Referat toshkent tibbiyot akademiyasi


Qulay agrobiznes muhitini va qo`shilgan qiymatin zanjirini yaratish



Yüklə 21,02 Kb.
səhifə3/4
tarix11.06.2022
ölçüsü21,02 Kb.
#89376
növüReferat
1   2   3   4
REFERAT tarix sobirjonov

Qulay agrobiznes muhitini va qo`shilgan qiymatin zanjirini yaratish Qo‘shilgan qiymat zanjirining rivojlanishi qishloq xo‘jaligi raqobatdoshligini ta’minlashning muhim omili hisoblanadi. Mahsulotlarni daladan yakuniy iste’molchigacha yetkazib berish, ya’ni yig‘ish, tashish, saqlash, qayta ishlash, qadoqlash va sertifikatlash xarajatlarining yuqoriligi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari tomonidan olinadigan foydani kamaytiradi.
Oziq-ovqat ishlab chiqarish sanoatining past darajada rivojlanganligi yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish imkonini cheklamoqda. Infratuzilmani rivojlantirishga investitsiyalarni jalb etish maqsadida taraqqiy etgan moliyaviy bozorlar, qulay ishbilarmonlik muhiti, shuningdek, ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va ishlab chiqarish-sotish zanjirlarini rivojlantirishga qaratilgan choralarni ko‘rish talab etiladi. Eksport qilinadigan meva-sabzavotlarning asosiy qismini ishlab chiqaruvchi dehqon xo‘jaliklarida mahsulotlarni qayta ishlash va qadoqlash imkoniyatlari cheklanganligi katta yo‘qotishlarga olib kelmoqda. Shuningdek, narxlarning mavsumiy keskin o‘zgarishi va bozor sharoitlarining barqaror emasligi ham ular faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
So‘nggi yillarda kichik ishlab chiqaruvchilar tomonidan turli moliyaviy manbalar, shu jumladan xalqaro moliya institutlarining kreditlari hisobidan zamonaviy omborxonalar va qayta ishlash uskunalari uchun investitsiyalar yo‘naltirilmoqda. Shunga qaramasdan ular qayta ishlash korxonalari va eksport qiluvchi tashkilotlardan ajralib qolmoqda. Kichik qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini birlashtirishning samarali mexanizmlari to‘liq shakllanmaganligi sababli, ularning faoliyati tarqoqligicha qolmoqda. Bu esa yuqori iqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishishga to‘sqinlik qilmoqda hamda qo‘shilgan qiymat zanjirlariga birlashish imkonini cheklamoqda.
Ta’kidlash joizki, rivojlangan mamlakatlar (Yevropa Ittifoqi, AQSh, Kanada) bozorlarida kooperativlarning ulushi 40 foizdan oshadi, O‘zbekistonda esa bu yo‘nalish endigina rivojlanmoqda. Xalqaro standartlar va sifat talablariga javob beradigan laboratoriyalar, ulgurji bozorlar va logistika markazlari, shuningdek, bojxona va chegara maskanlarida meva-sabzavot mahsulotlarini fitosanitariya nazoratidan o‘tkazish uchun jihozlar yetishmovchiligi kuzatilmoqda.

Bu o‘z navbatida yetishtiriladigan va sotishga chiqariladigan mahsulotlar hajmini oshirish, qo‘shilgan qiymatni ko‘paytirish, eksport geografiyasi va mahsulot turlarining diversifikatsiya qilinishiga to‘sqinlik qilmoqda. Sanitar va fitosanitar nazorat milliy huquqiy bazasini Jahon savdo tashkiloti talablari va maqsadli tashqi bozorlar standartlari bilan muvofiqligini ta’minlash orqali qishloq xo‘jaligi hamda oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi va sifatini ta’minlash zarur. Bundan tashqari, yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotida 70 foizdan ortiq ulushga ega bo‘lgan dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari bilan tayyorlov, qayta ishlash va eksportyor korxonalar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik munosabatlari yetarli rivojlanmagan.


Agrar sektorning eksport salohiyatini oshirish, qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar hajmini ko‘paytirish, xalqaro standartlar asosida mahsulotlarni sertifikatlash tizimini keng joriy etish va kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirish mazkur ustuvor yo‘nalishning asosiy maqsadi hisoblanadi. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi: bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklari mutaxassislari uchun qisqa muddatli, shu jumladan, masofaviy treninglar tashkil etish, o‘quv qo‘llanmalarni ishlab chiqish va tarqatish; milliy karantin va o‘simliklarni himoya qilish tizimini Jahon savdo tashkilotining
Sanitariya va fitosanitariya choralari bo‘yicha kelishuvi talablariga moslashtirish; hayvonlar sog‘lig‘ini saqlash va chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni nazorat qilishning milliy tizimini Butunjahon hayvonlar sog‘lig‘ini saqlash tashkiloti (XEB) standartlariga moslashtirish; ilg‘or xalqaro tajribalar asosida qishloq xo‘jaligida qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Innovatsion ta’lim markazini tashkil etish; xalqaro bozorlarda tan olingan sifat standartlarini (Global G.A.P, Organic, NACCP va boshqalar) joriy etishga ko‘maklashish mexanizmlarini ishlab chiqish; yetakchi agrar korxonalar bilan qayta aloqa mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish; yangi maqsadli eksport bozorlarida muzokaralar olib borish va savdo kelishuvlarini amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash; mahalliy va maqsadli xalqaro bozorlarda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari marketingi va tashish xarajatlarini kamaytirish; mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarini maqsadli eksport bozorlariga chiqarish uchun “Made in Uzbekistan” brendidan foydalanishni kengaytirish imkoniyatlarini baholash;

milliy sifat tizimini takomillashtirish bo‘yicha reja ishlab chiqish; eksport bozorlari to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etish, eksportga tayyorgarlik, savdo rejimi va savdoni moliyalashtirish bo‘yicha maslahat xizmatlarini rivojlantirish; maqsadli bozorlar to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash jarayonida, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari savdosini ilgari surishda


O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalarining rolini oshirish; o‘simlik navlari mualliflari huquqlarini (shu jumladan, patent sinovlarini) muhofaza qilish tizimini takomillashtirish; agrologistika markazlari negizida yagona savdo tizimini (auksion va birja savdolari asosida) joriy etish; qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarni takomillashtirish, yangi ekin turlarini saqlash maqsadida Milliy genlar bankini yaratish; qishloq xo‘jaligini standartlashtirish markazi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar turlarini takomillashtirish; paxta xomashyosi yetishtirish va paxta-to‘qimachilik sohasida bozor mexanizmlarini keng joriy etish;
O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha xalqaro konvensiyaga (IPPC) qo‘shilish; dehqon xo‘jaliklari faoliyatini kengaytirishni rag‘batlantirish maqsadida yer uchastkalarini imtiyozli shartlarda ajratish tartibini ishlab chiqish; xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb qilgan holda genetik modifikatsiyalangan ekinlar navlarini sinash uchun maxsus laboratoriya tashkil qilish; savdo infratuzilmasi va agrologistika markazlari, oziq-ovqat xavfsizligi laboratoriyalari, sanitariya va fitosanitariya tizimi, zarur uskunalar va inventarlar uchun investitsiyalar jalb qilishni yanada rag‘batlantirish; o‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha xalqaro konvensiya va boshqa xalqaro standartlarga muvofiq pestitsidlarni va pestitsidlarning ruxsat etilgan maksimal miqdorlarini (MRL) ro‘yxatga olish, eksport qiluvchilar va ishlab chiqaruvchilarni axborot bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish; urug‘chilik va meva-sabzavotchilik sohasi ilmiy-tadqiqot institutlarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilishga xalqaro moliya institutlari grantlari hamda texnik ko‘mak mablag‘larini jalb qilish; qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida kooperatsiyani rag‘batlantirish hamda ularni ichki va tashqi bozorlarda zamonaviy ishlab chiqarish-sotish zanjiriga integratsiya qilish choralarini ishlab chiqish;

qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va bu sohada xizmat ko‘rsatishni muvofiqlashtirish, tezkor qarorlar qabul qilish va tarmoq siyosatini shakllantirish bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etuvchi birlashmalarni (kooperativlar va boshqalar) tashkil etish; qishloq xo‘jaligi birlashmalari, fermer va dehqon xo‘jaliklarining qayta ishlash sanoati korxonalari (shu jumladan klastyerlar) bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlash; agrar sohada kichik tadbirkorlikni rivojlantirish va faoliyatini diversifikatsiya qilishni qo‘llab-quvvatlash uchun tajriba — sinov tariqasida investitsiyaviy dasturlarni amalga oshirish; meva-sabzavotchilik va chorvachilik tarmoqlarini baholash natijalariga ko‘ra (dastlab ko‘p yillik ma’lumotlar va bozor tendensiyalari tahlili asosida eksport qilinuvchi asosiy 10 — 15 ta mahsulot turi bo‘yicha) eksportni oshirish strategiyasini ishlab chiqish; oziq-ovqat xavfsizligi va sifatini nazorat qilish tizimini modernizatsiya qilish




Yüklə 21,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə