natural filosofiya matematik tuzilishining kitobdagi titul varag'i). Fan tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda, ilmiy kashfiyotlar bizning ko‘z oldimizda yangilanib, takomillashib, shu bilan birga mukammallashib bormoqda. 6 Shuni ta’kidlash joizki, ilmiy hodisalaming o‘zi hozirgi zamonni ifodalab qolmaydi, balki bu tushuncha hozirgi fanlar suyanadigan barcha tayanchlami ham nazarda tutadi. Hozirgi zamon tabiatshunosligi konsepsiyalari ahamiyati va tuzilmasini tasaw ur etish uchun awalambor, fanning o‘zini, uning tarixi, strukturasi va dinamikasi masalalarini tadqiq etish zarur.
1.3. Fanning natural filosofiya sifatida rivojlanishi Fan asosi qadimda Gretsiyada natural filosofiya formasida keng rivojlandi. Shu bois u natural filosofiya deb ham yuritiladi. Antik davrdagi fanda inson va tabiatni bir butun deb qarab, bitta qonunga bo‘ysunadi deyishgan. Keyinchalik esa u tabiiy va gumanitar fanlarga bo‘lindi. Tabiiy fanlar tabiatni, gumanitar fanlar esa jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari bilan shug‘ullanadi. Tabiatshunoslikning izchilligi, uning olg‘a rivojlanishida qaytmas (takrorlanmaydigan) tasnifga olib keladi. Har bir tarixiy bosqichda ilmiy bilish fundamental kategoriyalar va tushunchalar, metodlar, tamoyillar, ya’ni tafakkumi tushuncha bilan birlashtiradigan bilish shakllarining ma’lum yig‘indisidan foydalanadi. Masalan, kuzatish antik tafakkur uslubi uchun bilim olishning asosiy usulidir. Yangi zamon fani eksperimental va oddiy, kelgusida tadqiqotning ajralmaydigan birinchi elementlarini izlashga yo‘naltirilgan tafakkur, analitik yondashuv boshqaruviga tayanadi.
Zamonaviy fan o‘rganilayotgan obyektlami yaxlit va ko‘p tomonlama qamrab olishga intilishi bilan tavsiflanadi. Tabiatshunoslikning butun tarixida differensiatsiya va integratsiyaning murakkab dialektik birikmasini qoplaydi. Ilmiy bilishda differensiatsiyalash ko‘p asrlik tarixga ega. Astronomiya va matematika birinchi fanlardandir. Qadimgi tabiat falsafasidagi “fanlarning fani” - astronomiya va matematika sanaladi. XVII-XIX asrda differensiatsiyalash jarayoni ko‘proq faollashdi. Geografiya, geologiya, paleontologiya, fizika, biologiya, birmuncha vaqtdan so‘ng kimyo, fiziologiya mustaqil fan bo‘ldi. Termodina
7 mika va boshqalar fan sifatida rasmiylashdi. Shunday qilib, barcha yangi sohalami o‘zlashtirish va bilimni chuqurlashtirish fanni differensiatsiyalashga olib keladi. XIX asr fanining rivojlanish tendensiyasi fanni bir-biridan ajratibixtisoslashtirish bo‘ldi. Biroq, tabiatshunoslikning rivojlanishi bilan turli tabiiy fanlarning imkoniyatlari, usullari va metodlarini jalb etishni talab qilgan yangi murakkab ilmiy muammolar paydo bo‘ldi [4]. Olamda mavjud bo‘lgan va o‘zaro bog‘liq barcha hodisa va jarayonlar tabiatshunoslik rivojlanishining ma’lum bosqichida integratsiya tendensiyasi uchun sharoit yaratdi. Tabiatshunoslik rivoj lanishining barcha bosqichlarida tabiiy va texnikaviy yoki amaliy deb ataladigan fanlar shunchalik matematika, fizika va kimyo bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli ularni bir-biridan ajratish qiyin bo‘Igan, ana shu holatda integratsiya namoyon boiadi.
Dastlab, tabiatshunoslikning yangi tarmoqlari predmetlik belgisiga ko‘ra shakllanadi. Zamonaviy tabiatshunoslik uchun predmetlikdan muammolik yo‘nalishiga o‘tish xosdir. Bunda ma’lum yirik nazariy yoki amaliy muammo ilgari surilishi munosabati bilan bilishning yangi sohalari paydo bo‘ladi. Shunday qilib, biofizika, biokimyo va elektrokimyo kabi birikkan fanlar vujudga keldi. Ularning vujudga kelishi tabiatshunoslik differensiatsiyasining yangi shakllarida davom etdi. Biroq, shu bilan birga, avval ajralgan fanlar integratsiyasi uchun yangi asos bo‘ldi. K o‘proq darajada tez rivojlangan yangi fanlardan biri radioastronomiyadir. Zamonaviy, mukammal tuyulgan teleskoplar cheklangan imkoniyatga ega. Radioastronomiyada kuzatish radio to‘lqinlari yordami bilan olib boriladi. Xususan, radioteleskop yordami bilan Koinotning eng katta obyekti o‘lchami

2 Shart


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə