Referat toshkent tibbiyot akademiyasi



Yüklə 21,02 Kb.
səhifə1/4
tarix11.06.2022
ölçüsü21,02 Kb.
#89376
növüReferat
  1   2   3   4
REFERAT tarix sobirjonov


REFERAT

Toshkent tibbiyot akademiyasi


1-davolash fakulteti talabasi
Sobirjonov Sardor

Fan:O’zbekiston eng yangi tarixi


O’qituvchi:Abidov Oral
Mavzu:qishloq xo’jaligi va sanoat sohasida islohotlar
REJA:
1. Aholini oziq ovqat xavfsizligini ta`minlash
2. Qulay agrobiznes muhitini va qo`shilgan qiymatin zanjirini yaratish
3. Soha boshqaruvida davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish
4. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrofmuhit muhofazasini ta`minlash
5. Davlat boshqaruvining zamonaviy tizimlarini rivojlantirish

KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘ini istiqbolda barqaror rivojlantirish sohada davlat siyosatini yangicha yondoshuvlar asosida yuritishni talab qilmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillargamo‘ljallangan strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Strategiya) ushbu vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Mazkur Strategiyaning asosiy maqsadi qishloq xo‘jaligi va oziqovqat tarmog‘ining raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan islohotlarni yanada chuqurlashtirishda davlat siyosatini tubdan takomillashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, quyidagi ustuvor yo‘nalishlarni qamrab oladi: aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash; qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish; soha boshqaruvida davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish; tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash; davlat boshqaruvining zamonaviy tizimlarini rivojlantirish; tarmoqni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan davlat xarajatlarini bosqichma-bosqich diversifikatsiya qilish; qishloq xo‘jaligida ilm-fan, ta’lim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish; qishloq hududlarini rivojlantirish; tarmoq statistikasining shaffof tizimini ishlab chiqish.
Qishloq xo‘jaligining rivojlanishi mazkur Strategiyaning belgilangan asosiy ko‘rsatkichlar va indikatorlarga erishishga asoslanadi. Strategiyani amalga oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha har yili 1- dekabrga qadar kelgusi yilga mo‘ljallangan dastur ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Keyingi yillarda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligini isloh qilish, xususan sohada davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, bozor munosabatlarini keng joriy qilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, qayta ishlovchi va sotuvchi subyektlar o‘rtasidagi munosabatlarning huquqiy asosini mustahkamlash, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, resurstejamkor texnologiyalarni joriy etish hamda qishloq ho‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni zamonaviy texnikalar bilan ta’minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda

Yüklə 21,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə