Referat toshkent tibbiyot akademiyasi


Soha boshqaruvida davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish



Yüklə 21,02 Kb.
səhifə4/4
tarix11.06.2022
ölçüsü21,02 Kb.
#89376
növüReferat
1   2   3   4
REFERAT tarix sobirjonov

Soha boshqaruvida davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish
Fermyerlar uchun resurslar yetkazib berish hamda mahsulotlar ishlab chiqarish va sotishda davlatning bevosita ishtirok etishi sohaga xususiy investitsiyalar jalb qilinishini cheklab qo‘ymoqda. Agrobiznes subyektlariga maslahat xizmatlari ko‘rsatish tizimining rivojlanmaganligi, biznesni boshqarish ko‘nikmalarining yetishmasligi, agrosanoat majmui va bank sohalarida kadrlar salohiyatining cheklanganligi xalqaro moliya institutlari kredit mablag‘larini samarali o‘zlashtirilishini cheklamoqda. Shuningdek, investitsiyalarni boshqarish samaradorligini baholashning mustaqil monitoringi hamda baholash strukturasi, tizimi va mexanizmlari mavjud emas. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari tomonidan maqbul qishloq xo‘jaligi va ekologik amaliyot (GAEP), maqbul ishlab chiqarish amaliyoti (GMP) va boshqa standartlarga rioya etilishini rag‘batlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish lozim.
Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘ini modernizatsiyalash, diversifikatsiyalash va barqaror rivojlanishi uchun xususiy investitsiyalarni jalb etishga ko‘maklashuvchi samarali tizimni yaratish mazkur ustuvor yo‘nalishning asosiy maqsadi bo‘lib hisoblanadi. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi: ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlashga qaratilgan boshoqli don intervensiyasini amalga oshirish uchun kerakli bo‘lgan hajmdan tashqari davlat xaridlaridan to‘liq voz kechish; qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish, shu jumladan, strategik ahamiyatga ega bo‘lgan ayrim qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga ajratilgan tijorat kreditlarining foiz stavkalarini subsidiyalash; qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘ining strategik yo‘nalishlari va ehtiyojlariga mos kreditlash va sug‘urtalash mexanizmini takomillashtirish;
Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi faoliyatini takomillashtirish; qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini kreditlash.
Yüklə 21,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə